Maxsus ta’lim o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi
Quyidagi mavzularni fizika fani bo’yicha tajriba sinov tariqasida o’tdim
Download 14.53 Kb.
|
hisobot mirkomil
Quyidagi mavzularni fizika fani bo’yicha tajriba sinov tariqasida o’tdim:
Energiya turlari. Quvvat Elekt toki haqida tushuncha Nurlanish. Turmushda va texnikada issiqlik uzatishdan foydalanish Elektr qarshiligi Tekis o’zgaruvchan harakatda tezlanish Birinchi tajriba darsida bevosita maktabning rahbar o’qituvchilari yordam berishdi. Chunki ilk tajriba darsim uchun tayyorlab kelgan malumotlarimni vaqt bo’yicha taqsimlay olmadim. Qolgan vaqtda fan o’qituvchisi qo’shimcha ma’lumotlarni yetkazdi. Darsdan keyin o’qituvchi va metodist ayrim ma’lumotlarni yozdirish kerakligini, qolaversa sinfni doimiy faollashtirib turish lozimligini kamchilik sifatida ko’rsatib o’tdi. Keyingi tajriba darsimda bu kamchiliklarni to’g’irlashga harakat qildim. Aktiv amaliyotning boshida shunday qilib, asosan tajriba darslarida ishtirok etdim. Dars berish uslubini o’rganishga, yangi ped texnologiyalardan darsda foydalanishda nimalarga e’tibor qaratilishiga, qo’shimcha topshiriq va test savollarini tuzish qonun qoidalariga, o’quvchilar bilan ishlashga, darslarda o’zimni erkin tutishga o’rganishga harakat qildim. Fan o’qituvchisi sinfdan tashqari haftaning ikki kunida iqtidorli o’quvchilar bilan shug’ullanish mashg’ulotlariga qatnashdim. Fizika fanidan olimpiadaga tayyorgarlik jarayoniga ishtirok etdim. Sinf rahbari birgalikda o’quvchilarning ota-onalari bilan ishlash daftarini to’ldirish ustida ish olib bordik. Dars qoldirgan o’quvchilarning sabablarini aniqladik va bunday keyin dars qoldirmasligi to’g’risida tushuntirish xatlarini oldik Undan tashqari aktiv amaliyot davomida sinf rahbari bilan axborot va ma’naviyat soatini o’tkazdik. Darsdan bo’sh vaqtlarida sinf rahbari bilan birgalikda haftalik davomot tahlilini amalga oshirdik. Dars qoldirgan o’quvchilar bilan tushdan keyingi vaqtlarda qo’shimcha tushuntirish ishlari olib borildi va ularga qoldirgan darslarni o’zlashtirishi kerak ekanligi aytildi. Undan tashqari o’zimga biriktirilgan ___-sinfda pedagogik psixologik kuzatishlarim bo’yicha ma’lumotlarni tahlil qildim. Bu ma’lumotlarga tayangan holda bitta sinfga va sinfdan bir nafar o’quvchiga tavsifnoma yozdim. Hisobotlar uchun ma’lumotlar yig’ib bordim. Maktabdagi amaliyot davri davomida quyidagi ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarda qatnashdim: Fizika kechasi hamda 2022 yilning yangi yil bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda ishtirok etdim. Download 14.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling