O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
- ADABIYOTLAR RO‘YXATI
- A.QURBONOV O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINI O‘RGANISH O‘quv qo‘llanma
Asosiy tayanch tushunchalar Saylov, saylovchi, saylov tizimi, saylov huquqi, davlat vakillik organlari, aktiv saylov huquqi, passiv saylov huquqi, okrug saylov komissiyasi, jarayon, qo‘shma majlis. 166 Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1. Saylov huquqi tushunchasi va uni konstitutsiyaviy kafolatlanishi deganda nimalar tushuniladi? 2. Saylov tizimi tushunchasi va prinsiplari haqida nimalarni bilasiz? 3. Kimlar saylovda qatnashish huquqiga ega emas? 4. Saylovda qatnashuvchilar qanday huqularga ega? 5. Yashirin ovoz berish prinsipida nimalar ko‘zda tutiladi? 6. Saylov komissiyalari haqida gapirib bering. 167 XULOSA Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgan tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berildi, milliy davlatchilikni shakllantirishning puxta huquqiy asoslari yaratildi, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari tashkil etildi, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, iqtisodiyotni erkin bozor munosabatlariga o‘tkazish jarayoni amalga oshirildi. Eng muhimi, aholining ongu tafakkurida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ularning uzoq yillar mobaynida kommunistik va sovet mafkurasi tamoyillari asosida shakllantirilgan fikrlash tarzi va dunyoqarashi-odamlarning o‘zi o‘zgardi. Bu esa mamla- katimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’ri- fiy o‘zgarishlarni ortga qaytarib bo‘lmasligi, islohotlar maqarrarligining ishonchli kafolatidir. Vatanimiz, xalqimiz tarixida muhim o‘rin tutgan ushbu davrda tom ma’noda tub o‘zgarishlar amalga oshirildi, xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’yektiga aylangan, jahon hamjamiyatida o‘zining muno- sib, mustahkam o‘rniga ega bo‘lgan, O‘zbekiston deb atalgan yangi demokratik davlat barpo etildi. Bugun ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda. Ushbu bosqichning muqim dasturiy vazifalari siyosiy va iqtisodiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarining yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, mustaqil sud tizimini mus- tahkamlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, fuqa- rolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirish, fuqarolik jamiyati asosla- rini shakllantirishdan iborat. Respublikamizning bosib o‘tgan mustaqil taraqqiyot yo‘li va oldi- mizda turgan vazifalarning ma’no-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritilganda bu yo‘lni alohida ikki davrga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi. O‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shaklantirish bilan bog‘liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1991-2000 yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o‘tish davri sifatida tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. 2001 yildan 2007 yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich – faol demokratik yangilanishlar; mamlakatni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchi- lik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni 168 ta’minlashda g‘oyat muhim rol o‘ynagan davr bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, bugun yangicha fikrlaydi- gan, o‘z kelajagini jamiyatda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash bilan, mamlakatimizning kelajagini jahon hamjamiyatiga integratsiya- lashuvi bilan bog‘liq holda ko‘radigan yangi avlod vakillari hayotga kirib kelmoqda. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish” o‘quv qo‘llanmasini yozishdan maqsad, xuddi o‘sha yangi avlod vakillariga-huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishdagi asosiy kuch, ertangi kunimizning egalari bo‘lgan talaba-yoshlarga Asosiy qomusimiz – Konstitutsiyamizning mazmun-maqsadi, mohiyati, ayni paytda, mustaqil O‘zbekistonimizning huquqiy ustuni ekanligini anglatish, ularning ongida, tafakkurida qonunlarimizga nisbatan hurmat- ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otish hamda qonun ustuvorligiga amal qilish ruhida tarbiyalashdir. Zero qonunlarga amal qilmay turib huquqiy demokratik davlat qurib bo‘lmaganidek, Konstitutsiyamizni bilmay, uni mukammal o‘rganmay turib, insonning o‘z haq-huquqini bilishi ham qiyindir. Shunday ekan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganish-davr talabi, har bir talaba-yoshlarning burchidir. 169 ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat maf- kura. – T.: “O‘zbekiston” 1996. 2. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokrat- lashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.: “O‘zbekiston” 2005. 3. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. – T.: “O‘zbekiston” 2000. 4. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. – T.: “O‘zbe- kiston” 1996. 5. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – T.: “O‘zbe- kiston” 1996. 6. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. – T.: “O‘zbekiston” 4-tom. 1996. 7. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. – T.: “O‘zbekiston” 5-tom. 1997. 8. Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi. – T.: “O‘zbekiston” 2005. 9. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. – T.: “O‘zbekiston” 1999. 10. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot- pirovard maqsadimiz. – T.: “O‘zbekiston” 1994. 11. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. – T.: “O‘zbekiston” 1994. 12. Karimov I.A. Adolat – qonun ustuvorligida. “Xalq so‘zi” 30.08.2002. 13. Karimov I.A. Yangilanish va o‘zgarishlar jarayoni orqaga qayt- maydi. “Xalq so‘zi” 05.04.2002. 14. O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li (Prezident I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mah- kamasi va Prezident Devonining O‘zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi), “Xalq so‘zi” 31.08.2007. 15. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi mus- taqilligining asoslari to‘g‘risida”gi 1991 yil 31 avgust konstitutsiyaviy qonuni (Axborotnoma. 1991. 11-son). 16. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. – T.: 1996. 17. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. – T.: Axborot- noma. 1998. 5-6-sonlar. 170 18. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi bosh- qarish organlari to‘g‘risida”gi 11 may 1999 yil qonuni. 19. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asoslari. – T.: “Adolat” 2000. 20. Mualliflar jamoasi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitu- siyasiga sharh. – T.: “O‘zbekiston”, 2008. 21. Saidov A.X. Qiyosiy konstitutsiyashunoslik. – T.: “O‘zbekis- ton”, 1993. 22. Saidov A.X. Xalqaro huquq. – T.: “Sharq”, 2001. 23. Islomov Z. Davlat va huquq: Umumnazariy masalalar. – T.: “Adolat” 2000. 24. Saidov A., Tadjixanov U., Odilqoriev X. Davlat va huquq asoslari (Darslik) – T.: “Sharq” 2002. 25. Karimova O., G‘afforov Z. Davlat va huquq asoslari. – T.: “O‘qituvchi”. 1995. 26. O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini hi- moya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga sharh. – T.: “O‘zbekiston”. 2005. 27. Inoyatov A. O‘zbekiston Respublikasining mehnat huquqi. – T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi” 2002. 28. Abdumajidov G‘., Ahmedov D. va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish. – T.: 2002. 29. Boboev H.B. va boshqalar. Inson huquqlari. – T.: “O‘zbekis- ton” 1997. 30. Jalolov Sh. Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari. T.: “O‘zbe- kiston” 2001. 31. Sharifxo‘jaev M., Shodiev N.T. O‘zbekiston – Konstitutsiyaviy davlat. – T.: “O‘zbekiston” 2003. 32. Zokirov I. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi. T.: “Adolat” 1996. 33. Sharifxo‘jaev M., Shodiev N.T., Hasanov S.H. va boshqalar. O‘zbekiston demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. – T.: 2004. (O‘quv qo‘llanma). 34. Saidov A., Tadjixonov U. Islom Karimov Konstitutsiyasi to‘g‘-risida. – T.: “Akademiya” 2001. 171 MUNDARIJA KIRISH I-bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINI O‘R- GANISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI 1.1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishning zaru- riyatligi…………………………………………………..………... 1.2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishning ilmiy- amaliy ahamiyati………………………………………………….. 1.3. O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tarixi…………………………… 1.4. Konstitutsiya – davlatning asosiy Qonuni…………………………. 1.5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari. Davlat suvereniteti………………………………………………… II-bob. MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 1992 YIL- GI KONSTITUTSIYASINING VUJUDGA KELISHI, UNING DAVLAT VA JAMIYAT HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI 2.1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi... 2.2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining vujudga kelishi, davlat va jamyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati……………… 2.3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning tuzilishi……………... 2.4. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish tartibi…………………………………………………..…………... III-bob. MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 1992 YIL- GI KONSTITUTSIYASINING ASOSIY TAMOYILLARI 3.1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda jamiyat va shaxs…………………………………………………..…………... 3.2. Jamoat birlashmalari va ularning jamiyat hayotidagi o‘rni………. 3.3. Oila, uning jamiyat va davlat hayotidagi ahamiyati………………. 3.4 Ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi…………………………………………………..………. IV bob. O‘ZBEKISTONDA INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI 4.1. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat…………………………………………………..………... 4.2. Fuqarolik va uning konstitutsiyaviy asoslari………………………. 4.3. Inson va fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hu- quq va erkinliklari…………………………………………………. 4.4. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari, fuqarolarning 172 burchlari…………………………………………………..……….. V bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MILLIY-DAVLAT VA MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI 5.1. Milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilish asoslari……………... 5.2. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi………. 5.3. Ma’muriy-hududiy qismlarni o‘zgartirish, tashkil qilish va tuga- tish tartibi…………………………………………………..……… 5.4. Qoraqalpog‘iston suveren Respublikasining huquqiy maqomi va uning qonun asoslari………………………………………………. VI bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY MAJLISI 6.1. Qonun chiqaruvchi hokimiyat tushunchasi va uni tashkil etish tartibi…………………………………………………..…………... 6.2. Oliy Majlisning davlat idoralari tizimidagi o‘rni va ijtimoiy vazifasi…………………………………………………..………… 6.3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining shakllantirish tartibi…………………………………………………..…………... 6.4. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisii Qonunchilik palatasi va Senatining konstitutsiyaviy vakolatlari…………………………. 6.5. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisii Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatining tashkiliy huquqlari………………………... VII bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI – DAVLAT VA IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT BOSHLIG‘I 7.1. O‘zbekistonda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi. Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanishi………………………………………………………….. 7.2. O‘zbekistonda Prezident saylovlarini o‘tkazish tartibi……………. VIII bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI. MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI 8.1. Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasining hukumati…. 8.2. Vazirlar Mahkamasi qarorlarini rasmiylashtirish, tarqatish, e’lon qilish va kuchga kiritish…………………………………………… 8.3. Vazirlar Mahkamasida boshqa masalalarning ko‘rib chiqilishi…... 8.4. Mahaliy davlat hokimiyati organlari……………………………… 8.5. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy vazifalari... IX bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD HOKIMIYATINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI 9.1. O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari…………………………………………………………….. 9.2. O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati va uning tuzilishi……... 9.3. O‘zbekiston Respublikasida odil sudlovning konstitutsiyaviy prinsiplari………………………………………………………….. 9.4. O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaviy sudning tutgan o‘rni… 9.5. O‘zbekiston Respublikasida Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudining, 173 ahamiyati…………………………………………………..……… X bob. O‘ZBEKISTONDA SAYLOV HUQUQI VA SAYLOV TIZIMI 10.1. Saylov huquqi tushunchasi va uning konstitutsiyaviy kafolatlanishi… 10.2. Saylov tizimi tushunchasi va prinsiplari…………………………... 10.3. Saylovlar va ularni o‘tkazish tartibi………………………………. XULOSA…………………………………………………..……… ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………………………. A.QURBONOV O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINI O‘RGANISH O‘quv qo‘llanma Muharrir Sh.Xudoyberdiyeva Kompyuterda sahifalovchi N.Axmetova Bosishga ruxsat etildi “__”____________2009 y. Qog‘oz bichimi 60x84 16 1 . Hisob-nashr tabog‘i 10,6 b.t. Adadi____. Buyurtma №____ “IQTISOD–MOLIYA” nashriyoti, 100084, Toshkent, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 7-uy Toshkent Moliya instituti bosmaxonasida rizografiya usulida chop etildi. 100084, Toshkent, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 7-uy 174 175 175 Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling