Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT TARTIBIDA PROTEST KELTIRISH TO‘G‘RISIDAGI ARIZA
- SO‘RAYMAN
- THE CIVIL COURT OF TASHKENT CITY
510
Maslahatxonadan chiqilib, raislik etuvchi tomonidan sudlov hay’atining ajrimi o‘qib eshittirildi. Sudlov hay’atining ajrimiga nisbatan shikoyat yoki protest keltirish tartibi va muddati tushuntirildi. Raislik etuvchi sudlov hay’ati majlisini yopiq deb e’lon qildi.
Raislik etuvchi: imzo (F.I.O.) Kotib: imzo (F.I.O.)
XIV BOB BO‘YICHA ILOVALAR Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza namunasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining raisiga
Arizachi: (F.I.O.), Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani 5-mavze 2-uy
ARIZA (Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.) bilan tuzilgan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha ko‘rilgan fuqarolik ishi yuzasidan 2014-yil 24-martda chiqargan ajrimiga nisbatan)
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ish yurituvida mening da’vo arizamga asosan erim (F.I.O.) bilan tuzilgan nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi fuqarolik ishi bo‘lib, bu ish bizga noma’lum sabablarga ko‘ra 2013-yil sentabr oyidan buyon ko‘rilmasdan keldi. Keyinchalik, ya’ni 2013-yil 10-noyabrda xabar olsam, sudya menga: “Sudga kelmaganlik sababli da’vo arizasi ko‘rilmasdan qoldirildi”, –deb aytdi. Sud ajrimida ishni ko‘rmasdan qoldirishga asos qilib, taraflarning uzrsiz sabablarga ko‘ra, bir necha bor sud majlisiga kelmaganlik holatlari ko‘rsatilgan. Sudning bu fikri asossiz ekanligini quyidagicha ta’kidlayman: 1) men ham, javobgar – erim ham biror marotaba sud majlisiga chaqirilmaganmiz, agar chaqirilgan bo‘lsak edi, chaqiruv qog‘ozlarini qachon va kimga topshirganliklarini aniqlab berishlari lozim;
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 511
2) FPKning 97-moddasi 5-bandiga asosan, agar taraflar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasalar, sud bu ishni ko‘rib hal qilish mumkin emas deb hisoblasagina, arizani ko‘rmay qoldirish mumkinligi ko‘rsatilgan. Sud yuqoridagilarga va FPKning 132-140-moddalariga rioya qilmagan deb hisoblayman. Shuning uchun ham fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2010-yil 24-martdagi arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimi bilan kelishmasdan, FPKning 349-, 350-, 351-moddalariga asosan,
Ushbu fuqarolik ishi yuzasidan chiqarilgan ajrimni qonuniy va asosli ekanligi tekshirilib, nazorat tartibida protest keltirilishini va nazorat tartibida ajrimning bekor qilinishini, ishni qayta ko‘rish uchun yuborilishini. Ilova: 1) sudning ajrimidan nusxa; 2) ish hujjatlaridan nusxalar.
2014-yil aprel
imzo (F.I.O.) Nazorat protesti namunasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURASI SAMARQAND VILOYATI PROKURATURASI Samarqand viloyati Samarqand shahar 5-uy
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi Rayosatiga
2010.10.05. 09/314
(Fuqarolik ishlar bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudlov hay’atining 2009-yil 10-martdagi da’vogar “Lobar” tikuvchilik fabrikasi vakilining (F.I.O.)ni turar joydan ko‘chirish to‘g‘risidagi da’vosi bo‘yicha chiqargan ajrimiga nisbatan)
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 512
Samarqand shahar kommunal xo‘jalik bo‘limining bergan malumotiga ko‘ra, (F.I.O.) Jomboy ko‘chasi, 37-uyning ikkidan bir qismining egasi hisoblangan. Uning yer uchastkasi ham boshqa yerlar kabi, tuman hokimiyatining qaroriga asosan, “Lobar” tikuvchilik fabrikasiga ko‘p qavatli turar-joy qurish uchun ajratib berilgan. Da’vogar “Lobar” tikuvchilik fabrikasi vakili (F.I.O.)ga alohida bo‘lmagan 12 metr kvadratli xonaga ko‘chib o‘tishni taklif qilganda, javobgar bu taklifni rad etadi. Bulung‘ur tumanlararo sudining 2008-yil 4-iyunda chiqargan hal qiluv qaroriga ko‘ra, fabrikaning javobgar (F.I.O.)ni turar joydan majburiy ko‘chirish to‘g‘risidagi da’vosi qanoatlantirilmaydi. Fabrikaning kassatsiya shikoyatiga ko‘ra, Samarqand viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2009-yil 10-martdagi ajrimi bilan sudning hal qiluv qarori bekor qilingan. Sudlov hay’ati ajrimida (F.I.O.)ni umumiy kvartiraga ko‘chirish uning manfaatlariga zid bo‘lmasligi, fabrika javobgarga alohida kvartira bermasa ham bo‘lishi va bu holat qonunda ko‘rsatilgan degan vajlarni keltirgan. Sudning bunday asoslantirilmagan xulosasi bilan kelishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham sudlov hay’atining ajrimini quyidagi asoslarga ko‘ra bekor qilishni lozim deb hisoblayman. Fuqarolarga qarashli yer uchastkalari davlat manfaati uchun olib qo‘yilayotganda, fuqarolarga uy-joyning narxi to‘lanishi yoki ularning xohishiga ko‘ra alohida kvartira berilishi to‘g‘risidagi amaldagi qonun talablari buzilib, (F.I.O.)ga alohida kvartira o‘rniga umumiy kvartiradan bitta xona berilgan. Bu bilan (F.I.O.) ning turar joyga bo‘lgan huquqi poymol qilinganligi ko‘rinadi. Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 349-, 351-moddalariga asosan,
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi kassatsiya sudlov hay’atining 2009-yil 10-martda chiqargan ajrimini bekor qilinishini, Bulung‘ur tuman sudining 2008-yil 4-iyundagi hal qiluv qarori o‘zgartirilmasdan qoldirilishini.
Ilova:
1) fuqarolik ishi; 2. taraflar uchun protestning 2 nusxasi.
Samarqand viloyat prokurori:
imzo (F.I.O.) FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 513
Sud raisi tomonidan nazorat tartibida keltirilgan protest namunasi
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA TOSHKENT SHAHAR SUDI
THE CIVIL COURT OF TASHKENT CITY 100170, Toshkent, Ziyolilar ko
26, Ziyolilar street Tashkent 100170 tel.: 269-14-46
2012-yil 14-mart №05-331/14
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi Rayosatiga PROTEST (Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining da’vogar (F.I.O.) bilan javobgar (F.I.O.)lar o‘rtasida tuzilgan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha ko‘rilgan fuqarolik ishi yuzasidan 2010- yil 24-martda chiqarilgan ajrimiga nisbatan)
Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) bilan o‘rtalaridagi tuzilgan nikohni bekor qilishni so‘rab, sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2010- yil 24-mart kuni chiqargan ajrimiga asosan, da’vo ariza ko‘rilmasdan qoldirilgan. Ish bo‘yicha chiqarilgan ajrimni noto‘g‘ri hisoblab, uni quyidagi asoslarga ko‘ra bekor qilinishi, ish esa mazmunan qayta ko‘rish uchun yuborilishi lozim deb hisoblayman. Sud ajrimida arizani ko‘rmasdan qoldirishga asos qilib, taraflarning uzrsiz sabablarga ko‘ra bir necha bor sudga kelmaganlik holatlari ko‘rsatilgan. Sudning bu fikri bilan kelishib bo‘lmaydi. FPKning 97-moddasi 5-bandiga asosan, “agar taraflar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham uzrsiz sabablarga ko‘ra sudga kelmasalar va sud ishni ko‘rib hal qilish mumkin emas deb hisoblasa, arizani ko‘rmay qoldirishi mumkin”. Ish materiallariga qaraganda, ish ko‘rish vaqti bir necha marta tayinlangan bo‘lishi va taraflar kelmaganligi sababli boshqa kunga (qoldirilgan bo‘lishi va taraflar kelmaganligi sababli boshqa kunga) qoldirilgan bo‘lishi talab etiladi. Biroq javobgar (F.I.O.)ni, FPKning 132-140-moddalariga xilof ravishda, biror marta ham sudga chaqirtirilmaganligi ishda to‘plangan materiallardan ko‘rinib turibdi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 514
Da’vogar (F.I.O.) nazorat tartibida protest keltirishni so‘rab yozgan arizasida bu holatni asoslab, ajrim chiqarilgan kuni, ya’ni 2010-yil 24-martda sudga chaqirilmaganligini va chaqiruv qog‘ozini olmaganligini bayon etadi. Bunday holatda sudning mazkur ishi bo‘yicha da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish haqidagi ajrimini asosli deb bo‘lmaydi. Ishni mazmunan qayta ko‘rishda FPKning 132-140-moddalariga rioya qilish asosida taraflar tegishli tarzda xabardor qilinmog‘i va ishni ularning ishtirokida hal qilish choralarini ko‘rmoqlik lozim bo‘ladi. Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 349-moddasiga asosan,
Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha ko‘rilgan fuqarolik ishi yuzasidan 2010-yil 24-martda chiqarilgan ajrimi bekor qilinishini.
Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining raisi: imzo (F.I.O.)
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA TOSHKENT SHAHAR SUDI
OF TASHKENT CITY 100170, Toshkent Ziyolilar ko
26, Ziyolilar street Tashkent 100170 tel.: 269-14-46
2014-yil « » aprel №05-245/14
Toshkent shahar
Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uyda yashovchi (F.I.O.) va boshqalarga
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi tomonidan sizlarning nazorat tartibida yozgan shikoyatingiz ko‘rib chiqildi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 515
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2013-yil 5-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)larning javobgar siz va (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) hamda (F.I.O.)larga nisbatan uyga kiritish, xonalarni bo‘shatib berish, turar-joyga oid hujjatlarni mulkdorga qaytarish majburiyatini yuklatish haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilgan. Da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)lar Toshkent shahar Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uy manzilidagi turar-joyning liter B harfi bilan belgilangan qurilmaning 1-, 2-sonli xonalari, liter V, V1, V2, G, D, Ye harflari bilan belgilangan 1 ta yashash xonasi, soyabon-bolaxona, 3 ta soyabon, omborxonadan iborat qismiga kiritib qo‘yilganlar. Javobgarlar (F.I.O.) , (F.I.O.) , (F.I.O.) , (F.I.O.) va (F.I.O.)lar Toshkent shahar Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uy manzilidagi turar-joyning liter A, A1, A2, A3 harflari bilan belgilangan, liter B harfi bilan belgilangan qurilmaning 3, 4- sonli xonalariga ko‘chirilganlar va ularning zimmasiga liter B, V1, V2, G, D, Ye harflari bilan belgilangan qismini bo‘shatib berish, turar-joyga oid kadastr hujjatlari va uy daftarini qaytarib berish majburiyati yuklatilgan. Sizlarning javobgarlar (F.I.O.) va Shayxontohur tumani 1-sonli Davlat notarial idorasiga nisbatan qonun bo‘yicha vorislik haqidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish, o‘zingizni merosxo‘r deb topish to‘g‘risidagi qarshi da’vo arizalaringizni qanoatlantirish rad etilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi kassatsiya instansiya sudining 2014-yil 14-martdagi ajrimi bilan mazkur hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan. Sizlar nazorat tartibidagi shikoyatingizda mazkur sud qarorlarini bekor qilish haqida protest keltirishni so‘ragansizlar. Aniqlangan holatlarga qaraganda, (F.I.O.) va (F.I.O.)lar 1959-yil 21-sentabrda qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganlar. Ularning birgalikdagi turmushlaridan 4 nafar, ya’ni 1960-yil 5-martda tug‘ilgan (F.I.O.), 1961-yil 3-oktabrda tug‘ilgan(F.I.O.), 1962-yil 1-dekabrda tug‘ilgan (F.I.O.) va 1964-yil 21-iyulda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari bor. (F.I.O.) 2011-yil 22-fevralda vafot etgan. Shayxontohur tuman 1-sonli davlat notarial idorasi tomonidan 2011-yil 6- dekabrda 3-1332-reestr raqami bilan rasmiylashtirilgan qonun bo‘yicha vorislik haqidagi guvohnomaga asosan, marhum (F.I.O.)ga tegishli bo‘lgan Toshkent shahar Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uyga Toshkent shahar Shayxontohur tuman hokimining 2005-yil15-iyundagi R-000817-09 sonli qaroriga asosan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “OYBEK-OTABEK” xususiy korxonasidagi 100% ulushidan iborat 4.850.000 so‘mlik aktivlari va Toshkent shahri Shayxontohur tumani Uyg‘ur ko‘chasi 5 “a”-uy manzilida joylashgan binoga nisbatan uning o‘g‘li (F.I.O.) merosxo‘r deb topilgan. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 516
Mazkur vorislik guvohnomasini rasmiylashtirishda marhumning turmush o‘rtog‘i (F.I.O.) o‘z ulushi va meros ulushidan, shuningdek, sizlar ham o‘z meros ulushlaringizdan (F.I.O.)ning foydasiga voz kechgansizlar. O‘zbekiston Respublikasi FKning 116-moddasiga ko‘ra, qonun hujjatlarining talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek, huquq-tartibot yoki axloq me’yorlariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir. O‘zbekiston Respublikasi FKning 1134-moddasiga asosan qonun bo‘yicha merosxo‘rlar vorislikka ushbu Kodeksning 1135-1141-moddalarida nazarda tutilgan navbat tartibida chaqiriladilar. Mazkur kodeksning 1135-moddasiga ko‘ra, meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tug‘ilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar. Nizoga sabab bo‘lgan mulklardan “OYBEK-OTABEK” xususiy korxonasi va Toshkent shahar Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uy marhum (F.I.O.) va (F.I.O.)larning birgalikdagi nikohlari davrida orttirilgan umumiy mulk hisoblanadi. Qonun talablariga asosan, marhum (F.I.O.)ning mulkiga uning turmush o‘rtog‘i (F.I.O.) , farzandlari sifatida sizlar va (F.I.O.) qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi merosxo‘rlar hisoblanasizlar. Merosxo‘rlardan (F.I.O.) 2012-yil 12-oktabrda vafot etgan. O‘zbekiston Respublikasi FKning 1147-moddasiga ko‘ra, merosxo‘r meros ochilgan kundan e’tiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli. Yuqorida qayd qilinganidek, (F.I.O.) nizoli xonadonga nisbatan meros rasmiylashtirilganda, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-24-moddalariga asosan, ushbu mulklarning 1/2 qismiga nisbatan egalik huquqini olish xohishini bildirmagan va meros ulushidan o‘g‘li (F.I.O.) foydasiga voz kechgan. Notarius tomonidan (F.I.O.)ga Oila kodeksining 23-24-moddalari talablari tushuntirilgan bo‘lsa-da, u umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma berish haqida yozma ariza bilan murojaat qilmagan, hayotlik davrida mulkka nisbatan biror-bir e’tiroz bildirmagan. Shunga ko‘ra, da’vogar (F.I.O.)ga yagona merosxo‘r sifatida meros mulklar, shu jumladan, Toshkent shahri Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uyga nisbatan ham vorislik guvohnomasi rasmiylashtirilgan. Sizlar o‘z qarshi da’vo talablaringizda da’vogar (F.I.O.) sizlarni aldab merosdan uning foydasiga voz kechish haqidagi arizaga imzo qo‘ydirib olganligini, notarius ham meros mulk bosh farzandning nomiga o‘tishi lozimligi haqida aytganligini keltirgan bo‘lsangiz-da, FPKning 57-moddasiga asosan, ushbu vajlarni tasdiqlovchi dalillarni sudga taqdim etmagansizlar.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 517
Birinchi instansiya sudi qayd etilgan holatlarni inobatga olib, sizlarning qonun bo‘yicha vorislik guvohnomasini haqiqiy emas deb topish, o‘zingizni merosxo‘r deb topish haqidagi qarshi da’vo talablaringizni rad qilish haqidagi xulosaga kelgan. Kassatsiya instansiyasi ushbu xulosalar bilan kelishish bilan bir qatorda, hal qiluv qarorini quyidagi qonun normalari bilan to‘ldirishni lozim topgan. O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 59- moddasiga ko‘ra, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma barcha merosxo‘rlarga birgalikda yoki ularning xohishiga bog‘liq ravishda har biriga alohida berilishi mumkin. Mazkur qonunning 62-moddasiga ko‘ra, notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol- mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi. Mazkur qonunning 63-moddasiga ko‘ra, er-xotindan biri vafot etgan taqdirda, er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga ko‘ra, meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlar bu xususda xabardor qilinadi. Kassatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudining xulosalari bilan asosli ravishda kelishgan. O‘zbekiston Respublikasi FKning 182-moddasiga muvofiq, mulk huquqi mol- mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida qo‘lga kiritish, meros qilib olish, xususiylashtirish va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa asoslarga ko‘ra vujudga keladi.
Mazkur kodeksning 164-moddasiga asosan, mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga muvofiq uy, kvartira mulkdorining oila a’zolari, shuningdek, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo‘lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga o‘zlarining voyaga yetmagan farzandlarini ko‘chirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa a’zolarini esa uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina ko‘chirib kiritishlari mumkin. Turar joy mulkdorining oila a’zolari deb, u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek, FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 518
mulkdor bilan doimiy yashayotgan oilali farzandlari, agar ilgari bu huquqqa ega bo‘lmagan bo‘lsalar, faqat o‘zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a’zosi deb tan olinishlari mumkin. Nizoli Toshkent shahar Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uy da’vogar (F.I.O.)ga qonun bo‘yicha vorislik haqidagi guvohnomaga asosan tegishli bo‘lib, u mulkdor sifatida o‘ziga tegishli mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish, ushbu xonadonga kirib yashash va oila a’zolarini ko‘chirib kiritish, shuningdek, o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqiga ega. Ammo sizlar da’vogar (F.I.O.) va uning oila a’zolariga xonalarni bo‘shatib bermasdan, nizoli xonadonga kirib yashashiga to‘sqinlik qilgansizlar va turar-joyning hujjatlarini mulkdorga qaytarib berishdan bosh tortgansizlar. Nizoli turar-joyning, umumiy yer maydoni 582,0 m 2 , foydalanish maydoni 160,66 m 2 , yashash maydoni 122,61 m 2 bo‘lib, bu yerda liter A, A1, A2, AZ, B, B1, V, V1, V2, G, D, Ye harflari bilan belgilangan 8 ta yashash xonasi, 2 ta dahliz, ayvon, hammom, yerto‘la, ochiq ayvon, soyabon-bolaxona, 4 ta soyabon, omborxona, darvoza joylashgan. Birinchi instansiya sudi ushbu holatlardan kelib chiqqan holda, da’vo arizani qanoatlantirish haqidagi xulosaga kelgan va kassatsiya instansiya sudi ushbu xulosalar bilan asosli ravishda kelishgan. Nazorat shikoyatingizda keltirilgan vajlar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilgan va ushbu vajlar sud qarorlarini bekor qilish uchun asos bo‘la olmaydi. Nazorat shikoyatingizda nizoga sabab bo‘lgan turar joy, ya’ni Shayxontohur tuman Oqsoy 2-tor ko‘cha 18-uy (F.I.O.)ga tegishli ekanligi haqida kadastr guvohnomasi mavjudligi haqida vaj keltirgansiz. Mazkur guvohnomada ko‘rsatilishicha, ushbu mulk 2011-yil 6-dekabrda 3- 1332-son reestr bilan qonun bo‘yicha tasdiqlangan vorislik guvohnomasiga asosan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Biroq aynan 2011-yil 6-dekabrda 3-1332-son reestr bilan qonun bo‘yicha tasdiqlangan vorislik guvohnomasi da’vogar (F.I.O.)ning nomiga berilgan va sudlar tomonidan mulk aynan (F.I.O.)ga tegishli ekanligi aniqlangan. Yuqoridagilarga ko‘ra, sizlarning nazorat tartibidagi shikoyatingiz qanoatlantirilmasdan qoldirilganligi ma’lum qilinadi.
Ilova: hujjatlar __ varaqdan iborat.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi:
imzo (F.I.O.) FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling