Texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlari
Download 14.92 Kb.
|
MUSTAQIL ISH Texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi davrda
- 3. Ijodiy faoliyatiga tayyorgarlik darajalari.
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlari. Texnik ijodkorligida yangi yechimlarni ishlab chiqishda, to rasmiylashtirishgacha bo’lgan davrni amalga oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatiga bog’liq holda fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi. Bu o’rinda eng katta qiyinchiliklarni aniq, haqiqatdan mavjud buyum va ko’rsatkichlardan abstrakt, yaratilajak mavhum modellarga o’tish va nazariy tajriba sinov ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’ladi. Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko’nikmalarni reproduktiv, reproduktiv - ijodiy, ijodiy-reproduktiv va ijodiy darajalarga bo’lib ko’rsatiladi. Shu asosda texnik ijodkorligi g’oyalarini amalga oshirishning fikrlash faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatlari almashinuviga bog’liq bo’lgan 4 ta davrini ajratib oldik. Birinchi davrda fikrlash faoliyati produktiv xususiyatga ega bo’ladi, bunda mavjud muammoni anglash, idrok qilish, yechimini topishga ehtiyoj sezish jarayoni boradi. Izlanuvchining bilim va tajribasi qanchalik ko’p bo’lsa, bu jarayon shu qadar kam vaqt davom yetib, reproduktiv xarakterga ega bo’lgan, ikkinchi davr – muammo yechimini topishga o’tiladi. Bu davrning davomiyligi ham izlanuvchi bazaviy bilimi, tajribasi, dunyoqarashi kengligi, qidirilayotgan yechimning izlanuvchan mutaxassisligiga bog’liq bo’lib, unda qaralayotgan muammoning yechimi bo’lib xizmat qila oladigan holatlar tahlil qilinadi. Uchinchi – produktiv davrda hal qilinishi lozim bo’lgan muammo va tanlangan yechim o’zaro bog’lanadi va texnik yechim konsepsiyasi taklif qilinadi. U ixtironi amalga oshirishning eng mas’ulyatli davri bo’lib, uning muvoffaqiyatli amalga oshirilishi taklif yetilayotgan g’oyaning ijtimoiy bahosini shakllantirishga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni, yechim ijobiy natija bersa, uning amaliyotga tadbiq qilishiga asos yaratiladi, yoki aksincha, yechim kutilgan natijani bermasa u inkor qilinadi. To’rtinchi, reproduktiv davrda taklif etilayotgan yechimni asoslash uchun hisoblash va tajriba sinov ishlari bijarilib, texnik yechimni ishlab chiqishning uchinchi davrida amalga oshirilgan ishlarning natijasi nazariy va amaliy isbotlab beriladi. Har bir bosqichning natijasi o’quvchilarda texnik fikrlash, mehnat ko’nikma va malakalari rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. 3. Ijodiy faoliyatiga tayyorgarlik darajalari. O’quvchilarning ijodiy faoliyatiga tayyorgarlik besh darajani ko’rsatuvchi me’yoriy – ilmiy jihatlar asoslangan. Ular quyidagilardan iborat. 1. O’quvchilarning buyumni uning shaklini takomillashtirish yoki detallarni rasional joylashtirish maqsadida chizmaga, sxemaga qisman o’zgartirish kiritib, berilgan hujjatlar bo’yicha tayyorlay olishi. 2. O’quvchining instruksiyalashni oxiriga yetkazib va berilgan texnik hujjatga yoki alohida sxemaning o’ziga o’zgartirishlar kiritib buyumlarni yasay olishi. 3. O’quvchining buyumni, uning konstruksiyasini dastlabki original takomillashtirib va texnologik hujjat yoki sxemaga mustaqil holda o’zgartirishlar kiritib tayyorlay olishi. 4. O’quvchining original konstruktorlik g’oyasini mutaqil holda texnologik jihatdan ishlab chiqishi va uni tayyorlashni uddalay olishi. 5. O’quvchi buyumning original konstruktorlik yoki rasionlizatorlik g’oyasini mustaqil holda asoslab va ta’riflab bera oladi, hujjatlarni ishlab chiqish va buyum yasashni bajara oldi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: Ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuativ tafakkurning ahamiyati. Ijodkorlik faoliyatining bosqichlari. Ijodiy faoliyatga tayyorgarlik darajalari. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. O’quvchilarni texnik ijodkorligi. Toshkent «Ukituvchi» 1989 yil. 2. Stolyarov Yu.S. Texnicheskoye tvorchestvo uchashixsya. Moskva 1989 g. 3. Alekseyev G.P. Professiya – konstruktor. Moskva 1973 g. 4. Metodcheskiye posobiye dlya shkol’nogo konstruktorskogo krujka. 1985. Download 14.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling