O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Jismoniy rivojlantirishning modul` usuli
Download 477.51 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy rivojlantirishning dasturiy metodi
- Musobaqa metodini qo’llash dasturi
- Oliy o’quv yurti o’qituvchisi va talabalarni tarbiyalash omili
- Talabalar tarbiyasi omilida o’qituvchi murabbiy sifatida
- Shaxsni jismoniy takomillashtirishda individual (alohida) yondoshish
Jismoniy rivojlantirishning modul` usuli Modullarni ishlab chiqish maqsadi - har bir mavzu va kursni pedagogik va didaktik vazifalarga muvofiq qismlarga bo’lish, har bir qism uchun o’qitishning maqsadga muvofiq ko’rinish va shakllarini aniqlash, ularni yagona kompleksga birlashtirishdir. Modul` mustaqil strukturaviy birlik va ayrim hollarda talaba butun kursni emas bir necha modullarni eshitishi mumkin. Har bir talaba moduldan modulga materialni o’zlashtirish darajasiga qarab o’tadi va joriy nazorat bosqichlarini topshiradi. Bilimlarni baholash uchun quyidagi tizimdan foydalaniladi; har bir modul` uchun ballar yig’iladi va individual kommulyativ indeks (IKI) tuziladi. Talabaning maqsadi ballarning maksimal sonini yig’ish. Joriy nazorat umumiy ballning 30-35 % ini, oraliq nazorat 20-25 % ni, amaliy mashg’ulotlar va kurs ishi 25 % gacha ballarni tashkil etadi. Modulli ta`lim tamoyillarining talabani jismonan rivojlantirish jarayonida qo’llanilishi o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari orasida yaqin o’zaro bog’liqlik mavjudligi korrelyatsion tahlil yordamida aniqlangan. Shu sababli jismoniy rivojlantirish jarayonida asosiy e`tibor jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini yaxshilash va umuman olganda, salomatlikni ta`minlash va uni mustahkamlashga qaratiladi. Insonning jismoniy etukligi valeologik tarbiya shakli, usul va vositalari mazmuniga bog’liqdir. Rivojlantirish metodi deganda talaba va o’qituvchi o’rtasidagi bir maqsadga yo’naltirilgan o’zaro harakatlar tizimi tushuniladi va u insonning jismoniy ahvolini yaxshilash bo’yicha pedagogik maqsadning amalda qo’llanilishini ta`minlaydi. Yoshlarni jismoniy tarbiyalash pedagogik amaliyotida asosan qat`iy reglamentlashtirilgan ta`lim, o’yin va musobaqa metodlaridan foydalaniladi. Ular talabaning qiziqishi, ijodiy fikr yuritishi, jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga ehtiyojini etarlicha rivojlantirmaydi. Shu sababli ko’p yillar davomida jismoniy tarbiya va sport kafedrasida talabani jismonan rivojlantirishning samarali usullarini aniqlash maqsadida tabiiy pedagogik tadqiqot o’tkazildi. O’tkazilgan davomli tadqiqot natijasida inson salomatligini rivojlantirish maqsadida modulli ta`lim metodikasi ishlab chiqildi. Modulli ta`limning maqsadi - valeologie tarbiyani tarkibiy qismlarga bo’lish va jismoniy rivojlantirish mashg’ulotlari samarasini oshirish va joriy nazoratni kuchaytirish. Oltita modul` belgilangan. Har bir modulda talaba beshta ko’rsatkichlar bo’yicha talaba maksimal g’o’ ball yig’ishi kerak. 60 % dan ko’proq (15 ball) to’plagan talaba ushbu moduldan o’tgan hisoblanadi. O’quv yili davomida 6 modul` bo’yicha 90 dan ortiq to’plagan talaba sinovdan avtomatik tarzda o’tgan hisoblanadi. O’zlashtirmagan talabalar qaysi moduldan o’tmagan bo’lsalar o’sha modullar bo’yicha sinov topshiradilar. Birinchi modul: - jismoniy rivojlanishni yaxshilash. Ushbu modul` bo’yicha baholash 7 haftada beshta ko’rsatkich (o’pkaning hayotiy sig’imi, hayotiy ko’rsatkich, o’ng va chap bilaklar kuchi, orqa mushaklar kuchi) bo’yicha o’tkaziladi. Ikkinchi modul: - kuch-quvvat tayyorligini yaxshilash. Baholash 14 haftada beshta ko’rsatkich bo’yicha o’tkaziladi. Erga va langarlarga tiralib qo’llarni bukish va yozish, (po`em perevorotom) aylanib ko’tarilish,tortilish, osilib langarga oyoqlarni tekkizish. Uchinchi modul: - yurak-qon tizimi faoliyatini yaxshilash. Baholash 21 haftada beshta ko’rsatkichlar bo’yicha amalga oshiriladi. Ruf`e sinovi, Kverg indeksi, 30 sek ichida 20 marta o’tirib turishdan so’ng tiklanish vaqti, G.L.Apanasenko metodikasi usullarining biri bo’yicha sinovdan so’ng yurak urishining oshishi foizi (69 kam a`lo, 70-84 - yaxshi, 85 - o’rta, 9o’ dan ko’p - qoniqarsiz). To’rtinchi modul: - gavda tuzilishini yaxshilash. Natijalar 11 semestrning 7 haftasida beshta ko’rsatkich bo’yicha (gavda tuzilishining musahkamligi, Ketle vazn - bo’y indeksi, semizlik, tananing yog’ va faol vazni) baholanadi. Beshinchi modul: - jismoniy tayyorlikni yaxshilash. U 5000 m, 3000 m, 100 m masofaga yugurish vaqti, yotgan holatda gavdani ko’tarish, turgan joydan uzoqqa sakrash ko’rsatkichlari bo’yicha 11 semestrning 14 haftasida o’tkaziladi. Oltinchi modul: - jismoniy ahvolni yaxshilash. Natijalar ikkinchi semestrning g’1 haftasida L.Ivashenko testi, E.A. Pirogova, G.L.Apanasenko metodikasi, Garvard step - testi, talaba salomatligi darajasi bo’yicha baholanadi.
Talabalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida tizimli harakat ko’nikmalarini o’zlashtirish uchun dasturiy ta`limdan foydalaniladi. Dasturiy ta`lim quyidagilarni o’z ichiga oladi:
O’quv materialini puxta tahlil qilish va uni ta`lim aktlarining mantiqiy va metodik ketma - ketligiga solish: o’quvchining o’quv materialini o’zlashtirish jarayonida mustaqilligi va faolligini oshirish; ish vaqtini ongli taqsimlash;
-o’quvchilarning o’quv faoliyatini samarali boshqarish; -ta`limni talabalarning kollektiv bo’lib ishlashi bilan bog’liqlikda individuallashtirish;
-talabalar va o’qituvchi faoliyatini ratsionalizatsiyalash va intensifikatsiyalash uchun zamonaviy texnika vositalarini qo’llash va ulardan foydalanish. I.A.Volodarskaya va A.M.Mitinlarning ta`kidlashicha, dasturiy ta`lim jarayonida o’qituvchi va talabalar o’rtasida «ta`lim qurilmasiga joylashtirilgan» muayyan ta`lim dasturi mavjud ekan. Bunda o’qituvchi shaxsining talaba shaxsini rivojlantirishga ko’rsatayotgan ta`siri bir yoqlama bo’ladi. An`anaviy va dasturiy ta`lim o’rtasidagi asosiy farq ularning asosida qanday tamoyillar yotganida emas, balki ushbu tamoyillar ularning faoliyat doirasiga qanday tadbiq etilishidadir. Dasturiy ta`lim asosiy o’ziga xos xususiyati - talabalar ongli faoliyatini samarali boshqarish va o’z - o’zini boshqarish. U maxsus dastur asosida amalga oshiriladi. Unda nafaqat o’rganilayotgan material mazmuni, balki muayyan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish uchun talabalar bajarish lozim bo’lgan u yoki bu harakatlar ham berilgan. Dasturiy ta`limda teskari aloqa muhim rol` o’ynaydi. Dasturlashtirish - jismoniy rivojlantirish jarayonining talabaning real imkoniyatlarini hisobga olib strategiyasi, mazmuni va shakli, metodlarini oldindan belgilab olishdir. Dasturlashtirish jismoniy rivojlantirish bo’yicha pedagogik jarayonning mohiyati haqida har tomonlama va chuqur bilimlarni (uning mazmuni va tuzilishi, shaxsni shakllantirish jarayonida uning tuzilishi va o’zgarishini belgilab beruvchi qonuniyatlari) talab etadi. Bunday bilimlar amaliy tajribaning barcha yutuqlarini va ilmiy ma`lumotlarning butun kompleksini o’z ichiga olishi kerak. Musobaqa metodini qo’llash dasturi Jismoniy rivojlantirish mashg’ulotlarida talaba reytingini qo’llashdan tashqari fakul`tetlar, yotoqxonalar terma komandalari o’rtasida spartakiadalar ko’rinishidagi musobaqalar metodidan foydalanish zarur. So’ngra sport turlari bo’yicha oliygosh terma komandalari tuziladi va ular shahar va respublika musobaqalarida qatnashadilar. Voleybol, minifutbol, basketbol bo’yicha musobaqalarni guruhda, guruhlar o’rtasida o’tkazish mumkin. Yigitlar kamchilik bo’lib, qizlar esa odatdagidek tarkibda ( yigitlar 4 ta, qizlar 6 ta) o’ynaydigan voleybol o’yinlari ayniqsa qiziqarli o’tadi. O’yinlar 9-11 hisobgacha davom etadi. Jismoniy rivojlantirish vositalarining pedagogik asoslari Ma`lumki, jismoniy sifatlarni tarbiyalash jarayonida kuch, tezlik va chidamlilik ko’rsatkichlari orasida ma`lum holatlarda ijobiy o’zaro bog’liqlik kuzatiladi, ayrim holatlarda esa bunday aloqa yo’q. Yuqorida qayd etilgan sifatlardan birining rivoj-lanishi boshqalarining yaxshilanishiga olib keladi va, nihoyat salbiy o’zaro aloqa, bunda sifatlardan birining rivojlanishi boshqalarining yomonlashuviga sabab bo’ladi. Talabalarni valeologik tarbiya vositalari yordamida samarali jismoniy rivojlantirish uchun alohida ko’rsatkichlar o’rtasida o’zaro aloqa darajalarini aniqlab olish zarur. Yigitlarda harakat sifatlari, jismoniy rivojlanish ma`lumotlari, gavda tuzilishi, qon aylanishi, shaxsning tipologik xususiyatlarini kompleks baholash bo’yicha tadqiqotlar 47 ta ko’rkichlar bo’yicha o’tkazildi. Bog’liqlikning son ko’rsatkichlari bir necha darajalarga taqsimlandi: bo’sh aloqa - korrelyatsiya koeffitsienti r - 0,30; o’rtacha aloqa - 4 - 0,31-0,69; kuchli aloqa - 4 - 0,70 - 0,99. Bunday yondashuv (talabalarni jismoniy rivojlantirish uchun ilmiy - asoslangan mashqlarni aniqlash) sog’lomlashtirish ishlarini samaraliroq rejalashtirish, jismoniy tayyorgarlik vositalarini tanlashga maqsadli yondashish imkoniyatlarini beradi, bu esa shaxsni jismoniy rivojlantirishni optimizatsiyalashga yordam beradi. Valeologik tarbiyaning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan turli - tuman usul va vositalari chiroyli va baquvvat gavda tuzilishini shakllantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi. Shtanga, gantellar, toshlar bilan mashqlar tizimi, trenajerlarda o’tkaziladigan mashg’ulotlar va umumiy rivojlantirish mashqlari nafaqat uyg’un gavda tuzilishi, balki chiroyli qomat, kuch, chidamlilik va chaqqonlikka ega bo’lishga yordam beradi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, bayon etilgan mashqlar uchun maxsus texnik tayyorlik shart emas, ular oson dozalarga taqsimlanadi va ularni mustaqil shug’ullanishni xoxlagan istagan kishiga tavsiya etish mumkin. Mushaklar kuchini rivojlantirishga yo’naltirilgan jismoniy mashqlar kompleksi ko’krak qafasi
aylanasini kengaytiradi, vazn-bo’y ko’rsatkichini optimizatsiyalaydi, quvvat
imkoniyatlarini yaxshilaydi.
Mustahkamlash uchun savollar.
Adabiyotlar: 1. «Jismoniy tarbiya va sport haqida»gi Qonun. «Xalq suzi», 2000 yil 26, 16. 2. Abu Ali ibn Sino. Tib Qonunlari. T.: Fan, 1980. 3. I.I.Brexman. Vvedenie v valeologiyu - nauku o zdorov`e. F i S., 1990. 4. I.I.Brexman. Valeologiya - nauka o zdorov`e. F i S., 1990. 5. E.N.Vayner. Uchebnik dlya vuzov. M.: Flinta: Nauka, 2001. 6. T.I.Iskanderov, B.I.Isxakov. Zdoroviy obraz jizni: vostochnie traditsii i sovremennost`. 7. V.R.Kaznacheev. Teoreticheskie osnovi valeologii. Novo-sibirsk, 1993. 8. I.A.Koshbaxtiev. Valeologiya studencheskoy molodeji. T., 2000, 147 b. MAVZU: TALABALARGA VALEOLOGIK TA`LIM BERISh JARAYONIDAGI TARBIYa
Reja: 1. Oliy o’quv yurti o’qituvchisi va talabalarni tarbiyalash omili 2. Talabalar tarbiyasi omilida o’qituvchi murabbiy sifatida 3. Shaxsni jismoniy takomillashtirishda individual (alohida) yondoshish 4. O’z - o’zini nazorat qilish shaxsni jismoniy takomillashtirishni samarali usulidir
Talabalar tarbiyasi omilida o’qituvchi murabbiy sifatida, Shaxsni jismoniy takomillashtirishda individual, salomatlikni mustahkamlashning noan`anaviy vositalari, shaxs, muhit, irsiyat, mikromuhit, oila muhit, salomatlik va sog’lom hayot tarsi, jismoniy tarbiya, salomatlik, jismoniy rivojlanish, pedagogik kuzatish, pedagogik eksperiment.
Yuqori malakali mutaxassisni tayyorlash jarayoni yangi komil insonni shakllantirishga yo’naltirilgan va har bir talaba shaxsini har tomonlama garmonik rivojlantirishga yordam beradi. Rivojlanib kelayotgan davlatning manfaatdorligi shaxsni tarbiyalashdagi zarur bo’lgan axloq normalari, qat`iy ishonishiga javob beradigan tarbiyani tashkil qilish uchun asos hisoblanadi. Jamiyatdagi tarbiya tizimi shunday tashkil etish ishlariga ega bo’lmoqda va uni tartibga solishda shunday usul va uslubiyatlardan foydalaniladi, u ushbu jamiyatni maqsadi va qiziqishlariga mos keladi. Jamiyatda tarbiya jarayonini boshqarish inson shaxsini rivojlanish tartibsizligini engib o’tish, uni bartaraf qilishga imkon beradi va talabani shakllanishida o’ziga xos salbiy ob`ektiv va sub`ektiv ta`sirini bo’shashtiradi. Birdan-bir samarali va amaliy natija beradigan pedagogik vositalardan biri umumiy tarbiyani tarkibiy qismi bo’lgan, yoshlarni valeologik tarbiyasi hisoblanadi. Sport, jismoniy mashqlar bilan shug’ulla-nishni doimo o’sib borayotgan ijtimoiy, tarbiyaviy ahamiyati talabalarni axloqiy, uni ma`naviy tashqi ko’rinishiga ma`lum talablarga bog’liq ravishda kelib chiqadi. Axloqiy tarbiya o’quv-tarbiviy-sog’lomlashtirish jarayoni asosida bo’lishi shart, chunki tarbiyaviy ishni samaradorligi talabalarni axloq-odob normalarini, iqtisodiy mafkurasini shakllantirish bo’yicha vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishiga bog’liqdir. Axloqni jismoniy tarbiya jarayoni maqsadga yo’naltirilgan pedagogik ta`sir etishi bo’yicha o’ziga xos xususiyatini ko’rsatib turadi - bu uni kuchini o’z ichiga oladi va shu bilan birga talaba shaxsini o’ziga xos axloqiy shakllarini tarbiyalashda hal etuvchi rolni aniqlaydi. Pedagogik ta`sir etishi, shaxsni axloqiy rivojlantirishda zarur bo’lgan darajada muvaffakiyatini ta`minlashda, axloqiy - valeologik tarbiyani asosini tashkil etadi. Axloqiy- valeologik tarbiya nafaqat talabani his etishiga yoki tushunishiga ta`sir etadi. Bu va balki uni axloqiy - jismoniy tajribasini tarbiyalash faoliyatini tashkil etishda, uni axloqini turli tuman hayotiy vaziyatda to’g’ri shaklini tanlashda mustahkam tayanchini yaratishga va shaxsni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanishi yordamida jismoniy takomillashtirishga yo’naltiradi. Talabalar bilan amaliy mashg’ulolarni o’tkazishdagi eng asosiy vazifasi kishini yuqori ma`naviy ruhini tarbiyalash hisoblanadi: Vatanni sevish, xalqiga sadoqatli, jamoa hissiyotini sezish, intizomlilik va mehnatsevarligidir. Oliy o’quv yurti o’qituvchisi va talabalarni tarbiyalash omili Pedagog sifatida o’qituvchining burchi keng va ko’p qirralidir. U talabalarni tarbiyalaydi, ularni o’quv - sog’lomlash-tirish - amaliy faoliyatlarini tashkil etadi va uni orqasidan nazoratni amalga oshiradi, salomatlikni yaxshilanishiga va saqlash vositalari hamda shakllarini, usullarini o’rgatadi. O’qituvchi ana shu maqsad bilan o’quv - sog’lomlashtirish jarayonini rejalashtirida, nazari va amaliy mashg’ulotlarni aniq mazmunini va maqsadini aniqlaydi: -jismoniy takomillashtirishni vosita va shakllari, optimal usul va yo’llarini tanlaydi; -talabalarni bilish imkoniyatlarini faollashtiradi, ularda jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanishga bo’lgan ehtiyojini tarbiyalaydi; -jismoniy o’z - o’zini kamolotga etkazish (o’stirish) uchun mustaqil ishni xarakterini aniqlaydi; -jismoniy rivojlanish, tana tuzilishi, jismoniy va funktsional tayyorgarlik ko’rsatkichlarini oshib borishini muntazam ravishda nazorat qilish; -jismoniy takomillashtirishni mazmuniga va tashkil etishiga zarur o’zgartirishlar kiritish; -shaxsni tipologik xususiyati asosida hisobga olib talabani jismoniy takomillashtirishni, inviduallashtirishni amalga oshiradi. Talabalarni jismoniy takomillashtirishda va ularda sog’lom turmush tarzi malakalarini takomillashtirishda, kasbiy bilimlarini rejali saqlanishi va salomatlikni yaxshilanishida, turmush tarzini faol nuqtai nazaridan tarbiyalashda o’qituvchi muhim rol` o’ynaydi. Jismoniy tarbiya rivojlanishni, jismoniy tayyorgarlikni va to’liq sog’lik holatini yaxshilanishi uchun zarurdir. Oliy o’quv yurtini bitiruvchilarning jismoniy holati, ish qobiliyatiga, ko’proq kasbiy xizmatini bajarish darajasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun o’zining mazmuni va pedagogik xarakteri bo’yicha o’qituvchining pedagogik fazilati ko’p qirralidir. Uni pedagogik mahoratida ular uyg’un (kompleks) birlikda namoyon etadilar. O’qituvchining pedagogik mahorati psixologiya - pedagogika tomonidan fikr yurgazishini bilim, malaka, ko’nikmalarni va his tuyg’u irodasi vositasini jonliligini ulardan olingan natijalarni umumlashtirish o’zida tasavvur qilish, unda pedagog shaxsini yuqori darajada rivojlanganligini bir - biriga bog’liqligi unga o’quv-tarbiyaviy sog’lomlashtirish vazifalarini samarali hal etishga imkoniyat beradi. Pedagogik mahoratni tuzilishida eng yuqori o’rinni psixologiya - pedagogika bilimlari egallaydi. Eng avvalo - bu bilim odamning ruhiy holatida va uni rivojlanishi ob`ektiv qonuniyatlarga asoslanganligidadir. Ayniqsa o’qituvchi talabani shaxsi, uni mijozi, xarakteri, qobiliyati, ruhiy holati to’g’risida va jismoniy rivojlanishi, tana tuzilishi, jismoniy va funktsional tayyorgarligi haqidagi ma`lumotni bilishi zarur. Psixologok - pedagogik bilim, o’qituvchining ijodiy pedagogik faoliyatini mazmun sifatidagi dastlabki shartiga unga o’rganishga imkoniyat beradi, ularni har birini shaxsiy (indiividual) imkoniyatini namoyon qiladi, xuddi shunday alohida talabalar, guruhlar va to’liq barchasi uchun pedagogik ta`sir etish ko’proq samarali me`yorini aniqlaydi.
Oliy o’quv yurtini jismoniy tarbiya o’qituvchisi shu bilan bir vaqtda alohida sport turlari bo’yicha murabbiy bo’lib hisoblanadi. Oliy o’quv yurtida o’qituvchi murabbiy amaliy mashg’ulotli sog’lomlashtirish-tarbiyaviy yo’naltirilganligiga va sifat sektsiyalariga, talaba - sportchilarni tayyorlashni pedagogik tomondan to’g’ri tashkil etilganliliga javob beradi. O’qituvchi murabbiy sportchilarni tayyorlashda muhim rol` o’ynaydi. Talabalarni yuqori darajadagi sport natijalarini ko’rsatishga tayyorlashda, u bir vaqtni o’zida uni mustaqil davlatga sadoqat ruhida tarbiyalaydi. U o’zini o’quvchilari bilan trenirovka mashg’ulotlarida va musobaqalarda tez - tez alohida bo’lib turishi buning uchun qulay sharoit yaratadi. Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishda o’qituvchi - murabbiy umumiy pedagogik talablarga amal qilib, uni dunyoqarashini tarbiyalashga yo’naltiradi. U albatta o’zini tarbiyalanuvchilarini g’oyaviy - nazariy bilimini o’sishga, uni ijtimoy va maxsus fanlarni o’zlashtirishlarga qiziqishlari kerak. Talabalarni u yoki boshqa sport turlari bilan bog’liq bo’lgan maxsus ilmiy bilimlarni egallashi sportda muvaffaqiyatga erishishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ladi. Murabbiy o’zini
o’quvchilariga jismoniy tarbiya sifatlarini tarbiyalashni naza-riyasi uslubiyot asoslarini texnik usullarni va taktik xarakatlarni takommillashtirishni hamda sport bilan shug’ullanish vaqtida kishi organizmida kelib chiqadigan , fiziologik jarayonlarni tushunib etishiga yordam berishi kerak. U har bir sportchini har tomonlama va chuqur o’rganishi shart, chunki kuchli va bo’sh tomonlarini, uni qobiliyatini, imkoniyatlarini bilishi kerak va shu bilan birga mos keladigan muvaffaqiyatlarga erishishida ko’proq optimal yo’lni tanlaydi. Bu har bir talabaga shaxsiy yondashishi - murabbiyni pedagogik faoliyatidagi majburiy shartlaridandir.
Shaxsni jismoniy takomillashtirishda individual (alohida) yondoshish Jarayon, inson buni natijasida atrofidagi muhitni o’zaro faol ta`sir etish yo’li bilan shaxs bo’lib shakllanadi, buni umumlashtirish deyiladi. Umumlashtirish jamiyatda murakab, tirik organizm faoliyati uchun zarur bo’lgan murakkab, asosiy kuchli darajada, har bir shaxs sifatini, ko’p darajali jarayonni shakllanishidir. Oliy o’quv yurtida tarbiyani maqsadi shaxsni tub ma`noda tushunish hisoblanadi. Talabaga shaxs sifatida, ijtimoiy sifatga ega bo’lgan, bu o’quv faoliyatida namoyon etadi deb qaraladi. Talabalarni shaxsiy psixologiyasini o’ziga xos xususiyati o’zini tuta bilishi esa o’ziga xos tus beradi. Ularni yurishturishini kuzatadigan bo’lsak, bilib olish uncha qiyin emas, chunki ulardan biri xotirjam, sekin harakat qiladigan yoki lanj, boshqa-lari harakatchan, uchinchisi g’amgin, ma`yus, mulohaza qilishga, yolg’izlik, moyil, to’rtinchisi xushchaqchaq, odamga el bo’ladigan, kirishimli va b.q. Insonlar orasidagi ana shunday individual farqlar ularni mijozlarini o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi («temperament» lotincha so’z bo’lib, u aralashma yoki qorishma ma`nosini bildiradi). Mijoz (temperament) yurish - turish (axloq) va psixikani o’zgarishi yoki rivojlanishini bildiradi. Qadimgi yunon tibbiyotini vrachi Gippokratni va o’rta asrning buyuk olimi Abu Ali Ibn Sinoni bo’yicha mijozni to’rtta tipga bo’ladilar: sangvinik (xushchaqchaq) mijoz, xolerik (serg’ayratlik, jo’shqinlik) mijozi, flegmatik (og’ir) mijoz, melanxolik (g’amgin) mijozlardir. I.P.Pavlovni tasnifi bo’yicha asab tizimlarini tiplariga qarab to’rtta turga ajratiladi: 1. Kuchli harakatchan vazminli («Jonli tip») 2. Kuchli harakatchan (engil) salga lovullab ketadigan yoki bir xil turmaydigan – «to’xtatib bo’lmaydigan tip». 3. Kuchli faoliyatsiz sust vazmin – «xotirjam tip» 4. «Bo’sh tip» yoki «Kuchsiz tip». Sangvinik (xushchaqchaq) mijozli talabani, agarda uni ishi qiziqarli bo’lsa u yaxshi natijalarga erishadi. U qiyin holatlarda boshqalarga nisbatan tetiklik, ishonch, ega bo’ladi, o’rtoklariga ijobiy ta`sir etadi, ularni kayfiyatini ko’taradi. Bu peshqadam har doim o’qituvchiga yordam berishga qodir. Muhimi tarbiyaviy jarayonda shunday talabalar namoyon bo’ladiki, buning uchun o’qituvchi mijozlarni diagnostikasini psixologik uslublarini bilishi shart. Xolerik (serg’araytli) mijozli talaba esa o’ziga xos salga lovullab ketadigan, kuchli yoki to’xtatib bo’lmaydigan, tezlik reaktsiyasi, jonli imo - ishoralar va ishora ega bo’ladi. I.P. Pavlovni baho berishi bo’yicha, xolerik (serg’ayratlik) - bu ochiqdan ochiq jasur tip, engil va tez aniklanadigan deb ataladi. O’ziga xos hech qanday qiyinchiliklarsiz u yangi hayot sharoitlariga ko’nikma hosil qiladi, o’rab olgan bilan engillikka aloqa bog’lash mumkin, yaxshi jamiyatga, faol ishtirokchi bo’lishi mumkin. Talaba shunday mijoz bilan ishga kirishib ketadigan bo’lsa u juda zo’r faollik namoyon etadi, biroq tez sovub qoladi. Uni bir maromdagi harakat, sekin va osoyishtali me`er (sekin yugurish, yurish). U faol, keskin harakatlarga moyildir (sport o’yinlari, 30-100 mm qisqa masofalarga yugurishga). Amaliyot shuni ko’rsatadiki, xolerik (serg’ayratli) mijozli kishi birorta vazifani bajarishdan oldin xaddan tashqari hayajonlanadi. Bu esa final va ma`suliyatli musobaqalar oldidan salbiy ta`sir etishi mumkin. Bunaqa holatda o’qituvchining roli shundan iborat bo’lishi kerakki, chunki talabadan xaddan tashqari ortiqcha hayajonlanishni to’lqinlanishni so’z yordamida pasaytirishda xulq - atvori bilan shaxsiy namuna ko’rsatishi kerak. Bu kursdoshlarini moxirona harakati, o’zini
dadil tutishini misollar bilan mustahkamlash, yaxshilik bildirish ijobiy ta`sir ko’rsatadi. Shuning uchun talabaga etarli ko’p bo’lmagan jadal xarakterdagi jismoniy yuklamani berish foydalidir, chunki u topshiriqni bajarishdan uni boshqa tomonga jalb qiladi. O’qituvchi muhimi shuni hisobga olish kerakki, ya`ni nizoli yoki janjalli holatda xolerik (serg’ayratlik) mijozdagi talabalar odatda kuchli salbiy asabiylashgan xolatni boshdan kechiradi, u haqiqatan ham tarbiyaviy ta`sir etishni pasaytiradi. Bunday holatda eng yaxshisi ularni diqqat e`tiborini boshqa harakatni bajarishga qaratish kerak, chunki kutish kerak, talaba tinchlanguncha, undan so’ng kerakli yo’nalishga ta`sir etish kerak. Balki shuni e`tiborga olish kerakki, ya`ni bir xil turmaydigan, qiziqqonligi intizomni buzilish sababi bo’lishi mumkin. Bu, albatta, talabalardan ayibni olib tashlamaydi, lekin tarbiyani hisobga olishi kerak. Flegmatik (bo’shang yoki og’ir) mijozli talaba - og’ir vazmin, kam harakatchan, xotirjam bo’ladi. Unga xos bo’lgan bo’sh his - tuyg’uga tez beriladigandir. U bo’lajak harakatlarini uzoq vaqt o’ylaydigan intilishlilik paydo bo’ladi, yangi harakat malaka-larini sekin va qiyinlik bilan o’zlashtiradi, bir harakatdan boshqa harakatga yo’nalishini o’zgartiradi. Biroq o’quv, mehnat faoliyatida qo’sh matonatli, bardoshli, uzoq o’tirib ishlash qobiliyatini namoyon qiladi. «Flegmatik bo’shang yoki og’ir» mijoz-osoyishta, har doim bab-baravar, qunt bilan kurashuvchi va zo’r berib ko’p ishlaydigan» - deb aytgandi I.P.Pavlov. Flegmatik (bo’shang yoki og’ir) o’ziga xos chidamli, diqqatli, o’zini - o’zi nazorat qiladigan, vazmin og’ir bo’ladi. Unda o’zini tuta bilishlik, ehtiyotlik ish tutish shuningdek qat`iyatli ko’rsatish engilish shakllantiriladi. Melonxolik (g’amgin) mijozdagi talabalar odamlarga aralashmaydigan, adamovi, kas tashabbuskorliklari bilan ajralib turadi. U ma`yuslikka, xafagarchilikka tez beriluvchan, ya`ni sharoitga sekin - asta ko’nikadigan, qiyinchiliklarni o’ziga og’ir oladigan, chunki unga o’zi boridan ko’proq bo’lib ko’rinishga borishga moyil bo’ladi. Har qanday narsani kuchli ta`sir etishi uni sarosima yoki esankirab qolishga olib keladi, muvozamatdan chiqaradi. O’qituvchi, odob saqlagan holda, har bir talabaga mijozlarini (temperamenti) o’ziga xos xususitiga qarab to’g’ri tushunib etishiga va barcha yaxshi va yomon tomonlarini baholashga yordam berish kerak, shaxsni tipologik xususiyatini diagnostika asosida takomillashtirishga intilishga chorlaydi. Talabada mijoziy (temperament) eng yaxshi tomonlarini ana shunday jamoada rivojlantiriladi, qaerda sho’xlik, xushchaqchaqlik sharoitida, faollikni tashabbus botirlikni qo’llab-quvvatlamoq, intizomni qo’llab - quvvatlash, guruhda talabalarni psixologik jihatdan bir - biriga mos kelishi haqida qayg’urishi kerak. Agarda o’qituvchi talabalarga ta`lim berish va tarbiyalashda talabalarni mijozlarini (temperamist) farqini hisobga olsa, bu esa shaxsni ko’proq maqsadga yo’naltirilgan holda jismoniy takomillashtirishga, psixologik jihatdan bir - biriga mos keladigan savollarni hal etish, yaxshi sifatlarni shakllantirishi, ularni, faoliyatini boshqarishga va rahbarlik qilishiga yordam beradi. Talabani shaxsini individual psixologik xususiyatini tadqiqot qilish o’qituvchi jismoniy tarbiyani o’ylay tashkil qilishda va ijodiy o’sish holatini saqlashda hamda faol ishlashdagi yo’nalishni ishlab chiqadi. Download 477.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling