O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi toshkent shahar xalq ta’limi
Download 0.99 Mb.
|
4 jarangli va jarangsiz undosh tovus
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jarayoni va texnologiyasi Ishning nomi
- Tezkor javob”
- Darsning borishi: I. Tashkiliy qism
- 2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
- Savollar tahlil qilinadi.
- Normurod Narzullayev V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash .
- VI. Uyga vazifa : 120-mashq. Topishmoqlarni o‘qing va javobi bilan yozing.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: Salomlashish; Davomatni aniqlash; Tozalikni tekshirish;Darsga tayyorgarlik.
O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi. Husnixat daqiqasi: Mard maydonda, kuch bilimda sinaladi. 2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi. 1. 116- mashqni o'zaro tekshirish (yoki o'quvchilardan biri so'zlarni aniq bo'g'inlab topishmoqni o'qiydi). boplab, toblab, kitob so'zlari oxiridagi b harfi jarangsiz undosh p tovushini bildirishi birgalikda aniqlanadi. ”Tezkor javob” oʿyini — Jufti bor jarangli undosh tovushni bildirgan harfni yozing. Alifbodan foydalaning. (Alifbo sinfda osilgan bo'ladi.) Keyingi yo'lga jarangsiz undosh tovushlarni bildirgan harflarni yozing. Yozadilar: “Мosini top” o`yini Bu o`yinda o`quchilar kapalakda berilgan jarangli va jarangsiz undoshlarni topishlari lozim bo`ladi Savollar tahlil qilinadi. Siz nechta harfni yozdingiz? (15.) Jufti bor undosh tovushlar nechta? (16) Nega harf soni kam? “Jurnal” so'zidagi j tovushi va” jiyda” so'zidagi j tovushi bitta harf bilan yoziladi. Bu vazifalarni o'quvchilar, albatta, o'qituvchi yordamida bajaradilar. Matnga sarlavha toping. Istiqlol davrida Toshkentning serqatnov chorrahasida ko‘k gumbazli ulkan muzey qurildi. Bu hashamatli go‘zal bino Vatanimizning ming yillik tarixi va temuriylar sulolasi haqida so‘zlaydi. Muzeyni tomosha qilar ekanmiz, ko‘z o‘ngimizda bobolarimiz Amir Temur, Ulug‘bek va Boburlar hayoti namoyon bo'ladi. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni bo'g‘in ko‘chirish qoidasiga mos holda bo‘g‘inlarga bo‘lib, chiziqcha bilan yozing.
JARANGLI VA JARANGSIZ UNDOSHLAR 117 - mashq. Juftlab berilgan so‘zlarni o‘qing. Mard- mart jim- chim Gul-kul dil- til Dars- darz choy- joy Dog’- tog’ barcha- parcha Bu so‘zlar qaysi harflarga ko‘ra bir-biridan farq qilyapti? Ularni juftlab ayting va talaffuziga e’tibor bering. Ekranda lavha namoyish etiladi. Undosh tovushlar ovoz va shovqinning ishtirok etishiga ko‘ra jarangli va jarangsiz bo‘ladi. [b], [d], [g], □], [I], [m], [n], [r], [v], [y], [z], [g‘], [ng] — jarangli undoshlar. [f], [h], [k], [p], [q], [s], [t], [x], [sh], [ch] — jarangsiz undoshlar. IV. Mustahkamlash. 118- mashq. So’zlarnl juftlab o’qing va ko‘chiring. Aytilishi va yozilishida farq qiladigan undoshlarni aniqlab, tagiga chizing. Maktab — maktabi, maqsad — maqsadi, ijod — ijodi, javob —javobi. Talaffuzda ayrim so’zlarning oxirida kelgan jarangli undosh o’rniga uning jarangsiz jufti eshitiladi: kitob, avlod, hisob, ozod, mayiz, yalpiz. „Zinama-zina“ o`yini o`ynaladi. Bu o`yinda guruhlardan o`quvchilar berilgan so`zlarni tekshirish uchun egalik qo`shimchasining „i“ qoshimchasini qo`shish orqali hosil qiladilar. Kim tez va to`g`ri bajarsa g`olib hisoblanadi.Darxtdagi olmalarni har bir to`g`ri javob orqali qo`lga kiritadilar. so‘zlar oxirida qaysi harf yozilishini aniqlash uchun shu so‘zdan so`ng unli qo‘shib aytiladi: kitob — kitobi, mard — mardona, yalpiz — yalpizi. 119-mashq. She’rni ifodali o‘qing. She’riy parchadagi jarangli va jarangsiz tovushiarni ifodalovchi harflarni alohida yozing. Men — uchqunman, bo‘lgim kelar alanga, Farzand bo‘lib yaray aziz Vatanga! Men — jilg‘aman, ummon bo‘lgim keladi, Men — yog‘duman, Cho’lpon bo’lgim keladi.
O‘quvchilarga savollar bilan murojaat etiladi: 1. Sizda nima ko‘proq taassurot qoldirdi? 2. Siz uchun nima yangilik bo‘ldi? 3. Qaysi topshiriqlar siz uchun qiziqarli bo‘ldi?
O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadi VI. Uyga vazifa : 120-mashq. Topishmoqlarni o‘qing va javobi bilan yozing. 1. Yumaloq, semiz, yog‘i yo‘q, Terisi qalin, tuki yo‘q.
Mazmunga makon, So‘zi serhikmat, Bizga do‘st, ulfat, 0‘rgatar odob, Bu nima, Ozod? Topishmoqlardagi tekshirilishi kerak bo‘lgan so‘z tagiga chizing. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling