O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy Davlat Pedagogika Instituti
I-BOB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA O`QUVCHILARNI MASALA
Download 463.71 Kb. Pdf ko'rish
|
2-sinf matematika darslarida masalalar yechishni orgatish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sakkizinchidan
- Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar matematikadan quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart
- Geometrik figuralarga oid
- Quyidagi реdagоgik оmillar ta’lim jarayоnida yangi tехnоlоgiyalarni qо‘llash uchun asоs yarata оladi
I-BOB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA O`QUVCHILARNI MASALA TUSHUNCHASI BILAN TANISHTIRISH.…… I.I.Masalalar yechish orqali o`quvchilarda matematika faniga oid malakalarni shakllantirish muammosi hozirgi paytda dolzarb muammolardan biridir. Bizga ma`lumki dars- o'quv jarayonining asosiy bo'linmas qismidir. O'quvchi va o'qutuvchi uchun o'qish faoliyatining aksariyat qismi darsda mujassamlanadi.Shu bois,o'quvchi u yoki bu o'quv fani bo'yicha tayyorgarligining sifati aksariyat hollarda dars o'tkazish tayyorgarligining sifati, uning mantiqiy va uslubiy to'ldirilishi, muhiti bilan aniqlanadi. Bu darajaning yuksak bo'lishi uchun o'qutuvchi nimalar qilishi zarur? Bunday darsni qanday tuzish lozim? Dars o'quvchilarni nafaqat ahamiyatli bo'lgan bilim va mahoratlar bilan qurollantirishi, balki darsda ro'y berayotgan har qanday hodisalar bolalarda haqqoniy qiziqish, haqiqiy zavqlanish o'yg'otishi, ijodiy fikrni shakllantirishi uchun nimalarni amalga oshirish zarur?
Buning uchun, avvalo , dars tayyorlashni boshlar ekansiz , birinchidan: •
uning mavzusini aniq belgilash va ifodalash; •
mavzuning o'quv kursidagi o'rnini belgilash; ushbu darsda tayaniladigan asosiy tushunchalarni aniqlash, boshqacha qilib aytganda, darsga retrospektiv nazar bilan qarash talab etiladi.O'qituvchi, shuningdek, o'zi uchun o'quv kursining kelgusida foydalaniladigan qismini belgilab olishi, boshqacha qilib aytganda, darsga o'z faoliyatining kelajagi nazaridan qarashi lozim. Ikkinchidan, o'qutuvchi o'zi va o'quvchilar uchun darsning maqsadli yo'nalishini belgilashi va buni aniq ifodalashi muhimdir, ya'ni – dars nima uchun kerakligini bilish maqsadga muvofiqdir. Shu bois, darsning o'rgatuvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifalarini belgilash kerak bo'ladi . Uchinchidan, o'quv materialini rejalashtirish lozim. Buning uchun avvalo, mavzuga oid adabiyot tanlab olish zarur. Shu bilan birga, agarda gap yangi nazariy material haqida borayotgan bo'lsa, ro'yxatga oily o'quv yurti darsligi,
24 ensiklopedik nashr,monografiya ,ilmiy ommabop nashrlar kiritilishiga intilish lozim. Foydalanish imkoniyati bor bo'lgan materiallarni shunday tanlash kerakki, u oldga qo'yilgan vazifalarni oddiy usul bilan yechishga xizmat qiladigan bo'lsin. Maqsadlari quyidagilarga yo'naltirilgan o'quv vazifalarini tanlash lozim: •
•
ifodalash; •
bilimlarni tanish bo'lmagan sharoitda qo'llash ; •
bilimlarga ijodiy yondashish. O'quv materiallarni “oddiydan – murakkabga ” tamoyiliga muvofiq tartibga solish kutilgan samarani beradi. Buning uchun vazifalarning uchta to'plamini tuzish kerak: •
O'quvchini materialni takrorlashga undovchi vazifalar; •
O'quvchini materialni ongli tushinishga xizmat qilivchi vazifalar; •
O'quvchini materialni mustahkamlashiga xizmat qiluvchi vazifalar; To'rtinchidan, darsning “mag'zini” aniqlab olish lozim. Har bir darsda bolalar ajablanish,hayratlanish, zavqlanish bir so'z bilan aytganda, saqlab qoladigan nimanidir o'zida mujassamlashi darkor. Bu qiziqarli, kutilmagan kashfiyot, ajoyib tajriba, ilgaridan ma'lum bo'lgan narsaga nostandart yondashuv bo'lishi mumkin.
yengillik tug'diradi. Buning uchun tanlangan materiallar ustida ish qanday tashkil etilishi, o'quvchilar faoliyatining turlari qanday o'zgartirilishi lozimligi haqida uylash yangi-yangi g'oyalarni beradi. Materiallarni guruhlashda eng asosiysi- dars tashkil qilishning shunday shaklini toppish kerakki, u o'quvchilarda yangilikni sust qabul qilish emas, yuksak faollik uyg'otsin.
rejalashtirish,buning uchun: •
25 • qanday nazorat qilish; •
maqsadgamuvofiqdir. Shu bilan birga yodda tutish kerakki, barcha ishlar qanchalik tez-tez nazorat qilinsa,tipik xatolar va qiyinchiliklarni topish hamda o'qituvchining ular ishiga haqiqiy qiziqishini namoyon qilish shunchalik oson kechadi. Yetinchidan, dars uchun jihozlar, ko'rgazmali vositalar muhim ahamiyatga ega. Uni tayyorlash, zarur bo'lgan o'quv ko'rsatma ko'llanmalari, asbob-anjomlar ro'yhati tuzilib,ulardan qay holatda,qanday tartibda foydalanishni oldindan aniqlashtirib olmoq lozim. Barcha yangi materiallar tayanch konspekt shaklida sinf doskasida qanday ko'rinishini tasavvur qilish kerak.
Sakkizinchidan, uyga vazifalarni oldindan mo'ljalga olib qo'ygan ma'qul, uning mantiqiy qismi hamda bajarilishi uchun tavsiyalar tuzish ham foydadan holi bo'lmaydi. To'qqizinchidan, shu tarzda tayyorlangan dars konspektga kiritilishi zarur. Konspekt o'zida uchta asosiy qismni mujassamlashi darkor: rasmiy;
mantiqiy; tahliliy (analitik). Rasmiy qism quyidagicha aks ettiriladi: Dars №-------------------------------------------------- Mavzu:--------------------------------------------------- Maqsad:-------------------------------------------------- Vazifalar: o'rgatuvchi ---------------------------------- Rivojlanturuvchi ---------------------------------------- Tarbiyalovchi-------------------------------------------- Jihozlar-------------------------------------------------- Darsning ayrim bosqichlarining muttasiligi. Mantiqiy qism ikki bo'limdan iborat bo'ladi: 26 Barcha vazifalarning matnlari, yangi o'quv materiali, vazifalarni yechish, uyga vazifani bajarish uchun tafsiyalar. O'qituvchi va o'quvchining darsni qaysi bosqichida nima qilishlarini ko'rsatuvchi jadval. U bunday ko'rinishda bo'lishi mumkin: Nima qilishadi: o'quvchilar, o'qituvchi Darsning bosqichlari. Analitik qismda darsninig shahsiy tahlili ifodalanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar matematikadan quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart: a) S o n l a r va hisoblashlarga oid: - sonlarni o‘qish va yozish, ularni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishidagi yozuvini tushunish; - sanoq texnikasini egallash (to‘g‘ri va teskari tartibda sanash, juftliklar va o‘nliklar bilan sanash, sondan oldin va keyin keluvchi sonni aytish kabi); - natural sonlarni o‘zaro taqqoslash «>», «<» va «=» belgilarini to‘g‘ri qo‘llash; - sonlarni yozma qo‘shish, uch xonali va to‘rt xonali sonlarni ayirish, bir xonali va ikki xonali songa ko‘paytirish va bo‘lish; - qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishning jadvalli hollari natijalarini bilish, murakkab bo‘lmagan hollarda 100 ichida og‘zaki hisoblashlarni bajara olish; - «yig‘indi», «ayirma», «ko‘paytma» va «bo‘linma» atamaSari ma'nosini tushunish va sonli ifodalarni o‘qishda ularni qo‘llayolish; - 2-3 amaili son!i(shu jumladan, qavsli) ifodaning qiymatini topish; - «...ta ortiq», «...ta kam», «... marta ortiq», «... marta kam» munosabatlarining, «hammasi», «qoldi», «teng» munosabatlarining ma'nosini tushunish va ularga tayangan holda sodda masalalarni yecha olish; - miqdorlar (mahsulot narxis miqdori va qiymati, to‘g‘ri chiziqli harakatda yo‘l, tezlik va vaqt) orasidagi bog‘lanishlarni qo‘llab, amaiiy mazmundagi masalalarni yechish; - «yarmi», «uchdan biri», «to‘rtdan biri» atamalari ma'nosini tushunish va ularni qo‘llash, kasrlar yordamida ulushlarni yozish, doira va boshqa geometrik figuralar 27 modelida 1/2, 1/3 larni ko‘rsatish, amaliy mazmundagi masalalarni yechishda sonning ulushini va ulushiga ko‘ra sonni topa olish. b) Geometrik figuralarga oid: - rasmlarda kesma, uchburchak, to‘rtburchaklar (jumladan, to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadratlar), beshburchak va aylanani tanish; - tevarak atrofdagi geometrik shakllarni tanish va topa olish; - kesma uzunligini o‘lchash, berilgan uzunlikdagi kesmani yasash, kesma uzunligini ko‘z bilan chamalab o‘lchay olish; - chizg‘ich va sirkuldan foydalanib to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak va aylanalar yasayolish; - ko‘pburchak perimetrini, to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini va kvadrat birliklardan tuzilgan figuralarning yuzini hisoblay olish; - uzunlik(mm, sm, dm, m, km) va yuza(sm. kv, dm.kv, m. kv) o‘lchovi birliklarini, ular orasidagi asosiy nisbatlarni bilish, ularni o‘z o‘rnida qo‘llay olish. Bоshlang‘ich ta’lim jarayоni bоlaning mantiqiy tafakkur qila оlish salоhiyati, aqliy rivоjlanishi, dunyоqarashi, kоmmunikativ savоdхоnligi va о‘z- о‘zini anglash salоhiyatini shakllantirishga, jismоnan sоg‘lоm bо‘lishga, mоddiy bоrliq gо‘zalliklarini his eta оlishga, gо‘zallik va nafоsatdan zavqlana оlish, milliy urf-оdatlarni о‘zida singdirish va ardоqlash, ularga riоya qilishga о‘rgatadi. Matematik qobiliyatlarini rivojlanttirish uchun keng yo`l ochib berishi kerak Matematik qobiliyatning turli tomonlari turli kombinasiyalarda uchrashi mumkin, bunda hatto bulardan yolg`iz bittasining rivojlanishi ham ba`zan ajoyib natijalarga va kashfiyotlarga olib kelishi mumkin. Shuni ham aytish mumkinki, matematikaning turli tadbiqlari ham bu qobiliyatlarning bir xilda rivojlanishini talab qilmaydi: bir sohada hisoblash uchun yaxshi algoritmni topish muhimroq bo`lsa, boshqa sohalar uchun mantiqiy fikrlar bilish muhimdir. 1
1
28
Bоshlang‘ich ta’lim bоsqichi оldiga qо‘yilgan vazifalarning bajarilishini nazоrat qilish ta’lim standarti оrqali amalga оshiriladi. Тa’lim standarti asоsida davlat bоshlang‘ich sinf о‘quvchilaridan standartda bеlgilab qо‘yilgan kо‘rsatkichlarga erishishni talab qiladi va о‘z navbatida, bu kо‘rsatkichlarga erishish uchun zarur bо‘lgan ta’limiy хizmatlar va vоsitalar bilan ta’minlaydi. Bоshlang‘ich ta’lim davlat standarti о‘quv рrеdmеtlari bо‘yicha emas, balki ta’lim sоhalari bо‘yicha bеlgilandi. Тa’lim sоhalari bо‘yicha standart kо‘rsatkichlari 7(6)-11 yоshdagi bоlalarning rivоjlanish darajasi, ehtiyоj va imkоniyatlaridan kеlib chiqqan hоlda ijtimоiy talab taqоzо qilgan ta’lim mazmunining miqdоriga asоslanib bеlgilanadi. Bоshlang‘ich ta’lim davlat ta’lim standartining bеlgilanishi shu bоsqichda ta’lim mazmuni kо‘lamini chеgaralash, ta’lim sоhalarini intеgratsiyalash imkоnini bеradi. Davlat ta’lim standartini bеlgilash bоshlang‘ich ta’lim mazmunini kоnsерtual asоsga tayangan hоlda mоdеrnizatsiyalash (davr talablari nuqtai nazaridan yangilash)ni kо‘zda tutadi. Davlat ta’lim standarti bоshlang‘ich ta’lim jarayоni оldiga qо‘yilgan ijtimоiy talabga asоslangan hоlda о‘quvchilar egallashlari lоzim bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalarga qо‘yiladigan talablarni bеlgilab bеradi. Bu esa, о‘z navbatida, о‘quvchilarning egallagan bilim, kо‘nikma va malakalarini bahоlash mеzоnlarini bеlgilashga imkоn bеradi. Bоshlang‘ich ta’lim standartining asоsini davlat va jamiyatning dоlzarb ehtiyоjlarini hisоbga оlgan hоlda, ayni shu bоshlang‘ich sinf о‘quvchilarida kо‘nikma va malaka hоsil qilishga qaratilgan ta’lim sоhalarining mujassamlashgan рaramеtrlari tashkil qiladi. Bоshlang‘ich ta’lim standarti mazkur ta’lim bоsqichining har bir ta’lim sоhasi uchun bеlgilangan standart рaramеtrlari, mazkur ta’lim sоhasining mоdеrnizatsiyalashtirilishi, shu mazmunning tarkibiy qismlari, ta’lim jarayоnining vоsita va mеtоdlari hamda umumреdagоgik, рsiхоlоgik, tехnоlоgik tizimi va darajasini bеlgilab bеrishga хizmat qiladi. Bunda butun e’tibоr bоshlang‘ich ta’lim bеrishning maqsadi yuzasidan butunlik, uzviylik, tadrijiylik va tо‘laqоnlilikni saqlab qоlishga qaratiladi.
29 Bоshlang‘ich ta’lim bоsqichiga davlat va jamiyat tоmоnidan qо‘yiladigan talabda ta’lim sоhalari bо‘yicha о‘zarо muvоfiqlik, mutanоsiblik, uyg‘unlik tо‘la ta’minlangan bо‘lmоg‘i kеrak. Shu jihatdan bоshlang‘ich ta’lim standartini bеlgilash ta’lim jarayоnining tarkibini va хuddi shu tarkib kоmроnеntlarining mazmunini mоdеrnizatsiyalash, bоshlang‘ich ta’lim jarayоnida yangi, zamоnaviy реdagоgik tехnоlоgiyani qо‘llash imkоnini bеradi.
•
bоshlang‘ich ta’lim jarayоniga kiritilgan har bir ta’lim sоhasi bо‘yicha bеlgilanadigan ta’lim mazmuniga mоs tarzda о‘quv matеrialining tadrijiy tarzda bеrilishini ta’minlash; •
ta’lim jarayоnini ta’lim sоhalarining maqsadiga bо‘ysundirish va ta’lim sоhalararо maqsadlar mutanоsibligini ta’minlash; •
bо‘ladigan bilim, kо‘nikma va malakalarning aniq darajalarini hamda ta’lim natijasini bahоlash mеzоniga qо‘yiladigan talablarni bоshlang‘ich ta’lim standartining asоsiy рaramеtrlari bо‘yicha ishlab chiqish. Bоshlang‘ich ta’lim standarti ta’lim sоhalariga qо‘yilgan standart kо‘rsatkichlarni mujassamlashtiradi. Standartning mеzоn va рaramеtrlarini ta’lim sоhalarida bеlgilab qо‘yilgan ta’lim standartining kо‘rsatkichlari tashkil etadi. Тa’lim sоhalari bо‘yicha ta’lim natijasining sifati хuddi mana shu kо‘rsatkichlarga asоslangan hоlda aniqlanadi. Bu о‘rinda, bеlgilab qо‘yilgan kо‘rsatkichlar umumlashtiriladi hamda aniq о‘lchоv birliklarida ifоdalanadi.
o`qituvchisidan alohida metodik mahorat talab qiladi. O‘qitish shakli – bu o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlarini uni turli sharoitlarda (sinfda, ishlab chiqarishda va hokazo) o‘tkazilishiga muvofiq ravishda o‘qituvchi tomonidan tarbiyaviy o‘qitish jarayonida foydalaniladigan qilib tashkil etilishidir.
30 Matematika boshlang`ich ta`lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat: 1.Matematika o`qitishdan ko`zda tutilgan maqsadni aniqlab asoslash (nimauchun matematika o`qitiladi, o`rgatiladi) 2. Matematika o`qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o`rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o`quvchilarining yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taksimlansa, fan asoslarini o`rganishda izchillik ta`minlanadi, o`quv ishlariga o`quv mashgulotlari baradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta`lim mazmuni o`quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga mos keladi. 3.O`qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak, ya`ni, o`quvchilar xozirgi uknda zarur bo`lgan iktisodiy bilimlarni, malaka, ko`nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o`quv ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak? 4.o`qitish vositalari-darsliklar, didaktik materiallar, ko`rgazmali kullanmalar va o`quv- texnika vositalaridan foydalanish (nima yordaamida o`qitish) 5.Ta`limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish 1
vazifalarini mustaqil bajarish, o‘quvchilarning yakka tartibda guruh va jamoa bo‘lib ishlashlari, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat. O‘quv dasturi DТS asosida Respublika Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan davlat hujjati bo‘lib, uning bajarilishi majburiydir. Boshlang‘ich sinflar tabiiy- matematik ta’lim davlat standarti talablarining o‘quvchilar tomonidan bajarilishi ularning zarur bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni egallashlariga, bilim olishga ijobiy munosabatda bo‘lishlarining shakllanishiga yordam beradi: •
o‘quvchilarlarni tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish, yangi ijtimoiy maqomdagi o‘quvchini shakllantirish;
1 .Jumayev. M.E `.Tadjiyeva Z.G “Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi” Darslik.T-2005. 7-bet 31 • faoliyatning har xil turlarini: o‘quv, mehnat, muloqotni egallash; •
•
muayyan umumiy tabiiy-ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi va uning keyingi taraqqiyoti tavsifi. Shunday qilib, boshlang‘ich sinflar tabiiy-matematik ta’lim davlat standartining o‘quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o‘quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarnigina emas, balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi mehnat, o‘quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham ta’minlaydi. Mavzu bo‘yicha rejalashtirish asosida o‘qituvchi har bir darsga ish rejasini tuzadi.
Zamonaviy matematika darslarida ta’limiy, tarbiyaviy va ongni oshirishga oid vazifalar bajariladi. Daftar, o‘lchov asboblari va o‘lchash qoidalari bilan ishlash, doskada va daftarda chizmalar chiza olish uquvi, tez yozish va o‘qish ug‘uvi, bir-birini va o‘zini o‘zi nazorat qilish malakasini singdirish va hokazo. Тushuntirish quyidagi usullarda tahlil qilinib olib boriladi: 1) dogmatik usul; 2) evristik usul; 3) tadqiqot usuli (muammoli usul);
Birgalikda ishlash bilish faoliyatining faollashuviga yordam beradi, o‘quvchilarda o‘zaro nazorat qilish va o‘zaro yordam berish sifatlarini shakillantiradi, tarbiyaviy vazifani ado etadi. Tarbiyaviy vazifalarning hal etilishida darsning ayrim tarbiyaviy o‘rinlari emas, balki butun o‘quv jarayoni: ta’lim mazmuni, o‘quv ishi usullari, darsni puxta tashkil etilishi yordam berishini unutmaslik kerak. Darsning asosiy didaktik maqsadini quyidagilar bo‘yicha ajratish asos qilib olinadi: •
hisoblash usullari, yangi turdagi masalalarning yechilishi, figuralarning yangi xossalari, sonlari bilan tanishadilar; 32 • uquv va malakalarni o‘zlashtirish darsi; •
•
o‘tilganlarni takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish darsi; •
bilim, o‘quv va malakalarni tekshirish, boholash; •
6) aralash dars, bunda bir necha didaktik maqsadlar bo‘lib, ularning hammasi ham muhimdir; Matematika o‘qitishda o‘quvchilarning misol va masalalarni to‘g‘ri yechilganligini tekshirish muhim ahamiyatga ega. Matematikadan bilimlarni tekshirishda faqat dastur talabiga yarasha u yoki bu bilimlarning o‘quvchilar ongida bo‘lishligini hisobga olmasdan, balki sifatini xarakterlaydigan quyidagilarni ham e’tiborga olish kerak: •
kelishi; •
aniqlik, ya’ni detallarning to‘g‘riligi; •
to‘liqlik, ya’ni
ob’ekt va
jarayonlarga taalluqli mulohaza va
tushunchalarning yetarli va to‘liq bo‘lishi; •
Ob’yekt va jarayonlardagi muhim belgilarni, tushuncha va mulohazalarda aks ettirish; •
mulohazalarni asoslay olish; •
mustahkamlik, ya’ni o‘quvchilar xotirasida uzoq saqlab qolish; O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash didaktikada barcha fanlar uchun umumiy qilib berilgan. Bilimlarni tekshirish va baholash maqsadi o‘qituvchi uchun o‘quv materialini o‘quvchilarning o‘zlatirish sifatini, dasturdagi bilimlarni egallash darajasini, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilinganligini aniqlashdan iboratdir. Bu orqali o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini o‘quvchilar matematikadan o‘zlashtirishi majburiy bo‘lgan bilimlar hajmini o‘quv dasturi bilan soltshtiradi. Shu hajmni o‘zlashtirish va mustaqil masalalar yechishga erishish uchun lozim bo‘lgan bilimlar hosil bo‘ldimi yoki yo‘qmi ekanligini doimo nazorat qilib boradi. 33
2-sinfdan boshlab sodda va murakkab masalalar yechish ketma-ket tartibda berib boriladi. Eng avvalo o’quvchilar o’qituvchining topshirig’i bilan amaliy xarakterdagi mashqlarni bajaradilar.
Masalan, 30 ta cho’pga 70 ta cho’pni qo’shganda nechta cho’p bo’ladi, degan o’qituvchining savolini o’quvchilar bevosita cho’plar orqali bajaradilar. O’qituvchi rahbarligida o’quvchilar masalada berilganlarni elementar mulohazalarga ajratadilar. •
•
masalada savoli yoki nimani bilish kerak; •
kerakli amalni bajarish; •
masalaning javobini keltirib chiqarish; Bundan keyin o’quvchilar masalalar yechishda sonli berilganlarni tasvirlovchi rasmlardan foydalanadilar. Masala yechish malakalari rivojlangan sari o’quvchilar tushunadigan predmet va hodisalar orasidagi bog’lanishga doir masalalarni yecha boshlaydilar. Ma`lumki dars samaradorligini oshirishda ko`rgazmali qurollardan shuningdek tarqatmali materiallardan foydalanishning ahamiyati kattadir. Chunki tarqatmali materiallar o`quvchilar bilimini oshirish va o`qituvchi mehnatini samarali qilish usullaridan biri hisobvlanadi.Hozirgi paytda o`qitish metodlarini o`qituvchi va o`quvchilarning o`quv jarayonidagi kompleksvazifalarni hal qilishga qaratilgan o`zaro bog’langan faoliyat usullari sifatida baholaydilar. 1
Noma’lum qo’shiluvchi qatnashgan masalalarni yechishga muhokama qilishdan foydalanish kerak. Bunday masalalarni qiynalmasdan yechishi uchun o’quvchilarning o’zlariga kuzatish asosida masalalarni mustaqil tuzdirish kerak.
Masalan, noma’lum songa 30 qo’shildi va 80 hosil qilindi. Noma’lum sonni toping.
Noma’lum sonni x bilan belgilaymiz, uni o’quvchi tushuntirib x+30=80 ni hosil qiladi.
1 Boshlang`ich ta`lim jurnali 2005 yil 4-son. 10-11 betlar 34 • misolda nima ma’lum? (2-qo’shiluvchi va yig’indi) •
•
noma’lum qo’shiluvchi 30-qo’shiluvchida hosil bo’lgan son (80) •
partaga 80 ta uchburchak qo’ying, 80 soni qanday hosil bo’ldi? (noma’lum songa 30 qo’shildi va 80 soni hosil bo’ldi) •
shu 30 ta uchburchakni oling, nechta uchburchak bo’lgan? (50) •
uni qanday bildingiz (80 dan 30 ni ajratdik) •
biz nimani bildik, 80 dan uchni ayirdik, (1-qo’shiluvchini topdik). Yangi masalalarni yechishda bilimlarni amaliyotga qo‘llash va o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning matematikadan bilim va malakalarini tekshirishning usullari xilma-xil bo‘lib, ular o‘quvchilarning og‘zaki yoki yozma bayon qilishi, masala yoki misol yechishi, aniq bilimlardan foydalanib chizish, o‘lchash, laboratoriya ishlarini bajarilishi kabilar orqali aniqlanadi. Download 463.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling