Toshkent moliya instituti
-jadval Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo'yicha chet el investitsiyasi (mln. so’m)
Download 5.16 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat 1350754,3 871518,4 1024205,4 1088730,3 1172562,5
- 9-jadval Qoraqalpogisston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh. bo’yicha sanoat mahsulotlari (otgan yilga nisbatan foiz hisobida) 32
- Viloyatlar: Qoraqolpogiston Respublikasi
- Qashqadaryo 101,3 106,7 113,5 118,9 115,1 103,4 Navoiy 97,8 101,1 102,1 102,9 101,5 112 Namangan
- Sirdaryo 103,7 113,8 105,1 103,5 103,3 118,3 Toshkent 100,1 106,6 113,3 100,1 108,3 126,1 Farg’ona
- Bu yerda: M k - yillik ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati;
- K - kapital qo’yilmalar summasi. Solishtirilayotgan variantlar har xil davrga mo’ljallangan bo’lsa, bunday sharoitda variantlar (V
- - har xil davrdagi xarajatlarni keltirish normativi;
- 10-jadval Xorijiy investitsiyali korxonalarni tashkil etish sabablari 33
- Ichki sabablar Shartnoma xarajarlarini kamaytirish Jahon bozoriga chiqish Siyosiy keskinlikning yumshatish Milliy hukumat talablari Tashqi sabablar
- Strategik sabablar
- 9- rasm. Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyatining asosiy korsatkichlari 35 .
- 11-jadval O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyali korxonalarning tarmoq tarkibi (jamiga nisbatan % hisobida) 36
- Sanoat 56,6 53,8 48,8 50,4 46,7 47,0
8-jadval Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo'yicha chet el investitsiyasi (mln. so’m) 29 2008 2009 2010 2011 2012 Jami 2863941,8 4058079 4340638,4 4613911 5166435 Shu jumladan Sanoat 1350754,3 871518,4 1024205,4 1088730,3 1172562,5 Qishloq xo'jaligi 36970,6 26886,9 37708,4 40197,2 43011,0 Transport 114295,5 1863289,9 1991639 2075287,8 2191503,9 Aloqa 557462,8 383903,3 972136,3 983801,9 1004461,7 Boshqalar 804458,6 912480,0 315149,3 425894,2 754895,4 Ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, sanoat korxonalariga jalb etilgan chet el investitsiyalari 2012-yilda 1172562,5 mln.so’mga teng bo’lib, bu esa 2009-yilga nisbatan 34,5 % ga o’sganini bildiradi. Ma’lumki, hozirgi kunda sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda banklarni o’rni beqiyosdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Respublikadagi bank tizimining faoliyatiga baho berib, quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Shuni ta`kidlashni istardimki, bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo e`tiborimiz markazida bo’lib kelmoqda va bu o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Biroq, bu boradagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish kerak. Nega deganda, aynan banklar, ta`bir joiz bo’lsa, butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon 29 O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi ma’lumotlar asosida hisoblangan. 57 tomirlari hisoblanadi, mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko’p jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog’liq” 30 . Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalari investitsion faoliyatini moliyalashtirishda korxonalarga mablag’ qo’yuvchilar - banklar, boshqa yirik investitsiya institutlari va resurslarni qarzga beruvchilarning manfaatlarini korxona manfaatlari bilan o’zaro mos kelishini ta`minlashi lozim. Shuni ta`kidlash lozimki, sanoat korxonalariga investitsiyalarni budjet usulida moliyalashtirishda mablag’larni qaytarish majburiyati bo’lmaydi, bu esa qarz oluvchilarning o’z faoliyatini yanada samaraliroq amalga oshirishda manfaatdor qilmaydi. Ikkinchi tomondan, budjetdan moliyalashtirish qarz oluvchilarga faoliyat erkinligi va ijodiy tashabbus ko’rsatishni ta`minlamaydi, boqimandalik kayfiyatini uyg’otadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanaot korxonalari faoliyatini bank krediti ya`ni qarzga beriladigan pul hisobiga ham moliyalashtirish mumkin. Kreditlash - aholi va korxonalar hamda banklarning bo’sh turgan pul mablag’larini banklarda to’planishi hamda muayyan haq evaziga vaqtincha foydalanish uchun sanoat korxonalariga berilishidir (8- rasm). 8- rasm. Iqtisodiyotning sanoat sektoriga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari (mlrd.so’m) 31 30 Prezident I.A.Karimovning 2008-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009- yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish – davr talabi” mavzudagi ma'ruzasidan. 58 Ushbu ma'lumotlardan ko’rinib turibdiki, tijorat banklar tomonidan iqtisodiyotning sanoat sektori korxonalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan investitsion kreditlar miqdori 2011-yilda 2010-yilga nisbatan 34,3 foizga o’sgan. Ishlab chiqarish vositalari ko’rinishidagi kapitalning tarmoqdan-tarmoqqa o’tish imkoniyatlari juda cheklangan. Lekin iqtisodiyotda har doim iqtisodiy resurslarni, eng avvalo kapitalni tarmoqlar o’rtasida qayta taqsimlash zaruriyati mavjud bo’ladi. Bu vazifani eng oqilona tarzda kredit mehanizmi va uning tarkibiy qismi bo’lgan bank krediti bajaradi. Bank krediti vositasida moliyaviy resurslar pul kapitali sifatida jamlanadi hamda tarmoqlar va sanoat korxonalar o’rtasida bozor me’zonlari asosida taqsimlanadi. Kreditni belgilangan muddat davomida qaytarish va kreditdan foydalanganlik uchun muayyan haq to’lash zarurligi kreditga olingan mablag’lardan yuqori samara bera oladigan faoliyat sohalarida foydalanishga majbur etadi. Kredit sanoat korxonalari faoliyati samaradorligi darajasini oshirishga hizmat qiladi. Bank kreditining muhim vazifalaridan biri - bu ishlab turgan korxonalar aylanma mablag’lari aylanishining uzluksizligini ta`minlashdan iborat. Bu asosan qisqa muddatli kreditlash vositasida amalga oshiriladi. Qisqa muddatli kredit sanoat korxonasi ishlab chiqarish zahiralarini to’ldirishga, tovar-moddiy boyliklarini sotib olishga, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish jarayonida vujudga kelgan mablag’larning vaqtincha yetishmovchiligini to’ldirishga va boshqa shu kabi maqsadlarga yo’naltiriladi. Bank kreditlari sanoat korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirishga hizmat qilishi tufayli xalq xo’jaligida foydaning kapitallashuvi jaroyonlarini tezlashtiradi. Bu bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish bosqichida, mamlakatda qo’shimcha ish joylarini yaratish nihoyatda zarur bo’lgan davrda juda muhim ahamiyatga ega. 3-ilovada “Mikrokreditbank” OATB tomonidan sanoat sohasini moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar to’g’risida ma’lumot berilgan. 31 O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi ma’lumotlar asosida hisoblangan. 59 Sanoat korxonalariga investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashuv Respublikaning har bir hududining rivojlanishini ta'minlashga imkon beradi. Shuni ta'kidlash lozimki, mamlakatimiz hududlarining barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash respublikamizda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lmoqda. Hududlarning ijtimoiyi-iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, turmush sharoitlarining yahshilanishi ham bevosita ularning iqtisodiyotini rivojlanishi bilan bog’liq. Mamlakat iqtisodiyoti hududlardan tarkib topgan bir butun tizimni tashkil etgani sababli, uning har bir mintaqasidagi rivojlanishni ta'minlash mamlakatimizning uzluksiz taraqqiyotiga zamin yaratadi. Shunday ekan, hududlarda yangi sanoat korxonalari barpo etish, mavjudlari faoliyatini kengaytirish, ularga keng miqyosida investitsiyalarni, ayniqsa xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda mamlakat va uning mintaqalarida yaratilgan investitsion jozibadorlik va nisbiy afzalliklar muhim o’rin tutadi. Aynan ushbu omillarga investorlar tomonidan alohida e'tibor beriladi. Hududlarda sanoat korxonalarini kamligiga asosiy sabablaridan biri bu elektr ta’minotini pastligidir. Bu muammolarni yechish uchun kerakli chora- tadbirlarni amalga oshirish zarur. Sanoat tarmog’ida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham yildan- yilga oshib bormoqda. Bunga sabab, korxonalarning texnik bazasi yangilanayotganini, ishlab chiqarish quvvatlarini oshayotganini ko’rsatish mumkin (9-jadval). Jadvaldan ko’rinib turibdiki, mamlaktimizning barcha mintaqalarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish yil-yilga o’sib bormoqda. 2010-yil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng katta o’sish Namangan viloyatida kuzatilgan. Namangan viloyatida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 2010- yilda 2009-yilga nisbatan 40,5 %ga o’sgan. Qashqadaryo viloyatida esa eng past o’sish kuzatilgan. Bu hududda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 2010-yilda 2009-yilga nisbatan 3,4 % o’sish kuzatilgan. 60 Investitsiyalar samaradorligini aniqlash ularni safarbar etishning istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, iqtisodiyot bo’yicha investitsiyalar taqsimotining to’g’ri yo’nalishlarini aniqlab olishga imkon beradi. 9-jadval Qoraqalpog'isston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh. bo’yicha sanoat mahsulotlari (o'tgan yilga nisbatan foiz hisobida) 32 Yillar 2005 2006 2007 2008 2009 2010 O’zbekiston Respublikasi 107,2 110,8 112,1 112,7 109,1 121,5 Viloyatlar: Qoraqolpog'iston Respublikasi 118,4 109,2 112 110,7 102,2 120 Andijon 134,5 124,4 118,9 124 119,4 119 Buxoro 102,1 101,9 111,9 100,1 104,2 129,6 Jizzax 131,6 109,7 109,2 105 101,3 128,9 Qashqadaryo 101,3 106,7 113,5 118,9 115,1 103,4 Navoiy 97,8 101,1 102,1 102,9 101,5 112 Namangan 114 108,6 107,1 110,7 114,8 140,5 Samarqand 108,9 123,2 120,7 122,4 111,6 136,7 Surxandaryo 104,2 109,2 109,6 109,9 108,9 124,9 Sirdaryo 103,7 113,8 105,1 103,5 103,3 118,3 Toshkent 100,1 106,6 113,3 100,1 108,3 126,1 Farg’ona 105 108,8 105,6 102,5 105,8 111,6 Sanoat korxonasi misolida investitsiya samaradorligini aniqlash - bu kelajak davrga korxonalarni asosiy faoliyatlarini rivojlantirish yo’llarini aniqlash, shu jumladan o’z mablag’lari hisobidan va boshqa investorlar hisobidan xarajatlarni qoplanish miqdorini aniqlash. Strategik rejada aktivlarga bo’lgan ehtiyoj va uni ta`minlash resurslari uzoq muddatga aniqlanadi. Investitsion loyiha bu investitsiyani texnik-iqtisodiy asoslash bo’lib, u investitsion faoliyat ishtirokchilarini (mulkdor, tadbirkor, bankir, davlat va xalqaro tashkilotlar kabilar) iqtisodiy axborotnomasi, ularni o’zaro aloqalarini bog’laydi hamda tushuntiradi. Qisqa qilib aytganda, investitsiya loyihasi investitsiyadan foydalanish rejasini anglatadi. 32 O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi ma’lumotlar asosida hisoblangan. 61 Investitsiya loyihasini samaradorligini hisoblash - bu investitsiyadan keladigan samara ko’rsatkichlarini aniqlashni anglatadi. Investitsiya loyihasini asosi bu kapital qo’yilmalarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan iborat. Shu sababli investitsiya loyihasi samaradorligi kapital qo’yilmalar samaradorligi orqali aniqlanadi. Jamiyat miqyosida kapital qo’yilmalar samaradorligi koeffitsienti (K s ) milliy daromadning o’sish miqdorini ( MD) kapital qo’yilmalar summasiga (K q ) nisbatan aniqlanadi. Ya`ni: K s = MD/K q (1) Korxona miqyosida investitsiya samaradorligi (kapital qo’yilma) koeffitsienti (K i.s ) quyidagicha hisoblanadi: M k -T F K i.s = ——— yoki —— (2) K K Bu yerda: M k - yillik ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati; T - yillik ishlab chiqarilgan mahsulotni tannarxi; F - yillik foydaning miqdori; K - kapital qo’yilmalar summasi. Ko’p variantli kapital qo’yilmalar loyihasi samaradorligini aniqlash uchun har bir variantdagi xarajatlarni minimumga keltirish yo’li bilan aniqlanadi. Ya`ni: T i +E n *K min (3) Bu yerda: T i - i varinatdagi xarajatlar; E n - kapital qo’yilmalar samaradorligi koeffitsienti; K - kapital qo’yilmalar summasi. Solishtirilayotgan variantlar har xil davrga mo’ljallangan bo’lsa, bunday sharoitda variantlar (V) keltirilgan koeffitsientlar bo’yicha aniqlanadi. Ya`ni: V=1/(1+E n-b )*t (4) Bu yerda: E n-b - har xil davrdagi xarajatlarni keltirish normativi; 62 t - mablag’larni ishga tushirishdan samara olgungacha bo’lgan vaqt. Investitsiya samaradorligini aniqlashda uning o’zini qoplash muddati, xavf darajasi, inflyatsiyani oshish tempi, kelajakda soliqlar miqdorini o’zigarishi kabilar hisobga olinishi shart. Chunki investitsiyani qulay va samarali sohaga qo’yish investorlar uchun muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, investitsiya samaradorligini hisoblaganda yuqorida keltirilgan qoidalarda keltirilgan ko’rsatkichlarni solishtirma tahlili katta ahamiyatga ega. 2.3. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyati tahlili O`zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining rivojlanib borishi, foyda olishning turli yo`llarini amalga tatbiq etishga olib kelmoqda. Demak, bozor iqtisodiyotiga o’tish xo’jalik yuritishning turli mulkchilik shakllariga o’tishni talab etadi. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri qo`shma korxonalar hisoblanadi. Qo`shma korxonalar tashkil etish korxona va tashkilotlarning chet ellik sheriklar bilan aloqasini yuksaltiradi, mamlakat hududida xorijlik tadbirkorliklarga keng sharoitlar yaratadi, mamlakat hududiga xorijiy investitsiyalarini jalb etadi. Buning uchun mamlakatimizda kerakli va zarur bo’lgan ishlar olib borilmoqda va sharoitlar yaratilmoqda. Hozirgi kunda xorijlik ishbilarmonlar O`zbekistonni o`zlari uchun qulay va ishonchli sherik deb hisoblaydilar, chunki respublikamizda xorijiy investorlar uchun qulay investitsion va soliq muhiti yaratilgan. Natijada ularda o`z sarmoyalarini respublikamizda joylashtirish va biz bilan hamkorlik qilish istagi ortib boryapti. Respublikamizda yaratilgan qulay investitsion muhitning asosiy omillari - respublikamizdagi qulay siyosiy barqarorlik, boy xom-ashyo resurslarining mavjudligi, soliq solishni soddalashtirilganligi, qo`shma tadbirkorlikning huquqiy asosi yaratilganligidir. 63 Qo`shma korxonalar tashkil etishning zarurati, tovar ishlab chiqarishni ko`paytirishga sezilarli hissa qo`shadi va xalqaro savdo uyushmasiga tovar almashinuvi hamda keng xalq iste`moli tovarlari ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Qo`shma korxonalarning tashkil etilishi mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishni jadallashtiradi va xalqaro doirada mavqei ortishiga olib keladi. Qo`shma korxonalarning ahamiyatli tomoni olingan foydani taqsimlash, sarfni qoplash, korxona faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib borishdadir. Qo`shma korxonalar tashkil etish – bu murakkab jarayon hisoblanadi. Bu yerda hamkorlar tanlanadi, ular orasida ushbu masalalar yuzasidan muzokaralar olib boriladi. Hozirgi kunda iqtisodiyotning sanoat tarmog’ida erishilayotgan ijobiy o’zgarishlar xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini jadal rivojlantirishni taqozo etadi. Mamlakatimizda faoliyat ko’rsatuvchi xorijiy invetitsiyali korxonalarga amaldagi soliqlar va bojlar yuzasidan qator yengilliklar, imtiyozlar belgilangan. Ushbu imtiyozlarning amal qilinishi investitsiya siyosatinining asosini tashkil etib, o’z ijobiy samarasini bermoqda. Xorijiy investorlar ishtirokidagi manfaatdor tomonlar o’zlariga qarashli bo’lgan resurslardan birgalikda foydalanish uchun ular bilan hamkorlikda korxonalar tashkil etmoqda. O’zbekistonik va xorijiy yuridik shaxslar hamda chet el fuqorolari bunday korxonalarning ta’sischilari bo’lishi mumkin. Qo’shma korxonalarda sarmoyadorlar ulushi kamida 25%ni tashkil etishi zarur. Xorijiy investitsiyali korxonalarni tashkil etish sabablari turli-tuman bo’lib, ularni ichki, tashqi va strategik sabablar bo’lishi mumkin (10-jadval). Mamlakatimizda qo’shma korxonalarni tashkil etishda muhim omil bo’lib, soliq imtiyozlari hisoblanadi. Chunki, investorning asosiy maqsadi foyda olish hisoblanadi. Yurtimizda yaratilgan soliq mehanizmini to’laqonli o’zini oqlayotganini faoliyat ko’rsatuvchi xo’jalik sub’ektlari tarkibida chet el investitsiyali korxonalar ulushi ortib borishi bilan ko’rsatishimiz mumkin. 64 Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta`minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. 10-jadval Xorijiy investitsiyali korxonalarni tashkil etish sabablari 33 Investitsiya muhitini ustunliklaridan foydalanish Risklarni taqsimlash Ishlab chiqarish miqyosida tejash Boshqaruvni yangi usullarini o’rganish Xorijiy bozorlarni o’rganish Ichki sabablar Shartnoma xarajarlarini kamaytirish Jahon bozoriga chiqish Siyosiy keskinlikning yumshatish Milliy hukumat talablari Tashqi sabablar Samarali raqobatni vujudga keltirish Mustahkam xom ashyo bazasiga ega bo’lish Texnologiyalar transferti Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi Strategik sabablar Mamlakat uzoq vaqt faoliyat olib boorish imkoniyati Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, jahon xo’jaligini rivojlantirishda xalqaro kapital migratsiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki u mamlakatning tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalari mustahkamlanishiga olib keladi, ularning tashqi savdo aylanmalarini, ishlab chiqarish hajmini ko’paytiradi, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi, ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon bozoridagi raqobatdoshligini, importchi mamlakatlar texnik salohiyatini o’stiradi va mamlakatdagi bandlikni oshiradi 34 . 33 Qo’ziyeva N.Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar moliya va kredit mehnizmini takomillashtirish yo’nalishlari. T.: “Iqtisod-moliya”, 2006 y 34 Mamatov M. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning nazariy asoslari. “ Iqtisodiyot va ta'lim”. 2011-yil, 4-son. 65 2005-yil 3-avgustda qabul qilingan “To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini qo’llash tartibi to’g’risida” Nizomni qabul qilinishi ham qo’shma korxonalarni investitsion faoliyatini yaxshilanayotganligi va ko’payotganligini ko’rsatadi. Xususan , 2010-yilda jami xorijiy investitsiyali korxonalar soni 4201 tani tashkil etgan bo’lsa, shulardan 1975 tasi sanoat tarmog’ida faoiyat yuritmoqda (9-rasm). Bu korxonalarning investitsion faoliyati yaxshilanishida yuqoridagi Nizomning o’rni beqiyosdir. 9- rasm. Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari 35 . Albatta xorijiy investitsiyali korxonalar orasida faoliyat yuritmayotganlari ham bor, lekin faol ishlab turgan korxonalar sonining tobora oshib borishi ijobiy ko’rsatkich bo’lib, bunga xorijiy investorlarning mamlakat iqtisodiyotiga qiziqishi ortayotganligi, umumiy biznes yurigizish muhiti yaxshilanib borayotganligi va korxonalarni investitsion faoliyatini faol olib borishi uchun keng miqyosidagi soliq imtiyozlari berilayotganli sabab bo’ladi. Ishlab chiqarish hajmiga ko’ra sanoat tarmoqlari ulushiga xorijiy investitsiyali korxonalar mahsulotining qariyb 80%i to’g’ri keladi. Faoliyat 35 O’zbekiston Respublikasi yillik statistik to’plami ma’lumotlari asosida hisoblangan. 66 ko’rsatayotgan xorijiy investitsiyali korxonalarning eng yuqori ulushi sanoat tarmog’iga to’g’ri keladi. 2010-yilda jami xorijiy investitsiyali korxonalarning 47,0 %i sanoat tarmog’ida faoliyat yuritgan (11-jadval). 11-jadval O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyali korxonalarning tarmoq tarkibi (jamiga nisbatan % hisobida) 36 2005 2006 2007 2008 2009 2010 Jami 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 shundan: Sanoat 56,6 53,8 48,8 50,4 46,7 47,0 Qishloq xo’jaligi 2,4 2,3 2,2 2,1 1,9 1,8 Transport va aloqa 4,4 4,2 4,4 5,0 3,8 4,1 Qurilish 4,4 4,8 5,5 4,4 5,7 5,6 Boshqalar 32,2 34,9 39,0 38,1 41,9 41,5 So’nggi 10 yil mobaynida mashinasozlik sohasining ishlab chiqarish hajmi xorijiy investitsiyali korxonalarning umumiy mahsulotida 31% dan 39% ga ko’tarildi. Buning boisi shundan iboratki, respublikamizda avtomobilsozlik va unga aloqador tarmoqlar jadal sur`atlarda rivojlanib bormoqda. Asakadagi avtomobil zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil mashinalar soni yildan-yilga o’sib bormoqda. 2007-yil oktyabrda O’zbekiston hukumati va AQSHning yirik kompaniyasi “General Motors” o’rtasida bitim imzolanib, unga ko’ra “GM O’zbekiston” korxonasi tashkil etildi. Ushbu qo’shma korxonaning tashkil etilishi respublikamizda ishlab chiqariladigan avtomobillarning yangi turlarini joriy etish, sifatini ta`minlash va ularni eksport qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirib, ushbu zavod bilan uzviy hamkorlikda faoliyat yuritayotgan boshqa butlovchi qismlar yetkazib beruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ham “General Motors”ning global masshtabdagi marketing tizimiga bog’lash imkonini yaratadi. 36 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan. 67 Sanoat tarmog’idagi xorijiy investitsiyali korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Buning amaliy ifodasini xorijiy investitsiyali korxonalar ishlab chiqarish hajmining yildan-yilga jadal su’ratlarda o’sib borayotganini kuzatish mumkin. Qo’shma korxonalarni mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2004-yil 1958,4 millard so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2010-yil bu ko’rsatkich 7 barobarga oshib 14198,3 milliard so’mga yetgan. 2010-yilgi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini 2009-yilga nisbatan solishtirganimizda bu ko’rsatkich 19 % ga o’sgani bilan ta’kidlash mumkin (10- rasm). Download 5.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling