Talimiy; : Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo’lish, hamma millat vakillariga yaxshi munosabatda bo’lish bilimini shakllantirish. Tarbiyaviy


Download 123.42 Kb.
bet2/7
Sana16.04.2020
Hajmi123.42 Kb.
#99773
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
odobnoma 4-sinf konspek


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash;

Buyuk ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz? Ularning qaysi jihatlaridan o'mak olsak arziydi?

2. Dunyoning qaysi shaharlarida ajdodlarimiz haykallari o'matilgan?

3. Ma'naviy-madaniy merosni avaylab-asrash degan-da nimani tushunasiz?

4. Buyuk ajdodlarimizdan birining hayoti, ijodi haqida ma'lumot to'plang va daftaringizga yozing.

V.Baholash:Faol qatnashgan o’quvchilar ballari e’lon qilinadi.

VI.Uyga vazifa;Mavzuni o’qib o’rganib kelish. Savollariga javob yozish.

Fan:Odobnoma

Sana:_______________

6. MAVZU:.O’ZLIKNI ANGLASH.Davlat tili. Tilga e’tibor, elga e’tibor

Darsning maqsadi;

talimiy; O’tilgan barcha mavzularni takrorlash. Odobnnoma darsida o’tildan mavzularni mustahkamlash.

Tarbiyaviy;: Insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida madaniy, ma’naviy, milliy merosdagi avlod-ajdodlarimizdan qolgan odob-axloq haqidagi bilimlardan boxabar qilish.

Rivojlantiruvchi; Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalami rag’batlantirib borish.


  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib

bera olish.



  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;



  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo

rioya qilish.


Darsning turi:Yangi bilim beruvchi

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, 4-sinf odobnoma darsligi. Darsning borishi

;I.Tashkiliy qism; O'quvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.



II.O’tilgan mavzuni so'rash; O’tilgan mavzu savol-javob tariqasida o’quvchilardan so’raladi.

III.Yangi mavzuning bayoni;

Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir. O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqo-mat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. (4-modda)

Davlat tili deganda shu davlat hududida asosiy so'zlashuv vositasi bo'lgan til tushuniladi. Barcha davlat hujjatlari davlat tilida yoziladi, yig'inlar, anjumanlar shu tilda olib boriladi.

Har bir davlat o'z davlat tilining sofligini saqlab, boyib borishini ta'minlaydi. Davlat tilini o'rganish va o'qitish uchun hukumat zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi.

O'zbek tili uzoq va boy tarixga ega. Tilimiz rivoji-da Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi aj-dodlarimizning xizmatlari kattadir. Ayniqsa, Alisher Navoiy «Xamsa»dek buyuk asar yaratib, o'zbek adabiy tilining shakllanishiga bebaho hissa qo'shdi.

O'zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qo-nuni 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. Shu bois har yili 21-oktabrni til bayrami sifatida nishonlaymiz.

Mustaqillik yillarida ona tilimiz har jihatdan boyidi, rivoj-landi. Ayrim shahar, tuman, qishloq va mahallalarning qadimiy nomlari tiklandi. Ko'cha, tashkilot va muassasalar nomlari o'zbekcha yuritila boshlandi.

Kishining ona tiliga hurmat-e'tibori shu tilda to'g'ri va ravon so'zlashi, chiroyli va savodli yozishida ko'rinadi. In-son o'z ona tilini qanchalik yaxshi bilsa, uning boyliklaridan shunchalik bahramand bo'ladi.

Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona ля allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili - bu millatning ruhidir.

Ona tilini chuqur bilgan kishi Vatani tarixini ham yaxshi biladi. Tilga e'tiborli bo'lish, uning sofligini saqlash va xush-muomala bo'lish insonning ziynatidir.

Shu bilan birga, chet tillarini bilish bugungi kun yosh-lari uchun juda zarur. Qadimiy kitob - «Avesto»da shunday jumlalar bor: «Men o'z Vatanini himoya qila oladigan va ko'p tillarni egallagan farzandlarimni sharaflayman».

Ota-bobolarimiz «Til bilgan - el biladi», deb bejiz ay-tishmagan va ko'p til bilgan insonlarni qadrlashgan.

TIL HAQIDA HIKMATLAR

Nodonlardek yuzlab so'zni qilma qator, Donolardek bir so'z degil, lek ma'riodor. Sa'diy Sheroziy

Yaxshi so'z - jon ozig'i, Yomon so'z - bosh qozig'i. Xalq maqoli

IV.Mustahkamlash.

1. Davlat tili deganda nimani tushunasiz?

2. Islom Karimovning «Yuksak ma'naviyat - yengil-mas kuch» kitobida ona tilimiz haqida qanday fikrlar bildirilgan?

3. Mustaqillik yillarida ona tilimizning rivojlanishi uchun qanday ishlar amalga oshirildi?

4. Atrofingizdagi insonlardan kimning so'zlashuv odobi sizga ma'qul? O'zingizni til odobiga rioya qilyapman, deb o'ylaysizmi?

5. Til haqidagi hikmatlarning mazmuniga e'tibor qi-ling va eslab qoling.


V.Baholash:Faol qatnashgan o’quvchilar ballari e’lon qilinadi.
VI.Uyga vazifa;Mavzuni o’qib o’rganib kelish. Savollariga javob yozish

Fan:Odobnoma

Sana:_______________

7.MAVZU:.O’ZLIKNI ANGLASH. Mustaqillik yillarida tiklangan tarixiy obidalar, yodgorliklar.

Darsning maqsadi;

talimiy; O’tilgan barcha mavzularni takrorlash. Odobnnoma darsida o’tildan mavzularni mustahkamlash.

Tarbiyaviy;: Insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida madaniy, ma’naviy, milliy merosdagi avlod-ajdodlarimizdan qolgan odob-axloq haqidagi bilimlardan boxabar qilish.

Rivojlantiruvchi; Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalami rag’batlantirib borish.


  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib

bera olish.



  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;



  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo

rioya qilish.


Darsning usuli: savol-javob.

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, 4-sinf odobnoma darsligi.

Darsning borishi;



I.Tashkiliy qism; O'quvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.

II.O’tilgan mavzuni so'rash; O’tilgan mavzu savol-javob tariqasida o’quvchilardan so’raladi.

III.Yangi mavzuning bayoni; Mustaqillik yillarida ona-Vatanimiz tarixini o'rganishga alo-hida e'tibor qaratildi. Chunki Prezidentimiz aytganlaridek, «O'z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo'q». Istiqlol sharofati bilan ko'plab tarixiy obidalar, yodgorliklar tiklandi, buyuk ajdodlarimiz dafn etilgan joylar obodonlashtirildi.

Buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband insonlarni ezgu-likka, halol mehnat qilishga va go'zal axloqli bo'lishga un-dagan. 1993-yilda yurtinnizda alloma tavalludining 675 yil-ligi keng nishonlandi. Hozir bu zotning milliy uslubda qayta tiklangan maqbarasi ziyoratchilar bilan gavjum.

1998-yil Samarqandda Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi tantana qilindi. Xartang qishlog'ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochildi. Shu yili jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan ajdodimiz Ahmad al-Farg'oniy tavalludining 1200 yilligi ham keng nishonlan-di. Farg'ona shahrida Ahmad al-Farg'oniy nomidagi istirohat bog'i ochilib, Quva shahrida uning haykali o'rnatildi.

Shuningdek, istiqlol yillarida jasur sarkarda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, «Alpomish» dostonining 1000 yilligi nishonlandi. Xorazmda Jaloliddin Manguberdi, Termizda esa Alpomish haykallari ochildi. 2000-yilda islom huquqshunosi Imom Burhoniddin Marg'inoniy tavalludining 910 yilligi nishonlandi. Marg'ilonda yodgorlik majmui bunyod etilib, allomaning ramziy maqbarasi o'rnatildi.

Urganchda «Avesto» kitobining 2700 yilligiga ba-g'ishlangan tantanalar bo'lib o'tdi. Yubiley munosabati bilan u yerda «Avesto» nomidagi yodgorlik majmui qad rostladi.Tiklangan yodgorliklar, tarixiy obidalar ota-bobolarimiz ruhiga hurmat-ehtirom ramzidir. Milliy ma'naviyatimizning yuksalishiga bebaho hissa qo'shgan ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.Buni yodda tuting!

«Avesto» - Sharq xalqlarining eng qadimgi yozma yod-gorligi, zardushtiylarning muqaddas kitobi.

«Alpomish» - turkiy xalqlarning yirik va qadimiy dostoni. Unda mardlik, qahramonlik, insoniylik, ezgulik ulug'langan.Yubiley - buyuk shaxslar tavalludining yoxud qut-lug' sanalarning keng miqyosda nishonlanishi. Maqbara - arabcha so'z bo'lib, «qabr» degan ma'noni bildiradi. Imorat ko'rinishidagi bino. Qadim-da mashhur insonlarning qabrlari ustiga qurilgan. POYTAXTGA SAYOHAT

Yangi o'quv yili boshlanishidan oldin Anvarjonning dadasi: - Agar yil davomida a'lo baholarga o'qisarigiz va odobli bo'lsangiz, yozda sizlarni sayohatga olib boraman, - deb va'da berdi.

Bu gapni eshitgan Anvarjon va singlisi Nodira astoydil o'qishga kirishdilar. Dadasi va'da qilganidek, yozgi ta'tilda ular poytaxt shahar - Toshkentga oilaviy sayohatga chiqish-di. Dastlab Mustaqillik maydonida sayr qilishdi. Anvarjonga maydondagi Ezgulik arkasi juda yoqdi, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo'ydi.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

1. Nima uchun Vatanimiz tarixini, ajdodlar merosini o'rganamiz?

2. Mustaqillik yillarida tiklangan qaysi obidalarni bilasiz?

3. Ziyoratga borish odobi haqida kattalar bilan suh-batlashing.

4. O'zingiz yashayotgan hududdagi ziyoratgohlar haqida nimalarni bilasiz?

5. «Poytaxtga sayohat» hikoyasini o'qing. Anvarjon-lar oilasi poytaxtimizning qaysi joylarida bo'lishdi?

6. Vatanimiz poytaxti haqida qanday ma'lumotlarga egasiz?

7.. Hunar va uning foydalari, mehnatsevarlik haqidagi maqollami to'plang.


V.Baholash:Faol qatnashgan o’quvchilar ballari e’lon qilinadi.
VI.Uyga vazifa;Mavzuni o’qib o’rganib kelish. Savollariga javob yozish

Fan:Odobnoma

Sana:_______________

8.MAVZU:.NAZORAT ISHI

Darsning maqsadi; talimiy; O’tilgan barcha mavzularni takrorlash. Odobnnoma darsida o’tildan mavzularni mustahkamlash.

Tarbiyaviy;: Insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida madaniy, ma’naviy, milliy merosdagi avlod-ajdodlarimizdan qolgan odob-axloq haqidagi bilimlardan boxabar qilish.

Rivojlantiruvchi; Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalami rag’batlantirib borish.


  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib

bera olish.



  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;



  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo

rioya qilish.


Darsning Test

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, 4-sinf odobnoma darsligi. Darsning borishi;I.Tashkiliy qism; O'quvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.

II.O’tilgan mavzuni so'rash; O’tilgan mavzu savol-javob tariqasida o’quvchilardan so’raladi.

III.Yangi mavzuning bayoni:Test


  1. Qaysi mutafakkirni o'zbek adabiy tilining asoschisi sifatida bilamiz?

A) Zahiriddin Muhammad Bobur; B) Alisher Navoiy;

D) Mahmud Koshg'ariy; E) Yusuf Xos Hojib.



  1. O'zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqi- da»gi Qonuni qachon qabul qilingan?

A) 1989-yil 21-oktabrda; B) 1991-yil 1-sentabrda;

D) 1992-yil 8-dekabrda; E) 1992-yil 2-martda.

3.Milliy bayramlarimiz qatorini belgilang?

a)Navro’z, ramazon, hayit

b)Yangi yil,

d)Mustaqillik


4..Bayram xalqning shodlik va xursandchilik kunidir. Bu so’zlar qaysi mutafakkirga tegishli?

b)Maxmud Qoshg’ariy

d)Yusuf Xos Xojib
5.Yurtimizda qanday dinniy bayramlar nishonlanadi?

a)Navro’z b)Ramazon va qurbon hayiti d)Mehrjon


6.”Ulanadi bayramlar” she’rining muallifi kim?

a)Abdulla Oripov b)Orif To’xtash d)Po’lat Mo’min


7.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

a)1992 yil 8-dekabr b)1993yil 8-dekabr d)1992yil 18dekabr


8. «O'z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo'q» ushbu gapni kim aytgan?

a) A.Navoiy b)I.A.Karimov d)Yusuf Xos Hojib


9.Ajdodlarimiz ardoqlagan qadriyatlardan birini toping?

a)hasher b) d) yangi yil bayrami d)sport musobaqalari


7.O’zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining

kafolatlari to’g’risida”gi qonun qachon qabul qilindi?

a)2006-yil 8-yanvar b)2008-yil 8-yanvard)2005-yil 8-yanvar
10.Yaxshi qo’shiq inson ruhiyatiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

a)ko’tarinkilik baxsh etadi,tinchlantiradi

b)charchatadi

d)uxlatadi

Fan:Odobnoma

Sana:_______________

9. MAVZU:.TAKRORLASH

Darsning maqsadi; talimiy; O’tilgan barcha mavzularni takrorlash. Odobnnoma darsida o’tildan mavzularni mustahkamlash.



Tarbiyaviy;: Insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida madaniy, ma’naviy, milliy merosdagi avlod-ajdodlarimizdan qolgan odob-axloq haqidagi bilimlardan boxabar qilish.

Rivojlantiruvchi; Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalami rag’batlantirib borish.

  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib

bera olish.



  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;



  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo

rioya qilish.


Darsning usuli: savol-javob.

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, 4-sinf odobnoma darsligi. Darsning borishi;I.Tashkiliy qism; O'quvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.

II.O’tilgan mavzuni so'rash; O’tilgan mavzu savol-javob tariqasida o’quvchilardan so’raladi.

III.Yangi mavzuning bayoni.
Aziz o'quvchi! Siz o'tgan darslar mobaynida O'zbekiston ko'p millatli mamlakat ekanligi, unda barcha millatlar ahil-inoq yashayotganini bilib oldingiz. Shu bilan birga, tinchlik eng bebaho ne'mat ekanini anglab yetdingiz.

Yurtimiz qadim tarixga ega. Ajdodlarimizdan biz-ga boy ma'naviy va madaniy meros qolgan. Ularni ko'z qorachig'idek asrash, boyitish va kelajak avlodlarga yetka-zish - har birimizning burchimizdir.

O'tgan darslarimizning mazmun-mohiyati Islom Kari-movning «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» kitobidan olingan quyidagi parchada ham o'z aksini topgan: «Bar-chamizga ma'lumki, inson o'zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg'usi ildiz otib, ulg'aya boradi.

Bu ildiz qancha teran bo'lsa, tug'ilib o'sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo'ladi.

Albatta, jahon - keng, dunyoda mamlakat ko'p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O'zbekistonimiz yakka-yu yagona. Bu go'zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga atalgan. Mana shu ulug' tuyg'u har birimizning dilimizga jo bo'lishi, hayotimiz mazmuniga aylanishini istardim.

Tarix haqiqati shuni ko'rsatadiki, tomirida milliy g'urur, Vatan ishqi jo'sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo' lad i».



IV.Mustahkamlash:

1. Tinchlikni asrash har bir insonning burchi. Siz tinchlikni asrash uchun nimalar qilishim kerak, deb o'ylaysiz?

2. Xalqimiz ardoqlagan qadriyatlar haqida gapirib bering.

3. O'zbekistonning ko'hna tarixiy shaharlari haqida nimalarni bilasiz?

4. Mustaqillik yillarida ma'naviy va madaniy mero-simizni tiklash borasida qanday ishlar amalga oshirildi?

5. Qanday inson buyuk ishlarga qodir bo'ladi?

6. Yurtimizdagi qadimiy shahar yoki tarixiy yodgor-liklardan biri haqida ma'lumot to'plang va matn tuzing.

V.Baholash:Faol qatnashgan o’quvchilar ballari e’lon qilinadi.
VI.Uyga vazifa;Mavzuni o’qib o’rganib kelish. Savollariga javob yozish
Fan:Odobnoma

Sana:_______________

10-. MAVZU:MEROSIMIZ FAXRIMIZ

Darsning talimiy maqsadi; O quvchilarni yangi bo lim "Merosimiz faxrimiz " bo limi vabu bo limda tanishadigan mavzular haqida tanishtirish. Amaliy sanat turlari haqida o quvchilar dunyoqarashini kengaytirish.

Tarbiyaviy; O quvchilarni kishilar mehnatini qadrlashga o rgatish.Hunar insonga baxt keltirishini misollar orqali tushuntirish. Rivoyatlar orqali hunarli kishi xor bo lmasligini ular ongiga yetkazish.

Rivojlantiruvchi; — komil insonni tarbiyalashga qaratilgan axloq- odob sifatlarini ongli, ixtiyoriy bajarishga odatlantirish;



  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib

bera olish.



  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;



  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo

rioya qilish.

Darsning usuli: Yangi bilim beruvchi, suhbat
Darsning jihozi: Amaliy sanat turlariga oid rasmlar, odobnoma kitobi.

T/r Dars bosqichlari, mazmuni Vaqti

1 Salomlashuv. Mashg'ulotning borishi haqida tushuncha berish 2 minut

2 Kirish suhbati 20 minut

3 Sharq mutafakkirlarining hikmatli so'zlaridan hikoya qilib berish. 15 minut

4 Mavzu bo'yicha o'quvchilar bilimlarini, tushunchalarini aniqlasli 5 minut

5 Mashg'ulotniyakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish 3 minut

Tashkiliy qism; O' quvchilarni darsga ishtiroki, va tayyorgarligini nazorat qilish. O'tilgan mavzuni so"rash; Uyga berilgan vazifani tekshirib baholash.

Yangi mavzuning bayoni; Darsni amaliy sanat turlariga oid rasmlarni korsatishdan boshlayman. Rasm asosida quyidagi savolarni berib oquvchilar fikrini eshitib mustahkamlayman. Juda qadim zamonlarda odamlar tirikchilik uchun zarur bo'lgan buyumlarni, ov qilish uchun qurol-yarog' yasashni asta-sekin o'zlashtirib olganlar.Inson hamisha go'zallikka intilib yashaydi. Qadimgi odam ishlatayO'tilgan asbobi chiroyli bo'lishini istagani uchun uni naqshlar bilan bezagan, gullar, rasmlar solgan, turli shakl, rang va jilolar bergan.

2.Agarsizda imkoniyatbo'lganda nima yasashni o'rganganbo'lardlngiz?

Shu tariqa oddiy buyum yoki narsalar san'at asari darajasiga ko'tarilgan. Arxeologik qazishmalar davomida topilgan ro'zg'or buyumlari, zeb-zjynatlar, qurol-yarog' va turli ashyolar yurtimiz hududida hunarmandchilik juda qadimdan rivojianganini ko'rsatadi.

Shunisi qiziqki, har bir joy yoki hududda hunarmandchilikning qaysidir turi ko'proq rivojlangan. Ishlab chiqarilgan buyum va ashyolar shu hududgagina xos bo'lgan bezak va naqshlar bilan bezatilgan. Masalan, kishining qanday nusxa do'ppi yoki to'n kiyganiga qarab, uning qayerlik ekanini bilib olish mumkin bo'lgan. O'tmishda bir xil hunar bilan shug'ullanuvchi kishilar to'p-to'p, guruh-guruh bo'lib yashaganlar. Shuning uchun shaharlarda misgarlik, to'qimachilik, po'stindo'zlik, pichoqchilik, zargarlik, do'ppido'zlik, tandirchilik singari mahallalar vujudga kelgan.Sohibqiron Amir Temur uzoq mamlakatlardan turli kasb egalari va hunarmandlarni olib kelib, yurtimizda hunarmandchilikni rivojlantirishga hissa qo'shgan. Marg'ilon kamalakrang atlas-u adraslari, Buxoro zardo'zi buyumlari, Chust do'ppisi va pichog'i, Rishton sopol idishlari, Samarqand novvoychiligi, Xiva yog'och o'ymakorligi va gilamdo'zligi bilan mashhurdir.O'zbek milliy liboslari go'zalligi bilan ko'zlarni quvnatadi. Atlas, adras,beqasam kabi matolar tabiiy ip va ipakdan to'qilgani uchun salomatlikka ziyon yetkazmaydi.O'zbekistonda hunarmandchilikning eng qadimiy va keng tarqalgan turi kulolchilikdir. Yurtimiz kulollari tomonidan ishlangan ko'za, lagan, piyola, kosa va

boshqa buyumlar sifatliligi, bezak-dorligi bilan ajralib turgan. Bunday buyumlar savdo karvonlari orqali boshqa mamlakatlarga ham olib borilgan.Ota-bobolarimiz binokorlikda ham dovrug' taratishgan. Ular tomonidan barpo etilgan binolar va obidalar dunyo ahlini hanuz hayratga solmoqda. Ganchkorlik, naqqoshlik, yog'och o'ymakorligi sohalarida juda katta yutuqlar qo'lga kiritilgan.

Yurtimizda miniatyura va xattotlik san'ati ham qadim tarixga ega. Kamoliddin Behzod, Mirak Naqqosh kabi san'at ustalarining nomi butun dunyoda mashhur.Mamlakatimizda xalq hunarmandchiligi va amaliy san'atini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Poytaxtimizdagi Davlat Amaliy san'at muzeyida xalq amaliy san'atining 50 dan ortiq turi namoyish etib kelinmoqda.

Lug'at ustida ishlash_

Miniatyura — o'ta nozik ishlangan kichik tasviriy san'at asari.

Xattotlik - cliiroyli yozish san'ati._

Yangi mavzuni mustahkamlash;

Odamlar qachondan boshlab uy rozgor buyumlarini yasay boshlagan,nima uchun?

2.Arxeologik qazishmalardan nimalarni bilsa bo ladi?

3.Amir Temur hunarmandchilikka qanday hissa qor shgan?..... kabi savollar

orqali bolalarni amaliy sanat haqidagi fikrlari umumlashtiriladi

NAVOIY VA MUSAVVIR Alisher Navoiy o'z libosini o'zgartirgan holda bir faqir yosh musawirning kulbasiga kelib, eshigini taqillatdi. «Labbay» sadosini eshitgach, ijozat so'rab ichkariga kirdi. Uy ichida shoh, ya'ni Sulton Husayn Boyqaro tasviridan ko'ra ko'proq o'zining tasvirlarini ko'rdi. Hayratlanib, musavvirdan so'radi:

— Bu tasvirlar kimniki? ; Musavvir tavoze bilan javob berdi: — Hunarmandlarning otasi Alisher Navoiy hazratlariniki, men hozir ul zotning huzurlarida turibman. Navoiy dedi:

— Nega shu paytgacha huzurimga bormading? Musawir javob berdi:

— Agar borganimda tuhfalar in'om qilardingiz. U holda men o'z asarlarimni faqat Sizga sO'tilgan bo'lardim. Vaholanki, Sizning tasvirlaringizga xaridor juda ko'p. Men Sizning marhamatingizdan ko'ra o'z mehnatim va hunarim bilan kun kechirishni ma'qul ko'rdim. Bu gaplardan so'ng Alisher Navoiy g'arib musawirni o'z homiyligiga oldi. Bu yigit kelajakda Sharqning buyuk musawiri bo'lib tanilgan Kamoliddin Behzod edi.

Amaliy san'at buvumlari kim tomonidan yaratilisihini toping va daftaringizga yozing.

1) musawir;

2) zargar;

3) to'quvchi;

4) chevar;

5) kulol;

6) usta;

7) haykaltarosh; Uyga vazifa;

1. O'zbekistonda hunarmandchilikning qaysi turlari rivojlangan?

2. Yurtimizda muayyan hunarmandchilik turi ko'proq rivojlangan hududlarni ayting.

3. Milliy liboslarimizni sanang.

4. Yosh musawir nima uchun Navoiy huzuriga bormadi?

5. O'z mehnati bilan halol kun kechirish deganda nimani tushunasiz?

Fan:Odobnoma

Sana:_______________

11. MAVZU: YURTIMIZDA NISHONLANADIGAN UMUMXALQ

BAYRAMLARI. OILAVIV ANANALAR

Darsning talimiy maqsadi; DTS talablari asosida dars o'tish Umum xalq bayramlari va oilaviy ananalar haqida bilim berish milliy qadriyatlarimizni qadirlashga o'rgatish Tarbiyaviy; Oquvchilarni kishilar mehnatini qadrlashga o rgatish.Hunar insonga baxt keltirishini misollar orqali tushuntirish. Rivoyatlar orqali hunarli kishi xor bolmasligini ular ongiga yetkazish.

Rivojlantiruvchi; — komil insonni tarbiyalashga qaratilgan axloq- odob sifatlarini ongli, ixtiyoriy bajarishga odatlantirish;

1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling