O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy Davlat Pedagogika Instituti


Download 463.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana07.06.2020
Hajmi463.71 Kb.
#116009
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-sinf matematika darslarida masalalar yechishni orgatish metodikasi


I.III.  Muammoli  xarakterdagi  masalalarni  yechishga  oid    tushunchalarni 

shakllantirish  boshlang`ich  sinflarda  matematika  o`qitish  jarayonida  muhim 

ahamiyatga  egadir.  O`quvchilarni  o`quv  muammolarini  hal  qilishga  jalb  etish-

ularning mantiq qonunlarini egallashlari uchun ajoyib vositadir, chunki muammoli 

vaziyat  yaratish,  uni  darsda  hal  qilish-o`quvchilarning  haqiqatan  (sodda  material 

ustida bo`lsa ham) ilmiy tadqiqot ishlariga tortishdir. 

Har  qanday  bilib  olish  faoliyati  tadqiqot  muammosining  qo`yilishidan 

boshlanadi. O`quvchilar oldiga qo`yiladigan muammolar bitta yoki bir necha dars 

davomida    hal  qilinishi  mumkin.  Yangi  terminlar  kitritilishiga  bog`liq  bo`lgan 

kichik muammoli savollarga misollar keltiramiz: 

 

Nima  uchun  uchburchakka  uchburchak  deb  nom  berilgan?  Unga  o`zining 



xossalari bilan bog`liq bo`lgan boshqa nom qo`ycish mumkin edimi? 

 



To`g`ri burchak degan nomni qanday talqin qilish mumkin? 

 



Siz  bir  burchagi  to`g`ri  burchak  bo`lgan  uchburchakni  nima  deb  atagan 

bo`lur  edingiz?  (Savol  o`quvchilarni  bu  termin  bilan  tanish`irishdan  oldin 

beriladi)  


 

35

Har  bir  muammo  ma`lum  mantiqiy  bog`lanishga  asoslangan  bo`ladi. 



Shuning  uchun  muammoli  vaziyatlar  o`quvchilarning  xatolaridan  kelib  chiqishi 

mumkin, bu xatolarni o`ziga xos eng sodda sofizm deb qarasa bo`ladi.   

Sofizmlarni  tahlil  qilish-formalizmga  qarshi  kurashdir,  fikr  va  uning  ochiq 

va  aniqligi  uchun  kurash,  tafakkurni  tanqidiy  bo`lishini  tarbiyalovchi  mantiqning 

asosiy  qonunlarini  anglatish  uchun kurash,  hodisalarga  baho  berishga  ob`ektiv  va 

har tomonlama yaqinlashishdan iboratdir.  

 

O`sib kelayotgan yosh avlodda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, 



murabbiylarning 

muhim 


burchlaidan 

biridir.chunki 

mustaqilfikrlovchi 

o`quvchilargina kelajakda  har tomonlama etuk, barkamol insonlar bo`lib etishadi,  

Hozirgi davr o`kitish tizimi ko`proq xotirni rivojlantirishga qaratilgan. Biroq ayrim 

o`qituvchlarda  bugun  bir  mavzunitushuntirib,  tayyor  holda  o`quvchilarga  etkazib 

berib,  ertasiga  shu  mavzuning  mazmunini  so`rash  hollari  ko`p  uchraydi.  Bunday 

darsda  hech  qanday  muammoli  vaziyat  yaratilmaydi,  o`qo`vchilarning  mustaqil 

fikrlashiga imkon berilmaydi.  O`qituvchilarning o`zlari o`qo`vchilarning  mustaqil 

fikr  yurita  olmasliklarini  bilishadi.    Lekin  qanday  qilib  o`qo`vchida  mustaqil  fikr 

yuritish qobiliyatini shakllantirishga qiynaladilar. 

 

Zero  yosh  avlodni  ruhan  sog`lom,  ma`naviy  barkamol,  yukasak  marifatli 



inson  qilib  tarbiyalashda  ularni  boshlang`ich  sinflardan  mustaqil  ijodiy  fikrlashga 

o`rgatish lozim. Chunki boshlang`ich sinflarda o`qo`vchilarning didi, dunyoqarashi 

salohiyati,  barcha  psixik  jarayonlari  individual  psixologik  xususiyatlari  

shakllanadi.  Bu  vazifani  eng  avvalo  maktab  boshlang`ichi  sinf  o`qituvchilari 

bajarishlari kerak.  Tafakkur-  atrof  muhitdagi  voqelikni  nutq  yordami  bilan 

bevosita umumlashgan holda aks ettiruvchi jarayon, ijtimoiy voqelikni anglashga, 

yangilik  yaratishga  va  uni  yakuiy  xulosa  qila  olishga  yo`naltirilgan  aqliy 

faoliyatdir.  Mustaqil  fikr  yuritish  yoki  tafakkur  mustaqilligi  deganda,  kishining 

shaxsiy tashabbusi bilan o`z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo`ya bilishi ular 

yuzavsidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faroazni qo`ya bilishi, natijani ko`z oldiga 

keltira olishi, qo`yilgan vazifani hech kimning ko`magisiz, ko`rsatmasisiz, o`zining 


 

36

aqliy  izlanishi  tufayli  turli  yo`l  usul  va  vositalar  topib,  mustaqil  ravishda  hal 



qilinishidan iborat aqliy faoliyatni tushunish kerak. 

 

Bu borada boladagi mustaqil fikrlash malakasini shakllantirishda kitb katta 



rol  o`ynaydi.  O`quvchilarga  kitob  bilan  ishlashning    eng  to`g`rii  usullarini 

o`rgatmasdan  ularga  ta`lim  berish  mumkin  emas.  Turli  ko`nikma  malakalarni  va 

bilimlarni  egallash  faqatgina  o`qituvchi  yordamida  amalga  oshirilmasdan,  bunga 

mustaqil ishlash orqali ham erishish mumkin.  

 

Bolalarga boshlang`ich sinflardanoq  mustaqil fikrlash malakasini o`rgatish 



maqsadga  muvofiqdir.  Ularga  deylik  suhbatdoshining  fikrlarini  diqqat  bilan 

tinglash,  uni  davom  ettirish  kabi  topshiriqlarni  berish  mumkin.  Shunday  qilib 

boshlang`ich sinf o`quvchilarida mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish uchun  

bizningcha,  an`anaviy  bo`lmagan  o`yinlar,  mashqlar,  topshiriqlar  majmuidan 

foydalanish  ham  yaxshi  samaralar  beradi.  Noan`anaviy  topshiriqlar    va  mashqlar 

barcha tafakkur operaciyalarini amaldarivojlantirishga qaratilgan. 

 

Bola  maktabga  kelgan  kunidan  boshlab,  ta`lim  jarayonida  unda  ilmiy 



tushunchalar  va  tasavvurlar    miqdori  soat  sayin  orta  boradi,  u  asta  sekin 

o`zlashtirilayotgan  tushuncha  va  tasavvurlarning  asl  ma`nosi,  mohiyatiga  tushuna 

boshlaydi.  Umuman  bolaning  fikr  yuritish  doirasi,  ko`lami  va  mazmuni  kengaya 

boradi. 


 

Ta`lim jarayonida o`quvchilar bilimlar sistemasini, uquv ko`nikmalarini va 

malakalarini  egallash orqali o`zlarining  bilim fondlarini ko`paytiradilar,  shuning 

bilan  birga  ilmiy  tushunchalarning    tub  manosi  ular  ongiga  singa  boradi.  Bu 

ishlarning  hammasini  izchillik  bilane  ketma-ket  bir  teksi  amalga  oshirish  uchun  

o`quvchilar  ma`lum  darajada  bilimlar  va  ko`nikmalarni  egallagan,  qloversa 

tafakkur  formalarini  va  mantiqiy  fikr  yuritish  qoidalarini  o`zlashtirib  olgan 

bo`lishlarrp kerak.  

 

Kichik  maktab  yoshidagibolalarda  ilmiy  tushunchalarni  to`g`ri  tarkib 



toptirish  uchun    o`qituvchi  bola  tafakkurining  rivojlanish  xususiyatlarini,  uning 

qonunuiyatlarini  puxta  anglab  olgan  bo`lishlari  kerak.        Fikr  yuritish 



 

37

operaciyalarininng    psixologiya  asoslarini    va  mnexanizmlarini  bilmasdan  turib  u 



bularni o`quvchilar ongiga singdira olishi mumkin emas. 

 

Tushunchalarni  shakllantrishning  asosiy  manbalari  dan  biri  ularni 



umumlashtirishdir.  Tadqiqotlarning  natijalariga  ko`ra  bolalar  narsalar  sonining 

o`zgarmas  tushunchasini  o`rta  hisobda  7-8  yoshda,  og`irlikning  o`zgarmas 

tushunchasini    9-10  yoshda,  hajmning  o`zgarmasligini  esa  faqat  11-12  yoshda 

tushunadilar.  

Kichik  maktab  yoshidagi  o`quvchilar  ta`lim  jarayonida  qator  ilmiy 

tushunchalarni  o`zlashtirib  olsalarda  ,  lekin  o`tgan  darslarda  o`zlashtirilgan  turli 

belgilar  bilan  qorishtirib,  chalkashtirib  yuboradilar.  Chunki  bu  yoshdagi 

o`qo`vchilarda  tushunchalar  tarkibiga  kiruvchi  narsa  va  hodisalar  bilan  ularning 

belgi  va  alomatlari  o`rtasida  hanuzgacha    uzviy  bog`lanish  tarkib  topmagan 

bo`ladi.      Shunigdek  ular  ilmiy  tushuncha  bilan  turmushda  istemol  qilinadigan 

tushunchalarnii o`xshashlik va farqli jihatlarini  ajratib ololmaydilar. 

 

Ko`pgina  tushunchalar,  jumladan,  baland-past,  uzoq-yaqin,  kam-ko`p, 



katta-kichik,  va  boshqalar  dastaavval  voqelikdagi  narsa  va  hodisalar  o`rtasidagi 

fazovi ymunosabatlarini bevosita idrok qilish asosida o`zlashtiriladi. Keyinroq esa  

umumlashtirish  jarayoni  son  tushunchasida  ifodalangan  bilimning  miqdor  

munosabatiga asoslangan bo`ladi.  Biroq kichik maktab yoshidagi bolalarga fazovi 

y  munosabatlari  haqidagi  tushunchalarni  o`zlashtirish  juda  qiyindir.  Birinchi  sinf 

o`quvchilari    uzunlik  o`lchov  birligini  o`zlashtirishda  qiynaladilar,  chunki  ular 

uznlik o`lchov birligining asosiy belgisi-uning uzunligini ajratishni bilmaydilar. Bu 

yoshdagi  o`quvchilar  «metr»  tushunchasini    buyum  formasi  bilan  bir  deb 

hisoblaydilar.  Boshqacha  so`z  bilan  aytganda  metr  deganda  abstakt  tushunchani 

emas,  balki  uning  konkret  ko`rinishini  (yog`och,  metr,  buklanadigan  metr. 

Materiallardan qilingan metr) nazarda tutiladi. Tushunchaning kelib chiqish tomoni 

ularni etarlicha qiziqtirmaydi. 

Kundan  kunga  ma`lumot  oshib  borayotgan  bilan  tushunarli  bo`ladiki 

bugungi  o`quvchilarga  kerak  bo`ladigan  narsalarni      hammasini  o`rgatib 



 

38

bo`lmaydi.  O`zlashtirilgan  ma`lumot  juda  tez  eskirib  qolmoqda,  chunki  har  kuni 



yangi ma`lumotlar chiqmoqda. 

Fanda o`qitish nazariyasi ushbu fanni o`qitish bo`yicha metodik tizimlarning 

faoliyat  qonunini  ochib  beradi.  Metodika  ularni  tadbiqini,  texnologiya  esa  ushbu 

modelni amalgam oshirish usullarini ishlab chiqadi.

1

  

 



Ta`lim  jarayonida  o`quvchilarning  muhokamasi  ularning  egallagan 

bilimlari evaziga, anglashilganlik xususiyatining mavjudligidan    oddiy formadan 

asta  sekin  murakkab  formaga  o`tadi.  Ammo  ushbu  ichki  murakkab  jarayon    bir 

talay  qiynchiliklarni  engish  tufayli  namoyon  bo`ladi.  Sistemali  bilimlarni 

egallashga qiziqish har qandayo qiynchiliklarni engishga etaklaydi.  

 

Dastavval birinchi sinf o`quvchisi     tushunchalarni narsa va hodisalarning 



tashqi belgisiga asosan umumlashtirib, voqelikning tashqi belgisiga tayangan holda 

tor  va  bir  tomonlama  hukm  chiqarishga  o`rgangan  bo`ladilar.  Ularning  hukmi 

qanday  bo`lishidan qat`iy  nazar,  keskin  tasdiqlovchi  xarakterga  ega bo`ladi.  Aniq 

dalilar bilan tasdiqlab berilgandan so`ng ularda mavjud bo`lgan qat`iylik o`zgarishi 

mumkin.  Agarda  o`qituvchi  didaktik  qobiliyatga  ega  bo`lsa  buning  uddasidan 

chiqadi.  

 

Boshlang`ich sinf o`quvchilarining bilim doirasi kengaya borgan sari  ular 



qat`iy  hukmlardan  taxminiy  hukmlarga  ko`cha  boshlaydilar,  chunki  ular  narsa  va 

hodisalarning, xususiyat, qonuniyat va xossalarning turldi jihatlariga ega ekanligini 

anglab olish bosqichiga       ko`tariladilar. Ularda bevosita muhokama qilish, dalil 

keltirish  holatlari  isbotlashning  shartli  formasiga  asoslanib  fikr  yuritishga  o`tadi. 

Bolalar  narsa  va  hodisalarning  paydo  bo`lish  sabablarini  aniqlash  paytida  masala 

va savol qo`yishdan tashqari muammoni hal qilishga odatlana boshlaydilar.  

 

O`qo`vchilarning  nazariy  tafakkurni  toptirishda  matematika  masalalarini 



echish,  grammatik  kategoriyalarni  o`zlashtirish    va  murakkab  chiizmalar  bilan 

tanishtirish  kabi  holatlar  muhim  rol  o`ynaydi.  Ular  mana  shu  jarayonlarda  turli 

muhokama, munozara, mantiqan asoslash usullarini egallaydilar.  

                                                           

1

 Фарберман.Б.Л.”Олий талимда укитишнинг змонавий усуллари.T-2002 y. 70-71 б 



 

39

 



Sinfdan  sinfga  o`tish  jarayonida  predmetlar  miqdorining  ortib  borishi 

natijasida  abstrakciyalash  faoliyati  bolalarda  yanada  jadal  rivojlanadi.  Chunki 

o`qitilayotgan har bir fanda mavhumiylik albatta uchraydi va u o`kuvchilar ongiga 

singdirila  boriladi.  Birinchi  sinf  o`qvchilarining  tafakkuri  quyidagicha 

rivojlantirilsa  u holda samarali  natijalar beradi.   

 

O`quvchining  «bu  nima?»,  «nega  bunday?»  degan  savollariga  o`zi  javob 



berishiga o`rgatish  kerak. Bu o`rinda asosiy vazifa unga to`g`ri ko`rsatma berish, 

uni  mantiqiy  xatolardan  qutqarish,  to`gri  mulohaza  yuritishga  ko`maklashishdan 

iboratdir. Masalan: «5 » raqami qanday bo`laklardan tuzilgan?      Bir juft so`zdan 

gap  tuzish  mumkinmi?  3  va  2  sonlarini  yaxlitlab  ko`ringchi.  To`rt  tayoqchadan 

to`rtburchak yasangchi?  Va boshqalar. 

 

Yaqqol  narsalar  o`quvchi  uchun  juda  tez  mashg`ul  bo`lishni  yaxshi 



ko`radi.  Masalan,  katta,  uchburchak,    hajm,  to`rtburchak  kabi  tuunchalarni  ular 

juda  tez  tushunib  ololmaydilar.  Ularni  yaqqolashtirlgandan  so`nggina  anglay 

boradilar.  Katta  ko`cha,  uchburchak  taxtacha,  besh  litrli  idish  va  hokazolar 

to`g`risida  ma`lumot  berilgandan  keyingina  o`quvchilar  yuqoridagi    tushunchalar 

haqida  tasavvurga  ega  bo`ladilar.  Ammo  har  qanda  y  narsalarni  ham 

yaqqollashtiraverish,  ya`ni  konkretlashtirish  maqsadga  muvofiq  bo`lavermaydi. 

Chunki  bu  narsaning  odat  tusiga  kirib  borishi  bolalarda  mavhum  tushunchalar 

shakllanishiga salbiy tasir ko`rsatadi. Ta`lim jarayonida bunday noxush holatlardan 

iloji boricha saqlanib turish kerak.  

 

Boshlang`ich  sinflarda  o`quvchida  matematik  faoliyatni  amalga  oshirish 



uchun zarur bo`lgan quyidagi sifatlarni shakllantirish lozim: 

mazkur  faoliyatga  aktiv,  ijobiy  munosabat  unga  qiziqish  u  bilan  shug`ullanishiga 

kuchli ishtiyoq, tabiiy ichki mayl ehtiyojni uyg`otish kerak. 

Mehnatsevarlik  batartiblilik,  barqaror  diqqat,  aqliy  mustaqillik,  maqsadga 

intiluvchanlik,  qat`iylik.  Fanlar  bo`yicha  o`z  yoshi  va  sinfi  darajasida  bilim, 

ko`nikma  va  malakalarning  mavjudligi.  Matematik  faoliyat  bilan  shug`ulanishga 

muttasil intilish, istak va undan zavqlanish, ruhiy oziq olishning bo`lishidir. 


 

40

 



Quyidagicha  mantiqiy  mazmundagi  mashqlarning  1sinf  o`quvchilariga 

berilishi  ham  ularning  matematik  tafakurlarini  shakllantrish  va  rivojlantirishga 

xizmat qiladi. 

 

«Mummoni izlashda ziyraklik» topshirig`i.                   



 

1)  Stolda    3  stakan  olcha  bor  edi.  Sanjar  1  stakan  olchani  yedi.  Nechta 

stakan qoldi?                Javob: 3 stakan. 

 

2)  Siz  qorong`i  xonaga  kirdingiz.  U  yerda  sham,  gaz  plitasi  va  kerosin 



chiroq bor. Siz birinchi bo`lib nimani yoqasiz? 

 

Javob: gugurtni. 



 

3)    Fotima  va  Zuhraning  bo`yi  teng.  Zuhra  Gulidan  baland,  Aziza 

Fotimadan baland. Kimning bo`yi baland, Azizaningmi, Guliningmi? 

 

Javob: Azizaning bo`yi baland.  



 

4) 1 kg go`shtni pishirish uchun 1 soat vaqt kerak. 3 kg go`shtni pishirish 

uchun qancha vaqt kerak?   Javob: 1 soat 

 

5) Sardor maktabga borish uchun 1 soatu 10 minut vaqt sarflaydi. Agar u 



opasi Gulmira bilan birga borsa, u yo`lga qancha vaqt sarflaydi? 

 

Javob: 1 soatu 10 daqiqa. 



 

6)  Ikki  bola  ikki  soat  shashka  o`ynashdi.  Ularning  har  `biri  necha  soat 

o`ynagan?       Javob: 2 soat 

 

7)  Likopchada  konfetlar  turgan  edi.  Ikki  opa,  ikki  qiz,  buvi  nevarasi 



bilanbittadan konfet oldi. Likopchada nechta konfet bor edi? 

 

Javob: 3 ta konfet. 



 

Boshlang`ich  sinflarda  muammoli  vaziyatni  faqat  nazariy  masalalarni 

tekshirishda emas, balki masalalar echish munosabati bilan ham yaratish mumkin. 

Echishning  oacional  usullarini  qidirish,  shuningdek,  birinchi  usul  bilan  topilgan 

echimning  ba`zi  cheklashlarda  ,  masalan  tegishli  yasash  ishlarini  bajarish  uchun 

sabab  bo`ladi.  Demak  biz  uchun  har  qanday  echim  ham  maqul  bo`lavermaydi. 

Shuning uchun o`kituvchi o`quilarning qidirish ishini boshqa yo`lga solib yuborish 

imkoniga  ega  bo`ladi.  Matematika  o`qitishda    o`xshatishga  va  umumlashtirishga 



 

41

intilishga  asoslangan  xulosani  tekshirish  zarurati  paydo  bo`lgan  holda  ham 



muammoli vaziyat vujudga keladi. 

   


                            Xulosa 

 

O`qituvchi  kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilar  bilan  qaysi  yo‘nalishda 



ish  tutsa,  ular  tez  shunga  moslashadi.  O‘quvchini  fanga  qiziqtirish,  undagi 

qobiliyatni  yuzaga  chiqarish  kichik  sinf  o‘qituvchisidan  mohirlikni,  o‘ziga  xos 

uslubiyatni,  bolajonlikni  talab  etadi.  Shu  sababli  ona  tili  mashg`ulotlarida  

o`qituvchi  nafaqat  qayta  xotiralashga  asoslangan  o`quv  topshiriqlardan,  balki 

qisman  ijodiy  topshiriqlardan  ham  unumli  foydalanishi  lozim.  Ijodiy  topshiriqlar 

ustida  ishlash  bolalarning  yoshi  va  bilim  saviyasi  oshgan  sari        asta-sekin  

murakkablashib   boradi. 

  

6-7 yoshli bolalar o`qishda bir yildan ziyotroq tajribaga ega bo`lgan bolalar 



bo`lib,  ularda  dars  jarayonida  mustaqil  xulosalar  chiqarish  ancha  tarkib  topadi. 

Mashhur  psixolog    B.A.    Kruteskiyning    ta`kidlashicha,  bu    davrda  ular  o`z 

oldilariga    “Nima  uchun  bunday?”  “Nima  uchun  shu  narsani  o`rganish  kerak?” 

degan  savolni  qo`ya  oladigan  bo`lishadi.  Bu  davrda  ular  “Nima    uchun  o`z    ona  

tilimizni    bilishimiz  kerak?”  degan    savolga    javob  bera  oladilar.  Ona  tilini 

o`rganish  ularning  nutqiy  muloqot  doirasini  kengaytirishini,  badiiy,  ilmiy 

adabiyotlarni o`rganishlariga keng yo`l ochib berishini anglay  boshlaydilar. 

Ta`limning  samaradorligi  o`quvchilardan  hukm  va  xulosalar  chiqara  olish  

qobiliyatini  ham  talab  qiladi.  Ona  tili  mashg`ulotlarida  hukm  va  xulosalar  

chiqarish; unli va undosh tovushlarni, so`z  va  qo`shimchalarni, gap qurilishlarini  

o`zaro  qiyoslash;    ularning  o`xshash  va  farqli  tomonlarini  aniqlash;  uyadosh  so`z 

va    qo`shimchalar  ro`yxatini  tuzish;  ularni  muayyan  belgilariga  qarab  guruhlash    

singarilar asosida amalga  oshiriladi.  Shuning  uchun 2-sinf oquvchilarini bu  aqliy  

faoliyat   usullarini  bajarishga  o`rgatish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

 

 

 



 

42

II-БОБ.  2-SINF    O`QUVCHILARIGA  ARIFMETIK  MASALALARNI 



YECHISHNI O`RGATISH METODIKASI. 

II.I. Sonni bir necha birlik kamaytirishga oid  sodda masalalarni  yechishni 

o`rgatish  metodikasi  matematika  o`qitish  jarayonida  muhim  ahamiyatga  egadir. 

Boshlang`ich  talim  jarayoni  mustaqil  davlatning  talim  tarbiya  tizimida  umumiy 

o`rta  talimning  dastlabki  bosqichi  sifatida  namoyon  bo`ladi.  Malumki  amaldagi 

boshlang`ich  talim  predmetli    o`qitishga  asoslangan  bo`lib,  uning  asosiy  maqsadi 

bolalarda  elementar  tarzdagi  o`qish,    yozish,  hisoblash  ko`nikmalarini  hosil 

qilishdan  hamda ob`yektiv olam haqidagi  tasavvurlarni oshirishdan iborat edi. 

Boshlang’ich  sinfda  muhim  masalalardan  biri  o’quvchilarda  ongli  va 

mustahkam  hisoblash  malakalarini  shakllantirish  edi  va  shunday  bo’lib  qoladi.  

O’quvchilarga  egallagan  bilim        o’quv  va  malakalarini  turli  xil  sharoitlarda 

qo’llanishga o’rgatishni o’qitishning maxsus masalasi sifatida qarash kerak. Bunda 

o`quv  adabiyotidagi  tasviriy  materiallar  muhim  o`rin  egallaydi  va  ularga 

qo`yiladigan talablar quyidagilar: 

-tasviriy  materiallardan  ular  kitobdagi  yozma  axborotni  to`ldirgan,  mazmunini 

ochishga xizmat qilgan hollarda foydalanish maqsadga muvofiqdir; 

-tasvir  turli  saviyadagi  o`quvchilar  tushunishlari  va  tahlil  qilishlariga  mos 

bo`lishi kerak; 

-tasvirlarda o`quvchining mavzu mazmunini tushunib olishiga xalaqit beradigan 

ortiqcha axborot bo`lmasligi kerak; 

1

 



 

Ko`rinib  turibdiki,  amaldagi  boshlang`ich  talim  jarayoni    o`z  xarakteriga 

ko`ra  yopiq,  unitar  (yakka)  xarakterdagi  talimdan  tashkil  topgan  edi.  Bolalarga 

milliy  axloq  va  nafosat  meyyorlarini  singdirish  vazifasi  bu  tizimdan  tashqarida 

qolgan edi. Uzoq yillar davomida boshlang`ich talim  goh to`liqsiz o`rta talimning , 

gohida  esa  o`rta  talimning    tarkibiy  qismi  bo`lib  keldi.  Mamlakatimizda  milliy 

                                                           

1

 S.G`ulomov. O`quv adabiyotini yaratish va uni baholash mezonlari. T-1998 y 9-10 bet  



 

 


 

43

kadrlar  tayyorlash  tizimiga    asos  solinishi  natijasida  boshlang`ich  talim  umumiy 



o`rta  talimning    tarkibiy  qismi  sifatida  etirof  etildi.Endi  boshlang`ich  talimning 

mazmuni  ham,  bu  bosqichda  o`qitiladigan  o`quv  predmetlari  ham    yopiq  tizim 

sifatida  davlat  va  jamiyat  boshlang`ich  talim  oldiga    qo`yayotgan  ijtimoiy 

buyurtmani bajara olmaydi. Bu sharoitda boshlang`ich talimning mazmuni ham, bu 

bosqichda o`qitiladigan o`quv predmetlarining mazmuni ham konseptual asoslarga 

tayangan  holda  yangilanishi  kerak.  Yangicha  ijtimoiy  iqtisodiy  munosabatlar 

rivojlanayotgan  hozirgi  davrda  milliy  kadrlar  tayyorlash  tizimining    poydevori 

bo`lgan boshlang`ich talim quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: 

 

1.Kichik  maktab  yoshidagi  o`quvchilarda  o`qish,  o`rganish  istagi  va 



ko`nikmalarini shakllantirish; 

 

2.Boshlang`ich  sinf  o`quvchilarida  yuqori  darajada  shakllangan  bilish 



jarayoniga, bilish faoliyatiga intilkishni kuchaytirish; 

 

Bilsih  faoliyatiga  bo`lgan  ongli  intilish  shakllangandagina  talim 



muvoffaqiyatli  bo`ladi.  Agar  boshlang`ich  talim  jarayoni  o`quvchida  bilishga 

bo`lgan  ishtiyoqni  shakllantira  olmas  ekan,  yuqori  sinflarga  brogan  sari  uning 

bilishga  bo`lgan  intilishi  susayadi.  Bu  esa,  o`z  navbatida,  boshlang`ich  sinf 

bitiruvchilarining ko`nikma va malakalariga ham salbiy tasir ko`rsatadi.  

 

Boshlang`ich  sinf  o`quvchilarida  o`z  ko`nikma  va  malakalarini  nazorat 



qilish va ob`yektiv tarzda baholay olishga  oid mas`uliyat ham shallangan bo`lishi 

kerak.  O`quvchining  o`zi  berilgan  o`quv    materialni  modellashtira  olish 

ko`nikmasiga  ega  bo`lishi  zarur.  Bu  jarayonda  boalning  o`zi  mustaqil  tarzda  har 

qanday  sxema  model  bo`la  olmasligini    tushunib  yetishi  kerak,  bir  so`z  bilan 

aytganda  unda  faraz  qila  olish  ko`nikmasi  hosil  bo`lishi  kerak.  Kichik  maktab 

yoshida  o`qishga,  o`rganishga  yo`naltirilgan  faoliyat  yetakchi  mavqega  ega 

bo`ladi.  Shu  bilan  bir  qatorda  kichik  maktab  yoshidagi  o`quvchilarning  

rivojlanishida  o`yin,  sport,  ijodiy  faoliyat  ham  muhim  o`rin  tutadi.  Lekin  o`qish 

o`rganish,  yani  talimiy  faoliyat,  boshqa  barcha  faoliyat  turlarini  muayyan  bir 

maqsadga-bolani mujassam rivojlantirish maqsadiga yo`naltirishi lozim. Jumladan, 



 

44

nutq  va  savodxonlikni  rivojlantirishga,  jismoniy  taraqqiyotni  taminlashga  va 



boshqalar. 

 

Ayni  shu  rivojlantiruvchi talim  jarayoni   o`quvchining ongini,  tafakkurini 



rivojlantirishga  hamda uning shaxsiy taraqqiyotiga keng imkoniyat yaratadi. 

Matematikani  o’qitish  sistemasida  masalalar  yechish  samarali  mashq 

qilish turlaridan biridir. 

 

Masalalar  yechish  avvalo  bolalarda  mukammal  matematik  tushunchalarni 



shakllantirishi,  ularning  o’quv  dasturida  belgilab  berilgan  nazariy  bilimlarni 

o’zlashtirishlarida muhim ahamiyatga ega. 

 

Masala.  O’quvchida  14  ta  rangli  va  2  ta  oddiy  qalam  bor. 



O’quvchida hammasi bo’lib nechta oddiy qalam bor? 

 

Bu  masala  orqali  o’quvchilarda  ayirish  haqida  tushunchani 



shakllantirish, mustahkamlash va yig’indini topishga doir bilimlar hosil 

bo’ladi.   Masalalar  yechish  orqali  o’quvchilarda  yangi  bilim  vujudga 

keladi va mavjud bilimlar tadbiq qilinadi, shu orqali mustahkamlanadi. 

Masalan, bilimlarning shaklanishida nazariyani amaliyot bilan o’qitishni 

turmush  bilan  bog’liq  olib  borish  imkonini  beradi.  Masala  yechish 

orqali  xarid  qilingan  narsaning  narxini,  kvartira  ta’mirlashning  bahosi, 

poyezdga kechikmaslik uchun uydan qachon chiqish kerak, degan turli 

xildagi amaliy hisoblashlarni hal qilib beradi. 

 

O’quvchilar  masalalarni  yechayotganda  turli  xil  matematik 



tushunchalar  –  son,  arifmetik  amal,  qo’shiluvchi,  yig’indi,  qoldiq 

kabilar  bilan  tanishadilar,  shuningdek  atrof  muhitdagi,  fandagi, 

texnikadagi  turli  xil  bog’liqli  muammolar  bilan  tanishadilar  va  uni 

yechadilar. 

 

Yuqoridan  kelib  chiqqan  holda  masalaning  2  ta  muhim 



funksiyasi mavjudligini bilamiz. 

 

a) masalaning bilish xarakteridagi funksiyasi 



 

b) masalaning tarbiyaviy xarakteridagi funksiyasi 



 

45

  



Masalalar  yechish  jarayonining  o’zi  metodikada  o’quvchilarning 

aqliy  rivojlanishiga  ancha  ijodiy  ta’sir  ko’rsatishi  ma’lum.  U  aqliy 

operatsiyalarni;  analiz  va  sintez,  konkretlashtirish  va  obstraklashtirish, 

taqqoslash,  umumlashtirish  kabilarni  rivojlantiradi.  Turmushda  sonlar 

bilan bog’liq bo’lgan turli xil hayotiy hisoblashlar vujudga keladiki, uni 

hal  qilish  uchun  arifmetik  amallar  bajarishga  to’g’ri  keladi..  Bunday 

hisoblash ishini talab qiladigan mazmun masala deyiladi. 

 

Har  bir  masala  berilgan  (ma’lum)  va  izlanayotgan  (noma’lum) 



sonlarni  o’z  ichiga  oladi.  Masaladagi  sonlar,  to’plamlar  sonini  yoki 

topilishi kerak bo’lgan noaniq sonlar bo’ladi. Har bir masalada shart va 

savol  bo’ladi.  Masala  shartida  berilgan  sonlar  orasidagi  va  berilgan 

sonlar  bilan  izlanayotgan  sonlar  orasida  bog’lanish  ko’rsatiladi;  bu 

bog’lanishlar  tegishli  arifmetik  amallarni  tanlashni  belgilab  beradi. 

Savol esa qaysi son izlanayotgan son ekanini bildiradi. 

 

Masala: yengil mashina 4 soat yo’lda 56 km tezlik bilan yurgan. 



Mashina qancha masofa yurgan? 

 

Sharti:  yengil  mashina  4  soat  yo’lda  56  km  tezlik  bilan  yurdi 



(ma’lum yoki berilgan). 

 

Savol:  Mashina  qancha  masofa  yurgan?  (izlanayotgan  yoki 



noma’lum)  Masalani  yechish:  bu  masala  shartida  berilgan  sonlar  va 

izlanayotgan  sonlar  orasidagi  bog’lanishni  ochib  berish  va  shu  asosda 

arifmetik  amallarni  tanlash,  keyin  esa  ularni  bajarish  hamda  masala 

savoliga javob berish demakdir. 

Arifmetik 

Arifmetik 

Arifmetik 

Arifmetik mas

mas

mas


masalalarni 2 t

alalarni 2 t

alalarni 2 t

alalarni 2 turga bo’lish mumkin

urga bo’lish mumkin

urga bo’lish mumkin

urga bo’lish mumkin::::    

 

a)1 ta arifmetik amallar bilan yechiladigan sodda masalalar; 



 

b)  2  ta  va  undan  ortiq  amallar  bilan  yechiladigan  murakkab 

masalalar. 

 

Turli  xildagi  sodda  masalalarni  yechish  jarayonida  o’quvchilar 



arifmetik  amallarning  ma’nosini  tushunib,  qaysi  holda  qaysi  amalni 

qo’llash  mumkinligini  bilib  oladilar.  Arifmetik  amallarni  qo’llashda 

murakkab masalalarni yechishga asta-sekin o’tib boriladi. 


 

46

 



Arifmetik  masalalarni  yechish  orqali  qurilishni,  xo’jalik  va 

madaniyatini,  mamlakatning  qurilish  madaniyati,  qishloq  xo’jaligi, 

ishlab chiqarish sohasidagi yutuqlar bilan tanishib boradilar. 

 

Masalalar yechish orqali o’quvchilar yozma va og’zaki hisoblash 



qobiliyatini, murakkab masalalarni yechish orqali esa sonli formulalarni 

o’zgartirish qobiliyatini rivojlantiradi. 

 

Arifmetik  masalalarni  yechishda  arifmetik  amallarning  xossa  va 



qonuniyatlaridan foydalaniladi. 

 

Masala  yechish  ketma-ketligida  quyidagilarni  amalga  oshirish 



lozim: 

 

1. Masalani tanlashda o’rganish va uni mustaqil o’qiy olish. 



 

2.  Masalani  dastlabki  taxlil  qilish,  ma’lumni  noma’lumdan, 

muhimni  nomuhimdan  ajratish,  berilgan  bilan  izlanayotganlar  orasida 

bog’lanish o’rnatish. 

 

3. Masalani qisqa yozish malakasi. 



 

4. Sodda masalalarni yechishda amal tanlashni asoslab berish va 

murakkab  masala  tahlilini  amalga  oshirish,  so’ngra  yechish  rejasini 

tuzish. 


 

5.  yechimni  bajarish,  uni  o’qituvchi  talabiga  mos  qilib  daftarga 

yoki doskaga yozib masala savoliga javob berish. 

 

6. Masalani yechimini tekshira olish. 



 

Masalalar  yechishda  eng  avvalo  berilganlar  va  izlanayotgan 

sonlar va ular orasidagi bog’lanishni aniqlash kerak. 

 

Sodda  masalalar  yig’indi,  ayirma  va  qoldiqni  topishga  doir 



bo’lishi mumkin. 

 

1. Predmetlar to’plamning yig’indisini topishga doir. 



 

2. Bir narsadan ikkinchisini ayirganda qancha qolishga doir. 

 

3-4. Ayirmani bilishga doir. 



 

a) bir narsa ikkinchisidan qancha katta; 

 

b) biri ikkinchisidan qanchaga kam. 



 

47

 



Sodda  masalalarda  berilganlar  orqali  izlanayotganini  topish, 

aksincha  izlangan  son  orqali  berilganini  topish  mumkin.  Bunday 

amallar bajarishni o’zaro teskari amallar deyiladi. 

 

1.  O’quvchi  4  ta  qizil  va  3  ta  ko’k  bayroq  tayyorladi.  O’quvchi 



qancha bayroq tayyorlagan. 

 

Masalada yig’indini topish talab qilinadi. 



 

1. O’quvchi 7 ta bayroq, shundan 3 tasi ko’k bayroq tayyorladi. 

Nechta qizil bayroq tayyorlagan? 

 

Masalada 1-qo’shiluvchini topish talab qilinadi. 



 

2.  O’quvchi  7  ta  bayroq  tayyorladi,  shundan  4  tasi  qizil,  bir 

nechtasi ko’k bayroq, qancha ko’k bayroq tayyorlandi? 

 

Masalada ikkinchi qo’shiluvchini topish talab qilinadi. 



 

Ko’paytirishga  va  bo’lishga  doir  ham  o’zaro  teskari  masalalar 

tuzish  mumkin.  Sodda  masalalarni  yechishda  murakkabligiga  qarab 

quyidagilarga bo’lish mumkin. 

 

a)  masalalarni  o’zlarining  malakalari  bilan  yechiladigan 



masalalar; 

 

b) sodda fikrlash bilan yechiladigan masalalar; 



 

v) mazmunida “nechta ko’p”, “nechta kam” savollarini o’z ichiga 

oladigan masalalar. 

 Masalalarni tahlil qilib yechish metodikasi. 

 

Masala  tahlili  analitik,  sintetik  metod  bilan  amalga  oshiriladi, 



chunki  masalani  yechishda  o’quvchining  fikri  hamma  vaqt 

berilganlardan  izlanayotganlarga  va  izlanayotganlardan  berilganlarga 

borishi kerak. 

 

Masala  u  yoki  yo’l  bilan  tahlil  qilingandan  keyin  yechim  rejasi  tuziladi, 



ya’ni  masalaning  yakuniy  savoliga  javob  berish  uchun  oldin  nimani  bilib 

olishimiz, keyin nimani bilishimiz belgilab olinadi. 

 

Masalan, ustaxonada ko’ylaklar va shuncha kostyum tikildi. Har 



bir  ko’ylakka  3  metr,  har  bir  kostyumga  4  metr  material  ketadi,  agar 

 

48

ko’ylaklar  uchun  24  metr  material  ketgan  bo’lsa,  kostyumlar  uchun 



qancha  material  ketgan.  Masala  tahlilini  quyidagi  jadval  orqali 

izohlaymiz. 

 

 

1 ta kiyim uchun 



sarflandi 

Kiyimlar soni 

Sarflangan 

material 

Ko’ylak kostyum 

3 m 


4 m 

Bir xil 


24

 

m   



 

 



 

Masala tahlili masala savolidagi berilganlarga qarab boradi: 

 

1.  Masalada  nimani  bilish  talab  qilinadi?  (kostyumga  ketgan 



materialni) 

 

2. Buni birdaniga bilib bo’ladimi? (yo’q) 



 

3. Nega? (nechta kostyum tikilganini bilmaymiz) 

 

4. Nechta kostyum tikilganini bilib bo’ladimi? (bo’ladi) 



 

5.  Qanday  qilib?  (nechta  ko’ylak  tikilgan  bo’lsa  shuncha 

kostyum tikilgan) 

 

Nechta  ko’ylak  tikilgan?  (24  m  materialning  har  3  m  dan  bitta 



ko’ylak tikilgan bo’lsa, 24:3=8 ta ko’ylak tikilgan). 

 

6. Kostyum ham 8 ta bo’lsa, har bir kostyumga 4 m dan material 



ketsa jami necha m material ketgan. (8*4=32 m) 

 

7. Masala savoliga javob berdikmi? (ha) 



 

1-sinfdan boshlab sodda masalalar yechish ketma-ket tartibda 

berib  boriladi.  Eng  avvalo  o’quvchilar  o’quvchining  topshirig’i  bilan 

amaliy xarakterdagi mashqlarni bajaradilar. 

 

Masalan,  3  ta  cho’pga  bir  cho’pni  qo’shganda  nechta  cho’p 



bo’ladi,  degan  o’quvchining  savolini  o’quvchilar  bevosita  cho’plar 

orqali  bajaradilar.  O’qituvchi  rahbarligida  o’quvchilar  masalada 

berilganlarni elementar mulohazalarga ajratadilar. 


 

49

 



a)  masalada  berilganlar  yoki  bizga  nimalar  ma’lum  degan  savol 

qo’yadi; 

 

b) masalada savoli yoki nimani bilish kerak; 



 

v) kerakli amalni bajarish. 

 

g) masalaning javobini keltirib chiqarish. 



 

Bundan 


keyin 

o’quvchilar 

masalalar 

yechishda 

sonli 

berilganlarni  tasvirlovchi  rasmlardan  foydalanadilar.  Masala  yechish 



malakalari  rivojlangan  sari  o’quvchilar  tushunadigan  predmet  va 

hodisalar orasidagi bog’lanishga doir masalalarni yecha boshlaydilar. 

 

Noma’lum  qo’shiluvchi  qatnashgan  masalalarni  yechishga 



muhokama 

qilishdan 

foydalanish 

kerak. 


Bunday 

masalalarni 

qiynalmasdan yechishi uchun o’quvchilarning o’zlariga kuzatish asosida 

masalalarni mustaqil tuzdirish kerak. 

 

Masalan,  noma’lum  songa  3  qo’shildi  va  8  hosil  qilindi. 



Noma’lum sonni toping. 

 

Noma’lum  sonni  x  bilan  belgilaymiz,  uni  o’quvchi  tushuntirib 



x+3q8 

ni hosil qiladi. 

 

a) misolda nima ma’lum? (2-qo’shiluvchini va yig’indi) 



 

b) nima noma’lum? (1-qo’shiluvchi) 

 

v) noma’lum qo’shiluvchi 3-qo’shiluvchida hosil bo’lgan (8) 



 

g) partaga 8 ta uchburchak qo’ying, 8 soni qanday hosil bo’ldi? (noma’lum 

songa 3 qo’shildi va 8 soni hosil bo’ldi) 

 

d) shu 3 ta uchburchakni oling, nechta uchburchak bo’lgan? (5) 



 

e) uni qanday bildingiz (8 dan 3 ni ajratdik) 

 

f)  biz  nimani  bildik,  8  dan  uchni  ayirdik,  (1-qo’shiluvchini 



topdik). O’quvchilarga quyidagi yozuvlarni ko’rsatamiz. 

 

X+3=8 



   

x=8-3 


x=5 

 

Sonni  bir  necha  birlikka  kamaytirishga  doir  quyidagi  sodda  masalalarni 



yechish o`quvchilarda matematika faniga bo`lgan qiziqshni yanada rivojlantiradi: 

1.

 



Noma'lum son 80 dan 7 ta kichik. Noma'lum son nimaga tеng? 

 

50

2.



 

Noma'lum son 14 dan 6 ta kichik.Noma'lum sonni toping. 

3.

 

80 ni 30 ta kamaytiring. 12 ni 6 ta kamaytiring. 



4.

 

120 soni 80 dan kancha ortik? 80 soni 110 dan kancha kichik? 



5.

 

20 sonini xosil qilish uchun 40 dan  qanday sonni ayirish kеrak? 



6.

 

30 sonini xosil kilish uchun 36 dan kanday sonni ayirish kеrak? 



7.

 

60 dan noma'lum sonni ayirib, 7 xosil kilindi. Noma'lum son nimaga tеng? 70 



dan noma'lum sonni ayirib, 9 xosil kilindi. Noma'lum sonni toping. 

8.

 



Bolada  15  ta  katak  daftar  bor.  Bir  chizikli  daftarlar  9  ta  kam.  Bolada  nеchta 

bir chiziqli daftar bor? 

9.

 

Bolada 15 ta katak va 3 ta bir chiziqli daftar bor. Bolada nеchta chiziqli daftar 



bor? 

10.


 

Bolada 18  daftar bor. Shulardan 15 tasi bir chiziqli, qolganlari katak daftarlar. 

Katak daftarlar qancha? 

11.


 

18 va 70 sonlarining  yig’indisini  topinig. 



Download 463.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling