Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi
Download 0.72 Mb.
|
kurs ishi Gulnoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘diyona kishmishi
- Bosqich loyihasini bajarish
Soyaki, Zambilbosh — xalq seleksiyasida yaratilgan xo‘raki va vinobop uzum navi. Toshkent viloyati Parkent tumanida ko‘p ekiladi. Tupi kuchli o‘sadi, bargi yirik, uch bo‘lmali, bet tomoni yaltiroq, silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi g‘avol, sershingil, ikki yoni bo‘rtib chiqqan, 700—800 g (3—4 kg gacha boradi). G‘ujumi o‘rtacha, dumaloq, bo‘yi 18—19 mm, quyoshga qaragan tomoni sarg‘imtir, och yashil, po‘sti yupqa, eti suvli. Tarkibida 20— 22% qand, 6—7 g/l kislota bor. Hosili faol harorat yig‘indisi 3100° da 150 kunda, avgust oxiri — sentyabr o‘rtalarida to‘liq pishadi. Hosildorligi 150—160 ts/ga. Eng yuqori hosildorligi 234 ts/ga. Uzumi yangiligida iste’mol qilinadi, oq musallaslar, shampan vinolari tayyorlanadi; uzum boshlarini osib, qish fasligacha saqlash mumkin.
Sug‘diyona kishmishi o‘rtapishar xo‘raki uzum navi. Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand filialida Pobeda va Qora kishmish navlarini chatishtirib chiqarilgan (K.V.Smirnov, Yo.P.Perepelitsina). Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli o‘sadi. Bargi o‘rtacha, 5 bo‘lmali, yuzasi biroz burmali, ostki qismi tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, og‘irligi 800—900 g, shingillari o‘rtacha g‘avol, g‘ujumi yirik — 5 g gacha, mum g‘ubor bilan qoplangan. Po‘sti yupqa, ta’mi shirin, xushxo‘r. To‘liq pishganda qand moddasi 25—26% ga etadi. Hosili avgust oxiri — sentyabr boshlarida to‘liq etiladi. O‘rtacha hosildorligi 180—200 ts/ga, yangiligida iste’mol qilinadi, mayiz solinadi (25—26,2% mayiz tushadi). 1.1-jadval
Vazifada ko‘rsatilgan malumotlarga binoan bakalavr keltirilgan yalpi maxsulotni (4) hosiddorlikka bo‘lish (3) orqali ekiladigan maydonni (5) aniqlaydi. Tuprok turini o‘qituvchi bilan maslaxatlashib ko‘rsatadi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling