Mavzu: Qishloq xo’jaligiga zarar keltiradigan shilimshiqlar va zamburug’larning tarqalishi va ularni oldini olish chora tadbirlari


O‘simliklarning himoya mexanizmlarini faollashtiruvchi birikmalar


Download 0.74 Mb.
bet9/9
Sana21.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1106418
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘simliklarning himoya mexanizmlarini faollashtiruvchi birikmalar (Plant disease activators). Yuqorida keltirilgan m a’lum otlardan ham muhimrog‘i — o ‘simliklarda TMV kabi viruslarga, Peronospora tabacinci singari oomiset zamburug'larga va Pseudomonas syringae kabi bakteriyalarga OSCH induksiya qilinishi ularga bir q ato r sintetik birikm alar bilan har xil usullar vositasida (inyeksiya, barglarga purkash, barg bandlari yoki ildiz orqali sourilishi) ishlov berish orqali ham ta ’minlanishi mumkin. Salitsil kislota va dixloroizonikotin kislotasi har xil patogenlarga OSCH ni yuqori sam ara bilan induksiyalovchi birikm alar ekanligi xabar qilingan. OSCH sohasida o'tkazilgan va o'tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari bu yo‘nalish juda kelajakli ekanligidan dalolat bermoqda. Hozirdayoq bu usul AQSH da va ba’zi boshqa mamlakatlarda bir necha o'sim lik kasalliklariga qarshi am aliyotda qo'llanilm oqda. Bunday faollashtiruvchi birikmalardan birinchisi — 2003-yildan boshlab sotuvga Aktigard nomi bilan chiqarilgan benzotiadiazol — har xil ekinlarning juda ko'p kasalliklariga qarshi yuqori samarasini namoyon qilgan (1-jadval). Yana bitta birikma — sotuvga Blokada nomi bilan chiqarilgan benzotiadiazol hosilasi (Asibenzolar-S-metil = ASM) — sabzavot ekinlarida soxta un-shudring kasalliklariga qarshi OSCH induktori sifatida faoliyat ko'rsatadi. Bunday birikm alar o'sim liklarning kimyoviy aktivatorlarining yangi sinfiga mansub bo'lib, ular antimikrob faollikka ega emas, ammo ham bir, ham ikki pallali ekinlarda kasallik qo'zg'atuvchilarning barchasiga bo'lm asa ham, ularning ko'pchiligiga nisbatan OSCH paydo qiladigan biologik induksiyaga o'xshash jarayonni yurgizadi. (3-aminobutur kislotasi ham bunday birikmalaming bittasi ekanligi xabar qilingan. Bog'lardan to'plangan

Zamburugiarning avirulent shtammlarini qo'llash. XX asrning 70-yillarida Fransiyada ba’zi dalalarda bodring fuzarioz solishiga qarshi tuproq supressivligi qayd etilgan. Boshqacha aytganda, tuproqda patogen va kasallik uchun qulay sharoit mavjud bo'lsa ham, kasallik amalda rivojlanmagan. Tajribalardan m a’lum bo'lishicha, tuproqning bu xususiyati uni bug'laganda yo'qoladi, konduktiv (kasallik rivojlanadigan) tuproqlarga esa bu xususiyatni, ularga hajm bo'yicha taxm inan 10% miqdorda supressiv tuproq qo'shish orqali o'tkazish mumkin. Sinchkovlik bilan o'tkazilgan tajribalarda ushbu supressivlik xususiyat tuproqda Fusarium oxysporum zamburug'ining apatogen shtammlari mavjudligi bilan bog'liq ekanligi aniqlandi. Ushbu shtam mlar asosida Fransiya va Italiyada ishlab chiqarilgan Fuzaklin (Fusaclean) va Biofoks (Biophox) preparatlari har xil va ko'p turga mansub o'simliklarni fuzarioz so lishdan himoya qiladi. In vitro h o latida bu shtam m lar antagonistik faollik ko'rsatmaydi, balki o'simliklarda sistem nospetsifik chidamlilik hosil bo'lishini ta ’minlaydi. Bunday shtam m lar bilan tajribalar Rossiyada ham o 'tk azilmoqda, ammo ular asosidagi preparatlar hozirgi davrgacha ishlab chiqarilmagan. Mikroorganizmlar, o'simliklar va hayvonlarning hayot faoliyati mahsulotlari ham o'sim liklarni biologik himoya qilish agentlari b o iish i m um kin, bular haqida m a’lum otlar keyingi boblarda beriladi.
XULOSA
Ajdodlarimiz o‘simlik zararkunandalariga qarshi kuzatuvlari va yillar davomida orttirgan tajriba hamda imkoniyatdan kelib chiqib, mahalliy xomashyodan keng foydalanganlar. Masalan, daraxtning pastki qismini ohak eritmasi bilan oqlash azaldan mavjud. Sababi, daraxt po‘stlog‘i ostidagi zararkunandalarning tuxumi ohak tarkibidagi ishqor ta’sirida nobud bo‘ladi. Erta bahorda qilingan bu usul yaxshi samara beradi, daraxt mevasining sifati va hosildorligining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, atrofga o‘zgacha chiroy bag‘ishlaydi. Yurtimizning ko‘p hududlari, ayniqsa, qishloq joylarda bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadigan keksa, tajribali dehqonlar tomorqalaridagi ekin, daraxt bargiga shiracha tushganda ertalabki shabnamda oddiy kul sepishadi. Kul tarkibidagi o‘yuv­chi modda ta’sirida shira bitlari o‘z faolligini yo‘qotadi, ya’ni o‘ladi. Qishloq xo‘jaligida begona o‘t va zararkunandalarga qarshi kurashishda ko‘p holatda tarkibida kimyoviy zaharli modda bo‘lgan turli pestitsidlardan foydalaniladi. Pestitsidlar, yuqorida aytilganidek, birinchidan, inson organizmi va atrof- muhit uchun zararli sanaladi. Ular bilan ishlaganda, albatta, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish shart. Chunki ular tarkibidagi kimyoviy moddalar nafas yo‘lini zaharlab, butun organizmga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ikkinchidan, bu kimyoviy preparatlar zararkunandalarning tabiiy dushmani, ya’ni foydali hasharotlarni ham qirib tashlaydi. Shu sababli bu preparatlardan faqat o‘ta zararlangan joyga so‘nggi chora sifatida foydalanish mumkin, aks holda u ham o‘simlikka, ham foydali hasharotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: uni umumiy holda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Uchinchidan, ushbu kimyoviy preparatning narxi qimmat, iqtisodiy jihatdan zarar keltiradi. Pirovardida o‘z-o‘zidan mahsulot tannarxi oshadi. Biroq zararkunandalarga qarshi chora-tadbirlar vaqtida qo‘llanilmasa, mevali daraxtlarni shira bosadi, bit va kanalar ko‘payadi va ular bahor faslining oxirida boshqa o‘simlik va sabzavotlarga ham o‘tishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Yaxontov V. V., Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari va mahsulotlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash, T., 1953;

  2. Selskoxozyaystvennaya entomologiya, M., 1976; Pospelov S.M., Oʻsimliklarni himoya qilish, T., 1978;

  3. Oʻzbekiston Respublikasida ishlatish uchun ruxsat etilgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari roʻyxati, T, 2003.

  4.  Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

  5. https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBsimliklar_zararkunandalari

  6. https://uza.uz/oz/posts/zararkunandalarga-qarshi-kurashishning-samarali-yo-li

  7. https://agroinspeksiya.uz/oz/news/zararkunanda-hasharotlarga-qarshi-kimyoviy-vositalar-zaxirasini-yaratish-ishlari-nazoratga-olingan

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling