Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


To‘g‘ri qasd intellektual holatining


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


To‘g‘ri qasd intellektual holatining  ikkita aspekti mavjud: sodir 

etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglash va ijtimoiy xavfli 

190 

 


oqibatlarning kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilish. Mazkur holatda 

aybdor shaxsning ongida, uning harakati (harakatsizligi)da ijtimoiy xavfli 

xususiyat mavjud va bu harakat (harakatsizlik)larni sodir etishlik bilan 

muayyan ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishi namoyon bo‘ladi. Barcha 

aytilganlar odamning ongidan o‘tadi, shuning uchun to‘g‘ri qasdning 

intellektual tomonini tashkil etadi. 

O‘z qilmishining (harakat yoki harakatsizlik) ijtimoiy xavfli 

oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish,  ularning kelib chiqishi va huquqqa 

xilof xususiyatini oldindan bilish shaxsning jinoyat qonuni bilan 

qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga o‘zi  yetkazgan zararni qamrab 

oladi.  


To‘g‘ri qasdda oldindan ko‘ra bilishlik, ijtimoiy munosabatlarda 

kelgusida bo‘ladigan  o‘zgarishlarning faktik tarkibi to‘g‘risida tasavvurni 

qamrab oladi. Shuningdek, u bu o‘zgarishlarning ijtimoiy zararliligini 

tushunish bilan ham bog‘liq. Va nihoyat, oldindan ko‘ra bilish sodir 

etilgan qilmish va ijtimoiy xavfli oqibatlar o‘rtasidagi sababiy 

bog‘lanishdan iborat bo‘ladi. 

Shu bilan birga, ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan ko‘ra bilish ikki 

turda namoyon bo‘ladi: to‘g‘ri va egri qasdlarda. Garchi qonunchilikning 

ta’rificha, to‘g‘ri va egri qasdlarda ko‘rsatilgan oqibatlar o‘zgarishlarsiz 

qoladi. Oldindan ko‘ra bilishning ikki turi to‘g‘ri va egri qasdning irodaviy 

holatiga sezilarli darajada ta’sir etadi. 

Ko‘p hollarda to‘g‘ri qasdda shaxs ijtimoiy xavfni yetkazishga  o‘z 

maqsadlarining haqiqatda amalga oshishiga ishonib va kelib chiqadigan 

oqibatlarni ideal shaklda tasavvur etar ekan, ijtimoiy xavfni o‘z 

qilmishining muqarrar natijasi sifatida oldindan ko‘ra oladi. Shuningdek, 

shaxs to‘g‘ri qasdda jinoiy qilmish sodir etilishi natijasida ijtimoiy xavfli 

oqibatlar kelib chiqishining real imkoniyatini ko‘ra olishi mumkin.  

To‘g‘ri qasd uchun ahamiyatli tomoni muayyan natijaga erishishdagi 

niyat uning amalga oshishidagi zaruriy shart bilan bog‘langan. Qachonki 

aybdor shaxs oqibat kelib chiqishi muqarrarligini oldindan ko‘rsa, harakat 

bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasida sababiy bog‘lanish bo‘lsa, shu bilan 

birga aybdor buning rivojlanishini anglaydi, ya’ni uning harakatlari 

191 

 


muayyan oqibatlarni keltirib chiqarishi muqarrarligini anglaydi. Shuning 

uchun oqibat kelib chiqishining muqarrarligi uning haqiqatan ham (faktik) 

kelib chiqishi bilan kuzatilmasligi mumkin. Oqibatning kelib chiqishi 

muqarrarligini anglash to‘g‘risida, aybdorning fikricha, qachonki u 

oqibatning kelib chiqishi uchun hamma zaruriy ishlarni qilsa ham, unga 

oldindan ko‘rinmagan holatlar to‘sqinligi sababli natija kelib chiqmagan 

taqdirda gapirish mumkin. 

To‘g‘ri qasdning irodaviy holati uning yo‘naltirilganligini ifodalaydi 

va qonunchilikda ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishini istashda 

aniqlanadi. 

Xohish  –  bu maqsadga erishishga jalb etuvchi iroda, belgilangan 

maqsadga qarab intilishdir. «Istak –  bu belgilab qo‘yilgan intilishdir, u 

aniq bir predmetga qaratilgan bo‘ladi. Istakning tug‘ilishi, shuning uchun 

har doim maqsadning vujudga kelishini va qo‘yilishini bildiradi. Istak – 

aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan intilishdir»

1



Xohish turlicha bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri qasdning belgisi sifatida 

xohish muayyan maqsadlarga intilishda aybdor uchun quyidagilarni 

bildirishi mumkin: 

– oxirgi tugal maqsad (rashk tufayli  qasddan odam o‘ldirish, qasos); 

–  oxirgi maqsadga erishishning orasidagi bosqich (boshqa bir 

jinoyatni yashirish maqsadida qasddan odam o‘ldirish); 

–  oxirgi maqsadga erishish vositasi (jabrlanuvchining mol-mulkini 

egallash maqsadida qasddan odam o‘ldirish); 

–  qilmishning muqarrar birga keladigan elementi (zaharlangan ovqat 

orqali qasddan o‘ldirish yo‘li bilan mo‘ljallangan odamnigina emas, balki 

uning oila a’zolarini ham o‘ldirish). 

Aybdor harakatining maqsadi to‘g‘ri qasdda istakning predmeti bo‘lib, 

mazkur jinoyat tarkibining elementini o‘zida ifodalovchi ijtimoiy xavfli 

oqibat hisoblanadi. Masalan, qasddan odam o‘ldirishda  –  bu 

jabrlanuvchining  o‘limi,  o‘g‘irlikda  –  o‘zgalar mulkini qo‘lga kiritish, 

bezorilikda  –  jamoat tartibini buzishdir. Inson o‘z oldiga qo‘ygan 

faoliyatining maqsadlari motiv bilan aniqlanadi. Shuning uchun to‘g‘ri 

1

 



Қаранг: С.Л. Рубинштейн. Основы психологии. М., 1946, стр. 513. 

192 


 

                                                           



qasd natijasidagi jinoiy oqibat, aybdor harakatining asosiy maqsadi 

hisoblanib, shaxs faoliyatining motividan kelib chiqadi va shu motiv bilan 

aniqlashtiriladi. 

To‘g‘ri qasdning maqsadga qaratilganligi (irodaviy holatning belgisi 

sifatida) jinoyat tarkibining faqat keltirilgan zarar bilan chegaralanib 

qolganini bildirmaydi. Alohida maqsadga qaratilgan jinoyatlarda, jinoyat 

tarkibi chegarasida bo‘lgan, shuningdek, boshqa bir  holatlarda ham 

yo‘nalish maxsus natijaga qaratilgan bo‘ladi. Ammo bu natijalar jinoyat 

tarkibida ko‘zda tutib o‘tilgan umumiy qasdning yo‘naltirilgan bir bosqichi 

sifatida qaraladi. 



NOTA BENE ! 

To‘g‘ri qasd – qasdning shunday ko‘rinishiki, unda shaxs o‘z harakati 

(harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfliligini anglaydi, ijtimoiy xavfli oqibatlar 

kelib chiqishining real imkoniyatini va muqarrarligini oldindan ko‘ra oladi 

va ularning kelib chiqishini istaydi. 

 

JK 21-moddasi 4-qismiga  ko‘ra, «agar shaxs o‘z qilmishining 

ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga 

ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 

bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi». 

Egri qasdda ham to‘g‘ri qasdda bo‘lganidek intellektual va irodaviy 

holatlar kiritilgan. 



Egri qasdda intellektual holat quyidagilar bilan izohlanadi: 

– sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglash; 

–  ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilish 

imkoniyatiga ega bo‘lish. 

Egri qasdda qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglash to‘g‘ri 

qasdning belgilariga muvofiq ravishda bu belgilardan farq qilmaydi. Lekin 

egri qasddagi ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilishda farqlar 

mavjud bo‘lib, bu qasdni turlarga ajratib turadi: to‘g‘ri qasdda subyekt 

oqibat kelib chiqishi zarurligini oldindan ko‘ra biladi, egri qasdda esa, 

jinoiy oqibatning kelib chiqishi real imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Bundan 

193 

 


tashqari, to‘g‘ri va egri qasd o‘rtasidagi farq ularning ijtimoiy xavfli 

oqibatni oldindan ko‘ra bilishdagi irodaviy holatiga ko‘ra aniqlanadi. 

To‘g‘ri qasddan farqli ravishda egri qasdda shaxs ijtimoiy xavfli oqibat 

kelib chiqishini xohlamaydi, lekin ularning kelib chiqishiga ongli ravishda 

yo‘l qo‘yadi. 

Egri qasdda faqat ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini oldindan ko‘ra 

bilish imkoniyatiga ega bo‘lish uning mohiyatini chegaralaydi. Shaxs o‘zi 

sodir qilayotgan harakatlari obyektiv borliqqa qanday ta’sir o‘tkazib, 

ijtimoiy xavfli oqibat olib kelishini anglaydi, lekin ba’zan oqibat yuzaga 

kelmasligi ham mumkin, chunki oqibat yuzaga kelishi uchun subyekt 

tomonidan nazorat qilinmaydigan boshqa shartlar ham  zarur bo‘ladi. Bu 

yerda oqibat birgina oqibat bilan bog‘liq bo‘lmay, aybdorga bog‘liq 

bo‘lmagan boshqa holatlar natijasi hisoblanadi. Gap aniq sharoitda 

shartlardagi real imkoniyatlar haqida bormoqda, individual holatdagi mav-

humlik haqida emas. 

«Real imkoniyat» atamasi JK 21-moddasi 4-qismida  ishlatilmagan 

bo‘lsa-da, bu egri qasddagi oldindan ko‘ra bilish tushunchasini aniq 

ifodalaydi. 



Egri qasdning irodaviy holati  ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib 

chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yib berishda  va xohishning mavjud 

emasligida ifodalanadi. 

Ongli yo‘l qo‘yishda  oldindan ko‘ra bilish yuzaga kelishi mumkin 

bo‘lgan jinoiy oqibatga nisbatan mavhum bo‘lmay, real bo‘lishi 

muvofiqdir. Egri qasdning mohiyati shundaki, shaxs o‘z qilmishining 

ijtimoiy xavflilik  xususiyatini tushunib, uning  natijasida vujudga kelishi 

mumkin bo‘lgan oqibatni oldindan ko‘ra bilish real imkoniyatlariga ega 

bo‘ladi va bunday oqibatlar yuzaga kelishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi. 

o‘z navbatida,  egri va to‘g‘ri qasd o‘rtasida nafaqat irodaviy holatlardagi 

ruhiy mohiyatda, balki anglashda ham farqlar mavjud.  

Egri qasddan sodir etilgan jinoyatlarda aybdor ijtimoiy xavfli oqibatlar 

kelib chiqishini xohlamaydi. Biroq shaxsning jinoiy oqibatlarni keltirib 

chiqarishni istamasligini faol xohlamaslik sifatida, ularning kelib 

chiqishidan qochishga intilish sifatida tushunish kerak emas. Aksincha, 



ongli ravishda yo‘l qo‘yish  aybdorning  o‘z qilmishi bilan keltirib 

194 


 

chiqaradigan muayyan voqealar zanjirini, ongli ravishda ijtimoiy xavfli 

oqibatlarni keltirib chiqarishga olib keluvchi sababiy rivojlanishini 

anglatadi. Ijtimoiy xavfli oqibatlarga nisbatan salbiy munosabatlarni 

bildiruvchi faol irodaviy jarayon –  xohlamaslikdan farqli ravishda, ongli 

ravishda yo‘l qo‘yib berishda oqibatlarga nisbatan ijobiy irodaviy 

munosabatlarni anglatuvchi faol kechinma mavjud. 

Egri qasdga xos bo‘lgan oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda 

yo‘l qo‘yib berishda jinoiy oqibat aybdor qilmishining maqsadi ham, unga 

erishishdagi vosita ham, maqsad yo‘lidagi bosqich ham emas. Boshqacha 

aytganda, aybdorga jinoiy oqibat kerak emas, u oqibatning kelib chiqishini 

xohlamaydi ham. 

Shunday qilib, JK 21-moddasi 4-qismida  keltirib  o‘tilganlarga 

asosan, egri qasdning ilmiy-nazariy tushunchasini aniqlash mumkin.  

NOTA BENE ! 

Egri qasd  qasdning shunday ko‘rinishiki, unda shaxs o‘z harakati 

(harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfliligini anglaydi, ijtimoiy xavfli 

oqibatlarning kelib chiqishining real imkoniyatiga ko‘zi yetadi, ularning 

kelib chiqishini xohlamaydi, biroq bu oqibatlarning kelib chiqishiga ongli 

ravishda yo‘l qo‘yib beradi yoki ularga befarq bo‘ladi. 

 

Qasdning  to‘g‘ri va egri qasd turlariga bo‘linishi javobgarlikni va 



jazoni individuallashtirishda, aybdorning shaxsini va u sodir etgan ijtimoiy 

xavfli qilmishning darajasini, shuningdek, uning aybi darajasini aniqlash 

imkoniyatini berishi sababli hisobga olinishi lozim. Jumladan, to‘g‘ri 

qasdda subyektning irodasi oqibatlarga nisbatan faol pozitsiyani egallagani 

uchun, boshqa teng sharoitlarda jinoyat sodir etilishida to‘g‘ri qasdning 

mavjudligi ijtimoiy xavfning ancha yuqori darajasini ifodalaydi. 

Amaldagi Jinoyat kodeksida qasdning faqatgina ikki turi mavjudligiga 

qaramasdan, jinoyat-huquqiy doktrinada to‘g‘ri va egri qasdning shunday 

nomlanuvchi turlari ajratib ko‘rsatiladi. 

Jinoiy niyatning vujudga kelish holatiga bog‘liq holda oldindan 

o‘ylangan, to‘satdan paydo bo‘lgan va affektli qasdlar  farqlanadi. 

195 


 

Oldindan  o‘ylangan qasdda  jinoyat sodir etish niyatining vujudga 

kelishi jinoyat sodir etishning o‘zidan bir qancha vaqt oraliqlari bilan 

ajratilgan bo‘lib, unda shaxs jinoyatning tafsilotlarini o‘ylab qo‘yadi, 

rejasini tuzadi, usullarini belgilab oladi, jinoyat sodir etish uchun qurol

vosita, sherik va sh.k.larni tanlab oladi. Odatda, qasdning bunday turi 

shaxsning barqaror jamiyatga qarshi bo‘lgan moyilligini namoyon etib, 

jinoyatchi aybining ancha yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi. 

Ba’zi hollarda shunday ham bo‘ladiki, sezilarli darajadagi vaqt oralig‘i 

ham jinoyat sodir etish niyati vujudga kelishi bilan uni sodir etish 

o‘rtasidagi, aslini olganda, subyektning motivlari ichki kurashi va h.k. lar 

bilan tushuntiriladi, shundagina oldindan o‘ylangan qasdning mavjudligi 

aybdorning yuqori darajadagi ijtimoiy xavfliligidan dalolat bermasligi 

mumkin. 

«Oldindan  o‘ylangan qasdning mavjudligi kvalifikatsiyaga ta’sir 

etmaydi. U ko‘proq guruh tashkil etish va tayyorgarlik ko‘rish institutlari 

alomatlari sifatida namoyon bo‘ladi»

1



To‘satdan paydo bo‘lgan qasdda  qasdning paydo bo‘lishi va uning 



amalga oshirilishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i uncha ahamiyatli emas. 

Jinoyatni sodir etish niyati qasdning paydo bo‘lishi bilanoq amalga 

oshiriladi. Qoida bo‘yicha to‘satdan paydo bo‘luvchi qasd jinoyat sodir 

etishda aybdorning kam darajali ijtimoiy xavfliligini ifodalovchi holatlarda 

ko‘rinadi. Shu asnoda qasdning mazkur turi sodir etilgan qilmishning va 

shaxs xavfliligining yuqori ekanini namoyon etadi. Masalan, ko‘chada 

tasodifan o‘tib ketayotgan odamni sababsiz (chekishga bermaganlik uchun 

va h.k.lar) bezorilik orqasida o‘ldirish oldindan va puxta o‘ylangan rashk 

tufayli odam o‘ldirishdan ancha og‘irroq jinoyat hisoblanadi. 

Affekt holatidagi qasdning  xarakterli tomoni shuki, shaxsda jinoyat 

sodir etish niyati kuchli ruhiy hayajonlanish holatida bo‘lgan paytida 

(fiziologik affekt holati) paydo bo‘lib, shaxs o‘zi sodir etayotgan 

qilmishining xususiyatini anglashi qiyinlashadi. Affekt holatidagi qasd 

to‘satdan paydo bo‘lgan qasddan farqli hisoblanib, uning jinoyat-huquqiy 

mazmunga ega bo‘lishiga affekt holatini keltirib chiqargan 

1

 

Курс уголовного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов. Под ред. д.ю.н., 



проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 319. 

196 


 

                                                           



jabrlanuvchining axloq va huquqqa xilof harakatlari sabab bo‘ladi. Mazkur 

fakt qonunchilikda kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam 

o‘ldirish (JK 98-moddasi) va kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan 

badanga og‘ir va o‘rtacha og‘irlikda shikast yetkazish  (JK 106-moddasi) 

kabi jinoyatlar tarkibini yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olingan. 

Subyektning  o‘zi sodir etgan qilmishi to‘g‘risidagi tasavvuri va 

keltiruvchi jinoiy oqibatlariga ko‘ra qasd aniqlangan (konkretlashtirilgan), 

aniqlanmagan (konkretlashtirilmagan) va alternativ turlarga bo‘linadi. 



Aniqlangan (konkretlashtirilgan) qasdda  subyekt  kelib chiqishi 

mumkin bo‘lgan zararning hajmi va xususiyati to‘g‘risida aniq tasavvurga 

ega bo‘lib, muayyan ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishini oldindan 

ko‘ra oladi, qandaydir bir jinoiy natijaga erishishni istaydi. Masalan 

olaylik, ko‘krak yoki bosh qismiga o‘q otish orqali  aybdor butunlay 

konkret bo‘lgan individual aniqlangan jinoiy natija  –  jabrlanuvchining 

o‘limi kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra oladi. 

Aniqlangan qasdda aybdorning qilmishi qasdning yo‘naltirilganligi 

bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.  

Aniqlanmagan (konkretlashtirilmagan) qasd aybdorning o‘zi sodir 

etayotgan  qilmishi oqibatlari to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lishi, 

ya’ni ularning individual aniqlangan bo‘lmaganligi,  yetkaziladigan 

zararning hajmi va xususiyati konkret bo‘lmasligi bilan ifodalanadi. 

Masalan, jabrlanuvchining boshiga va gavda qismiga urish  orqali, aybdor 

unga tan jarohatlari yetkazayotganligini anglaydi, biroq uning tasavvuri 

yetkazilayotgan zararning og‘irlik darajasini, ya’ni og‘irmi,  o‘rtacha 

og‘irmi yoki yengil tan jarohati bo‘ladimi buni qamrab ololmaydi. 

Aniqlanmagan qasddan sodir etilgan jinoyatlarni faktik kelib chiqqan 

oqibatlarga bog‘liq holda kvalifikatsiya qilish kerak bo‘ladi. 



Alternativ qasd  aniqlangan (konkretlashtirilgan) qasdning bir turi 

bo‘lib, aybdor o‘zining sodir etgan huquqqa xilof qilmishi natijasidagi ikki 

yoki ancha individual aniqlangan ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib 

chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra oladi va anglab yetadi, shuning bilan 

subyektning irodasi teng darajalarda oqibatlardan xohlagan biriga 

erishishga qaratiladi. Masalan, jabrlanuvchining bosh qismiga urish orqali 

197 

 


aybdor, jabrlanuvchining o‘limi yoki unga og‘ir tan jarohatlari yetkazish 

kabi oqibatni bir xil darajada oldindan ko‘ra bilishi va ularning kelib 

chiqishini istashi mumkin. Bunday holatlarda sodir etilgan qilmishni kelib 

chiqqan faktik oqibatlar bilan bog‘langan holda kvalifikatsiya qilish lozim. 

Agar  subyektning bunday harakatlari natijasida jabrlanuvchiga o‘rtacha 

og‘irlikdagi shikast yetkazilgan bo‘lsa, javobgarlik aybdorning qasdi ancha 

og‘irroq zarar yetkazishga qaratilgan bo‘lganligi sababli og‘ir tan jarohati 

yetkazishga suiqasd deb belgilanishi lozim. 



4-§. Ehtiyotsizlik va uning turlari 

Aybning ehtiyotsizlik shakli aybdorlikning uncha ijtimoiy xavfli 

bo‘lmagan ko‘rinishi hisoblanadi. Ehtiyotsizlik qasddan farqli ravishda 

aybdorning jinoiy oqibatlarga salbiy munosabati bilan bog‘langan bo‘lib, 

unga ko‘ra aybdor jinoiy oqibatlarning kelib chiqishini istamaydi va 

bunday oqibatlar kelib chiqishiga ko‘zi yetmaydi. 



NOTA BENE ! 

Agar jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda 

tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi 

yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan 

holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan 

bo‘lsa  (o‘z-o‘ziga ishonish)  yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi 

mumkinligiga  ko‘zi yetmasa-da, lekin ko‘zi yetishi lozim va mumkin 

bo‘lsa  (beparvolik), bunday jinoyat ehtiyotsizlik orqasida  sodir etilgan 

jinoyat deb hisoblanadi. 

 

Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanganidek, ehtiyotsizlik 



orqasida sodir qilingan jinoyatlar uchun javobgarlik masalasi ijtimoiy 

xavfli oqibat yetkazilishi bilan yuzaga keladi. Qilmish (harakat yoki 

harakatsizlik)ning mavjud bo‘lmasligi, o‘z navbatida, javobgarlikni yuzaga 

keltirmaydi. Biroq jinoyat kodeksida istisnolar ham bor. Jumladan, 

hujjatlarni, predmetlarni va narsalarni, davlat siri yoki harbiy sir 

198 


 

hisoblangan hujjatlarni ehtiyotsizlik orqasida yo‘qotish jinoyat deb topiladi 

(JK 163-moddasi). 

Qonunchilik ehtiyotsizlikning o‘z-o‘ziga ishonish va beparvolik 

shakllarini belgilasa-da, har ikki holatda ham ularni kelib chiqadigan 

oqibat bilan bog‘laydi. Ular insonning salbiy jihatlari –  e’tiborsizlik, 

befarqlik va ehtiyotsizlik kabi xislatlari bilan bog‘liq. Boshqacha qilib 

aytganda, u yoki bu holatda shaxs zarur darajada ehtiyotkorlik qilmaydi, 

shuning uchun o‘z-o‘ziga ishonish va beparvolikni ehtiyotsizlik 

tushunchasi birlashtirib turadi. 

Ehtiyotsizlik orqasida sodir qilingan jinoyatlarni birlashtirib turuvchi 

xususiyatlardan biri, bu – aybdorning qilmishga nisbatan ruhiy munosabati 

bo‘lib, shaxs o‘zining qilmishida (harakat yoki harakatsizlikda) ijtimoiy 

xavfli xususiyatlarni anglamaydi. Beparvolikda bunday xususiyat ijtimoiy 

xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilmaganlik bilan, o‘z-o‘ziga ishonishda 

oqibat kelib chiqishiga asossiz umid qilish, jamiyatga zarar 

yetkazmasligiga ishonchda ifodalanadi. Ayni vaqtda, o‘z-o‘ziga ishonish 

va beparvolikda ham shaxs sodir etayotgan qilmishining ijtimoiy xavflilik 

xususiyatini anglashi lozim va anglashi mumkin bo‘lish majburiyati 

mavjud bo‘ladi. 

Odatda, ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan jinoyatlar yetkazilgan 

oqibatga qarab, ayrim holda esa, bu oqibatlarni vujudga keltirgan usul va 

vositasiga qarab tasniflanadi. 

Qonun  ehtiyotsizlik orqasida sodir qilingan jinoyatni qilmishni sodir 

etgan shaxsning o‘z qilmishi oqibatiga bo‘lgan munosabati sifatida 

baholaydi. Shunga muvofiq, ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlar 

va ehtiyotsizlik ayb shaklini aks ettiruvchi jinoyatlar ko‘p hollarda moddiy 

tarkibga asoslangan bo‘ladi. Bu holatni rad etish asossiz javobgarlikning 

vujudga kelishiga, ayb uchun javobgarlik prinsipining buzilishiga olib 

keladi. 

Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlarda jinoyatning 

tayyorgarlik, suiqasd bosqichlari va ishtirokchilik belgilari bo‘lmaydi. 

JK 22-moddasi 2-qismiga ko‘ra, agar jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z 

xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib 

199 

 


chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga 

ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga 

asossiz ravishda umid qilgan bo‘lsa, bunday jinoyatlar o‘z-o‘ziga ishonish 

oqibatida sodir etilgan deb topiladi. 



O‘z-o‘ziga ishonish qasd singari aybdor ongida aks etuvchi obyektiv 

faoliyat faktlari (qilmishning faktik belgilari, uning kelib chiqishi mumkin 

bo‘lgan oqibatlari, subyekt  hisobga olgan holatlar)ni tashkil etuvchi 

o‘zining predmetli mohiyatiga ega. 

Ehtiyotsizlikning mazkur ko‘rinishiga qonunchilikning bergan 

ta’rifiga ko‘ra,  o‘z-o‘ziga ishonishning intellektual (tafakkuriy) holati 

shundan iboratki, aybdor o‘z xulq-atvori natijasida kelib chiqishi mumkin 

bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra biladi. Shu sababli, ba’zi 

kriminalistlarning fikricha,  o‘z-o‘ziga ishonishda ijtimoiy xavfli 

oqibatlarning kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilish bu oqibatlarning kelib 

chiqmasligiga ishonchni neytrallashtirgani uchun sodir etilayotgan 

qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglash bilan bir xil qiymatga ega emas. 

Kelajakda xavfli oqibatlarning oldini olishga ishonsa-da (asossiz bo‘lsa-

da),  subyekt  sodir etgan qilmishining jamiyatga zarar yetkazmasligiga 

ishonadi, ya’ni uning ijtimoiy xavfli xususiyatga ega ekanligini 

anglamaydi. Shaxs, hatto, o‘z harakatlarini ijtimoiy foydali deb o‘ylashi 

ham mumkin. Misol uchun ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilish 

huquqiy faoliyatlarda ham bo‘lishi mumkin (jarrohlik operatsiyalari va 

boshqa tavakkalchilikka asoslangan sohalar). Mazkur hollarda shu tarzda 

oqibatni oldindan ko‘ra bilish, salbiy oqibatlar kelib chiqishi oldini 

olishning zarur sharti hisoblanadi. Shuning uchun, o‘z-o‘ziga ishonishda 

ayb holati ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan ko‘ra bilishda emas, balki 

ularning oldini olishga qaratilgan asossiz umidga nisbatan olinadi. 

Boshqa bir huquqshunos olimlarning fikricha, o‘z-o‘ziga ishonish 

oqibatida jinoyat sodir etishda, subyekt  qonun hujjatlari bilan 

qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga to‘laqonli zarar yetkazishi 

mumkin bo‘lgan,  o‘zi sodir etayotgan harakat yoki harakatsizlikning 

ijtimoiy xavfliligini anglaydi va shaxsning bunday holatni anglashi o‘z-

200 

 


o‘ziga ishonishning qonun tomonidan belgilangan zaruriy belgisi bo‘lib, 

har bir ishda sudlar tomonidan aniqlashtirilishi kerak.  

Bu masalani hal etish jinoyat-huquqiy ahamiyat kasb etmagani uchun 

qonunchilik o‘z-o‘ziga ishonishni belgilab bergan holda, subyektning o‘zi 

sodir etgan qilmishiga intellektual munosabatini kiritmagan. 

O‘z-o‘ziga ishonish orqasida jinoyat sodir etgan subyekt  ijtimoiy 

xavfli oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini ko‘ra oladigan darajada 

o‘zi sodir etgan qilmishning faktik belgilarini anglashi lozim. Ta’kidlab 

o‘tilganidek, ehtiyotsizlik uchun javobgarlik aksariyat ko‘p hollarda 

ijtimoiy xavfli oqibatlar (qoida bo‘yicha og‘ir holatlar) mavjud bo‘lib, 

ularning kelib chiqishida va shaxs qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyati 

aniqlangan hollarda kelib chiqadi. 

Shaxsning muayyan ehtiyotkorlik qoidalari buzilganida, o‘zi sodir 

etayotgan qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglashi yoki 

anglamasligi to‘g‘risidagi masalani hal etish, jazoni 

individuallashtirishdagina ahamiyat kasb etadi.  

Shunday qilib, jinoyatda o‘z-o‘ziga ishonishning intellektual holati 


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling