Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


To‘rtinchi turdagi  vositaga nisbatan xato ishlatiladigan vosita har 

qanday holatda ham yaroqsiz bo‘lib, buni subyekt  o‘ziga dalda berishda

o‘zining ustunligini qo‘pollikda va o‘z-o‘ziga ishonishda ishlatishda 

ifodalanadi (fitnada, buzishda). Bunda jinoiy javobgarlik istisno etiladi. 

Sud-tergov amaliyotida hozirga qadar haqiqatan ham shaxs o‘zi sodir 

etgan qilmishining huquqqa xilofligini tushunganmi, uni jinoiy 

javobgarlikka tortmaslik asosli bo‘ladimi, degan masala bahsli bo‘lib 

qolmoqda. Agar mazkur turdagi xatolarning mavjud bo‘lganligi aniqlansa, 

sud ishni o‘rganib chiqish uchun qo‘shimcha tergovga qaytarishi lozim. 

«Jinoyatning subyekt tomoni»  

mavzusi yuzasidan yakuniy savollar 

1. Jinoyat subyekt  tomoni  o‘zida nimani ifoda etadi? Ularning 

ahamiyati nimada? 

2. Jinoyat subyekt  tomonini qanday belgilar hosil qiladi? Jinoyat 

tarkibi subyekt tomonining zaruriy va fakultativ belgilarining ahamiyati va 

ularning roli qanday? 

3. Ayb jinoyat subyekt tomonida qanday o‘rin tutadi va uning qanday 

turlari mavjud? Aybning qanday turi o‘zida katta ijtimoiy xavfni namoyon 

etadi va nima uchun? 

4. Qasdning qanday turlari mavjud? To‘g‘ri qasdning egri qasddan 

qanday farqlari mavjud? 

5. Formal tarkibli jinoyatlar qanday qasd bilan sodir etilishi mumkin? 

6. Qasdning qaysi bir turi katta ijtimoiy xavfni namoyon etadi-yu, 

qaysi biri kichik ijtimoiy xavfni? 

7. Qasd noaniq bo‘lganida (konkret bo‘lmaganida) kvalifikatsiya 

qilish tartibi qanday? 

8. Ehtiyotsizlik o‘zida nimani ifodalaydi va uning turlari qanday? 

9. Egri qasddan o‘z-o‘ziga ishonishning qanday farqli tomonlari 

mavjud? 

230 


 

10. Beparvolik obyektiv va subyekt belgilarining mohiyati nimada? 

11. Murakkab aybli jinoyatlar to‘g‘risida qanday holatlarda gapirish 

mumkin? 

12. Kazus nima? Unda jinoiy javobgarlikka yo‘l qo‘yiladimi? 

13. Kazus jinoiy beparvolikdan nimasi bilan farq qiladi? 

14. Jinoyat motivi va maqsadining jinoyat-huquqiy ahamiyati nimadan 

iborat? Ularning farqi nimada? 

15. Jinoyat sodir etgan shaxsning hissiy holati o‘zida nimalarni 

namoyon etadi? Hissiyotning jinoyat-huquqiy ahamiyati nimada? JK 

Maxsus qismidagi qaysi moddalarda jinoyat tarkibining tashkiliy belgilari 

sifatida ular namoyon bo‘ladi? 

16. Jinoyat huquqida yuridik va faktik xatolar deganda nima 

tushuniladi? 

17. Yuridik va faktik xatolarning turlarini aytib bering. Ularning 

jinoyat kvalifikatsiyasiga qanday ta’siri bor? 

Qo‘shimcha adabiyotlar  

o‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar  

Волков  Б.С.  Мотивы  преступлений  (Уголовно-правовое  и 

социально-психологическое исследование).– Казань: Казанский ун-т, 

1982. – 

152 Б. 


Дагель П.С., Котов Д.П. Субъективная сторона преступления и ее 

установление. – Воронеж: 1974. – 244 Б. 



Дагель 

П.С. 

Неосторожность. 

Уголовно-правовые 

и 

криминологические проблемы. – М.: 1977. – 144 Б. 



Злобин Г.А., Никифоров Б.С. Умысел и его формы. – М.: 1972. – 

264 Б. 


Лунев В.В. Субъективное вменение. – М.: «Спарк», 2000. – 94 Б. 

Миненок  М.Г.,  Миненок  Д.М.  Корысть.  Криминологические  и 

уголовно-правовые проблемы. – СПб.: «Юридический центр Пресс», 

2001. – 

367 Б. 


Рарог  А.И.  Квалификация  преступлений  по  субъективным 

признакам. – СПб.: «Юридический центр Пресс», 2002. – 304 Б. 

231 

 


Рарог А.И. Проблемы субъективной стороны преступления. – М.: 

1991. – 


94 Б. 

Скляров  С.В.  Вина  и  мотив  преступного  поведения.  –  СПб.: 

«Юридический центр Пресс», 2004. – 326 Б. 



Тяжкова  И.М.  Неосторожные  преступления.  –  СПб.: 

«Юридический центр Пресс», 2002. – 278 Б. 



Ilmiy maqolalar  

Закирова У.А. Жиноят мотиви ва мақсади // Адвокат журнали. – 

2017. №5. –Б. 6-7.  



Кабулов  Р.  Уголовно-правовое  понятие  вменяемости  и 

невменяемости  //  Ж.  Актуальные  проблемы  ведомственного 

здравоохранения. 2000.  №1. – 36–39-б. 

Рустамбаев  А.М.  Вина,  мотив,  цель  в  преступлениях, 

составляющих сексуальное насилие // Ёш олимлар илмий мақолалари 

тўплами.  2003. № 5. – 157–163-б. 

Селезнев М. Умысел как форма вины // Ж. Российская юстиция. 

1997. № 3. – 11-б. 



Скляров С.В. Проблемы определения понятия вины в уголовном 

праве России // Ж. Уголовное право.  2003. №2. – 71-б. 



Филимонов  В.  Теоретическое  проблемы  учения  о  вине  в 

уголовном праве  // Ж. Уголовное право.  2004. №3. – 69–71-б. 

 

 

 

232 


 

VIII BOB. JINOYAT SUBYEKTI  

1-§. Jinoyat subyekti tushunchasi  

Jinoyat subyekti jinoyat tarkibining ajralmas elementi hisoblanadi. 

Jinoyat  subyekti  va uning belgilari JK Umumiy qismining IV bobida 

belgilab berilgan bo‘lib, bu bob «Javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan 

shaxslar» deb nomlanadi. Bu belgilarni umumiy jinoyat subyektiga tegishli 

deb nomlash belgilab qo‘yilgan. 

Jinoyat kodeksi Umumiy qismining ko‘pgina moddalarida jinoyat 

tarkibining umumiy tushunchasi doirasida boshqa qo‘shimcha belgilari 

ham namoyon bo‘ladi, jumladan, boshqarish tartibiga qarshi jinoyatlar va 

boshqa  obyektning muayyan ko‘rinishiga nisbatan tajovuzlar – 

mansabdorlik jinoyatlari ko‘rib chiqilishida –  jinoyatlarning mazkur 

fakultativ belgilari zaruriy xususiyatga ega bo‘lib, ular jinoyatning maxsus 

subyekti belgilariga xos bo‘ladi. 

NOTA BENE ! 

Jinoyat  subyekti  –  jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan jinoyatni 

sodir etgan va ushbu qonunda belgilangan yoshga yetgan aqli raso 

jismoniy shaxsdir. 

 

JK 17-moddasida  jinoyat  subyektining umumiy belgilariga ta’rif 

berilgan hamda ular quyidagi uchta zaruriy elementlar  majmui orqali 

ifodalanadi: 

– jismoniy shaxsligi; 

– aqli rasoligi; 

– JKga muvofiq jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi subyektning 

yoshi. 


Ushbu element (belgi)lar birontasining mavjud bo‘lmasligi jinoyat 

subyektining, demak jinoyat tarkibining mavjud emasligidan dalolat 

beradi. 

Jinoyat kodeksi qoidalariga ko‘ra, faqat jismoniy shaxs, ya’ni inson 

jinoiy javobgar bo‘lishi mumkin. Aytish kerakki, jinoyat qonunchiligida 

233 


 

jismoniy shaxs tushunchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilmagan. Biroq, Jinoyat 

Kodeksi va boshqa huquqiy aktlarning mohiyatidan ko‘rinadiki, jinoyat 

huquqidagi jismoniy shaxs tushunchasi Fuqarolik Kodeksining 16-

moddasidagi tushunchaga o‘xshash bo‘lib, unga ko‘ra «fuqaro zamirida 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlar fuqarolari  va 

shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi». 

Jinoyat  subyekti  faqat jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin, bu esa 

O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligi bo‘yicha yuridik 

shaxsning jinoiy javobgarligi bundan mustasno ekanligini bildiradi. 

Yuridik shaxslar fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha faqat mulkiy javobgar 

bo‘ladilar. Ular qachonki jinoyat natijasida mulkiy yoki boshqa zarar 

yetkazilgan bo‘lsa, bunda mazkur yuridik shaxsning rahbari jinoiy 

javobgarlikka tortilishi mumkin, masalan, JK 196-moddasi bo‘yicha atrof 

tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun.  Demak, agar biron-bir tashkilot, 

masalan, shaxtada mehnat muhofazasi qoidalari buzilishi natijasida 

odamlarga shikast etsa, buning uchun yuridik shaxs sifatida shaxta emas, 

balki mazkur qoidalarning buzilishida aybdor bo‘lgan muayyan shaxs 

javobgarlikka tortiladi. 

Hayvonlar jinoyat subyekti  bo‘lishi mumkin emas, masalan, it biror-

bir odamni tishlab olsa yoki uning sog‘lig‘iga zarar yetkazsa, uni jinoyat 

subyekti deya olmaymiz. Sud-tergov amaliyotida aniqlanishi kerak bo‘lgan 

yagona holat bu, it jinoyat sodir etish quroli sifatida foydalanilganligi yoki 

foydalanilmaganligidir. Masalan, inson tomonidan o‘rgatilgan it buyruq 

berilishi natijasida inson sog‘lig‘iga zarar yetkazsa, bunda hayvon 

tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning egasi javobgarlikka tortiladi.  

Aytish kerakki, jinoiy javobgarlik shaxs bilan chambarchas 

bog‘langan bo‘lib, shaxs o‘zining ijtimoiy xavfli, qasddan yoki 

ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan qilmishi uchun javobgardir. Bu bilan 

mazkur holat jinoyat huquqining asoslantirilgan tamoyillari asosida 

shaxsning aybini belgilashda ongli va maqsadli jinoiy qilmishi uchun 

shaxsiy javobgarlik o‘rnatishga ruxsat beradi.  

Shunday qilib, yuridik shaxslarni yoki hayvonlarni emas, balki faqat 

insonlarni, ya’ni o‘z qilmishining xususiyatini va ijtimoiy xavflilik 

234 


 

darajasini anglab yetish qobiliyatiga ega bo‘lgan, o‘z qilmishiga hisob bera 

oladigan va ularni boshqara oladigan aqli raso jismoniy shaxslarni jinoiy 

javobgarlikka tortish mumkin. Agar ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan 

shaxs bunday qobiliyatga ega bo‘lmasa (aqli noraso bo‘lsa), jinoyat 

subyekti bo‘lmasligi mumkin.  

Shaxs  o‘z qilmishlariga javob bera olishi va jinoiy javobgarlikka 

tortilishi uchun u yetarli  yoshga yetganlik bilan bog‘liq holda qilmishini 

aniq anglay olish darajasiga ega bo‘lmog‘i ham lozim. Aniq anglay olish 

va ijtimoiy rivojlanish darajasi ma’lum yoshga yetish bilan paydo bo‘ladi, 

qachonki oila, maktab, ijtimoiy muhit ta’sirida nima yaxshiyu  nima 

yomon, qanday hollarda uning harakatlari jamiyat va boshqa insonlarga 

zarar yetkazishini tushunadi.  



Yosh  nafaqat jinoyat subyektining insonga xos bo‘lgan umumiy 

alomati, shuningdek, jinoiy javobgarlikning paydo bo‘lishi yosh bilan 

bog‘liq. Yosh chegarasini  o‘rnatishda qonun chiqaruvchi tomonidan 

ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganda jinoiy javobgarlikka tortilish 

masalasini hal etishga imkon yaratuvchi, shaxsning kerakli rivojlanish 

darajasi, hayotiy tajribasi barkamolligini aniqlash mumkin bo‘lgan talablar 

e’tiborga olinadi. Bundan tashqari, jinoyat yoshini o‘rganish jarayonida 

qonun chiqaruvchi tibbiyot, psixologiya, pedagogika va boshqa fanlar 

xulosalarini hisobga oladi, shuningdek, ko‘pchilik  o‘smirlar uchun odatiy 

bo‘lgan hayot yo‘lining turli bosqichlaridagi shakllanish va rivojlanish 

sharoitlaridan kelib chiqadi. 

Jinoyat qonuni yosh tushunchasini aks ettiruvchi maxsus normaga ega 

emas, u faqat, agar shaxs qandaydir jinoyat sodir etganda, jinoiy 

javobgarlikni vujudga keltiruvchi yosh chegaralarini ko‘rsatadi. 



2-§. Jinoiy javobgarlik kelib chiqadigan yosh  

JK 17-moddasi 1-qismi  holatiga ko‘ra, shaxs qonunda belgilangan 

yoshga yetmay turib jinoiy qilmish sodir etgan bo‘lsa, bu holda shaxs 

jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas, shuningdek, jinoyat subyekti 

bo‘lib ham hisoblanmaydi. 

235 

 


Yosh deganda, u yoki bu shaxsning alohida psixofiziologik holatini 

tavsiflovchi, tibbiy-biologik, ijtimoiy psixologik va huquqiy o‘zgarishlar 

bilan aloqador bo‘lgan davrning o‘tishi tushuniladi. 

Jinoyat qonunchiligi yosh to‘g‘risida hech qanday maxsus normalarni 

aks ettirmaydi, u faqat agar shaxs qandaydir jinoyat sodir etgan bo‘lsa, 

jinoiy javobgarlik necha yoshdan kelib chiqishini ko‘rsatadi xolos. Yosh 

tushunchasini jinoyat huquqi belgilaydi. 

NOTA BENE ! 

Yosh  deganda, u yoki bu shaxsning alohida psixo-fiziologik holatini 

tavsiflovchi, tibbiy-biologik, ijtimoiy psixologik va huquqiy o‘zgarishlar 

bilan aloqador bo‘lgan, tug‘ilishdan to inson hayotining qandaydir 

xronologik muddatigacha o‘tgan vaqtning kalendar davri tushuniladi. 

 

Boshqacha so‘z bilan aytganda, yuridik adabiyotlarda yosh 



subyektning yuridik belgisi sifatida insonning tug‘ilishidan to jinoyat sodir 

etishigacha bo‘lgan vaqtning miqdori bilan aniqlanadi

1



Umumiy qoidalarga ko‘ra, sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik 



shaxs 16 yoshga to‘lganda vujudga keladi. Voyaga yetmagan shaxs 

ijtimoiy ongining yetarli  darajasi  o‘z xulqini jamiyatda o‘rnatilgan 

qoidalarga moslashtirishni talab qilish imkonini beradi, shuning uchun 

voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlari uchun javobgarlikka 

tortilishlari mumkin. Faqat JK 17-moddasi 2, 3  va 4-qismlarida 

ko‘rsatilgan maxsus jinoyat tarkiblari uchungina javobgarlik 13, 14 yoki 

18 yoshdan vujudga keladi.  

Yosh chegarasini belgilashga bunday xususiy yondashuv shu bilan 

izohlanadiki, umumiy jinoyat yoshidan farqli ravishda ba’zi og‘ir va o‘ta 

og‘ir jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik vaqtliroq vujudga keladi. 

Xususan,  JK 17-moddasi 2-qismiga  ko‘ra, og‘irlashtiruvchi 

holatlarda qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddasi 2-qismi) jinoyati uchun 

1

 

См. подробнее: Коченов М.М. Теоретические основы судебно-психологической экспертизы. Автореф. дис. 



…докт  психол.  наук.  –  М.:  1991.  –  С.  34;  Боровых  Л.В.  Проблема  возраста  в  механизме  уголовно-правового 

регулирования. Автореф. дис. …канд. юрид. наук. – СПб.: 1993. – С.8; Щукина Г.И. Возрастные особенности 

школьника. – Л.: 1995. – С. 3; Михеев Р.И. Проблемы вменяемости, вины и уголовной ответственности (Теория 

и практика). Автореф. дис. …докт юрид. наук. – М.: 1995. – С. 17. 

236 

 

                                                           



javobgarlik 13 yoshdan vujudga kelishi mumkin. JK 17-moddasi 3-qismi 

ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgunga qadar 14 yoshga to‘lgan shaxsni 

jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning aniq 

chegarasini o‘rnatgan. 

Shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladigan yosh haqidagi umumiy 

qoidalardan istisno, ya’ni 13 yoshdan 16 yoshgacha shaxslar jinoyat 

subyekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyat tarkibi shunday zaruratdan kelib 

chiqqanki, berilgan jinoyat tarkiblari ijtimoiy xavfi  yuqori bo‘lgan 

jinoyatlarni tavsiflaydi. Ular og‘irlashtiruvchi holatlarni nazarda tutadigan, 

kvalifikatsiya qilinadigan yoki alohida kvalifikatsiya qilinadigan jinoyat 

tarkiblarini  o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, JK 17-moddasi 2-  va 3-

qismida sanab o‘tilgan jinoyatlar ikki obyektga tajovuz qiluvchi murakkab 

tarkibli jinoyatlar hisoblanadi yoki tajovuzni amalga oshirish aybning 

murakkab shaklini tashkil etuvchi qandaydir ijtimoiy xavfli oqibatlar 

keltirib chiqaradi yoki bu obyektlarga tajovuz boshqa mustaqil jinoyatni 

sodir etish orqali amalga oshiriladi. Masalan, o‘smir 15 yoshida ommaviy 

tartibsizliklarda (JK 244-moddasi) ishtirok etsa, uni bu norma orqali 

javobgarlikka tortish mumkin emas, chunki bu jinoyat uchun javobgarlik 

16 yoshdan vujudga keladi.  Shu bilan birgalikda, ommaviy tartibsizliklar 

Jinoyat kodeksining boshqa moddalarida ko‘rsatilgan shaxsga qarshi 

zo‘ravonlik harakatlari, bosqinchilik, o‘t qo‘yish, mulkka zarar yetkazish 

yoki yo‘q qilish hamda boshqa harakatlar bilan kuzatiladi hamda ular 

uchun javobgarlik 14 yoshdan belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, o‘smir 

qanday faktik harakatlar sodir etganidan qat’i nazar, uning harakatlari shu 

normalar orqali kvalifikatsiya qilinishi kerak. 

Ko‘rsatib o‘tilgan yoshning minimal chegarasi (13 va 14 yosh) qonun 

chiqaruvchi tomonidan, jinoyat qonunida belgilangan yoshga yetguniga 

qadar, shaxs JK bilan taqiqlangan u yoki bu qilmishining ijtimoiy xavfli 

ekanligini anglashi, o‘z irodasini, o‘z jinoiy xatti-harakatlarini sodir 

etishning birinchi damlaridayoq nazorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishidan 

dalolat beruvchi shaxsning psixologik va ijtimoiy rivojlanish 

237 

 


xususiyatlarini, shuningdek, kriminologik mezonlarini

1

  hisobga olgan 



holda o‘rnatiladi.  

Ba’zi hollarda esa shaxs jinoiy javobgarlikka faqat voyaga 

yetganidagina tortiladi

2

. Jumladan, JK 17-moddasi 4-qismi javobgarlikni 



18 yoshdan belgilagan. 

Bir qancha jinoyatlar muayyan bir sohadagi ijtimoiy munosabatlarga 

tajovuz qilib, ularning subyektlari faqatgina 18  yoshga to‘lgan shaxslar 

bo‘lishi mumkin. Bunday holatda gap jinoyat subyekti faqat voyaga yetgan 

shaxslar bo‘lishi mumkin bo‘lgan jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar, harbiy 

jinoyatlar va boshqa jinoyatlar haqida ketyapti. JK 17-moddasi 4-qismida 

ko‘rsatilgan ko‘pgina jinoyat tarkiblari aybdor shaxsning kasbiy yoki 

xizmat faoliyati bilan yoki normativ-huquqiy aktlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

kelib chiqadigan majburiyatlar bilan u yoki bu tarzda bog‘liq. Xususan, 

voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsizlarni  ta’minlashdan bo‘yin 

tovlash (JK 122-moddasi) yoki aksincha, ota-onasini moddiy 

ta’minlashdan bo‘yin tovlash (JK 123-moddasi) jinoyat turlari uchun 

jinoiy javobgarlik aybdor shaxsning O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi 64-  va 66-moddalari

3

  ko‘rsatmalaridan kelib chiqadigan 



1

 

Уголовный  кодекс  Республики  Узбекистан:  научно-практический  комментарий.  /  А.С.  Якубов,  М.Х. 



Рустамбаев и др.; отв. ред. А.С. Якубов. – Т.: Адолат, 1996 (автор Раздела – А.С. Якубов). – С. 36. 

2

 



Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси, 22-модда. 

3

 



Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси:  Ўн  иккинчи  чақириқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 

Кенгашининг  ўн  биринчи  сессиясида  1992  йил  8  декабрда  қабул  қилинган.  (2002  йил  27  январда  ўтказилган 

умумхалқ  референдуми  натижаларига  кўра  ҳамда  унинг  асосида  Ўзбекистон  Республикасининг  2003  йил  24 

апрелда  қабул  қилинган  Қонунига  мувофиқ  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  XVIII,  XIX,  XX, 

XXIII  бобларига  ўзгартиришлар  ва  қўшимчалар  қиритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2007  йил  11 

апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  89-моддасига,  93-

моддасининг  15-бандига,  102-моддасининг  иккинчи  қисмига  тузатишлар  киритилган.  Ўзбекистон 

Республикасининг  2008  йил  25  декабрда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 

йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 

иккинчи  қисмига  тузатиш  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2014  йил  16  апрелда  қабул  қилинган 

Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 

қўшимчалар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  6  апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  80-моддасининг  4-бандига,  81-моддасининг  еттинчи  қисмига, 

83-

моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-



моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 

Республикасининг  2017  йил  31  майда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-

моддаларига  ўзгартишлар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  29  августда  қабул  қилинган 

қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 

Т.: “Ўзбекистон”, 2017. -21, 23 б. 

238 

 

                                                           



majburiyatlari yoki harbiy xizmat fuqarolarning voyaga yetishi bilan 

o‘tashi kerak bo‘lgan majburiyati

1

  hisoblanadi. Bunday holatlar 



buzilishining zaruriy sharti shaxs 18 yoshga to‘lganidagina bo‘lishi 

mumkin. 


JK 17-moddasi  5-qismi  ko‘rilayotgan moddaning 2, 3, 4-qismlarida 

keltirilgan jinoyat tarkiblari aniq bo‘lgan qoidani o‘rnatadi, berilgan 

qismlarda sanab o‘tilmagan boshqa jinoyat tarkiblarining subyektlari 

jinoiy javobgarlik vujudga kelishining umumiy yoshi 16 yoshga to‘lgan 

shaxslar hisoblangan jinoyatlar taalluqli. 

Aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi voyaga 

yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni qo‘llashning insonparvarlik 

tamoyilini aks ettiruvchi bir qancha xususiyatlarini belgilab beradi. Bu o‘z 

xatti-harakatlari va ularning oqibatlarini anglab yetmagan  voyaga 

yetmagan shaxslar bilan bog‘liq. Xususan, bunday holatlarda voyaga 

yetmaganlar javobgarligi o‘ziga xosliklarini tartibga soluvchi normalar 

o‘rnatilgan Jinoyat kodeksining Umumiy qismi 6-bo‘limi talablari hisobga 

olinadi.  Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinoiy jazo tayinlashning 

o‘ziga xosliklariga ega maxsus normalar 18 yoshga to‘lgan, ya’ni voyaga 

yetgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi umumiy 

normalardan farqli ravishda jinoiy javobgarlikning yengilligi bilan ajralib 

turadi. 

Qonun tomonidan jinoiy javobgarlikning kelib chiqishi yuqori 

chegaralarining belgilanib qo‘yilishi  o‘zining aksini topmadi. Bu esa, 

qonunda ko‘rsatilgan yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxs hatto katta 

yoshda (70–80 yosh va h.k.) bo‘lsa ham, jinoiy javobgarlikdan ozod 

qilinmaydi. Biroq sud har bir alohida holatda Jinoyat kodeksining 54-

moddasi (Jazo tayinlashning umumiy asoslari) talablari asosida jinoiy 

jazoni individuallashtirish va uni tayinlashda jinoyat sodir etgan shaxsning 

yoshini e’tiborga olishi lozim.  

1

 



См.: Закон Республики Узбекистан от 12 декабря 2002 г. № 436-II «О всеобщей воинской обязанности и 

военной службе», ч.3 ст.4 // Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 2002 г., №12, ст.217; 2003 г., № 

9-

10, ст. 149; 2005 г., № 1, ст. 18; 2006 г., № 6, ст. 262. 



 

239 


 

                                                           



Har bir ish bo‘yicha majburiy tartibda ijtimoiy xavfli qilmish sodir 

etgan shaxsning aniq yoshi o‘rnatilishi lozim. Jinoyat kodeksida 

ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmish  sodir etgan voyaga yetmagan 

shaxsning yoshi jinoyat-protsessual qonuni hujjatlari asosida o‘rnatiladi 

(JPK 548-moddasi)

1

. Sud va tergov organlari jinoiy javobgarlikka 



tortilayotgan voyaga yetmagan shaxsning tug‘ilgan yilini, oyini va kunini 

aniqlashi lozim. «Ayni vaqtda, shu narsani e’tiborda tutish kerakki, shaxs 

tug‘ilgan kunidan boshlab emas, balki tug‘ilgan kuni o‘tganidan so‘ng, 

ya’ni ertasi kunning nol soatidan boshlab jinoyat uchun javobgarlik 

boshlanadigan yoshga to‘lgan deb hisoblanadi». Bu voyaga  yetgan, lekin 

yoshini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarga ham tegishli 

hisoblanadi. 

«Sudlar ishda albatta, voyaga yetmaganlarning tug‘ilish guvohnomasi 

yoki pasportidan fotonusxa mavjudligiga ahamiyat berishlari kerak. Ishda 

bunday hujjatlar  yo‘qligi aniqlangan taqdirda sudning o‘zi bunday 

kamchilikni bartaraf qilishi zarur». Ish materiallarida voyaga yetmagan va 

voyaga yetgan shaxslarning yoshi to‘g‘risidagi hujjatlari bo‘lmagan 

taqdirda, ularning yoshi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan aniqlanadi. 

«Sudlanuvchining yoshi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan 

aniqlanayotganda, uning tug‘ilgan kuni deb, ekspertlar aniqlagan yilning 

oxirgi kuni hisoblanadi. Yosh eng kam va eng ko‘p yillar miqdori bilan 

aniqlanganda, sud ekspertlar tomonidan belgilangan eng kam yoshdan 

kelib chiqishi lozim»

2



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling