Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.

bet58/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

 

492 


 

Sudlov  hay’ati  yuqorida  qayd  etilganlarni  inobatga  olib,  mazkur  fuqarolik  ishi 

yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilishni, ishni qaytadan ko‘rish uchun 

birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim deb topadi.  

Ishni qayta ko‘rish davomida birinchi instansiya   sudi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 

kamchiliklarni bartaraf qilishi va to‘plangan hujjatlar asosida ish bo‘yicha qonuniy va 

asoslantirilgan xulosaga kelishi lozim bo‘ladi.  

Binobarin, FPKning 343-moddasini qo‘llab, sudlov hay’ati  

 

Ajrim  qiladi: 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Mirzo  Ulug‘bek  tumanlararo  sudining  2014-yil  30-

iyuldagi mazkur fuqarolik ishi yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarori bekor qilinsin va 

fuqarolik  ishi  boshqa  tarkibda  yangidan  ko‘rish  uchun  birinchi  instansiya      sudiga 

yuborilsin. 

Apellyatsiya shikoyati qisman, apellyatsiya protesti to‘liq qanoatlantirilsin.   

Raislik  etuvchi:                                   imzo                                               (F.I.O.)  

Hay’at a’zolari:  

 

                  imzo                                              (F.I.O.)  



 

 

 



                                 imzo                                                 (F.I.O.)  

 

Apellyatsiya instansiyasi sud majlisi bayonnomasi 

 

SUDLOV  HAY’ATI  MAJLISI 



BAYONNOMASI 

2014-yil noyabr oyining 18-kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 

apellyatsiya  instansiyasi  ochiq  sud  majlisida  raislik  etuvchi  (F.I.O.),  hay’at  a’zolari 

(F.I.O.)  va  (F.I.O.)lardan  iborat  tarkibda,  (F.I.O.)ning  kotibaligida,  Toshkent  shahar 

prokurori yordamchisi (F.I.O.), advokat (F.I.O.) ishtirokida fuqarolik ishlari bo‘yicha 

Yakkasaroy  tumanlararo  sudining  2013-yil  19-iyuldagi  da’vogar  (F.I.O.)ning 

javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.) Respublika ko‘chmas mulk birjasiga nisbatan oldi-sotdi 

shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo arizasi, da’vogar (F.I.O.)ning 

javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tuman  6-sonli 

davlat  notarial  idorasiga  nisbatan  oldi-sotdi  shartnomasini  haqiqiy  emas  deb  topish 

haqidagi  da’vo  arizasi,  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.), 

Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tuman  6-sonli  davlat  notarial  idorasi,  Respublika 

ko‘chmas mulk birjasi va (F.I.O.)ga nisbatan oldi-sotdi shartnomalarini haqiqiy emas 

deb  topish,  egalik  huquqini  belgilash,  uydan  ko‘chirish  va  uyga  kiritish  haqidagi 

qo‘shimcha da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan fuqarolik ishi yuzasidan qabul qilingan 

hal  qiluv  qaroriga  nisbatan  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)lar  tomonidan  keltirilgan 

apellyatsiya  shikoyatlari  hamda  Sirg‘ali  tuman  prokurori  tomonidan  kiritilgan 

apellyatsiya protestini  ko‘rib chiqmoqda. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

493 


 

Raislik etuvchi sud majlisini ochib, qanday ish ko‘rilishini e’lon qildi. 

Kotib sudlov hay’ati, da’vogar (F.I.O.) va qo‘shimcha javobgar ishonchli vakili 

(F.I.O.)ning,  (F.I.O.)ning,  (F.I.O.)ning  kelganligini,  qolgan  taraflar  tegishli  tartibda 

ogohlantirilishiga  qaramay  kelmaganligini,  Toshkent  shahar  adliya  boshqarmasidan 

ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishni so‘rab yozgan arizasi, Yakkasaroy tuman 6-sonli 

DNI notariusi (F.I.O.) tomonidan ariza kelib tushganligini  ma’lum qildi. 

Raislik  etuvchi  ishni  kelmagan  taraflar  ishtirokisiz  boshlashni  muhokamaga 

qo‘ydi.  

E’tirozlar yo‘q. 

Sudlov hay’ati o‘z joyida ajrim qiladi. 

AJRIM 

Mazkur ish kelmagan taraflar ishtirokisiz boshlansin. 

Raislik etuvchi taraflar shaxsini aniqladi. 

Da’vogar: (F.I.O.), 1967-yilda tug‘ilgan, millati  

o‘zbek, ma’lumoti oliy, i/j: vaqtincha ishsiz,  

ya/j.: Chilonzor tumani Chilonzor  

16-mavzesi, 4-uy 135-xonadon. 

-shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q 

Qo‘shimcha javobgar (F.I.O.)ning vakili:   

(F.I.O.), 1956-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek,  

ma’lumoti o‘rta, i/j.: nafaqada, ya/j.: Qashqadaryo  

viloyati Yakkabog‘ QFY. 

-shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q 

Qo‘shimcha javobgar: (F.I.O.), 1982-yilda  

Farg‘ona vilolatida tug‘ilgan, millati o‘zbek,  

ma’lumoti oliy, i/j: uy bekasi, ya/j.: Yakkasaroy tumani  

Boshliq mavzesi 6-uy 102-xonadon. 

-shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q 

Raislik  etuvchi  sudlov  hay’ati  tarkibini,  kotib  va  Toshkent  shahar  prokurori 

yordamchisi  (F.I.O.)ning  ishtirokini  e’lon  qildi  va  raddiyalar  keltirish  huquqini 

tushuntirdi. 

Raddiyalar bo‘lmadi. 

Raislik  etuvchi  taraflarga  ularning  protsessual  huquq  va  majburiyatlarini 

tushuntirdi. 

Protsessual huquq va majburiyatlar tushunarli. 

Ma’ruzachi sudya (F.I.O.) ish materiallari yuzasidan ma’ruza qilib o‘tdi. 

Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.)ning fikri: 

-Hurmatli sud, men ish bo‘yicha keltirilgan protestni quvvatlayman. 

R/etuvchi savoliga 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

494 


 

Qo‘shimcha javobgar (F.I.O.) Ishonchli vakil: (F.I.O.)ning bayoni: 

Shikoyatni  quvvatlayman,  oldingi  sud  majlislarida  bergan  bayonotimni 

quvvatlayman,  prokuror  protestini  quvvatlayman.  (F.I.O.)    nizoli  xonadonni 

sotayotgan vaqtida unga nisbatan da’vo qiluvchi turmush o‘rtog‘i borligini bilmagan. 

R/etuvchi savoliga qo‘shimcha javobgar ishonchli vakil: (F.I.O.)ning bayoni: 

Shikoyatni quvvatlayman,  prokuror protestini quvvatlayman. 

Savollar yo‘q. 

R/etuvchi savoliga da’vogar: (F.I.O.)ning bayoni: 

Shikoyatga  va  protestga  qarshiman,  hal  qiluv  qarorini  o‘z  kuchida 

qoldirishingizni  so‘rayman,  rayosatga  chaqiruv  qog‘ozi  pochtadan  kech  keldi,  shu 

sababli  kela  olmadim.  Men  jazo  o‘tash  muassasidan  2011-yil  21-fevralda 

chiqqanman. 2012-yil 27, 28-fevralda Toshkent shahriga kelganimdan keyin mening 

uyim  sotilganligini  bilganman.  Sobiq  xotinim  haqida  ma’lumotim  yo‘q.  Nizoli 

Boshliq mavzesidagi  uy birinchi (F.I.O.)ga sotilgan, keyin u (F.I.O.)ga sotgan, u esa 

(F.I.O.)ga  sotgan.  2-nizoli  uy  (F.I.O.)ga  sotilgan.  Ajrashganimni  2011-yil  avgustda 

bilganman.  2011-yil  1-sudda  o‘zim  qatnashganman,  bizga  olti  oy  muddat  berilgan. 

Sudga  2013-yil  11-fevralda    murojaat  qilganman.  (F.I.O.)ni  1984-yildan  buyon 

taniyman.  Javobgar  bilan  oila  bo‘lib  yashaganimizni,  farzandlarimiz  borligini  u 

bilardi. 

Savollar yo‘q. 

Sudlov  hay’ati  maslahatlashib,  o‘z  joyida  ajrim  qildi,  kelmagan  taraflar 

chaqirtirilishi  zaruriyati  bilan  ishni  ko‘rish  2014-yil  25-noyabr  soat  15-00ga  qadar 

qoldirilsin. 

2014-yil 25-noyabr sudlov hay’ati o‘zgarmagan tarkibda da’vom etadi. 

Kotib sud majlisiga (F.I.O.), (F.I.O.) va oldin kelgan taraflar kelganligini, lekin 

boshqalar kelmaganligini ma’lum qildi. 

Raislik  etuvchi  ishni  kelmagan  taraflar  ishtirokisiz  ko‘rishni  muhokamaga 

qo‘ydi.  

E’tirozlar yo‘q. 

Sudlov hay’ati o‘z joyida ajrim qiladi. 

AJRIM 

Mazkur ish kelmagan taraflar ishtirokisiz ko‘rilsin. 

Yangi kelgan taraflar shaxsi aniqlanmoqda. 

Javobgar: (F.I.O.), 1960-yilda tug‘ilgan, millati  

o‘zbek, ma’lumoti oliy, i/j: APUAT byuro boshlig‘i  

yashash joyi: Mirobod tumani A.Fitrat ko‘chasi  

40-b uy, 40-xonadon. 

Shaxsi bo‘yicha savollar bo‘lmadi 

Javobgar: (F.I.O.), 1988-yilda tug‘ilgan, millati  


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

495 


 

o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, i/j: “Yevro-fud” firmasida  

ombor mudiri, yashash joyi: Uchtepa tumani  

4-tor Bositxon ko‘chasi 16-uy. 

Shaxsi bo‘yicha savollar bo‘lmadi. 

Raislik  etuvchi  sudlov  hay’ati  tarkibini,  kotib  va  Toshkent  shahar  prokurori 

yordamchisi  (F.I.O.)ning  ishtirokini  e’lon  qildi  va  raddiyalar  keltirish  huquqini 

tushuntirdi. 

Raddiyalar bo‘lmadi. 

Raislik  etuvchi  taraflarga  ularning  protsessual  huquq  va  majburiyatlarini 

tushuntirdi. 

Protsessual huquq va majburiyatlar tushunarli. 

Ma’ruzachi sudya (F.I.O.) ish materiallari yuzasidan ma’ruza qilib o‘tdi. 

Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.)ning fikri: 

 

Hurmatli sud, men ish bo‘yicha keltirilgan protestni quvvatlayman. 



R/etuvchi savoliga 

(F.I.O.): 

–  Hal  qiluv  qarorini  to‘g‘ri  deb  hisoblayman,  shikoyatni  rad  etishingizni 

so‘rayman. Men hech kimdan uy sotib olmaganman, (F.I.O.) mening nomimga nizoli 

uyni  rasmiylashtirgan  va  mening  nomimdan  sotgan.  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)  mening 

qarindoshlarim, men ularning er-xotin ekanligini va farzandlari borligini bilganman. 

– Men nizoli uy bo‘yicha pul bermaganman va olmaganman. Men notariusda 

qog‘ozga o‘qimasdan qo‘l qo‘yganman. Uy (F.I.O.)ning nomidaligini bilmaganman. 

Men  (F.I.O.)  qo‘lidan  hech  qanday  hujjat  olmaganman.  (F.I.O.)ning  eri  borligini 

bilardim, lekin u nizoli uy sotilishiga qarshiligini bilmaganman. Men (F.I.O.)dan pul 

olmaganman, pulni (F.I.O.) olgan. 

–  Nizoli  xonadon  (F.I.O.)niki  deb  o‘ylaganman,  (F.I.O.)ning  o‘sha  paytda 

Toshkentda propiskasi bor edi, shuning uchun uning nomiga rasmiylashtirilgan deb 

o‘ylaganman.  

(F.I.O.)  bunday  shartnomaga  rozi  emasligini  bilmaganman  va  notarius  aybdor 

deb bilaman. 

Savollar bo‘lmadi. 

Raislik etuvchi savoliga javobgar (F.I.O.):  

–  sudning  hal  qiluv  qarorini  noqonuniy  va  asossiz  deb  bilaman,  apellyatsiya 

shikoyatini qanoatlantirib berishingizni so‘rayman. (F.I.O.) ni mendan qarzi bo‘lgan. 

Qarzi evaziga uyni bergan, ustiga pul to‘laganman. Notariusga (F.I.O.) ayollari bilan 

kelgan. Uy egasi (F.I.O.) deb o‘ylaganman. 

Qo‘shimcha ariza va iltimosnomalar bo‘lmadi. 

Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.)ning fikri: 

Hurmatli  sud,  men  ish  hujjatlari  bilan  tanishib  chiqib,  ish  bo‘yicha  keltirilgan 

protestni quvvatlayman. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

496 


 

Sudlov hay’ati maslahatxonada qoladi va u yerdan chiqib raislik etuvchi ajrimni 

o‘qib eshittirdi. Taraflarga shikoyat keltirish tartibi va muddatlari tushuntirildi. 

Sudlov hay’ati majlisi yopiq deb e’lon qilindi. 

 

Raislik etuvchi:                           imzo                                                             (F.I.O.) 



 

Kotib:                                        imzo                                                                (F.I.O.) 

 

 

Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga 



 

Da’vogar: Toshkent viloyati Toshkent tumani  

Yusupov ko‘chasi 73-uyda yashovchi (F.I.O.)dan 

  

XUSUSIY  SHIKOYAT 

(Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining 2014-yil 20-

sentabrdagi ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimiga nisbatan) 

 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Zangiota  tumanlararo  sudining  2014-yil  20-



sentabrdagi  ajrimiga  ko‘ra,  mening  (F.I.O.)  ga  nisbatan  3.000.000  so‘m  qarzni 

undirish  to‘g‘risidagi  da’vo  talabim  bo‘yicha  qo‘zg‘atilgan  fuqarolik  ishi 

javobgarning vafoti tufayli ish yuritishdan tugatilgan edi. Sud ishni tugatishga nizoli 

huquqiy munosabatni boshqalarga o‘tkazishga yo‘l qo‘yish imkoniyati yo‘qligini asos 

qilib ko‘rsatgan. 

Sudning ajrimini quyidagi holatlarga ko‘ra asossiz deb hisoblayman: 

Marhum  javobgar  (F.I.O.)    o‘ziga  to‘q  bo‘lib,  juda  badavlat  yashagan.  Uning 

butun  mol-mulki  ikkinchi  xotinidan  tug‘ilgan  yakka  o‘g‘li  (F.I.O.)  ga  meros  bo‘lib 

o‘tgan.  Men  bu  haqda  sud  taftishi  jarayonida  bayon  qilgan  bo‘lsam-da,  sud 

bayonnomasida bu holat qayd qilinmagan, ajrimda esa “javobgarning vafotidan so‘ng 

nizoli  huquqiy  munosabatni  qabul  qiluvchi  shaxs  bo‘lmaganligi  sababli  ish  yuritish 

tugatildi”,  degan  xulosaga  kelingan.  Vaholanki,  sud  qarzni  to‘lashga  qodir  bo‘lgan 

javobgarning  merosxo‘r  o‘g‘li  (F.I.O.)  ni  sud  taftishiga  jalb  qilinishi  haqida  iltimos 

qilinsa-da, biroq bunga sud e’tibor bermadi. 

  Yuqoridagilarga ko‘ra, FPKning 346–347-moddalariga asosan 

 

SO‘RAYMAN: 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Zangiota  tumanlararo  sudining  2014-yil  20-

sentabrdagi  ajrimini  bekor  qilib,  shu  sudga  boshqa  tarkibda  ishni  yangidan  ko‘rish 

uchun yuborilishini. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

497 


 

Ilova:  


1. (F.I.O.) marhum javobgarning o‘g‘li ekanligi haqida ma’lumot. 

2. Merosni qabul qilganligi haqida ma’lumot. 

3. Xususiy shikoyatning nusxasi. 

4. Davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida hujjat.   

 

2014-yil 25-sentabr  



 

imzo                                                            

(F.I.O.)  

 

XIII BOB BO‘YICHA ILOVALAR 



Kassatsiya shikoyati namunasi 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha  

Toshkent shahar sudiga 

 

Arizachi: (F.I.O.)   



Manzil: Toshkent shahar Yunusobod  

Tumani 10- mavze 2-uy   



KASSATSIYA  SHIKOYATI 

(Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlararo 

sudining 2014-yil 4-yanvar kunidagi hal qiluv qaroriga nisbatan) 

 

Men  sudga  ariza  bilan  murojaat  qilib,  yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 



qarindoshlik faktini belgilashni so‘raganman.  

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Mirzo  Ulug‘bek  tumanlararo 

sudining  2014-yil  4-yanvar  kunidagi  hal  qiluv  qaroriga  asosan  arizam 

qanoatlantirilmadi. 

1983-yil  21-sentabr  kuni  vafot  etgan  marhuma  (F.I.O.)  1931-yil    tug‘ilgan 

(F.I.O.) ning opasi ekanligi haqidagi qarindoshlik fakti belgilangan. 

Aniqlangan  holatlarga  ko‘ra,  Toshkent  shahar  Yunusobod  tumani  4-

Magnitagorsk ko‘chasi 23-uy 1947-yil 7-iyuldagi 1411-sonli qurilish shartnomasiga 

asosan fuqaro (F.I.O.) ga qurilish uchun ajratilgan.  

Turar  joy  mulkdori  (F.I.O.)  1983-yilda  vafot  etgan.  (F.I.O.)  ning  turmush 

o‘rtog‘i (F.I.O.) ning o‘lim guvohnomasini topish imkoni bo‘lmadi. 

1956-yil  13-iyun  kunida  74-son  bilan  qayd  qilingan  dalolatnoma  yozuviga 

asosan (F.I.O.) va men  (F.I.O.) qonuniy nikohdan o‘tib oila qurganmiz.  

Turar joy mulkdori (F.I.O.) ning farzandlari bo‘lmagan, umrining oxiriga qadar 

mening  oilam  qaramog‘ida  bo‘lganligi  haqida  mahalla  qo‘mitasidan  dalillar  taqdim 

qilingan.  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

498 


 

Birinchi  instansiya  sudi  mening  meros  mulkini  rasmiylashtirish  imkonim 

bo‘lmaganligi,  chunki  turmush  o‘rtog‘im  (F.I.O.)  va  mulkdor  (F.I.O.)  larning 

tug‘ilganlik guvohnomalarini topilmaganligini inobatga olmadi. 

Birinchi  instansiya  sudi  “Meros  olish  maqsadida  qarindoshlik  munosabatlarini 

belgilashda  sudlar  vorislik  huquqi  qonun-qoidalari  bilan  o‘rnatiladigan  qarindoshlik 

doirasidan  kelib  chiqishlari  kerak.  Qonun  bo‘yicha  yoki  vasiyat  bo‘yicha  voris 

bo‘lmagan shaxslarning qarindoshlik munosabatlari yuridik ahamiyatga ega emas va 

ularning qarindoshlik munosabatlari fakti sud tomonidan belgilanishi mumkin emas”, 

deb arizamni rad etdi. 

Yuqoridagilarga asosan, Sizlardan 

 

SO‘RAYMAN 

Birinchi  instansiya  sudining  mazkur  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  qabul  qilgan  hal 

qiluv qarorini bekor qilishni va fuqarolik ishini boshqa tarkibda qayta ko‘rish uchun 

birinchi instansiya   sudiga yuborishni  

 

2014-yil 4-mart  

 

                               imzo                                                         



(F.I.O.)  

 

 

Kassatsiya protesti namunasi 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



PROKURATURASI 

TOSHKENT SHAHAR UCHTEPA 

TUMAN PROKURATURASI 

Toshkent shahar Uchtepa  

tumani 2-mavze 5-uy 

 

 



Fuqarolik ishlari bo‘yicha  

Toshkent shahar sudiga 

 

 

2014-yil 15-oktabr 



09/314 

KASSATSIYA      PROTESTI 

 

(Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining “Mardlik Servis 

kommunal’ XUJMSh ning javobgar Pavlovets Faina Vasilyevnaga nisbatan 

kommunal qarzni undirish haqidagi  fuqarolik ishi yuzasidan 2014-yil 29-iyul kuni 

sirtdan chiqarilgan hal qiluv qaroriga nisbatan) 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

499 


 

Da’vogar  “Mardlik  Servis  kommunal”  XUJMSh  sudga  javobgar  (F.I.O.)ga 

nisbatan kommunal qarzni undirish haqida da’vo talabi bilan murojaat etgan. 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Uchtepa  tumanlararo  sudining  2014-yil  29-iyuldagi 

sirtdan  chiqargan  hal  qiluv  qaroriga  ko‘ra,  da’vogar  “Mardlik  Servis  kommunal” 

XUJMShning da’vo talabi-qanoatlantirilgan. 

Javobgar (F.I.O.) dan da’vogar “Mardlik Servis kommunal” XUJMSh foydasiga 

299.800 so‘m miqdorida kommunal qarzi undirilgan. 

Javobgar (F.I.O.) davlat boji to‘lashdan ozod etilgan. 

FPK  224-moddasiga  muvofiq,  sud  majlisining  vaqti  va  joyi  to‘g‘risida  tegishli 

tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, da’vogar e’tiroz 

bildirmasa,  ish  sirtdan  ish  yuritish  tartibida  ko‘rilishi  mumkin.  Ishni  bunday  tartibda 

ko‘rish  haqida  sud  ajrim  chiqaradi.  Javobgar  tegishli  tartibda  xabardor  qilinganligi 

haqida ishda ma’lumot bo‘lishi lozim. 

Birinchi  instansiya  sudi, ishni  sirtdan ko‘rish haqida xulosaga kelgan bo‘lsa-da, 

ish hujjatlarida, javobgarga da’vogarning vakili orqali chaqiruv qog‘ozini berib qo‘yish 

uchun  berilgan,  ammo  mazkur  chaqiruv  qog‘ozini  (F.I.O.)  olganligi  va  u  sud 

majlisining  vaqti  va  joyi  haqida  tegishlicha  ogohlantirilganligi  haqidagi  ma’lumotlar 

mavjud emas. 

Shuningdek,  Uchtepa  tumani  Chilonzor  dahasi  9-mavze  13-uy  6-xonadon 

javobgarga tegishli ekanligini tasdiqlovchi biror-bir hujjat mavjud emas. 

FPK 314-moddasi 2-qismi 2-bandiga muvofiq, protsessual huquq normalarining 

buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanganligi ishning noto‘g‘ri hal etilishiga sabab bo‘lgan 

yoki sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqdirdagina hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorning 

bekor qilinishiga asos bo‘ladi. Agar ish sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega 

bo‘lgan, ammo sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabar berilmagan shaxslardan 

birortasining yo‘qligida ko‘rilgan bo‘lsa, hal qiluv qarori, ajrim, qaror majburiy tartibda 

bekor qilinishi shart. 

 

SO‘RAYMAN: 

 

Mazkur  fuqarolik  ishi  yuzasidan  chiqarilgan  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Uchtepa 



tumanlararo sudining 2014-yil 29-iyul kungi hal qiluv qarorini  bekor qilishni va ish 

mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiya   sudiga yuborishni. 

Ilova:  

1)  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Uchtepa  tumanlararo  sudining  2014-yil  29-iyul 

kungi hal qiluv qaroridan nusxa; 

2) keltirilgan protestdan ikki nusxa. 



 

Uchtepa tumani prokurori:  

                      imzo   

                   (F.I.O.)  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

500 


 

Kassatsiya shikoyatini (protestini) harakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi ajrim 

 

AJRIM 

 

2012-yil  16-iyul  kuni  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy 



tumanlararo  sudi  sudyasi  (F.I.O.)  javobgar  (F.I.O.)  ning  kassatsiya  shikoyatini  qabul 

qilish masalasini muhokama qilib, quyidagilarni 

 

A n i q l a d i: 

Da’vogar  (F.I.O.)  javobgar  Sirg‘ali  tuman  hokimiyati  va  boshqalarga  nisbatan 

hokim qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo talablari bilan sudga murojaat 

qilgan. 


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2012-yil 27-iyuldagi 

hal qiluv qarori bilan da’vogar (F.I.O.) ning da’vo talablari qisman qanoatlantirilgan. 

Ushbu  hal  qiluv  qaroridan  javobgar  (F.I.O.)  norozi  bo‘lib,  unga  nisbatan 

kassatsiya  tartibida  shikoyat  keltirgan.  (F.I.O.)  mazkur  kassatsiya  shikoyatini  bir 

nusxada bergan. 

FPK ning 348

3

-moddasiga asosan kassatsiya shikoyati yoki protesti ishda ishtirok 



etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan sudga beriladi. 

Sudya, zarur hollarda, kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki kassatsiya protesti 

keltirgan prokuror zimmasiga kassatsiya shikoyati yoki protestiga ilova qilingan yozma 

materiallarning nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga mutanosib miqdorda 

taqdim etish majburiyatini yuklashi mumkin. 

FPK ning 348

5

- moddasiga muvofiq agar kassatsiya shikoyati berish yoki protesti 



keltirish paytida FPKning 348

3

 - va 348



4

- moddalari talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan 

bo‘lsa yoki davlat boji to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berganlik uchun boj 

to‘lamagan bo‘lsa, kassatsiya shikoyati yoki protesti harakatsiz qoldiriladi. 

Kassatsiya  shikoyati  yoki  protestini  harakatsiz  qoldirish  to‘g‘risida  sudya  bu 

shikoyat yoki protestning harakatsiz qoldirilishiga asos bo‘lgan kamchiliklarni va ularni 

tuzatish uchun berilgan muddatni ko‘rsatib ajrim chiqaradi. 

Agar  shikoyat  bergan  yoki  protest  keltirgan  shaxs  ajrimda  ko‘rsatilgan 

kamchiliklarni  belgilangan  muddatda  tuzatsa,  shikoyat  yoki  protest  dastlab  sudga 

taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi. Aks holda, shikoyat yoki protest berilmagan 

hisoblanib,  shikoyat  bergan  yoki  protest  keltirgan  shaxsga  qaytariladi  va  bu  haqda 

ajrim chiqariladi. 

Yuqorida  ko‘rsatilgan  qonun  talabidan  kelib  chiqib,  javobgar  (F.I.O.)  ning 

kassatsiya  shikoyatini  harakatsiz  qoldirishni  va  yuqorida  ko‘rsatilgan  kamchiliklarni 

bartaraf qilish uchun unga 10 kunlik muddat berishni lozim topaman. 

Yuqoridagilarga asosan va FPK ning 348

3

-, 348


5

-, 237–238-moddalarini qo‘llab,  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling