O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Nargiz haqida mif. Nargiz tug‘ilganda taqdirdan fol ochuvchi: 
“Bu bola o‘zini ko‘rgungacha yashaydi”, deydi. Ushbu bashorat 
hammaga bema’ni bo‘lib tuyuladi. Bola behad ko‘rkam bo‘lib 
o‘sadi. Ko‘rganki bor, uni sevib qolardi. Shulardan biri Exo edi. U 
Nargizning ortidan soyadek ergashadi. Ammo ko‘plar qatori rad ja-


35
vobi oladi. Exo alamidan g‘orga kirib ketadi va dard chekib qurib, 
ovozigina qoladi. Jismi esa toshga aylanadi. Kim u yerga kirib gapirsa, 
faqat exo – aks-sado qaytadi. Hamma to‘planib, qasos ma’budasi Ne-
mezidga “Nargizni jazola!” deydi. Nemezid istakni bajaradi: “Nargiz 
o‘zini sevib, o‘ziga yetolmay azob cheksin”, deydi. Kunlardan bir kun 
Nargiz ovdan qaytayotib chanqaydi va suvga boradi. Suvda o‘z ak-
sini ko‘rib esa, sevib qoladi. Suvdagi aksga yetolmay, yig‘lab iztirob 
chekadi. Shunday azoblanadiki, axiyri qovjirab quriydi… Odamlar 
ancha vaqtdan keyin sohilda bir gulni topib olishadi: Oq Nargiz gulni. 
Bu afsona keyinchalik adabiyotda turfa ko‘rinishlarda yashaydi. 
Chunonchi, Rim shoiri Ovidiy “Metamorfoza” asarida Nargiz gulni 
qanday paydo bo‘lishi haqida batafsil yozadi.
Pandora haqidagi mif. Zamonaviy dunyoda urushlarn-
ing ko‘payib ketganini Pandora qutisining ochilib ketishi bi-
lan bog‘lashlar ham bor. U qanday quti edi? Pandora kim? Pan-
dora – Prometey ma’budlardan olovni o‘g‘irlagani uchun in-
sonlarni, xususan, erkaklarni jazolash maqsadida yaratilgan ilk 
ayol. Demak, mifga ko‘ra, Pandoragacha ayol zoti bo‘lmagan. 
Pandora Prometeyning ukasiga xotin bo‘ladi. Prometey ukasi Epim-
eteyning uyida hamma narsa muhayyo bo‘lib, burchakda bir quti 
ham bo‘ladi. Pandoraga shu birgina qutiga tegma, qolgan hamma 
narsa seniki, deya buyuriladi. (E’tibor bering, ushbu mif Odam Ato 
va Momo Havoning yerga tushish sababini yodga soladi!) Ammo 
ayolni o‘sha quti o‘ziga tortaveradi. Yursa-tursa, o‘sha qutini 
o‘ylaydi. Qiziqish o‘zining haddi a’losiga yetadi. Nihoyat, u o‘sha 
qutini ochib yuboradi. Natijada qutiga qamab qo‘yilgan yovuz ruh-
lar tashqariga otilib chiqadi. Pandora shoshib qutini yopadi, qutining 
tubida zaifgina umid qolib ketadi. Shundan beri dunyoda urushlar, 
musibatlar, kulfatlar arimas ekan. Lekin umid bor, u qutining ichi-
da turibdi. Mifning mohiyatiga chuqurroq kirsak, har bir insonning 
botinida ana shunday Pandora qutisi borligi, uning ochilib ketmaslik 
tadorigini ko‘rib yashash esa har bir kishining o‘z qo‘lida ekanligi 
ayonlashadi.


36

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling