O’ZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHI
Ekologik yo’nalishdagi ishlar keyinchalik O’zFA Botanika instituti olimlari
V.A.Burigin, O.X.Hasanov va boshqalar tomonidan o’simliklarni qurg’oqchil issiq
(cho’l)
sharoitiga
moslashishi,
o’simliklar
hamjamoasining
tuzilmasi,
mahsuldorligi, em-xashakbop o’simliklarning orasidan qurg’oqchil issiq sharoitga
chidamli turlarini tanlash va ularning ekologik-biologik xususiyatlarni o’rganib,
sun’iy yaylovlar barpo etishning ilmiy asoslari ishlab chiqildi. O’zFA Zoologiya va
parazitologiya institutida hayvonot olamini muhofaza qilish va undan oqilona
foydalanish tadbirlari, qishloq xo’jalik hayvonlarida uchraydigan yuqumli
kasalliklarning oldini olish, qimmatli hayvon turlarining kadastri va nazorat ishlari
olib borildi.
Ushbu ilmiy ishlarga T.Z.Zohidov, A.M.Muxammadiev, V.V.YAxontov,
M.A.Sultonov, G.O.Olimjonov va boshqalar rahbarlik qildi. XX asrning ikkinchi
yarmida hozirgi davr fanlarini “ekologlashtirish” boshlandi. Bu esa ekologik
bilimlarning katta ahamiyatga ega ekanligini bildiradi. Demakki, hozirgi davrda
ekologiya fanining kelajagi porloq, chunki insoniyatning sayyoramizda yashab
qolishi, ko’p jihatdan ushbu fanning rivojlanish darajasi bilan bog’liq bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |