O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
___________________________YO’NALISHI _______-GURUH TALABASI _________________________________________NING MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARDA HARAKATLI O‘YINLARNING AHAMIYATI
BAJARDI: _________________________
ILMIY RAHBAR:___________________
JIZZAX-2023
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………
Asosiy qism………………………………………………………….
I-Bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarda harakatli o‘yinlarning ahamiyati ……………………………………………………………..…….5
1.1. Harakatli o‘yinlarni tanlab olishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olishning ahamiyati …………..…….……………..5
1.2. Harakatli o‘yinlar va ularni o‘tkazish metodikasi …...................6
II-Bob. Maktabgacha TA’LIM yoshidagi BOLALAR uchun O‘YINLAR..………………………………………………………………12
2.1. Chumchuqlar VA AVTOMOBIL o’yini ….……………….…..12
2.2. Tutuvchi, LENTANI OL! O’yini……..……………..………....12
Xulosa………………………………….……….……………….…25
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………...28
Kirish
Harakatli o‘yinlarni tanlab olishda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlarini hamda jismoniy mashqlarni tanlash qoidasi asoslarini hisobga olishi kerak.
Bolalarni maktabga tayyorlashda shuni unutmaslik zarurki, ularning sog‘ligini mustahkamlash, harakat malakalarini oshirib, me’yorida rivojlantirib, taassurotlarini kengaytirib, hayajonlanish tuyg‘ularini tarbiyalab ko‘rish, sezgirlik qobiliyatlarini rivojlantirish, bolalarning tayyorgarligi darajasini hisobga olish zarur. Masalan, birdaniga sakrash harakatlarini o‘tkazish ehtiyotkorlikni talab etadi, chunki, avvalo ularni sakrash harakatlariga jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘rgatish lozim. Albatta, bog‘cha bolalarining harakat ko‘nikmasi va malakasini rivojlantirishda gap harakat texnikasini chuqurroq o‘rgatishda emas.
Bordi-yu, bolalar uzunlikka yugurib kelib sakrashga o‘rgatiladigan bo‘lsa, ularni sakrash oldidan birdaniga to‘xtab qolmaslikka yoki yugurishni sekinlashtirmaslikka, agar sakrash kerak bo‘lsa, unda sakrashdan oldin bir oyog‘da depsinib, ikkala oyog‘da yumshog‘ tushishni o‘rgatishimiz lozim. Fag‘at shulardan so‘ng sakrash o‘yinlariga o‘tilsa bo‘ladi, chunki shu kabi o‘yinlar tufayli bolalarda sakrash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish imkoni tug‘iladi, bulardan tashqari, shu kabi harakatli o‘yinlar jismoniy sifatlardan: sakrash malakasini, chaqqonlik hamda jasurlikni ham rivojlantiradi.
Harakatli o‘yinlarni tanlab olishda, eng avvalo, tarbiyachi kitob, qo‘llanmalarda berilgan ko‘rsatma hamda o‘yinlarni jismonan va axloqiy-psixologik ta’sirli tomonlarini ko‘rishi kerak. Yana shuni unutmaslik kerakki, o‘yin vazifasi qo‘yilganda faqat harakatlarga mos bo‘lishi shart emas, balki harakatli o‘yinlar yordamida bolalarning ruhiyatini, bir-birlariga yordamlashish, qo‘llab-quvatlash fazilatlarini tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun mos keladigan harakatli o‘yinlardan: “Qoch bolam, qush keldi“, “Pirr etdi“, “Ikki yaxob“, “Mushuk keldi“ kabilardan foydalansa bo‘ladi.
Maktabga tayyorlov guruhlari, ya’ni bog‘chada 7 yoshdagi bolalarning mazmundor o‘yinlarga e’tiborsizligini hisobga olib, harakatli o‘yinlarni tanlash zarur, chunki bu yoshdagi bolalarni ko‘proq o‘yinlardagi qahramonlarning (bo‘ri, qo‘zi, sichqon, mushuk) qiyofasi emas, balki surat, nimalar qilishi qiziqtirmasdan, bo‘ladigan xatti-harakati ko‘proq qiziqtiradi. o‘yinlarda harakatlar murakkablashib boradi. Masalan, bir tomonlama yugurishlar kamayib, ko‘prog‘ harakatlar o‘zgaruvchan to‘siqlar tufayli oz bo‘lsa ham murakkablashgan. «Bo‘rilar zovurda» o‘yinida bolalar yugurib kelib to‘xtab qolishi, so‘ng ildam sakrab, chaqqonlik bilan bo‘rilarga tutqich bermasdan zovurdan o‘tib ketishi kerak. Yana bu yoshdagi bolalarga o‘yinning shunisi qiziqarliki, ikkita tomon bo‘lsa va ularda qarama-qarshilik mavjud bo‘lib, «Ikki yaxob» o‘yinida, bir tomon — «yaxoblar» bolalarni «yaxlatib» qo‘yishga intiladi va boshqa tomon — «bolalarning» o‘zi ulardan yaxlatilib qolishdan qochib qolishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |