Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika
O’qitish metodlari tasnifi(klassifikatsiyasi)ga qo’yilgan asosiy talablar
Download 1.26 Mb.
|
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qitish — favqulodda
- (tasnifi)
- O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari
- Muammoli metod ning
- Evristik ta’lim metodini
- Evristik va tadqiqotchilik
2. O’qitish metodlari tasnifi(klassifikatsiyasi)ga qo’yilgan asosiy talablar. Наr bir metod ma`lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuisidan foydalanish mumkin. Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
didaktik maqsad asosida; ta’lim mazmuni asosida; o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida; O’qituvchi tomonidan qo’llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang`ich sinflardan yuqori sinflariga o’tish asosida o’zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlari qo’llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarini qo’llashga bo’lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko’lami, holati o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasini bog`liq holda o’zgaradi. Didaktikada munozaralariga sabab bo’layotgan yana bir muhim obyekt ta’lim metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo’yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o’nlab ta’lim metodlari ma`lum», — ekanligini ta`kidlagan holda I.P.Podlasiy fikrini quyidagicha davom ettiradi, — «Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g`oya yagona va o’zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O’qitish — favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo’shqin bo’lishi, metodlarni qo’llash amaliyotidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olishi kerak»1. Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, bu borada yagona to’xtamga kelinmagan. Ushbu o’rinda, ta’lim amaliyotida qo’llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to’xtalib o’tamiz. Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha tizimlashtiriladi. O’qitish metodlarining ko’plab imkoniyatlari mavjud bo’lganligi uchun, ularni bir nechta asoslarga ko’ra guruhlash mumkin: O’qitish metodlarini ularning uzatish manbalari va axborotlarni qabul qilish xarakteriga ko’ra guruhlash (so’z vositasida o’qitish, ko’rgazmali va amaliy o’qitish metodlari) mumkin ( S.I.Petrovskiy, Ye.Ya.Golant). Ta’limning mazkur bosqichida hal etilishi mumkin bo’lgan didaktik vazifalarga ko’ra guruhlash mumkin: M.A.Danilov va B.P.Yesipovlarning qarashlariga ko’ra Bilimlarni egallash metodlari. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari. Bilimlarni qo’llash metodlari. Nazorat (bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash va tekshirish) metodlari Ta’lim mazmunini o’zlashtirishda o’quvchilar bilish faoliyatining xarakteri bilan bog`liq o’qitish metodlari: I.Ya.Lerner va M.N.Skatkinlarning qarashlariga ko'ra
Izohli — tasvirli. Reproduktiv. Evristik yoki qisman – izlanuvchan muammoli bayon Tadqiqotchilik 5-chizma.Та‘lim metodlarining tasnifi Didaktikada ta’lim metodlarining binar (ikki)li va ko’pbinarli omil asosida tizimlashtirishga bo’lgan urinishlarni ham kuzatish mumkin. Chunonchi, M.I.Maxmutov tomonidan ta’lim metodlari va o’qish metodlari ajratiladi: M.I.Maxmutovning binarli ta’lim metodlari Ta’lim metodlari 1. Axboratli – ma’lumotlar. 2. Tushuntiruvchi. 3. Yo’riqli – amaliy. 4. Tushuntirish – undovchi. 5. Undovchi. O’qish metodlari 1. Bajaruvchi. 2. Reproduktiv (nomahsul). 3. Produktiv (mahsuldor) – amaliy. 4. Qisman izlanuvchi. 5. Izlanuvchi. Axborotli-ma'lumotli va bajaruvchi. Tushuntiruvchi va reproduktiv (nomahsul). Yo'riqli-amaliy va produktiv (mahsuldor)-amaliy. Tushuntiruvchi-undovchi va qisman izlanuvchi. Undovchi va izlanuvchi. 12- chizma. Та `lim metodlarining tasnifi Shunday qilib, juft (binar)li metodlar vujudga keldi: 4. O’qitish metodlarini o’rganish o’qish metodlari bilan bog`liq holda guruhlanadi: Axborot-umumlashtiruvchi va bajaruvchi. Tushuntirish-reproduktiv. • Instruktiv-amaliy; tushuntirish-qo’zg`atuvchi va qisman izlanuvchi. 5. Bir vaqtning o’zida uzatish manbai va mantiqiy asosiga ko’ra (N.M.Verzlin); uzatish manbai va o’quvchilarning o’quv faoliyatidagi mustaqillik darajasiga ko’ra (A. N. Aleksyuk, I. D. Zverev) tavsiflanadi. O’qitish metodlarini bunday turlicha guruhlashga yondashish ular to’g`risidagi bilimlarni differentsiyalash va integratsiyalashning tabiiy jarayonini ko’rsatadi. Odatda o’qitish metodlarini tanlash va qo’llash vaqtida quyidagi kabi bir qator pedagogik talablarga rioya qilish zarur: 1.O’qitish metodlari ta’lim prinsiplariga mos kelishi kerak. 2.O’qitish metodlari ta’lim-tarbiya maqsad va vazifalariga bog`liq holda tanlanishi zarur. 3.O’qitish metodlari ta’lim mazmuniga, o’tiladigan material xarakteriga ko’ra tanlanadi. 4.Ushbu metodlar o’quvchilarning bilish, o’quv imkoniyatlariga mos kelishi (yoshi, jismoniy, ruhiy)ga; tayyorgarlik darajasiga, sinf jamoasining o’ziga xosligiga ko’ra tanlanadi. 5.Mazkur sharoit va o’qitishga ajratilgan vaqtga bog`liq. 6.O’qituvchining imkoniyatlariga ya’ni, to’plagan tajribasi, nazariy va amaliy tayyorgarligiga, shaxsiy va kasbiy sifatlariga bog`liq. 3.Axborot retseftiv metod, repro’duktiv metod, muamoli ta’lim, tatqiqot metodi. Izohli-tasvirli ta’lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli- retseftiv)ning mohiyati: odatda nazariy bilimlar tayyor holda uzatiladi, o’quvchilar esa ularni qabul qiladilar (repsepsiya). Bu yo’lda turli ta’lim vositalari (shu jumladan, ko’rgazmali vositalar)dan foydalaniladi. O’qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning o’quvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat bo’ladi. Izohli-tasvirli metoddan ta’lim jarayonlarida foydalanishda quyidagi holatlar yuzaga keladi:
O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari: So’z vositasida bayon etuvchi metodlar; ko’rgazmali metodlar; amaliy metodlar. Bu guruh metodlar materialniuzatish va qabul qilish aspektida qarab chiqiladi. Induktiv va deduktiv metodlar. Bu metodlar mantiqiy aspektda qarab chiqiladi. Reproduktiv va muammoli metodlar (fikrlash aspektida). Mustaqil ishlar va o’qituvchi yordamida ishlash (o’quv faoliyatini boshqarish aspektida); So’z vositasida bayon etuvchi metodlar (kirish, tushuntirish, xulosa, hikoyalar) Hikoya. Tushuntirish. O’quv Ma`ruzalari. Seminar. Suhbat va b.q. O’qitishda ko’rgazmali metodlar: - namoyish etish metodi: - illyustratsiya metodi. O’qitishda amaliyot ishlari metodlari: - yozma va og`zaki mashqlar; - laboratoriya ishlari. - amaliy mashg`ulotlar (ustaxona, ishlab chiqarish tsexlarida); - turli mashinalarda mashqlar bajariladigan amaliy ishlar. Induktiv va deduktiv metodlar. O’quv materiallarining mazmuni harakat mantiqini, mexanizmini ochishga yordam beradi. Odatda, induktiv metodda xususiydan umumiylikka, dalillar, hodisalar tahlilidan umumiy xulosa chiqarishga qarab boriladi. Buning uchun quyidagi variantni ko’rib o’taylik.
Reproduktiv metod Fikrlashning reproduktiv xarakteri o’qituvchi tomonidan berilayotgan bilimlarni faol qabul qilish va eslab qolishni ko’zda tutadi. Reproduktiv ta’lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o’qituvchining bilimlarni tushuntirishi, ularni o’quvchilarning yodida saqlanishini ta`minlashi va qayta ishlab chiqishi (reproduksiya).Reproduktiv metodning moddiy asosi hisoblangan so’z vositalari, ko’rgazmali va amaliy metodlarsiz ushbu metodni amalga oshirib bo’lmaydi. O’qituvchi hikoyasini reproduktiv tarzda qo’yganda faktlar, dalillar, tushunchalarni aniq tayyor holda shakllantiradi, asosiylariga e’tibor beradi va ularning puxta o’zlashtirilishini ta’minlaydi. Ma`ruza vaqtida o’qituvchi eng muhim tushuncha, ilmiy ma`lumotlarga alohida e’tibor beradi, doskada alohida yozuvlar tashkil qiladi. Reproduktiv tarzda tashkil etilgan suhbat jarayonida o’qituvchi o’quvchi ilgari egallagan faktlar, bilimlarga tayanadi, lekin qandaydir taxmin, g`oyani muhokama qilishni tashkil etmaydi. Ko’rgazmali reproduktiv metod axborotlarning o’quvchi tomonidan faol va puxta o’zlashtirilishini tashkil etish maqsadida qo’llaniladi. Bunga V.F.Shatalov tomonidan foydalanilgan tayanch konspektlari misol bo’la oladi. Undan o’quvchi izchillik bilan eslab qolishi kerak bo’lgan yorqin faollashtiruvchi raqam, so’z va chizmalar o’rin egallagan. Reproduktiv xarakterdagi amaliyot ishlari shu tomoni bilan ajralib turadiki, bunda o’quvchilar oldingi bilimlarni mustaqil amaliyotga tatbiq etish bilan shug`ullanmay, oldingi egallangan ko’nikma va malakalarni bir necha bor takrorlashni mashq qiladi. Umuman olganda, o’qituvchining reproduktiv metodi o’quvchilarda tafakkur, mustaqillik, ixcham fikrlash, izlanuvchanlik ko’nikmalari shakllanishiga yordam bermaydi. Ushbu metodni ortiqcha qo’llash bilimlarni egallashda formalizmga olib keladi. O’zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo’lishiga ularni ko’p marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta’limning barcha bosqichlari, asosan, boshlang`ich sinflarda o’qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalga oshirish ko’nikmalarini o’zlashtirishda muhim o’rin tutadi. Reproduktiv metoddan foydalanishda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
Muammoli ta’lim Bu o’rinda o’qituvchi quyidagi usullardan foydalanadi: Muammoli holat yaratadi. Masalan, savollar qo’yadi, masalalar tavsiya qiladi, tajriba topshiriqlarini beradi, vaziyat yaratadi. Ushbu muammoli holatni yechishda ko’pchilik muhokamasini tashkil etadi. Xulosalar to’g`riligini tasdiqlashga erishadi. Tayyor muammoli topshiriqlarni ilgari suradi. O’quvchilar o’zlari oldin egallagan bilim, tajriba, ko’nikma va malakalarga tayanib, muammoli vaziyatlarni yechishga kirishadi. Muammoli-tadqiqot metodi amaliyotda so’z vositalari, ko’rgazmali, amaliy ishlar metodlari yordamida qo’llaniladi. Masalan, materialni muammoli tarzda bayon etish; muammoli va evristik suhbat; muammoli laboratoriya va amaliyot ishlarini tashkil etish. O’qituvchi o’quv materialini muammoli usulda hikoya qilish va Ma`ruzani muammoli tashkil etish orqali mashg`ulot davomida isbotlab, umumlashtirib, faktlarni tahlil etish orqali tinglovchilar fikrini yetaklab, ularni shu jarayonda faol, muhokama, mulohaza yuritish faoliyatini tashkil etadi. O’qitish metodlarini muvaffaqiyatli qo’llash shartlari. Qaysi vazifalar yechimida bu metodlarni, ayniqsa, muvaffaqiyatli qo’llash mumkin? 1.So’z vositasida bayon etuvchi metodlarni - o’quvchida nazariy va amaliy bilimlar shakllangan bo’lsa. 2.Ko’rgazmali metodlarni - kuzatuvchanlikni rivojlantirish va o’rganilayotgan masalaga e’tiborni oshirish uchun. 3. Amaliy metodlarni - amaliy ko’nikma va malakalarni rivojlantirish uchun. 4. Reproduktiv metod - bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish uchun. 5. Tadqiqot metodi - mustaqil fikrlashni, izlanish ko’nikmasini, ishga ijodiy yondashishni rivojlantirish uchun. 6. Induktiv metodni - umumlashtira bilishga o’rgatish, induktiv fikrlashga o’rgatish uchun. 7.Deduktiv metodni - voqea va hodisalarni tahlil qila olish ko’nikmasini rivojlantirish uchun. 8.O’quv faoliyatida - mustaqillikni rivojlantirishuchun o’quv mehnati ko’nikmasini shakllantirish maqsadidaqo’llash mumkin. Muammoli metodning mohiyati mashg`ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo’lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo’li balki, shu bilan birga o’quv yo’li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin: Muammoli tizim Muammoli vaziyat Usullar Vaziyat Ziddiyatlar 6- chizma. Muammofi o’qitish metodining tuzilmasi Muammoli ta’lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat», «muammo», «muammoni to’lish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko’rinishi hisoblanib, o’zida subyektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko’nikmalarlni o’zlashtirishni taqozo etadi. Agar o’quvchida qiyinchiliklarni yo’qotish yo’llarini izlab topish uchun boshlang`ich ma`lumotlar bo’lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi, ya`ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muammo mohiyatini tushunib yetilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko’nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o’zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi. Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo’nalishlar ko’rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari ko’rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma`lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta`kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo’la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal yetadi. Agar uning oldida muammo paydo bo’lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya`ni, uning yechimi uchun o’zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma`lum ko’rsatkichlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko’rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo’yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi. Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo’llashda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
Tadqiqotchilik o’qitish metodini qo’llashda. o’qituvchi o’quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo’lgan masalani aniqlab oladi, o’quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o’zlashtirib oladilar va uning yechimi bo’yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O’rnatilgan masalani yechish davomida o’quvchilar ilmiy bilish metodlarini o’zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko’nikmasi, tajribasini egallaydilar. Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o’qitish metodini qo’llashda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
Evristik ta’lim metodini qo’llashda o’qituvchi tomonidan turli vositalar yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O’qituvchi bilimlarning bir qismini o’quvchilarga ma`lum qiladi, qolganini esa o’quvchilar bilish topshiriqlarini yechish jarayonida savollariga javoblar topish asosida o’zlashtiradi, o’zlari bilimlarni mustaqil egallashadi. O’qituvchi tomonidan qo’yilgan masalani bir necha qarashlarga ajratilishi, ularni bajarishda o’quvchilarning ketma-ketlikka rioya etishlari muhim metodik jihat sanaladi. Shu bois mazkur metod qisman izlanuvchan metod ham deb ataladi. Evristik metodni qo’llashda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
Evristik va tadqiqotchilik metodlari o’quvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko’nikma va malakalariga ega bo’lishni taqozo etadi. Buning natijasida o’quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o’zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o’quvchilarining o’zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma`lum holatlarda qo’llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang`ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o’qituvchilarning fikrlariga ko’ra birmuncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo’naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo’naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo’nalishdagi loyihalarni tayyorlash o’ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Shunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. Shuningdek, buyuk didakt I.Ya.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot-larni amalga oshirilgan. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling