O‘tkazilgan sana
|
Yurish , yugurish, saflanish, qayta saflanish
|
Umumrivojlantiruvchi mashiqlar
|
Asosiy harakat turlari
|
Harakatli o‘yinlar
|
Tinch o‘yinlar, nafas rostlash mashqlari
|
Sentyabr
|
1. Bolalarni qabul qilish, bir qator qilib saflash, Salomlashish va bolalarni sogligi xaqida bilish, Navbatchi bola axborot topshirish.
Maydon bo‘ylab yurish va yugurishga o‘tish va nafast rostlab safga qaytish .
|
1. D.h.: asosiy tik turish, tayoqcha yonda, 1-tayoqchani oldinga uzatish, o‘ng oeqni orqaga uchi bilan qo‘yish; 2-dastlabki holatga qaytish. SHuning o‘zini chap oyoqda ba-jarish (6 marta).
D.h.: asosiy tik turish, tayoqchani yuqoriga ko‘tarib, qo‘llarni to‘g‘ri tutish 1-cho‘qqayib tayoqchani oldinga uzatish; 2—dastlabki holatga qaytish (6—7 marta),
D.h.: oyoqlar kerilgan, tayoqcha yonda. 1—2— gavdani o‘ngga burish, qo‘llarni oldinga uzatish, tizzalarni bukmaslik; 3- 4 dastlabki holatga qaytish. SHuning o‘zini chapga burilib bajarish (5-6 marta).
D.h.: oyoqlarni kerib o‘tirish, tayoqcha tizzada. 1-tayoqchani yuqoriga ko‘tarish; 2-o‘ng oyoqqa engashib, oyoq uchiga ko‘l tekkizish; 3-rostlanib tayoqchani yuqoriga ko‘tarish; 4-dastlabki holatga qaytish. SHuning o‘zini chap oyoqqa engashib bajarish (5—6 marta).
D.h.: chalqancha yotib tayoqcha ushlagan qo‘llarni bosh orqasida tutish. 1- uzatilgan o‘ng oyoqni ko‘tarish, tayoqchani boldirga tekkizish; 2 - dastlabki holatga qaytish. SHuning o‘zini chap oyoq bilan bajarish (5—6 marta).
D. h.: qorin bilan yotib, qo‘llarni bukib tayoqchani ko‘krak oldida ushlash. 1-2- egilib, tayoqchani oldinga chiqarish; 3- 4 - dastlabki holatga qaytish (5—6 marta).
D. h.: asosiy tik turish, tayoqcha pastda. 1 - sakrab oyoqni kerib qo‘yish, tayoqchani yuqoriga ko‘tarish; 2 - dastlabki holatga qaytish. Tarbiyachining 1-8 sanog‘i ostida bajariladi, keyin bir oz tin olish va yana sakrash (2—3 marta).
|
1. Safda yon tomonga yurish
|
“Chori chambar”
|
“Uchdi-uchdi”
|