Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

 

510 


 

Maslahatxonadan  chiqilib,  raislik  etuvchi  tomonidan  sudlov  hay’atining  ajrimi 

o‘qib eshittirildi.  

Sudlov  hay’atining  ajrimiga  nisbatan  shikoyat  yoki  protest  keltirish  tartibi  va 

muddati tushuntirildi.  

Raislik etuvchi sudlov hay’ati majlisini yopiq deb e’lon qildi.  

 

Raislik  etuvchi:                                                                                          imzo                                                   



(F.I.O.)  

Kotib:                                                                                                                          imzo                                                   

(F.I.O.)  

 

 



XIV BOB BO‘YICHA ILOVALAR 

Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza namunasi 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha  

Toshkent shahar sudining raisiga 

 

Arizachi: (F.I.O.), Manzil: Toshkent shahar  



Mirobod tumani 5-mavze 2-uy 

 

NAZORAT TARTIBIDA PROTEST KELTIRISH TO‘G‘RISIDAGI 



ARIZA 

(Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 

da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.) bilan tuzilgan nikohni bekor qilish haqidagi 

da’vo arizasi bo‘yicha ko‘rilgan fuqarolik ishi yuzasidan 2014-yil 24-martda chiqargan 

ajrimiga nisbatan) 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ish yurituvida mening 



da’vo  arizamga  asosan  erim  (F.I.O.)  bilan  tuzilgan  nikohni  bekor  qilish  to‘g‘risidagi 

fuqarolik ishi bo‘lib, bu ish bizga noma’lum sabablarga ko‘ra 2013-yil sentabr oyidan 

buyon  ko‘rilmasdan  keldi.  Keyinchalik,  ya’ni  2013-yil  10-noyabrda  xabar  olsam, 

sudya menga: “Sudga kelmaganlik sababli da’vo arizasi ko‘rilmasdan qoldirildi”, –deb 

aytdi. 

Sud  ajrimida  ishni  ko‘rmasdan  qoldirishga  asos  qilib,  taraflarning  uzrsiz 



sabablarga ko‘ra, bir necha bor sud majlisiga kelmaganlik holatlari ko‘rsatilgan. 

Sudning bu fikri asossiz ekanligini quyidagicha ta’kidlayman: 

1)  men  ham,  javobgar  –  erim  ham  biror  marotaba  sud  majlisiga 

chaqirilmaganmiz, agar chaqirilgan bo‘lsak edi, chaqiruv qog‘ozlarini qachon va kimga 

topshirganliklarini aniqlab berishlari lozim; 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

511 


 

2)  FPKning  97-moddasi  5-bandiga  asosan,  agar  taraflar  ikkinchi  chaqiruv 

bo‘yicha  ham  uzrsiz  sabablarga  ko‘ra  kelmasalar,  sud  bu  ishni  ko‘rib  hal  qilish 

mumkin emas deb hisoblasagina, arizani ko‘rmay qoldirish mumkinligi ko‘rsatilgan. 

Sud  yuqoridagilarga  va  FPKning  132-140-moddalariga  rioya  qilmagan  deb 

hisoblayman. 

Shuning  uchun  ham  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Mirobod  tumanlararo  sudining 

2010-yil  24-martdagi  arizani  ko‘rmasdan  qoldirish  to‘g‘risidagi  ajrimi  bilan 

kelishmasdan, FPKning 349-, 350-, 351-moddalariga asosan, 

SO‘RAYMAN: 

 

Ushbu  fuqarolik  ishi  yuzasidan  chiqarilgan  ajrimni  qonuniy  va  asosli  ekanligi 



tekshirilib,  nazorat  tartibida  protest  keltirilishini  va  nazorat  tartibida  ajrimning  bekor 

qilinishini, ishni qayta ko‘rish uchun yuborilishini. 

Ilova:   

1) sudning ajrimidan nusxa; 

2) ish hujjatlaridan nusxalar.  

 

2014-yil aprel  



 

 

imzo   



 

(F.I.O.)  



 

 

Nazorat protesti namunasi 

 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



PROKURATURASI 

SAMARQAND VILOYATI  

PROKURATURASI 

Samarqand viloyati  

Samarqand shahar 5-uy 

 

 



Fuqarolik ishlari bo‘yicha  

Samarqand viloyati sudi Rayosatiga  

 

2010.10.05. 



09/314 

 

NAZORAT  PROTESTI 

(Fuqarolik ishlar bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudlov hay’atining 2009-yil 

10-martdagi da’vogar “Lobar” tikuvchilik fabrikasi vakilining (F.I.O.)ni turar joydan 

ko‘chirish to‘g‘risidagi da’vosi bo‘yicha chiqargan ajrimiga nisbatan) 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

512 


 

Samarqand  shahar  kommunal  xo‘jalik  bo‘limining  bergan  malumotiga  ko‘ra, 

(F.I.O.) Jomboy ko‘chasi, 37-uyning ikkidan bir qismining egasi hisoblangan. Uning 

yer  uchastkasi  ham  boshqa  yerlar  kabi,  tuman  hokimiyatining  qaroriga  asosan, 

“Lobar” tikuvchilik fabrikasiga ko‘p qavatli turar-joy qurish uchun ajratib berilgan. 

Da’vogar  “Lobar”  tikuvchilik  fabrikasi  vakili  (F.I.O.)ga  alohida  bo‘lmagan  12 

metr kvadratli xonaga ko‘chib o‘tishni taklif qilganda, javobgar bu taklifni rad etadi. 

Bulung‘ur tumanlararo sudining 2008-yil 4-iyunda chiqargan hal qiluv qaroriga ko‘ra, 

fabrikaning javobgar (F.I.O.)ni turar joydan majburiy ko‘chirish to‘g‘risidagi da’vosi 

qanoatlantirilmaydi.  Fabrikaning  kassatsiya  shikoyatiga  ko‘ra,  Samarqand  viloyat 

sudining  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudlov  hay’atining  2009-yil  10-martdagi  ajrimi 

bilan sudning hal qiluv qarori bekor qilingan. 

Sudlov  hay’ati  ajrimida  (F.I.O.)ni  umumiy  kvartiraga  ko‘chirish  uning 

manfaatlariga  zid  bo‘lmasligi,  fabrika  javobgarga  alohida  kvartira  bermasa  ham 

bo‘lishi va bu holat qonunda ko‘rsatilgan degan vajlarni keltirgan. 

Sudning  bunday  asoslantirilmagan  xulosasi  bilan  kelishib  bo‘lmaydi.  Shuning 

uchun ham sudlov hay’atining ajrimini quyidagi asoslarga ko‘ra bekor qilishni lozim 

deb hisoblayman. 

Fuqarolarga qarashli yer uchastkalari davlat manfaati uchun olib qo‘yilayotganda, 

fuqarolarga uy-joyning narxi to‘lanishi yoki ularning xohishiga ko‘ra alohida kvartira 

berilishi  to‘g‘risidagi  amaldagi  qonun  talablari  buzilib,  (F.I.O.)ga  alohida  kvartira 

o‘rniga  umumiy  kvartiradan  bitta  xona  berilgan.  Bu  bilan  (F.I.O.)  ning  turar  joyga 

bo‘lgan huquqi poymol qilinganligi ko‘rinadi. 

Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 349-, 351-moddalariga asosan, 

 

SO‘RAYMAN: 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi kassatsiya sudlov hay’atining 

2009-yil  10-martda  chiqargan  ajrimini  bekor  qilinishini,  Bulung‘ur  tuman  sudining 

2008-yil 4-iyundagi hal qiluv qarori o‘zgartirilmasdan qoldirilishini. 

 

Ilova: 


1) fuqarolik ishi; 

2. taraflar uchun protestning 2 nusxasi. 

 

Samarqand viloyat prokurori: 



 

 

 imzo                            



(F.I.O.)  

 

 

 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

513 


 

Sud raisi tomonidan nazorat tartibida keltirilgan protest namunasi 

 

 

FUQAROLIK ISHLARI 



BO‘YICHA TOSHKENT 

SHAHAR SUDI 

 

 

 



 

THE CIVIL COURT 

OF  TASHKENT CITY 

100170,  Toshkent,  Ziyolilar 

ko



chasi 26-uy, tel.: 269-14-46 



 

26, Ziyolilar street Tashkent 100170 tel.: 

269-14-46 

 

2012-yil 14-mart 



№05-331/14 

 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent  

shahar sudi Rayosatiga  



 

PROTEST 

 

(Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining da’vogar (F.I.O.) bilan 

javobgar (F.I.O.)lar o‘rtasida tuzilgan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizasi 

bo‘yicha ko‘rilgan fuqarolik ishi yuzasidan 2010- yil 24-martda chiqarilgan ajrimiga 

nisbatan) 

 

Da’vogar  (F.I.O.)  javobgar  (F.I.O.)  bilan  o‘rtalaridagi  tuzilgan  nikohni  bekor 



qilishni so‘rab, sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. 

Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2010-

yil 24-mart kuni chiqargan ajrimiga asosan, da’vo ariza ko‘rilmasdan qoldirilgan. 

Ish bo‘yicha chiqarilgan ajrimni noto‘g‘ri hisoblab, uni quyidagi asoslarga ko‘ra 

bekor  qilinishi,  ish  esa  mazmunan  qayta  ko‘rish  uchun  yuborilishi  lozim  deb 

hisoblayman. 

Sud  ajrimida  arizani  ko‘rmasdan  qoldirishga  asos  qilib,  taraflarning  uzrsiz 

sabablarga ko‘ra bir necha bor sudga kelmaganlik holatlari ko‘rsatilgan. 

Sudning  bu  fikri  bilan  kelishib  bo‘lmaydi.  FPKning  97-moddasi  5-bandiga 

asosan, “agar taraflar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham uzrsiz sabablarga ko‘ra sudga 

kelmasalar va sud ishni ko‘rib hal qilish mumkin emas deb hisoblasa, arizani ko‘rmay 

qoldirishi mumkin”. 

Ish  materiallariga  qaraganda,  ish  ko‘rish  vaqti  bir  necha  marta  tayinlangan 

bo‘lishi va taraflar kelmaganligi sababli boshqa kunga (qoldirilgan bo‘lishi va taraflar 

kelmaganligi  sababli boshqa kunga) qoldirilgan bo‘lishi  talab  etiladi.  Biroq  javobgar 

(F.I.O.)ni,  FPKning  132-140-moddalariga  xilof  ravishda,  biror  marta  ham  sudga 

chaqirtirilmaganligi ishda to‘plangan materiallardan ko‘rinib turibdi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

514 


 

Da’vogar (F.I.O.) nazorat tartibida protest keltirishni so‘rab yozgan arizasida bu 

holatni  asoslab,  ajrim  chiqarilgan  kuni,  ya’ni  2010-yil  24-martda  sudga 

chaqirilmaganligini va chaqiruv qog‘ozini olmaganligini bayon etadi. 

Bunday  holatda  sudning  mazkur  ishi  bo‘yicha  da’vo  arizasini  ko‘rmasdan 

qoldirish haqidagi ajrimini asosli deb bo‘lmaydi. 

Ishni  mazmunan  qayta  ko‘rishda  FPKning  132-140-moddalariga  rioya  qilish 

asosida  taraflar  tegishli  tarzda  xabardor  qilinmog‘i  va  ishni  ularning  ishtirokida  hal 

qilish choralarini ko‘rmoqlik lozim bo‘ladi. 

Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 349-moddasiga asosan, 

 

SO‘RAYMAN: 

Toshkent  shahar  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Mirobod  tumanlararo  sudining 

da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo 

arizasi  bo‘yicha  ko‘rilgan  fuqarolik  ishi  yuzasidan  2010-yil  24-martda  chiqarilgan 

ajrimi bekor qilinishini. 

 

Toshkent shahar fuqarolik  



ishlari bo‘yicha sudining raisi:                              

imzo                                                      

(F.I.O.) 

 

Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirilmasdan 

qoldirilishi to‘g‘risida javob xati namunasi 

 

 



FUQAROLIK ISHLARI 

BO‘YICHA TOSHKENT 

SHAHAR SUDI 

 

 



 

 

THE CIVIL COURT 



OF TASHKENT CITY 

100170,  Toshkent  Ziyolilar 

ko



chasi 26-uy. tel.: 269-14-46 



 

26, Ziyolilar street Tashkent 100170 

tel.: 269-14-46 

 

2014-yil «   » aprel 



№05-245/14 

 

 

Toshkent 

shahar 


Shayxontohur 

tumani  Oqsoy  2-tor  ko‘chasi  18-uyda 

yashovchi (F.I.O.) va boshqalarga  

 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudi  tomonidan  sizlarning  nazorat 

tartibida yozgan shikoyatingiz ko‘rib chiqildi.  


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

515 


 

Aniqlanishicha,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Shayxontohur  tumanlararo  sudining 

2013-yil 5-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va 

(F.I.O.)larning javobgar siz va (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) hamda (F.I.O.)larga nisbatan 

uyga  kiritish,  xonalarni  bo‘shatib  berish,  turar-joyga  oid  hujjatlarni  mulkdorga 

qaytarish majburiyatini yuklatish haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilgan. 

Da’vogarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  Toshkent  shahar 

Shayxontohur  tumani  Oqsoy  2-tor  ko‘chasi  18-uy  manzilidagi  turar-joyning  liter  B 

harfi  bilan  belgilangan  qurilmaning  1-,  2-sonli  xonalari,  liter  V,  V1,  V2,  G,  D,  Ye 

harflari  bilan  belgilangan  1  ta  yashash  xonasi,  soyabon-bolaxona,  3  ta  soyabon, 

omborxonadan iborat qismiga kiritib qo‘yilganlar. 

Javobgarlar (F.I.O.) , (F.I.O.) , (F.I.O.) , (F.I.O.) va (F.I.O.)lar Toshkent shahar 

Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uy manzilidagi turar-joyning liter A, 

A1, A2, A3 harflari bilan belgilangan, liter B harfi bilan belgilangan qurilmaning 3, 4-

sonli  xonalariga  ko‘chirilganlar  va  ularning  zimmasiga  liter  B,  V1,  V2,  G,  D,  Ye 

harflari bilan belgilangan qismini bo‘shatib berish, turar-joyga oid kadastr hujjatlari va 

uy daftarini qaytarib berish majburiyati yuklatilgan. 

Sizlarning javobgarlar (F.I.O.) va Shayxontohur tumani 1-sonli Davlat notarial 

idorasiga nisbatan qonun bo‘yicha vorislik haqidagi guvohnomani haqiqiy emas deb 

topish,  o‘zingizni  merosxo‘r  deb  topish  to‘g‘risidagi  qarshi  da’vo  arizalaringizni 

qanoatlantirish rad etilgan. 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi kassatsiya instansiya  sudining 

2014-yil 14-martdagi ajrimi bilan mazkur hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.  

Sizlar  nazorat  tartibidagi  shikoyatingizda  mazkur  sud  qarorlarini  bekor  qilish 

haqida protest keltirishni so‘ragansizlar. 

Aniqlangan  holatlarga  qaraganda,  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  1959-yil  21-sentabrda 

qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurganlar.  Ularning  birgalikdagi  turmushlaridan  4 

nafar,  ya’ni  1960-yil  5-martda  tug‘ilgan  (F.I.O.),  1961-yil  3-oktabrda 

tug‘ilgan(F.I.O.),  1962-yil  1-dekabrda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  va  1964-yil  21-iyulda 

tug‘ilgan  (F.I.O.) ismli farzandlari bor. 

(F.I.O.) 2011-yil 22-fevralda vafot etgan.  

Shayxontohur  tuman  1-sonli  davlat  notarial  idorasi  tomonidan  2011-yil  6-

dekabrda  3-1332-reestr  raqami  bilan  rasmiylashtirilgan  qonun  bo‘yicha  vorislik 

haqidagi guvohnomaga asosan, marhum (F.I.O.)ga tegishli bo‘lgan Toshkent shahar 

Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uyga Toshkent shahar Shayxontohur 

tuman  hokimining  2005-yil15-iyundagi    R-000817-09  sonli  qaroriga  asosan  davlat 

ro‘yxatidan  o‘tkazilgan  “OYBEK-OTABEK”  xususiy  korxonasidagi  100% 

ulushidan iborat 4.850.000 so‘mlik aktivlari va Toshkent shahri Shayxontohur tumani 

Uyg‘ur ko‘chasi 5 “a”-uy manzilida joylashgan binoga nisbatan uning o‘g‘li (F.I.O.) 

merosxo‘r deb topilgan.  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

516 


 

Mazkur  vorislik  guvohnomasini  rasmiylashtirishda  marhumning  turmush 

o‘rtog‘i  (F.I.O.)  o‘z  ulushi  va  meros  ulushidan,  shuningdek,  sizlar  ham  o‘z  meros 

ulushlaringizdan (F.I.O.)ning foydasiga voz kechgansizlar. 

O‘zbekiston  Respublikasi  FKning  116-moddasiga  ko‘ra,  qonun  hujjatlarining 

talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek, huquq-tartibot yoki 

axloq  me’yorlariga  atayin  qarshi  maqsadda  tuzilgan  bitim  o‘z-o‘zidan  haqiqiy 

emasdir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  FKning  1134-moddasiga  asosan  qonun  bo‘yicha 

merosxo‘rlar vorislikka ushbu Kodeksning 1135-1141-moddalarida nazarda tutilgan 

navbat tartibida chaqiriladilar. 

Mazkur kodeksning 1135-moddasiga ko‘ra, meros qoldiruvchining bolalari (shu 

jumladan  farzandlikka  olingan  bolalari),  eri  (xotini)  va  ota-onasi  (farzandlikka 

oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega 

bo‘ladilar.  Meros  qoldiruvchining  vafotidan  keyin  tug‘ilgan  bolalari  ham  birinchi 

navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar. 

Nizoga  sabab  bo‘lgan  mulklardan  “OYBEK-OTABEK”  xususiy  korxonasi  va 

Toshkent shahar Shayxontohur tumani Oqsoy 2-tor ko‘chasi 18-uy marhum (F.I.O.) 

va (F.I.O.)larning birgalikdagi nikohlari davrida orttirilgan umumiy mulk hisoblanadi. 

Qonun talablariga asosan, marhum (F.I.O.)ning mulkiga uning turmush o‘rtog‘i 

(F.I.O.)  ,  farzandlari  sifatida  sizlar  va  (F.I.O.)  qonun  bo‘yicha  birinchi  navbatdagi 

merosxo‘rlar hisoblanasizlar. 

Merosxo‘rlardan (F.I.O.)  2012-yil 12-oktabrda vafot etgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  FKning  1147-moddasiga  ko‘ra,  merosxo‘r  meros 

ochilgan kundan e’tiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli. 

Yuqorida  qayd  qilinganidek,  (F.I.O.)  nizoli  xonadonga  nisbatan  meros 

rasmiylashtirilganda, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-24-moddalariga 

asosan,  ushbu  mulklarning  1/2  qismiga  nisbatan  egalik  huquqini  olish  xohishini 

bildirmagan va meros ulushidan o‘g‘li (F.I.O.) foydasiga voz kechgan.  

Notarius  tomonidan  (F.I.O.)ga  Oila  kodeksining  23-24-moddalari  talablari 

tushuntirilgan  bo‘lsa-da,  u  umumiy  mol-mulkidagi  ulushga  bo‘lgan  mulk  huquqi 

to‘g‘risida guvohnoma berish haqida yozma ariza bilan murojaat qilmagan, hayotlik 

davrida mulkka nisbatan biror-bir e’tiroz bildirmagan.  

Shunga ko‘ra, da’vogar (F.I.O.)ga yagona merosxo‘r sifatida meros mulklar, shu 

jumladan,  Toshkent  shahri  Shayxontohur  tumani  Oqsoy  2-tor  ko‘chasi  18-uyga 

nisbatan ham vorislik guvohnomasi rasmiylashtirilgan. 

Sizlar o‘z qarshi da’vo talablaringizda da’vogar (F.I.O.) sizlarni aldab merosdan 

uning  foydasiga  voz  kechish  haqidagi  arizaga  imzo  qo‘ydirib  olganligini,  notarius 

ham  meros  mulk  bosh  farzandning  nomiga  o‘tishi  lozimligi  haqida  aytganligini 

keltirgan  bo‘lsangiz-da,  FPKning  57-moddasiga  asosan,  ushbu  vajlarni  tasdiqlovchi 

dalillarni sudga taqdim etmagansizlar.  


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

517 


 

Birinchi  instansiya  sudi  qayd  etilgan  holatlarni  inobatga  olib,  sizlarning qonun 

bo‘yicha vorislik guvohnomasini haqiqiy emas deb topish, o‘zingizni merosxo‘r deb 

topish  haqidagi  qarshi  da’vo  talablaringizni  rad  qilish  haqidagi  xulosaga  kelgan. 

Kassatsiya  instansiyasi  ushbu  xulosalar  bilan  kelishish  bilan  bir  qatorda,  hal  qiluv 

qarorini quyidagi qonun normalari bilan to‘ldirishni lozim topgan.  

O‘zbekiston  Respublikasining  “Notariat  to‘g‘risida”gi  Qonunining  59-

moddasiga  ko‘ra,  merosga  bo‘lgan  huquq  to‘g‘risidagi  guvohnoma  merosni  qabul 

qilib olgan merosxo‘rlarga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi. 

Merosga  bo‘lgan  huquq  to‘g‘risidagi  guvohnoma  barcha  merosxo‘rlarga 

birgalikda  yoki  ularning  xohishiga  bog‘liq  ravishda  har  biriga  alohida  berilishi 

mumkin.  

Mazkur qonunning 62-moddasiga ko‘ra, notarius er-xotinning yozma arizasiga 

muvofiq  ulardan  biriga  yoki  har  ikkisiga  nikoh  davomida  orttirilgan  umumiy  mol-

mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi. 

Mazkur  qonunning  63-moddasiga  ko‘ra,  er-xotindan  biri  vafot  etgan  taqdirda, 

er-xotinning  umumiy  mol-mulkidagi  ulushga  bo‘lgan  mulk  huquqi  to‘g‘risidagi 

guvohnoma  marhum  erdan  (xotindan)  keyin  xotinning  (erning)  yozma  arizasiga 

ko‘ra, meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan 

merosxo‘rlar bu xususda xabardor qilinadi. 

Kassatsiya  instansiyasi  birinchi  instansiya  sudining  xulosalari  bilan  asosli 

ravishda kelishgan.  

O‘zbekiston Respublikasi FKning 182-moddasiga muvofiq, mulk huquqi mol-

mulkni  yaratish,  ko‘paytirish,  bitimlar  asosida  qo‘lga  kiritish,  meros  qilib  olish, 

xususiylashtirish va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa asoslarga ko‘ra vujudga 

keladi. 


Mazkur  kodeksning  164-moddasiga  asosan,  mulk  huquqi  shaxsning  o‘ziga 

qarashli  mol-mulkka  o‘z  xohishi  bilan  va  o‘z  manfaatlarini  ko‘zlab  egalik  qilish, 

undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish,  shuningdek,  o‘zining  mulk  huquqini,  kim 

tomonidan  bo‘lmasin,  har  qanday  buzishni  bartaraf  etishni  talab  qilish  huquqidan 

iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  32-moddasiga  muvofiq  uy, 

kvartira  mulkdorining  oila  a’zolari,  shuningdek,  u  bilan  doimiy  yashayotgan 

fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan 

bo‘lmasa,  uydagi,  kvartiradagi  xonalardan  mulkdor  bilan  teng  foydalanishga 

haqlidirlar.  Ular  mulkdor  bergan  turar  joyga  o‘zlarining  voyaga  yetmagan 

farzandlarini ko‘chirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa a’zolarini esa uy, kvartira 

mulkdorining roziligi bilangina ko‘chirib kiritishlari mumkin. 

Turar  joy  mulkdorining  oila  a’zolari  deb,  u  bilan  doimiy  birga  yashayotgan 

xotini  (eri)  va  ularning  farzandlari  tan  olinadi.  Er-xotinning  ota-onasi,  shuningdek, 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

518 


 

mulkdor  bilan  doimiy  yashayotgan  oilali  farzandlari,  agar  ilgari  bu  huquqqa  ega 

bo‘lmagan bo‘lsalar, faqat o‘zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a’zosi deb tan 

olinishlari mumkin. 

Nizoli  Toshkent  shahar  Shayxontohur  tumani  Oqsoy  2-tor  ko‘chasi  18-uy 

da’vogar  (F.I.O.)ga  qonun  bo‘yicha  vorislik  haqidagi  guvohnomaga  asosan  tegishli 

bo‘lib,  u  mulkdor  sifatida  o‘ziga  tegishli  mol-mulkdan  foydalanish  va  uni  tasarruf 

etish, ushbu xonadonga kirib yashash va oila a’zolarini ko‘chirib kiritish, shuningdek, 

o‘zining  mulk  huquqini,  kim  tomonidan  bo‘lmasin,  har  qanday  buzishni  bartaraf 

etishni talab qilish huquqiga ega. 

Ammo  sizlar  da’vogar  (F.I.O.)  va  uning  oila  a’zolariga  xonalarni  bo‘shatib 

bermasdan, nizoli xonadonga kirib yashashiga to‘sqinlik qilgansizlar va turar-joyning 

hujjatlarini mulkdorga qaytarib berishdan bosh tortgansizlar. 

Nizoli  turar-joyning,  umumiy  yer  maydoni  582,0  m

2

,  foydalanish  maydoni 



160,66 m

2

, yashash maydoni 122,61 m



bo‘lib, bu yerda liter A, A1, A2, AZ, B, B1, 

V, V1, V2, G, D, Ye harflari bilan belgilangan 8 ta yashash xonasi, 2 ta dahliz, ayvon, 

hammom,  yerto‘la,  ochiq  ayvon,  soyabon-bolaxona,  4  ta  soyabon,  omborxona, 

darvoza joylashgan.  

Birinchi  instansiya  sudi  ushbu  holatlardan  kelib  chiqqan  holda,  da’vo  arizani 

qanoatlantirish  haqidagi  xulosaga  kelgan  va  kassatsiya  instansiya      sudi  ushbu 

xulosalar bilan asosli ravishda kelishgan.  

Nazorat shikoyatingizda keltirilgan vajlar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan 

tekshirilgan va ushbu vajlar sud qarorlarini bekor qilish uchun asos bo‘la olmaydi.   

Nazorat  shikoyatingizda  nizoga  sabab  bo‘lgan  turar  joy,  ya’ni  Shayxontohur 

tuman  Oqsoy  2-tor  ko‘cha  18-uy  (F.I.O.)ga  tegishli  ekanligi  haqida  kadastr 

guvohnomasi mavjudligi haqida vaj keltirgansiz.  

Mazkur  guvohnomada  ko‘rsatilishicha,  ushbu  mulk  2011-yil  6-dekabrda  3-

1332-son  reestr  bilan  qonun  bo‘yicha  tasdiqlangan  vorislik  guvohnomasiga  asosan, 

davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilgan.  Biroq  aynan  2011-yil  6-dekabrda  3-1332-son  reestr 

bilan  qonun  bo‘yicha  tasdiqlangan  vorislik  guvohnomasi  da’vogar  (F.I.O.)ning 

nomiga  berilgan  va  sudlar  tomonidan  mulk  aynan  (F.I.O.)ga  tegishli  ekanligi 

aniqlangan. 

Yuqoridagilarga 

ko‘ra, 

sizlarning 



nazorat 

tartibidagi 

shikoyatingiz 

qanoatlantirilmasdan qoldirilganligi ma’lum qilinadi.  

 

Ilova: hujjatlar __ varaqdan iborat.  



 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha 



Toshkent shahar sudi raisi:  

 

imzo                        (F.I.O.)  



 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling