Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI
Download 4,58 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 10
I BОB
sirtdan ish yuritish, da’vo tartibida, buyruq tartibida, davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti- harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar, alohida tartibda ish yuritishdagi protsessual hujjatlar, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni yuritish jarayonidagi protsessual hujjatlar, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) jarayonida rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarning qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish jarayonidagi protsessual hujjatlar, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarning yangi ochilgan holatlari bo‘yicha qayta ko‘rishdagi protsessual hujjatlar, sud qarorlarini ijro etish bosqichida yuritiladigan protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishning protsessual tartib-qoidalari berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1990-sonli qarorini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasining 16-bandiga muvofiq tasdiqlangan “Huquqiy fanlar va predmetlar bo‘yicha yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash Kompleks dasturi” asosida tayyorlangan Fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar nomli o‘quv qo‘llanmasi huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun muhim manba vazifasini o‘taydi. Shuningdek, mazkur o‘quv qo‘llanmasidan, fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishda, malakali huquqshunoslar tayyorlaydigan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining talabalari bilan bir qatorda, sud, prokuratura, advokatura, notariat, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish hamda notarial idoralarning xodimlari, hakamlik sudyalari, sud ijrochilari, qolaversa, o‘zlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilmoqchi bo‘lgan barcha fuqarolar ham amaliy manba sifatida foydalanishlari mumkin. Mazkur o‘quv qo‘llanmada namuna sifatida keltirilgan protsessual hujjatlardagi shaxslarga doir barcha ma’lumotlarning hayotda mos kelishi tasodifiydir. Mualliflar mazkur holat bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmalariga olmaydilar.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 11
I BОB
TUSHUNCHA VA ATAMALAR (Mavzular muhimligi hamda tartibi bo‘yicha berilgan)
qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilishni so‘rab yozilgan, sudga murojaat qilingan hujjati.
manfaatlarini himoya qilish maqsadida, sud hal qiluv qarori chiqqunga qadar da’vogar talablariga qarshi taqdim etadigan arizasi.
ariza, da’vo arizasi, shikoyat asosida sudya tomonidan chiqariladigan protsessual hujjat.
etilgan da’vo arizasi, ariza, shikoyatlar fuqarolik protsessual qonun talablariga rioya qilinmasdan berilganida, davlat boji to‘lanmaganida yoki tegishli nusxalarda berilmaganligi aniqlanganida sudya tomonidan chiqariladigan protsessual hujjat.
shaxslar yoki fuqarolar tomonidan qonuniylik va huquq-tartibot buzilganligini aniqlaganda chiqaradigan protsessual hujjat.
bosqichi bo‘lib, fuqarolik ishlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri ko‘rib chiqish va hal qilishni ta’minlash maqsadida, sud va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual harakatlari majmuini o‘zida ifoda etadi. Ishni sudda ko‘rishga tayinlash – sudya fuqarolik ishini yetarli darajada tayyorlangan deb topgach, uni sud majlisida ko‘rishga tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi, taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida ma’lum qiladi. Ekspertiza tayinlash – sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan ishni ko‘rish vaqtida kelib chiqqan, fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun, ekspertiza tayinlashi mumkin. Da’voni ta’minlash – sud (sudya)ning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan, da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi, ya’ni sud hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, sud tomonidan ko‘riladigan tadbirlar. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 12
I BОB
yoki shaharda to‘plash zarur bo‘lgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshirishi. Kelishuv bitimi – taraflarning fuqarolik ishi yuzasidan kelishuvga erishganliklari haqidagi yozma bitimi. Sudning hal qiluv qarori – bu nizoni mazmunan hal qiluvchi va buzilgan yoki taraflar tomonidan nizolashilayotgan huquqlar yoxud qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarni tiklovchi, ishni mazmunan ko‘rish asosida sud tomonidan qonunda nazarda tutilgan protsessual shaklda qabul qilinadigan protsessual hujjat.
O‘zbekiston Respublikasi FPKning 214-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra, ya’ni huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, topshirilishi lozim bo‘lgan mulkni yoki javobgar bajarishi lozim bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa, arz qilingan talablarning birortasi bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar keltirgan va tushuntirishlar bergan bo‘lsalar-u, lekin bu xususida hal qiluv qarori chiqarilmagan bo‘lsa, hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash ko‘rsatilmaganda, ish bo‘yicha hal qiluv qarori chiqargan sud tomonidan ishda ishtirok etayotgan shaxslarning arizalariga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan chiqariladi. Sud hal qiluv qarorining qonuniy kuchi – ish bo‘yicha chiqarilgan sud hal qiluv qarorining ishda ishtirok etuvchi shaxslar uchun, shuningdek, ishni ko‘rgan sudning o‘zi uchun hamda ishda ishtirok etgan-etmaganidan qat’i nazar, fuqaro va korxonalar uchun majburiy ekanligi. Sud majlisi bayonnomasi – sudning har bir sud majlisi to‘g‘risida, shuningdek, sud majlisidan tashqari qilingan har bir alohida protsessual harakat to‘g‘risida ishni ko‘rishning yoki alohida protsessual harakatlarni amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettiriladigan, sudya va sud kotibi tomonidan imzolanadigan hujjat.
bo‘yicha o‘z fikrini bayon etishi. Prokuror fikri og‘zaki yoki yozma shaklda bo‘lishi mumkin. Prokurorning boshqa shaxslar huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida bergan arizasiga binoan qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha fikr berilmaydi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 13
I BОB
qarorlari shaklida qabul qilinadigan protsessual hujjat.
bosqichlariga nisbatan tatbiq etilib, fuqarolik ishlarining harakatga kelishini va hal etilishini ta’minlaydigan ajrimlar.
qiluvchi yoki ishni qo‘zg‘atish yoxud ishni sudda mazmunan ko‘rish uchun qonuniy asos mavjud bo‘lmagan hollarda ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimlar. Yakunlovchi ajrimlar – ishni hal qiluv qarorini chiqarmasdan yakunlashga qaratilgan ajrimlar. To‘ldiruvchi ajrimlar – sud tomonidan yo‘l qo‘yilgan va ochiq ko‘rinib turgan protsessual xatoliklarni bartaraf etishga qaratilgan ajrimlar. Ishni sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rish haqidagi ajrim – bu qonunda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda chiqariladigan ajrim bo‘lib, sirtdan ish yuritish uchun asos bo‘ladi.
joyi to‘g‘risida tegishlicha xabardor qilingan javobgarning sud protsessiga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasligi va uning ishtirokisiz, da’vogarning, albatta, roziligi bilan ishni mazmunan ko‘rib chiqish. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori – ish sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rilganida, sud ishda mavjud dalillarni tekshirish bilan kifoyalanib, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vaj va iltimoslarini e’tiborga olib, tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar kelmasa ham, da’vogarning roziligi asosida ishni ko‘rib chiqaradigan hal qiluv qarori.
uning ustidan shikoyat berilmagan yoki protest keltirilmagan bo‘lsa, apellyatsiya shikoyatini berish va protest keltirish muddati o‘tganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berilgan yoki apellyatsiya protesti keltirilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, ishni yuqori instansiya sudi ko‘rib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi.
– sirtdan hal qiluv qarorini chiqargan sudga o‘zida sud majlisiga uzrli sabablarga ko‘ra kelmaganlikdan dalolat beruvchi holatlar ro‘yxatini va ularni tasdiqlovchi dalillarni, shuningdek, sirtdan chiqarilgan hal qiluv FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 14
I BОB
qarorining mazmuniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan dalillar ro‘yxatini qamrab olgan, davlat boji to‘lanmasdan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdorda nusxalari bilan taqdim etiladigan hujjat. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ajrim – agar sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish vaqtida, sud tarafning sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligini va bu haqida sudni o‘z vaqtida xabardor qilish imkoniyati bo‘lmaganligini hamda taraf sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan dalillarni taqdim qilayotganini aniqlaganda, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qiluvchi, ishni mazmunan ko‘rishni tiklash to‘g‘risidagi sudning protsessual hujjati. Nikohdan ajratish – er yoki xotinning arizasiga ko‘ra, sud qarori yoki FHDYo organi tomonidan ular o‘rtasidagi oilaviy munosabatlarning tugatilishi.
ular o‘rtasidagi oilaviy munosabatlarning tugatilishi. Nikohni haqiqiy emas deb topish – O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 49-moddasida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha sud tomonidan nikohning qonuniy tuzilmagan deb topilishi.
ta’minot” degan ma’nolarni anglatadi. Aliment – voyaga yetmagan bolalarni mulkiy huquqlaridan biri, yashash manbayi, ta’minot shakli sanaladi. U bolalarning ota-onasi o‘zaro nikohda yoki nikohda turmasligidan, shuningdek, nikohning haqiqiy emas deb topilishidan qat’i nazar to‘lanadi. Faqat bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasida aliment to‘lovchi ota-ona sifatida ko‘rsatilgan yoki bolaga nisbatan otalik belgilangan bo‘lishi lozim. Aliment to‘lashning ixtiyoriy shakli – aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda, shaxsan o‘zi yoki o‘z arizasiga muvofiq, ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablag‘ olayotgan joyida to‘lashi. Aliment to‘lashning kelishuv shakli – nikoh shartnomasida yoki alohida kelishuv bitimi asosida ixtiyoriy tarzda vujudga keladi. Kelishuv ota – onalarning o‘zaro nikohda yoki nikohdan ajrashganliklaridan qat’i nazar tuzilishi mumkin. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 15
I BОB
oshiriladigan harakat bo‘lib, qonunda ko‘rsatilgan aliment majburiyatlariga doir normalar buzilganda yoki o‘sha majburiyatlar aliment to‘lovchi tomonidan bajarilmaganda, tegishli mablag‘ning sud tartibida aliment to‘lovchidan majburiy tartibda undirilishi. Otalikni sud tartibida belgilash – 1968-yilning 1-oktabridan keyin tug‘ilgan bolalarga nisbatan otasi deb taxmin qilinayotgan shaxs hayot bo‘lgandagina yo‘l qo‘yilishi tushuniladi va bunday talablar da’vo yuritish tartibida hal etiladi. Otalik faktini belgilash – 1968-yilning 1-oktabridan keyin tug‘ilgan bolalarga nisbatan bolaning otasi, deb taxmin qilinadigan shaxs vafot etgan taqdirda manfaatdor shaxsning arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ish tushuniladi va bunday talab alohida ish yurituv tartibida ko‘riladi. Otalikni tan olganlik faktini belgilash – O‘zini bolaning otasi deb tan olgan, biroq bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda, sud uning otalikni tan olganligi faktini belgilashga haqli (1968-yil 1-oktabrga qadar tug‘ilgan bolalarga nisbatan bunday fakt faqat bola marhum vafot etgan paytda yoki oldinroq uning qaramog‘ida bo‘lgan holdagina yo‘l qo‘yiladi). Mehnat nizolari – subyektiv mehnat huquqlarini amalga oshirish yuzasidan kelib chiqadigan hamda vakolatli organlar tomonidan ko‘rib hal qilish uchun qabul qilingan kelishmovchiliklar.
o‘zgartirish bilan bog‘liq nizolar. Uy-joy nizolarining turlari – O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy qonunchiligidan kelib chiqib, uy-joy fondi bilan bog‘liq nizolarning turlariga davlat uy-joy fondidan foydalanish bilan bog‘liq nizolar va xususiy uy-joy fondi bilan bog‘liq nizolar kiradi. Xususiy uy-joy fondi – fuqarolar mulki bo‘lgan uy-joy fondi (yakka tartibda qurilgan uylar, xususiylashtirilgan, qurilgan hamda olingan kvartiralar va uylar, uy-joy qurish hamda uy-joy kooperativlariga qarashli uylardagi pay badallari to‘liq to‘langan kvartiralar, fuqarolar tomonidan FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 16
I BОB
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda mulk qilib olingan kvartiralar va uylar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan va ularning mablag‘lari hisobidan qurilgan yoki auksionda yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda olingan uy-joy fondlari).
bo‘lgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joylar fondi, mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan, xususiy, munitsipal uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartnomalari asosida foydalanilayotgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi, davlat korxonalari, muassasa va tashkilotlarning to‘la xo‘jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvi idorasiga qarashli bo‘lgan uy-joy fondlari.
turi sifatida huquq to‘g‘risida nizo bo‘lmagan va manfaatdor shaxslarning arizasi bo‘yicha ish yuritish.
Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 279-moddasiga ko‘ra, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish, bolani farzandlikka olish, fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va fuqaroni o‘lgan deb e’lon qilish, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish, fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish, mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish, taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, ular bo‘yicha huquqlarni tiklash to‘g‘risidagi ishlar (chaqirib ish yuritish). Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar – fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy yoki mulkiy huquqlarini bevosita keltirib chiqaradigan, o‘zgartiradigan yoki tugatadigan harakatlar yoki hodisalar.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 17
I BОB
Fuqarolik kodeksining 33-moddasiga ko‘ra, agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq, sudning bu fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishi. Fuqaroni o‘lgan deb e’lon qilish – O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 36-moddasiga ko‘ra, agar fuqaroning qayerda turganligi haqida uning yashash joyida uch yil mobaynida ma’lumot bo‘lmasa, basharti u o‘lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok bo‘lgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlarda bedarak yo‘qolgan bo‘lib, uning qayerdaligi haqida olti oy mobaynida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq, sudning uni vafot etgan deb e’lon qilishi. Fuqaroning muomala layoqatini cheklash – O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 31-moddasiga ko‘ra, spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala layoqatining sud tomonidan fuqarolik protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi. Bunday shaxslarga homiylik belgilanadi.
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasiga ko‘ra, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroning sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilishi. Bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish – O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 191-moddasiga ko‘ra, egasi bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan ashyo egasiz ashyo hisoblanadi. Egasiz ko‘chmas ashyolar tegishli davlat organining yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining arizasiga muvofiq ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatiga oluvchi organ tomonidan hisobga olinadi. Egasiz ko‘chmas ashyo, hisobga olinganidan keyin uch yil muddat o‘tgach, davlat mol-mulkini boshqarishga vakolati bo‘lgan organ yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bu ashyoni davlat mulkiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga kirgan deb hisoblash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etishi mumkin.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI Download 4,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling