Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


Jinoyat huquqida affekt  –  bu qisqa muddatli, to‘satdan paydo 

bo‘luvchi, jabrlanuvchining huquqqa xilof, axloqsiz xatti-harakatlari 

natijasida kelib chiquvchi kuchli ruhiy hayajonlanishdir. 

 

Affekt fiziologik (jismoniy) va patologik (g‘ayritabiiy holat) bo‘lishi 



mumkin.  

Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida yuzaga kelgan fiziologik affekt 

o‘zida shaxs ongida ustunlik qiluvchi, o‘z xatti-harakatlari ustidan uning 

nazorat qilishini susaytiruvchi, intellektual faoliyatni ma’lum darajada 

tormozlantiruvchi, ongning torayishini ifodalovchi intensiv (birdan keskin 

kuchlangan) hissiyotni namoyon etadi. Biroq bu bilan ongning chuqur 

xiralashishi kelib chiqmaydi, o‘zini tuta bilish saqlanib qoladi va shuning 

uchun fiziologik affekt javobgarlikni istisno qilmaydi

1

.  Patologik 



1

 

Курс уголовного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов. Под ред. д.ю.н., 



проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 349. 

220 


 

                                                           



affektda shaxs jinoyat subyekti bo‘la olmaydi, chunki o‘zi sodir etayotgan 

qilmishining xususiyatini anglamaydi va ularni boshqara olmaydi, ya’ni 

o‘z qilmishiga javob bera olmaydigan bo‘lib qoladi. 

Qonunchilik tomonidan kuchli ruhiy hayajonlanish holati (fiziologik 

affekt) jazo choralarini kamaytirish uchun asos sifatida ko‘rib chiqiladi. 

Shu munosabat bilan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam 

o‘ldirish (JK 98-moddasi), onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi (JK 

99-moddasi), kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir 

yoki  o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish  (JK 106-moddasi) kabi bunday 

jinoyatlar tarkibi yengil holatlar qatoriga kiradi. 



8-§. Yuridik va faktik xato, ularning jinoyat-huquqiy ahamiyati 

Xato  –  bu shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida 

ko‘rsatuvchi  obyektiv xususiyatlariga nisbatan yanglishish yoki noto‘g‘ri 

tasavvur qilish, noto‘g‘ri baholash hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda

xato bu shaxsning sodir qilgan jinoyati holatlariga bo‘lgan noto‘g‘ri 

munosabatidir. Shuning uchun huquqni qo‘llash amaliyotida aniqlanishi 

lozim bo‘lgan muhim masalalardan biri, bu –  subyekt  xato bo‘lib, sodir 

etilayotgan ijtimoiy xavfli qilmishning xarakter va darajasini aniqlashtiradi 

yoxud yanglishishning yuridik tavsifini o‘zida namoyon qiladi. 

Shaxsning xatoli tasavvurlaridan kelib chiqqan holda xatolarni yuridik 

va faktik xatolarga bo‘lish qabul qilingan.  



NOTA BENE ! 

Yuridik xato (error juris)  –  shaxsning  o‘zi sodir etadigan 

qilmishining yuridik mohiyatini (jinoiyligini yoki jinoiy emasligini) va uni 

sodir etishning yuridik oqibatlarini (kvalifikatsiyasi, shakli, jazo miqdori) 

noto‘g‘ri baholashidir. 

 

Yuridik xatoning quyidagi turlari ajralib turadi: 



–  jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari holatlariga ko‘ra xato 

qilish,  ya’ni shaxs o‘zi sodir etgan qilmishini jinoyat to‘g‘risidagi qonun 

 

221 



 

                                                                                                                                                                                                 



hujjatlarida ko‘zda tutilmagan deb o‘ylaydi, aslida esa, uning harakatlari 

qonun bo‘yicha jinoyat deb topiladi. «Qonunni bilmaslik jinoiy 

javobgarlikdan ozod qilmaydi» degan qoidadan kelib chiqilib, mazkur 

tarzdagi xato aybning qasd shaklini ham, jinoiy javobgarlik masalasini 

ham rad etmaydi; 

–  shaxsning sodir etgan qilmishi qonun bo‘yicha jinoyat 

hisoblanmasa-da,  u o‘zi sodir etgan qilmishini jinoyat sifatida (xayoliy 

jinoyat) xato baholaydi. Bunday qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyati va 

huquqqa xiloflik 

belgilari mavjud bo‘lmaganligi uchun jinoiy 

javobgarlikka tortilmaydi, shuning uchun huquqiy ahamiyatiga ko‘ra, ayb 

inkor etiladi. 

–  subyektning sodir etgan jinoyati oqibatiga nisbatan xato  uning 

kvalifikatsiyasiga, mazkur qilmish uchun belgilanadigan jazo miqdoriga va 

turiga nisbatan bo‘ladi. Holatlarning nomlanishi aybning mohiyatiga ta’sir 

qilmaydi va u aybdor ongini to‘liq qamrab olmagan bo‘ladi, shuning 

uchun xato baho berish qasdni ham, jinoiy javobgarlikni ham inkor 

etmaydi. 

Shunday qilib, sodir etilayotgan qilmishning yuridik mohiyati va 

yuridik oqibatlariga nisbatan yanglishayotgan shaxsning jinoiy 

javobgarligi  subyektning bu qilmishni baholashiga emas, balki qonun 

hujjatlariga muvofiq kelib chiqadi. Bunday yuridik xato na aybga, na 

jinoyat kvalifikatsiyasiga va na jazo tayinlashga ta’sir qiladi. 



NOTA BENE ! 

Faktik xato (error facti)  deganda, jinoyat tarkibining obyektiv 

belgilari, huquqqa xilof ijtimoiy xavfli qilmish darajasi va xarakterini 

ifodalovchi faktik holatlar haqida shaxsning noto‘g‘ri tasavvuri yoki 

yanglishishi tushuniladi. 

 

Qilmishning xavfliligi ko‘plab holatlar bilan aniqlanar ekan, o‘z 



navbatida,  shaxs faktik xatosi ham ijtimoiy xavfliligi va sodir etilganlik 

darajasi hamda oqibatlarga nisbatan ham turli xil bo‘lishi mumkin. Faktik 

xatoning jinoyat-huquqiy mazmuni, jinoyatning qanday elementiga va 

222 


 

uning ijtimoiy xavflilik xususiyatiga va oqibatiga nisbatan ta’siri shaxsda 

noto‘g‘ri bo‘lishi, xato tasavvur qilishi yoki baholashi bilan aniqlanadi. 

Predmetdan noto‘g‘ri tushunish va baholash orqali paydo bo‘lgan 

tasavvurlardan kelib chiqib, faktik xatolarni quyidagi turlarga bo‘lish 

mumkin: 

– sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga nisbatan; 

– tajovuz obyektiga nisbatan; 

– yetkazilgan oqibatga nisbatan; 

– sababiy bog‘lanishga nisbatan; 

– javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar. 



Sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga nisbatan 

xatoda,  birinchidan, shaxs qilmishini noto‘g‘ri ijtimoiy xavfliligini 

yo‘qotuvchi faktik holatlar kuchda bo‘ladi.  Masalan, shaxs ombor 

hududiga kirib, hisobdan chiqarilgan va yo‘q qilishga mo‘ljallangan, 

qimmatga ega bo‘lmagan mulkni «o‘g‘irlaydi». Mazkur xato aybning 

shakliga ta’sir qilmaydi va o‘z-o‘zidan qasddan sodir etilgan deb topiladi, 

ammo bu holat bo‘yicha jinoiy javobgarlik masalasi tugallangan jinoyatga 

nisbatan vujudga kelmaydi, chunki jinoiy maqsad amalga oshmagan va 

faktik jihatdan tanlangan (o‘g‘irlanmoqchi bo‘lgan) tajovuz obyektiga 

hech qanday zarar yetkazilmaganligi uchun jinoyatga suiqasd sifatida 

baholanadi, ya’ni jinoyat sodir qilgan shaxsning harakati aybdor fikrining 

yo‘nalishi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak. Ikkinchidan, shaxs o‘z 

xatti-harakatlarini huquqiy hisoblab, ularning ijtimoiy xavfliligi 

xususiyatini anglamaydi. Odatda, bunday holatlar jinoyatning obyektiv 

tomoni va qilmishga ijtimoiy xavfli xarakter kasb etuvchi qandaydir 

muhim faktik holatni bilmaslik bilan izohlanadi. Bunday xato aybning 

qasd shaklini inkor etadi, shuning uchun faqat qasddan sodir etilgan 

qilmish uchun jinoiy javobgarlik mavjud normalarda ular jinoiy 

javobgarlikni istisno etadi. Masalan, shaxs tomonidan qalbaki pullarni 

haqiqiy deb o‘ylagan holda o‘tkazishi qasd bo‘lmaganligi uchun jinoyat 

deb hisoblanmaydi. Agar qonunchilik jinoiy qilmishni aybning har qanday 

formasida jazoga sazovor deb hisoblasa, shaxs ijtimoiy xavfli oqibatni 

anglashi mumkin yoki anglashi kerak bo‘lgan hollarda uning harakatlari 

223 

 


ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlikni 

yuzaga keltiradi. Bunday turdagi xatoga juda ko‘p hollarda yo‘l 

qo‘yiladigan holat sifatida zaruriy mudofaa misol bo‘ladi. «Agar hodisa 

holatlariga ko‘ra, mudofaa choralarini qo‘llagan shaxs  o‘zining 

yanglishganini bilmagan va bilishi ham mumkin bo‘lmagan bo‘lsa»

1

, ya’ni 



qilmishning ijtimoiy xavfli xususiyatiga nisbatan uzrli xato bo‘lganida 

zaruriy mudofaa holatida zarar yetkazish  uchun javobgarlik kelib 

chiqmaydi. Biroq ehtiyotsizlik orqasida  o‘lim yoki sog‘liqqa jiddiy zarar 

yetkazilganda jinoiy javobgarlik kelib chiqsa, aybli xato qilmishning 

ijtimoiy xavfliligiga nisbatan jinoiy javobgarlik kelib chiqishi mumkin, 

ammo qasddan sodir etilgan qilmish uchun emas, balki zaruriy mudofaa 

holatida bo‘lgan, ish holatiga ko‘ra tajovuzning xayoliyligini va o‘zining 

«mudofaalanuvchi» harakatlarining ijtimoiy xavfini anglashi mumkin va 

lozim bo‘lgan shaxsning ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazishi uchun 

javobgarlik kelib chiqishi mumkin

2



Shaxsning jinoyat obyektiga nisbatan xato qilishi sud-tergov 



amaliyotida ko‘p kuzatiladigan holat hisoblanadi. Bu xatoning o‘ziga xos 

xususiyati shundaki, u qasd doirasida namoyon bo‘ladi. Qoida tariqasida 

bunday xatoga yo‘l qo‘yish ayb shaklini o‘zgartirmaydi  faqat mazmun-

mohiyatini, uning tomonlarini aniqlashtiradi. 



Tajovuz  obyektiga nisbatan xato  –  bu shaxsning jinoyat obyekti 

ijtimoiy va yuridik mohiyati haqida  noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishidir. 

Uning mohiyati: jinoyat subyekti bir vaqtda ma’lum bir obyektga tajovuz 

qilyapman deb hisoblaydi, aslida esa, u boshqa ko‘zda tutilmagan 

obyektga nisbatan tajovuzni amalga oshirayotgan bo‘ladi. Mazkur xato 

guruhiga  jinoyat predmetiga va jabrlanuvchiga nisbatan yo‘l 



qo‘yiladigan xatolarni  ham kiritish mumkin, o‘z navbatida, ular bir xil 

turga kirmaydi. Bu ko‘rinishda xatolarni bir guruhga birlashtirish zarurati 

shundaki, bu turkum xatolarning barchasi, asosan, obyekt  belgilariga 

nisbatan yo‘l qo‘yiladi. Bunday xatolarning barchasi aybdor o‘ylagan va 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  1996  йил  20  декабрдаги  «Ижтимоий 



хавфли тажовузлардан зарурий мудофаа ҳуқуқини таъминловчи қонунларнинг судлар томонидан қўлланилиши 

ҳақида»ги 39-сонли қарори, 10-банд, 2-хатбоши // Тўплам, 1-жилд. – 79-б.

 

2

 



Ўша жойда. 3-банд, 10-хатбошиси. 

224 


 

                                                           



hisoblagan  obyektga (o‘z navbatida,  xato qilingan «yaroqsiz» predmet va 

jabrlanuvchi ham kiritiladi) nisbatan suiqasd sifatida baholanadi. Bunday 

kvalifikatsiya bir tomondan, jinoyat sodir etgan, uning ongi va oldindan 

ko‘ra olishi bilan qamrab olmagan obyektiv holatlarda shaxsni ayblashni 

inkor etishi bilan, boshqa tomondan esa, zarar aslida boshqa bir obyektga 

yetkazilgani uchun, aybdorning ongida individuallashgan obyektga 

nisbatan tugallangan tajovuzning mavjud emasligi bilan bog‘langan. 

Masalan, dorixonadan shaxs tarkibida narkotik modda saqlovchi dorini 

o‘g‘irlashga harakat qiladi, lekin u boshqa bir dorini o‘g‘irlaydi. Bunday 

xato jinoyatni kvalifikatsiya qilishda qasdning yo‘naltirilganligidan kelib 

chiqadi. Bu holatda shunga e’tibor berish kerakki, faktik holatdan olib 

qaraganda, aybdorning qasdi qaratilgan obyekt  zarar ko‘rmaydi, shuning 

uchun qilmish tugallanmagan jinoyat sifatida ko‘rilib, jinoyatga suiqasd 

sifatida qaraladi (yuqoridagi misol JK 25-moddasi va 271-moddasi 1-

qismi). 

O‘z navbatida,  obyektga nisbatan bo‘lgan xatodan predmet va jabr-

lanuvchi shaxsiga nisbatan bo‘lgan xatolarni ham  farqlash lozim. Bunday 

xato (bir uydagi mol-mulk o‘rniga ikkinchi uydagi mol-mulkni o‘g‘irlash, 

bir odamning o‘rniga boshqasini o‘ldirish) ayb shakliga ham, jinoyatni 

kvalifikatsiya qilishga ham, jinoiy javobgarlik belgilashga ham ta’sir 

etmaydi. 

Yetkazilgan oqibatlarga nisbatan xato.  Qonunga muvofiq aybdor 

shaxsning  o‘z qilmishiga turli xil ruhiy munosabatlari u yoki bu ayb 

shaklini hosil qiladi. Bu oqibatlar haqiqatda kelib chiqmasdan oldin ular 

shaxs tasavvurida namoyon bo‘ladi. Ish holati bo‘yicha biz, oldindan ko‘ra 

bilish kabi intellektning bunday ko‘rinishi bilan to‘qnashamiz. Ijtimoiy 

xavfli qilmish sodir etishda shaxsning oldindan ko‘ra olishi natijaga  – 

kelib chiqqan oqibatlarga mos kelmasligi ham mumkin. 

Oqibatga nisbatan xatolar turli xil bo‘lishi mumkin. Masalan, shaxs 

qandaydir oqibat paydo bo‘lishi yoki yuzaga kelmasligiga nisbatan 

yanglishishi mumkin. o‘z navbatida, har qaysi xatolardagi bunday 

yanglishishlar oqibatning sifat yoxud hajm tavsifiga nisbatan bo‘lishi 

225 


 

mumkin. Shu sababga ko‘ra,  yetkazilgan zararga nisbatan xato uning 

hajmi yoxud sifat tavsifiga nisbatan bo‘lishi mumkin.  



Yetkazilgan oqibatning sifatiga nisbatan bo‘lgan xato, ya’ni ayb-

dor oldindan kelib chiqishini ko‘ra bilgan ijtimoiy xavfi katta oqibat faktik 

jihatdan yuzaga kelmasligi yoki oldindan ko‘ra bilmagan oqibat yuzaga 

kelishida ifodalanadi. Bunday xato oldindan ko‘ra bilmagan faktik oqibat 

uchun qasddan zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni istisno etsa-

da, ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni 

yuzaga keltirishi mumkin. Qasd qaratilgan qilmish kutilgan oqibatni 

yuzaga keltirmasa, u oqibatga nisbatan suiqasd sifatida baholanishi kerak, 

bundan tashqari, faktik yuzaga kelgan zarar ehtiyotsizik orqasida 

yetkazilgan zarar deb baholanadi. Masalan, o‘zganing uy-joyini o‘t qo‘yish 

orqali yo‘q qilishga qaratilgan jinoyat subyektining urinishi amalga 

oshmasa va buning natijasida hodisa joyida tasodifan mavjud bo‘lgan 

shaxs sog‘lig‘iga  o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazilsa, aybdorning 

qilmishi og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan mol-mulkka zarar 

yetkazishga suiqasd qilish (JK 173-moddasi 2-qismi «b» bandi) va 

ehtiyotsizlik oqibatida badanga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazish 

sifatida (JK 111-moddasi 1-qismi) kvalifikatsiya qilinishi lozim. Agar 

aybdorning qasdi bilan qamrab olinmagan oqibat yuzaga kelsa va bu 

oqibat qonunchilikka ko‘ra, kvalifikatsiya qilinuvchi belgi sifatida 

belgilangan bo‘lsa, bu holatda jinoyatlar jami yuzaga kelmaydi va qilmish 

asosiy jinoyat bilan birga kelib chiqqan oqibatga kvalifikatsiya  qilinadi. 

Agar shaxsning qasddan og‘ir tan jarohati yetkazishi jabrlanuvchining 

o‘limiga olib kelsa, bunday qilmish JK 104-moddasi 3-qismi «d» bandi 

bilan kvalifikatsiya qilinadi.  

Aybdorning ijtimoiy xavfli qilmishi miqdoriga nisbatan xatoga yo‘l 

qo‘yishi – bu uning jinoyat og‘irlik darajasida yanglishishini anglatadi. Bu 

holatda ijtimoiy xavfli qilmish natijasida yetkazilgan zarar darajasi 

oldindan kutilgan zarar darajasidan ortiq yoki kam bo‘lishi mumkin. Bu 

turdagi xatolar jinoiy yo‘l bilan yetkazilgan zarar miqdoriga ko‘ra 

javobgarlikni vujudga keltiruvchi jinoyatlardan boshqa (masalan, JK 161-

moddasi  –  qo‘poruvchilik natijasida yetkazilgan mulkiy zararning 

226 


 

miqdori) barcha jinoyatlarda ayb shakliga ham, jinoyatni kvalifikatsiya 

qilishga ham umuman ta’sir qilmaydi. Bu tartibda ayb shakli, jinoyatni 

kvalifikatsiya qilishga ta’sir qilmasligi qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan 

chegaradan chetga chiqmagan holda bo‘lishi mumkin.  

Demak, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish  natijasida mehnat 

qobiliyatini 33% yo‘qotishda ham, 70 va 80% da ham aynan kvalifikatsiya 

qilinadi. Qonun bilan ish ko‘ruvchi tomonidan kelib chiqqan oqibatning 

og‘irlik darajasiga qarab jinoyatni kvalifikatsiya qilish lozim bo‘lsa, bu 

holatda aybdor qasdi yo‘naltirilganligi asosida kvalifikatsiya qilinadi. Agar 

yuzaga kelgan oqibat subyekt  o‘ylagan oqibatdan yuqori bo‘lib ketsa 

(masalan, shaxs tan jarohati yetkazmoqchi bo‘lib harakat qilishi natijasida 

o‘limning yuzaga kelishi), bu holda mazkur oqibat uchun qasddan 

yetkazganlik xususiyati javobgarlikni inkor etadi. Og‘irroq zarar uchun 

ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazilganlikda jinoiy javobgarlik belgilanadi.  



Sababiy bog‘lanishga nisbatan xato  sodir etilgan ijtimoiy xavfli 

qilmish bilan  kelib chiqqan oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishning 

voqealar rivojlanishi tufayli noto‘g‘ri tasavvur qilinishi hisoblanadi. Bu 

turdagi xatoning jinoiy javobgarlik masalasiga ta’sir qilishi oqibat aybdor 

qasdi bilan qamrab olinib, kelib chiqqan oqibat uning sodir etmoqchi 

bo‘lgan harakatlari natijasida emas, balki boshqa bir harakat natijasida 

yuzaga keladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, qasd hamma detallarni 

emas, balki umumiy rivojlanish qoidalari asosidagi detallarni anglay oladi. 

Sababiy bog‘lanishning umumiy rivojlanishiga nisbatan  xato nazarda 

tutilgan jinoiy oqibat kelib chiqsa, ayb shakli va jinoyatning 

kvalifikatsiyasiga  ta’sir etmaydi. Ayrim hollarda sababiy bog‘liqlik 

rivojlanishining qoidalariga nisbatan xato qasdni inkor qiladi, ammo 

subyekt  kelib chiqqan oqibatni oldindan ko‘ra bilishi shart yoki mumkin 

bo‘lgan hollarda ehtiyotsizlik orqasida jinoiy javobgarlikka sabab 

bo‘lishiga asos bo‘ladi. Masalan, avtomobilni boshqarayotgan tajribasiz 

haydovchi burilishda to‘satdan qattiq tormoz berib, yo‘l chetidagi 

shag‘alga sirg‘angan mashina birdan burilishi natijasida avtomashina 

ichidagi yo‘lovchilar turli darajada tan jarohatlari olishdi. Mazkur holatda 

haydovchining zarur malakaga ega emasligi, sababiy bog‘lanish 

227 


 

rivojlanishi bilan to‘liq qamrab olinmaganligi uchun shaxs yuz berishi 

mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilmagan, o‘z 

navbatida, haydovchi mazkur holatni oldindan ko‘ra bilishi mumkin yoki 

lozim edi. Boshqa hollarda sababiy bog‘lanishning rivojlanishi jinoyatni 

kvalifikatsiya qilishda ta’sir etishi mumkin. Bu ijtimoiy xavfli oqibat qasd 

bilan qamrab olinadi, lekin u sodir etmoqchi bo‘lgan  harakat bilan emas, 

balki boshqa bir harakat natijasida yuzaga kelishi mumkin. 

Jinoyatni og‘irlashtiruvchi holatlarga nisbatan xato  bor holatlarni 

yo‘q deb, yo‘q holatlarni bor deb tasavvur qilish natijasida yuzaga keladi. 

Shuning uchun mazkur xato tasavvur ikki turda bo‘lishi mumkin. 

Birinchidan, jinoyat subyekti  jinoyatni og‘irlashtiruvchi holat mavjud 

bo‘lmaganda, shunday holat mavjudligi haqida xato tasavvurga ega 

bo‘ladi; ikkinchidan, shaxs sodir etayotgan qilmishining kvalifikatsiya 

qilinuvchi  belgilarini sodir etayotgan, deb hisoblaydi, faktik jihatdan esa, 

shaxs ongi bilan anglamagan holda jinoyatni og‘irlashtiruvchi holatlar 

mavjud bo‘ladi. 

Birinchi holatda xatoni belgilashda shaxs ongida og‘irlashtiruvchi 

holat sodir etayotganini tasavvur qilishi ahamiyatga ega. Shuning uchun 

qilmish qasd yo‘naltirilgan va qamrab olgan doirasida kvalifikatsiya 

qilinishi lozim. Biroq bu tugallangan jinoyat sifatida kvalifikatsiya 

qilinishi mumkin emas, chunki qilmishning ijtimoiy xavfliligini oshiruvchi 

kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi jinoyat belgilari faktik jihatdan sodir 

etilmagan. Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi 

belgilarga nisbatan shaxs xato tasavvur qilsa, faktik jihatdan tamom 

bo‘lgan jinoyat suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak, chunki 

ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqdi, lekin aybdorning ongi va qasdi bilan 

qamrab olingan javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar amalda to‘liq yuz 

bermadi. 

Keltirilgan ikkinchi holatga ko‘ra, javobgarlikni og‘irlashtiruvchi 

holatlarga nisbatan xatoning turida shaxs sodir etayotgan qilmishini 

ijtimoiy xavfliligini oshiruvchi kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi belgilarsiz 

amalga oshirayotganday tasavvur etib, uning ongi bilan yuridik jihatdan 

mavjud og‘irlashtiruvchi holat to‘liq  qamrab olinmaydi. o‘z navbatida 

228 

 


sodir etilayotgan qilmish subyekt  belgilari mavjud bo‘lmaganligi uchun 

jinoyat og‘irlashtiruvchi holatlarsiz kvalifikatsiya qilinishi lozim.  

Ko‘rib chiqilayotgan faktik xato turi, nafaqat, qilmishning 

kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi og‘irlashtiruvchi holatlarini ko‘zda tutadi, 

balki jinoyat tarkibining mustaqil belgilari sifatida ham qaralishi mumkin. 

Masalan, o‘g‘irlik bilan bosqinchilik sodir qilinish usuli (yashirincha yoki 

ochiq) bo‘yicha farqlanadi. o‘g‘irlik jinoyatining kvalifikatsiya qiluvchi 

asosiy mezoni, bu – aybdorning sodir etayotgan qilmish haqidagi subyekt 

tasavvuri bo‘lsa, bu aybdor qasdining yo‘naltirilganligiga asosan 

kvalifikatsiya qilinishi lozim

1



Jinoyat tarkibining obyektiv tomoni belgilariga yuz bergan oqibatga, 



sababiy bog‘lanishning rivojlanishiga, javobgarlikni og‘irlashtiruvchi 

holatlarga nisbatan xatodan tashqari jinoyatni sodir etish vositasiga 



nisbatan xato  turini ham kiritish mumkin. Buni to‘rt turga bo‘lish 

mumkin. 


Birinchi turdagi  vositaga nisbatan xatoga aybdor tomonidan o‘zi 

mo‘ljallagan vositadan boshqa, lekin uning o‘rnini bosadigan vositadan 

foydalanish tushuniladi. Mazkur turdagi vositaga nisbatan xato qilmishni 

kvalifikatsiya qilishga ta’sir qilmaydi. Sodir qilingan qilmishning obyektiv 

tomoni  oxiriga yetgan bo‘lsa, shaxs qasdining yo‘naltirilganligiga 

muvofiq, jinoyat tugallangan deb kvalifikatsiya qilinadi. 



Ikkinchi turdagi  vositaga nisbatan xatoda ishlatiladigan vositani 

aybdor past darajali deb hisoblaydi yoki o‘ylaydi. Agar jinoyat sodir 

etilishi natijasida kelib chiqqan oqibat aybdor kutgandan ko‘ra og‘irroq 

bo‘lib chiqsa, bunda mazkur harakatlar ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan 

deb kvalifikatsiya qilinishi lozim, zero, shaxs kelib chiqishi mumkin 

bo‘lgan oqibatni oldindan ko‘ra bilmagan bo‘lsa-da, mazkur holatni 

oldindan ko‘ra bilishi mumkin va lozim edi. 

Uchinchi turdagi  xatoning mohiyatini aybdor o‘zi yaroqli deb 

ishlatayotgan vosita aslida yaroqsiz bo‘lib chiqishiga nisbatan bo‘lgan xato 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  1999  йил  30  апрелдаги  «Ўзгалар  мулкини 



ўғирлик,  талончилик  ва  босқинчилик  билан  талон-торож  қилиш  жиноят  ишлари  бўйича  суд  амалиёти 

тўғрисида»ги 6-сонли қарори, 1-банд, 3-банднинг 1-хатбошиси // Тўплам, 1-жилд. – 220–221-б. 

 

229 


 

                                                           



tashkil qiladi. Bunday holatda  sodir etilgan qilmish qasdning 

yo‘naltirilganligiga muvofiq, jinoyatga suiqasd qilish deb kvalifikatsiya 

qilinadi. 


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling