Uzoqov ilhom shoniyozivich XIX asr oxiridan mustaqillik yillarigacha o
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
xix asr oxiridan mustaqillik yillarigacha ozbekistonda arablar hayoti tarixi manbashunosligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ILMIY RAHBAR: prof. SAIDOV I.M.
- Kirish
- Tadqiqot ob’ekti va predmeti.
- Dissertatsiyaning maqsad va vazifalari.
- Mazkur tadqiqotda quyidagi vazifalarni yechish ko‘zda tutilgan
- Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
- Manba va adabiyotlar taxlili.
- Tadqiqotda qo‘llaniladigan uslublar.
- Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi.
- I BOB. XIX ASR OXIRLARI XX ASRNING 80-YILLARIDA ARABLAR 1.1.Arablarga doir tarixiy va etnografik ma’lumotlar
1
SAMDU TARIX FAKULTETI TARIXSHUNOSLIK VA MANBASHUNOSLIK KAFEDRASI
UZOQOV ILHOM SHONIYOZIVICH “XIX ASR OXIRIDAN MUSTAQILLIK YILLARIGACHA O’ZBEKISTONDA ARABLAR HAYOTI TARIXI MANBASHUNOSLIGI” MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ILMIY RAHBAR: prof. SAIDOV I.M.
SAMARQAND-2015 2
Kirish 3-8 I BOB. XIX ASR OXIRI XX ASR 80-YILLARIDA O’ZBEKISTON HUDUDIDAGI ARABLAR TARIXI O’RGANILISHI 1.1. Arablarga doir tarixiy va etnografik ma’lumotlar 9-15 1.2. Aholi ro’yhatlari va statistik materiallarda arablar 16-34 II BOB. ARABLARNING KELIB CHIQISHI XUSUSIYATLARI TURMUSHI XO’JALIGI 2.1.Arablarning antropologik xususiyatlari mashg’uloti va turar joyiga oid tadqiqotlar 35-40 2.2.Arablar bilan bog’liq ijtimoiy toifalar 41-45 III BOB. MINTAQA ETNOMADANIY JARAYONLARIDA ARABLAR 3.1. Movarounnahrdagi etnomadaniy jarayonlarda arablarning o’rni 46-62 3.2.O’zbekistondagi arablarning til xususiyatlari 63-78 Xulosa 79-82 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 83-85
3
Mavzuning dolzarbligi. Demokratik jamiyat qurish yo’lida shu vaqtgacha bosib o’tilgan tarixiy bosqichlarni tahlil etish asosiy vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Jamiyat va davlatchilik tarixni yanada chuqurroq anglash va undan to’g’ri xulosa chiqarish mustaqil davlat barpo etish yo’lida asosiy omillardan biri bo’lishi mumkin. Hozirgi zamonaviy bosqichda tarixiy bosib o’tilgan yillarga qayta nazar tashlash ilmiy tadqiqot olib borishda zaruriy jihatlaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so’ng fanning barcha sohalariga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Shu jumladan, tarix fani va uning rivojiga ham katta e’tibor berildi.O'zbekistan o’zining ko’p ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida mahalliy tub joy aholisiga ona-Vatan, ota makon bo’lib keldi. Ayni paytda taqdir taqozosi hamda ko’plab ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida mazkur hududga dunyoning turli mamlakatlaridan har xil sabablar tufayli kelib qolgan xalqlar ham qo’nim topib, mahalliy aholi bilan tinch-totuv hayot kechirib kelmoqdalar. Ana shunday xalqlardan biri arablar bo’lib, ular Arab tarixiy davlatining O’rta Osiyoga yurishi hamda keyingi asrlarda yuz bergan siyosiy va etnomadaniy jarayonlar natijasida mamlakatimiz hududiga kelib o’rnashib, bu yerda muqim yashab qolganlar va bugungi kunda mahalliy xalqlar bilan qavmu- qarindosh bo’lib ketganlar. O’tmishda mintaqa arablariga nisbatan turlicha munosabatda bo’lib kelindi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, yurtimizning barcha xalqlari qatori vatanimiz tuprog’ida ko’p asrlardan buyon yashab kelayotgan arablarning hayotida ham ijobiy o’zgarishlar yuz berib, ularning tarixi va etnografiyasini xolisona yoritish uchun katta imkoniyat vujudga keldi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O’zbekistonning yangi tarixini yaratish konsepsiyasi asosida xalqimiz o’tmishini xolisona va haqqoniy yaratish olimlar oldiga qat’iy vazifa qilib qo’yildi. Chunki O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganlaridek: “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi
4
kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”. “Shu nuqtai nazardan qaraganda, biz o’z tariximizni xolisona va haqqoniy baholab, ma’naviy merosimizni boyitish va rivojlantirishga o’z hissamizni qo’shishimiz, shu asosda bugungi jahon ilmu fani va madaniyatining yuksak cho’qqilarini egallashdek buyuk vazifaga har tomonlama munosib va qodir bo’lishimiz darkor 1 .
o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganishgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi” 2 . O'zbek xalqi o’tmishda ko’p istilolarni, jangu jadallarni, hatto tuhmatu buhtonlarni o’z boshidan kechirdi. Biroq, eng muhimi shundaki, har qanday sharoitda dam xalq o’zligini saqlab qoldi. Yurtboshimiz e’tirof etganlaridek:
kelmagan, ko’p yillar, balki, asrlar davomida yurtimizda ne-ne o’zga sulolalar hukmronlik qilmagan, deysiz. Bir so’z bilan aytganda, ming yillar davomida yurtimizga kelib- ketganlar ozmi? Erondan Ahmoniylar, Yunonistondan Aleksandr keldi, Arabistondan Qutayba, Mug’ulistondan Chingizxon keldi, rus istilochilari keldi. Lekin xalq qoldi-ku. Xo’sh, bunda qanday sir-sinoat bor? Xalq qanday ichki kuch-qudratga tayanib o’zligini saqlab qoldi? Qadim-qadim zamonlardan o’troq yashagani, ilm-ma’rifatga intilgani, buyuk madaniyatga ega bo’lgani, o’z urf- odatlarini muqaddas bilgani uchun emasmi 2 . Darhaqiqat, Arab tarixiy davlati yurtimizni zabt etish uchun bir yarim asrdan ko’proq vaqt sarflagan. Shu dalilning o’ziyoq xalqimizning istilochilarga qarshi qanchalik mardonavor, shiddatli kurash olib borganligini ko’rsatadi. Arablarning Movarounnahr zaminidagi hukmronligi IX asr oxirlariga kelib zaiflashib, hokimiyat mahalliy sulolalar qo’liga o’tgach, mamlakatni idora qilgan arablarning asosiy qismi Arabistonga va Xurosonga qaytib ketishga majbur bo’lganlar. Biroq islom dinini yoyish va qaror toptirish ishlarida qatnashgan, shuningdek,
1 Karimov I. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch.-T:.Ma’naviyat,2008.-52-bet. 2 O’sha asar. - 97-bet .
5
dehqonchilik va chorvachilik bilan mashg’ul bo’lgan bir qism arablar O’rta Osiyo hududlarida, eng avvalo, O'zbekiston tuprog’ida muqim yashab qoladilar. Bu yerni o’zlariga yangi yurt tutib, asta-sekin mahalliy xalqlar bilan etnik jarayonlarga kirishgan arablar taqdiri, o’rta osiyoliklar, shu jumladan, o'zbeklar taqdiri bilan uyg’unlashib borgan. Prezidentimiz I. Karimov ta’birlari bilan aytganda: “Tariximiz kabi, qadim madaniyatchiligimizning yaratilishida ham unga ko’plab etnik guruh, el-elatlar o’z ulushini qo’shgan. Bu - tabiiy hol. Chunki, hech qachon, hech qayerda faqat bitta millatga mansub madaniyat bo’lmaydi. Har qanday sivilizatsiya ko’pdan-ko’p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mahsulidir. Bir so’z bilan aytganda, ko’chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi”
Arab istilochilarining Turon zaminiga yurishi davrida o’lkamiz xalqlari, murakkab ichki ijtimoiy-siyosiy vaziyat va o’zaro nizolarga qaramay, o’zining asrlar davomida yashab kelayotgan tarixiy-madaniy belgilari va milliy etnik xususiyatlarini saqlab qoldi. Mintaqaga chetdan kirib kelgan boshqa xalqlar esa bu yerdagi an’analarni o’zlashtirib mahalliy xalqda singib borganlar hamda ma’lum darajada o’zliklarini ham saqlab qolishga harakat qilganlar. Bunga O'zbekiston hududiga VII asr o’rtalarida kirib kelgan arablar tarixi misol bo’la oladi. Arablarning O’rta Osiyoga, shuningdek, mamlakatimiz zaminiga kelib joylashuvi hamda mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy jarayonlardagi o’rni, hayoti, turmush tarzi ko’plab tarixiy manbalar va tadqiqotlarda o’z aksini topgan. Mazkur manba va tadqiqotlarni shartli ravishda quyidagi besh guruhga bo’lish mumkin: 1. 1.VIII-XIX asrlarga oid manba va adabiyotlar. 2. 2.Rossiya imperiyasi hukmronligi davriga mansub tadqiqotlar. 3. 3.Sovet davridagi ilmiy izlanishlar va yaratilgan adabiyotlar. 4. 4.Mustaqillik davrida amalga oshirilgan tadqiqotlar. 5. 5.Xorijlik tadqiqotchilarning asarlari. 3 Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q / Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T. 7. - T.: O'zbekiston, 1999. - 143-bet. 6
Tarixiy manba va adabiyotlar haqida fikr yuritar ekanmiz, tarixshunos olim A.X. Doniyorov ta’kidlaganidek: “bugungi kunda biz o’tgan yillar nashrlaridan qaysilari hozirgi kun uchun, qolaversa, yaqin va uzoq kelajak uchun qimmatli bo’lishi mumkinligini aniqlash maqsadida ularni qayta-qayta ko’zdan o’tkazmoqdamiz” 4 . Xulosa qilib aytganda, mazkur muammo ko’pdan beri tadqiqotchilarning diqqatini jalb qilib, ular tomonidan ko’plab tadqiqotlar chop ettirilgan bo’lishiga qaramay, O'zbekistonda yashovchi arablar tarixi va etnografiyasi haligacha maxsus tadqiqot ob’ekti bo’lmagan. Shuningdek, arablarning respublikamizda o’troqlashuvi va etnomadaniy hayoti keng qamrovli tadqiq etilgani yo’q. Ayniqsa, O’zbekistonda yashovchi arablarning ijtimoiy-madaniy hayotidagi mustaqillik yillarida yuz bergan o’zgarishlar e’tibordan chetda qoldi.
O'zbekiston hududiga arablarning kirib kelishi va o’troqlashish tarixi hamda ularning hayotini tadqiq etish maqsadida mavzuga oid adabiyotlar, xususan, XX asrda amalga oshirilgan tarixiy-etnografik va antropologik tadqiqotlar tahliliga alohida e’tibor qaratildi. Yuqorida qayd etilganidek, arablarning hozirgi kundagi mamlakatimizda ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar sharoitidagi madaniy-maishiy turmush tarzini yoritishda tarixiy manbalar bilan bir qatorda dala kuzatuvlari davomida yozib olingan axborot, intervyu va suhbatlardan ham keng foydalanildi.
mustaqillik yillarigacha O’zbekistonda arablar tarixidir. Tadqiqot arablar tarixini yuqoridagi manba asosida o’rganib, tahlil qilishga bag’ishlanadi. U shuningdek, arablar ning umumiy ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy tarixini ham ochishga xizmat qiladi.
4 Doniyorov A.X. O'zbek xalqi etnografiyasi bo’yicha 1940-1980 yillarda maxsus etnografik jurnallarda chop etilgan maqolalar xususida // 0‘zbekiston tarixi. - Toshkent, 2002. - №4. - 31-bet. 7
nashr etilgan barcha arablar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, analiz qilib, shuningdek arablar tarixi bo’yicha qo‘shimcha tadqiqotlarni o‘tkazib, tarixshunoslik nuqtai nazaridan ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatishdan iborat. Shuningdek arablar tarixini yoritishda manbalarning axamiyatini aniqlash, tarixshunoslikning rivoji uchun zarurligini ochib berish xam asosiy maqsadlardan biri qilib belgilangan. Mazkur tadqiqotda quyidagi vazifalarni yechish ko‘zda tutilgan: - Asosiy va qo’shimcha manbalar asosida arablar tarixini tadqiq etib, ma’lumotlarni analiz qilib, tarixiylik nuqtai nazardan ahamiyatini aniqlash; - Arablar tarixi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, prinsipial o‘ziga xosliklarini kengroq o‘rganish maqsadida tahlil qilish; - Manbalarning aynan arablar tarixini yoritishda mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohaga oid ma’lumotlorga nisbatan farqli jihatlarini aniqlash, - Arablar tarixini o’rganishda zamonaviy tadqiqotlarning nazariy asoslarini tadqiq etib, ularning bugungi kundagi perspektivalarini aniqlash. - arablar tarixi borasida olib borilgan tadqiqotlar va ularning mustaqillik davridagi ahamiyatini nazariy hamda ilmiy jihatdan ochib berish, natijalar va xulosalarni umumlashtirishdan iborat. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari Tadqiqotning asosiy masalalaridan biri solishtirma-tarixiy uslub asosida arablarning manbalar ma’lumotlari bilan XIX asrdan keyingi davri tarixini tadqiq etishdan iborat. Tadqiqotning farazlari arablarning XIX asrdan keyingi tarixini o’rganishda bir necha yo’nalishlar borligini taxmin qilishdan iborat.
Mavzuga oid manba va adabiyotlar tahlilining ko’rsatishicha, O’rta Osiyoda arab istilosiga doir bir nechta kitob va ilmiy tio’plamlar chop etilgan bo’lishiga qaramay, O'zbekistonga arablarning kirib kelish bosqichlari va joylashish tarixi, 8
ularning keyingi hayoti va taqdiri tarixiy-etnografik ko’lamda maxsus tadqiqot ob’ekti bo’lmagan. Shuningdek, arablarning respublikamizda o’troqlashuvi va etnomadaniy hayoti ham yetarlicha o’rganilmagan. Tadqiqotda qo‘llaniladigan uslublar. Mazkur tadqiqotda solishtirma- tipologik, tarixiy uslublardan foydalanildi. Dissertatsiyada arablar tarixining XIX asrdan keyingi davrini tadqiq qilish uchun sistemali analiz qo‘llanildi. Dissertatsiyani tayyorlashda tizimlashtirish, sivilizatsion yondashuv, tarixiy- taxliliy, qiyosiy-taxliliy uslublar qo‘llanilgan.
Dissertatsiyada manbalar va ularda qayd etilgan ma’lumotlarning arablar tarixini yoritishdagi ahamiyati hamda ma’lumotlarning qayd etilish jarayonlarini xronologik tartibda o’rganish va asoslash, tadqiqot o‘tkazish jarayonida ratsional vosita va uslublardan foydalangan holda keng qamrovli tarzda yoritildi. Tadqiqotda keltirilgan ma’lumotlar ilmiy asosga ega bo‘lib, asosiy xulosa va tavsiyalari arablar to’grisidagi tadqiqotlarni takomillashtirishda qo‘llanilishi mumkin.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi shu bilan aniqlanadiki, ilk bor manbalardagi arablar haqidagi ma’lumotlar tizimli tarzda o’rganilib, tahlil qilindi. Shu asosda arablar tarixining XIX asrdan keyingi davridagi umumiy iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayoti alohida, alohida tadqiq etildi. Gazetadagi ma’lumotlar boshqa manbalar bilan solishtirilib ularning o’xshash va farqli jihatlari aniqlandi. Ular qayd etildi. Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat..
9
ARABLAR 1.1.Arablarga doir tarixiy va etnografik ma’lumotlar
O’rta Osiyoda, shuningdek, O'zbekiston hududida VII asr o’rtalaridan buyon yashab kelayotgan arablarning umumiy soni ma’lum davrlargacha aniqlanmasdan keldi. Bu hol birgina arab nufusiga taalluqli bo’lmay, balki tub joy aholisiga ham bevosita daxldordir, chunki o’tmishda aholini ro’yhatga olish taomilga kirmagan edi. Ammo qishloq oqsoqollari, urug’ boshliqlari, shaharlar hokimlari o’z qo’l ostidagi nufusning miqdorini, jon sonini taxminan bilgan. Chunonchi, keyingi asr- larda o'zbek xonliklari bir qancha bekliklarga bo’lingan, har bir beklik o’z aholisi nisbatiga ko’ra xon qo’shinlariga sipohiylar bergan, zarur bo’lgan vaqtda aniq miqdorda lashkar to’plagan. Bundan tashqari, soliq ishlari (ayniqsa, jon boshi solig’i)da hisob-kitob to'g'ri yo’lga qo’yilgan. Vaqf xujjatlarida ham tuman va qishloqlarning nufusi va soni aniq ko’rsatilgan. G. Meyendorf arablar haqida quyidagicha xabar beradi: “Ular qishloqlarda yashaydilar, bir qismi esa Buxoro shahriga qo’shni turadilar. Ayrim arablar ko’chmanchi, shuningdek, yarim ko’chmanchi, Termiz yo’nalishi va Qarshi atroflarida ko’chib yuradilar. Arablarning ko’pchiligi dehqonlar. Ularning cho’llarda chorva boqib yuradigan otarlari borki, bu savdo sotiqda muhim bo’lgan mashhur barra terilarni yetkazib berish manbai sanaladi” 5 . G. Meyendorf, Buxoro viloyati (xonlik)da yashovchi arablarning o’sha paytdagi umumiy sonini 50 ming kishi deb ko’rsatgan. Vengriyalik sharqshunos olim va sayyoh Herman Vamberi ham Buxoro
5 Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-164.b. 10
amirligidagi tubjoy aholi qatori kichik etnoslar, ularning hayot tarzi, soni, yuz qiyofasi singari masalalarga qiziqqan. Buxoro amirligidagi arablarning mahalliy aholiga aralashib, unga tobora singib borayotganini Herman Vamberi quyidagicha tasvirlaydi: “Ularning afti-angoridan bo’lak Iroq va Hijozdagi birodarlariga o’xshashlikdan asar ham qolmagan. Men, hatto,arabcha gaplashuvchilarni ham kam uchratdim. Ularni 60000 ga qadar deb hisob qiladilar. Ularning asosiy qismi Vardonze va Vobkent atroflarida o’troq hayot kechiradi” 6 .
an’anaviy hisob-kitoblardan kelib chiqqan, albatta. Demak, o'zbek xonliklarida aholini ma’lum tartibda hisob-kitob qilish usuli bo’lgan. Ma’lumki, Pyotr I davridan boshlab Rossiya imperiyasi Turkistonni mustamlakaga aylantirish uchun uni keng ko’lamda o’rganish ishlarini boshlab yuborgan edi. Ayniqsa, XVIII-XIX asrlarda rus elchilari, olimlari va sayyoh-josuslari Turkistonga tez-tez qatnaydigan bo’lganlar. Turkiston haqida bu davrda yuzlab kitoblar, hisobotlar, esdaliklar yozilgan. Ularning ba’zi birlarida o’lkada istiqomat qilib kelayotgan arablar xususida ham ma’lumotlar uchraydi. Ta’kidlash kerakki, O'zbekiston arablari tarixini o’rganishda ushbu ma’lumotlar alohida ahamiyatga ega. Jumladan, P. Savelevning “Buxoro 1835 yilda” deb nomlangan asarida shaharda qancha aholi yashayotgani qayd etiladi. “Buxoro aholisini, - deb yozadi muallif, - baron Meyendorf 70000 kishi deb qayd etadi, poruchik Byorns 160000 tagacha, doktor Eversman esa 200000 ta deb ko’rsatadi. G. Demezon va G. Meyendorf tomonidan aytilgan raqam, boshqalaridan ko’ra, haqiqatga yaqindir” 7
etnomadaniy xususiyatlarini diqqat bilan o’rganib, quyidagi fikrlarni qayd etgan: “Buxoro xonligining hozirgi aholisi tarkibiga kiruvchi qabilalarga razm solgan har bir kishi ularning turli-tuman qavm va urug’lar aralashmasidan iborat ekanligiga, faqat din tufayli bir butunlikni tashkil etganlariga iqror bo’ladi... Bu arab qabilalari xonlikning shimoliy qismlarida tarqalgan bo’lib, ko’proq
6 Вамбери X. Путешествие по Средней Азии. - М., 1867. - С. 308 7 Савельев П. Бухара в 1835 году. - СПб., 1856. - С. 12. 11
Vardonze (hozirgi Shofirkon tumani) va Samarqand atrofida yig’ilganlar. Ular hozirga qadar ajdodlarining ko’chib yurish odatlarini tark etmaganlar, faqat bir farqi shundaki, bu joydagi keskin iqlim hozirgilariga chodirni uyga almashtirishni taqozo etgan. Ularning juda oz qismi o’troqlashgan hamda savdo ishiga majburiyat sezadilar. Ularning yuz tuzilishi kelib chiqishlarini oshkor etib turadi, ko’plarining ko’zlari katta va sochlari kabi tim qora. Terilari quyosh nurini juda kuchli qabul qilishga moyilki, aksariyati tamomila quyoshda kuyib, qorayib ketgan. Ular o’zaro arabcha gaplashadilar, ammo bu sof arab tili emas. Ularning asosiy sanoati qo’ylarni urchitishdan iborat. Qora va kulrang barra terilarni xonlik bozoriga olib chiqadilar. ...afsuski, ular bilan nihoyatda oz munosabatda bo’ldik. Umuman, ular odob-axloq bobida juda yuqori turadi, chog’i. Zero, Buxoroda o’tkazgan hayotimiz davrida ular haqida biror yomon gap eshitmadik. Buxoroliklar ulardan bir narsada ozroq qo’rs muomala va odamshinavandalikni bilmasliklaridan koyinishadi” 8 . N. Xanikov ma’lumotlaridagi uch jihat e’tiborga molikdir. Birinchisi, Buxoro xonligidagi arablarning bir qismi XIX asrning birinchi yarmida ajdodlari an’anasiga amal qilib, ko’chmanchi hayot kechirganlar. Lekin bu hol arablarning mahalliy aholi bilan keng ijtimoiy-iqtisodiy, etnomada- niy va demografik aloqalar o’rnatishlariga xalaqit bermagan. Ikkinchisi, bu davrda arablar ona tilini saqlashga va o’zaro arabcha gaplashishga intilganlar. N. Xanikov ularning nutqi sof arabcha emas, deydi. Bu o’rinda tilda, nutqda kontaminatsiyalashish jarayonlari o’z aksini topgan. Uchinchisi, Buxoro xonligidagi arablarning aksariyat qismi ota-bobolaridan farqli o’laroq chodirdan voz kechib, asta- sekin mahalliy aholiga taqlid qilib paxsadan uylar qurib, o’troq yashay boshlaganlar. Paxsa uylarda yashash XVIII asrdan avval boshlangan, albatta. Bunday assimilyatsiyalashuv jarayonlari Sharqiy Buxoro arablari hayotida ham ko’zga tashlanadi 9 . Masalan, Ko’lob arablari hayot tarzini o’rgangan B. X. Karmisheva shunday yozadi: “Ko’lob bekligida arablar Ko’lob shahrida va 6 ta qishloqda yashaganlar. Pahar tumanidagi arablar chorvador-ko’chmanchilar
8 Ханыков Н. Описание Бухарского ханства. - СПб., 1843. - С. 53-57. 9 .Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-164.b. 12
bo’lib, ko’rsatilgan qishloqlar (Lagmen, Jangalboshi, Navbuloq, Arab, Qaroqchi) ularning qishlov joylari edi. Yozni ular Qoratog’ o’ngirlariga yaqin yaylovlarda o’tkazadilar. Vaxsh vodiysida Jo’ybor anhorining (Qumguzardan Uzunga qadar) ikkala tomonida arab chorvadorlari qishlaganlar, qolgan vaqtlarda uyurlar bilan adir va tog’lar bo’ylab ko’chib yurganlar XIX asr rus sayyohlari orasida A.D. Grebenkin o’zining Zarafshon vodiysidagi arablar haqidagi maqolasida arablarni shunday ta’riflaydi: “Okrug arablari ikki xilga bo’linadi. Ulardan birinchisi xiyla cho’ziq yuzli, sochlari qalin o’sgan, ko’zlari katta ma’noli va turli rangda, biroq ko’proq qoramtir, qo’yko’zli, burunlari uzun, burgut monand. Ular o’rta bo’ydan balandroq, zuvalasi pishiq va kuchlidirlar. Bu arablar Samarqandga yaqin Xo’ja Ahror mavzesida yashaydilar. Kattaqo’rg’onda esa ular Arabxona mahallasi va uning yon-atrofidagi bir qancha qishloqlarda o’rnashganlar. Arablar okrugning Kattaqo’rg’on qismida Samarqanddagidan ko’proq deb hisoblanadilar. A.D. Grebenkinning qayd etishicha, arablar orasida yarim ko’chmanchilar va dehqonlar ham bo’lgan. Nisbatan boyroq arablarda 350 tagacha, qolganlarida o’rtacha 100 bosh atrofida qo’y bo’lgan. Samarqand arablari Og’oliq (Ohalik) tog’i, Mironqul va Qodirberdi ko’li atroflarida, Kattaqo’rg’on arablari esa Chimboy, Jomgacha ko’chib yurganlar. Bu esa ularning turmush tarzida chorvachilik xo’jaligi ustuvor bo’lganini ko’rsatadi. Arablar jun va ip gazlama to’qish bilan shug’ullanganlar. Ular to’qigan gilam ajabtovur bezakli bo’lgan. Ular o’zlaridan uylanganlar va hatto Kattaqo’rg’onlik arablar boshqa elatlar bilan quda- anda bo’lganlarni xush ko’rmaganlar. Qalin 40 so’mdan 200 so’mgacha to’langan. Kambag’allar o’zlarining yaqin qarindoshlariga qalinsiz uylanganlar. “Birinchi xil arablar, - deb yozadi A.D. Grebenkin, - harbiy xizmatda kamdan-kam bo’ladilar, ikkinchilari hamisha sipohiy bo’lib kelganlar. Savodlilar arablar orasida juda kam. ...Okrugda arablar soni 2000 xo’jalikdan oshmaydi” 10 . 10
Гребенкин А.Д. Мелкие народности Зерафшанского округа // Русский Туркестан. Сборник, изданный по поводу политехнической выставки. Вып. 2.-M., 1872.-С. 113-114 13
A.D. Grebenkin Samarqand okrugining Kattaqo’rg’on qismida yashovchi arablar haqida ma’lumot berganida, ularning “qarindoshlari Qarshi okrugining g’arbiy qismida yashashlarini, ular yaxshi otlari va alohida zotdor qo’ylari bilan mashhur ekanligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga u Qarshi arablari o’zaro buzilgan arab tilida gaplashadilar”, deb eslatib o’tadi 11 . Xuddi shuningdek, L. N. Sobolev N. Xanikovning arablar Samarqand atrofida ko’chmanchi hayot kechiradilar, degan fikrini ham ma’qul topmaydi. “Bu to'g'ri emas, - deb yozadi ular yo to’la o’troqlashgan, yo yarim ko’chmanchi hayot kechiradilar, ya’ni yerga ishlov berish ularning asosiy mashg’uloti bo’lib, chorvachilik ikkinchi darajalidir. Kattaqo’rg’on qismida arablar ko’chmanchi hayotga yaqin turmush kechiradilar. Okrugda ular kam sonli, ammo o’zligini saqlab, qiyinchilik bilan o’zga elatga singishib boradi. Samarqand qismidagi arablar Angar (Darg’om- R.R.) tumanining bir chetida o’tirishadi, ularni bu joyda 1200 jon hisob qiladilar. Shu hududning Ofarinkent tumanidagi Arabxona degan qishloqda 246 odam yashaydi. Bundan tashqari, aytish joizki, ular Yangiqo’rgon tumanida juda oz (45 jonga qadar) miqdorda o’rnashganlar. Kattaqo’rg’on qismida, ko’rib o’tganimizdek, arablar aynan Kattaqo’rg’on shahrida (Arabxona mahallasida - 145 jon) va uning yon- atrofidagi ba’zi qishloqlarda yashaydilar” 12 . O'zbekiston hududida yashab kelgan arablarning geografik joylashuvi va miqdori haqida I.I. Geyler, A. Kun, D.N. Logofet, Girshfeld va Galkinlar ham ma’lumotlar berganlar. “Turkestanskiye vedomosti” gazetasining 1875 yil 10-sonida, masalan, Amudaryo bo’limidagi (Qaraqalpog’iston) Sho’raxon mavzesida 47 xonadondan iborat arab jamoasi hayot kechirayotgani haqida xabar berilgan. Sho’raxon arablari haqida yana O.I. Shkapskiy ham eslatib o’tgan. L. Kostenkoning 1871 yilda chop etilgan “O’rta Osiyo va unga rus fuqaroligining kiritilishi” nomli asarida Zarafshon vohasida kam sonli ko’chmanchi arablar yashayotgani qayd etilgan. Girshfeld va Galkinlar Xiva xonligining harbiy statistik tavsifiga bag’ishlangan tadqiqotlarida Xorazmda arablar voha aholisi umumiy
11 O’sha asar. - 114-bet 12 O’sha asar. - 149-bet. 14
sonida juda kam foizni tashkil etishi, faqatgina Pitnak bekligida aholining 19% arablar ekanligi aniqlangan 13 . Asarning nomidan ham ko’rinib to’rganidek, masalaga harbiy nuqtai nazardan yondoshgan mualliflar aholi sonining aniq bo’lishiga katta ahamiyat qaratganlar. Masalan, Xiva vohasida yashaydigan arablar 1926 kishi ekanligi (Xiva va uning atrofida 108 oila, 540 jon; Pitnakda 240 oila va 1200 jon; Amudaryo qismining Sho’raxon bo’limida esa 31 oila, 186 jon) ko’rsatib o’tilgan 14 . Buxoro xonligi haqida bir necha kitoblar yozgan D.N. Logofet Buxoro vohasida arablarning Bakr ibn Vali, Bani Ali, Bani Tamim va Abdulqays urug’larining avlodlari yashayotganligini qayd etadi. “Buxoro xonligida joylashgan arablar, - deb yozadi u, - asrlar o’tishi bilan ko’p jihatdan o'zbeklarga qo’shilib ketgan bo’lsada, biroq xonlikda hamisha alohida yashab, alohida jamoani tashkil etganligi sababli, o’z qabilasining ba’zi bir tashqi alomatlarini saqlab qola olgan. Hozirgi vaqtda arablar Kabodiyon, Shahrisabz, Hisor, Chiroqchi bekliklarida uncha ko’p bo’lmagan miqdorda uchraydi, zero, geografik xaritaga nazar tashlansa, arablar qachonlardir Balx va Samarqand yo’li bo’ylab joylashganligini ko’rish mumkin” 15 . Bundan ko’rinadiki, ushbu ma’lumotda boshqa mualliflarda uchramaydigan, ammo arablar oz bo’lsada, yashab kelayotgan bekliklar sanab o’tiladi. N. Xanikov o'zbeklarning urug’larga bo’linishi haqida fikr yuritib, D.N. Logofet ta’kidlagan “arab” urug’ini tilga olgan edi. Professor X.Doniyorovning ko’rsatishicha, N. Xanikov Buxoroda bo’lgan vaqtida qandaydir bir o'zbek kishi tomonidan yozilgan “Насядь Памяти - Узбекия” (“Nasabnomayi O’zbakiya”) degan kitobni qo’lga kiritgan va o’zi tomonidan yozib qoldirilgan urug’larning ko’pchiligini o’sha qo’lyozmadan olganligini qayd etib o’tgan. U o'zbeklarning juda ko’p urug’ va qabilalarga bo’linishi haqida gapirar ekan, yuqoridagi qo’lyozmaga asoslanib, o'zbeklarning quyidagi urug’larini misol qilib keltiradi: 1. Mang’it. 2. Ming. 3. Yo’z. 4. Qirq. 5. O’ng. 6. O’ ng’ochit. 7. Jaloyir.
13 Гиршфельд. Военно-статистические описания Хивинского оазиса. - Т., 1903.-С. 74. 14 Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-169.b. 15 Логофет Д.Н. Бухарское ханство под русским протекторатам. Т. 1. - СПб., 1911. - С. 174. Мадамиджанова 15
8. Saroy. 9. Qo’ng’irot. 10. Yalchin (Olchin). 11. Orgun (Arg’un). 12. Nayman. 13. Qipchoq. 51. Arab...” 16 . N. Xanikov o'zbek urug’ va qabilalarining hamda ularning har xil katta- kichik bo’linishlarining 300 dan ko’proq nomini keltiradi. Ular ichida arab etnonimi borligini ham ta’kidlaydi 17 . Demak, D.N. Logofet aytgan o'zbeklarning “arab” urug’i ular tomonidan arablarga nisbat berilgan va XIX asrning birinchi yarimlarida, hatto, mahalliy yozma manbalarda ham ko’p sonli o'zbek urug’laridan biri sifatida sanab o’tilgan etnonimdir.
XIX asr oxirlarida Rossiya imperiyasi hukumati butun mamlakatda (mustamlakalarda ham) aholini ro’yhatga olish yo’riqlarini belgilaydi. 1897 yili Rossiyada birinchi aholini ro’yhatga olish o’tkaziladi. Bu tadbir jarayonida masalan, butun Turkiston o’lkasi bo’yicha birgina Sirdaryo viloyatida yashaydigan 634 nafar arab hisobga olingan, holos. V.V. Bartold Samarqand viloyati bo’yicha yo’l ko’rsatkich dalillariga asoslanib, o’sha paytda birgina Samarqand okrugida 20000 nafar arab yashagan, deb ko’rsatib o’tadi.
V.V. Bartold Buxoro xonligida asrlar osha yashab kelayotgan arablarning o’z qabila nomlarini saqlab kelayotganini ta’kidlaydi. U arab qabilalari orasida, ayniqsa, Darvoz chegarasidagi Yaxsuvda qurayshiylar yashashini, ular ona tilini unutib, o'zbekcha gaplashishlarini qayd qilib o’tadi. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish kerakki, ona tilini yo’qotgan arablarning tubjoy aholidan tafovuti ularning hunarmandchiligida saqlanib qolgan. Masalan, jundan to’qilgan gilamlarda, matolarga solingan bezaklarda arab ornamentlari naqshlari an’anaviy tarzda davom ettirilgan.
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling