Uzoqov ilhom shoniyozivich XIX asr oxiridan mustaqillik yillarigacha o
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
xix asr oxiridan mustaqillik yillarigacha ozbekistonda arablar hayoti tarixi manbashunosligi
35
BOB. ARABLARNING KELIB CHIQISHI XUSUSIYATLARI TURMUSHI XO’JALIGI 2.1.Arablarning antropologik xususiyatlari mashg’uloti va turar joyiga oid tadqiqotlar. Biror etnik guruh haqida tadqiqot olib borilar ekan, eng avvalo ularning etnografik o’ziga xosliklariga e’tibor qaratish talab etiladi. Xususan, bu usul mintaqa arablarini o’rganishda ham qo’l keladi. Jumladan, aytib o’tilganidek, XX asrning 20-yillari boshida Samarqand arablari hayotini o’rgangan M.S.Andriyev o’zi rahbarlik qilgan ilmiy ekspeditsiya xulosalariga ko’ra quyidagilarni yozadi: “Arablar o’z qo’shnilaridan til bilan birga kiyim-kechak, uy-joy qurish an’analari, umuman, turmush tarzini o’zlashtirganlar. Biroq o’zlarining asl antropologik xususiyatlarini, shakl-shamoyillarini nisbatan yaxshi saqlaganlar. Odatda, qisman malakasi bo’lgan kishi arabni tashqi qiyofasiga qarab, darrov o'zbekdan farqlay olgan. Arablar odatda o'zbeklardan ko’ra qoramag’izroq bo’lganlar. Ayniqsa ularning somiylarga xos katta va pastki qismi go’shtdor, o’rtasida bukrisi bo’lgan burunlari alohida ajralib turgan. Ulardagi o’ziga xoslik tim qora, ba’zan qora- qo’yko’z, ko’pincha, bodomsimon, o'zbeklarnikidan yirik bo’lgan ko’zlarida aks etgan. Ular hammadan ko’proq, arabiy kelib chiqishidan, hatto, boshqa mahalliy elatlar qoni ko’proq qo’shilgan hollarda ham bu haqda maqtanib so’zlashni yoqtirganlar. Samarqand tumani arablari uchun tamomila tim qora, ammo biroz jingalakroq soch-soqol xos bo’lgan. Yuqorida keltirilgan antropologik tavsifdagi shamoyil uyezdning ayrim qismlari arablariga xos bo’lib, boshqa joylarda kam uchrashi ekspeditsiya a’zolari tomonidan qayd etilgan. Chamasi, bu hammadan ko’proq Kattaqo’rg’on uyezdining sharqiy qismida - Arabxona, Bog’li, Qo’yboqar qishloqdarida ko’zga tashlangan. Shu uyezdning g’arbiy hududida, masalan, Kalqo’rg’on va Damariq volostlarida turkiylar qonining sezilarli darajadagi aralashgani kuzatilgai. Bu holat arablarning tevarak-atrofdagi mahalliy turkiy aholi bilan aralashuv jarayoni jadal borganligi bilan bog’liq.
36
O’zlarining kelib chiqishlaridan, Payg’ambarning qabiladoshlari bo’lganidan g’ururlangan arablar (ayniqsa, xo’ja va sayyidlar) o’z qizlarini boshqa millat kishilariga uzatmaslikka harakat qilganlar, erkaklari esa onda-sonda o'zbek qizlariga uylanishgan. Kattaqo’rg’on uyezdining sharqiy qismidagi arablar o’z qizlarini boshqa elat vakillariga turmushga berishdan saqlanganlar. Uyezdning g’arbiy qismida esa bu odat xiyla so’ngan, ayrim joylarda esa deyarli amal qilinmagan. Bunday hollar ba’zan eski an’analarni mahkam ushlagan oqsoqollarning qarshiligiga sabab bo’lgan. O’rta Osiyo xalqlari antropologiyasini chuqur o’rgangan olim L.V. Oshanin tomonidan 1927 yili mintaqa arablarining shamoyiliga oid ba’zi bir ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. U o'zbeklardan 5803 erkak va 1269 xotin-qizlarni, qirg’izlardan 3207 erkak va 118 xotin-qizlarni, tojiklardan 3927 erkak va 720 xotin-qizlarni, qozoqdardan 1581 erkak va 289 xotin-qizlarni, arablardan 146 erkak kishining shamoyilini o’rgangan 46 . Y. R. Vinnikov o’zining “Farg’ona vodiysida xalqlar va etnografik guruhlarning hozirgi joylashuvi” asarida Farg’ona arablari haqida shunday yozadi: “... “Farg’ona vodiysida yashayotgan etnografik guruhlar qatorida arablarni ham eslatib o’tish ke- rak bo’ladi. Ular hozirga qadar maxsus etnografik tadqiqot doirasiga kiritilmagan edi. Farg’ona arablari 1926 -yilgi aholi ro’yhatiga ko’ra, 2128 kishini tashkil etgan edi. Hozirgi vaqtda arablar Xoldevonbegi tumanining ikki jamoa xo’jaligida Qumariq, To’raobod, Yakkatut va Izboskent tumanining Navkent qishloqlarida, Andijon viloyati Paxtaobod tumanining bir jamoa xo’jaligida ... yashaydilar” 47 Arablarning Farg’onada paydo bo’lishini L.N. So- bolev, V. Nalivkin, M.S. Andriyev, K.N. Bedrinsev, A.G. Beljev va boshqa mualliflar O’rta Osiyoning arablar tomonidan VII-VIII asrlarda istilo etilishi bilan
46 Ошанин Л. В. Антропологический состав населения Средней Азии и этногенез ее народов. - Ереван, 1957. - С. 56. 47 Винников Я.Р. Современное расселение народов и этнографических групп в Ферганской долине // Среднеазиатский этнографический сборник II. - М., 1959.-С. 382-390.
37
bog’laydilar. “O'zbekiston xalqlari tarixi” ikkinchi jildining mualliflari, shuningdek, I.N. Vinnikov, A.D. Grebenkin va boshqalar arablarning Farg’ona, Samarqand viloyati va O’rta Osiyoning boshqa hududlariga ko’chib kelishi Amir Temur davrida yuz bergan, deb ko’rsatadilar. A.A. Semenov ma’lumotlariga ko’ra, ularning ayrim guruhlari ancha keyin, XIX asrda kelgan, deyishga asoslar beradi” 48
Bir qator tadqiqotchilar, masalan, N.A. Aristov, V.N. Nalivkin, A.D. Grebenkin, M.S. Andriyev va boshqalarning qayd etishlaricha, arablarning har qancha qo’shilmay yashashga harakat qilishlariga qaramay, ular hayot taqozosiga ko’ra o’zlariga qo’shni bo’lgan o'zbeklardan xech bir jihatdan ajralib turmaydilar, ya’ni farq qilmaydilar. I.I. Zarubinning ta’kidlashicha, arablar O’zbekistonda yashar ekanlar, o’z tillarini unutganlar, ammo, bunga qaramasdan, milliy o’zligini va turmushdagi ayrim o’ziga xos jihatlarni saqlab qolishga muvaffaq bo’lganlar. Sh.I. Inog’omov esa, arablar o’zlarining somiylik shamoyili sezilarli darajada saqlaganlari holda, tilini unutib, o'zbek hisoblanardilar, deb ta’kidlaydi. “Bizning 1952 va 1953 yillarda Farg’ona vodiysining arablar yashaydigan va mehnat qiladigan sakkiz jamoa xo’jaligidan oltitasida o’tkazgan tadqiqotlarimiz, natijasi shuni ko’rsatadiki, - yozadi Y.R. Vinnikov, -haqiqatda ham arablar o'zbek tili bilan bir qatorda, o’z qo’shnilari bo’lgan o'zbeklardan xo’jalik tutish shaklini, turmush sharoitini, uy-joy tarzini, libos kiyishni va, xullas, moddiy va ma’naviy unsurlardan aksariyatini qabul qilganlar. Bundan boshqacha ham bo’lishi mumkin emasdi. Chunki, bir etnik guruhning aniq, hududda, aholining nisbatan rivojlangan milliy guruhlari, bu yerda o'zbek xalqi o’rtasida yashashi, albatta, uning iqtisodiyotida, urf-odatlarida, ruhiy holatiga o’z ta’sirini ko’rsatmay, moddiy va ma’naviy hayotida aks etmay qolmasdi. Farg’ona arablari hozirgi vaqtda o'zbek tilida gaplashishlariga, turmush bilan
48 Винников Я.Р. Современное расселение народов и этнографических групп в Ферганской долине // Среднеазиатский этнографический сборник II. - М., 1959.-С. 388-390
38
bog’liq ko’p jihatlarni o'zbeklardan o’zlashtirgan bo’lishlariga qaramay, milliy xususiyatlarini, uy-ro’zg’or tutishini va moddiy madaniyatining ayrim qirralarini, shuningdek, urf-odatlarini hisobga olib, ularni alohida etnografik guruhga kiritish mumkin. L.V. Oshanin XX asr 50-yillarining oxirida o’z tadqiqotlariga yakun yasab, O'zbekiston hududiga Old Osiyodan kelgan arablar faqatgina mustasno tariqasida o’zlarining qadimiy vataniga xos bo’lgan irqiy xususiyatlarini saqlab qola olganliklarini ta’kidlagan. Ayni tadqiqotchiga ko’ra, arablar mahalliy aholi bilan ko’p asrlik assimilyatsiyalashuviga qaramasdan, aksariyat hollarda o’zlarining old osiyolik kelib chiqish “antropologik izlarini” saqlab qolishgan. Arablarning ba’zi bir guruhlari jonli arab shevasidan foydalanishiga ham e’tibor qaratgan L.V. Oshaninning fikricha, arablarning kelib chiqishiga aloqador antropologik izlar lisoniy dalillar asosida ham o’z tasdig’ini topadi 49 . Surxondaryo arablaridan 46 kishini antropologik jihatdan tadqiq qilgan Najimovning fikriga ko’ra, O’rta Osiyoda yashayotgan arablar shakli -shamoyili ularni Arabiston yarimorolining shimoliy qismi va janubiy hududlaridan ko’chib kelgan, deb hisoblashga imkon beradi. K. Najimovning xulosalari L.V. Oshanin fikrlarini to’ldiradi va o’rta osiyolik arablarning shamoyili Arabiston yarim orolidagi aholiga o’xshaydi, degan xulosa keladi 50 .
sayyohlari va olimlari arablarning yashash tarzi va xo’jaligini tavsiflashganda ularning har ikkala turmush tarziga ega ekanliklariga e’tibor qaratishgan. 1962 yilda nashr etilgan “Dunyo xalqlari” ruknidagi etnografik ocherklarning 2-jildida ham arablar turmush tarziga oid ayrim ma’lumotlar qayd etiladi. Unda qayd etilishicha, XX asr 60-yillarida ham arablarning asosiy mashg’uloti, qadimda bo’lganidek, chorvachilik va dehqonchilik bo’lgan. Ular
49 Ошанин Л. В. Антропологический состав населения Средней Азии и этногенез ее народов. - Ереван, 1957. - С. 33. 50 Наджимов К. Антропологический состав населения Сурхандарьинской области. Изд. САГУ. - Т., 1958. - С 48. 39
yashaydigan dasht va cho’l hududlarda chorvachilik taraqqiy qilgan bo’lsa, voha joylarda dehqonchilik rivoj topgan. Chorvachilikning nisbatan yuksalgan sohasi qorako’l qo’ylari va tuyalar yetishtirish bo’lgan. Shu boisdan mahalliy aholi qorako’l qo’ylarining bir navini “arabiy” yoki “arabi” deb ataydi. O'zbekiston va Tojikistonning janubiy tumanlarida hayot kechiradigan arablar hisori (dumbali) qo’ylar ham yetishtiradilar 51 . Boy chorvadorlar ko’pincha boshqa hududlardan o’tloqlarni ijaraga olib, o’z qo’y suruvlarini uzoqdagi keng yaylovlarga ko’chirganlar. Masalan, G’ijduvondagi badavlat arablar otarlarini Nurota tog’lari va uning vodiysiga haydab, shu joyda yashaydigan arablarni cho’ponlikka yollaganlar. Jeynovlik arablar esa qo’y suruvlarini Hisor bekligining tumanlarida o’tlatganlar. Ba’zi arablar o’z ehtiyojiga yarasha bug’doy va arpa yetishtirib, otlari uchun beda ham ekkanlar. Ammo ular dehqonchilik qilmaganlar. Faqat dehqonchilik rivoj topgan, aholisi zich bo’lgan joylarda (Samarqand atroflarida)gi arablar o'zbeklar va tojiklar bilan yonma-yon yashab, bog’ qilib, uzumchilik va dehqonchilik bilan ham shug’ullanganlar. Arab qishloqdarida vujudga kelgan ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar gilam to’qishni keng yo’lga qo’yishga undagan. Jumladan, Jeynov arablari tayyorlaydigan “jihezi” deb ataladigan gilam boshqa xech bir joyda to’qilmaydi. “Jihezi” patsiz qalin gilam bo’lib, uni uch xotin-qiz toza jundan yigirilgan iplardan 40 kun deganda to’qib tamomlaydi 52 . Shuningdek, bozorbop (shevada “bozori”) gilamlar to’qish Sherobod va Denov (Surxondaryo viloyati), Koson, Qamashi va Jeynov (Quyi Qashqadaryo) tuman va qishloqlarida yashovchi arablarning hunari hisoblangan. Hatto Kosonda 1964 yili arab gilamlari to’qish sexlari ishga tushirilgan. Ushbu sex 1988 yili shirkatga aylantirilgan. Hozir u xususiy mulk hisoblanadi. O’tmishda arablarning katta qismi yarim ko’chmanchi hayot kechirgani uchun ularning yashash joyi o’tov (yo’rta)lar hisoblangan. Arablarning aksariyati
51 Народы Средней Азии и Казахстана // Народы мира. Т. 2. - М., 1963. - С. 587. 52 Saidov M, Ravshanov P. Jeynov tarixi. - T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 1996. - 588-bet.
40
o’tov qilishga qurbi yetmaganligi uchun, chayla va kapalarda yashaganlar 53 .
Bu davrda olib borilgan paxta yakkahokimligi siyosati tufayli dasht va cho’l zonalarni o’zlashtirib, paxtazorlarga aylantirish siyosati natijasida asli kasbi chorvadorlik bo’lgan arablarning ham paxta yetishtirish bilan shug’ullanishga majbur qilinganliklari ma’lum.
53 Doniyorov A., Bo’riyev O., Ashirov A. Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi. - T.: Yangi nashr, 2011. - 230-b 41
2.2.Arablar bilan bog’liq ijtimoiy toifalar Arablarning mintaqa etnomadaniy jarayonlarida ishtiroki bilan bog’liq yana bir masala shuki, mahalliy aholi orasida “eshon”, “xo’ja” yoki “sayyid” (sayd, sayid, sayit) deb ataluvchi ijtimoiy toifalarning arablar bilan qanchalik darajada aloqadorligidir. Ma’lumki, ushbu atamalar asosan islom diniga aloqador shaxslarga nisbatan ishlatilib, ular orasida o’zlarining kelib chiqishlarini Muhammad payg’ambar avlodlariga, pirovardida arablarga bog’lash an’anasi mavjud 54 va oddiy mahalliy aholi orasida ham bu talqin ancha-muncha tarqalgan. Faqat mazkur ijtimoiy toifalarning vakillari o’zlarini mintaqa arablariga qanchalik aloqador hisoblashlari, umuman olganda, o’z etnik mansubliklarini aynan qaysi elat va millat bilan bog’lashlari masalasi munozarali. Chunonchi, mintaqada aholisini, asosan, xo’jalar tashkil qiladigan ko’plab qishloqlar mavjud: Xo’ja, Xo’jalar, Xo’jaobod, Xo’jailg’or, Xo’jaqishloq, Xo’jaipok, Xo’jaasmin, Xo’jaxayron va hokazo. Bevosita xo’ja nomi bilan bog’liq bo’lgan etnotoponimlar tahlilicha, O’rta Osiyo hududida xo’jalar nomi bilan yuritiluvchi qishloq va aholi manzillarining tarqalishi turlicha bo’lgan. Musulmon dini keng yoyila boshlagan VII-VIII asrlardan buyon payg’ambarning qizlari Fotimadan tarqalganlar “sayyid” atalib, alohida hurmatga sazovor toifa sifatida islom dunyosining deyarli barcha o’lkalarida aholi tomonidan e’zozlanib kelingan. Jumladan, Sohibqiron AmirTemo’rning payg’ambar avlodlari sanalgan sayyidlarga ehtirom ko’rsatib, ularni pir tutgan holda davlat boshqaruvida ularning maslahatlariga amal qilganligi yozma manbalarda aks etgan. Masalan, Amir Temur xuzurida faoliyat yuritgan mashhur olim, to’liq ismi Abul Hasan Ali ibn Muhammad ibn Ali as-Said ash-Sharif al-Jurjoniy al-Xanafiy
54 Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-120.b 42
bo’lgan al-Jurjoniy (1340-1413) bilan bog’liq saqlanib qolgan ma’lumotlarni kel- tirish mumkin. Jurjoniy bilan o’z davrining yetuk diniy ulamosi, Amir Temur istagi bo’yicha Samarqandda faoliyat yuritayotgan Sa’daddin ibn Umar ibn Abdulloh at-Taftazoniy (1322-1390) orasida Sohibqiron xuzurida bo’lib o’tgan il- miy baxsda Amir Temur shunday deydi: “Bu ikki olim fazilat va irfonda teng ekanligini bilsak ham, Jurjoniyning nasab jihatdan ustunligi bor. Ya’ni u ham sayyid, ham sharifdir, Taftazoniy esa bizlar kabidir” 55 .
Manbalardan Buxoro amirlari sayyidlar xonadoni bilan quda-andachilikni yo’lga qo’yganliklari, shu tufayli ulardan bir necha nafarining ismi va unvoni oldida sayyid atamasi qo’shib ishlatilgani ma’lum. Xuddi shunga o’xshash holat Xiva xonligida ham ko’zga tashlanib, so’nggi hukmdor sulolasi bo’lmish qo’ng’irotlar xonadoni vakillarining sayyidlar bilan qarindoshlik rishtalarini bog’laganliklari va o’z unvonlariga faxriy ma’noda “sayyid” unvonini qo’shganliklari manbalarda qayd etilgan. Sayyidlar son jihatdan kamchilikni tashkil etib, asosan shaharlarda, ko’proq boshqaruv markazlari poytaxt va yirik shaharlarda yashashgan 56 . Ular davlat boshqaruvida alohida imtiyozga ega bo’lishlari barobarida madaniy-ma’rifiy ishlar bilan shug’ullanishgan va madrasalarda mudarrislik qilishgan. Shuningdek, qozilarning ko’pchiligi sayyidlardan tayinlangani haqida ma’lumotlarning uchrashi ularning islom ahkomlarini yaxshi biladigan shaxslar sifatida huquq sohasiga keng jalb qilinganligidan darak beradi. Bizgacha yetib kelgan yozma manbalar va aholidan yig’ilgan etnografik materiallar sayyidlarning Buxoro, Toshkent, Qo’qon kabi yirik shaharlarda istiqomat qilib kelganliklarini ko’rsatadi. XX asrning 80-yillarida Farg’ona vodiysi arablarini tadqiq etgan S.S. Gubayeva Farg’ona vodiysida azaldan arablar, uyg’urlar, dunganlar, eroniylar, tatarlar ham yashab kelganliklari haqida ma’lumot beradi. “Farg’ona vodiysining azaliy o’troq aholisi orasida O’rta Osiyo hududida va
55 Yiiksel М.. Timurlularda Din-Devlet tlikisi. - Anqara, 2009. - 86-87-b. 56 Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-124.b .
43
musulmon olamida bo’lgani kabi, - deb yozadi S.S. Gubayeva, - sayyidlar va xo’jalar, o’zlarini Payg’ambar Muhammad (s.a.v.)ning, sahobalarning, umuman, arablarning, hatto, mahalliy aziz-avliyolarning avlodlari deb hisoblovchi imtiyozga ega bo’lgan toifasi yaqqol ajralib turadi”. Ularning hammasi o’zlarini “oq suyak” hisoblab, qolgan barcha aholini “qorachalar” deb ajratadilar 57 .
qavmdoshlari bilan qiz berib, qiz olishda namoyon bo’lardi. “Qoracha”lar bilan nikohga kirishish taqiqlangan, bu eng avvalo, xotin-qizlarga tatbiq etilardi, ammo, bunga erkaklar ham itoat etardilar. Bu taqiq ularning tasavvuriga ko’ra, go’yo turli- tuman baxtsizliklar (masalan, bedavo dardga chalinish, aqldan ozish, jarohat olish va boshqalar) nafaqat ularning o’zini, balki bir necha avlodiga ham ta’sir qilishi mumkin deb talqin qilinar edi. Xo’jalarning, imtiyozli mavqelariga qaramay, katta qismi oddiy mehnatkash kishilar edilar. Mohir dehqonlar, qo’li gul hunarmandlar ular orasida ko’p bo’lgan. Ular Farg’ona vodiysining suv chiqmaydigan juda ko’p qaqroq yerlarini o’zlashtir- ganlar.
Masalan, bundan 150-200 yil muqaddam Marg’ilondan Quvasoy tumanining Xo’jaqishlog’iga ko’chib kelib, shu joyga asos solgan 25 nafar arab xonadonlari Isfayramsoydan adirlarni teshib bo’lsada, suv olib kelib, toshloq, quruq yerni gullagan vohaga aylantirganlar . Yuqorida aytib o’tilganidek sayyidlardan bir qismi qishloqdarda ham yashaydilar. Ularni ko’proq aholisining asosiy qismini xo’jalar yoki chig’atoy deb ataluvchi o'zbek va tojik tilli guruhlar tashkil qiluvchi qishloq va mahallalarda istiqomat qilishi ko’zga tashlanadi. Jumladan, ular Surxondaryoning tog’lik va tog’oldi tumanlaridagi Dug’oba, Shotut, Luchchak, Qo’rg’oncha, Dibolo, Zervaraz, Fangad kabi qishloqlarida chig’atoy va xo’jalar bilan aralash yashaydilar. Faqat Boysundaryo havzalaridagi Luchchak qishlog’ida ko’pchilikni sayyidlar tashkil etishadi 58 . Shuningdek, vohaning Sayrob, Boysun, Shayit, Passurxi, Sariosiyo, Avlod, Langar, Omonxona, Xomkon, Dashnobod, Denov,
57 Губаева С.С. Население Ферганской долины в конце XIX - начале XX в. Т.: Фан, 1991.-С. 10. 58 Каюмов А.Р. Этническая ситуация на территории Южного Узбекистана в XIX - начале XX века (по материалам Сурхан-Шерабадской долины).: Ав- тореф .
44
Xo’jayipok, Solliobod kabi qishloqlarida ham aholining sezilarli bir qismi sayyid va xo’jalardan iborat 59 . Aholi orasida xo’ja deb yuritiladigan, tarixiy manbalarda esa xoja atamasi ostida ma’lum bo’lgan aholi tabaqasi sayyidlardan keyingi mavqeda turadilar. Forscha “xoja” - “sohib, xo’jayin” tasavvuf ta’limotida tariqat mashoyiqlariga berilgan unvon bo’lib, bu unvon asosan so’fiylar ustozi Yusuf Hamadoniydan boshlab ishlatila boshlagan. Jumladan, Xo’ja Yusuf Hamadoniy, Xoja Abduholiq G’ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshiband, Xoja Ahror Valiy kabi mo’tabar shaxslar ismiga ushbu faxriy unvon qo’shilib aytilgan. Bundan avval tasavvuf ulamolari “shayx” deb yuritilgan 60 . Eshonlar esa ko’p xollarda xo’jalar bilan bitta ma’noda, sinonim atama sifatida ishlatiladi. Ba’zan esa eshon va xo’jalarga alohida-alohida ijtimoiy guruh sifatida qaraladi 61 . “Eshon” so’zining lug’aviy ma’nosi bo’yicha ikki xil qarash mavjud bo’lib, ayrim tadqiqotchilar uni forscha hurmat ma’nosidagi eshon (ular) so’zi bilan tenglashtirsalar, bir guruh olimlar uni turkiycha esh “do’st, esh, yo’ldosh” va forscha ko’plik yasovchi -on (-lar) qo’shmchasi birikmasidan hosil bo’lgan so’z deb qaraydilar va “do’stlar, yo’ldoshlar, izdoshlar” mazmunini bildiradi, deb izohlaydilar.
Aftidan, mazkur ikki atama nisbatan bir xil ijtimoiy tabaqani ifodalagan bo’lib, turli regionlarda turlicha ishlatilgan. Jumladan, respublikamizning Toshkent, Farg’ona vodiysi kabi shimoli-sharqiy hududlarida mazkur ijtimoiy tabaqa uchun, asosan, “xo’ja” so’zi ishlatilib, xuddi shunday tabaqa vakillari Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo singari markaziy va janubiy viloyatlarda “eshon” deb atalgan. Shunga qaramay, har ikkala atama respublikamizning turli viloyatlarida baravar ishlatilib, ba’zan farqlangan. Shuningdek, oddiy xalq orasida ham ularni arablardan kelib chiqqan deb
59 Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-132.b 60 O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 9-jild. - T.: UzME nashriyoti, 2005. - 447, 525-betlar. 61 Ergashev E. Beshkent tarixi. - Qarshi: Nasaf, 2000. - 16-bet. 45
qarash hollari onda-sonda bo’lsa ham uchrab turadi. Biroq ularning mahalliy aholi (o'zbek, tojik, turkman, qozoq va hokazo) orasida aralashib yashaganliklari tufayli mintaqa arablari bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqalari deyarli yo’q hisobi. Ya’ni ularning aksariyati mazkur xalqlar yashaydigan aholi manzillarida aralash (ba’zan alohida mahalla) bo’lib yashashlari tufayli o’zlarini mazkur millatlardan etnik jihatdan de- yarli farqlamaydilar. Hatto, faqatgina xo’jalar yoki eshonlardan tashkil topgan aholi manzillarida ham o’zlarini arab deb atash an’anasi deyarli uchramaydi. Shu jihatdan olganda, garchi ular orasida payg’ambar avlodlariga, xalifa va sahobalarga yoki bo’lmasa arab lashkarboshilarga bog’lash hollari uchrab tursada, ularni tom ma’noda mintaqa arablari qatoriga qo’shib bo’lmaydi. Ayrim hollarda ular orasida o’ziga xosliklar ko’zga tashlansada, bu belgilar arablarga xos old osiyolik ko’rinishidan ko’ra ko’proq fanda “O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i tipi” deb yuritiluvchi irqni eslatadi. Bu esa mazkur ijtimoiy tabaqa vakillarining kelib chiqish jihatidan tubjoy mahalliy etnoslarga, ehtimol, so’g’diy va qadimgi o’troq turkiy aholiga borib taqalishidan darak beradi. Shunga qaramay ular orasida o’z kelib chiqishlarini ifodalovchi ko’p asrlik hujjatlar shajaralariga ega oilalar mavjud bo’lib, bu esa xo’ja va eshonlardan xech bo’lmaganda bir qismining kelib chiqish jiatidan arablarga aloqadorligini tasdiqlaydi 62 .
yuqoridagi tabaqalardan tashqari yana bir qator kichik ijtimoiy guruhlar qatnashgan. Xullas, bir qismi Old Osiyo muhitida shakllangan imtiyozli ijtimoiy toifalar
birga, bu kabi toifalarning bir qismi aynan O’rta Osiyo va unga qo’shni hududlar ijtimoiy muhitida shakllangan. Xususan, “eshonlar” toifasining tashkil topishi bevosita ushbu mintaqaga aloqadordir.
62 Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-134.b |
ma'muriyatiga murojaat qiling