Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-§. Aqli rasolik va aqli norasolik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


3-§. Aqli rasolik va aqli norasolik: 

tushuncha va mezonlar 

Jinoyat  subyekti  faqatgina ong va irodasi bor, ya’ni aqli raso shaxs 

bo‘lishi mumkin. 

Qonunchilik bilan o‘rnatilgan jinoyat subyektining belgisi sifatida aqli 

rasolik  va shaxsning yoshi o‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘langan 

1

 



Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  2000  йил  15  сентябрдаги  «Вояга 

етмаганларнинг жиноятлари ҳақидаги ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги қарори 21-сон қарори, 5-банди 

1-

қисми // Тўплам, 2-жилд. – Б. 25. 



2

 

Ўша жойда. 



240 

 

                                                           



bo‘lib, jinoyat tarkibida o‘zaro bir-birini to‘ldirib turadi, jinoyat 

subyektinigina emas, balki jinoyat tarkibini aniqlashda ham muhim 

ahamiyatga egadir. Bu belgilarning  mavjud bo‘lmasligi yoki ulardan 

birining mavjud bo‘lmasligi ham jinoyat tarkibining yo‘qligini bildiradi. 

Shuningdek, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning aybdorlik va 

jinoiy javobgarlik masalasi bekor bo‘ladi.  

O‘z xatti-harakatlarining faktik tomonini va ahamiyatini to‘g‘ri 

tushunib yetish va baholash qobiliyati hamda shu bilan birga o‘zining 

harakatlarini va irodasini ongli boshqarish aqli raso shaxsni aqli noraso 

shaxsdan ajratib turadi. 



NOTA BENE ! 

Jinoyat  subyekti  belgisi sifatida aqli rasolik shaxsning muayyan 

rivojlanish bosqichidagi qobiliyati, ijtimoiylashuvidan kelib chiquvchi 

yoshdagi va jinoyat sodir etish vaqtidagi ruhiy jihatdan sog‘lig‘i hamda 

harakatlari uchun o‘z-o‘ziga hisob berishi va ularni boshqarishi, 

keyinchalik jinoiy javobgarlik va jazoni o‘tashdagi ruhiy holati sifatida 

belgilanadi. 

 

Aqli rasolik jinoiy javobgarlikning va aybning dastlabki sharti bo‘lib, 



u shaxsning o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglashi va 

boshqara olishi bilan belgilanadi (JK 18-moddasi 1-qismi). 



JK 18-moddasi 1-  va 2-qismlarini  taqqoslovchi tahlildan kelib 

chiqib, xulosa qilish mumkinki, aqli rasolik insonning muhim va ajralmas 

xususiyatlaridan biri bo‘lib, aqli norasolikka nisbatan bir qadar keng va 

ayni paytda ixcham tushuncha hisoblanadi. Aqli raso deb, nafaqat ruhiy 

jihatdan sog‘lom shaxs, qandaydir ruhiy buzilishi bo‘lgan, ammo jinoyat 

sodir etish vaqtida o‘z harakatlarini u yoki bu sharoit yoki holatda ongli va 

to‘g‘ri baholay olish imkoniyatiga ega shaxs ham topilishi mumkin. Bu 

holatda so‘z sud-psixiatriya va sud-tergov amaliyotida bo‘lgan shaxsning 

o‘z jinoiy harakatlarini anglash va ularni boshqarish qobiliyatini 

yo‘qotmaydigan ruhiy kasalliklar va buzilishlar to‘g‘risida boradi. Xatto 

tibbiy mazmunda ham «ruhiy nosog‘lom»ligi tasdiqlangan jinoyat 

241 


 

subyekti  aqli raso bo‘lishi mumkin. Bunda so‘z, nafaqat, ruhiyatning 

«chegara» holatlari haqida, balki surunkali kasalliklar haqida boradi, 

aynan: shizofreniya (remissiya holatlarida), epilepsiya (tutqanoqdan oldin) 

va boshqa holatlarda. 

Shu bilan birgalikda, amaliyotda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan 

shaxsning aqli rasoligiga nisbatan har qanday shubhalar, qachonki, uning 

o‘zini tutishi o‘z-o‘zini boshqarishiga to‘g‘ri kelmasa, tashqi omillarga 

noto‘g‘ri  reaksiya  va boshqalar, aybsizlik prezumpsiyasi    mazmunidan 

kelib chiqib, shu shaxsning foydasiga hal qilinishi kerak. Bu holatlarda 

ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan dastlabki tergovda 

uning ruhiy holatini aniqlash uchun JPK 173-moddasi 1-qismiga ko‘ra, 

majburiy tartibda sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkaziladi. Keyinchalik 

jinoyat sodir etgan shaxsning aqli rasoligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish 

sud-psixiatriya xulosasi asosida sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 

JPK 446-moddasiga ko‘ra amalga oshiriladi. 

Aqli rasolik va aqli norasolikni tartibga soluvchi qonunchilikka ko‘ra, 

bu ikki tushunchalarni ajratib turuvchi formula ikki mezonning majmuidan 

tashkil topib, ulardan biri yuridik mezon, ikkinchisi esa tibbiy mezondir. 



Yuridik mezon ikki belgini xarakterlaydi: intellektual va irodaviy. 

Aqli rasolikning intellektual belgisi  jinoyat sodir etish vaqtida 

shaxsning sodir etayotgan qilmishi faktik xususiyatini va ijtimoiy xavfini 

anglash qobiliyati sifatida ko‘riladi. 

Aqli rasolikning irodaviy belgisi shaxsning jinoiy qilmish sodir etish 

vaqtidagi o‘z harakatlarini boshqara olish qobiliyatini, ya’ni o‘zining ichki 

xohishini va ishonchi orqali o‘z irodasini boshqarish qobiliyatini anglatadi. 

Shaxsning  o‘zi tomonidan sodir etgan jinoiy qilmishini tushunish 

qobiliyati va buni sodir etish jarayonida ongli qaror qabul qilishi jinoyat 

subyektini qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ijtimoiy xavfli qilmish sodir 

etganlikda ayblash uchun yetarli  asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu o‘z 

navbatida, ayb uchun javobgarlik prinsipida (JK 9-moddasi) bevosita o‘z 

aksini topgan. 

Intellektual va irodaviy belgilar, albatta, birgalikda olib qaralishi 

kerak. 

242 


 

Aqli rasolikning tibbiy mezoni  sud-psixiatriya ekspertizasidan kelib 

chiqib aniqlanadi, zero bu jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsning 

tibbiyot nuqtai nazaridan biologik va psixologik butunligi, fikrlash 

jarayonining me’yorda ekanligi va boshqa fikrlash faoliyatining o‘ziga 

xosliklarini o‘rnatadi. 

Aqli rasolikning tibbiy mezoni sog‘lom insonning psixik va tibbiy 

nuqtai nazardan ruhiy holatini aks ettiradi.  

Aqli norasolik aqli rasolik tushunchasiga qarama-qarshi tushuncha 

bo‘lib, u jinoyat qonunchiligida ochib beriladi (JK 18-moddasi 2-qismi). 

Qandaydir ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan aqli noraso shaxs 

jinoyat  subyekti  bo‘la olmaydi. U jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va 

unga nisbatan jinoiy jazo tayinlash mumkin bo‘lmaganligi tufayli, unga 

faqatgina tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanishi mumkin. Ongli 

va maqsadli harakatlarning bo‘lmasligi aqli noraso qilmishni kvalifikatsiya 

qilishning o‘ziga xos xususiyatini shartlaydi.  

NOTA BENE ! 

Aqli norasolik  –  bu shunday holatki, bunda shaxs jinoyat sodir etish 

vaqtida sodir etayotgan harakatlar (harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfli 

xususiyatini anglay va boshqara olmaydi. Bu o‘z navbatida,  jinoiy 

javobgarlikni istisno qiladi. 

 

Aqli norasolikda ruhiyatning kasallik jarayonlari tufayli, qoidaga 



ko‘ra, miyaning qabul qilish funksiyasi buziladi, buning natijasida, odatda, 

ongning muhim sifati – anglash yo‘qoladi.  

Aqli norasolik ham aqli rasolik kabi ikki: yuridik (psixologik) va 

tibbiy (biologik yoki psixiatrik) mezonlar orqali belgilanuvchi, ijtimoiy 

xavfli qilmish sodir etgan shaxsni jinoyat subyekti  hisoblamasdan oldin, 

uning ruhiy holati to‘g‘risida har tomonlama baho berish imkonini beradi.  



Aqli norasolikning yuridik mezoni  jinoyat sodir etish vaqtida 

shaxsda  o‘z harakatlarining faktik xususiyatini va qilmishining ijtimoiy 

xavfini anglash (intellektual) va boshqarish (irodaviy) imkoni yo‘qligida 

aks etadi. Bu mezon ruhiy buzilishlar og‘irligini psixologik tushunchalar 

243 

 


orqali aniqlaydi va bu bilan sudga ekspert bahosi natijasini tushuntirib, 

shaxsning aqli rasoligini istisno qiladi. 

Yuridik mezonni o‘rnatish  uchun uning elementlaridan birining 

bo‘lishi  yetarli: yoki intellektual yoki irodaviy payt orasida «yoki» 

bog‘lovchisidan foydalanish orqali JK 18-moddasi 2-qismi 

dispozitsiyasini ifodalashda tasdiqlangan. 

Aqli norasolik yuridik mezonining intellektual belgisi jinoyat sodir 

etish vaqtida harakatlarni anglay olmasligini bildiradi, ya’ni bu qandaydir 

ruhiy buzilishi bo‘lgan shaxsning u yoki bu muayyan sharoit yoki holatda 

o‘z jinoiy qilmishining ijtimoiy xavfliligi va faktik xususiyatini to‘la 

anglay olmasligidir. Ruhiy kasal shaxsning normal fikrlash faoliyatining 

buzilganligi unga obyektiv borliqda o‘zini to‘g‘ri tutish va atrof-tashqi 

olam hodisalarini qabul qilish imkoniyatini bermaydi. Ruhiyati buzilgan 

shaxs har bir muayyan holatda nafaqat o‘z harakatlarini anglamaydi, balki 

ular oxir-oqibat nimalarga olib kelishini ham tushunmaydi. Yuridik 

mezonning intellektual belgisi jinoyat qonunida (JK 18-moddasi 2-qismi) 

qandaydir ruhiy kasallik sababli «o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay 

olmagan» deb bejiz ko‘rsatilmagan.  

Ta’kidlash joizki, amaliyotda shunday holatlar borki, shaxs o‘z 

qilmishini anglaydi, ammo ularni boshqarish imkoni bo‘lmaydi, ya’ni 

uning irodaviy holati shikastlangan. Bu holatda so‘z yuridik mezonning 

irodaviy belgisi to‘g‘risida boradi.  

Yuridik mezonning irodaviy belgisi,  o‘z-o‘zidan, ruhiy buzilishlar 

ta’siri ostida, ya’ni kasallik holatida shaxsning o‘z harakatlarini boshqarish 

imkoniyatiga ega bo‘lmasligida ko‘rinadi. Ya’ni, e’tibor shaxsning jinoyat 

sodir etish vaqtidagi kasallik holatiga emas, balki uning ruhiy holatiga 

qaratilishi kerak. Ruhiy kasallik inson ongini buzib, boshqa psixik 

funksiyalari buzilishiga ham olib keladi hamda buning natijasida 

shaxsning  nafaqat  o‘z harakatlarini anglashi va tushunishi, balki 

boshqarish qobiliyati ham yo‘qoladi, masalan, ruhiy kasallarda o‘g‘irlikka 

moyilligi kuchli (kleptomaniya), o‘t qo‘yishga hirs (piromaniya), 

maqsadsiz xayollarga intilish, daydilik (dradomaniya), odam o‘ldirish yoki 

o‘zini-o‘zi  o‘ldirishga intilish (gomitsidomaniya, suitsidomaniya) kabi 

244 


 

holatlar paydo bo‘ladi. Bu kasalliklar o‘z harakatlarini tushunish va ruhiy 

buzilishlar (ruhiy kasalliklar)dan biri bo‘lganda bunday intilish va 

qiziqishlarga qarshilik qila olmaydi, ularni doim kuzatib yuradi va tinchlik 

bermaydi. 

Shunday qilib, aqli norasolik holati, tibbiy va yuridik mezonlar 

majmuini tashkil qilib, jinoyat sodir etish vaqtida shaxs yo o‘z 

harakatlarining faktik xususiyatini va ijtimoiy xavfini anglay olmaslik 

qobiliyati bo‘lmasligiga (intellektual belgi) yoki ularni boshqara olish 

qobiliyatining bo‘lmasligiga (irodaviy belgi) yo‘l qo‘yadi. Amaliyotda 

shunday holatlar uchraydiki, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishda yuridik 

mezonning intellektual va tibbiy belgisi birgalikda shaxs aqli norasoligini 

ifodalaydi. Bu holatda so‘z «ideal» aqli norasolik holati haqida boradi, 

qachonki, ruhiy buzilish bo‘lganda shaxs huquqbuzarlik sodir etgan vaqtda 

nafaqat  o‘z harakatlarining faktik xususiyatini va  ijtimoiy xavfini anglay 

olmaydi, balki ularni boshqara olmaydi ham. Odatda, bu patologik mastlik 

yoki surunkali ruhiy buzilishlar va boshqa kasallik holatlarida bo‘ladi. 

Shaxsni aqli noraso deb topish uchun yuridik mezon tibbiy mezonning 

natijasi bo‘lishi lozim. 



JK 18-moddasi 2-qismiga  ko‘ra,  aqli norasolikning tibbiy mezoni 

quyidagi to‘rtta guruh ruhiy kasallikning mavjudligida ko‘rinadi: 

– surunkali ruhiy kasallik; 

– vaqtinchalik ruhiy kasallik; 

– aqlning pastligi; 

– kasallikning boshqa holatlari. 

Tibbiy mezonni o‘rnatish uchun qonunda ko‘rsatilgan biron-bir ruhiy 

kasallikning xohlagan guruhidan aqalli bittasi mavjud bo‘lishi lozim. 

Sud psixiatriyasi va jinoyat huquqida surunkali ruhiy kasalliklarga 

amalda davolab bo‘lmaydigan yoki qiyin davolanadigan ruhiy kasalliklar 

taalluqlidir. Mazkur kasalliklar rivojlanish yoki o‘tib ketish xususiyatiga 

ega. Ular kasal ruhiyatini chuqur va turg‘un o‘zgarishlarga olib keladi. 

Sud psixiatriyasida bunday ruhiy kasalliklar deb, quyidagilar qabul 

qilingan: shizofreniya, epilepsiya, maniakal-depressiv psixoz, miya sifilisi, 

245 

 


progressiv falajlik, qarilik aqli zaifligi, epidemik entsefalit va boshqa qiyin 

davolanadigan yoki umuman davolab bo‘lmaydigan ruhiy kasalliklar. 



Shizofreniya  –  bu  surunkali  o‘sib boruvchi ruhiy kasallikdir. Biroq, 

bu kasallikning mavjud bo‘lishi shaxsning jinoyat sodir etishda aqli 

rasoligi to‘g‘risidagi masala yuridik mezonidan kelib chiqib aniqlanadi, 

agar u muayyan holat va zarur vaziyatga xos bo‘lsa, shaxsning ayni 

paytdagi ruhiy holatiga ta’sir o‘tkazuvchi holatlar hisobga olinib hal 

qilinadi


1

.  


Epilepsiya  («yiqiluvchi kasallik») –  bu mushaklarning tortishuvi va 

tortishuvisiz boradigan paroksizmlardan, psixozlar, chuqur darajadagi aqli 

zaiflikka olib keladigan, o‘ziga xos shaxs o‘zgarishidan va klinik 

ko‘rinishidan iborat bo‘lgan kasallik. Berilgan guruhdagi ruhiy kasalliklar 

orasida sud-psixiatriya amaliyotida keng tarqalganlik bo‘yicha epilepsiya 

shizofreniyadan keyingi ikkinchi kasallik hisoblanadi. Kasallikdagi 

tutqanoqlar soni har xil, to‘satdan turli paytda va turli joyda bo‘lishi 

mumkin, ya’ni hayoti davomida bir martadan to sutkasiga bir necha 

martagacha. Qoidaga ko‘ra, kasallar tutqanoq paytida hushidan ketadi, 

o‘ziga kelganda esa, hech narsani eslay olmaydi. Shu bilan birga, 

epilepsiyada shizofreniyadagi kabi, jinoyat sodir etish vaqtida shaxsning 

aqli rasoligi istisno etilmaydi

2



Maniakal-depressiv psixoz –  depressiv va maniakal shakldagi 



fazalarda  o‘tadigan kasallik. Birinchi holatda, maniakal faza yuqori 

kayfiyat va haddan tashqari hayajonlanish bilan, ikkinchi depressiv fazada 

–  kayfiyatning tushishi, mehnat qobiliyatining pasayishi,  o‘z-o‘ziga 

ishonchsizlik, somatik va vegetativ o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi

3



Progressiv falajlikka 



kelsak, bu 

odatda, sifilis bilan 

kasallanganlarning 1–5 %  ida 10–12 yil o‘tgandan so‘ng kuzatiladi va 

qoidaga ko‘ra, tez o‘suvchi aqli zaiflik hamda nevrologik buzilishlar bilan 

xarakterlanadi. Progressiv falajlikda miyaning og‘ir xastalanishi kuzatiladi, 

qaysiki, miya sifilisi ruhiy kasalligidek birmuncha yengil shaklga ega

4



1



 

Қаранг: Судебная психиатрия. М., 1986, Б. 139. 

2

 

Қаранг: Судебная психиатрия. М., 1986, Б. 154–155. 



3

 

Ўша жойда, Б. 167–168. 



Ўша жойда, Б. 218–221.

 

246 


 

                                                           



Tibbiy mezonning ikkinchi guruhini birinchi guruhdagi ruhiy 

kasalliklarga taqqoslaganda, qisqa muddat kechadigan va davolab 

bo‘ladigan  ruhiyatning vaqtinchalik buzilishi  tashkil qiladi. Ko‘pgina 

hollarda bu kasalliklar to‘satdan paydo bo‘lishi va kasalning to‘liq 

sog‘ayishi bilan tugaydi. 

Bunday buzilishlarga psixiatriyada istisno holatlar 

deb 

nomlanadigan, tashqi muhit bilan bog‘liq, to‘satdan paydo bo‘ladigan 



ruhiyatning qisqa muddatli buzilishlari taalluqli.  

Kasallikning istisno holatlariga quyidagilar kiradi: 

–  oddiy alkogolli mast bo‘lishdan farqlash lozim bo‘lgan patologik 

alkogolli mastlik; 

– patologik affekt; 

– ongning g‘ira-shira holati; 

– «qisqa ulanish» reaksiyasi; 

– patologik uyqu holati, shuningdek, alkogolli psixozlar va h.k

1

.  


Ruhiy buzilishlarning ushbu guruhi kasal ruhiy faoliyatining aynan 

qisqa muddat buzilishi bilan xarakterlanadi, qaysiki, har bir jinoyat sodir 

etgan muayyan shaxsning aqli rasoligi yoki yuridik mezon mavjud 

bo‘lganda, aqli norasoligi istisno etilmaydi.  



Patologik mastlik – o‘tkir qisqa muddatli o‘tadigan ruhiy buzilishlar 

guruhiga taalluqli bo‘lib, ongning g‘ira-shira buzilishlari, alahsirash va 

o‘rab turgan olamni buzib qabul qilish bilan tavsiflanadi. Bu holat bir 

necha minutdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin va oddiy 

alkogolli mastlikdan farq qiladi. Odatda, bu alkogolli intoksikatsiya 

(xumor) paytida kelib chiqadi. 

O‘z navbatida, patologik affekt ruhan jarohatlantiruvchi omillar 

(yaqin qarindoshining o‘limi, og‘ir haqoratlanish, mulkiy shikast 

yetkazilishi va boshqalar), ya’ni og‘ir ruhiy ta’sirlanish yoki hayajonlanish 

bilan bog‘liq ruhiyatning qisqa muddat buzilishi bilan xarakterlanadi. 



Ongning  g‘ira-shira holati  istisno holatlar turi sifatida bir shaxsda 

takroran kelib chiqishi mumkin. Bu ruhiy holat kasalning o‘zini ijtimoiy 

1

 

Қаранг: Судебная психиатрия. М., 1986, Б. 298. 



247 

 

                                                           



xavfli tutishini belgilovchi alahsirash, gallyutsinatsiya, jahl, g‘azab bilan 

davom etadi. 



«Qisqa tutashuv» reaksiyasi,  shuningdek, ruhiy hayajonlantiruvchi 

zo‘riqish holati bilan bog‘liq. Bu ruhiy kasallik ongning buzilishida yoki 

to‘satdan bo‘ladigan impulsiv harakatlarda namoyon bo‘ladi, bu esa, 

atrofdagilar uchun xavf tug‘dirishi mumkin. 



Alkogolli psixozlar  orasida oq so‘zak kasalligi tez-tez uchraydi, 

odatda, u alkogolizm bilan kasallangan shaxsda spirtli ichimliklarning 

uzoq intoksikatsiyasi to‘xtagach ikki-uch kundan so‘ng paydo bo‘ladi. Oq 

so‘zak ko‘pincha, ko‘rish va eshitishdagi gallyutsinatsiya, agressiv harakat 

va qattiq hayajonlanishlar bilan kuzatiladi. Bu paytda kasal hujum qilishi 

yoki «g‘arazli» dushmanlardan va «kuzatuvchilardan», har xil 

zararkunandalardan, hasharotlardan, hayvonlardan himoyalanishi mumkin, 

shuningdek, ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilishi mumkin. 



Alkogolli gallyutsinoz qoidaga ko‘ra, kasal ongining saqlanishi orqali 

uni doim kuzatib yuruvchi ko‘rish va eshitish gallyutsinatsiyasi mavjudligi 

bilan farqlanadi. O‘z navbatida, alkogolli paranoid alkogolli psixozning 

turi sifatida nafaqat gallyutsinatsiyalar bilan, balki kasalning ongi 

saqlansa-da, kuzatish, zaharlash, rashk, o‘ch olish, alahsirashlar kuzatilishi 

bilan xarakterlanadi. 

Alohida ta’kidlash joizki, bu guruhdagi vaqtinchalik ruhiy buzilishlar 

mavjud  bo‘lganda aqli norasolik to‘g‘risidagi masala, tibbiy mezon 

birinchi guruhdagi ruhiy kasalliklardagi kabi kasallik o‘tishining hamma 

ko‘rsatgichlari va kasalning o‘rab turgan sharoitda to‘g‘ri harakatlanishi 

hamda o‘zini boshqara olish qobiliyati hisobga olingan holda hal qilinadi. 

Tibbiy mezonning uchinchi guruhini aqli  zaiflik  (oligofreniya) 

tashkil etadi.  

Psixiatriyada oligofreniya yoki tug‘ma aqli zaiflik deganda, tug‘ilish 

vaqtida miyaning jarohatlanishi bilan shartlanadigan yoki bola 

ruhiyatining  kasallik holatlari natijasida go‘daklikda orttirilgan patologik 

holat tushuniladi. Aqli zaiflik ko‘pincha, nafaqat, miyaning organik 

o‘zgarishi natijasida, balki har xil jarohat, infeksiya va kasalliklar 

248 

 


oqibatida fikrlash, aqliy qobiliyat, eslash, diqqatni to‘plash kabi inson 

ruhiy funksiyalarining rivojlanmay qolishi bilan tavsiflanadi. 

Aqli zaiflikning eng asosiy belgisi umumiy ruhiy nomukammallik 

hisoblanadi

1



Tug‘ma yoki orttirilgan aqli zaiflik og‘irlik darajasiga ko‘ra, uch turga 



bo‘linadi: 

– debillik (yengil shakli); 

– imbetsillik (o‘rta shakli); 

– idiotiya (og‘ir shakli). 



Debillik  –  aqli zaiflikning eng yengil  va keng tarqalgan shakli. U 

ko‘pgina hollarda shaxsni har xil jinoiy qilmishlar sodir etishda aqli 

rasoligini istisno etmaydi, chunki ular muayyan sharoitda o‘z qilmishining 

xususiyatini anglay oladilar va boshqara oladilar. Aqli zaiflikning bu 

shaklida shaxsda tafakkurning yetishmasligi yoki fikrlay olish 

qobiliyatining bo‘lmasligi yoki fikrlashning soddaligi kuzatiladi.  



Imbetsillik  tug‘ma yoki orttirilgan aqli zaiflikning yengilroq 

darajasini aks ettiradi. Bu kasallikka chalinganlar atrofidagilar uchun 

muayyan xavf tug‘diradi va kasallik o‘tkirlashgan davrda har xil 

jinoyatlarni sodir etishga moyil bo‘ladilar. Ko‘pincha, bu ijtimoiy xavfli 

harakatlar ularning anglamasligi bilan tavsiflanadi. 

Idiotiya  –  aqli zaiflikning eng og‘ir shakli. Bu kasallikda shaxsning 

nutqi va boshqa ruhiy funksiyalari deyarli umuman bo‘lmaydi. Qoidaga 

ko‘ra, bunday kasallar statsionar davolanishga, doimiy qarab turishga 

muhtoj bo‘lishadi. Tashqi omillarning qo‘zg‘alishi va ta’sir etishi 

natijasida kasallar atrofidagilar va o‘ziga nisbatan yovvoyilashib ketishi 

mumkin, shuningdek, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lishadi. Ko‘pincha, bu 

guruh kasallar jinoyat sodir etishda, sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasi 

asosida aqli noraso deb topiladi.  

Tibbiy mezon ruhiy kasalliklarining to‘rtinchi guruhini boshqa 

tarzdagi ruhiy buzilishlar  tashkil etib, ular qoida bo‘yicha, ruhiyatning 

vaqtinchalik turli buzilishlari bilan kuzatiladi, ammo surunkali yoki 

vaqtinchalik ruhiy kasallik hisoblanmaydi, faqat o‘zining psixopatologik 

1

 



Қаранг: Судебная психиатрия. М., 1986, Б. 249–250; Б. 351–352. 

249 


 

                                                           



belgilari va xususiyatlariga, kasallik o‘tishiga bog‘liq holda ularga 

tenglashtirilishi mumkin. Bunday kasalliklarga tug‘ma yoki orttirilgan 

ko‘rinishdagi hissiy-irodaviy tomonning buzilishi bilan tavsiflanadigan 

psixopatiyaning shakli taalluqli; og‘ir infeksion kasalliklardan keyin 

bo‘ladigan turli ruhiy buzilishlar; giyohvandlik xumor qilgan davrda 

giyohvandlarda bo‘ladigan asab-ruhiy buzilishlar, to‘liq ko‘zi ojizlik va 

karlik bilan bog‘liq shaxsning ruhiy o‘zgarishi. Sanab o‘tilgan ruhiy 

buzilishlar yoki ruhiy kasalliklardan istalgani alohida olinganda ham aqli 

norasolik tibbiy mezonini tan olish uchun yetarli hisoblanadi. 

Shuni e’tiborga olish  kerakki, har doim ham ruhiy buzilishlarning 

mavjudligi (tibbiy mezon) aqli norasolik holati to‘g‘risida gapirish uchun 

asos bo‘lmaydi. Ruhiy kasallik shunday darajaga yetishi kerakki, unda 

shaxs jinoyat sodir etayotgan paytida o‘z qilmishini anglab yetmasligi yoki 

ularni boshqara olmasligi lozim. Boshqacha aytganda, aqli norasolikning 

yuridik (ruhiy) mezoni tibbiy mezon ruhiy kasalliklarining mohiyatini va 

chuqurligini belgilaydi. 

Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga 

nisbatan sud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashi mumkin. 

Bunday majburlov chorasini qo‘llash uchun sud, shaxs tomonidan jinoyat 

qonunida ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmishning sodir etilganlik faktini, 

shuningdek, qilmishning aynan aqli noraso shaxs tomonidan sodir 

etilganligi va kasallik holati shaxsning jamiyat uchun xavfliligini isbotlashi 

lozim.  

Aqli norasolik faqat jinoyat sodir etilgan vaqtga nisbatan belgilanadi. 

Agar shaxs surunkali ruhiy kasallik, masalan, shizofreniya bilan 

kasallangan  bo‘lib, biroq ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish vaqtida 

remissiya holatida, ya’ni kasallik anchagina tuzalish paytida bo‘lgan 

bo‘lsa, yuridik mezon yo‘qligi sababli u aqli raso va o‘z qilmishi uchun 

javobgar deb topiladi. Jinoyat sodir etgandan keyin shaxsda ruhiy 

buzilishlar kelib chiqsa, unga nisbatan ham tibbiy yo‘sindagi majburlov 

choralari ko‘riladi. 

Agar aqli norasolik vaqtinchalik ruhiy buzilishlardan kelib chiqqan 

bo‘lsa, jinoyat-protsessual qonunchiligiga ko‘ra, ish yuritish ayblanuvchi 

250 


 

to‘liq sog‘ayishigacha to‘xtatib turiladi. Bu shaxs sog‘ayganda jinoiy 

javobgarlikka tortilishi mumkin va unga nisbatan jazo qo‘llash mumkin 

(albatta, jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari chegarasi hisobga olinib). 

Agar ruhiy kasallik jinoyat sodir etgandan keyin dastlabki tergovda 

paydo bo‘lsa va og‘irlashsa, bunday shaxsga nisbatan sud JK 67-moddasi 

asosida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llaydi, sog‘aygandan 

keyin ishni ko‘rish davom ettirilishi mumkin. 


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling