Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Qonun amal qilishining tugatilishi


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


Qonun amal qilishining tugatilishi qonunning ushbu vaqtdan boshlab 

qo‘llanilishi mumkin emasligini nazarda tutadi. 

 

«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunning 30-moddasiga 



muvofiq normativ-huquqiy hujjat faqat belgilangan hollardagina o‘z 

kuchini yo‘qotishi mumkin: 

–  normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) mo‘ljallangan muddat 

tugaganda yoki hodisa boshlanganda; 

– normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) qonunda belgilangan tartibda 

konstitutsiyaviy emas deb topilganda; 

–  normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb 

topilganda; 

–  normativ-huquqiy hujjat qonunda nazarda tutilgan hollarda bekor 

qilinganda. 

Normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash muddati o‘tganligi yoki biror 

hodisa sababli uning ta’sirini bekor qilish – uning muddati o‘tganligi yoki 

biror voqelik munosabati bilan shu vaqtdan boshlab haqiqiy emasligini 

bildiradi. Muddatini aniqlash uchun biror-bir  o‘zgarishning sodir bo‘lishi 

(masalan, taqvim bo‘yicha hammaga ma’lum bo‘lgan davriy voqealar) 

qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ayni bir paytda, ayrim hollardagina qiyinchilik 

yuzaga kelishi mumkin, masalan, harbiy holatning tugashi, tabiiy ofatlar 

sodir bo‘lganda va hokazo. Bunday holatlarda sud va tergov  organlari 

nufuzli davlat organlarining shunga o‘xshash normativ-huquqiy 

hujjatlarini ko‘rsatilgan muddatdan boshlab to‘xtatish haqidagi maxsus 

ko‘rsatmalarini talab qilishlari kerak. 

Normativ-huquqiy hujjatni konstitutsiyaviy emas, deb topish uning 

amalda  bo‘lishini tugatishning alohida asosi bo‘lib, maxsus tartib bilan 

tavsiflanadi va mohiyatan qoidadan istisno hisoblanadi. Normativ-huquqiy 

hujjatlarning konstitutsiyaviy emasligini hal etish faqatgina O‘zbekiston 

Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan qonunda ko‘rsatilgan 

93 

 


shaxslar arizasiga asosan qo‘llaniladi

1

. Bunda normativ hujjatlarning 



Konstitutsiyaga mosligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi sud 

qarori shaklida qabul qilinadi. 

Masalani ko‘rib chiqish vaqtida qonun chiqaruvchi yoki qonun 

ostidagi akt Konstitutsiyaviy sud qarorining nashr qilingan vaqti 

ko‘rsatilgan holda konstitutsiyaviy emas deb tan olinadi, chunki aynan shu 

vaqtdan boshlab, sud qarori kuchga kiradi va shunga muvofiq ravishda, 

qonun chiqaruvchi akt (uning qismlari) konstitutsiyaviy yoki 

nokonstitutsiyaviy deb tan olinadi. Shu bilan birga, normativ hujjatlarning 

konstitutsiyaviy emasligini tan olish boshqa usullar bilan uning ta’sirini 

to‘xtatishdan shu bilan farq qiladiki, hujjat Konstitutsiyaviy sud qarori 

chiqarilgan vaqtdan emas, balki davlat ro‘yxatidan  o‘tkazilib, qabul 

qilingan kundan boshlab konstitutsiyaviy emas deb topiladi. Bu shuni 

bildiradiki, normativ-huquqiy hujjat qaror chiqquncha va qaror chiqqandan 

keyingi holatlarda qo‘llashga loyiq emasligini ko‘rsatadi. Chunki, sud va 

tergov organlarining barcha dastlabki yechimlari qonunchilik asosida 

so‘zsiz qayta ko‘rib chiqilishi zarur. Normativ-huquqiy hujjatning 

yaroqsizligi shuni ham bildiradiki, JK 13-moddasi 2-  va 3-qismlarida 

nazarda tutilgan qonunning orqaga qaytish kuchi haqidagi qoida 

sudlanayotgan, ayblanayotgan, gumon qilinayotgan shaxsga qulay vaziyat 

yaratgandagi hollarda ham qo‘llanilmaydi. 

Shuni nazarda tutish kerakki, Konstitutsiyaviy sud qarori e’lon 

qilinadigan rasmiy manba belgilab qo‘yilmagan, Konstitutsiyaviy sud 

qarori u O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ommaviy axborot vositalari 

orqali dastlabki e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. 



NOTA BENE ! 

Qonun  o‘z kuchini yo‘qotishi  –  bu uning amalda bo‘lishini 

to‘xtatishning ikki shart mavjudligi bilan tavsiflanadigan usuli: (formal-

yuridik emas) ilgarigi qonun hujjatini amalda bekor qilish va bir vaqtning 

o‘zida  o‘xshash ijtimoiy munosabatlarini tartibga soladigan yangi aktni 

qabul qilish. 

 

1



 

Қаранг.: «Ўзбекистон  Республикаси  Конституциявий  суди  тўғрисида»  ги  Ўзбекистон  Республикасининг 

2017 йил 31 май кунидаги  ЗРУ-431-сонли  Қонуни,  19-б. 

94 


 

                                                           



Ilgari qabul qilingan barcha hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular 

yangi normativ ko‘rsatmalarga zid bo‘lsa yoxud yangi hujjat bilan 

to‘laligicha qamrab olingan yoki amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, lekin 

rasman  o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilmagan hollarda

1

  (masalan, 



qonun hujjati tartibga solishi lozim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning 

yo‘qolishi) hujjat o‘z kuchini yo‘qotadi. 



Qonun hujjatini bekor qilish  uning kuchini yo‘qotishdan shunisi 

bilan farq qiladiki, keyingi shunga o‘xshash munosabatlarni boshqaradigan 

ikkinchi hujjatni qabul qilishdan iborat. Bunday hollarda normativ-

huquqiy hujjat so‘zsiz maxsus farmoyish bilan nufuzli davlat organlari 

tomonidan (yuridik rasman bekor qilish deb ataladi) normativ-huquqiy 

hujjat shaklida bekor qilinadi. 

Normativ-huquqiy hujjatning bekor qilinishi yoki kuchini yo‘qotish 

vaqti yangi normativ ko‘rsatmalarning yoki vakolatli davlat organlarining 

maxsus farmoyishi kuchga kirgan vaqtdan boshlab tan olinadi. 

Jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlash qonunning vaqt bo‘yicha amal 

qilishining zaruriy belgisi hisoblanib, uni aniqlash qoidalari JK 13-

moddasi 1-qismida  ko‘rsatilgan. Mazkur norma qoidalariga muvofiq

jinoyat sodir etish vaqti jinoyat tarkibi turiga qarab aniqlanadi: 

–  moddiy tarkibli jinoyatlarda  jinoyat sodir etish vaqti ijtimoiy 

xavfli oqibat yuzaga kelgan vaqt hisoblanadi (masalan, o‘lim kelib 

chiqishi); 

–  formal tarkibli jinoyatlarda jinoyat sodir etish vaqti kelib 

chiqadigan oqibatdan qat’i nazar qilmish sodir etilgan vaqt bilan 

belgilanadi (jumladan, qalbaki pul tayyorlash). 

Shu taxlitda, jinoyat sodir etish vaqti qilmishning obyektiv mezonidan 

kelib chiqib, xususan, jinoiy javobgarlikka tortish asoslari, ya’ni JK 16-

moddasida ta’kidlanganidek, jinoyat tarkibi mavjudligidan kelib chiqib 

aniqlanadi. Qonunning vaqt bo‘yicha amal qilishini aniqlash uchun jinoyat 

sodir etishning butun jarayoni (boshidan oxirigacha) emas, balki faqatgina 

jinoyatning tugagan vaqti, ya’ni qonun bo‘yicha jinoiy deb hisoblangan 

barcha xatti-harakatlar yakunlanganligi ahamiyatga ega. 

1

 

Қаранг.:  Ўзбекистон  Республикасининг  2012  йил  24  декабрдаги  «Норматив-ҳуқуқий  ҳужжатлар 



тўғрисида»ги  342-сонли  Қонуни.  (янги  тахрирдаги  )»  //"  Ўзбекистон  Республикасининг  Қонун  хужжатлари 

тўплами", 2012 й.,  52-сон, 36-б 

95 

 

                                                           



Jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlashda tergov va sud organlari asosiy 

diqqat-e’tiborni uzoqqa cho‘zilgan va davomli jinoyatlarni, ikkita 

harakatdan iborat bo‘lgan jinoyatlarni, takroran sodir etilgan jinoyatlarni, 

shuningdek, ishtirokchilikdagi jinoyatlarni tergov qilishga qaratishlari 

kerak. 

Sodir etilgan jinoyatlar vaqti, odatda, JK 13-moddasi 1-qismi asosida 



aniqlanib, unga muvofiq, qilmish jinoyat tarkibining barcha belgilariga ega 

bo‘lgan payt jinoyat tamom bo‘lgan vaqt deb hisoblanadi. Bundan kelib 

chiqib, jinoyatni sodir etish vaqti Jinoyat kodeksining Maxsus qismidagi 

jinoyat tarkibi tuzilishiga bog‘liq, jumladan, davomli jinoyatlarni 

kvalifikatsiya qilish uni tashkil qiluvchi oxirgi qilmish sodir etilganda 

amalda bo‘lgan qonunga asoslanishi kerak. 



NOTA BENE ! 

Davomli jinoyatlar – bu yagona qasd bilan qamrab olingan va umumiy 

maqsadga qaratilgan bir qancha o‘xshash harakatlarni sodir etish bilan 

tavsiflanadigan huquqqa xilof ijtimoiy xavfli qilmishlardir. 

 

Bunday qarorning to‘g‘riligi  yuqori turuvchi sud instansiyasining «... 



jinoyat qonuniga ... jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini 

boshqacha tarzda yomonlashtiradigan o‘zgartirishlar kiritilganda, agar 

jinoyat epizodlaridan hech bo‘lmaganda bittasi qonun yangi tahrirda amal 

qila boshlagan davrda sodir etilgan bo‘lsa, davomli jinoyatning barcha 

epizodlari yangi qonun bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak»

1

  degan 



fikrida ham o‘z isbotini topadi. 

NOTA BENE ! 

Ikki harakatli jinoyat  –  o‘xshash jinoyatlar tarkibi qonunda shunday 

ko‘rsatiladiki, bunda faqat ikki harakatni amalga oshirgan shaxs jinoyatchi 

deb hisoblanadi. o‘xshash qilmish sodir etish vaqti deb esa, oxirgi 

harakatlar yakunlangandan keyin jinoyat tarkibini aniqlangandagi vaqt tan 

olinadi. 

1

 



Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2008 йил 15 майдаги «Бир неча жиноят содир 

этилганда қилмишни квалификация қилишга доир масалалар тўғрисида»ги 13-сон қарори, 4-бандининг 2-қисми 

// Ўзбекистон Республикаси Олий судининг Ахборотномаси, 2008 й., 3-сон. 13-б. 

96 


 

                                                           



 

Berilgan muayyan jinoyat tarkibini aniqlash uchun muhim bo‘lgan 

oxirgi harakatni sodir etish payti ikki harakatli jinoyat sodir etish vaqti deb 

topilishi kerak. 



NOTA BENE ! 

Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar  jinoyat-huquqiy tahdidni ifodalaydigan 

majburiyatlarni uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo‘lgan 

harakat yoki harakatsizlikda namoyon bo‘ladi. 

 

Birinchi harakat (harakatsizlik) sodir etilgan payt uzoqqa cho‘zilgan 



jinoyat sodir etilgan vaqt deb topiladi. 

Ayni paytda, uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar sodir etilgan vaqtini 

aniqlashda uning ayrim o‘ziga xos tomonlariga e’tibor beriladi: agar uning 

ijtimoiy xavfliligi uzoq davom etuvchi jinoyatlarda, masalan, harbiy 

xizmat yoki qismni tashlab ketish (JK 287-moddasi) yoki keltirilgan 

zararning umumiy miqdori, masalan, soliq yoki boshqa to‘lovlarni 

to‘lashdan bo‘yin tovlash hollari. Ko‘pincha, agar keltirilgan zarar muddati 

yoki summasi ko‘paysa, jinoyat sodir etish vaqti yangi muddatning o‘tishi 

yoki yangi qonun endigina kuchga kirgandan so‘ng hali ilgarigi 

yetkazilgan katta zarar muddati tugamay turib yana yangidan katta zarar 

yetkazish bilan o‘tgan vaqtdan tan olinadi. Agar muddat yangi qonun bilan 

qisqartirilsa, jinoyatni tan olish uchun eski muddatning o‘tishi yoki ilgarigi 

keltirilgan zarar miqdori yangi muddatni yoki to‘liq  o‘tashi kerak yoxud 

yetkazilgan yangi zarar miqdori yangi qonun kuchga kirgandan boshlab 

hisobga olinadi. 

Takroriylikni tashkil qiluvchi oxirgi yoki og‘irlashtiruvchi belgi 

hisoblangan qilmish sodir etilishi takroran jinoyat sodir etish, 

shuningdek,  og‘irlashtiruvchi tarkibli jinoyatlar sodir bo‘lgan vaqt deb 

topiladi. 

Agar ijtimoiy xavfli qilmish ishtirokchilikda  sodir etilgan bo‘lsa, u 

holda har bir ishtirokchining bu qilmishga qo‘shilgan vaqti hisobga 

olinadi. Bunday hollarda jinoyatni sodir etish faqatgina shu guruhning 

sodir etgan jinoyatinigina emas, balki bu guruhdagi har bir ishtirokchining 

97 


 

amalga oshirgan xatti-harakatlardagi ishtiroklaridan boshlab hisoblanadi. 

Shuning uchun, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar vaqtini aniqlashda 

bajaruvchidan tashqari, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchilarning ham har 

bir harakati nazardan chetda qolmaydi. 

Shunday qilib, agar ishtirokchilikda yangi qonun kuchga kirgunga 

qadar jinoyat sodir etilsa, aybdor ilgarigi jinoyat qonunchiligi bilan 

ayblanadi. Bunda jinoiy tarkib ishni haqiqatan ham butunlay amalga 

oshirganligi yoki yangi qonun kuchga kirgandan keyin amalga oshirganligi 

muhim ahamiyatga ega. Masalan, aybdor yangi qonun kuchga kirgunga 

qadar  o‘g‘rilik qilish uchun guruh tashkil qilgan, haqiqiy o‘g‘rilik esa 

qonun kuchga kirgandan so‘ng bajarilgan. Bunda, jinoyat sodir etish 

paytini  JK 13-moddasi 1-qismida  ko‘rsatilgan qoidaga muvofiq 

aniqlanib, tashkilotchi eski qonun bo‘yicha  javobgar bo‘lib, bajaruvchilar 

esa yangi qonun bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. 

Bu masalaning ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatning barcha 

ishtirokchilar uchun tamom bo‘lish vaqti bajaruvchi tomonidan jinoyatni 

sodir etish vaqtining hisoblanishiga asoslangan boshqacha yechimi odillik 

prinsipiga mos kelmaydi. 



Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish  yoki  suiqasd qilish  shaxsga bog‘liq 

bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan tamom bo‘lmagan 

jinoiy faoliyatni keltirib chiqaradi. Shu sababli qilmish jinoyatga 

tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish deb kvalifikatsiya qilinadi va 

jinoiy faoliyat to‘xtatilgan vaqtda amalda bo‘lgan qonun qo‘llaniladi. 

Jinoyat kodeksi amal qilish doirasining ketma-ket va tizimli tarzda 

chegaralanishi  qonunning orqaga qaytish kuchi shartlarini aniqlashda 

ham o‘z ifodasini topadi. Qonunning teskari kuchi sharti shundan iboratki, 

bunda vaqt bo‘yicha jinoyat qonunlarini umumiy qoidalardan chiqarib 

tashlash va jinoyat qonunlarini u kuchga kirgunga qadar barcha 

qilmishlarga teng taqsimlashdan iborat. Qonunning orqaga qaytish kuchi 

haqidagi talab umumiy holda 1966 yil 16 dekabrdagi Fuqaroviy va siyosiy 

huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 15-moddasida shakllantirilgan 

bo‘lib, hamma tan olgan xalqaro huquq me’yorlaridan biri hisoblanadi. 

98 

 


Adolat va insonparvarlik prinsiplariga asoslangan vatanimiz jinoyat 

qonunchiligining qonunning orqaga qaytish kuchi haqidagi holatlari JK 



13-moddasining 2-  va 3-qismlarida  mustahkamlangan bo‘lib, ularga 

muvofiq qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni 

yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda 

yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, ya’ni ushbu qonun 

kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu 

jumladan jazoni o‘tayotgan yoki o‘tab  bo‘lgan shaxslarga nisbatan, agar 

ular hali sudlangan hisoblansalar tatbiq etiladi. 

Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki 

shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga 

qaytish kuchiga ega emas. 

Shuni nazarda tutish kerakki, qonunga aks ta’sir tushunchasini berish 

nuqtai nazaridan qaraganda, qonun tushunchasi normativ-huquqiy 

hujjatlardan farq qiladi, ya’ni qonun tushunchasi JK 13-moddasi 1-

qismida  berilgan. Qonunning aks ta’sir kuchi vaziyatida qonun huquqiy 

me’yorlar mustahkamlanadigan shakl emas, balki me’yoriy-huquqiy aktlar 

mazmunidan iborat. Boshqacha qilib aytganda, bunday holatlarda qonunni 

jinoyat-huquqiy normalarining o‘zi deb e’tirof etiladi va bu normativ-

huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan va mustahkamlangan. Masalan, 

O‘zbekiston Respublikasi 2001 yil 29 avgustdagi «Jinoiy jazolarning 

liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, 

Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 

kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonunining 1, 

2-bandlari,  O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 mart kunidagi 



“Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish 

kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul 

qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim 

qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 

421-sonli Qonuni

 

va boshqa qoidalari qonun deb e’tirof etilishi lozim, 



biroq ushbu normativ-huquqiy hujjat o‘zi huquqiy me’yorlar tizimi sifatida 

qonun tomonidan orqaga qaytish kuchi nuqtai nazaridan e’tirof etilmasligi 

kerak. 

99 


 

«Qonun» tushunchasiga bunday yondashish normativ-huquqiy 

hujjatlar huquqiy normalar yig‘indisidan iborat ekanligidan, ayrimlari esa, 

ilgarigi amal qilgan normalarga qaraganda talabchanligidan kelib chiqadi

1



Shunga muvofiq, qonunning aks ta’sir kuchi o‘z ichiga jiddiyroq holatlarni 

olib, insonparvarlik va adolat prinsiplariga qarama-qarshi borib aybdor 

ahvolining butunlay yomonlashuviga sabab bo‘lishi mumkin. 

Yangi qonunni qo‘llash sudlanuvchi uchun qulay bo‘lishi lozim. 

Aynan shunda qonunning aks ta’sir kuchi o‘z ifodasini topadi. Shuni 

nazarda tutish kerakki, huquqiy normalarga teskari kuch berish ular 

Jinoyat kodeksining  Umumiy va Maxsus qismlariga kirish-kirmasligiga 

bog‘liq emas. 

Kodeksning Umumiy qismi normalarining qo‘llanilishi jinoyat qonuni 

qo‘llanilishining umumiy qoidalariga bo‘ysunadi. Shu sababli har bir 

holatda norma jinoyat sodir etgan shaxsning umumiy holatini 

yumshatishni ta’minlashdan kelib chiqadi. Masalan, O‘zbekiston 

Respublikasining 2001 yil 21 avgustdagi Qonuni bilan JKga kiritilgan 

o‘zgartishlarga muvofiq, jinoyatlar klassifikatsiyasi o‘zgartirilgan, 

jumladan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan 

jinoyatlar doirasi kengaytirilgan

2

. Shunga ko‘ra bu norma orqaga qaytish 



kuchiga ega, chunki u ilgari mavjud bo‘lgan normalarga qaraganda ancha 

yengil. 


NOTA BENE ! 

Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan 

yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga 

qaytish kuchiga ega. 

 

Qilmishning jinoiyligini bekor qilish 

deganda, uni 

dekriminalizatsiyalash, ya’ni jinoiy jazolanuvchi qilmishlarni ma’muriy, 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикасининг  2001  йил  29  августдаги  «Жиноий  жазоларнинг 



либераллаштирилиши  муносабати  билан  Ўзбекистон  Республикасининг  Жиноят,  Жиноят-процессуал 

кодекслари  ҳамда  Маъмурий  жавобгарлик  тўғрисидаги  кодексига  ўзгартишлар  ва  қўшимчалар  киритиш 

ҳақида»ги  Ўзбекистон  Республикаси  Қонунини  амалга  киритиш  тартиби  тўғрисида»ги  254–II-сон  Қонуни,  6, 

23-


бандлари // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2001 й., 9–10-сон, 165-модда.

 

2



 

Ўша жойда. 

100 

 

                                                           



intizomiy yoki boshqa huquqbuzarlik turlariga o‘tkazish tushuniladi. 

Masalan, dekriminalizatsiya, Jinoyat kodeksining 187-moddasini Jinoyat 

kodeksidan chiqarib tashlash, ya’ni xaridor yoki buyurtmachilarni aldash 

uchun javobgarlikdagi kabi. 

Ilgari amalda bo‘lgan jinoyat-huquqiy normada jinoyat tarkibi belgisi 

sifatida nazarda tutilmagan yangi belgining nazarda tutilishi qilmishning 

jinoiyligini bekor qiladigan holat sifatida ko‘riladi. Bunday yangi 

belgilarning qo‘shilishi, jinoiy javobgarlikning torayishini anglatadi, 

chunki mazkur belgining bo‘lmasligi eski qonun amalda bo‘lgan vaqtda 

sodir etilgan qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligini bekor qiladi. 

Bunday dekriminalizatsiya, ko‘pincha, aybdor ma’muriy javobgarlikka 

tortilgandan keyin qaytadan jinoiy qilmish sodir etish hollarida mavjud 

bo‘lishi mumkin. 

Aynan  o‘xshash qilmishlari uchun aybdorga yengilroq jazo tayinlash 

imkonini beradigan normalar jazoni  yengillashtiruvchi  qonunlarga 

kiradi. 


Ularga quyidagi normalarni kiritish mumkin: 

– ilgarigi jazo turini yengilroq jazoga almashtirish; 

–  sanksiyadan bir yoki bir necha asosiy yoki qo‘shimcha jazolarni 

chiqarib tashlash; 

– asosiy yoki qo‘shimcha jazoning eng ko‘p yoki eng kam miqdorini 

pasaytirish; 

–  asosiy jazoni o‘zgartirmasdan zaruriy qo‘shimcha jazoga 

fakultativlik xususiyatini berish; 

– modda sanksiyasiga yengilroq muqobil jazo kiritish; 

–  moddiy zarar qoplangan hollarda mahkumga ozodlikni cheklash va 

ozodlikdan mahrum qilish jazolari qo‘llamaslik, ya’ni uni jamiyatdan 

ajratmasdan jazo tayinlashni nazarda tutadi. 

Jinoiy xatti-harakatlarni amalga oshirish faqat jazolashnigina emas, 

balki boshqa huquqiy oqibat, asoratlarni ham o‘z ichiga oladi va bu bilan 

bog‘liq bo‘lgan Kodeks yordamida aniqlanadigan orqaga qaytish kuchi 

ham shunday qoidalarga ega bo‘ladiki, jinoyat  sodir etgan shaxsning 

huquqiy ahvolini biror-bir tarzda yaxshilashi mumkin bo‘ladi. Jinoyat 

sodir etgan shaxs huquqiy ahvolining yaxshilanishi uning darajasi 

101 

 


(maqomi)ga turli tomonlardan daxldordir, xususan, uning ahvoli 

yaxshilanishini jinoyatlar klassifikatsiyasining o‘zgarishi deb e’tirof etish, 

jazoni  o‘tashning aniq muddatlarini kamaytirish, shaxsga yengilroq jazo 

qo‘llab, uni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishgacha yetib 

boradi. Aybdorning huquqiy ahvolini yaxshilashda me’yor sifatida Jinoyat 

kodeksining 66

1

-moddasida ko‘rsatilgan jabrlanuvchi va boshqa 



tomonlarning yarashuvi bilan javobgarlikdan ozod qilish imkoniyatini 

berish ko‘zda tutiladi. 

Shaxsning huquqiy ahvolini yaxshilashda normaning barcha 

variantlarini ko‘rib chiqishning imkoni  yo‘q, chunki bu Kodeksda barcha 

umumiy qoidalarda bayon etilgan. Huquqni qo‘llovchi organlar har bir 

aniq holatlarda jinoyat sodir etgan shaxsning huquqiy ahvoli qonun 

normalari tufayli yaxshilanyaptimi yoki yo‘qmi kuzatib boradi. 

Jinoyat qonuni jinoyat sodir etgan shaxsning ahvolini boshqacha 

tarzda yomonlashtirsa yoki jinoiy xatti-harakatlarini aniqlab jazoni 

kuchaytirsa, mazkur qonun orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi. 

Shunday qilib, agar qonun o‘z xarakteriga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatilgan 

holatlarga  zid bo‘lsa, uni kuchga kirgunga qadar amaliyotda qo‘llash 

mumkin emas. 

Huquqni qo‘llash amaliyotida muayyan bir qiyinchiliklar sodir 

bo‘lishi ham mumkin, bunda qonun normasi jazoning eng ko‘p miqdorini 

pasaytirsa va shu bilan birga, uning eng kamini oshirsa, bunga ba’zan 

yangi qonunda jinoyatning yangi maxsus tarkibining ishlab chiqilgani 

sabab bo‘ladi. Bunday paytda yuqorida eslatilgan jinoiy xatti-harakat 

holati javobgarlikning umumiy me’yori sifatida qabul qilinadi. 

Agar yangi qonun ta’sirida jazoning eng ko‘pi pasaysa va ayni bir 

paytda uning kamining ko‘tarilish holati sodir bo‘lsa, huquqni qo‘llovchi 

organlar ishni oydinlashtiruvchi aniq belgi-xususiyatlarni hisobga olib, 

sanksiyaga qiyosan olgan holda, shunday qonunni tanlab olmoqlari 

zarurki, unda aybdorga nisbatan imkon qadar yengil  jazo belgilangan 

bo‘lsin. Xususan, agar aybdorga qattiq jazo tayinlangan bo‘lsa, u holda 

yangi qonunni qo‘llash zarur. Biroq, huquqni qo‘llovchi organlar muayyan 

holatdan kelib chiqib jazoni yengillashtirish zarur degan xulosaga kelsa, 

unda ilgarigi qonun bo‘yicha ish tutishga to‘g‘ri keladi. 

102 

 


Bunday vaziyat shu bilan izohlanadiki, bir tomondan, sud hech 

qanday holatda qonunda ko‘rsatilganidan qattiqroq jazo tayin etolmaydi, 

ayni bir paytda qonunda belgilangan eng yengil  jazoni tayinlash yoki 

boshqa  yengilroq jazo bilan almashtirish sud tomonidan Jinoyat 

kodeksining 57-moddasiga muvofiq, jinoyatning ijtimoiy xavflilik 

darajasini jiddiy kamaytiruvchi quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: 

ma’naviy zararning yo‘q bo‘lganligi yoki moddiy zararning to‘liq 

qoplanganligi, sudlanuvchi yoki ota-onasining og‘ir kasalligi, ularning 

mehnatga layoqatsizligi, aybdor ota-onasining yoki bolasining boshqa 

boquvchisi yo‘qligi, sudlanuvchining keksa yoshda ekanligi, 

jabrlanuvchining jinoyat sodir etilishiga turtki bergan huquqqa xilof xulq-

atvori va h.k

1

.  


Agar qabul qilingan qonun jinoyatning yangi, maxsus tarkibini 

shakllantirgan bo‘lib, dastlabki o‘xshash jinoiy xatti-harakatlar ko‘proq 

umumiy normalar ta’siri ostida qolib, jinoiy javobgarlikni kuchaytirsa, bu 

holda  sanksiya  bilan umumiy va maxsus normalarni o‘zaro qiyoslash 

kerak. Agar xatti-harakatlarning umumiy normadan ajratib olingan jinoiy 

xatti-harakat uchun berilgan sanksiya yangi qonun sanksiyasidan yengilroq 

bo‘lsa, bunday qonun orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi. 


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling