Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


JK 13-moddasi 2-qismining  qoidasiga muvofiq, qonunning orqaga 

qaytish kuchi jinoyat sodir etgan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llanadi. Bu 

o‘rinda ularning sudlangan-sudlanmagani, ularga belgilangan jazo 

tayinlangani  yoki tayinlanmaganining ahamiyati yo‘q. Biroq, shuni 

hisobga olish kerakki, yangi qonunga muvofiq sodir etilgan jinoiy harakat 

yengilroq jazolanib, aslida aybdorga yangi qonun bo‘yicha o‘rnatilgan jazo 

doirasidan tashqari chiqqan holda ish tutilgan bo‘lsa,  u holda belgilangan 

jazoning yuqori chegarasi yangi qonunda ko‘zda tutilgan maksimumga 

qadar kamaytirilgan bo‘lishi zarur

2



Shuni ham yodda tutish lozimki, qonunning orqaga qaytish kuchi 

faqat jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. 

1

 

Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Плунумининг  2006  йил  3  февралдаги  “Судлар  томонидан  жиноят 



учун жазо тайинлаш амалиёти тўғрисида”ги 1-сонли қарори // Тўплам. 2-жилд – 235-236-б. 

2

 



Қаранг:  масалан:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисининг  2001  йил  29  августдаги  “Жиноий 

жазоларнинг либераллаштирилиши муносабати билан  Ўзбекистон Республикаси  Жиноят,  Жиноят-процессуал 

кодекслари  ҳамда  Маъмурий  жавобгарлик  тўғрисидаги  кодексига  ўзгартиришлар  ва  қўшимчалар  киритиш 

ҳақида” ги Ўзбекистон Республикаси қонунини амалга киритиш тартиби тўҳрисидаги 255-II-сон қарори, 4-банд. 

103 

 

                                                           



Shunga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxslarga, aytaylik, «qonunlar oralig‘i» 

deb atash mumkin bo‘lgan haddan ortiq yumshoq qonun qo‘llanilmaydi. 

Ayni vaqtda shuni ta’kidlash kerakki, qonunning orqaga qaytish kuchi 

jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan, ya’ni sud va tergov 

ishlariga jalb qilingan yoki tayinlangan jazoni o‘tayotgan shaxslarga 

nisbatan amal qiladi. Shu sababli jinoyat sodir qilgandan keyin qabul 

qilingan, lekin jinoiy javobgarlikka tortgunga qadar o‘z kuchini yo‘qotgan 

qonun bunday jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 



5-§. Jinoyat qonunini sharhlash 

Jinoyat qonunini amaliyotga tatbiq etishda uni maxsus sharhlashga 

bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘ladi. 

Sharhlash jinoyat tarkiblarining baholovchi belgilarini, bir qator 

atamalarni, JKning Umumiy va Maxsus qism normalarining ma’nosini 

tushunish uchun kerak. Sharhlashga faqatgina istisno holatlarida, ya’ni 

elementar huquqiy amaliyotdagina ehtiyoj yo‘q. 

NOTA BENE ! 

Jinoyat qonunini sharhlash  –  JK moddalarini, moddalarining 

qismlarini ulardagi atama va tushunchalarning mazmun-mohiyatini ochish 

orqali tegishli modda mazmunini tushunish yoki tushuntirishdan iborat 

bo‘lgan fikrlash jarayonidir. 

 

O‘zbekiston Respublikasining jinoyat huquqida jinoyatni analogiya 



asosida aniqlashga va jazolashga yo‘l qo‘yilmaydi. 

NOTA BENE ! 

Analogiya  deganda, jinoyat huquqida, jinoyat qonunida to‘g‘ridan-

to‘g‘ri ko‘rsatilmagan holatlarga, u yoki bu belgilariga ko‘ra  o‘xshash 

qonunni qo‘llash tushuniladi. 

 

Analogiya bo‘yicha qonunni qo‘llash qonuniylikni buzish, jinoyat 



sodir qilmagan shaxslarni asossiz repressiya qilishga olib kelgan bo‘lardi. 

104 


 

Milliy  jinoyat qonunchiligida analogiyani qo‘lashdan voz kechish uning 

rivojlanishidagi muhim etaplardan biri  hisoblanadi.  

Fanda turli xil sharhlash usullari ajratilib ko‘rsatiladi. Majburiy yoki 

majburiy emasligiga ko‘ra sharhlash rasmiy va norasmiy sharhga 

bo‘linadi. 

Rasmiy sharh autentik, legal va sud sharhiga bo‘linadi. 

Qonunlarni  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 

sharhlashga  autentik sharhlash  deyiladi. Yuridik adabiyotlarda 

sharhlashning bu turi ko‘pincha legal sharhning bir turi sifatida ko‘riladi

1



Legal sharhlash qonun tomonidan shunday vakolat berilgan organ – 



Konstitutsiyaviy sud tomonidan amalga oshiriladi. Konstitutsiyaning 109-

moddasi 1-qismiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 

va qonunlari normalariga sharh berish hamda O‘zbekiston Respublikasi 

qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 

qarorlarining,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, 

Hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, 

O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa 

majburiyatlari  O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini 

aniqlash kabi vakolatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga 

taqdim etilgan

2



1



 

Қаранг.: Уголовное право. Общая часть: Учебник / А.С. Якубов, Р. Кабулов и др. – С. 120. 

2

 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси:  Ўн  иккинчи  чақириқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 



Кенгашининг  ўн  биринчи  сессиясида  1992  йил  8  декабрда  қабул  қилинган.  (2002  йил  27  январда  ўтказилган 

умумхалқ  референдуми  натижаларига  кўра  ҳамда  унинг  асосида  Ўзбекистон  Республикасининг  2003  йил  24 

апрелда  қабул  қилинган  Қонунига  мувофиқ  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  XVIII,  XIX,  XX, 

XXIII  бобларига  ўзгартиришлар  ва  қўшимчалар  қиритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2007  йил  11 

апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  89-моддасига,  93-

моддасининг  15-бандига,  102-моддасининг  иккинчи  қисмига  тузатишлар  киритилган.  Ўзбекистон 

Республикасининг  2008  йил  25  декабрда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 

йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 

иккинчи  қисмига  тузатиш  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2014  йил  16  апрелда  қабул  қилинган 

Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 

қўшимчалар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  6  апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  80-моддасининг  4-бандига,  81-моддасининг  еттинчи  қисмига, 

83-


моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-

моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 

Республикасининг  2017  йил  31  майда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-

моддаларига  ўзгартишлар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  29  августда  қабул  қилинган 

105 


 

                                                           



Sud sharhi  jinoyat ishini ko‘rib chiqishda turli instansiya sudlari 

tomonidan  amalga oshiriladi. Sud sharhi ikkiga bo‘linadi : kazual va 

normativ. 

Kazual sud sharhi – muayyan jinoyat ishini ko‘rib chiqish davomida 

yuzaga kelgan va faqat o‘sha ish uchun majburiy bo‘lgan sharh. Qonuniy 

kuchga kirgan sud hukmi ushbu hukm bilan bog‘liq  bo‘lgan barcha 

fuqarolar, mansabdor shaxslar, korxona, muassasa va tashkilotlar uchun 

majburiy hisoblanadi. Ba’zi hollarda sharhlashning bu turi sud pretsedenti 

xususiyatiga ega bo‘ladi. Advokatura, prokuratura va sud faoliyatini 

axborot bilan ta’minlash uchun alohida jinoyat ishlari bo‘yicha yuqori 

instansiya sudlarining qarorlarini o‘z ichiga olgan Oliy sud axborotnomasi 

chiqariladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarida o‘z ifodasini 

topgan sharhlash normativ sharhlashdir. Oliy sud Plenumi sud 

amaliyotini o‘rganadi, sud statistikasini umumlashtiradi va jinoyat ishlarini 

ko‘rishda sudlarga tushuntirishlar beradi. Bu tushuntirishlar sudlar, 

mansabdor shaxslar va boshqa organlar uchun ishlarni ko‘rib chiqishda 

orientir vazifasini bajarishi kerak. Bu holatda shuni ta’kidlash kerakki, 

Plenum qarorlari Jinoyat huquqining manbasi bo‘lib hisoblanmaydi. 

Plenum qarorlariga Jinoyat huquqining manbasi sifatida yondashish 

Konstitutsiyaning 112-moddasi 1-qismida ifodalangan «sudyalar 

mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar» degan qoidaga va 

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi Jinoyat kodeksidan 

iboratdir deb ifodalangan JK 1-moddasiga ziddir. Biroq o‘z navbatida, 

Oliy sud Plenumi tomonidan qabul qilingan hujjatlar Konstitutsiyaning 

110-moddasi 2-qismiga ko‘ra qat’iy va O‘zbekiston Respublikasining 

barcha hududida bajarilishi majburiydir. Oliy sud Plenumining rahbariy 

qarorlari tavsiya qiluvchi xarakterga ega va o‘rganilgan sud amaliyotidan 

kelib chiqib qonunni to‘g‘ri va aniq qo‘llashga imkon beradi. 

Ba’zida, yuridik adabiyotlarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror 

yoki advokatlar tomonidan amalga oshiriladigan professional sharh 

қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 

Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 62 б. 

106 

 

                                                                                                                                                                                                 



haqida aytilib, u ham sud tomonidan sharhlashning dastlabki bosqichi 

hisoblanadi. 



Norasmiy sharh  o‘z ichiga ilmiy-doktrinal va oddiy sharhni qamrab 

oladi. 


Doktrinal (ilmiy) sharhlash  jinoyat huquqi sohasidagi huquqshunos 

olimlar, mutaxassislar tomonidan beriladi. Majburiy ahamiyatga ega 

bo‘lmagan doktrinal sharhlash huquqni qo‘llash organlari xodimlariga 

ularning professional huquqiy ongini shakllantirgan holda JK 

normalarining mohiyatini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. 

Odatdagi sharhlash  ham huquqiy ahamiyatga ega emas va oddiy 

fuqarolar tomonidan berilishi mumkin (masalan, jurnalistlar tomonidan 

ommaviy axborot vositalarida). Uning ahamiyati shundaki, bu sharhlash 

umumiy  prevensiya  masalalarini  yechishda fuqarolarning huquqiy ongini 

oshirishda ta’sir kuchiga ega. 

Hajmiga ko‘ra,  sharhlashning uchta turini ko‘rsatishadi: so‘zma-so‘z, 

cheklangan va kengaytirilgan sharh. 

So‘zma-so‘z sharhlashda berilgan sharh jinoyat qonunining matniga, 

unda ishlatilgan atamalarga va ifodalarga so‘zma-so‘z mos bo‘lishi kerak. 

Normaning mazmuni uning qonundagi verbal ifodasiga to‘liq mos bo‘lishi 

shart. Boshqacha aytganda, qonunning formal tomoni uning mazmunini 

belgilaydi. 

Cheklangan sharhlashda  berilgan sharh asosiy matn hajmiga 

nisbatan kichikroq bo‘ladi. Masalan, JK 124-moddasida tamagirlik yoki 

boshqa past niyatlarda qasddan bolani almashtirib qo‘yish uchun 

javobgarlik nazarda tutilgan. Ko‘rsatilgan moddaning tahriridan kelib 

chiqib, bola deganda, yangi tug‘ilgan chaqaloq nazarda tutilganmi yoki 

voyaga  yetmagan bolami degan savolga javob berish kerak bo‘ladi

1



Bunda 124-moddaning umumiy mazmunidan kelib chiqib (bunda ota-



1

 

Бола  ҳуқуқлари  тўғрисидаги  Конвенциянинг  1-моддасига  мувофиқ,  ҳар  бир  инсон  ўн  саккиз  ёшга 



тўлгунига қадар бола ҳисобланади, агарда мазкур болага қўлланиладиган қонунга асосан у балоғатга олдинроқ 

етмаса  (Қаранг:  Бола  ҳуқуқлари  тўғрисидаги  Конвенция  (БМТ  Бош  Ассамблеясининг  1989  й.  20  ноябрдаги 

44/25-

Резолюцияси  билан  қабул  қилинган  ҳамда  имзолаш,  ратификация  қилиш  ва  қўшилиш  учун  очилган, 



Ўзбекистон Республикаси учун 1994 й. 29 июлдан бошлаб Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг 1992 

й. 9 декабрдаги 757-XII-сон қарорига асосан кучга кирган ). 

107 

 

                                                           



onalar bolani tanib olishlari qiyin bo‘lganligi uchun) bu holatda yangi 

tug‘ilgan chaqaloq nazarda tutilganligini ta’kidlash mumkin. 



Kengaytirilgan sharhda  sharh qonunning asosiy matnidan katta 

bo‘ladi. Masalan, JK 180-moddasi soxta bankrotlik uchun javobgarlikni 

nazarda tutgan, ya’ni amaldagi obyektiv haqiqatga zid ravishda xo‘jalik 

yurituvchi  subyektning  o‘z kreditorlari oldida iqtisodiy  jihatdan 

nochorligini e’lon qilish va ularga ko‘p miqdorda zarar yetkazish. Bunda 

ko‘p miqdordagi zarar tushunchasining mohiyatini ochib berishga to‘g‘ri 

keladi. Bundan kelib chiqqan holda 180-modda faqatgina eng kam oylik 

ish haqining 100 baravaridan 300 baravari miqdorda zarar yetkazilganda 

emas, balki 300 baravar va undan ko‘p miqdorda zarar yetkazilganda 

qo‘llanilishi mumkinligini aytishimiz mumkin. 

Sharhlash usuliga ko‘ra mantiqiy, grammatik, tarixiy va tizimli 

sharhlash ajratib ko‘rsatiladi.  



Mantiqiy  sharhlashda  qonun normasi mantiq qoidalari asosida 

sharhlanadi. 

Shuni aytish lozimki, ba’zi olimlar mantiqiy sharhlashni mustaqil 

sharhlash deb hisoblashmaydi va barcha sharhlash turlari mantiq qoidalari 

asosida amalga oshirilishini ta’kidlashadi1. 

Grammatik sharhlash 

grammatika, morfologiya, sintaksis 

qoidalariga muvofiq qonunning mazmunini aniqlashga yordam beradi. 

Tarixiy sharhlash yordamida hozirda amal qilib turgan JK 

normalarini ilgari mavjud bo‘lgan jinoyat-huquqiy normalarga solishtirgan 

holda ularning mohiyati ochib beriladi. 

Tizimli sharhlash  turli xil normalarni va ularning qismlarini o‘zaro 

va boshqa jinoyat-huquqiy normalar hamda institutlar bilan solishtirish va 

muayyan bir normaning jinoyat qonunchiligida tutgan o‘rnini aniqlashga 

imkon beradi. 

Shuni ta’kidlash lozimki, qonunni sharhlash doimo uni amalga 

oshirishning usul va yo‘llari  majmuasi bilan birgalikda olib boriladi. 

Masalan, sud tomonidan sharhlash sharhlashning grammatik, 

kengaytirilgan va tizimli turlari bilan birga moslashtirilgan holda amalga 

oshiriladi. 

108 


 

«Jinoyat qonuni»  

mavzusi yuzasidan yakuniy savollar 

1.  O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi manbasi nima? Sud 

pretsidenti nima? 

2. Xalqaro huquq normalari O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi 

normalaridan ustuvormi? 

3.  O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunining konstitutsiyaviy 

asoslarini tavsiflab bering. 

4. Jinoyat qonunining yuridik asosi nimada? 

5. Jinoyat qonunining tuzilishi qanday? JK Umumiy va Maxsus qismi 

moddalari turlari va strukturasini tavsiflab bering. 

6. Sanksiyaning qanday turlari JKda qo‘llanilmaydi? 

7. Jinoyat qonuni amal qilishining hududiylik prinsipi mazmunini 

yoritib bering. O‘zbekiston hududi deganda nimani tushunasiz? 

8. JK amal qilishining eksterritoriallik prinsipi nimani tashkil qiladi? 

9. Fuqaroviylik prinsipi mazmunini yoritib bering. 

10. Jinoyat qonuni amal qilishining universal prinsipini yoritib bering. 

11. Ekstraditsiya deganda nima tushuniladi? 

12. Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi deganda nima 

tushuniladi? Moddiy tarkibli, formal tarkibli va keskin tarkibli jinoyatlarni 

ta’riflab bering. 

13. Qaysi jinoyatlarga taalluqli ravishda ularni sodir etish vaqtini 

tushunish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi? 

14. «Jinoyat qonunining orqaga qaytish kuchi» tushunchasini yoritib 

bering. Qonunning orqaga qaytish kuchining ma’nosi nimadan iborat? 

15. Jinoyat qonunini sharhlash deganda nimani tushunish lozim? 

16. Jinoyat qonunini rasmiy sharhlash qanday turlarini o‘z ichiga 

qamrab oladi? Sharhlashning qanday turlari norasmiy hisoblanadi? 

17. Jinoyat huquqida analogiya nima? 

109 

 


Qo‘shimcha adabiyotlar  

O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar 

Абзалова Х.М., Неъматов З.К., Раджабова М.З. Компаративный 

анализ  уголовного  законодательства  Германии,  Франции,  Испании, 

Польши  и  Латвии.  Монография.  //  Отв.ред.:  ю.ф.д.,  проф. 

Р.А.Зуфаров –Т. ТГЮУ, 2018 – 191 с.  



Беляев  В.Г.  Применение  уголовного  закона.  Волгоград,  1998.  – 

124 Б. 


Бойцов  А.И.  Действие  уголовного  закона  во  времени  и 

пространстве. – СПб.: «Юридический центр Пресс», 1995. – 207 Б. 

Закон:  создание  и  толкование  /  Под  ред.  А.С.  Пиголкина.  –  М.: 

1998. – 


283 Б. 

Керимов  Д.А.  Законодательная  техника:  Научно-методическое 

пособие. – М.: 1998. – 127 Б. 



Клеонова  Т.В.  Основы  теории  кодификации  уголовно-правовых 

норм. – Самара: 2003. – 244 Б. 



Коняхин  В.П.  Теоретические  основы  построения  Общей  части 

российского уголовного права. – СПб.: «Юридический центр Пресс», 

2002. – 

348 Б. 


Салаев  Н.С.  Пенитенциар  тизимнинг  профилактик  функцияси 

самарадорлигини ошириш. Монография. –Т.: ТДЮУ, 2017. – 310 б. 



Сальников 

В.П., 

Степашин 

С.В., 

Хабибулина 

Н.И

Государственная  идеология  и  язык  закона:  Монография.  –  СПб.: 

«Юридический центр Пресс», 2001. – 208 Б. 

Соцуро  Л.В.  Неофициальное  толкование  норм  права:  Учебное 

пособие. – М.: 2000. – 112 Б. 



Щепельков В.Ф.  Уголовный закон: преодоление противоречий и 

неполноты. – М.: «Юрлитинформ», 2003. – 416 Б. 



Якубов  А.Е.  Обратная  сила  уголовного  закона.  –  СПб.: 

«Юридический центр Пресс», 2003. – 206 Б. 

110 

 


Ilmiy maqolalar 

Абдуқодиров Ш.Ё., Мирзаев У.М. Жиноят қонунчилиги соҳасида 

амалга  оширилган  ислоҳотлар  ва  уни  ривожлантириш  истиқболлари 

//  Жиноят  ва  жиноят  процессуал  қонунчилигини  такомиллаштириш 

масалалари:  миллий  ва  хорижий  тажриба.  Халқаро  илмий  амалий 

конференция материаллари тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2014. – Б. 62-78. 

Абдурасулова  К.Р.  Уголовное  законодательство  Узбекистана: 

история  создания,  действительность,  переспективы  развития  // 

Жиноят  ва  жиноят  процессуал  қонунчилигини  такомиллаштириш 

масалалари:  миллий  ва  хорижий  тажриба.  Халқаро  илмий  амалий 

конференция материаллари тўплами. – Тошкент, ТДЮУ, 2014. – Б.14-

29. 


Абдурасулова  Қ.Р.  Давлатчиликнинг  жиноятчиликка  қарши 

кураш сиёсатини амалга оширишда декриминализациянинг аҳамияти. 

//  Суд-ҳуқуқ  ислоҳотлари  устувор  йўналишларидан  бири  бўлган 

жиноят-ҳуқуқий  соҳаларни  такомиллаштиришда  ёш  олимларнинг 

тутган  ўрни.  Респблика  илмий-амалий  конференция  материаллари 

тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2014. – Б.5-13. 



Абдурасулова  Қ.Р.  Жиноий  қилмишларни  декриминализация 

қилиш  тушунчаси,  турлари  ва  ривожланиш  истиқболлари  //  Суд-

ҳуқуқ  ислоҳотларининг  назарий  ва  амалий  масалалари,  мавжуд 

муаммолар  ва  истиқболлар.  Республика  илмий-амалий  конференция 

материаллари тўплами. – Бухоро, 2014. – Б.7-12. 

Абдурасулова  Қ.Р.  Суд-тергов  декриминализацияси  ва  унинг 

амалий  аҳамияти.  //  Жиноят  қонунчилигининг  либераллаштириши 

шароитида 

айрим 


жиноятларни 

декриминализация 

қилиш 

масалалари.  Респубика  илмий-амалий  конференцияси  материаллари 



тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2014. – Б.5-12. 

Абдурасулова 

Қ.Р., 

Салаев 

Н.С. 

Жиноят 


ҳуқуқида 

декриминализация  қилиш  масалалари  //  Ўзбекистон  Республикаси 

Бош прокуратурасининг Олий ўқув курслари Ахборотномаси. – 2013. 

№4 (16). – Б. 35-40. 

111 

 


Абдурасулова  Қ.Р.,  Эрматов  Ғ.О. Декриминализация  тушунчаси 

ва  жиноят  қонуни  айрим  нормаларини  декриминализация  қилиш 

масалалари  //  Суд-ҳуқуқ  ислоҳотларини  чуқурлаштириш  шароитида 

Жиноят  кодексини  унификация  қилишнинг  назарий  ва  амалий 

жиҳатлари  //  Республика  илмий-амалий  конференция  материаллари 

тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2015. – Б. 5-12. 



Жалинский  А.  Обратная  сила  уголовного  закона:  Правовая 

позиция Конституционного суда РФ // Ж. Уголовное право. 2006.  № 

4. –13-

б. 


Зуфаров  Р.А.  Либерализация  уголовного  законодательства  и 

проблемы  назначения  наказания  //  Суд-ҳуқуқ  ислоҳотларини 

чуқурлаштириш  шароитида  Жиноят  кодексини  унификация 

қилишнинг  назарий  ва  амалий  жиҳатлари  //  Республика  илмий-

амалий конференция материаллари тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2015. – Б. 

20-23. 


Махкамов О.М. Жиноят қонунчилиги таҳлили: амалга оширилган 

ислоҳотлар  ва  уларнинг  истиқболлари  //  Ўзбекистон  қонунчилиги 

таҳлили. 

Uzbek 


Law 

Review. 


Обзор 

законодательства 

Узбекистана.Uzbek 

Law 


Review. 

Обзор 


законодательства 

Узбекистана. – 2015. №3. –Б. 26-30.  



Махкамов 

О.М. 

Мамлакатда 

жиноий 

жазоларни 



либераллаштириш соҳасидаги сиёсати: амалга оширилган ислоҳотлар 

ва  келажакдаги  истиқболлар  //  Ўзбекистон  қонунчилиги  таҳлили. 

Uzbek  Law  Review.  Обзор  законодательства  Узбекистана.Uzbek  Law 

Review. Обзор законодательства Узбекистана. – 2016. №1. –Б. 36-40. 



Махкамов О.М. Суд-ҳуқуқ тизимини янада демократлаштириш ва 

эркинлаштириш 

шароитида 

жиноят 


қонунчилигини 

такомиллаштиришнинг  янги  босқичи  //  Ҳуқуқ  ва  бурч.  Ижтимоий 

ҳуқуқий журнал. – №10(130) 2016. – Б. 26-29. 

Мирзаев  У.М.  Жиноят  кодексини  унификация  қилиш:  бу 

борадаги  муаммолар  ва  уларнинг  ечимлари  хусусида  айрим 

мулоҳазалар.  //  Жиноят  қонунчилигининг  либераллаштириши 

шароитида 

айрим 

жиноятларни 



декриминализация 

қилиш 


112 

 


масалалари.  Республика  илмий-амалий  конференция  материаллари 

тўплами (2014 йил 29 март). – Т.: ТДЮУ, 2014. – Б. 63-71. 



Нарбутаев  Э.Х.  О  структурных  преобразованиях  уголовного 

законодательства  Республики  Узбекистан  //  Ж.  Ҳуқуқ–Право–Law.  

2001.  № 4. – 44–48-б. 

Салаев  Н.С.  Актуальные  вопросы  совершенствование 

декриминализации  в  уголовном  законодательстве.  //  Сборник 

материалов  Международной  научно-практической  конференции 

Современные тенденции развития науки и производства. – Кемерова, 

2014. Том II. – C.173-178. 

Салаев  Н.С.  Декриминализация:  жиноят  қонуни  нормаларининг 

ислоҳоти йўлида. // Адвокат журнали. –2014. №5. – Б. 6-8. 



Салаев  Н.С.  Жамият  ривожининг  янгиланиш  босқичида 

криминализация ва декриминализациянинг зарурати ва истиқболлари 

//  Суд-ҳуқуқ  ислоҳотларини  чуқурлаштириш  шароитида  Жиноят 

кодексини  унификация  қилишнинг  назарий  ва  амалий  жиҳатлари  // 

Республика илмий-амалий конференция материаллари тўплами. – Т.: 

ТДЮУ, 2015. – Б. 62-66. 



Салаев Н.С. Пенитенциар жиноятчилик: тушунчаси, сабаблари ва 

уни профилактика қилиш // Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили. Uzbek 

Law Review. Обзор законодательства Узбекистана.Uzbek Law Review. 

Обзор законодательства Узбекистана.  – 2016. №1. –Б. 40-43 



Салаев  Н.С.  Ўзбекистон  Республикаси  Жиноят  кодекси  Махсус 

қисмидаги  муайян  қилмишларни  декриминализация  қилиш 

масалалари  //  Суд-ҳуқуқ  ислоҳотларининг  назарий  ва  амалий 

масалалари,  мавжуд  муаммолар  ва  истиқболлар.  Республика  илмий-

амалий конференция материаллари тўплами. – Бухоро, 2014. – Б.20-

23. 


Тургунбоев  Э.О.  Жиноят  қонунчилигини  амал  қилиш  доирасини 

такомиллаштириш масалалари (ЖК 13-модда мисолида) // Жиноят ва 

жиноят  процессуал  қонунчилигини  такомиллаштириш  масалалари: 

миллий  ва  хорижий  тажриба.  Халқаро  илмий  амалий  конференция 

материаллари тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2014. – Б.118-124. 

113 


 

Турғунбоев  Э.О.  Жиноят  қонунчилигини  либераллаштиришда 

жиноят қонунининг орқага қайтиш масалалари // Жиноят ҳуқуқининг 

долзарб  масалалари.  Республика  илмий-амалий  конференцияси 

материаллари  тўплами  (2014  йил  22  февраль).  –  Т.:    Ўзбекистон 

Республикаси  Ўзбекистон  Республикаси  ИИВ  Академияси,  2014.  – 

Б.23-28. 



Турғунбоев  Э.О.  Жиноят  ҳуқуқида  миқдор  белгилари  ўзгарганда 

жиноят  қонунининг  орқага  қайтиш  кучи  //Фан  ва  ёшлар.  Наука  и 

молодёжь. – 2013. №1.– Б.122-124. 

Халикулов  У.Ш.  В  русле  либерализации  декриминализации  // 

Жиноят  ва  жиноят  процессуал  қонунчилигини  такомиллаштириш 

масалалари:  миллий  ва  хорижий  тажриба.  Халқаро  илмий  амалий 

конференция материаллари тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2014. – Б. 87-91. 



Халикулов  У.Ш.  Гармонизация  и  унификация  норм  уголовного 

законодательства  Республики  Узбекистан  с  учетом  процессов 

глобализации  //  Суд-ҳуқуқ  ислоҳотларини  чуқурлаштириш 

шароитида  Жиноят  кодексини  унификация  қилишнинг  назарий  ва 

амалий  жиҳатлари  //  Республика  илмий-амалий  конференция 

материаллари тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2015. – Б. 37-44. 



Шакуров 

Р.Р. 

Соотношение 

формы 

и 

содержания 



поощрительных норм в уголовном праве // Ж. Проблемы физического 

и  нравственного  воспитания  здорового  поколения  студентов.    1995.  

№ 1. – 82–84-б.  

Шакуров  Р.Р.  Юридическая  природа  уголовно-правового 

поощрения  //  Ж.  Конституция  –  ҳуқуқий  давлат  қуришнинг  асоси.  

1998. № 1. – 137–139-б. 

 

114 



 


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling