O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy Davlat Pedagogika Instituti


I-BOB.  BOSHLANG`ICH  SINFLARDA  O`QUVCHILARNI  MASALA


Download 463.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana07.06.2020
Hajmi463.71 Kb.
#116009
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-sinf matematika darslarida masalalar yechishni orgatish metodikasi


I-BOB.  BOSHLANG`ICH  SINFLARDA  O`QUVCHILARNI  MASALA 

TUSHUNCHASI BILAN TANISHTIRISH.…… 

 

I.I.Masalalar  yechish  orqali  o`quvchilarda  matematika  faniga  oid 

malakalarni  shakllantirish  muammosi  hozirgi  paytda  dolzarb  muammolardan 

biridir.  Bizga  ma`lumki  dars-  o'quv    jarayonining  asosiy    bo'linmas    qismidir. 

O'quvchi  va    o'qutuvchi    uchun    o'qish    faoliyatining    aksariyat    qismi    darsda  

mujassamlanadi.Shu    bois,o'quvchi    u  yoki    bu    o'quv    fani    bo'yicha  

tayyorgarligining  sifati aksariyat  hollarda  dars o'tkazish tayyorgarligining  sifati, 

uning  mantiqiy  va  uslubiy  to'ldirilishi, muhiti  bilan  aniqlanadi. Bu   darajaning  

yuksak  bo'lishi  uchun  o'qutuvchi  nimalar  qilishi  zarur? Bunday  darsni qanday  

tuzish  lozim?  Dars  o'quvchilarni    nafaqat    ahamiyatli    bo'lgan    bilim    va  

mahoratlar  bilan  qurollantirishi,  balki  darsda  ro'y    berayotgan    har  qanday  

hodisalar  bolalarda    haqqoniy    qiziqish,  haqiqiy    zavqlanish    o'yg'otishi,  ijodiy  

fikrni  shakllantirishi  uchun  nimalarni  amalga  oshirish zarur?   

        

  Buning uchun, avvalo , dars  tayyorlashni boshlar  ekansiz ,  



birinchidan: 

 



uning  mavzusini aniq belgilash  va  ifodalash; 

 



mavzuning  o'quv  kursidagi o'rnini belgilash; 

ushbu    darsda  tayaniladigan    asosiy  tushunchalarni    aniqlash,  boshqacha    qilib 

aytganda,  darsga  retrospektiv    nazar    bilan  qarash    talab  etiladi.O'qituvchi, 

shuningdek,  o'zi  uchun    o'quv  kursining    kelgusida    foydalaniladigan    qismini  

belgilab    olishi,  boshqacha    qilib  aytganda,  darsga  o'z  faoliyatining    kelajagi  

nazaridan qarashi lozim. 



        Ikkinchidan,  o'qutuvchi    o'zi    va  o'quvchilar    uchun  darsning    maqsadli 

yo'nalishini  belgilashi    va  buni    aniq    ifodalashi    muhimdir,  ya'ni  –  dars    nima  

uchun  kerakligini  bilish  maqsadga  muvofiqdir. Shu  bois, darsning  o'rgatuvchi, 

rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi  vazifalarini  belgilash  kerak bo'ladi . 

        Uchinchidan,  o'quv  materialini    rejalashtirish  lozim.  Buning  uchun    avvalo, 

mavzuga    oid    adabiyot    tanlab   olish  zarur.  Shu    bilan   birga,  agarda    gap  yangi  

nazariy  material    haqida    borayotgan    bo'lsa,  ro'yxatga  oily  o'quv  yurti    darsligi, 


 

24

ensiklopedik    nashr,monografiya  ,ilmiy  ommabop    nashrlar    kiritilishiga    intilish 



lozim.  Foydalanish    imkoniyati  bor  bo'lgan    materiallarni    shunday    tanlash 

kerakki,  u  oldga    qo'yilgan    vazifalarni    oddiy  usul  bilan    yechishga  xizmat  

qiladigan  bo'lsin. 

       Maqsadlari quyidagilarga  yo'naltirilgan   o'quv  vazifalarini  tanlash  lozim: 

 

  yangi   materialni  o'zlashtirish ; 



 

  ifodalash; 



 

 bilimlarni  tanish  bo'lmagan  sharoitda  qo'llash ; 



 

  bilimlarga ijodiy  yondashish. 



       O'quv  materiallarni  “oddiydan – murakkabga ”  tamoyiliga  muvofiq  tartibga 

solish kutilgan  samarani  beradi. Buning  uchun  vazifalarning  uchta  to'plamini  

tuzish  kerak:  

 



O'quvchini materialni takrorlashga  undovchi  vazifalar; 

 



O'quvchini materialni ongli tushinishga  xizmat  qilivchi  vazifalar; 

 



O'quvchini materialni  mustahkamlashiga  xizmat  qiluvchi  vazifalar; 

To'rtinchidan,  darsning  “mag'zini”    aniqlab  olish    lozim.  Har    bir    darsda  

bolalar    ajablanish,hayratlanish,  zavqlanish    bir    so'z    bilan    aytganda,  saqlab  

qoladigan    nimanidir    o'zida    mujassamlashi    darkor.  Bu    qiziqarli,  kutilmagan  

kashfiyot, ajoyib  tajriba, ilgaridan  ma'lum bo'lgan narsaga nostandart  yondashuv  

bo'lishi  mumkin. 

Beshinchidan,  tanlagan  o'quv  materiallarini    guruhlab  olish    o'zlashtirishda  

yengillik    tug'diradi.  Buning    uchun    tanlangan    materiallar    ustida    ish  qanday 

tashkil  etilishi, o'quvchilar  faoliyatining  turlari  qanday o'zgartirilishi  lozimligi 

haqida  uylash  yangi-yangi g'oyalarni  beradi. 

Materiallarni  guruhlashda    eng    asosiysi-  dars  tashkil  qilishning    shunday  

shaklini  toppish  kerakki,  u  o'quvchilarda  yangilikni  sust  qabul  qilish  emas, 

yuksak faollik uyg'otsin. 

Oltinchidan,  o'quvchilarning    darsdagi    faoliyati  ustidan    nazoratni  

rejalashtirish,buning uchun: 

 

nimani nazorat qilish; 



 

25



 

qanday  nazorat  qilish; 

 

nazorat    natijalaridan    qanday    foydalanish    haqida    o`ylash  



maqsadgamuvofiqdir. 

Shu  bilan  birga  yodda  tutish    kerakki,  barcha      ishlar    qanchalik    tez-tez  

nazorat    qilinsa,tipik    xatolar    va    qiyinchiliklarni    topish    hamda    o'qituvchining  

ular  ishiga  haqiqiy qiziqishini  namoyon  qilish  shunchalik oson kechadi. 

            Yetinchidan,  dars  uchun  jihozlar,  ko'rgazmali    vositalar    muhim  

ahamiyatga    ega.  Uni  tayyorlash,  zarur    bo'lgan    o'quv    ko'rsatma    ko'llanmalari, 

asbob-anjomlar    ro'yhati    tuzilib,ulardan  qay    holatda,qanday    tartibda  

foydalanishni    oldindan    aniqlashtirib    olmoq    lozim.  Barcha  yangi    materiallar 

tayanch    konspekt    shaklida    sinf  doskasida    qanday    ko'rinishini    tasavvur  qilish  

kerak. 


           Sakkizinchidan, uyga  vazifalarni  oldindan  mo'ljalga  olib qo'ygan  ma'qul, 

uning  mantiqiy  qismi  hamda  bajarilishi  uchun tavsiyalar tuzish  ham  foydadan  

holi  bo'lmaydi. 

           To'qqizinchidan,    shu  tarzda    tayyorlangan    dars    konspektga    kiritilishi  

zarur. Konspekt  o'zida  uchta  asosiy qismni  mujassamlashi  darkor: 

rasmiy; 


mantiqiy;  

tahliliy (analitik). 

Rasmiy  qism quyidagicha  aks  ettiriladi: 

Dars №-------------------------------------------------- 

Mavzu:--------------------------------------------------- 

Maqsad:-------------------------------------------------- 

Vazifalar: o'rgatuvchi ---------------------------------- 

Rivojlanturuvchi ---------------------------------------- 

Tarbiyalovchi-------------------------------------------- 

Jihozlar-------------------------------------------------- 

Darsning  ayrim  bosqichlarining  muttasiligi. 

Mantiqiy qism  ikki  bo'limdan  iborat  bo'ladi: 



 

26

Barcha vazifalarning   matnlari, yangi  o'quv  materiali, vazifalarni  yechish, uyga  



vazifani  bajarish  uchun  tafsiyalar. 

O'qituvchi    va    o'quvchining    darsni    qaysi    bosqichida    nima    qilishlarini  

ko'rsatuvchi  jadval. U bunday  ko'rinishda  bo'lishi  mumkin: 

Nima  qilishadi: o'quvchilar, o'qituvchi  

Darsning  bosqichlari. 

Analitik  qismda  darsninig  shahsiy  tahlili ifodalanadi. 



Boshlang‘ich  sinflarda  o‘quvchilar  matematikadan  quyidagi  bilim, 

ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart: 

a) S o n l a r va  hisoblashlarga oid

-    sonlarni    o‘qish  va  yozish,      ularni  xona  qo‘shiluvchilarining  yig‘indisi 

ko‘rinishidagi yozuvini tushunish; 

-    sanoq  texnikasini  egallash  (to‘g‘ri  va  teskari  tartibda  sanash,  juftliklar  va 

o‘nliklar bilan sanash, sondan oldin va keyin keluvchi sonni aytish kabi); 

-  natural sonlarni o‘zaro taqqoslash «>», «<» va «=» belgilarini to‘g‘ri qo‘llash; 

-  sonlarni yozma qo‘shish, uch xonali va to‘rt xonali sonlarni ayirish, bir xonali va 

ikki xonali songa ko‘paytirish va bo‘lish; 

-    qo‘shish,  ayirish,  ko‘paytirish  va  bo‘lishning  jadvalli  hollari  natijalarini  bilish, 

murakkab bo‘lmagan hollarda 100 ichida og‘zaki hisoblashlarni bajara olish; 

- «yig‘indi», «ayirma», «ko‘paytma» va «bo‘linma» atamaSari ma'nosini tushunish 

va sonli ifodalarni o‘qishda ularni qo‘llayolish; 

- 2-3 amaili son!i(shu jumladan, qavsli) ifodaning qiymatini topish; 

-  «...ta  ortiq»,  «...ta  kam»,  «...  marta  ortiq»,  «...  marta  kam»  munosabatlarining, 

«hammasi»,  «qoldi»,    «teng»  munosabatlarining    ma'nosini  tushunish  va  ularga 

tayangan holda sodda masalalarni yecha olish; 

-  miqdorlar  (mahsulot  narxis  miqdori  va  qiymati,  to‘g‘ri  chiziqli  harakatda  yo‘l, 

tezlik  va  vaqt)  orasidagi  bog‘lanishlarni  qo‘llab,  amaiiy  mazmundagi  masalalarni 

yechish; 

-  «yarmi»,  «uchdan  biri»,  «to‘rtdan  biri»  atamalari  ma'nosini  tushunish  va  ularni 

qo‘llash, kasrlar yordamida ulushlarni yozish, doira va boshqa geometrik figuralar 



 

27

modelida  1/2,   1/3 larni ko‘rsatish,  amaliy  mazmundagi  masalalarni yechishda 



sonning ulushini va ulushiga ko‘ra sonni topa olish. 

b) Geometrik   figuralarga   oid

- rasmlarda kesma, uchburchak, to‘rtburchaklar (jumladan, to‘g‘ri to‘rtburchak va 

kvadratlar), beshburchak va aylanani tanish; 

-  tevarak atrofdagi geometrik shakllarni tanish va topa olish; 

-  kesma  uzunligini  o‘lchash,  berilgan  uzunlikdagi  kesmani  yasash,    kesma 

uzunligini ko‘z bilan chamalab o‘lchay olish; 

-    chizg‘ich  va  sirkuldan  foydalanib  to‘g‘ri  to‘rtburchak,  kvadrat,  uchburchak  va 

aylanalar yasayolish; 

-    ko‘pburchak  perimetrini,  to‘g‘ri  to‘rtburchak  yuzini  va  kvadrat  birliklardan 

tuzilgan figuralarning yuzini hisoblay olish; 

-    uzunlik(mm,  sm,  dm,  m,  km)  va  yuza(sm.  kv,  dm.kv,        m.  kv)  o‘lchovi 

birliklarini, ular orasidagi asosiy nisbatlarni bilish, ularni o‘z o‘rnida qo‘llay olish. 

Bоshlang‘ich  ta’lim  jarayоni  bоlaning  mantiqiy  tafakkur  qila  оlish 

salоhiyati,  aqliy  rivоjlanishi,  dunyоqarashi,  kоmmunikativ  savоdхоnligi  va  о‘z-

о‘zini  anglash  salоhiyatini  shakllantirishga,  jismоnan  sоg‘lоm  bо‘lishga,  mоddiy 

bоrliq gо‘zalliklarini his eta оlishga, gо‘zallik va nafоsatdan zavqlana оlish, milliy 

urf-оdatlarni о‘zida singdirish va ardоqlash, ularga riоya qilishga о‘rgatadi. 

Matematik qobiliyatlarini  rivojlanttirish uchun keng  yo`l ochib berishi kerak 

Matematik  qobiliyatning  turli  tomonlari  turli  kombinasiyalarda  uchrashi  mumkin, 

bunda hatto bulardan yolg`iz bittasining rivojlanishi ham ba`zan ajoyib natijalarga 

va  kashfiyotlarga  olib  kelishi  mumkin.  Shuni  ham  aytish  mumkinki, 

matematikaning  turli  tadbiqlari    ham  bu  qobiliyatlarning  bir  xilda  rivojlanishini 

talab  qilmaydi:  bir  sohada  hisoblash  uchun  yaxshi  algoritmni  topish    muhimroq 

bo`lsa, boshqa sohalar uchun mantiqiy fikrlar bilish muhimdir. 

1

 



 

                                                           

1

 

.R.A.Habib.O`quvchilarning matematik tafakkurini shakllantirish. T-1971 y.122-123 betlar 



 

 

28

 



Bоshlang‘ich  ta’lim  bоsqichi  оldiga  qо‘yilgan  vazifalarning  bajarilishini 

nazоrat  qilish  ta’lim  standarti  оrqali  amalga  оshiriladi.  Тa’lim  standarti  asоsida 

davlat  bоshlang‘ich  sinf  о‘quvchilaridan  standartda  bеlgilab  qо‘yilgan 

kо‘rsatkichlarga  erishishni  talab  qiladi  va  о‘z  navbatida,  bu  kо‘rsatkichlarga 

erishish uchun zarur bо‘lgan ta’limiy хizmatlar va vоsitalar bilan ta’minlaydi. 

Bоshlang‘ich ta’lim davlat standarti о‘quv рrеdmеtlari bо‘yicha emas, balki 

ta’lim  sоhalari  bо‘yicha  bеlgilandi.  Тa’lim  sоhalari  bо‘yicha  standart 

kо‘rsatkichlari  7(6)-11  yоshdagi  bоlalarning  rivоjlanish  darajasi,  ehtiyоj  va 

imkоniyatlaridan  kеlib  chiqqan  hоlda  ijtimоiy  talab  taqоzо  qilgan  ta’lim 

mazmunining  miqdоriga  asоslanib  bеlgilanadi.  Bоshlang‘ich  ta’lim  davlat  ta’lim 

standartining  bеlgilanishi  shu  bоsqichda  ta’lim  mazmuni  kо‘lamini  chеgaralash, 

ta’lim  sоhalarini  intеgratsiyalash  imkоnini  bеradi.  Davlat  ta’lim  standartini 

bеlgilash  bоshlang‘ich  ta’lim  mazmunini  kоnsерtual  asоsga  tayangan  hоlda 

mоdеrnizatsiyalash (davr talablari nuqtai nazaridan yangilash)ni kо‘zda tutadi. 

Davlat ta’lim standarti bоshlang‘ich ta’lim jarayоni оldiga qо‘yilgan ijtimоiy 

talabga  asоslangan  hоlda  о‘quvchilar  egallashlari  lоzim  bо‘lgan  bilim,  kо‘nikma 

va  malakalarga  qо‘yiladigan  talablarni  bеlgilab  bеradi.  Bu  esa,  о‘z  navbatida, 

о‘quvchilarning  egallagan  bilim,  kо‘nikma  va  malakalarini  bahоlash  mеzоnlarini 

bеlgilashga  imkоn  bеradi.  Bоshlang‘ich  ta’lim  standartining  asоsini  davlat  va 

jamiyatning  dоlzarb  ehtiyоjlarini  hisоbga  оlgan  hоlda,  ayni  shu  bоshlang‘ich  sinf 

о‘quvchilarida  kо‘nikma  va  malaka  hоsil  qilishga  qaratilgan  ta’lim  sоhalarining 

mujassamlashgan рaramеtrlari tashkil qiladi.  

Bоshlang‘ich  ta’lim  standarti  mazkur  ta’lim  bоsqichining  har  bir  ta’lim 

sоhasi  uchun  bеlgilangan  standart  рaramеtrlari,  mazkur  ta’lim  sоhasining 

mоdеrnizatsiyalashtirilishi, shu mazmunning tarkibiy qismlari, ta’lim jarayоnining 

vоsita  va  mеtоdlari  hamda  umumреdagоgik,  рsiхоlоgik,  tехnоlоgik  tizimi  va 

darajasini bеlgilab bеrishga хizmat qiladi. Bunda butun e’tibоr bоshlang‘ich ta’lim 

bеrishning  maqsadi  yuzasidan  butunlik,  uzviylik,  tadrijiylik  va  tо‘laqоnlilikni 

saqlab qоlishga qaratiladi. 


 

29

Bоshlang‘ich  ta’lim  bоsqichiga  davlat  va  jamiyat  tоmоnidan  qо‘yiladigan 



talabda  ta’lim  sоhalari  bо‘yicha  о‘zarо  muvоfiqlik,  mutanоsiblik,  uyg‘unlik  tо‘la 

ta’minlangan  bо‘lmоg‘i  kеrak.  Shu  jihatdan  bоshlang‘ich  ta’lim  standartini 

bеlgilash  ta’lim  jarayоnining  tarkibini  va  хuddi  shu  tarkib  kоmроnеntlarining 

mazmunini  mоdеrnizatsiyalash,  bоshlang‘ich  ta’lim  jarayоnida  yangi,  zamоnaviy 

реdagоgik tехnоlоgiyani qо‘llash imkоnini bеradi.  

Quyidagi  реdagоgik  оmillar  ta’lim  jarayоnida  yangi  tехnоlоgiyalarni 

qо‘llash uchun asоs yarata оladi:  

 



 bоshlang‘ich  ta’lim  jarayоniga  kiritilgan  har  bir  ta’lim  sоhasi  bо‘yicha 

bеlgilanadigan  ta’lim  mazmuniga  mоs  tarzda  о‘quv  matеrialining  tadrijiy 

tarzda bеrilishini ta’minlash; 

 



 ta’lim  jarayоnini  ta’lim  sоhalarining  maqsadiga  bо‘ysundirish  va  ta’lim 

sоhalararо  maqsadlar mutanоsibligini ta’minlash; 

 

 har  bir  ta’lim  sоhasi  bо‘yicha  bоshlang‘ich  sinf  о‘quvchilarida  hоsil 



bо‘ladigan bilim, kо‘nikma va malakalarning aniq darajalarini hamda ta’lim 

natijasini  bahоlash  mеzоniga  qо‘yiladigan  talablarni  bоshlang‘ich  ta’lim 

standartining asоsiy рaramеtrlari bо‘yicha ishlab chiqish. 

Bоshlang‘ich  ta’lim  standarti  ta’lim  sоhalariga  qо‘yilgan  standart 

kо‘rsatkichlarni  mujassamlashtiradi.  Standartning  mеzоn  va  рaramеtrlarini  ta’lim 

sоhalarida  bеlgilab  qо‘yilgan  ta’lim  standartining  kо‘rsatkichlari  tashkil  etadi. 

Тa’lim sоhalari bо‘yicha ta’lim natijasining sifati хuddi mana shu kо‘rsatkichlarga 

asоslangan  hоlda  aniqlanadi.  Bu  о‘rinda,  bеlgilab  qо‘yilgan  kо‘rsatkichlar 

umumlashtiriladi hamda aniq о‘lchоv birliklarida ifоdalanadi.  

 

I.II.  Boshlang`ich  sinflarda    masalalar  ustida  ishlash  boshlang`ich  sinf 

o`qituvchisidan  alohida  metodik  mahorat  talab  qiladi.  O‘qitish  shakli  –  bu  

o‘quvchilarning    o‘quv-bilish  faoliyatlarini  uni  turli  sharoitlarda  (sinfda,  ishlab 

chiqarishda  va  hokazo)  o‘tkazilishiga  muvofiq  ravishda    o‘qituvchi  tomonidan 

tarbiyaviy  o‘qitish jarayonida foydalaniladigan qilib tashkil etilishidir. 


 

30

Matematika  boshlang`ich  ta`lim  metodikasining  predmeti  quyidagilardan 



iborat: 

1.Matematika  o`qitishdan  ko`zda  tutilgan  maqsadni  aniqlab  asoslash 

(nimauchun matematika o`qitiladi, o`rgatiladi) 

2.  Matematika  o`qitish  mazmunini  ilmiy  ishlab  chiqish  (nimani  o`rgatish)  bir 

tizimga  keltirilgan  bilimlar  darajasini  o`quvchilarining  yosh  xususiyatlariga  

mos  keladigan  qilib  qanday  taksimlansa,  fan  asoslarini  o`rganishda  izchillik 

ta`minlanadi,  o`quv  ishlariga  o`quv  mashgulotlari  baradigan  yuklama  bartaraf 

qilinadi, ta`lim mazmuni o`quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga mos 

keladi. 

3.O`qitish  metodlarini  ilmiy  ishlab  chiqish  (qanday  o`qitish  kerak,  ya`ni, 

o`quvchilar  xozirgi  uknda  zarur  bo`lgan  iktisodiy  bilimlarni,  malaka, 

ko`nikmalarni  va  aqliy  faoliyat  qobiliyatlarini  egallab  olishlari  uchun  o`quv 

ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak? 

4.o`qitish  vositalari-darsliklar,  didaktik  materiallar,  ko`rgazmali  kullanmalar  va 

o`quv- texnika vositalaridan  foydalanish (nima yordaamida o`qitish) 

5.Ta`limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish 

1

 

Boshlang‘ich  sinflarda  matematika  o‘qitishning  tashkiliy  shakllari  dars,  uy 



vazifalarini  mustaqil  bajarish,    o‘quvchilarning  yakka  tartibda  guruh  va  jamoa   

bo‘lib ishlashlari, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat. 

O‘quv  dasturi  DТS  asosida  Respublika  Xalq  ta’limi  vazirligi  tasdiqlagan 

davlat  hujjati      bo‘lib,  uning  bajarilishi  majburiydir.  Boshlang‘ich  sinflar  tabiiy-

matematik  ta’lim  davlat  standarti  talablarining  o‘quvchilar  tomonidan  bajarilishi 

ularning  zarur  bilimlar,  malaka  va  ko‘nikmalarni  egallashlariga,  bilim  olishga 

ijobiy munosabatda bo‘lishlarining shakllanishiga yordam beradi:   

 



o‘quvchilarlarni  tevarak-atrofdagi  tabiiy  muhitga  moslashtirish,  yangi 

ijtimoiy maqomdagi o‘quvchini shakllantirish; 

                                                           

1

 .Jumayev. M.E `.Tadjiyeva Z.G “Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi” Darslik.T-2005.  7-bet 



 

 

31



 

faoliyatning har xil turlarini: o‘quv, mehnat, muloqotni egallash; 

 

 o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda baholashga reytingini aniqlashga  o‘rgatish; 



 

 muayyan  umumiy  tabiiy-ilmiy  iqtidorning  belgilangan  darajasi  va  uning 



keyingi taraqqiyoti tavsifi. 

Shunday  qilib,  boshlang‘ich  sinflar  tabiiy-matematik  ta’lim  davlat 

standartining o‘quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o‘quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy 

bilim,  ko‘nikma  va  malakalarnigina  emas,  balki  shaxsning  muayyan  asosiy 

faoliyati  majmuasi  mehnat,  o‘quv-biluv,  kommunikativ-axloqiy  va  jismoniy 

tuzilishiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham ta’minlaydi. 

Mavzu      bo‘yicha  rejalashtirish  asosida    o‘qituvchi  har  bir  darsga  ish  rejasini 

tuzadi. 


 

Zamonaviy matematika darslarida ta’limiy, tarbiyaviy va ongni oshirishga 

oid  vazifalar  bajariladi.  Daftar,  o‘lchov  asboblari  va  o‘lchash  qoidalari  bilan 

ishlash,  doskada  va  daftarda  chizmalar  chiza  olish  uquvi,  tez  yozish  va    o‘qish 

ug‘uvi, bir-birini va o‘zini o‘zi nazorat qilish malakasini singdirish va hokazo. 

Тushuntirish quyidagi usullarda tahlil qilinib olib boriladi: 

1) dogmatik usul; 

2) evristik usul; 

3) tadqiqot usuli (muammoli usul); 

    


Birgalikda  ishlash  bilish  faoliyatining  faollashuviga  yordam  beradi,  

o‘quvchilarda  o‘zaro  nazorat  qilish  va  o‘zaro  yordam  berish  sifatlarini 

shakillantiradi, tarbiyaviy vazifani ado etadi. 

Tarbiyaviy  vazifalarning  hal  etilishida  darsning  ayrim  tarbiyaviy  o‘rinlari 

emas,  balki  butun    o‘quv  jarayoni:  ta’lim  mazmuni,    o‘quv  ishi  usullari,  darsni 

puxta tashkil etilishi yordam berishini unutmaslik kerak.  

 Darsning  asosiy  didaktik  maqsadini  quyidagilar      bo‘yicha  ajratish  asos  qilib 

olinadi: 

 

yangi bilimlarni o‘zlashtirish darsi, bularda  o‘quvchilar yangi tushunchalar, 



hisoblash  usullari,  yangi  turdagi  masalalarning  yechilishi,  figuralarning 

yangi xossalari, sonlari bilan tanishadilar; 



 

32



 

uquv va malakalarni o‘zlashtirish darsi; 

 

bilimlarni jamlab qo‘llash darsi; 



 

o‘tilganlarni takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish darsi; 



 

bilim,  o‘quv va malakalarni tekshirish, boholash; 



 

6)  aralash  dars,  bunda  bir  necha  didaktik  maqsadlar      bo‘lib,  ularning 



hammasi ham muhimdir; 

Matematika    o‘qitishda  o‘quvchilarning  misol  va  masalalarni  to‘g‘ri 

yechilganligini  tekshirish  muhim  ahamiyatga  ega.  Matematikadan  bilimlarni  

tekshirishda    faqat  dastur  talabiga  yarasha  u  yoki    bu  bilimlarning  o‘quvchilar  

ongida  bo‘lishligini  hisobga  olmasdan,  balki    sifatini    xarakterlaydigan 

quyidagilarni  ham e’tiborga olish kerak: 

 

O‘quvchilar  mulohazasi va tushunchalarining o‘qitilayotgan ob’yektga mos 



kelishi; 

 



aniqlik, ya’ni detallarning to‘g‘riligi;  

 



to‘liqlik, 

ya’ni 


ob’ekt 

va 


jarayonlarga 

taalluqli 

mulohaza 

va 


tushunchalarning yetarli va to‘liq bo‘lishi; 

 



Ob’yekt  va  jarayonlardagi  muhim  belgilarni,  tushuncha  va  mulohazalarda 

aks ettirish; 

 

onglilik,  ya’ni  tushunchalar  orasidagi  bog‘lanishni  tushuna  olish  va 



mulohazalarni asoslay olish; 

 



mustahkamlik, ya’ni o‘quvchilar xotirasida uzoq saqlab qolish; 

O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash didaktikada barcha fanlar uchun 

umumiy qilib berilgan. Bilimlarni tekshirish va baholash maqsadi o‘qituvchi uchun 

o‘quv materialini o‘quvchilarning o‘zlatirish sifatini, dasturdagi bilimlarni egallash 

darajasini, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilinganligini aniqlashdan iboratdir. 

Bu  orqali  o‘qituvchi  o‘quvchilarning  o‘quv  faoliyatini  o‘quvchilar 

matematikadan o‘zlashtirishi majburiy bo‘lgan bilimlar hajmini o‘quv dasturi bilan 

soltshtiradi.  Shu  hajmni  o‘zlashtirish  va  mustaqil  masalalar  yechishga  erishish 

uchun lozim bo‘lgan bilimlar hosil bo‘ldimi yoki yo‘qmi ekanligini doimo nazorat 

qilib boradi. 



 

33

 



2-sinfdan boshlab sodda va murakkab masalalar yechish ketma-ket tartibda 

berib  boriladi.  Eng  avvalo  o’quvchilar  o’qituvchining  topshirig’i  bilan  amaliy 

xarakterdagi mashqlarni bajaradilar. 

 

Masalan,  30  ta  cho’pga  70  ta  cho’pni  qo’shganda  nechta  cho’p  bo’ladi, 



degan  o’qituvchining  savolini  o’quvchilar  bevosita  cho’plar  orqali  bajaradilar. 

O’qituvchi 

rahbarligida 

o’quvchilar 

masalada 

berilganlarni 

elementar 

mulohazalarga ajratadilar. 

 

masalada berilganlar yoki bizga nimalar ma’lum degan savol qo’yadi; 



 

masalada savoli yoki nimani bilish kerak; 



 

 kerakli amalni bajarish; 



 

 masalaning javobini keltirib chiqarish; 



 

Bundan  keyin  o’quvchilar  masalalar  yechishda  sonli  berilganlarni 

tasvirlovchi rasmlardan foydalanadilar. Masala yechish malakalari rivojlangan sari 

o’quvchilar  tushunadigan  predmet  va  hodisalar  orasidagi  bog’lanishga  doir 

masalalarni yecha boshlaydilar. 

Ma`lumki  dars  samaradorligini  oshirishda    ko`rgazmali  qurollardan 

shuningdek  tarqatmali  materiallardan  foydalanishning  ahamiyati  kattadir.  Chunki 

tarqatmali  materiallar  o`quvchilar  bilimini  oshirish  va  o`qituvchi  mehnatini 

samarali  qilish  usullaridan  biri  hisobvlanadi.Hozirgi  paytda  o`qitish  metodlarini 

o`qituvchi va o`quvchilarning o`quv jarayonidagi kompleksvazifalarni hal qilishga 

qaratilgan o`zaro bog’langan faoliyat usullari sifatida baholaydilar.

1

  



 

Noma’lum  qo’shiluvchi  qatnashgan  masalalarni  yechishga  muhokama 

qilishdan  foydalanish  kerak.  Bunday  masalalarni  qiynalmasdan  yechishi  uchun 

o’quvchilarning o’zlariga kuzatish asosida masalalarni mustaqil tuzdirish kerak. 

 

Masalan,  noma’lum  songa  30  qo’shildi  va  80  hosil  qilindi.  Noma’lum 



sonni toping. 

 

Noma’lum sonni x bilan belgilaymiz, uni o’quvchi tushuntirib x+30=80 ni 



hosil qiladi. 

                                                           

1

 Boshlang`ich ta`lim jurnali 2005 yil 4-son. 10-11 betlar 



 

 

34



 

misolda nima ma’lum? (2-qo’shiluvchi va yig’indi) 

 

nima noma’lum? (1-qo’shiluvchi) 



 

 noma’lum qo’shiluvchi 30-qo’shiluvchida hosil bo’lgan son (80) 



 

 partaga 80 ta uchburchak qo’ying, 80 soni qanday hosil bo’ldi? (noma’lum 



songa 30 qo’shildi va 80 soni hosil bo’ldi) 

 



shu 30 ta uchburchakni oling, nechta uchburchak bo’lgan? (50) 

 



uni qanday bildingiz (80 dan 30 ni ajratdik) 

 



biz nimani bildik, 80 dan uchni ayirdik, (1-qo’shiluvchini topdik).  

Yangi  masalalarni  yechishda  bilimlarni  amaliyotga  qo‘llash  va  o‘qituvchi 

tomonidan  o‘quvchilarning  matematikadan  bilim  va  malakalarini  tekshirishning 

usullari  xilma-xil  bo‘lib,  ular  o‘quvchilarning  og‘zaki  yoki  yozma  bayon  qilishi, 

masala  yoki  misol  yechishi,  aniq  bilimlardan  foydalanib  chizish,  o‘lchash, 

laboratoriya ishlarini bajarilishi kabilar orqali aniqlanadi. 



Download 463.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling