Qotishmalarning xossalari ular komponentlarining xossalaridan ko`p jihatdan farq qiladi va odatda ayni komponentlar xossalarining o`rtacha arifmetik qiymati bo'la olmaydi, chunki bu komponentlar qo`shib suyuqlantirilganda turli limyoviy birikmalar yoki qattiq eritmalar hosil bo`ladi. - Qotishmalarning xossalari ular komponentlarining xossalaridan ko`p jihatdan farq qiladi va odatda ayni komponentlar xossalarining o`rtacha arifmetik qiymati bo'la olmaydi, chunki bu komponentlar qo`shib suyuqlantirilganda turli limyoviy birikmalar yoki qattiq eritmalar hosil bo`ladi.
- Qotishmalarning suyuqlanish temperaturasi, ko`pincha, shu qotishma tarkibidagi eng oson suyuqlanadigan metallning suyuqlanish temperaturasidan past bo`ladi. 4 og. qism qo`rg`oshin, 2 og. qism qalay, 6 og qism vismut va 1 og qism kadmiydan iborat qotishma suyuqlanish temperaturasi eng past qotishmaga misol bo`la oladi. Bu qotishma 75° S ga yaqin temperaturada suyuqlanadi, holbuki, yuqorida bayon etilgan to`rt xil metallning eng oson suyuqlanadigani qalay bo`lib, uning suyuqlanish temperaturasi 231,9° S ga teng.
- Aksincha, qotishmalar, odatda, shu qotishmani tashkil etgan metallarning har biridan qattiq bo`ladi. Tarkibida qattiq eritmalar bor qotishmalar juda qattiq va puxta bo`ladi. Metallar ko`shib suyuqlantirilganda ayni metallarning kimyoviy birikmalari hosil bo`lsa, qotishma yanada qattiq va mo`rt bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar : - Foydalanilgan adabiyotlar :
-
- S. Tshaboev, M.Nishonovlarning Anorganik Kimyo, ________________________________________________________ ______________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |