Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences volume 1
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
isajon-sulton-hikoyalarida-bo-ri-obrazi
Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 316 w www.oriens.uz 2021 February Bo‘rining qishloqdoshlari tomonidan topib o‘ldirilishi otaning ruhiyatiga qattiq ta’sir qiladi.CHunki u bo‘riga duch kelganida o‘ldirmaganligining sababi bolalari bor degan to‘siq edi U o‘zi va bo‘rini “oilaboshi “deb ataydi. “ – Oyga qarab uvillagim kelyapti, -xotin, -debman. SHundan so‘ng to‘liqib- to‘liqib rosa gapiribman. Bilasanmi, ichimda bir bo‘ri bor debman. Meni ko‘cha- ko‘yda indamas,yuvosh bir odam bo‘lib yurishimga qarama.Umrim bo‘yi ichimdagi o‘sha bo‘ri tashqariga chiqib ketmasin deb urinib keldim.Endi esa hech bo‘lmasa, shu kecha qorong‘usida hamma uxlab dong qotib yotgan mahalda oyga qarab cho‘zib- cho‘zib uvillasam .....dermishman” 4 . Xalq og‘zaki ijodi namunalariga nazar tashlasak bo‘ri turlicha talqin qilinadi .Ba’zi manbalarda baxt keltiradi deyilsa,ertaklarda qonxo‘rlik ramzi sifatida talqin qilinadi.Qahramonda ham qishloqqa oralagan bo‘riga nafrat yo‘q, aksincha unga havas qiladi, kuyunadi,hatto uning holatiga yig‘laydi. Biz bo‘ri obrazini yozuvchining “Tuman” nomli hikoyasida ham kuzatamiz. “ – Aka ,chiyabo‘rimi? – Bo‘rini naq o‘zi , -deb javob qilda katta aka. –Yo‘g‘e qishda itlar ham shunaqa uvillaydi-ku? – It boshqacha uvillaydi” 5 Hikoyada sovuq tuman kunda uch akasiga qo‘shilib yobondan o‘tin kesishga chiqqan kenja ukaning qo‘rquvi, hayajoni, akalarini oldida izza bo‘lishi lekin o‘sha qo‘rquvni engib akalariga ergashganini ko‘ramiz. Aslida ukalari uchun “shafqatsiz”deb aytilgan akani hayot erta etiltirgan, ota vafoti tufayli turmush tashvishlarini ancha erta tortgan edi. U ukasiga nisbatan ham yaxshi ma’noda “shavqatsiz”bo‘ldi, shunday tarbiyaladi. Vaqti kelib akalar birin-ketin imorat solib, ro‘zg‘orini bo‘lak qilib ketishganda onaizorning yonida shu kenja o‘g‘il qoldi. Ketjatoy ham akalari istaganday ko‘ngli qattiq, “shafqatsiz” erkak bo‘lib etishdi. Bu hikoyada ham tuman qoplagan o‘sha sovuq kunda yobonda ukalarini yolg‘iz qoldirib kuzatishadi, u uvillagan bo‘rini ovozidan cho‘chiydi, yig‘laydi, borib akalarini onasiga yig‘lab aytib bergisi keladi, biroq bu safar bunday qilmaydi. Adib bo‘ri obrazini ikki hikoyada ikki xil tasvir bilan beradi. “Bo‘ri” hikoyasida qahramon bo‘ri bilan uchrashadi, ko‘zi ko‘ziga tushadi, “Tuman” nomli hikoyada esa askincha uchrashmaydi, ko‘rmaydi, faqatgina ovozini eshitiladi. Biroq ikkala asarda ham qahramonning ruhiy holatini tasvirlashda muallif bo‘rining ijobiy jihatlaridan foydalangan, qahramonlar uchun bu obraz havas qilinidagan, intiladigan mardlik, 4 https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/isajon-sultonov/irsazhon-sulton-b-ri-ikoya/ 5 https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/isajon-sultonov/isajon-sulton-tuman-hikoya/ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling