Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Qonun amal qilishining tugatilishi
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- JK 13-moddasi 2- va 3-qismlarida
- NOTA BENE ! Qonun o‘z kuchini yo‘qotishi
- Qonun hujjatini bekor qilish
- JK 13- moddasi 1-qismida
- NOTA BENE ! Davomli jinoyatlar
- NOTA BENE ! Ikki harakatli jinoyat
- NOTA BENE ! Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar
- Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish
- JK 13-moddasi 1- qismida
- “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul
- NOTA BENE !
Qonun amal qilishining tugatilishi qonunning ushbu vaqtdan boshlab qo‘llanilishi mumkin emasligini nazarda tutadi.
«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunning 30-moddasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjat faqat belgilangan hollardagina o‘z kuchini yo‘qotishi mumkin: – normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) mo‘ljallangan muddat tugaganda yoki hodisa boshlanganda; – normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) qonunda belgilangan tartibda konstitutsiyaviy emas deb topilganda; – normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganda; – normativ-huquqiy hujjat qonunda nazarda tutilgan hollarda bekor qilinganda. Normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash muddati o‘tganligi yoki biror hodisa sababli uning ta’sirini bekor qilish – uning muddati o‘tganligi yoki biror voqelik munosabati bilan shu vaqtdan boshlab haqiqiy emasligini bildiradi. Muddatini aniqlash uchun biror-bir o‘zgarishning sodir bo‘lishi (masalan, taqvim bo‘yicha hammaga ma’lum bo‘lgan davriy voqealar) qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ayni bir paytda, ayrim hollardagina qiyinchilik yuzaga kelishi mumkin, masalan, harbiy holatning tugashi, tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda va hokazo. Bunday holatlarda sud va tergov organlari nufuzli davlat organlarining shunga o‘xshash normativ-huquqiy hujjatlarini ko‘rsatilgan muddatdan boshlab to‘xtatish haqidagi maxsus ko‘rsatmalarini talab qilishlari kerak. Normativ-huquqiy hujjatni konstitutsiyaviy emas, deb topish uning amalda bo‘lishini tugatishning alohida asosi bo‘lib, maxsus tartib bilan tavsiflanadi va mohiyatan qoidadan istisno hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlarning konstitutsiyaviy emasligini hal etish faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan qonunda ko‘rsatilgan 93
shaxslar arizasiga asosan qo‘llaniladi 1 . Bunda normativ hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi sud qarori shaklida qabul qilinadi. Masalani ko‘rib chiqish vaqtida qonun chiqaruvchi yoki qonun ostidagi akt Konstitutsiyaviy sud qarorining nashr qilingan vaqti ko‘rsatilgan holda konstitutsiyaviy emas deb tan olinadi, chunki aynan shu vaqtdan boshlab, sud qarori kuchga kiradi va shunga muvofiq ravishda, qonun chiqaruvchi akt (uning qismlari) konstitutsiyaviy yoki nokonstitutsiyaviy deb tan olinadi. Shu bilan birga, normativ hujjatlarning konstitutsiyaviy emasligini tan olish boshqa usullar bilan uning ta’sirini to‘xtatishdan shu bilan farq qiladiki, hujjat Konstitutsiyaviy sud qarori chiqarilgan vaqtdan emas, balki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, qabul qilingan kundan boshlab konstitutsiyaviy emas deb topiladi. Bu shuni bildiradiki, normativ-huquqiy hujjat qaror chiqquncha va qaror chiqqandan keyingi holatlarda qo‘llashga loyiq emasligini ko‘rsatadi. Chunki, sud va tergov organlarining barcha dastlabki yechimlari qonunchilik asosida so‘zsiz qayta ko‘rib chiqilishi zarur. Normativ-huquqiy hujjatning yaroqsizligi shuni ham bildiradiki, JK 13-moddasi 2- va 3-qismlarida nazarda tutilgan qonunning orqaga qaytish kuchi haqidagi qoida sudlanayotgan, ayblanayotgan, gumon qilinayotgan shaxsga qulay vaziyat yaratgandagi hollarda ham qo‘llanilmaydi. Shuni nazarda tutish kerakki, Konstitutsiyaviy sud qarori e’lon qilinadigan rasmiy manba belgilab qo‘yilmagan, Konstitutsiyaviy sud qarori u O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ommaviy axborot vositalari orqali dastlabki e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. NOTA BENE ! Qonun o‘z kuchini yo‘qotishi – bu uning amalda bo‘lishini to‘xtatishning ikki shart mavjudligi bilan tavsiflanadigan usuli: (formal- yuridik emas) ilgarigi qonun hujjatini amalda bekor qilish va bir vaqtning o‘zida o‘xshash ijtimoiy munosabatlarini tartibga soladigan yangi aktni qabul qilish.
1 Қаранг.: «Ўзбекистон Республикаси Конституциявий суди тўғрисида» ги Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 май кунидаги ЗРУ-431-сонли Қонуни, 19-б. 94
Ilgari qabul qilingan barcha hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi normativ ko‘rsatmalarga zid bo‘lsa yoxud yangi hujjat bilan to‘laligicha qamrab olingan yoki amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, lekin rasman o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilmagan hollarda 1 (masalan, qonun hujjati tartibga solishi lozim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning yo‘qolishi) hujjat o‘z kuchini yo‘qotadi. Qonun hujjatini bekor qilish uning kuchini yo‘qotishdan shunisi bilan farq qiladiki, keyingi shunga o‘xshash munosabatlarni boshqaradigan ikkinchi hujjatni qabul qilishdan iborat. Bunday hollarda normativ- huquqiy hujjat so‘zsiz maxsus farmoyish bilan nufuzli davlat organlari tomonidan (yuridik rasman bekor qilish deb ataladi) normativ-huquqiy hujjat shaklida bekor qilinadi. Normativ-huquqiy hujjatning bekor qilinishi yoki kuchini yo‘qotish vaqti yangi normativ ko‘rsatmalarning yoki vakolatli davlat organlarining maxsus farmoyishi kuchga kirgan vaqtdan boshlab tan olinadi. Jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlash qonunning vaqt bo‘yicha amal qilishining zaruriy belgisi hisoblanib, uni aniqlash qoidalari JK 13-
– moddiy tarkibli jinoyatlarda jinoyat sodir etish vaqti ijtimoiy xavfli oqibat yuzaga kelgan vaqt hisoblanadi (masalan, o‘lim kelib chiqishi); – formal tarkibli jinoyatlarda jinoyat sodir etish vaqti kelib chiqadigan oqibatdan qat’i nazar qilmish sodir etilgan vaqt bilan belgilanadi (jumladan, qalbaki pul tayyorlash). Shu taxlitda, jinoyat sodir etish vaqti qilmishning obyektiv mezonidan kelib chiqib, xususan, jinoiy javobgarlikka tortish asoslari, ya’ni JK 16- moddasida ta’kidlanganidek, jinoyat tarkibi mavjudligidan kelib chiqib aniqlanadi. Qonunning vaqt bo‘yicha amal qilishini aniqlash uchun jinoyat sodir etishning butun jarayoni (boshidan oxirigacha) emas, balki faqatgina jinoyatning tugagan vaqti, ya’ni qonun bo‘yicha jinoiy deb hisoblangan barcha xatti-harakatlar yakunlanganligi ahamiyatga ega. 1
тўғрисида»ги 342-сонли Қонуни. (янги тахрирдаги )» //" Ўзбекистон Республикасининг Қонун хужжатлари тўплами", 2012 й., 52-сон, 36-б 95
Jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlashda tergov va sud organlari asosiy diqqat-e’tiborni uzoqqa cho‘zilgan va davomli jinoyatlarni, ikkita harakatdan iborat bo‘lgan jinoyatlarni, takroran sodir etilgan jinoyatlarni, shuningdek, ishtirokchilikdagi jinoyatlarni tergov qilishga qaratishlari kerak. Sodir etilgan jinoyatlar vaqti, odatda, JK 13-moddasi 1-qismi asosida aniqlanib, unga muvofiq, qilmish jinoyat tarkibining barcha belgilariga ega bo‘lgan payt jinoyat tamom bo‘lgan vaqt deb hisoblanadi. Bundan kelib chiqib, jinoyatni sodir etish vaqti Jinoyat kodeksining Maxsus qismidagi jinoyat tarkibi tuzilishiga bog‘liq, jumladan, davomli jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish uni tashkil qiluvchi oxirgi qilmish sodir etilganda amalda bo‘lgan qonunga asoslanishi kerak. NOTA BENE ! Davomli jinoyatlar – bu yagona qasd bilan qamrab olingan va umumiy maqsadga qaratilgan bir qancha o‘xshash harakatlarni sodir etish bilan tavsiflanadigan huquqqa xilof ijtimoiy xavfli qilmishlardir.
Bunday qarorning to‘g‘riligi yuqori turuvchi sud instansiyasining «... jinoyat qonuniga ... jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan o‘zgartirishlar kiritilganda, agar jinoyat epizodlaridan hech bo‘lmaganda bittasi qonun yangi tahrirda amal qila boshlagan davrda sodir etilgan bo‘lsa, davomli jinoyatning barcha epizodlari yangi qonun bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak» 1 degan fikrida ham o‘z isbotini topadi. NOTA BENE ! Ikki harakatli jinoyat – o‘xshash jinoyatlar tarkibi qonunda shunday ko‘rsatiladiki, bunda faqat ikki harakatni amalga oshirgan shaxs jinoyatchi deb hisoblanadi. o‘xshash qilmish sodir etish vaqti deb esa, oxirgi harakatlar yakunlangandan keyin jinoyat tarkibini aniqlangandagi vaqt tan olinadi. 1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2008 йил 15 майдаги «Бир неча жиноят содир этилганда қилмишни квалификация қилишга доир масалалар тўғрисида»ги 13-сон қарори, 4-бандининг 2-қисми // Ўзбекистон Республикаси Олий судининг Ахборотномаси, 2008 й., 3-сон. 13-б. 96
Berilgan muayyan jinoyat tarkibini aniqlash uchun muhim bo‘lgan oxirgi harakatni sodir etish payti ikki harakatli jinoyat sodir etish vaqti deb topilishi kerak. NOTA BENE ! Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar jinoyat-huquqiy tahdidni ifodalaydigan majburiyatlarni uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo‘lgan harakat yoki harakatsizlikda namoyon bo‘ladi.
Birinchi harakat (harakatsizlik) sodir etilgan payt uzoqqa cho‘zilgan jinoyat sodir etilgan vaqt deb topiladi. Ayni paytda, uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar sodir etilgan vaqtini aniqlashda uning ayrim o‘ziga xos tomonlariga e’tibor beriladi: agar uning ijtimoiy xavfliligi uzoq davom etuvchi jinoyatlarda, masalan, harbiy xizmat yoki qismni tashlab ketish (JK 287-moddasi) yoki keltirilgan zararning umumiy miqdori, masalan, soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash hollari. Ko‘pincha, agar keltirilgan zarar muddati yoki summasi ko‘paysa, jinoyat sodir etish vaqti yangi muddatning o‘tishi yoki yangi qonun endigina kuchga kirgandan so‘ng hali ilgarigi yetkazilgan katta zarar muddati tugamay turib yana yangidan katta zarar yetkazish bilan o‘tgan vaqtdan tan olinadi. Agar muddat yangi qonun bilan qisqartirilsa, jinoyatni tan olish uchun eski muddatning o‘tishi yoki ilgarigi keltirilgan zarar miqdori yangi muddatni yoki to‘liq o‘tashi kerak yoxud yetkazilgan yangi zarar miqdori yangi qonun kuchga kirgandan boshlab hisobga olinadi. Takroriylikni tashkil qiluvchi oxirgi yoki og‘irlashtiruvchi belgi hisoblangan qilmish sodir etilishi takroran jinoyat sodir etish, shuningdek, og‘irlashtiruvchi tarkibli jinoyatlar sodir bo‘lgan vaqt deb topiladi. Agar ijtimoiy xavfli qilmish ishtirokchilikda sodir etilgan bo‘lsa, u holda har bir ishtirokchining bu qilmishga qo‘shilgan vaqti hisobga olinadi. Bunday hollarda jinoyatni sodir etish faqatgina shu guruhning sodir etgan jinoyatinigina emas, balki bu guruhdagi har bir ishtirokchining 97
amalga oshirgan xatti-harakatlardagi ishtiroklaridan boshlab hisoblanadi. Shuning uchun, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar vaqtini aniqlashda bajaruvchidan tashqari, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchilarning ham har bir harakati nazardan chetda qolmaydi. Shunday qilib, agar ishtirokchilikda yangi qonun kuchga kirgunga qadar jinoyat sodir etilsa, aybdor ilgarigi jinoyat qonunchiligi bilan ayblanadi. Bunda jinoiy tarkib ishni haqiqatan ham butunlay amalga oshirganligi yoki yangi qonun kuchga kirgandan keyin amalga oshirganligi muhim ahamiyatga ega. Masalan, aybdor yangi qonun kuchga kirgunga qadar o‘g‘rilik qilish uchun guruh tashkil qilgan, haqiqiy o‘g‘rilik esa qonun kuchga kirgandan so‘ng bajarilgan. Bunda, jinoyat sodir etish paytini JK 13-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan qoidaga muvofiq aniqlanib, tashkilotchi eski qonun bo‘yicha javobgar bo‘lib, bajaruvchilar esa yangi qonun bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. Bu masalaning ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatning barcha ishtirokchilar uchun tamom bo‘lish vaqti bajaruvchi tomonidan jinoyatni sodir etish vaqtining hisoblanishiga asoslangan boshqacha yechimi odillik prinsipiga mos kelmaydi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan tamom bo‘lmagan jinoiy faoliyatni keltirib chiqaradi. Shu sababli qilmish jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish deb kvalifikatsiya qilinadi va jinoiy faoliyat to‘xtatilgan vaqtda amalda bo‘lgan qonun qo‘llaniladi. Jinoyat kodeksi amal qilish doirasining ketma-ket va tizimli tarzda chegaralanishi qonunning orqaga qaytish kuchi shartlarini aniqlashda ham o‘z ifodasini topadi. Qonunning teskari kuchi sharti shundan iboratki, bunda vaqt bo‘yicha jinoyat qonunlarini umumiy qoidalardan chiqarib tashlash va jinoyat qonunlarini u kuchga kirgunga qadar barcha qilmishlarga teng taqsimlashdan iborat. Qonunning orqaga qaytish kuchi haqidagi talab umumiy holda 1966 yil 16 dekabrdagi Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 15-moddasida shakllantirilgan bo‘lib, hamma tan olgan xalqaro huquq me’yorlaridan biri hisoblanadi. 98
Adolat va insonparvarlik prinsiplariga asoslangan vatanimiz jinoyat qonunchiligining qonunning orqaga qaytish kuchi haqidagi holatlari JK 13-moddasining 2- va 3-qismlarida mustahkamlangan bo‘lib, ularga muvofiq qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, ya’ni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu jumladan jazoni o‘tayotgan yoki o‘tab bo‘lgan shaxslarga nisbatan, agar ular hali sudlangan hisoblansalar tatbiq etiladi. Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas. Shuni nazarda tutish kerakki, qonunga aks ta’sir tushunchasini berish nuqtai nazaridan qaraganda, qonun tushunchasi normativ-huquqiy hujjatlardan farq qiladi, ya’ni qonun tushunchasi JK 13-moddasi 1-
me’yorlar mustahkamlanadigan shakl emas, balki me’yoriy-huquqiy aktlar mazmunidan iborat. Boshqacha qilib aytganda, bunday holatlarda qonunni jinoyat-huquqiy normalarining o‘zi deb e’tirof etiladi va bu normativ- huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan va mustahkamlangan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi 2001 yil 29 avgustdagi «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonunining 1, 2-bandlari, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 mart kunidagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 421-sonli Qonuni
va boshqa qoidalari qonun deb e’tirof etilishi lozim, biroq ushbu normativ-huquqiy hujjat o‘zi huquqiy me’yorlar tizimi sifatida qonun tomonidan orqaga qaytish kuchi nuqtai nazaridan e’tirof etilmasligi kerak. 99
«Qonun» tushunchasiga bunday yondashish normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy normalar yig‘indisidan iborat ekanligidan, ayrimlari esa, ilgarigi amal qilgan normalarga qaraganda talabchanligidan kelib chiqadi 1 . Shunga muvofiq, qonunning aks ta’sir kuchi o‘z ichiga jiddiyroq holatlarni olib, insonparvarlik va adolat prinsiplariga qarama-qarshi borib aybdor ahvolining butunlay yomonlashuviga sabab bo‘lishi mumkin. Yangi qonunni qo‘llash sudlanuvchi uchun qulay bo‘lishi lozim. Aynan shunda qonunning aks ta’sir kuchi o‘z ifodasini topadi. Shuni nazarda tutish kerakki, huquqiy normalarga teskari kuch berish ular Jinoyat kodeksining Umumiy va Maxsus qismlariga kirish-kirmasligiga bog‘liq emas. Kodeksning Umumiy qismi normalarining qo‘llanilishi jinoyat qonuni qo‘llanilishining umumiy qoidalariga bo‘ysunadi. Shu sababli har bir holatda norma jinoyat sodir etgan shaxsning umumiy holatini yumshatishni ta’minlashdan kelib chiqadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 21 avgustdagi Qonuni bilan JKga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, jinoyatlar klassifikatsiyasi o‘zgartirilgan, jumladan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar doirasi kengaytirilgan 2 . Shunga ko‘ra bu norma orqaga qaytish kuchiga ega, chunki u ilgari mavjud bo‘lgan normalarga qaraganda ancha yengil.
NOTA BENE ! Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga
deganda, uni dekriminalizatsiyalash, ya’ni jinoiy jazolanuvchi qilmishlarni ma’muriy, 1 Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 2001 йил 29 августдаги «Жиноий жазоларнинг либераллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг Жиноят, Жиноят-процессуал кодекслари ҳамда Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига ўзгартишлар ва қўшимчалар киритиш ҳақида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонунини амалга киритиш тартиби тўғрисида»ги 254–II-сон Қонуни, 6, 23-
бандлари // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2001 й., 9–10-сон, 165-модда.
2 Ўша жойда. 100
intizomiy yoki boshqa huquqbuzarlik turlariga o‘tkazish tushuniladi. Masalan, dekriminalizatsiya, Jinoyat kodeksining 187-moddasini Jinoyat kodeksidan chiqarib tashlash, ya’ni xaridor yoki buyurtmachilarni aldash uchun javobgarlikdagi kabi. Ilgari amalda bo‘lgan jinoyat-huquqiy normada jinoyat tarkibi belgisi sifatida nazarda tutilmagan yangi belgining nazarda tutilishi qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan holat sifatida ko‘riladi. Bunday yangi belgilarning qo‘shilishi, jinoiy javobgarlikning torayishini anglatadi, chunki mazkur belgining bo‘lmasligi eski qonun amalda bo‘lgan vaqtda sodir etilgan qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligini bekor qiladi. Bunday dekriminalizatsiya, ko‘pincha, aybdor ma’muriy javobgarlikka tortilgandan keyin qaytadan jinoiy qilmish sodir etish hollarida mavjud bo‘lishi mumkin. Aynan o‘xshash qilmishlari uchun aybdorga yengilroq jazo tayinlash imkonini beradigan normalar jazoni yengillashtiruvchi qonunlarga kiradi.
Ularga quyidagi normalarni kiritish mumkin: – ilgarigi jazo turini yengilroq jazoga almashtirish; – sanksiyadan bir yoki bir necha asosiy yoki qo‘shimcha jazolarni chiqarib tashlash; – asosiy yoki qo‘shimcha jazoning eng ko‘p yoki eng kam miqdorini pasaytirish; – asosiy jazoni o‘zgartirmasdan zaruriy qo‘shimcha jazoga fakultativlik xususiyatini berish; – modda sanksiyasiga yengilroq muqobil jazo kiritish; – moddiy zarar qoplangan hollarda mahkumga ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish jazolari qo‘llamaslik, ya’ni uni jamiyatdan ajratmasdan jazo tayinlashni nazarda tutadi. Jinoiy xatti-harakatlarni amalga oshirish faqat jazolashnigina emas, balki boshqa huquqiy oqibat, asoratlarni ham o‘z ichiga oladi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan Kodeks yordamida aniqlanadigan orqaga qaytish kuchi ham shunday qoidalarga ega bo‘ladiki, jinoyat sodir etgan shaxsning huquqiy ahvolini biror-bir tarzda yaxshilashi mumkin bo‘ladi. Jinoyat sodir etgan shaxs huquqiy ahvolining yaxshilanishi uning darajasi 101
(maqomi)ga turli tomonlardan daxldordir, xususan, uning ahvoli yaxshilanishini jinoyatlar klassifikatsiyasining o‘zgarishi deb e’tirof etish, jazoni o‘tashning aniq muddatlarini kamaytirish, shaxsga yengilroq jazo qo‘llab, uni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishgacha yetib boradi. Aybdorning huquqiy ahvolini yaxshilashda me’yor sifatida Jinoyat kodeksining 66 1 -moddasida ko‘rsatilgan jabrlanuvchi va boshqa tomonlarning yarashuvi bilan javobgarlikdan ozod qilish imkoniyatini berish ko‘zda tutiladi. Shaxsning huquqiy ahvolini yaxshilashda normaning barcha variantlarini ko‘rib chiqishning imkoni yo‘q, chunki bu Kodeksda barcha umumiy qoidalarda bayon etilgan. Huquqni qo‘llovchi organlar har bir aniq holatlarda jinoyat sodir etgan shaxsning huquqiy ahvoli qonun normalari tufayli yaxshilanyaptimi yoki yo‘qmi kuzatib boradi. Jinoyat qonuni jinoyat sodir etgan shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yomonlashtirsa yoki jinoiy xatti-harakatlarini aniqlab jazoni kuchaytirsa, mazkur qonun orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi. Shunday qilib, agar qonun o‘z xarakteriga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatilgan holatlarga zid bo‘lsa, uni kuchga kirgunga qadar amaliyotda qo‘llash mumkin emas. Huquqni qo‘llash amaliyotida muayyan bir qiyinchiliklar sodir bo‘lishi ham mumkin, bunda qonun normasi jazoning eng ko‘p miqdorini pasaytirsa va shu bilan birga, uning eng kamini oshirsa, bunga ba’zan yangi qonunda jinoyatning yangi maxsus tarkibining ishlab chiqilgani sabab bo‘ladi. Bunday paytda yuqorida eslatilgan jinoiy xatti-harakat holati javobgarlikning umumiy me’yori sifatida qabul qilinadi. Agar yangi qonun ta’sirida jazoning eng ko‘pi pasaysa va ayni bir paytda uning kamining ko‘tarilish holati sodir bo‘lsa, huquqni qo‘llovchi organlar ishni oydinlashtiruvchi aniq belgi-xususiyatlarni hisobga olib, sanksiyaga qiyosan olgan holda, shunday qonunni tanlab olmoqlari zarurki, unda aybdorga nisbatan imkon qadar yengil jazo belgilangan bo‘lsin. Xususan, agar aybdorga qattiq jazo tayinlangan bo‘lsa, u holda yangi qonunni qo‘llash zarur. Biroq, huquqni qo‘llovchi organlar muayyan holatdan kelib chiqib jazoni yengillashtirish zarur degan xulosaga kelsa, unda ilgarigi qonun bo‘yicha ish tutishga to‘g‘ri keladi. 102
Bunday vaziyat shu bilan izohlanadiki, bir tomondan, sud hech qanday holatda qonunda ko‘rsatilganidan qattiqroq jazo tayin etolmaydi, ayni bir paytda qonunda belgilangan eng yengil jazoni tayinlash yoki boshqa yengilroq jazo bilan almashtirish sud tomonidan Jinoyat kodeksining 57-moddasiga muvofiq, jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: ma’naviy zararning yo‘q bo‘lganligi yoki moddiy zararning to‘liq qoplanganligi, sudlanuvchi yoki ota-onasining og‘ir kasalligi, ularning mehnatga layoqatsizligi, aybdor ota-onasining yoki bolasining boshqa boquvchisi yo‘qligi, sudlanuvchining keksa yoshda ekanligi, jabrlanuvchining jinoyat sodir etilishiga turtki bergan huquqqa xilof xulq- atvori va h.k 1 .
Agar qabul qilingan qonun jinoyatning yangi, maxsus tarkibini shakllantirgan bo‘lib, dastlabki o‘xshash jinoiy xatti-harakatlar ko‘proq umumiy normalar ta’siri ostida qolib, jinoiy javobgarlikni kuchaytirsa, bu holda sanksiya bilan umumiy va maxsus normalarni o‘zaro qiyoslash kerak. Agar xatti-harakatlarning umumiy normadan ajratib olingan jinoiy xatti-harakat uchun berilgan sanksiya yangi qonun sanksiyasidan yengilroq bo‘lsa, bunday qonun orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi.
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling