O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti
Download 5.13 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qizilo‘ngach
- (5-ilova) 4. Ovqat qabul qilish to’g’risidagi gigienik mulohazalar.
- (6-ilova) Mavzu bo‘yicha nazorat savollari.
- O’quv mashg‘ulotining maqsadi
- Pedagogik vazifalar O‘quv faoliyati natijalari
- O‘qitish usullari Axborotli ma’ruza, “Aqliy hujum” va “FSMU” usuli O‘qitish vositalari
- Texnik vositalar bilan ta’minlangan o‘quv xonasi Monitoring va baholash Og‘zaki nazorat, savol-javob
- Tinglovchi faoliyatining mazmuni I-bosqich. Mavzuga kirish. (10 minut)
- (4-ilova) 2.2. Talabalarni faollashtirish maqsadida “Blis-savol”
- III-bosqich. Yakuniy qism (15 minut)
- (6- ilova)
So‘lak bezi – og‘iz bo‘shlig‘ida 3 juft: til osti, jag‘ osti, quloq oldi so‘lak bezlarining kanalchalariga yo‘l ochiladi. So‘lakda ptealin fermenti bo‘ladi. Tomoq (halqum) – og‘izning davomi, u shilliq va muskul qavatidan iborat. Katta odamda 15 sm uzunlikda bo‘ladi. U 3 qismdan: burun, og‘iz va hiqildoq qismlardan iborat. Qizilo‘ngach – o‘rtacha 23-25 sm bo‘lib, shilliq va muskul qavatdan iborat. Oshqozon – 4 qismdan: kirish, tubi, tanasi va chiqish qismlardan iborat bo‘lib, katta odamlarda uning hajmi 2,5 litr atrofida bo‘ladi. Oshqozonning ichki shilliq pardasi ostida 14 mln. ga yaqin bezlar bo‘lib, ular pepsin, lipaza, xlorid kislota ajratadi. Pepsin oqsillarni, lipaza yog‘larni parchalaydi, xlorid kislotasi esa, pepsin fermentini aktivligini oshiradi. Bu bezlardan 1 sutkada 3 litrga yaqin oshqozon shirasi ajraladi. Fizik va kimyoviy o‘zgarishlar bo‘lib, oshqozondan 12 barmoqli ichakka o‘tadi. Aralash ovqatlar oshqozonda 3-4 soat, yog‘li ovqatlar 5-6 soat saqlanadi. Suv, sut, non, shirinliklar 2-3 soat saqlanib qonga so‘riladi. Fermentlar va xlorid kislota kam ajralganligi tufayli ovqatning parchalanishi qiyinlashib, u oshqozonda uzoq vaqt (6-8 soat) turib qoladi. Natijada odamning ishtahasi pasayadi, ko‘ngli ozadi, quvvatsizlanadi. 12 barmoqli ichak. Bu ichakning bosh qismi uzunligi 12 barmoq eniga teng (25-30 sm) bo‘ladi. Oshqozon osti bezi suyuqligining tarkibida oqsilni parchalaydigan trepsin, yog‘larni parchalaydigan lipaza va uglevodlarni parchalaydigan amilaza mavjud. 12 barmoqli ichak jigardan quyiladigan o‘t suyuqligi ovqat tarkibidagi yog‘larni emulsiya holatiga keltiradi va lipaza fermentining aktivligini oshiradi. Katta odamda sutkada 12 barmoqli ichakka 500-800 ml oshqozon osti bezi suyuqligi, 700-1200 ml o‘t suyuqligi quyiladi. Ingichka ichak – uzunligi katta odamda 6-7 m, kengligi 2,5-3 sm bo‘ladi. Ichakning ichki qismi shilliq qavatdan va mayda bezchalardan iboratdir. Ulardan ajraladigan suyuqlik tarkibida oqsillarni parchalovchi enterokinaza, yog‘larni parchalaydigan lipaza va uglevodlarni parchalaydigan amilaza fermenti bo‘ladi. 64 Ingichka ichak shilliq qavatining 1 mm sathida 30-40 ta vorsinka, yuzasida 4 mln. ga yaqin vorsinka bo‘ladi. Ingichka ichakda ovqatning hazm bo‘lishi 6-8 soat davom etadi. Yo‘g‘on ichak – uzunligi katta odamda 1,5 m bo‘ladi va ingichka ichak atrofida joylashib to‘rt qismdan iboratdir: ko‘richak va uning chuvalchangsimon o‘simtasi (appendiks), sigmasimon ichak, to‘g‘ri ichak. Yo‘g‘on ichak devoridagi muskul qavatining harakati ingichka ichakka nisbatan sekin bo‘ladi, shu sababli ovqat 18-20 soatgacha saqlanib qoladi. Yo‘g‘on ichakda asosan suv, mineral tuzlar so‘riladi, oqsillarning faqat 3 % i, uglevodlarning 2% i so‘riladi. Jigar – organizmning eng katta bezi bo‘lib, massasi 1500 gr. ga teng. Qorin bo‘shlig‘ida o‘ng qovurg‘alar yoyi ostida joylashgan. Jigar o‘t suyuqligi ishlab chiqaradi, bu o‘t pufagida to‘planib, 12 barmoqli ichakka quyilib ovqatdagi yog‘larni hazm qildiradi. Jigar quyidagi vazifalarni bajaradi: darvoza venasini hosil qilgan vena qon tomiri ovqatdagi va qondagi zaxarli moddalarni zaxarsizlantiradi va qon deposi hisoblanadi. Bu erda 10% qon zapasi saqlanadi, o‘lgan eritrotsitlar jigarda to‘planadi, bolalarda esa eritrotsitlar hosil bo‘ladi, Kuper hujayralarida 700-1200 ml. o‘t suyuqligi ishlab chiqariladi, jigar ortiqcha glyukozani glikogen sifatida zapas saqlab turadi, jigar tana temperaturasini turg‘un saqlashda ishtirok etadi. Jigardan doimiy ravishda ovqatlangandan 20-30 minutdan so‘ng o‘t ajralib chiqadi va 12 barmoqli ichakka quyiladi. O‘t yog‘larni emulsiyalaydi, suvda yaxshi erishini tezlashtiradi, ovqat hazm qilish kanalini harakatini yaxshilaydi, ichakdagi mikroblarni o‘ldiradi. Bolaning yoshi ortishi bilan jigarning hajmi, og‘irligi, tuzilishi o‘zgarib boradi. Yangi tug‘ilgan bolada jigarning og‘irligi 130 g, 2-3 yoshda 460 g, 6-7 yoshda 675 g, 8-9 yoshda 720 g, 12 yoshda 1130 g, 16 yoshda 1260 g. ni tashkil etib, bolalar o‘t kislotasining konsentratsiyasi va miqdori kam bo‘ladi. Jigar vazifalari 65 Jigar va me’da osti bezining joylashish sxemasi: 1- jigar; 2- me’da osti bezi. (4-ilova) 3. Oshqozon osti bezi Oshqozon osti bezi – kattaligi jihatidan jigardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Uning og‘irligi 70-80 g., kattaligi 3-4 sm., bo‘yi 17 sm. U 3 qismdan: bosh, tana, dumdan iborat. Oshqozon osti bezi aralash bezdir. Uning Langergans orolchalari deb ataladigan qism hujayralaridan insulin garmoni ishlab chiqariladi. Bu qonga quyilib, qand almashinuvini boshqaradi. Hamda insulinni kam ishlab chiqarsa, qandli diabet kasalligi paydo bo‘ladi. So’lаk bеzlаrigа til оsti, jаg’ оsti, qulоk оsti bеzlаri kirаdi. So’lаk bеzlаridаn so’lаk tinimsiz yashlаb chiqаrilаdi. So’lаk shаrtsiz, shаrtli rеflеkslаr аsоsidа аjrаlаdi. I.P. Pavlovning ovqat hazm qilish a'zolari funksiyasini o'rganishning ahamiyati I.P. Pavlovdan ilgari ovqat hazm qilish funksiyasini o'rganishda o'tkir usul qo'llanilgan. Bunda tekshiriladigan hayvon operatsiya qilinib, shu operatsiya vaqtida me'da, ichak kabi a'zolari funksiyasi o'rganilgan. Lekin operatsiyaning o'zi sag'lom hayvonda ham og'riq va kasallikni yuzaga keltirganligi sababli olingan natijalar aniq bo'lmagan. 1842-yilda moskvalik jarroh V.A. Basov birinchi bo'lib, me'daning shira ajratishini o'rganish uchun itlarda operatsiya yo'li bilan me'daga fistula, ya'ni zanglamaydigan metalldan yasalgan naychao'rnatish usulini qo'lladi. It operatsiyadan tuzalgandan keyin ham uzoq vaqt davomida uning me'dasi shira ajratishni o'rganishga imkon berdi. Lekin Basov usulining kamchiligi shundaki, me'da shirasiga ovqat aralashib qolishi tufayli shira tarkibidagi fermentlarni toza holda ajratib, ularning fiziologik xossalarini to'liq o'rganishning iloji bo'lmadi. Pavlov me'daning shira ajratishini o'rganish usulini yuqori darajada takomillashtirdi. U me'da shirasini toza holda olish maqsadida soxta ovqatlantirish operatsiyasini yaratdi. Buning uchun u operatsiya yo'li bilan me'daga fistula o'rnatdi va unga ovqat tushib shiraga aralashmasligi uchun qizilo'ngachni kesib, uning ikkala uchini itning bo'ynidan tashqariga chiqarib, terisiga tikib qo'ydi. Natijada it ovqatlanganda uning og'iz bo'shIig'idagi ta'm biluvchi retseptorlar rqali miyaning ovqatIanish nerv markazlari qo'zg'alib, refleks yo'li bilan me'dadan ajralgan shira fistula orqali idishga yig'ib olinadi. Uning tarkibi, miqdori o'rganiladi. Ovqat qizilo'ngach orqali tashqariga chiqadi, ya'ni u me'daga tushmaydi. I. P. Pavlov bu usulni yana ham takomillashtirib, operatsiya yo'li bilan itning me'dasida "kichik me'da" hosil qilish usulini yaratdi. Shuningdek, u operatsiya yo'li bilan jag' osti, quloq oldi bezlariga ham fistula o'rnatib, ulardan ajraladigan so'lakning miqdori va tarkibini o'rganish usullarini ishlabchiqdi). Ovqat itning og'ziga tushgach, u ta'm bilish retseptorlariga ta'sir qilib, me'dadan shira ajralishi shartsiz refleksni yuzaga keltiradi. It ovqatni yemasdan turib, uni ko'rganida yoki hidini sezganida ham ko'rish va hid sezish retseptorlari orqali uning miyasidagi ovqatlanish markazi qo'zg'aladi va me'da shirasi ajraladi. Bu ovqatlanishning shartli refleksi deb ataladi. Pavlovning xizmati shundaki, u ovqat hazm qilish organlari 66 vazifasini faqat shartsiz reflekslar hosil qilish yo'li bilan emas, balki shartli reflekslar hosil qilish yo'li bilan ham o'rgandi. V.A. Basovning medaga fistula qoʻyish usuli; I.P. Pavlovlling soxta ovqatlantirish operatsiyasi yordamida oshqozon shirasini oʻrganish Odam bir marta ta’mini tatib koʻrgan ovqatni ko’rsa, hidini sezsa, hatto nomini eshitsa yoki eslasa ham, uning ogʻzida soʻlak ajrala boshlaydi. Ayniqsa, mazali va nordon ovqatlar hidini sezganda va eslaganda bu jarayon kuchli boʻladi. Bu ana shu ovqatlarning mazasiga nisbatan shartli reflex hosil boʻlganini ko'rsatadi. Pavlovning ovqat hazm qilish a’zolari fiziologiyasini o’rganishdagi ilmiy ishlari yuqori darajada baholanib, 1904-yilda unga Nobel mukofoti berilgan. I.P. Pavlovning kichik me’da hosil qilish usuli I.P. Pavlomiug soʻlak bellariga fistula qoʻyish usuli. Yutish. Yutish murаkkаb fiziоlоgik prоtsеss bo’lib, nеrv mаrkаzi uzunchоq miyadа jоylаshgаn. Yutish nаfаs оlish bilаn bоgʻliq. Оvqаt luqmаsi chаynаlib, soʻlаk bilаn аrаlаshgаndаn soʻng, silliqlаnib til yordаmidа yutqumgа oʻtkаzilаdi. Yutish vаqtidа mаrkаzgа intiluvchi til tоmоq nеrv impul’slаr nаfаs оlish mаrkаzigа bоrib, nаfаs оlishni tоrmоzlаydi so’ng yutqum muskullаrigа impul’slаr kеlib, оvqаt luqmаsi yutilаdi. Оvqаt yutilgаndаn so’ng qizil oʻngаch оrqаli оshqоzоngа oʻtаdi. (5-ilova) 4. Ovqat qabul qilish to’g’risidagi gigienik mulohazalar. Ovqatlanish haqidagi dastlabki tushunchalarning shakllanishi qadim zamonlarga borib taqaladi. To‘g‘ri ovqatlanish haqidagi ilk ma’lumotlar qadimgi Xitoy, Hindiston, Rim, Yunon, Arab olimlarining ishlarida mavjud. Masalan, Hindistondagi Ayuverda ta’limoti bo‘yicha turli kasalliklarning olidini olish va davolashda mijozga muvofiq ovqatlanish zarur. Vavilon va Assuriyada yozilgan tibbiyotga oid asarlarda qorindagi og‘riq, qayt qilish, gepatit, meteorizm, ich ketishi, ishtahaning o‘zgarishi va boshqa hazm organlarining kasalliklari haqida ma’lumotlar berilgan. Eramizdan avvalgi III asrlarda Erazistrat hayvonlarda hazm a’zolarining funksiyalarini o‘rganib, me’da peristaltikasini kuzatgan. Uning fikricha, jarayoni me’dada ovqatning mexanik maydalanishi tufayli ro‘y 67 beradi. U murdalarning jigar va o‘t yo‘llarini tekshirib, kasalliklar kelib chiqishining asosiy sababi ovqatni me’yoridan ko‘p iste’mol qilish deb ko‘rsatgan. Erazistrat ovqat ko‘p iste’mol qilinganda hazm bo‘lmay, me’da va tomirlarni ifloslantiradi, hamda qator kasalliklarni keltirib chiqaradi, degan fikrni ilgani surgan. Eramizning I asrlarda yashagan Klavdiy Galen o‘z ishlarida me’da yarasini umumiy tasvirlab, uni parxez bilan davolash kerakligini aytib o‘tgan. Abu Ali ibn Sinoning jahonga mashhur “Tib qonunlari”da ovqatlanish fiziologiyasining ilmiy asoslari ilk bor bayon etilgan. Asarda ovqatlanish me’yori haqida ovqatni ishtaha bilan emoq va ishtahani qaytarmaslik lozim, deb qayt qilinadi.Ibn Sinoning fikriga ko‘ra, ovqatlanish organizmning mijoziga, yoshiga, iqlimga va boshqa sharoitlarga bog‘liq. Me’yoriy ovqatlanish uning salomatlik falsafasida asosiy o‘rinni egallaydi. Buyuk mutaffakkir: “Juda to‘yib va to‘yib ovqat eyish, ichish hamma holda ham o‘ldiruvchidir. Ovqatlanganda ortiq eyishga va to‘yib emaslik, balki ovqatga yana ishtaha bo‘lsa, turib undan tortinmoq lozim” – deb ta’kidlaydi. Asarda qachon ovqatlanish kerakligi borasida shunday deyiladi: “Gavdaga eng zararli narsa me’dada ovqat etilmasdan va hazm bo‘lmasdan turib yana ovqat kiritishdir”. Ovqat eb turganda suyuqlik aralashtirmaslik haqida esa: “Ovqat ustiga sharob ichish eng zararli narsalardandir. CHunki sharob tez hazm bo‘luvchi va tez o‘luvchidir. U ovqatni ham hazm bo‘lmagan holda o‘tkazib yuboradi” – deb aytilgan o‘gitlar hozirgi kunda ham ratsional ovqatlanishning asosiy tamoyillariga kiradi. Olimning asarlarida homilador va emizikli ayollarning ovqatlanishiga ham alohida e’tibor berilgan. Buyuk rus olimi M.V. Lomonosov Kamchatkaga qilingan ekspeditsiyada shaxsan qatnashib, safar qatnashchilari ovqatida singaga qarshi tabiiy ozuqaning bo‘lishi shartligi haqida taklif kiritgan. Ya. Bartista van Gelmant o‘zining “Ortus Medicinae” kitobida ovqat hazm qilish jarayoni bo‘lib, “ferment” deb nom olgan moddalar tomonidan amalga oshirilishini ko‘rsatib o‘tdi. Issiq iqlim sharoitida hazm va ozuqlanish jarayonlarining o‘ziga xosligi bo‘yicha O‘zbekistonlik olimlar A.Yu. Yunusov, K.R. Raximov, qozog‘istonlik T.Sh.Sharmanov va boshqalarning amaliy tadqiqotlari o‘lkamizda ovqatlanish fiziologiyasining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shdi. Xulosa Odam hayot faoliyatini saqlashi, mehnat qilishi, o‘sib, rivojlanishi uchun tashqi muhitdan ovqat moddalarini qabul qiladi. Ovqat hazm qilish kanalida mexanik maydalanadi, ximik parchalanadi, so’riladi. Ovqatlanish – energiya sarfini qoplash, hujayralar va to‘qimalarni tuzish va yangilash, organizm funksiyalarini idora qilish uchun organizmga zarur oziq-ovqat moddalarining kirishi, hazm bo‘lishi, so‘rilishi va singishi jarayonlarining yig‘indisidir. Ovqat hazm qilish sistemasining hayot faoliyati uchun o’ta muhimligini inobatga olib, ovqatlanish tartibi va gigienasiga rioya qilish shartdir. Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar. Energiya, mеxanik jarayonlar, kimyoviy jarayonlar, fizik jarayonlar, og‘iz bo‘shlig‘i, tishlar, til va so‘lak bezi, tomoq, qizilo‘ngach, 12 barmoqli, yo‘g‘on va ingichka ichak, oshqozon, fermentlar, proteazalar, lipaza, karbogidrazalar, jigar, oshqozon osti bezi, I.P. Pavlov, yutish, Abu Ali ibn Sino, M.V. Lomonosov, A.Yu. Yunusov. 68 (6-ilova) Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 1. Ovqatlanish qanday jarayon? 2. Ovqat xazm qilish tizimiga qanday organlar kiradi? 3. Ovqat hazm qilish tizimini tashkil etuvchi organlar qanday vazifalarni bajaradi? 4. Oshqozon qanday qismlardan tashkil topgan? 5. Ovqat xazm qilish jarayoni qanday kechadi? 6. Oshqozon osti bezi funksiyasi. 7. I.P. Pavlovning ovqat hazm qilish a’zolari fiziologiyasini o’rganishdagi ilmiy ishlari haqida so’zlab bering. 8. Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari”da bayon etilgan ovqatlanish fiziologiyasi haqidagi fikrlarini izohlang. (7-ilova) Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar. 1. Theodore hough and William T. Sedgwick - The human mechanism its physiology and hygiene and the sanitation of its surroundings- Ginn and company proprietors Boston U.S.A.-2010, 612 p 2. Maxmudov E. “O‘smirlar fiziologiyasi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1985 y. 3. Sodiqov Q., Aripov S.X., SHaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. Darslik. Toshkent, “YAngi asr avlodi”, 2009 y. 4. Sodiqov K.S. “O‘quvchilar fiziologiyasi va gigienasi”. Toshkent. “O‘qituvchi”. 1992 y. 5. Xripkova A.G., Antropova M.V., Farber D.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. M. Prosveshenie. 1990 g. 6. Xripkova A.G. “Vozrastnaya fiziologiya”. M. Prosveshenie. 2001 g. 7. Aminov B., Tilovov T. “Odam va uning salomatligi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1995 y. 8. Internet sayti: www.ziyo.net.uz 9. Internet sayti: www. anatomus.ru 69 1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi O’quv soati: 2 soat Talabalar soni: 26 ta O’quv mashg‘ulot shakli Axborotli, vizual ma’ruza Ma’ruza rejasi 1. Hazm qilish sistemasining yoshga bog’liq xususiyatlari. 2. Ovqat tayyorlash va uning sifati, ishtahaga ta’siri. 3. Ovqatdan zaharlanish va uning belgilari. 4. Ovqatlanish tartibi va gigiyenasi. O’quv mashg‘ulotining maqsadi: Hazm qilish sistemasining yoshga bog’liq xususiyatlari haqida bilim berish. Ovqatdan zaharlanish, ovqatlanish tartibi va gigiyenasi haqida ma’lumot berish. Ovqat tayyorlashda ozuqa moddalarining ahamiyatini yoritib berish. Pedagogik vazifalar O‘quv faoliyati natijalari Interfaol metodlarni qo‘llagan holda o‘quv jarayonini tashkil etish; Hazm qilish sistema-sining yoshga bog’liq xususiyatlarini ochib berish; Ovqat tayyorlash va uning sifati, ishtahaga ta’sirini yoritib berish; Ovqatdan zaharlanish va uning belgilarini bayon etadi; Ovqatlanish tartibi va gigiyenasihaqida byon etadi. Hazm qilish sistemasining yoshga bog’liq xususiyatlarini daftariga qayd etadi; Ovqat tayyorlash va uning sifati, ishtahaga ta’sirini bilib olad; Ovqatdan zaharlanish va uning belgilari haqida ma’lumotga ega bo’ladi; Ovqatlanish tartibi va gigiyenasihaqida bilib oladi. O‘qitish usullari Axborotli ma’ruza, “Aqliy hujum” va “FSMU” usuli O‘qitish vositalari Darslik, ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska O‘qitish shakllari Jamoada ishlash O‘qitish shart-sharoiti Texnik vositalar bilan ta’minlangan o‘quv xonasi Monitoring va baholash Og‘zaki nazorat, savol-javob 1.2. Oziqa moddalarining hazm qilinishi mavzusining texnologik xaritasi Ish bosqichlari O’qituvchi faoliyatining mazmuni Tinglovchi faoliyatining mazmuni I-bosqich. Mavzuga kirish. (10 minut) 1.1. Talabalarni mavzuning nomlanishi, maqsadi va kutiladigan natijalar bilan tanishtiradi Tinglaydilar 7 – MAVZU: OZIQA MODDALARINING HAZM QILINISHI 70 II-bosqich. Asosiy qism (55 minut) 2.1. Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi (1-ilova) 2.2. Tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi (4-ilova) 2.2. Talabalarni faollashtirish maqsadida “Blis-savol” metodidan foydalanadi. so’ngra, mavzu rejalari mazmun-mohiyatini batavsil ochib beradi (2-ilova) 2.6. “FSMU” metodi asosida “Inson organizmida ozuqa moddalari muhim rol o’ynaydi” deb nomlangan fikrni yoritish so’raladi (3-ilova) Tinglaydilar va rejani yozib oladilar Tayanch tushunchalarni yozib oladilar Savolga javob beradilar Tinglaydilar va tushunib oladilar Asosiy ma’lumotlarni konspekt daftarlariga yozib oladilar Topshiriqni bajaradilar III-bosqich. Yakuniy qism (15 minut) 3.1. O’tilgan mavzu bo’yicha guruhdagi talabalar bilimini sinash va mustahkamlash maqsadida nazorat savollarini beradi (5- ilova) 3.2. Mustaqil tayyorlanish hamda, uy vazifasi sifatida amaliy mashg’ulot mavzusi va topshiriqlarini beradi. 3.3 Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bilan tanishtiradi (6- ilova) Savollarga javob beradilar Uyga berilgan topshiriqni va adabiyotlar ro’yxatini yozib oladilar (1-ilova) REJA: 1. Hazm qilish sistemasining yoshga bog’liq xususiyatlari. 2. Ovqat tayyorlash va uning sifati, ishtahaga ta’siri. 3. Ovqatdan zaharlanish va uning belgilari. 4. Ovqatlanish tartibi va gigiyenasi. (2-ilova) 1. Hazm qilish sistemasining yoshga bog’liq xususiyatlari. 1. Ovqat hazm qilish kanali hajmi va o`lchami jixatidan kichik. 2. Og`iz bo`shlig`ida hazm jarayonlari kuchsiz namoyon bo`ladi. 3. Sut tishlari faoliyat ko`rsatadi. 4. Sut tishlari 6-7 yoshda doimiy tishlar bilan almashinadi. 5. Oshqozon va 12 barmoqli ichakdagi shira ta'siri past. 6. Oshqozon shirasining akteriotsid xususiyati past. 7. Ozuqa maxsulotlarining parchalanishi va surilishi past darajada. 8. Ichak bakteriyalarining soni kam. 9. Jigar faoliyati va osti bezining fermentlarining ajralishi past darajada namoyon bo`ladi. Bolaning 6-8 oyligidan boshlab, sut tishlari chiqa boshlaydi. Ular 20 ta bo‘ladi: 2ta kurak, 1ta qoziq, 2 ta kichik oziq tishlari. Sut tishlari 6-7 yoshdan boshlab doimiy tishlar bilan o‘rin almashinadi. Bolaning 7 yoshida birinchi katta ozik tishi, 8 yoshida 1nchi kesuvchi tishi, 9 yoshida 2 chi kesuvchi, 10 yoshda 1 chi kichik oziq tishi, 13-16 yoshida katta og‘iz tishi, 11-15 yoshida 2 - oziq tishlar; 18-30 yoshida 3 - oziq tishlar chiqadi Uxlashdan avval tishlarni chutka va poroshok bilan tozalash, ovqatlangandan so‘ng og‘izni iliq sovuq suv bilan chayqash zarur. Bolalar juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni 71 iste’mol qilishi, tishi bilan qattiq narsalarni maydalashi mumkin emas. Bolalarning 11-12 yoshida ovqat moddalariga bir sutkada 200 sm 3 ovqatdan tashqari vaqtida 400-600 sm 3 so‘lak ajraladi 2. Ovqat tayyorlash va uning sifati, ishtahaga ta’siri. Inson organizmida kechadigan barcha xayotiy jarayonlar uni tug‘ilishidan boshlab ovqatlanishi tarkibiga va ovqatlanish rejimiga bog‘likdir. Xar bir tirik organizm o‘z xayotiy faoliyati jarayonida doimo turli xil moddalarni sarflaydi, bu moddalarning asosiy qismi organizmda oqsidlanib, uning natijasida ma’lum miqdorda energiya hosil bo‘ladi. Bu energiyani organizm tana xaroratini saqlash, ichki organlarni normal faoliyatini ta’minlash (yurak, o‘pka, oshqozon va h.q.) hamda jismoniy ish bajarganda sarflanadi. Bundan tashqari yangi hujayra va to‘qimalarni shakllanishi bilan bog‘lik plastik jarayonlar amalga oshiriladi. Inson hayotini saqlab qolish uchun, organizmning sarflagan energiyasini to‘liq tiklanishi zarur. Tiklanishni asosiy manbalari bu ovqatlanishdir. Ovqat o‘z tarkibida oqsil, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar va suvdan tashqil topgan bo‘lishi kerak. Bolalarda umumiy ovqat hajmiga va alohida ovqat moddalarga bo‘lgan ehtiyoji asosan yoshga bog‘lik, kattalarda esa xayot sharoiti va mehnat turiga bog‘likdir. Bu ehtiyojni qondirish uchun bir sutkada sarf qilingan energiyasini jamini bilishimiz kerak. Ma’lumki organizmda hosil bo‘lgan energiya issiklik bilan organizmdan chiqib ketadi. Xar bir aqliy va jismoniy faoliyat uchun tegishli vaqt oraligida qancha energiya sarflanishi ma’lum bo‘lganligi bois, shuncha miqdordagi energiyaga ega oziq-ovqat miqdorini hisoblash oson. Energiyani sarflanishi katta kaloriyalarda ya’ni kkaloriyada o‘lchalinadi (katta kaloriya 1 kg suvni 1ºS istilishi uchun sarf qilinadigan issiklik. Kattalar uchun ovqatlanish normalari organizm sarflagan energiyasini koplash uchun bolalarda esa bundan tashqari o‘sish va rivojlanish normalarini ta’minlash zarur. Organizmning oziqlanish me’yorlarini aniqlash uchun dastavval iste’mol qilinadigan taomlardagi asosiy oziq moddalari oqsil, yog‘ va uglevodlarni, energetik qiymati hisoblanaladi. Bu ko‘rsatkich 1 gramm oqsil uchun 4.1. kkal, shuncha yog‘ uchun 9,3 kkal va shuncha uglevod uchun 4.1 kkalga teng. Oqsillar. Oqsillar quyidagi oziq-ovqat moddalarida uchraydi: yong‘oq, dukkakliklar, tuxum, qo‘zi qorin, go‘sht mahsulotlari, baliq, pishlok, baklajon, tvorog, sut va boshqalarda. Bolalar organizmi kattalarnikidan tez o‘sishi bilan ajratib turadi. O‘sish esa asosan oksillar hisobidan bo‘ladi, shuning uchun ularning oksilga bo‘lgan talabi kattalarnikidan ancha yuqori. Agar katta odam 1 kg tana massasiga nisbatan 1 gr. oqsil talab qilsa, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bu kursatkich 4-5 gr.; 1-3 yosh – 4-4,5 gr.; 6- 10 yoshdan – 2,5-3 gr. Shuni qayd qilish joizki, oksillar organizmda zaxirada saqlanmaydi, ovqatda qancha oqsil ko‘p bo‘lsa, u shunchalik intensiv holda parchalanib foydasiz xolda chiqib ketaveradi. Yog‘lar. YOg‘lar zaytun, pista, juxori, zig‘ir, sarig yog‘ hamda yong‘oqda, yog‘larda, go‘shtda, qaymokda va boshqalarda bo‘ladi. Yog‘lar energnetik jixatdan eng boy mahsulot hisoblanadi. Ularning parchalanishidan hosil bo‘lgan energiya oksil va uglevodga qaraganda ikki barobarida ham ziyod bo‘ladi. Yog‘ bilan tanada yog‘da eriydigan vitaminlar ham (A, D, E, K) kiradi. 72 6-oylikdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar xar bir kg. tana massasi hisobiga sutka davomida 3,5-4 yog‘ iste’mol qilishi zarur. Agar bola ovqatida yog‘ etarli bo‘lmasa spetsifik va nospetsifik immunitetlarning hosil bo‘lishi kamayib ketadi, bu narsa o‘z navbatida turli kasalliklarga beriluvchanlikni kuchaytiradi. Uglevodlar. Uglevodlar organizm uchun eng oson va tez energiya beruvchi modda bo‘lib, ular kartoshka, donlar, meva-cheva va poliz mahsulotlari tarkibida ko‘p bo‘ladi. Tanaga polisaxarid ko‘rinishida qabul qilingan uglevodlar oshqozon ichak yo‘lida monosaxaridlargacha (masalan glyukozagacha) parchalanib, qonga suriladi va to‘qima xo‘jayralarining faoliyati uchun energiya beradi. Glyukoza faqat energiya manbai bo‘libgina qolmasdan nuklein kislotalar va xo‘jayra sitoplazmasi tarkibiga ham qiradi. Shuning uchun o‘sish jarayonida uning etarli bo‘lishi muhim plastik ahamiyatga ega. Sut emadigan bolalar sutkasida 1 kg. tana massasi hisobiga 10-12 gr. uglevod qabul qilishi lozim. Qabul qilingan me’yorlrga ko‘ra 1-3 yoshli bolalar sutkasiga – 193 gr., 4-7 yoshlar – 287 gr., 9-13 yoshlar – 370 gr. uglevodlarni ovqat bilan iste’mol qilish belgilangan. Vitaminlar. Vitaminlar bu organizmning normal faoliyati uchun kerakli organik moddalardir. Ular modda almashinuvida muhim rol o‘ynadi va ularni ko‘pchiligi fermentlar tarkibiga kiradi, gormonlar ta’sirini muvofiqlashtiradi, noqulay tashqi muhit omillariga chidamlilikni oshiradi, o‘sish va rivojlanishini ta’minlaydi va h.q. Vitaminlarni asosiy manbai o‘simlik mahsulotlaridir (mevalar, poliz mahsulotlari, ko‘katlar va boshqalarda) ya’ni ular go‘sht, tuxum, baliq, sut kabi hayvon mahsulotlarida ham anchagina bo‘ladi. Vitaminlar juda qam miqdorda kerak bo‘lsada, etishmasligi (avitaminoz) qator kasalliklarga olib keladi. Organizmning normal hayotiy faoliyati uchun qo‘yidagi vitaminlar zarurdir: B1 (tiamin, anavrin), B2 (riboflavin), PP (nikotinomid), B12 (siankobolamin), C (askorbinovaya kislota), A (retinol, akseroftol), D (ergokalsiferon). Vitamin B1 – nerv tizimi ishi va uglevodlar almashinuvini yaxshilaydi, uning iste’mol qiladigan taomlarda bo‘lmasligi beri-beri yoki polinevrit kasalligini keltirib chiqaradi. Uni etishmasligidan tez charchashlik, lanjlik xollari kelib chiqadi. Uning manbai tuxum sarig‘i, mol jigari, achitqi, dukkaklilar, bug‘doy va boshqalar. Vitamin B2 - non, pomidor, sut va sut mahsulotlarida, tuxum, jigar, go‘shtda ko‘p uchraydi. U etishmaganida lab terisi zararlanadi, yorilib usti koramtir po‘st bilan qoplanadi. Keyinchalik ko‘z va tana terisining boshqa qisimlari ham zararlanadi, teri po‘st tashlay boshlaydi, kam qonlilik, nerv tizimi faoliyati buzilib, xushdan ketish xollari ham uchraydi, qon bosim pasayib ketadi. Vitamin PP – ko‘katlarda, sabzi, kartoshka, no‘xat, bo‘g‘doy, pishlok, sut, go‘sht va jigarda uchraydi. Bu vitaminning etishmasligida bolalarda og‘zidan ko‘prok so‘lak ajralish va ich ketish xollari uchraydi, teri dag‘g‘allashib qoladi va uning uzaq vaqt davomida etishmasligi bolalarda ruhiy kasalliklarga olib keladi. Vitamin B12 - hayvonlar va baliqlarning jigarida bo‘ladi, uni etishmasligi kamqonlik kassaligiga olib keladi. Vitamin C – meva, poliz mahsulotlarida ayniqsa kora smorodina, ismoloq, karam, apelsin, limon, mandarin takibiga kiradi. Bu vitaminning etishmasligi tufayli singa kasalligi kuzatilib, tish milki yallig‘lanib, tishlar tushib ketadi, tanada oqsillar almashinuvi buziladi, organizm turli kasalliklarga beriluvchanligi kuchayadi. Vitamin A – sabzi, pomidor, salat, abrikoslar, tuxum sarig‘ida, jigarda, baliq moyida, buyrakda ko‘p uchraydi. Bu vitamin etishmasligida ko‘p uchraydi. Biz vitamin 73 etishmasligida shapko‘rlik kasalligi kelib chikadi, bolani bo‘yi o‘sishi susayadi, bu vitamin qon yaratilishini tezlashtiradi va oksidlanish jarayonlarida qatnashadi. Vitamin D - organizmda kalsiy va fosfor almashinuvida faol katnashadi. Uning etishmasligida bolalarda suyaklanish jarayoni buziladi va raxit kasalligi kelib chiqadi. Bunda oyog suyaklari qiyshaib boradi, tanadagi boshqa suyaklarning rivojlanishi ham susayadi, bola yuqumli kasalliklarga tez beriluvchan, yomon uxlaydigan injiq bo‘lib qoladi. Bu vitamin ko‘prok xayvon mahsulotlarida (baliq yog‘i, sariyog‘, tuhum sarig‘i, dengiz mahsulotlarida) serop bo‘ladi. Hamda u teriga kuyosh nuri ta’sirida sintezlanadi, shu sababli bolani quyosh nuri tegadigan joylarga olib chiqish turish lozim. Suv va mineral tuzlar Suv va mineral moddalar tiriklik uchun juda zarur, chunki tanada amalga oshiriladigan jarayonlarda asosan suv va mineral moddalarning ishtiroqida bo‘ladi, yana u tana haroratini bir xil saqlashda ham qatnashadi. Katta odam tanasining 60-65%, bolalarda esa 75-80% suv tashkil qiladi va suvsiz odam bir necha kun chidaydi xolos. Insonning suvga bo‘lgan extiyoji bir sutkada 2-2,5 litrni tashkil etadi, bolalarda qancha yosh bo‘lsa ularning suvga bo‘lgan talabi yuqorirok bo‘ladi. Xar bir organizm doimiy ravishda ovqat va suv bilan turli – tuman mineral moddalarni olib turish shart. Ular hazm shiralari, qon va limfa, fermentlar, gormonlar, hujayra sitoplazmasi va boshqalarning tarkibiy qismiga kiradi. Mineral moddalar qo‘zgalish jarayonida yurak va tana muskullarning barcha faoliyatlarida qatnashib, tanadagi biologik suyuqliklarning osmotik bosimini hamda ishqor-kislotalik muhitini tegishli holda saqlanishini ta’minlaydi. Bola organizmi uchun eng kerakli mineral moddalardan kalsiy va fosfor hisoblanadi. Bu elementlar suyaklar tarkibida asosiy modda hisoblanib, ularning o‘sishini ta’minlaydi, tog‘aylarning suyaklanishida ham ularning etarli bo‘lishi muhim. Kalsiy nerv tizimi qo‘zg‘aluvganligida, muskul qisqarishida, qon ivishida, oqsil va yog‘lar almashinuvida faol qatnashadi. Fosfor ham suyak tukmasi taraqqiyotidan tashqari nerv tizimi, ko‘pgina bezlar faoliyatida ishtirok etadi. Aytilgan elementlarga ehtiyoj bolaning 1 yoshligida eng yuqori bo‘ladi. Sut va sut mahsulotlari qayd qilingan elementlarga boy, shuning uchun bolaning kundalik ratsionida sut qatiqqa etarlicha o‘rin berilishi lozim.8 7 8 Theodore hough and William T. Sedgwick ‐ The human mechanism its physiology and hygiene and the sanitation of its surroundings‐ Ginn and company proprietors Boston U.S.A.‐2010, 612 p |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling