O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy Davlat Pedagogika Instituti


marosimdagi ma`ruzasi. XXI asr gazetasi. 2010 yil 8-dekabr. 2-3 betlar


Download 463.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana07.06.2020
Hajmi463.71 Kb.
#116009
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-sinf matematika darslarida masalalar yechishni orgatish metodikasi


marosimdagi ma`ruzasi. XXI asr gazetasi. 2010 yil 8-dekabr. 2-3 betlar. 

 

 



 

12

oshirishda  o`qituvchining  pedagogik  mahorati,  o`z  ustida  ishlashi,  malakastini 



oshirish, uzoq va davomli ishlarni amalga oshirish bilan bog`liq.  

Boshlang`ich  sinf  o`qituvchilari  avvalombor  ijodkor  va  ishbilarmon, 

qobiliyatli,  milliy  urf  odatlardan  xabardor,  diniy  hamda  dunyoviy  bilimlarni 

mukammal  biladigan  ma`naviy  barkamol  inson  bo`lishi  kerak.  Shuningdek     

Vatanga sodiq, e`tiqodli, erkin va ijodiy fikrlaydigan, talabchan va adolatli, odobli 

bo`lmofi  darkor.    Boshlanfich  sinf  o`qituvchilariga  dars  samaradorligi  ni 

oshiruvchi,  ko`rgazmali  qurollar  hozirlashlari,    fanlar  orasidagi  aloqadorliklarni 

taminlab  yo`lga  qo`yishlari,  kichik  yoshdagi  o`quvchilarga  bilim  ko`nikma  va 

malakalani  singdirishdek  mas`uliyatli  vazifalar  yuklatilgan-ki  buning  zamirida 

ko`plab mashaqqatli mehnat , ijodkorlik izlanish yotadi. 

Mustaqilligimizning    dastlabki  kunlaridanoq  siyosiy,  ijtimoiy,  huquqiy, 

madaniy-ma’naviy  va  ilmiy  hayotimizda  ko’plab  yangiliklar,  umumbashariy 

jarayonlar bilan bog’liq ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. 

Fan  va  texnika  olamida    turli-tuman  ajoyib  kashfiyotlar  yuz  bermoqda. 

Ijtimoiy  hayot  sohalarida    sodir  bo’layotgan  voqea-hodisalarni  to’g’ri  talqin 

qilishda, murakkab  pedagogik  jarayonlarning yechimini topishda  ko’pincha ilmiy 

atamalarni to’g’ri anglab yetish muhim ahamiyat kasb etadi 

 

Mana shunday   jarayonlarni,  yangiliklarni  tahlil  qilishda,  ajdodlarimiz 



tomonidan  yaratilgan  ma’naviy,  madaniy,  diniy    merosimizni  avaylab,  bilim  va 

ko’nikmalarini yosh avlodga taqdim etishda, yangicha mantiqiy fikrlash malakasini  

shakllantirishda pedagogikaning ahamiyati salmoqlidir. Ijtimoiy voqea-hodisalarni, 

hayotda sodir bo’layotgan yangiliklarni tushunib olish va uni himoya qilish uchun 

esa zamonaviy fan bilan tanishish zarur.  

Ma’lumki, har bir mustaqil fan o’zining predmeti va metodologik  asoslariga 

egadir.  Matematika  o`qtish  ham  boshqa  fanlar  kabi  avvalo  jamiyatning  talab  va 

ehtiyojlari asosida vujudga keldi.  

Shu  sababli  ta’lim-tarbiya  jarayonini  ijtimoiy  hayotning  ajralmas qismi  deb 

qarash  lozim,  chunki  ta’limiy  va  tarbiyaviy  ishlarni  olib  bormasdan  turib, 

jamiyatni,  uning  rivojlanishini  tasavvur  qilish  qiyin.      Hozirgi  kunda  matematika 


 

13

o`qitish  ta’lim-tarbiyaning  maqsadi  va  vazifalari,  davlat  ta’lim  standartlari,  ta’lim 



va  tarbiyaning  usullari,  tashkil  etish  shakllari,  o`quvchilarning  tafakkurlarini 

shakllantirish  umuman  uning  qonuniyatlari  haqida  bilim,  ma’lumot  beradigan 

fanga aylandi.  

Uzlkusiz  ta`lim  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  asosiy  tarkibiy 

qismlaridan  biri  bo`lib,  malakali  raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlashning  asosi 

bo’lib, ta’limning barcha turlarini: maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta 

maxsus, kasb-xunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar  

malakasini    oshirish    va  ularni    qayta  tayyorlash,  maktabdan  tashqari  ta’limni, 

DTSni, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z 

ichiga oladi» 

Uzluksiz  ta’lim  tizimi  inson  va  jamiyatning  turli  xil  ta’limiy  ehtiyojlarini 

qondirishi,  bilimlarning  qadr-qimmati  va  mavqeini  ko’tarish  uchun  keng 

imkoniyatlar  yaratib  berishi,  shuningdek  iqtisodiyotning  o’zgaruvchan  ehtiyojlari 

sharoitida  umumta’limiy,  umummadaniy,  kasbiy  va  ilmiy  asosda  mutaxassislar 

tayyorlash yo’li bilan fundamental bilimlar berib shaxsni ijtimoiy himoya qilishni 

ta’minlashi kerak. 

“Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni mamalkatimizning jahon 

hamjamiyatidagi  obro`  etibori  avvalombor  farzandlarimizning  ulg`ayib  qanday 

inson  bo`lib  hayotga  kirib  borishiga  bog`liqdir.  Biz  bunday  o`tkir  haqiqatni  hech 

qachon unutmasligimiz kerak”-degan edi Prezidentimiz.

1

   


Uzluksiz ta’limni isloh qilish yo’nalishlari sifatida  ta’lim tizimining kadrlar 

salohiyatini  tubdan  yaxshilash,  davlat  va  nodavlat  ta’lim  muassasalarining  har xil 

turlarini rivojlantirish, majburiy umumiy o’rta ta’limdan o’rta maxsus, kasb-hunar 

ta’limiga    o’tilishini  ta’minlash,  ta’limni  boshqarish  tizimini  takomillashtirish, 

ta’lim  jarayoni  va  kadrlar  tayyorlash  sifatiga  xolis  baho  berish  tizimini  yaratish, 

ta’lim  va  ilm-fan  bilan  bog’liq  chet  el  hamda    xalqaro  tashkilotlar  bilan 

hamkorlikni kengaytirish kabilar belgilandi.  

                                                           

1

 Karimov I.A. “Yuksak manaviyat-yengilmas kuch’  Toshkent “Manaviyat” 2008 yil 4 bet 



 

 

14

Mamlakatimizda boshlangich sinflarda matematika o`qitish umuman maktab 



matematika  kursini  o`zlashtirishning  dastlabki  bosqichi  sifatida  qaraladi,  shu 

sababli  boshlang`ich  sinflarda  ishlashda  o`rta  maktabda  matematika  o`qitishda 

ko`zda  tutiladigan  umumiy  masaalalarni  hisobga  olish  va  bu  masalalarni  hal 

etishda boshlang`ich ta`limning ahamiyatini to`g`ri baholash kerak, 

O`rta  maktab    matematika  dasturiga  taalluqli  ko`pgina  masalalalar  boshlang`ich 

sinflardayoq  shu  darajada  mustahkam  o`zlashtrilishi  kerakki,  bunda  ular 

o`quvchilar  ongida  butun  umr  saqlanib  qolsin,  keyingi  sinflarda  mufassal  qarab 

chiqishga  tayorgarlik  ko`rish  maqsadidagina    kiritiladi  yoki  biror  malaka  va 

ko`nikmalarni  shakllantirish  jarayonida  fikrlash  qobiliyati  darajasini  oshirish 

imkoniyatiga ega bo`lish uchun kiritiladi.   

 

Mustaqillgimizning dastlabki yillaridanoq butun mamalakat miqyosida talim 



tarbiya,  ilm  -fan,  kasb  hunar  o`rgatish  sohalarini    isloh  qilishga  nihoyatda  katta 

zarurat  sezila  boshlandi.  Busiz  jamiyatimizning  biror  bir  sohasini    o`zgartirishga 

erishib bo`lmaydi. 

1

 



Maktabning  boshlang`ich  sinflarida  bolalar  matematika  sohasida  dasturda 

nazarda tutilgan bilimlar, uquv va ko`nikmalarning  ma`lum hajmini ongli ravishda 

va  mustahkam  egallab  olishlari  haqida  gap  borganda  yuqorida  aytib  o`tilgan 

mulohazalarni hisobga olish kerak. Boshlang`ich ta`limning muhim masalalaridan 

biri o`quvchilarda ongli va mustahkam hisoblash malakalarini shakllantirish edi va 

shunday bo`lib qoladi. 

Matematika  kursi  o`quvchilar  kuchi  yetadigan  darajada  o`quv  materialini 

umumlashtirishni,  o`rganilayotgan  matematik  faktlar  asosida  umumiy  prinsip  va 

qonuniyatlarni  tushunishni,    qarab  chiqilaetgan  hodisalar  orasida  mavjud  bo`lgan 

bog`lanishlarni 

tushunishni 

nazarda 


tutadi. 

Bu, 


asosan 

amallarning 

xosssalarini,ular  orasidagi  mavjud  bog`lanishlarni  o`rganishaga,  bolalarda 

shakllanayotgan  amaliy  uquv  va  ko`nikmalarning    asosi  bo`lgan  matematik 

munosabatlar  va  bog`lanishlarga  taalluqlidir.  Nazariya    amaliy  uquv  va 

                                                           

1

 Karimov I.A. “Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz” Toshkent “O`zbekiston” 1999 y 95 bet 



 

 

15

ko`nikmalarni  egallashga  yordam  beribgina  qolmay,  nazariya  va  amaliyotning 



qarab 

chiqilayotgan 

masalalari 

orasida 


matematik 

munosabatlarni 

o`rnatishga,matematika  o`qitish  samaradorligini  oshirishga  o`qituvchiga  yordam 

beruvchi asosiy vositalardan biridir. 

O`quvchilarga  egallangan  bilim,  uquv  va  malakalarini  turli  xil  sharoitlarda 

qo`llanishga  o`rgatishga  o`qitishning  maxsus  masalasi  sifatida  qarash  kerak.Bu-

o`quvchilarni politexnik tayorgarligiga qaratilgan ishning boshlanishidir. 

Shu bilan birga bilimlarni qo`llanish ham bolalarning o`quv ishlari samaradorligini  

oshirishninng  muhim  vositalaridan  biridir.Bilim,  uquv  va  malakalarning  to`la 

qiymatli  o`zlashtirilishiga  ularning  uzgaruvchi  sharoitlarda  mustakil  kullanishi 

natijasidagina erishish mumkinligini psixologlar isbotlashdi. Bolalarning maktabda 

boshlang`ich  sinflardan  keyingi  sinfga    o`tishida  albatta  vujudga  keladigan 

qiyinchiliklar  ko`p  darajada  aynan  ana  shu  asosda  bartaraf  etilishi  mumkin.  Va 

aksincha,  o`qituvchi  har  tomonlama  bilimlarga  maxsus  e`tibor  bermasa  va 

bolalarni bir xil turdagi savollarga, topshiriqlarga, ifodalarga,  masalalarga o`rgatib 

qo`ysa,  bu  5-sinfda  fanlar  bo`yicha  o`qitishiga  o`tishdagi  murakkablikni  yanada 

orttiradi. 

Bu  masala  bolalar  bilim  qobiliyatlrini  o`stirishning  ancha  umumiy 



masalasi bilan uzviy bog`langan.Boshlang`ich maktabdayoq bolalarda kuzatish va 

taqqoslash, solishtirilayotgan xodisalardagi o`xshashlik va farq qiladigan belgilarni 

ajratish, tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash,aniqlashtirish kabi amallarni 

bajarish uchun ko`p ish qilingan bo`lishi kerak 

Bolalar  mantiqiy  fikrlash  qobiliyatini  shakllantirish  masalasi  bilan  ularda 

to`g`ri,  aniq,  qisqa  matematik  nutqni  o`stirish  masalasi  uzviy  ravishda 

bog`langandir.Bu 

boshlang`ich 

ta`limning 

muhim 


masalalaridan 

biridir. 

Rivojlanayotgan  ta`lim  haqida  gapirganda    ish  faqat  bilish  qobiliyatlarini 

(idrok,xotira,tafakkur,tasavvur,nutq)rivojlantirishdangina  iborat,deb  o`ylash  xato 

fikrdir. 

Matematika  bilan  shug`ullanish  faqat  xotira  va  tafakkurni  shakllantirib 

qolmay,balki bolalarning mehnat tarbiyasi maktabi ham bo`ladi.U mehnat qilishga 


 

16

odat  qilishni  va  mehnatga  ehtiyojni  tarbiyalash  bo`yicha  doimiy  sistemali  ishlash 



uchun  material  beradi,  tafakkur  intizomini  va  mehnatni  aniq  tashkil  etishni  , 

fikrning bir joyga tuplanishini, aniqlikni talab qiladi. 

Bu  sohada  o`qituvchidan  juda  ko`p  narsa  talab  qilinadi.  O`qituvchi 

o`quvchilarning  ishini  ularning  o`quv  faoliyati  har  birini  qoniqtiradigan  qilib 

yo`naltirib, pedagogik taktga ega bo`lishi va mezonini sezishi kerak. Buning uchun 

dastavval  bolalarda  uzviy  ravishda  mustaqillikni  o`stirish,o`qitishi  jaraayonida 

ularning  mustaqil  ishlashlariga  bo`lgan  talabni  asta  sekin  orttira  boorish  zarur, 

bunda  tavsiya  etiladigan  savol  va  masalalar  boladan  ma`lum  kuchlanishni  talab 

qilsada, unga kuchi yetadigan darajada bo`lishi kerak. 

Sanab  o`tilgan  hamma  masalalarni  yechish  mazmuni  samarali  tanlanganda, 

uni  bayon  qilish  o`ylangan  sistemada  bo`lganda  va  o`qitishining  tegishli  usul  va 

shakllarini hamda o`qitish vositalarini bilib tanlab olganda amalga oshiriladi. 

Bu  masalalarni  hal  qilish  faqat  ta`limning  oldiga  qo`yilgan  masalalarni  hisobga 

olish bilan bogliq bo`lmay, balki o`qitishining boshqa hamma elemntlari orasidagi 

o`zaro  bog`lanishlarni  to`g`ri  baholash  bilan  bog`liq  bo`ladi.Keyingi  paragraf 

amaliy  jihatdan  juda  muhim  bo`lgan  o`zaro  bog`lanishlarni  qarab  chiqishga 

bag`ishlangan. 

  Bolalar  mantiqiy  fikrlash  qobiliyatini  shakllantirish  masalasi  bilan  ularda 

tug’ri,  aniq,  qisqa  matematik  nutqni  ustirish  masalasi  uzviy  ravishda 

bog’langandir.Bu 

boshlang’ich 

ta`limning 

muhim 

masalalaridan 



biridir. 

Tafakkurning  dastlabki  muhim  xususiyati  voqelikni  umumlashgan  holda  aks 

ettirishdir.  Tafakkurning  ikkinchi  muhim  xususiyati  bog`lanishlarni  bevosita  aks 

ettirishdir.  Tafakkurning  uchinchi  xususiyati  so`z  orqali  narsa  va  hodisalar 

o`rtasidagi muhim munosabatlarni aks ettirishdir.

1

  



Boshlang`ich  matmatika  kursining  asosiy  materiali  natural  sonlar  va  asosiy 

kattaliklar  matematikasidir.  U  bilan  birga  (imkon  bulsa,unga  bogliq  xolda) 

                                                           

1

 Goziyev.E Tafakkur psixologiyasi.T-1990 yil. 11 bet.  



 

 

17

ko`rstarkibiga  algebraik  va  geometrik  mazmundagi  masalalar  ham  kiritilgan. 



Dasturda  ko`rsatilganidek,boshlang`ich  matematika  kursi  maqsadga  muvofiq 

ravishda  tanlangan  sistema  asosida  ochib  beriladi.Bu  asosiy  qoidalr  kursining 

asosiy  mazmunini  qarab  chiqishda  hisobga  olinishi  kerak.  Mazkur  paragrafda 

bayon  qilishni  qulaylashtirish  uchun  arifmetik,  algeraik  va  geometrik 

bo`limlarining  mazmuni  dasturda  va  amalda  o`qitishida  bir  biri  bilan  o`zaro 

bog`liq  holda  qarab  chiqilsa-da  bu  masalalarning  mazmunini    alohida  qarab 

chiqamiz. 

Butun  boshlang`ich  ta`lim  jarayonida  bolalarda  natural  son  va  arifmetik 

amallar haqidagi tushunchalarni shakllantirish ishlari olib boriladi. Boshidanok bu 

ish  tushunchalarni  amaliy  qullanishning  turli  usullarini  qarab  chiqish 

bilan,bolalarning  sonlarning  ba’zi  xossalarini,  unli  sanoq  sistemasini,  arifmetik 

amallarni  va ularga asoslangan hisoblash usullarini o’zlashtirishiga yo’naltirilgan 

ish  bilan  o’zaro  bog’liq  holda  amalga  oshiriladi.Bu  ishning  natijasida 

bolalardasturga kiritilgan nazariy harakterdagi masalalarni ham, urganilgan nazariy 

masalalarni  ham  amaliy  va  o’quv  masalalarini  hal  qilishga  tadbiq  etish 

malakalarini  ongli  va  mustahkam  egallashlari  hamda  og’zaki  va  ezma 

hisoblashlarni bajarishlari ham kerak.   

Bunda  nazariya    va  amaliyot  dasturning  arifmetik  qismi  ustida  ishlash 

davomida   birgalikda va bir-biri bog’langan bo’lishi kerak.Umumiy maktab ishida 

dasturni amalga oshirish tajribasini ko’zatishlar dasturning aynan shu muhim talabi 

ko’pincha buzilishini ko’rsatdi. 

Bu,  masalan,  og’zaki  hisoblash  malakalarini  shakllantirishda  o`qituvchilar 

ko’pincha  bolalar  ongiga  bajarilgan  amallarning  nazariy  asosini  etkazish 

zarurligini  esdan  chiqariladi,  ularni  hisoblash  vaqtida  xato  qilinganda  o`quvchilar 

nazariyaning  yo’l  quyilgan  xatoning  sababini  tushunib  olishga    va  uni  mustaqil 

tuzata  olishga  yordam  beruvchi  nazariy  masalalarni  qarab  chiqishga  qaytarishga 

o’rgatmaydilar.Bunda  aynan  ongli  uzlashtirish  ishonchli,  to’g’ri  va  tez 

hisoblashning  haqiqiy  mustahkam  kunikmalari  aniqlanishi  mumkin  bo’lgan 

asosdir. 


 

18

Nazariya  va  amaliyotni  ularning  yagonaligida  qarashga  bo’lgan  talabning 



buzilishi matematika darslarida ko’pincha bolalarga nazariy harakterdagi masalalar 

mavhum  shaklda  berilishida,  tegishli  ta`riflar,  qoidalar  vahokazolar,  ularning 

amaliy  tadbiqidan  ajralgan  holda  o’rganilishida  namoyon  bo’ladi.  Bunda 

quyidagicha  holatlarni ham  uchratish  mumkin:  o`quvchilardan    dasturda umuman 

ko’zda tutilmagan, ikki bolalar ancha keyin o’zlashtirishi kerak bo’lgan ifodalarni 

bilish    talab  qilinadi.Masalan,  o`qituvchi  1-sinfda  «Sonlar  qo`shishda  qanday 

ataladi?»degan  savolga  to`liq  javob  berishni  talab  qilganda  ish  shunday  bo’ladi. 

Matematik 

terminologiyani 

bu 


tarzda 

bilishni 

umuman 

talab 


qilib 

bo’lmaydi.(Muhimi  shundaki,  o`quvchilar  tegishli  so’zlarning  ma`nosini 

o`qituvchi foydalanganda tushunishlari va sekin-asta bu terminlarni o’z nutqlariga 

kirita  borishi  kerak)O`qituvchi  2-sinfda  o`quvchilardan  ayirish  amali  qo`shish 

yordamida  qanday  qilib  tekshirilishi  mumkinligini  tushuntirib  berishni  (  bu 

uchinchi yil o`qitishi materialidir) talab qilganda ham shunday bo’ladi va hokazo. 

O`quvchilarning  suniy  yuklanishiga  olib  keluvchi  shunga  uxshash  uslubiy 

xatolarga yul qo`ymaslik uchun I-IV sinfdagi arifmetik material ustida ishlashning 

butun  sistemasini  aniq  tasavvur  qilib  olish,  nazariyaning  dasturda  ko’zda  tutilgan 

elementlarining ahamiyati va o’rnini tushunib  olish muhimdir. 

Boshlang`ich matematika kursida nomerlash va arifmetik amallar ustida ish 

konsentrik  ravishda  tuziladi.  Dasturda  bolalar      bilan  ko’rib  chiqiladigan  sonlar 

sohalarini asta -sekin kengaytirish sistemasi ko’zda tutilgan (tayerlov davri o’nlik-

yuz-ming-ko’p  xonali  sonlar),  bunda  bu  mavzularning  har  birini  o’rganishda 

sonning  yangi  sohasini  qarab  chiqish  bilan  bilan  birga  bolalarning  nomerlash  va 

sonlar ustida amallar bajarishda ilgari egallagan bilimlarini asta sekin kiritish (eki 

chukurlashtirish, sistemaga solish,umumlashtirish)kuzda tutilgan. 

Bolalarni  sonlar  va  arifmetik  amallar  bilan  tanishtirish  matematikadan 

dastlabki  darslarda  berilgan  ikki  buyum  to’plamlarining  birlashmasiga,  ikki 

to’plam  elementlari  orasida  moslik  o’rnatishga  va  buyumlarning  berilgan 

to’plamlarii qismini o’rnatishga amaliy mashq qilish bilan tayorlanadi. 


 

19

Bolalar to’plamlar ustida amallar bajarishdan asta-sekin buyumlar sanog’iga 



utadilar,  natural  qatorning  dastlabki  unta  soni  bilan  (ularning  nomi,tartibi  bilan) 

tanishadilar,  sonlarni  taqqoslashni,ularning  yig’indisi  va  ayirmasini  topishni 

o’rganishadi. Avval bu buyumlar to’plamlari ustida  tegishli amallarni bajarish  va 

ikki  to’plamni  birlashtirish  natijasidan  to’plamning  bir  qismini  olib  tashlaganda 

hosil bo’lgan to’plam elementlarini sanash asosida qilinadi, keyin esasonlar ustida 

bajariladigan amallarning ba’zi usullaridan foydalanish bilan (bittalab va guruhlab 

qushib sanash  hamda ayirib sanash va boshqalar) asmalga oshiriladi. 

10 ichida qo`shish va ayirishni o’rganishda, keyin esa yuz ichida qo`shish va 

ayirishni o’rganishda bolalar amallarning xossalaridan foydalanishga ( yig’indining 

o’rin  almashtirish  xossasi,  sonni  yigindiga  va  yig’indini  songa  kushishning  turli 

usullari,yig’indidan  sonni  ayirish  va  sondan  yig’indini  ayirishga)  asoslangan, 

shuningdek  qo`shish  bilan  ayirish  orasidagi  bog’lanishni  tushunish  asosida 

tanishadilar. Bunda yuqorida aytib o`tilganidek, bu xossalarni va hisoblashlarning 

turli xil usullarini qarab chiqish bilan bog’li  butun 

ish 

hisoblashlarni 



samarali qilish masalasiga bo`ysunadi. 

Birinchi yil o`qitishining hisoblash ko`nikmalarini shakllantirishdagi muhim 

vazifasi  bolalarning  10  ichida  qo`shish  va  ayirishning  jadval  hollarini  shunday 

o’zlashtirishki,  bunda  bir  xonali  sonlarni  qo`shishda  va  ikki  xonali  sonlarni  tez 

og’zaki  hisoblash  ko`nikmalarini  shakllantirishda  avtomatik  tarzda  hisoblash 

imkoniyatlari taminlansin. 

Dasturga  berilgan  tushuntirish    (o’qtirish)xatida  qo`shish  va  ayirishning 

jadval  hollari  mashqlar  natijasida  bolalar  tomonidan  yoddan  o’zlashtirilishi 

ta`kidlanadi  va  shuning  uchun  bolalarga  ularni  eslab  qolishga  oid  ko`rsatmaning 

o’z  vaqtida  yaratilishi  katta  ahamiyatga  ega.Shuningdek,  har  kuni  mashq  qilish 

ishini ham olib borish zarur, usiz istagan narsaga erishish mumkin emas. 

O`quvchilarning  fikrlash  faoliyatini  faollashtirish  hamda  tafakkurni 

shakllantirishning  mazmuni quyidagilardan iborat: 


 

20



 

Yangi  bilimlarni  o`zlashtirishda  va  ularni  amalda  qo`llanishda  fikrni 

mustaqil ravishda ishlatish; 

 



Bilib  olish  qobiliyatini  rivojlantirish  (ya`ni,  matematik  tadqiqot 

metodlarini va ularni yangi masalalar echishga tadbiq qilish malakalarini 

o`zlashtirish);    

 



Har tomonlama psixik rivojlanish, ya`ni iroda sifatlarining tashkil topishi,  

aqliy  mehntga  bo`lgan  qiziqishning  rivojlanishi,  o`quv  faoliyati 

sababalarini anglash va hokazolar.

1

 



Ta`lim  jarayonida  fanlararo  aloqadorlik  ta`limda  muammolilikni,  kasbga 

yo`nalganlikni,  uzviylik  prinsiplarini  amalga  oshirishning  muhim  omili  bo`lib, 

o`quvchilarda  tizimli  bilimni  shakllantiradi  va  shu  asosda  ilmiy  dunyoqarashni 

takomillashtiradi.  Fanlararo  aloqadorlik  didaktik  prinsip  sifatida  ham,  shuningdek 

ta`lim  mazmunini  amalga  oshirishning  didaktik  sharti  sifatida  ham  gavdalanishi 

mumkin. 


Bitiruv  malakaviy    ishining  maqsadi-o`quvchilarning  har  tomonlama 

rivojlanishi uchun muhim bosqich bo`lgan boshlang`ich sinf matematika darslarida   

masalalarni  yechishni  tashkil  etishning  didaktik  asoslarini  va      uni  hal  etishning 

tegishli shart-sharoitlarini asoslab berishdan iboratdir. 



Tadqiqotning  nazariy  ahamiyati-tadqiqot  jarayonida  amalga    oshirilgan 

maxsus  adabiyotlarning  sharhi  va  matematika  darsligi  mazmunini  tahlil  qilish 

natijasida    ilgari  surilgan  nazariya,  g`oyalar,  chiqarilgan  ilmiy  xulosalar 

boshlang`ich sinf o`quvchilariga matematik bilimlar berish borasidagi umumiy va 

xusuiy metodika masalalarini  boyitishga hamda zamonaviy dars shakllarini tashkil 

etishga xizmat qiladi. 



Tadqiqotning 

amaliy 

ahamiyati-boshlang`ich 

sinf 


o`quvchilarining 

matematik  bilim  ko`nikma  va  malakalarini  shakllantirishda,  ilmiy  tadqiqot 

natijalaridan  va  ularga  asoslangan  holda  ilgari  surilgan  xulosalar,  tavsiyalardan 

                                                           

1

  R.A.Habib.O`quvchilarning matematik tafakkurini shakllantirish. T-1971 y.111-bet 



 

 

21

matematika o`qitish jarayonida, sinfda va sinfdan tashqari tadbirlarda, shuningdek 



o`quvchilarda  matematik  qobiliyatni  shakllantirishga  qaratilgan  ta`limning  barcha 

shakllarida  boshlang`ich sinf o`qituvchilari foydalanishlari mumkin. 

 

Bitiruv  malakaviy  ishini  yozish  jarayonida  ko`plab  ilg`or  tajribali 

o`qituvchilarning  ish  faoliyatini  kuzatish,  ularning  metodik  ko`rsatmalarini 

o`rganish,  gazeta  jurnallar  va  boshqa  axborot  olish  imkoniyatlaridan  shuningdek 

matbuot 


materiallaridan 

foydalangan 

holda 

o`quvchilarda 



 

matematik 

qobiliyatlarini  o`stirish  to`g`risida  ko`plab  ma`lumotlar  to`pladim.  Shuningdek 

hamkasblarim  bilan  hamkorlikda  bu  borada  ko`plab  uslubiy  tavsiyalar  ishlab 

chiqdim. Ushbu ilmiy tadqiqot ishida tavsiya etilgan ko`rsatmalardan ta`lim tarbiya 

jarayonida  boshlang`ich  sinf  o`qituvchilarining  foydalanishlari  ijobiy  natijalarga 

erishish  uchun muhim omil bo`lib xizmat qiladi. 

Bitiruv  malakaviy    ishining  ob`yekti-umumta`lim  maktablarining  boshlang’ich 

sinflaridagi ta`lim tarbiya jarayoni. 



Bitiruv  malakaviy    ishining  predmeti-boshlang’ich  sinf  matematika  o`qitish 

jarayonida  turli    masalalarni  yechishni  tashkil  etishning  shakllari,  vositalari, 

metodlari. 

Bitiruv malakaviy  ishining vazifalari

 



Boshlang’ich sinflarda matematika o`qitishni hozirgi zamon talablari asosida 

yangi  axborot  va  pedagogik  texnologiyalardan  foydalangan  holda  tashkil 

etish usullarini ishlab chiqish. 

 



O`quvchilarning soda va murakkab masalalarni yechishga oid  ko`nikma va 

malakalarini shakllantirishni tashkil etishning yaxlit tizimni ishlab chiqish. 

 

Boshshlang’ich  sinf  matematika  o`qitishda  ilg’or  tajribalarni  o`rganish 



asosida sodda va murakkab  masalalarni yechishni tashkil etishning samarali 

yo`llarini aniqlash. 

 

Boshlang’ich  sinf  matemat`tika  o`qitish  jarayonida  masalalarni  turli  xil 



usullarda yechishni tashkil etishga oid  uslubiy tavsiyalar yaratish. 

 



O`quvchilarning  matematik  tafakkur  va  qobiliyatlarini  rivojlantirishga 

xizmat qiluvchi turli masala va didaktik o`yinlar ishlab chiqish. 



 

22



 

Bolalarning matematik bilimlarini  rivojlantirish yo`llarini topish. 



Bitiruv malakaviy  ishining yangiligi.  

 



2-sinfda  matematika  o`qitish  jarayonida  soda  va  murakkab    masalalarni 

yechishni tashkil etishning axamiyati va mavqei belgilandi; 

 

Boshlang’ich  sinf  matematika  o`qitish  jarayonida  masalalarni  turli  xil 



usullarda yechishni tashkil etishning ma`lum tizimi ishlab chiqildi; 

 



O`quvchilarga masalaning qisqacha shartini tuzishga oid tushunchalar berish 

amalgam oshirildi; 



Bitiruv malakaviy  ishining ilmiy farazi. 

Agarda: 


 

Boshlang`ich  sinflarda  matematikadan    masalalarni  turli  xil  usullarda  



yechishni tashkil etish didaktik tamoyillar asosida amalga oshirilsa; 

 



Boshlanfich  sinf  o`quvchilarining  matematika  faniga  qiziqishlarini 

ta’minlash  maqsadida  soda  va  murakkab    masalalarni  yechishni  pedagogik 

texnologiyalar mohiyatidan kelib chiqqan holda tashkil etilsa, o`z samarasini 

beradi; 


Bitiruv malakaviy  ishining tajriba olib borish ob`yekti-Navoiy  shahridagi №3      

umumta`lim maktabi. 



Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi

Kirish, ikkita bob, beshta paragraf, xulosa va  foydalanilgan adabiyotlardan iborat. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

23


Download 463.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling