Kinematika asoslari. Harakat haqida umumiy tushuncha. Tezlik va tezlanish. Reja


Download 335.33 Kb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi335.33 Kb.
#1059851
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kinematika asoslari. Harakat haqida umumiy tushuncha. Tezlik va


Aim.uz

Kinematika asoslari. Harakat haqida umumiy tushuncha. Tezlik va tezlanish.
Reja:

1. Harakat haqida umumiy tushuncha. Sanoq sistemasi.


2. Vektor kattaliklar. Vektorlar ustida amallar.

  1. To`g`ri chiziqli tekis va egri chiziqli harakat. Uni xarakterlovchi kattaliklar.

  2. Tezlik. Tezlanish va uning tashkil etuvchilari.



O’quvchi bilishi kerak:
Moddiy nuqta, ilgarilanma va aylanma harakat, sanoq sistemasi, vektorlarning ifodalanishi, vektorlar ustida amallar Ko’chish va yo’l. To’g’ri chiziqli tekis harakat. Tezlik. Tezlanish va uning tashkil etuvchi Trayektoriya va yo’l, oniy tezlik, tekis harakatda tezlik, Notekis harakatda, o’rtacha va oniy tezlanish, tezlanishni tashkil etuvchilari. To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakatda tezlik va yo’l formulalari. Egri chiziqli harakat va uni xarakterlovchi kattaliklar.


Mavzuning maqsadi: O’quvchilarga kinematika asoslari. Harakat haqida. Tezlik va tezlanish haqida ma’lumot berish va ularning qo’llanilishnini tushuntirish.


Mavzuning bayoni:
1. Harakatni mazkur harakatga ta’sir ko’rsatuvchi sabablar bilan bog’lanmagan holda o’rganuvchi mexanikaning bo’limiga kinematika deyiladi va uning asosiy masalasi:
A) jismning harakatlarini matematik formulalar, grafiklar yoki jadvallar yordamida tavsiflash;
B) bu harakatni xarakterlovchi kinematik kattaliklarni aniqlash.
Kinematikada harakatlarni tavsiflash uchun maxsus tushunchalar. (moddiy nuqta, sanoq sistema, trayektoriya) va kattaliklar (yo’l, ko’chish, tezlik, tezlanish) kiritiladi.
Jismlarning, yoki jism qismlarining bir-biriga nisbatan o’rnining o’zgarishiga mexanik harakat deyiladi.
Moddiy nuqta deb - ma’lum massaga ega bo’lgan va harakati o’rganilayotgan holda, o’lchamlarini hisobga olmaslik mumkin bo’lgan jismga aytiladi.

Download 335.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling