Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 5.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/27
Sana12.12.2017
Hajmi5.27 Kb.
#22107
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27

Mafkura  yakkahokimligi  –  muayyan  davlat,  jamiyat  yoki  bir  guruh  davlatlarda  yagona 
mafkuraning  to‗la  hukmronligini  unga  xos  tamoyillarning  o‗zgarmas  aqidalar  tarzida  jamiyat  hayotida 
qat‘iy va mutlaq tartibda o‗rnatilishini ifodalaydigan tushuncha.  
Mafkura yakkahokimligining mohiyati shundaki, bunda bironbir mafkuraviy tizim yagona ilmiy, 
eng  adolatli,  jamiyatdagi  barchaqatlamlar  manfaatlarini  ifoda  etuvchi  mafkura  deb  e‘lon  qilinadi. 
O‗zinnig mohiyati  yoki biron  birjihati bilan undan  farq qiluvchi  g‗oyalar,  qarashlar, mafkuralar  yot va 
dushman  mafkuralar  sifatida  qaraladi.  Oqibatda  millionlar  kishilardamutelik,  loqaydlik,  boqimandalik, 
mahdudlik,  o‗zga  g‗oyalargahadiksirab  qarash ruhiyati  shakllanadi, jamiyatning  ma‘naviy rivojiga, ilm 
fan  ravnaqiga  jiddiy  zarar  etkaziladi.  (G‗arbdagi  aqidaparastlik  mafkurasi,  kommunistik  mafkura, 
fshizm mafkurasi) 
SHo‗rolar davrida kommunistik mafkura insonlar ongi va qalbini egallagan edi. 
XX1 asr boshida mafkuraviy kurashlarning SHo‗ro davrida ko‗rilmagan, yangi tahdidlar bilan va 
ilmiy  texnologik  asosga  qurilgan  targ‗ibotlar  kurashi  davri,  deb  ham  tavsiflash  mumkin.CHunki 
SHo‗rolar  davridagi  targ‗ibot-tashviqot  usuli  hozir  ishlamaydi.  Bizga  tahdid  solayotgan  mafkuralar 
«maftunkor»  ko‗rinsa-da,    va  «ommabop»  bo‗lsa-da,  puxta,  ilmiy  texnologik  asosga  qurilganligi  sir 
emas. CHunki ularning targ‗iboti oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat 
g‗oya, maqsadning shakli o‗zgargan. Masalan, ana shunday g‗oyalardan biri «xalifalik davlatini tuzish» 
g‗oyasidir. Bu g‗oyaning mazmun va mohiyat jihatdan zararli ekanligi hammamizga ma‘lum. «Hizb ut-
tahrir» da‘vo qilgan xalifalik davlatini barpo etishdan ko‗zlagan maqsadi aslida konstitutsiyaviy tuzumni 
zo‗rlik bilan ag‗darib tashlashdir. 
Hozirgi  Fan  va  texnologiyalar  ravnaqi  davrida  boshqa  kishilarning  ongi  va  qalbiga  yashirin, 
g‗araz  maqsad  bilan  ta‘sir  ko‗rsatishni  ifodalashda  manipulyasiya  (manus-qo‗l)  so‗zi,  ya‘ni  «ob‘ekt 
ustidan  biror  maqsada  ish  olib  borish»  ma‘nosida  ishlatilmoqda.  Bunda  chaqqonlik,  mahorat  talab 
qilinishi  ko‗zda  tutiladi.  SHu  sababli,  «manipulyasiya»ni  ko‗chma  ma‘noda  «odamlar  bilan  ob‘ekt 
sifatida  munosabatga  kirishish»  deb  ham  tushunish  mumkin.  1969  yil  Nyu  Yorkda  CHop  qilingan 
«Zamonaviy sotsiologiya lug‗ati»da bu haqda «boshqalarga bildirmasdan, asl maqsadni yashirin tutgan 
holda boshqalar ustidan hukmronlik qilib, o‗zi istagan xulq-atvorni shakllantirish» deyiladi. 
Biz  uchun  muhim  jihati  shundaki,  Ushbu  vaziyatda  shaxs  va  uning  mafkuraviy  immunitetiga 
ta‘sir  ko‗rsatish  jarayoni  manipulyasiya  tushunchasida  aks  etadi.  CHunki,  «da‘vatchi»ning  ta‘siri 
birinchi  shaxsga  nisbatan  zo‗rlik,  kuch  ishlatmaydi,  balki  ma‘naviy,  psixologik  xususiyatga  ega; 
ikkinchidan,  bu ta‘sirda asl  maqsad yashirin  qoladi.  SHuning uchun  ham  «islom  dini  niqobida»  degan 
ibora  ishlatiladi;  uchinchidan,  g‗oyaviy  manipulyasiya,  zimdan  ta‘sir  ko‗rsatuvchidan  mahorat  va 
bilimni  talab  qiladi.  SHunday  ekan,  g‗oyaviy  manipulyasiyani  mafkuraviy  kurash,  yot  mafkuralar 
tomonidan  qo‗llanilayotgan  ta‘sir  texnologiyasining  tarkibiy  qismi,  deb  atash  mumkin.  YA‘ni 
manipulyasiya odamni u yoki bu ishni qilishga emas (targ‗ibot va tashviqotdan farqli o‗laroq), balki shu 
ishni qilishga xohish, istak uyg‗otishga xizmat qiladi. 
 G‗oyaviy  manipulyasiya  jarayonlari  qanday  kechadi?  Avvalo,  g‗oyaviy  manipulyator 
(da‘vatchi)  ta‘sir  o‗tkazmoqchi  bo‗lgan  odam  tasavvurlarini  o‗zgartirishga  olib  keluvchi  bilmlar  bera 
boshlaydi.  Natijada,  ob‘ekt  (shaxs)ning  Duneqarashida  qadriyatlari  tizimida  da‘vatchi  –  manipulyator 
kutayotgan  tartib  paydo  bo‗ladi  va  etakchilik  qila  boshlaydi.  Bu  esa  shaxsning  xulq-atvoriga  ta‘sir 
ko‗rsatadi, shaxs o‗z xarakteridagi o‗zgarishlarni sezmaydi va «men to‗g‗ri yo‗l tutayapman, chunki..», 
degan asosga ega bo‗lib qoladi
20
   
Bugungi  kunda  axborotning  jamiyat  hayotidagi  ahamiyati  shu  qadar  ortib  ketdiki,  ijtimoiy, 
iqtisodiy, madaniy-siyosiy aloqalar, xalqaro munosabatlarning YAngi shakllarini vujudga keltirdi. Ayni 
paytda  u  salbiy  mazmundagi  aloqalar  –  siyosiy,  iqtisodiy,  mafkuraviy  va  madaniy  ekspansiyani 
(Ekspansiya – lot.expansio-kengaytirish,  yoyish,  tarqatish. kuchli davlatlarning  diplomatik iqtisodiy va 
                                                           
20
  Кара-Мурза С.Г. Краткий курс манипуляции сознанием. (Серия:Тропў практического разема) –М.: Алгоритм., 
2002. -288 с. С 15.  

harbiy usullar bilan o‗z ta‘sir doirasini boshqa mamlakatlarga yoyishga qaratilgan siyosat. Ko‗p hollarda 
ta‘sir doirasini kuchaytirish davlat siyosati darajasiga ko‗tariladi) ham kuchaytirmoqda.  
―O‗rgamchak  to‗ri‖  deb  ataluvchi  Internet  tarmog‗idagi  qo‗poruvchilik  harakatlari,  avvalo, 
yoshlarning  ongini  egallashga  yo‗naltirilgan  tuban  va  makkaor  usuldir.  Mafkuraviy  jarayonlar 
globallashib  borayotgan  bugungi  kunda  ohangrabo  singari  o‗iga  rom  etayotgan  va  kishini 
chalg‗itayotgan  axborot  xurujidan  himoyalanishning  eng  maqbul  yo‗li  -    `yoshlarimiz  tafakkur 
madaniyati,  dunyoqarashini  shakllantirishdir.  Fikrlash  madaniyatidan  mahrum  bo‗lish,  manqurtga 
aylanish  demakdir.  Tafakkur    -  insonning  eng  katta  boyligi.  Tafakkurdan  mahrum  bo‗lish  insoniy 
qiyofadan mahrum bo‗lish bilan barobardir. 
AQSH,  Norvegiya,  SHvetsiya,  Kanada,  Singapur  kabi  mamlakatlarning  50  foizga  yaqin 
aholisi  shaxsiy  kompyuterlardan  internetga  bog„lanish  imkoniyatiga  ega.  Finlandiya,  Daniya, 
Avstraliya,  YAngi  Zenlandiya  mamlakatlarida  bu  ko„rsatkich  30-40  foizni  buyuk  Britaniya, 
Gollandiya, SHvetsariya, Avstriada 20 foizdan ortig„rog„ini tashkil etmoqda.  
Axborot  xurujining  eng  beozor  bo‗lib  ko‗ringan  ko‗rinishlaridan  biri  –  bu  odob-  axloq,  sharm-
hayo kabi qadiyatlarga qaratilgan tajovvuzdir.  ―Amerika psixiatrlari assotsiatsiyasi bergan ma‘lumotga 
ko‗ra,  elektron  savdoning  20  foizi  pornorafiyaga  aloqador  bo‗lib,  o‗zini  ―seks-  eldikts‖  deb  atavchi  2 
million  kishi  har  kuni  bir  necha  soatlab  vaqtini  shunga  sarflaydi.  Tadqiqotlarning  ko‗rsatishicha, 
elektron  pornografiya  reklama  uchun  eng  kam  mehnat    va  mablag‗  sarflab  katta  foyda  beruvchi  (30 
foiz) soha hisoblanadi. YAngi elektron bozorning 70 foizini pornografiya, 4 foizini video o„yinlar, 2 
foizini esa sport tashkil etmoqda  
21
.  
Milliy  g‗urur  va  milliy  qadriyatlarimizi  saqlagan  holda  zamonaviy  reklama  va  kliplarni 
ko‗paytirish bilan g‗arbning mafkuramizga qarshi g‗oyalari  kirib kelishining olidni olishimiz mumkin. 
Bunda  Prezidentimiz  tomonidan  ilgari  surilgan  ―G‗oyaga  qarshi  faqat  g‗oya,  fikrga  qarshi  faqat  fikr, 
jaholatga  qarshi  faqat  ma‘rifat  bilan  bahsgag  kirishish,  olishish  mumkin‖,  degan  shiori  bizga 
dasturilamal vazifasini bajaradi. 
Darhaqiqat,―G‗oyaga qarshi  faqat g‗oya,  fikrga  qarshi  faqat  fikr, jaholatga  qarshi  faqat  ma‘rifat 
bilan  bahsgag  kirishish,  olishish  mumkin‖,  degan  shior  bejiz  o‗rtaga  tashlanmagan.  Oldimizda  turgan 
eng muhim masalalardan biri – bu odamlar o‗z fikrini aytishga, erkin fikrlashga o‗rganishi zarur. YA‘ni, 
fikrga  qarshi  fikr  bo‗lishi  kerak.  Buning  uchun  yurtimiz  yoshlari,  fuqarolari  o‗z  bilim  va  malakalari 
ustida  ko‗proq  ishlashlari,  mamlakatimiz  va  dunyo  xabarlari  bilan  muntazam      tanishib  borish,  ularni 
mustaqil tahlil qilish, ilmiy, badiiy va siyosiy adabitlarni o‗qib borishlari maqsadga muvofiqdir. 
Axborot  xuruji  orqali  jahon  jamoatchiligining  ongu  tafakkurini  boshqarishga  urunish  siyosiy 
kurashning  asosiy  usuliga  aylanib  bormoqda.  Ayniqsa  ―rangli  inqilob‖lar  orqali  turli  mamlakatlarda 
g‗arbparast hukumatlarni shakllantirish, vaqti-vaqti bilan har xil mishmishlar tarqatish vositasida ularni 
cho‗chitib olib, jilovda ushlab turish, demokratiya va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash niqobi ostida 
turli  xalqaro  fondlar  orqali  qarama-qarshi  kuchlarni  rag‗batlantirib,  bar-biriga  va  hukumatga  qarshi 
gixgixlash  –  bularning  barchasi  xalqaro  munosabatlarda  qo‗llanayotgan  yangi  siyosiy  ekspansiya 
texnologiyasidir. Bu texnologiya axloqiy  me‘yorlarga,  ba‘zi hollarda hatto  xalqaro huquq  me‘yorlariga 
ham  bepisand  qaraydi.  SHunday  qilib,  axborot  xuruji  nafaqat  siyosiy  kurash,  balki  siyosiy  ekspansiya 
vositalaridan biriga ham aylandi. 
YUrtboshimiz globallashuv ayni paytda ziddiyatli hodisa ekanini ham haqqoniy qayd etadi. Buni 
avvalo 
globallashuv 
natijasida 
ommaviy 
madaniyat 
niqobidagi 
noxush 
hodisalarning, 
aksilmadaniyatning  tarqalish  xavfi  hamda  xalqlarning  rang-barang,  boy  ma‘naviy  hayotining 
birxillashuvi, milliy o‗zlik tuyg‗usining susayishi, egoizm va nigilizm (Nigilizm – lot.nihil – hech nima, 
hech  qanday.  1.  Ijtimoiy  hayotda  shakllangan,  odat  tusiga  kirgan  har  qanday  qoida,  tamoyil  va 
qonunlarni  inkor  qiluvchi  nuqtai  nazar.  2.  O‗tmish  davrlardagi  madaniy  merosni  inkor  etish)  kabi 
xatarlarning kuchayishida ko‗rish mumkin.    
Ma‘naviyat  va  iqtisodiyotni  mushtarak  rivojlantirish  axborot  xuruji  o‗ta  kuchayib  ketgan 
globallashuv  sharoitida ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb  etmoqda. CHunki bunday  vaziyatda har qanday 
ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy-ma‘naviy  muammo  haqidagi  axborot  aholi  o‗rtasida  juda  tez 
tarqalib, turli keskin holatlar kelib chiqishiga sabab bo‗ladi. Bunday  muammolarga esa ichki va tashqi 
kuchlar  o‗z  manfaati  nuqtai  nazaridan  munosabat  bildiradi.  Ba‘zilari  ulardan  g‗arazli  maqsadlarda 
                                                           
21
 Ғаниев А. Ғарб оламидаги ахлоқий муаммолар. Т., Ворис, 2007, 26-бет. 

foydalanishga urinadi. 
 “Ommaviy madaniyat” va uning yuzaga kelish sabablari. 
Bugungi  kunda  globallashuv  ta‘sirida  ma‘naviy  ehtiyojlarni  qondirishda  ham  standartlashuv 
qaror  topa  boshladi.  Bu  jarayon  butun  rok  va  pop  musiqa,  video  hamda  turli  janrlardagi  arzon-garov 
filmlar,  seriallar,  rang-barang  ko‗ngilochar  shou-tomoshalar,  o‗yinlarni  qamrab  olmoqda.  Ommaviy 
madaniyat niqobidagi aksilmadaniyat paydo bo‗lib, tobora keng yoyilib bormoqda. 
Prezidentimiz  bu  borada  katta  tashvish  bilan  ogohlantirishi  bejiz  emas:  «Tabiiyki,  ―Ommaviy 
madaniyat‖  degan  niqob  ostida axloqiy  buzuq  va  zo‗ravonlik,  induvidualizm,  egotsentrizm  g‗oyalarini 
tarqatish, kerak bo‗lsa shuning hisobidan boylik ortirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an‘ana va 
qadriyatlari,  turmush  tarzining  ma‘naviy  negizlariga  bepisandlik,  ularni  qo‗porishga  qaratilgan  xatarli 
tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‗ymaydi. (YUksak ma‘naviyat-engilmas kuch. 117 b.) 
Ushbu fikrdan kelib chiqadigan xulosa shuki, ommaviy madaniyatni niqob qilib olib buzuqlik va 
zo‗ravonlik  singari  inson  shaxsini  ruhan  emiradigan  g‗oyalarni  targ‗ib  etadigan  asarlarning  haqiqiy 
madaniyatga hech qanday aloqasi yo‗q. 
Ma‘lumki,  madaniyat  «Elita  madaniyat‖  xos  madaniyat  va  ommaviy  madaniyatga  bo‗linadi. 
O‗tmishda  ommaviy  madaniyat  xalq  baxshilari  kuylaydigan  dostonlar,  sayllarda,  to‗ylarda  ommaga 
ko‗rsatiladigan  tomoshalar  –  dorbozlik,  askiyabozlik  va  masxarabozlik,  xalq  ashulalari  kabi 
ko‗rinishlarda  mavjud  bo‗lgan.  SHu  bois  u  o‗zining  xalqchilligi,  ezgulik  va  insonparvarlik  ruhi  bilan 
ajralib  turgan.  Lekin  bugun  unga  ommaviy  madaniyatning  tarkibiy  qismi  emas,  balki  folklor  yoki 
an‘anaviy  xalq  madaniyati  deb  qaralmoqda.  G‗arbda  uni  kundalik  hayotgan  etnografik  muzeylar  yoki 
ahyon-ahyonda o‗tkaziladigan xalq sayllari va festivallari tomon siqib chiqarishga urinish kuchli. 
Zamonaviy  ommaviy  madaniyat  esa  XX-XX1  asrlar  sivilizatsiyasi  mahsuli  o‗laroq 
standartlashgan iste‘mol mahsulotlari va «erkin‖ xulq-atvor namunalari yig‗indisi sifatida tor mazmunda 
tushunilayotir.  
XX  asrda  maishiy  texnikaning  rivojlanishi  ommaviy  madaniyat  shakllarini  boyitdi-dastlab 
potefon  va  gramplastinkalar,  magnitofonlar,  ixtisoslashgan  estrada  janrlari,  ansambllari  singari 
yangiliklar paydo bo‗ldi.  
Keyinchalik  turmush  farovonligi  o‗sishi  bilan  iste‘molchilik  psixologiyasining  yanada 
kuchayishi  adabiyotda  ko‗ngilochar,  mazmunan  sayoz  sarguzasht  va  detektiv  asarlarning  ―erkin 
muhabbat‖ mavzuidagi kitoblar, kino va tv.da ―bemaza opera‖deb atalmish seriallar, turli audio va video 
disklar, shou tadbirlarning, ularni ommaviy tarzda ishlab chiqaradigan industriyaning vujudga kelishiga 
sabab  bo‗ldi.  Tabiiyki  bunday  «mahsulotlar‖da  xalqchillik,  milliylik  nihoyatda  zaif,  ular  faqat 
dekoratsiya  va  mahalliy  kolorit  sifatidagina  qo‗llanadi.  Lekin,  afsuski,  qattiq  raqobat  sharoitida  ba‘zi 
korchalonlar  mo‗may  daromad  ilinjida  insonda  tubar  hirslarni  qo‗zg‗aydigan  mavzularni  ko‗paytirib, 
asta-sekin zamonaviy aksilmadaniyatni yaratdi.  
Ommaviy  madaniyatni  niqob  qilib  olgan  aksilmadaniyatga,  uning  didsizligi  va  axloqsizligiga, 
insonni haqoratlovchi, tubanlashtiruvchi mahsulotlarga qarshi kurashish kerak. 
Ommaviy  madaniyatning  jozibasi  nimada?  Nega  unga  intilish  kuchli?  Tadqiqotlar  shuni 
ko‗rsatmoqdaki,  hatto  bir  xalqqa  mansub  yoshlar  ham,  ular  har  xil  ijtimoiy  qatlamdan  bo‗lishiga 
qaramay, ommaviy madaniyatga birday moyillik ko‗rsatadi. Bu holat birinchi navbatda urbanizatsiya va 
globallashuv  sharoitida  turli  xalqlar  turmush  tarzining,  hayotiy  qarash  va  mezonlarining  yaqinlashuvi, 
hordiq va iste‘molning standartlashuvi oqibatidir.  
Buning  yana  bir  sababi,  ommaviy  madaniyat  sari  intilishga  inson  zotiga  xos  bo‗lgan  azaliy 
ishtiyoqlar,  uning  shuurida  asrlar  osha  yashab  kelayotgan  tabiiy-ijtimoiy  tenglik  mayllari,  shuningdek, 
jamoaviylik  psixologiyasi  bilan  bog‗liq  arxiteplar  ham  sabab  bo‗ladi.  Ular  millati,  tili,  dini  va 
madaniyatidan  qat‘iy  nazar,  barcha  odamlarning  ijobiy  yoki  salbiy  narsalarga  instinktiv  intilishini 
ma‘lum darajada belgilaydi. 
Ommaviy  madaniyatga  shaklan  va  mazmunan  oddiylikning  xosligi  go‗yoki  unga  egalitar 
(tenglik, tekischilik) va demokratik tus berganidek bo‗ladi. m asalan, klassik uslubda kiyinish (kostyum 
va galastuk) o‗rniga jinsi va futbolka yoki svitir va krasovka kiyish bamisoli kamtarlik, liberallik ifodasi 
bo‗lib ko‗rinadi. Bunday holat  timsolida go‗yoki adolatli tenglik (egalitarizm)  namoyon  bo‗ladi.  Bular 
ommaviy  madaniyatning  tarqalishiga  ta‘sir  ko‗rsatgan  psixologik  sababdir.  Ommaviy  madaniyat 
tarqalishining  asosiy  ijtimoiy  sababi  esa  G‗arbdagi  an‘anaviy  qadriyat  va  ma‘naviyatning  inqiroz  sari 

yuz tutishidir. 
XX  asrda  sobir  bo‗lgan  jahon  urushlari  g‗arb  qadriyatlari  tizimida  parokandalikni  kuchaytirdi. 
SHu  tariqa  ikkiyuzlamachilikka  asoslangan  g‗arb  axloqiy  me‘yorlari  ham  yosh  avlodni 
qanoatlantirmmay qo‗ydi. Ular «seksual inqilob‖, turmush hamda muloqot erkinligi va shu kabi boshqa 
huquqlarni  talab  qilib  chiqdi.  Natijada  o‗tgan  asrning  60  yillari  ikkinchi  yarmida  G‗arb  davlatlarida 
yoshlarning  ommaviy  noroziliklari  yuz  bera  boshladi.  G‗arbda  axloqiy  qadriyatlar  ma‘lum  darajada 
qayta  baholandi.  Behayolikni  ochiq  tasvirlaydigan  san‘at  asarlariga  nisbatan  taqiqlar  ancha  yumshadi. 
Bunday o‗zgarishlar natijasida Germaniya va Italiya kabi davlatlarda yoshlarning «qizil brigadalari‖ deb 
atalmish terrorchilik to‗dalari, G‗arbning deyarli barcha mamlakatlarida o‗zlarini ―Xippi‖ deb ataydigan 
guruhlar paydo  bo‗ldi.  Xippilar  ochiqchasiga an‘anaviy  odob-axloq  qoidalarini inkor  qilib, erkin jinsiy 
aloqalarni  yoqlab  chiqdi.  Ular  yaxshi  kiyinishni,  ayniqsa  bezaklarni,  shuningdek  oilaviy  turmush 
qoidalarini  shaxsning  tabiiy  intilishini  cheklaydigan  ikkiyuzlamachi  burjua  axloqining  sarqitlari,  deb 
e‘lon qildi. 
70-yillarning  ikkinchi  yarmi  va  80-yillarda  xippilar  o‗rnida  ―pank‖lar  harakati  paydo  bo‗ldi. 
Panklar-aksilmadaniyat  ruhida  tarbiya  ko‗rgan  yoshlarning  lyumpen  tubanlashgan  qatlamidir.  Ular 
aksilmadaniyatning  asosiy  tayanchi,  iste‘molchisi  va  targ‗ibotchisiga  aylandi.  Tan  olish  kerakki,  qisqa 
muddat davom  etgan xippi  va panklar harakati ommaviy tus olmadi.  Ammo 60-70 – yillardagi yoshlar 
harakati  G‗arb  dunyosida  jamiyatning  madaniy  hayotida  sezilarli  salbiy  iz  qoldirdi,  aksilmadaniyatni 
qonuniylashtirdi,  ommaviy  madaniyatni  sayozlashuviga  katta  hissa  qo‗shdi.  Ommaviy  madaniyatning 
tarqalishi  sabablari  orasida  ba‘zi  ijtimoiy  qatlamlarning  rivojlanmagan  didiga  mazmunan  sayoz,  siyqa 
va jo‗n mahsulotlarning mos kelishi mavjudligini ham inkor etib bo‗lmaydi. 
Ommaviy  madaniyatning  tarqalishiga  turtki  bo‗lgan  yana  bir  sabab  shundaki,  u  ba‘zi  jihatlari 
bilan  kompensatorlik  vazifasini  bajaradi.,  odamlarni  turmush  muammolaridan,  turli  qiyinchiliklardan, 
shaxsiy  nomukammallik  tuyg‗usidan  vaqtinchalik  xalos  qiladi.  Odamlar  xayolan  o‗zlarini  ermak 
teleseriallar  qahramoniga  o‗xshatadi,  to‗kis  hayotga  real  dunyoda  etisha  olmagan  kishi  filmlar  va 
seriallar  orqali  virtual  (xayolan)  tarzda  farovonlikdan,  go‗zal  turmushdan  go‗yoki  bahramand  bo‗ladi. 
Ommaviy  madaniyatning  aynan  shunday  kompensptorlik  xususiyati  uni  avomga  jozibador  qilib 
ko‗rsatadi.Bunday asarlar oddiy odamga xush kayfiyat bag‗ishlasa, uning kompyuter o‗yinlari kabi eng 
zamonaviy shakllari kishini monitorga, aniqrog‗i undagi o‗yinga ruhan tobe qilib qo‗ymoqda. 
«Geosiyosat»  -  («geo»  «er»  va  «siyosat»  –  «davlatni  boshqarish  san‘ati»,)  muayyan  hududiy-
mintaqaviy  tamoyil  asosida  siyosatda,  iqtisodiy  va  siyosiy  geografiyada  ko‗proq  ishlatiladigan  atama. 
Hozirgi davrga kelib u xalqaro, siyosiy va davlatlararo munosabatlarga nisbatan ham qo‗llanilmoqda.   
  
«Geosiyosat»  atamasida  geosiyosiy  muddaolar,  ularning  ko‗rinishlari,  turli  xil  davlat  va 
xalqlarning  manfaatlari    tizimi,  unga  bo‗lgan  yondashuv  uslublari,  vositalari  u  yoki  bu  davlatning 
hududiy joylashuvi, salohiyatiga bo‗lgan munosabatda ifodalangan maqsadlar o‗z ifodasini topgan.  
«Geosiyosat»    uzoq  tarixga  ega  bo‗lsada,  lekin  tushuncha  sifatida  XX  asrning  boshlarida 
shakllangan.  Bu  atama  R.CHellen  tomonidan  muomalaga  kiritilgan  bo‗lib,  hozirgi  davrda  davlatlar  va 
dunyo  mamlakatlari  xalqlari  siyosatida,  falsafada,  siyosat  falsafasi  va  fanlarida  keng  qo‗llanilmoqda. 
Geosiyosat ko‗p qirrali tushuncha sifatida turli manfaatlarni o‗zida mujassam etadi.  
Hozirgi  davrda geosiyosiy  maqsadlar ko‗proq  mafkuraviy  siyosat  bilan  hamohangligini alohida 
ta‘kidlash  zarur.  Bunda  mafkuraviy  ta‘sir  ko‗rsatish  geosiyosatning  eng  ta‘sirchan  vositasi  sifatida 
namoyon  bo‗lmoqda.  YA‘ni  turli  davlatlarning  maqsadlari  xalqning  turli  qatlamlari,  xususan  yoshlar 
ongi va qalbiga mafkuraviy ta‘sir ko‗rsatish orqali, ularning faoliyatini o‗z ta‘siriga, ya‘ni manfaatlariga 
yo‗naltirilganmafkuraviy  muhitni  yaratishni  ko‗zlagan  holda  amalga  oshirilmoqda.  Ushbu  jarayonni 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri ko‗rish, uning qanday amalga oshishini aniq bilish murakkabdir. SHuning uchun ham 
Prezidentimiz  mafkuraviy  poligonlar  yadro  poligonlariga  qaraganda  xavfliroq  bo‗lib  qolganligini 
alohida ta‘kidlaganlar. 
O‗zbekistonning geosiyosiy omillari haqida Prezident I.Karimov o‗z asarlarida batafsil to‗xtalib 
o‗tgan.  
O‗zbekiston jug‗rofiy-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay ahvolda. YA‘ni 
u  Markaziy  Osiyo  mintaqasining  transport,  kuchli  avtonom  energetika  va  suv  tizimlari  markazida 
joylashgan. 
O‗zbekiston aholi  soni jihatdan, ilmiy-texnikaviy va  boshqa imkoniyatlari  jihatdan  mintaqadagi 

qo‗shinlaridan ma‘lum darajada ustun turadi. 
O‗zbekiston  qulay  tabiiy  iqlim  sharoitiga  ega.  Bizda  qadimiy  dehqonchilik  madaniyati  va  boy 
mineral  xom-ashyo  resurslari  bor.  Respublika  oziq-ovqat  bilan  o‗zini-o‗zi  ta‘minlashga,  texnika 
ekanlarining  eng  qimmatli  turlarini,  paxta  tolasi  etishtirish  va  eksport  qilishga,  shuningdek,  jahon 
bozoriga  yuqori  sifatli,  ekologik  jihatdan  sof,  raqobatga  bardoshli  meva-sabzavot  mahsulotlarini 
chiqarishga hamda ularni qayta ishlagan holda etkazib berishga  qodir. 
Davlatimiz  nafaqat  o‗zini-o‗zi  ta‘minlaydigan,  balki  chetga  chiqarishga  neft  mahsulotlari,  gaz  va 
umuman, iqtisodiyotning asosi bo‗lmish tarmoqlarga ega. 
O‗zbekistonning  insoniyat  sivilizatsiyasida  salmoqli  o‗rni  bor.  YUrtimiz  ma‘naviy  meros  bilan 
boy,  u  nafaqat  mintaqada,  balki  dunyoda  ham  turli  ma‘naviy  va  siyosiy  jarayonlarga  kuchli  ta‘sir 
o‗tkazib kelgan. 
Hozirgi zamon g‗oyaviy-mafkuraviy geosiyosatini demokratik va gumanistik tamoyillar asosida 
tashkil qilish dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Er kurrasini asrab qolish, insoniyatning 
kelajak hayotini saqlab qolish, barcha xalqlarning ozod va teng  yashashi uchun bevosita demokratik va 
gumanistik  tamoyillar  asosidagi  g‗oyalarga  amal  qilish  tarixiy  zaruriyatdir.  Biz  demokratik  va 
gumanistik  tamoyillar  deganda  nimani  tushunamiz?  Bu  xalqlarning  erkinligi,  ozodligi,  hur  fikrliligi, 
qonun  oldida  tengligi,  inson  hayotini  hamma  narsadan  ustunligi,  inson  qadr-qimmatining  yuqoriligi, 
barcha olib borilayotgan jarayonlarning inson hayotini yaxshilashga qaratilganligi  demakdir.  
Buning  uchun  har  bir  mamlakat  yoki  davlatning  mustaqilligini  tan  olish,  millati,  dini  va 
qadriyatlarini hurmatlash, ichki ishlariga aralashmaslik, tashqi siyosatda o‗zaro manfaatdorlik, ijtimoiy, 
siyosiy  va  madaniy  hamkorlikda  o‗zaro  hurmat  kabi  umuminsoniy  qadriyatlarga  rioya  qilish  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  SHuningdek,  mamlakatda  ilg‗or  g‗oyalar,  mafkuralar  qancha  ko‗p  bo‗lsa,  ya‘ni 
mafkuraviy  plyuralizm  hukmron  bo‗lsa  taraqqiyotning  samarali  yo‗lini  tanlab  olish  uchun  imkoniyat 
shunchalik keng bo‗ladi. Fikriy kurash mafkuralarning ma‘no va mazmun jihatidan boyishiga, bir-birini 
to‗ldirishiga xizmat qiladi.  
Bunda  mamlakatlar  o‗rtasidagi  integratsiyalashuvning  roli  ortib  boradi.  Mamalkat  va 
davlatlarning  xavfsizlik  darajasi  ularning  integratsiya  jarayonlarida  qatnashish  darajasiga  bevosita 
bog‗liq  bo‗lib bormoqda. SHu o‗rinda aytish  mumkinki, O‗zbekiston yuqorida qayd  etilgan geosiyosiy 
omillarri  jihatdan  jahondagi  madaniy,  ilmiy,  texnologiya  va  iqtisodiy  yuksaklikka  erishib,  bemalol 
Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin.  Mamlakatlar o‗rtasida integratsiyalashuv 
jarayoni  haqida  Prezident  I.Karimovning  quyidagi  fikri  diqqatga  sazovordir  «XXI  asr  shubhasiz  , 
xalqaro  munosabatlarda  butun  dunyo  qamrab  olinadigan  asr  bo‗ladi.  Bunday  sharoitda  integratsiya 
jarayonini,  xalqaro  institutlar  va  tashkilotlarda  suveren  davlatlarning  ishtirok  etishini  kengaytirish 
jarayonini faqat tarix taqozosi deb emas, balki ayrim mintaqalar ko‗lamida ham, shuningdek, umuman-
butun  sayyoramiz  ko‗lamida  ham  sobitqadamlik,  barqarorlikning  qudratli  omili  deb  hisoblamoq  zarur. 
Biz  jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv  haqida  gapirganimizda,  eng  avvalo, Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti faoliyatida ishtirok etishimizni nazarda tutamiz»22.  
Darhaqiqat  davlatlar  o‗rtasidagi  integratsiya jarayonida  BMTning  o‗rni kattadir. CHunki ushbu 
tashkilot  umumiy  xavfsizlik  muammosiga  aloqador  bo‗lgan  asosiy  tashkilotilardan  biri  bo‗lib, 
xavfsizlikni saqlash va ta‘minlashga xizmat qiladigan-oldini olishga qaratilgan diplomatiyadan tortib to 
tinchlik o‗rnatishga qaratilgan operatsiyalarda qatnashishgacha bo‗lgan vositalarning hammasiga ushbu 
tashkilot  egadir.  O‗zbekiston  BMT  ga  1992  yil  2  martda  a‘zo  bo‗lib  kirdi.  BMTning  integratsiya 
sohasidagi imkoniyatlari g‗oyat ulkanligini va uning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari bu imkoniyatlarning 
tashkil  etuvchilari  hisoblanishini  alohida  ta‘kidlash  lozim.  BMT  doirasida  jahon  hamjamiyatidagi 
integratsiyalashuvni  BMTning  ixtisoslashgan  muassasalari  –YUNESKO,  Jahon  sog‗liqni  saqlash 
tashkilotlari,  Xalqaro  mehnat tashkilotlari, YUNISEF va  boshqalar  bilan keng  hamkorlik qilish  barcha 
tinchlikparvar  davlatlar  oldida  turgan  asosiy  vazifadir.  Bu  jarayonda  bizning  mamlakatimz  ham  faol 
ishtirok etmoqda.  
Jahon  hamjamiyatidagi  integratsilashuvning  tarkibiy  qismi  davlatlarning  turli  mintaqaviy 
birlashmalari  bilan  aloqalarni  rivojlantirishdan  iborat  ekanligini  Prezidentimiz  o‗z  asarlarida  bir  necha 
marta ta‘kidlab o‗tgan. O‗zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Evropa Ittifoqi, EXHT, 
                                                           
22
1999. 658-659 –бетлар. 

NATO,  EKO,  Qo‗shilmaslik  harakati  va  boshqalar  bilan  ham  samarali  hamkorlik  qilmoqda.  Umuman 
g‗oyaviy – mafkuraviy geosiyosatda milliy va umuminsoniy qadriyatlar munosabati birlamchi ahamiyat 
kasb etadi. Biz bilamizki, Mustaqil O‗zbekistonning kuch-qudrati manbai – xalqimizning umuminsoniy 
qadriyatlarga  sodiqligidir.  Biz  o‗z  millliy  qadriyatlarimizni  saqlagan  holda  umuminsoniy  qadriyatlarni 
chuqur hurmat qilishga ham e‘ibor qaratishimiz kerak. Masalan, milliy g‗urur, or-nomus, imon-e‘tiqod, 
sabr-qanoat, mehnatsevarlik, mehr-muruvvat, oilani sevish, mahallani hurmat qilish kabi qadriyatlarimiz 
borki,  bu  qadriyatlar  xalqimizning  o‗ziga  xosligini,  ma‘naviy  etukligini    aks  ettiradi.  SHu  bilan  birga 
bugun  xalqimiz  ijtimoriy-siyosiy  hayotda  integratsiyalashuv  jarayoni  orqali  kirib  kelayotgan 
umuminosniy  qadriyatlar,  jumladan,  demokratiya,  inson  huquqlari,  adolatli  jamiyat  barpo  etish,  fan-
texnika yutuqlaridan unumli  foydalanish kabi qadriyatlarga va boshqa xalqlarning  milliy qadriyatlariga 
ham  hurmat  bilan  qaramoqda.  Bugun  yurtimizda  100  dan  ortiq  millat  va  elatlarning  madaniy-ma‘rifiy 
markazi  bo‗lgan  Baynalmilal  markazning  faoliyat  ko‗rsatayotganligi  ham  xalqimizning  umuminsoniy 
qadriyatlarga chuqur hurmat bilan qarayotganligini bildiradi. 
Download 5.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling