Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


Murakkab ishtirokchilikda  ham jinoyat bir necha shaxslar 

tomonidan sodir etiladi, biroq ularning faoliyati belgilangan rollar 

taqsimoti, ya’ni jinoyatning bevosita bajaruvchisi qatorida tashkilotchi, 

dalolatchi, yordamchi yoki aqalli ulardan biri mavjudligi bilan 

xarakterlanadi. 

Murakkab ishtirokchilik ishtirokchilikning turi sifatida shu bilan 

xarakterlanadiki, jinoyat obyektiv tomonini tashkil etuvchi, JK Maxsus 

qismining muayyan moddasida nazarda tutilgan qilmish bevosita barcha 

ishtirokchilar tomonidan emas, faqat ulardan biri yoki bir nechasi 

tomonidan sodir etiladi. Boshqalar esa, jinoyat obyektiv tomonini 

bajarishda umuman ishtirok etishmaydi, hatto qisman bajarishmaydi va 

uning sodir etilishi jarayonida bevosita ishtirok qilishmaydi. Masalan, 

o‘g‘irlikning bir ishtirokchisi (tashkilotchisi) jinoyat sodir etilishini 

tashkillashtirdi, reja tuzdi, ishtirokchilarni yig‘di va hokazo, boshqa 

ishtirokchi (bajaruvchi) esa o‘zganing mulki yashirincha o‘g‘irlanishini 

bevosita sodir etdi, uchinchisi (yordamchi) o‘g‘irlangan mulkni olib ketish 

313 

 


uchun transport vositasini taqdim etdi va keyinchalik mol-mulkni o‘tkazdi, 

shundan so‘ng olingan mablag‘  barcha ishtirokchilar o‘rtasida bo‘lib 

olindi. 

Ishtirokchilikning  subyekt  mezoni  ishtirokchilar harakatlarining 

muvofiqligi darajasi, ularning aloqalari xarakteri bilan tavsiflanadi. Ushbu 

mezonga muvofiq ishtirokchilikning barcha holatlari oldindan 

kelishilmagan ishtirokchilik hamda oldindan kelishilgan ishtirokchilikka 

ajratiladi. 

NOTA BENE ! 

Oldindan til biriktirish  deganda, jinoyat ishtirokchilari o‘rtasida 

jinoyat sodir etish yoki jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish to‘g‘risida 

bunday harakatlarni amalga oshirishdan avval kelishib olish tushuniladi 

(JK Maxsus qismi sakkizinchi bo‘limi). 

 

Oldindan til biriktirilmagan ishtirokchilik  bevosita jinoyat sodir 

etish jarayonida yoki muayyan vaqt oralig‘ida ishtirokchilik jinoyatini 

amalga oshirish jarayonida bir vaqtning o‘zida (masalan, ikki shaxs 

jabrlanuvchiga tajovuz qilib, uni o‘lgunicha do‘pposlaydilar), shuningdek, 

muayyan vaqtdan so‘ng (masalan, bir shaxs do‘pposlashga tushadi, 

ikkinchisi bir ozdan so‘ng unga qo‘shiladi va ular birgalikda 

jabrlanuvchini  o‘ldirishadi) vujudga kelishi mumkin bo‘lgan oldindan 

(jinoyat sodir etilishidan oldin) til biriktirishning bo‘lmasligi bilan 

tavsiflanadi. Bunday ishtirokchilikda til biriktirilganlik darajasi minimal 

bo‘lib, jinoyat obyektiv tomonini tashkil qiluvchi harakatlar to‘liq yoki 

qisman amalga oshiriladi, ishtirokchilar o‘z harakati orqali boshqasining 

harakatini to‘ldiradi. 



Oldindan kelishilgan ishtirokchilikda  birgalikda jinoyat sodir etish 

haqida oldindan til biriktirib, shuningdek, jinoyat sodir etilishidan oldinroq 

til biriktirgan holda jinoyat sodir etiladi. Ishtirokchilikni kvalifikatsiya 

qilish uchun bu kelishuvga erishilganidan so‘ng qancha vaqt o‘tganligi 

ahamiyatga ega emas. Vaqt katta hamda kichik oraliqlarda hisoblanishi 

mumkin: daqiqalar, soatlar, sutkalar, oylar, yillar va hokazo. Ishtirokchilar 

314 

 


o‘rtasida u yoki bu jinoyatni sodir etish yuzasidan kelishuv og‘zaki yoki 

yozma, til biriktiruv, shartli belgi, boshni chayqatish, imo-ishora va boshqa 

shu kabi shakllarda ifodalanishi mumkin. Oldindan til biriktirish 

tomonlarning ko‘zda tutilayotgan jinoyatning birgalikda sodir etilishidan 

xabardorligidan, uni sodir etishda har bir ishtirokchining o‘z vazifalarini 

bilishi, hamjihatlikning nisbatan yuqori darajasi bilan tavsiflanadi. 

Ishtirokchilik turlari uning shakllari bilan chambarchas bog‘liq. 

Birgalikdagi jinoiy faoliyatning muayyan holatlarida ishtirokchilikning har 

xil turlari va shakllari bo‘lishi mumkin. Oldindan til biriktirish 

ishtirokchiligi bir guruh shaxslar, uyushgan guruh, jinoiy uyushma 

tomonidan oldindan til biriktirib sodir etiladigan jinoyatlarda bo‘ladi. O‘z 

navbatida, ishtirokchilikning keyingi ikki shakli ko‘pincha,  harakatdagi 

shaxslar o‘rtasida rollar taqsimoti bilan (ishtirokchilikning murakkab turi), 

kamroq holatlarda esa birgalikda bajaruvchilik turi (ishtirokchilikning 

oddiy turi) sifatida ifodalanishi mumkin. 

Ishtirokchilikni turlarga ajratish muhim yuridik ahamiyatga ega, bu 

ishtirokchilar harakatlari tasnifini to‘g‘ri aniqlashga imkon yaratadi. 

Xususan, oddiy ishtirokchilikda bajaruvchilar harakatlari faqat JK Maxsus 

qismi moddasi bo‘yicha JK 28-moddasiga (ishtirokchilar turlari) izoh 

qilmasdan kvalifikatsiya qilinadi, chunki ularning o‘zlari muayyan jinoiy 

qilmishning  obyektiv tomonini to‘liq yoki qisman bajarishadi. Murakkab 

ishtirokchilikda esa, aksincha. Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi kabi 

ishtirokchilarning harakatlari jinoyat  obyektiv tomonini bevosita 

bajaruvchisining harakatlari kabi JK Maxsus qismining o‘sha moddasi 

bo‘yicha, biroq JK 28-moddasi tegishli qismiga izoh qilgan holda 

tasniflanadi (ular bir vaqtning o‘zida jinoyatning birgalikda bajaruvchilari 

bo‘lgan holatlardan tashqari). 

Demak, ishtirokchilik shakllari haqidagi masalaga qaytgan holda 

shuni ta’kidlab o‘tamizki,  JK 29-moddasi 1-qismiga  asosan,  jinoyatdagi 

ishtirokchilik shakllari sifatida oddiy ishtirokchilik; murakkab 

ishtirokchilik; uyushgan guruh; jinoiy uyushma tan olinadi. 

315 


 

JK 29-moddasi 2-qismida ishtirokchilikning eng kam xavfli shakli – 

oddiy ishtirokchilik tushunchasi belgilangan. 

NOTA BENE ! 

Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir 

etishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik  deb topiladi (JK 29-moddasi 2-

qismi). 

 

Oldindan kelishuv mavjud emasligi ishtirokchilik mazkur shaklining 



asosiy xususiyatidir. Oddiy ishtirokchilik, garchi ishtirokchilar o‘rtasida 

rollar taqsimoti bo‘lsa-da, doimo birgalikda bajaruvchilikni taqozo etadi 

(birgalikda aybdorlik). 

Rollar taqsimoti ishtirokchilikning murakkab shakllariga, ayniqsa, 

uyushgan guruhga va jinoiy uyushmaga ko‘proq xos ekanligiga qaramay, 

sud amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, jinoyat sodir etish tashabbusi o‘z 

harakatlari bilan go‘yoki boshqa birga bajaruvchining harakatlariga 

namuna ko‘rsatayotgan bir bajaruvchidan chiqishi mumkin. Biroq bu holat 

jinoyat tashabbuskori ahamiyatini hech ham o‘zgartirmaydi va uning 

harakatlari bajaruvchi qilmishi belgilari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi, 

rollar taqsimoti esa tashabbuskor-bajaruvchi qilmishi bilan qamrab olinadi. 

Ishtirokchilikning mazkur shakli minimal darajada muvofiqlashgan 

bo‘lib, bu jinoyat boshlanishi paytiga qadar kelishib olish imkoni yo‘qligi 

bilan izohlanadi. Ishtirokchilikning ushbu shakli ayrim shaxslarning 

boshqalar allaqachon boshlab qo‘ygan jinoiy tajovuziga qo‘shilish 

imkoniyatini nazarda tutadi. 

Jinoyatda ishtirokchilikning eng keng tarqalgan va eng xavfli shakli – 

bu murakkab ishtirokchilikdir. 



NOTA BENE ! 

Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir 

etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi (JK 29-

moddasi 3-qismi)

 

316 



 

Ishtirokchilikning bu shakli uchun asosiy element bo‘lib, ikki yoki 

undan ortiq shaxsning jinoyat sodir etish boshlangunga qadar, shuningdek, 

JK Maxsus qismida ko‘rsatilgan jinoiy qilmishning (jinoiy faoliyatning 

emas) hech bo‘lmaganda bir kishi tomonidan sodir etish boshlanguncha til 

biriktirilganligi hisoblanadi. 

Kelishuv natijasida ishtirokchilarga tayyorlanayotgan jinoyat haqida 

umumiy ma’lumotlar ma’lum bo‘ladi. Kelishuv og‘zaki yoki yozma 

shaklda bo‘lishi mumkin. Odatda, kamroq ishtirokchilar konklyudent 

harakatlar (jimgina rozilik) natijasida ahdlashuvga erishishadi. 

Oldindan muvofiqlashtirilgan jinoyat birgalikda bajarilishi ham, rollar 

taqsimlangan holda sodir etilishi ham mumkin (tor ma’nodagi 

ishtirokchilik). Tashkilotchi, shuningdek, o‘zi tashkilotchi, dalolatchi yoki 

yordamchi vazifalarini bajarishi ham mumkin. Ushbu holatlarda jinoyatni 

kvalifikatsiya qilishda, muayyan jinoyatni ko‘rsatish bilan birga JK 

Umumiy qismining jinoyatning tashkilotchisiga doir tushunchalar 

ko‘rsatilgan, ya’ni JK 28-moddasi 3-qismiga ishora qilish lozim, zotan 

unda tashkilotchilik uchun dalolatchi va  yordamchiga nisbatan og‘irroq 

javobgarlik ko‘zda tutiladi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy sudi Plenumi ham bir necha bora ta’kidlab o‘tgan, unga 

ko‘ra, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan 

jinoyat to‘g‘risidagi ayblov hukmining tasvirlov qismida har bir ishtirokchi 

tomonidan qanday jinoiy harakatlar amalga oshirilganligi aniq ko‘rsatib 

o‘tilishi shart

1



Shuni ta’kidlash kerakki, jinoyatda ishtirokchilik oldindan til biriktirib 

birgalikda bajarish shaklida (murakkab ishtirokchilik) va ushbu holatsiz 

(oddiy ishtirokchilik) shaklida, qonun chiqaruvchi tomonidan ayrim 

jinoyatlar tarkibida kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida ko‘zda tutiladi. JK 

Maxsus qismi moddalari dispozitsiyasida mazkur kvalifikatsiyalovchi 

belgilar «bir guruh shaxslar tomonidan» (JK 97-moddasi 2-qismi «p» 

bandi, 235-moddasi 2-qismi «v» bandi), «bir guruh shaxslar tomonidan 

1

 



См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 2 мая 1997 г. № 2 «О судебном 

приговоре»  (с  изменениями  и  дополнениями,  внесенными  постановлениями  Пленума  Верховного  суда 

Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10, 19 декабря 2003 г. № 20 и 3 февраля 2006 г. № 5) // Сборник, 

Т.1. – С. 338. 

317 

 

                                                           



oldindan til biriktirib» (190-moddasi 2-qismi «b» bandi), «oldindan til 

biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan» (JK 244

1

-moddasi 3-qismi 



«a» bandi) kabi tushunchalar orqali namoyon bo‘ladi. 

Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda «bir guruh shaxslar tomonidan 

oldindan til biriktirib» jumlasi juda kam, asosan, shaxsga qarshi 

jinoyatlarda uchraydi (masalan, JK 97-moddasi  2-qismi «p» bandi, 104-

moddasi 2-qismi «k» bandi, 118-moddasi 2-qismi «v» bandi). Shuni aytib 

o‘tish joizki, jinoiy javobgarlik uchun birgalikdagi ishtirokchilar uchun 

oldindan til biriktirilganlik belgisi ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Qonun 

ushbu jinoyatning yuqoriroq ijtimoiy xavfini faqat jinoyat ikki yoki undan 

ortiq shaxs tomonidan amalga oshirilganligi bilan bog‘laydi. Aniqlanishi 

zarur bo‘lgan birgina holat –  barcha birgalikdagi ishtirokchilarda ushbu 

jinoiy qilmishni sodir etishga bo‘lgan qasd mavjudligidir. Agar ushbu 

holat qolgan ishtirokchilar ongini qamrab olmasa, unda ushbu band 

bo‘yicha kvalifikatsiya qilishning iloji yo‘q. 

Shuni nazarda tutish lozimki, alohida jinoyat tarkibi konstruksiyasida 

uyushgan guruh kvalifikatsiyalovchi belgisi mavjud bo‘lmaganda, biroq 

jinoyat amalda uyushgan guruh tomonidan amalga oshirilsa, mazkur holat 

JK 56-moddasi «m» bandiga muvofiq, jazoni og‘irlashtiruvchi holat 

sifatida hisobga olinishi lozim. Ushbu qoida xuddi shunday holatda jinoyat 

uyushgan guruh va jinoiy uyushma tomonidan sodir etilganda ham 

qo‘llaniladi. 

«Bir guruh shaxslar tomonidan» iborasi qo‘llanganda faqat jinoyatni 

birgalikda bir joyda va bir vaqtda bajaruvchi ishtirokchilar harakatlari 

tushunilishi sud-tergov amaliyoti tomonidan tasdiqlanadi. Masalan,  Oliy 

sud Plenumi tushuntirishlariga ko‘ra, «Jabrlanuvchiga nisbatan zo‘rlik 

ishlatib, uni hayotdan mahrum qilish jarayonida bevosita ishtirok etgan 

ikki yoki undan ortiq shaxsning harakatlari JK 97-moddasi ikkinchi 

qismining «p» bandi bilan kvalifikatsiya  qilinadi. Bunda o‘limga sabab 

bo‘lgan shikast ishtirokchilarning har biri tomonidan yetkazilgan bo‘lishi 

shart emas (masalan, ishtirokchilardan biri jabrlanuvchining qarshiligini 

bartaraf etib, uni o‘zini himoya qilish imkoniyatidan mahrum etgan, 

boshqasi esa, unga halok etuvchi shikast yetkazgan). 

318 


 

Qasddan odam o‘ldirishda bevosita ishtirok etmagan hamda jabr-

lanuvchiga nisbatan jismoniy zo‘rlik ishlatmagan, biroq o‘zgalar 

tomonidan qotillik sodir etilishida ko‘maklashgan boshqa shaxslarning 

harakatlari Jinoyat kodeksi 28-, 97-moddasining tegishli qismi bo‘yicha 

kvalifikatsiya qilinadi»

1



Masalan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir 

etilgan talon-toroj deganda, bu jinoyatni sodir etishga oldindan kelishib 

olgan ikki yoki undan ortiq shaxs qatnashgan talon-toroj tushuniladi. Bu 

yerda gap bajaruvchiga jinoyat qurollarini taqdim etish, obyekt  rejasini 

tuzish, qimmatliklarga ega shaxslarni ko‘rsatish va hokazolar haqida emas, 

balki qonun bilan qo‘riqlanadigan  obyektga ikkitadan kam bo‘lmagan 

shaxslarning bevosita tajovuzi haqida ketmoqda. 

Ta’kidlash joizki, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib 

o‘zgalar mulkini talon-toroj qilishda ifodalanadigan mulkka qarshi 

jinoyatlarni sodir etishda ishtirokchilarning barchasi tajovuzni amalga 

oshirishi majburan shart emas. Tajovuz ularning biri tomonidan amalga 

oshirilishi va jinoyat obyektiv tomonini qisman sodir etgan boshqa 

ishtirokchilarning qasdi bilan birinchisining harakatlari qamrab olinishi 

muhimdir. Aks holda, gap faqatgina bajaruvchi eksessi haqida borishi 

mumkin. 

Alohida holatni mansabdor shaxslarning oldindan til biriktirishi 

tashkil etadi. Bunda ishtirokchilar tarkibi maxsus subyektlar – mansabdor 

shaxslardan iborat bo‘lishi lozim, aks holda mazkur asos bo‘yicha 

javobgarlikka tortish qonuniy bo‘lishi mumkin emas. Masalan: «jinoyatni 

sodir etishda avvaldan, ya’ni jinoyat boshlanguncha kelishib olgan ikki 

yoki undan ortiq mansabdor shaxs ishtirok etgan bo‘lsa, pora olish bir 

guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda sodir 

etilgan hisoblanadi. Jinoyat mansabdor shaxslardan loaqal biri pora olgan 

paytdan e’tiboran tugallangan deb hisoblanadi»

2



1



 

См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 24 сентября 2004 г., № 13  «О 

судебной практике по делам об умышленном убийстве» // Сборник, Т.2. – С. 466. 

2

 



См.:  Постановление  Пленума  Верховного  суда  Республики  Узбекистан  от  24  сентября  1999  г.  №  19  «О 

судебной практике по делам о взяточничестве» (с изменениями и дополнениями, внесенными постановлением 

Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10) // Сборник, Т.1. – С. 482. 

319 


 

                                                           



Agar Maxsus qism normasi «oldindan til biriktirib» degan ta’rif bilan 

cheklangan bo‘lsa, kvalifikatsiya qilinadigan holatlarni belgilashda, uni 

jinoiy guruh yoki jinoiy uyushma sifatida talqin qilib bo‘lmaydi. 

Uyushgan guruh  –  oddiy va murakkab ishtirokchilikka nisbatan 

xavfliroq ishtirokchilik shaklidir. 



NOTA BENE ! 

Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borishi 

uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi (JK 

29-moddasi 4-qismi). 

 

Ushbu ishtirokchilik shakli oldindan til biriktirish, barqarorlik, 



vazifalarning taqsimlanishi, bir qancha jinoyat sodir etish maqsadida 

tuzilganligi kabi qator o‘ziga xos belgilar bilan tavsiflanadi. 



Uyushgan guruh barqarorligi  deganda, guruh ishtirokchilari 

o‘rtasidagi doimiy aloqadorlik va jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish 

yoxud bir yoki bir necha marotaba jinoyat sodir etishning maxsus 

usullaridan foydalanish tushuniladi. 

Obyektiv tomondan barqarorlik ikkiyoqlama tavsiflanadi: birinchidan, 

tashkilotchi (rahbar) shaxsining jinoiy faoliyatni amalga oshirish maqsadi 

asosida tashkil etilgan guruh o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, umumiy jinoiy 

maqsad va manfaat, jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida vazifalarning 

taqsimlanganligi; ikkinchidan, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 

maxsus usullardan foydalanish, guruhdagi qat’iy tartib, doimiy nazorat va 

guruh a’zolari harakatini boshqarish, yuqori darajada kelishganlik va 

uyushganlik. 

«Jumladan, jinoiy faoliyatning oldindan rejalashtirilganligi, jinoiy 

qasdni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vositalarning tayyorlanishi, 

ishtirokchilarni tanlash, yollash va ular o‘rtasida vazifalarning 

taqsimlanishi, jinoyatni yashirish choralarini ta’minlash, guruhda 

o‘rnatilgan intizomga va tashkilotchining ko‘rsatmalariga bo‘ysunishlik 

jinoiy guruhning uyushganligidan dalolat beradi»

1



1



 

См.:  Постановление  Пленума  Верховного  суда  Республики  Узбекистан  от  20  декабря  1996  г.  №  37  «О 

судебной  практике  об  угоне  транспортных  средств»  (с  изменениями  и  дополнениями,  внесенными 

320 


 

                                                           



Shuni  aytish  kerakki, Oliy sud instansiyasi uyushgan guruh jinoiy 

ishtirokchilik shaklini ifodalovchi u yoki bu belgilar yuzasidan 

tushuntirishlarni doimo yoritib boradi. Jumladan, O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarida uyushgan guruhni tavsiflovchi 

belgilarni aniqlash yuzasidan tushuntirishlar berilgan. Xususan, qayd 

etiladiki, «uyushgan guruh deganda, transport vositalarini olib qochish 

yoki boshqa jinoyatlarni sodir etish maqsadida ikki yoki undan ko‘p 

shaxslarning barqaror birlashmasi tushunilishi kerak»

1

. Mazkur qoida 



uyushgan guruh belgilari bo‘yicha sodir etilgan boshqa jinoyatlarni 

kvalifikatsiya qilishga ham birday tegishlidir. 

«Jinoiy guruhni uyushgan deb kvalifikatsiya qilish uchun asosiy 

mezon tariqasida, masalan, guruhning barqarorligini, unda tashkilotchining 

bo‘lishini, odatda, bir necha jinoyatni sodir etish maqsadida tuzilganligini, 

jinoyatni amalga oshirish rejasi va yo‘l-yo‘rig‘i ishlanganligini, har bir 

ishtirokchi 

o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligini, texnika bilan 

ta’minlanganligini, jinoyatni yashirish choralari ko‘rilganligini, umumiy 

intizomga va jinoiy guruh tashkilotchisining ko‘rsatmalariga itoat 

qilinishini va shu kabilarni hisobga olish lozim»

2



Jinoiy faoliyat uyushgan guruhning (jinoiy uyushmaning ham) asosiy 

tavsiflaridan biridir. Uyushgan guruh faoliyati ma’lum darajada bir necha 

marotaba jinoyat sodir etishga, o‘z faoliyatini muayyan vaqt oralig‘idagi 

davomiylikka qaratadi. 

Uyushgan guruhning jinoiy faoliyati tizimli xarakterga ega. U jinoyat 

sodir etish hisobiga mavjud bo‘ladi va bu uyushgan guruh alohida 

a’zolarining va butun guruhning malakasidan guvohlik beradi. Qonunning 

uyushgan guruh va uning a’zolariga nisbatan qattiqligi ham shu bilan 

izohlanadi, chunki ijtimoiy xavfli, huquqqa xilof qilmishlar guruh a’zolari 

tomonidan jinoiy faoliyatga aylantiriladi. 

постановлением Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10, 3 февраля 2006 г. 

№ 5) // Сборник. Т. I. – С. 321. 

1

 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  1996  йил  20  декабрдаги  «Транспорт 



воситаларини  олиб  қочиш  ишлари  бўйича  суд  амалиёти  ҳақида»ги  37-сонли  қарори,  5-банд,  1-хатбоши  // 

Тўплам, 1-жилд. – 73-б. 

2

 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  1995  йил  27  октябрдаги  «Гиёҳвандлик 



воситалари  ёки  психотроп  моддалар  билан  қонунга  хилоф  равишда  муомала  қилишга  оид  жиноят  ишлари 

бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 21-сонли қарори, 3-банд, 3-хатбоши // Тўплам, 1-жилд. – 35-б. 

321 

 

                                                                                                                                                                                                 



Barqarorlik va jinoiy faoliyat kabi belgilar, uyushgan guruhning 

oldindan til biriktirib birgalikda jinoyat sodir qilishi murakkab 

ishtirokchilik, ya’ni oldindan til biriktirgan bir guruh shaxslardan 

farqlovchi asosiy tafovutidir. 

Uyushgan guruhni xususiyatlovchi belgilardan biri –  bu uning 

barqaror ekanligidir. Bunda tashkilotchi jinoiy rejani tuzadi, ishtirokchilar 

o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ular faoliyatini yo‘naltiradi va guruhdagi 

tartibni mustahkamlaydi, shuningdek, guruh intizomini nazorat qiladi va 

hokazo. Bundan tashqari, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til 

biriktirib sodir etiladigan jinoyatlar bir martalik tajovuzga qaratilgan 

bo‘ladi, uyushgan guruh, qoida tariqasida, mazkur guruhning jinoiy 

faoliyatidan darak beruvchi bir necha marta jinoyat sodir etishga 

yo‘naltiriladi (qaratiladi). 

Uyushgan jinoiy guruh ishtirokchilari harakatini kvalifikatsiya qilish 

oldindan til biriktirib, jinoyat sodir etishdan farq qiladi. Agar jinoyat 

oldindan til biriktirgan holda bir necha bajaruvchilar tomonidan sodir 

etilgan bo‘lsa, u faqat Maxsus qismdagi tegishli moddaning o‘zi bilan 28-

moddani qo‘llamagan holda kvalifikatsiya qilinadi. Uyushgan guruh 

tomonidan jinoyat sodir etilganda ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdagi 

vazifasi qanday bo‘lganligidan qat’i nazar (tashkilotchi, bajaruvchi, 

dalolatchi, yordamchi, ishtirokchi), Jinoyat kodeksining 28-moddasini 

qo‘llagan holda javobgarlik belgilanadi. «Uyushgan guruh tarkibida 

transport vositasini olib qochishda  qatnashgan shaxslarning harakatlarini, 

ularning har birining rolidan qat’i nazar, ishtirokchilik deb topishlik 

lozim»

1



Masalaning bu kabi hal etilishi JK 30-moddasi 3-qismida 

mustahkamlangan qoida bilan bog‘liq bo‘lib, unga muvofiq, «uyushgan 

guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki unga rahbarlik qilgan 

shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan jinoyatlar uchun, basharti, bu 

jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan bo‘lsa, javobgarlikka 

tortiladilar». 

1

 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  1996  йил  20  декабрдаги  «Транспорт 



воситаларини  олиб  қочиш  ишлари  бўйича  суд  амалиёти  ҳақида»ги  37-сонли  қарори,  5-банд,  4-хатбоши  // 

Тўплам, 1-жилд. – 73-б. 

322 

 

                                                           



(Ishtirokchilarning javobgarligi doirasi haqida batafsilroq shu bobning 

4-§ ga qarang.) 

Sud-tergov amaliyotida uyushgan guruh a’zolaridan biri bir jinoyatni 

sodir etishda ishtirok etib, keyin o‘zining jinoiy faoliyatini to‘xtatgan 

hollar ham uchrab turadi. Bunday hollarda ularning jinoiy qilmishlari 

sonidan qat’i nazar, u uyushgan guruh tarkibida jinoyat sodir etganligi 

uchun (o‘zi buni anglagan hollarda) jinoiy javobgarlikka tortiladi. Shunday 

holatlar uchun JK Maxsus qismida «jinoyat uyushgan guruh a’zosi yoki 

uning manfaatlari yo‘lida sodir etilsa» degan birikma ko‘rsatib  o‘tiladi 

(masalan, JK 97-moddasi 2-qismi «p» bandi, 104-moddasi 3-qismi «g» 

bandi). 

Shuni nazarda tutish lozimki, alohida jinoyat tarkibi konstruksiyasida 

uyushgan guruh belgisi mavjud bo‘lmaganda (masalan, JK 114-moddasi), 

biroq jinoyat amalda uyushgan guruh tomonidan amalga oshirilsa, mazkur 

belgi JK 56-moddasi «m» bandiga muvofiq, jazoni og‘irlashtiruvchi holat 

sifatida hisobga olinishi lozim. 

Tashkil etiladigan jinoiy uyushma sodir etmoqchi bo‘lgan 

jinoyatlarning xavfliligini inobatga olib, qonun chiqaruvchi jinoiy 

uyushmaning  o‘zini va undagi ishtirokchilarni JK 242-moddasi belgilari 

bo‘yicha mustaqil jinoyatlarga kiritadi va shu bilan jinoiy uyushmaning 

amalda jinoyat sodir etganligi yoki etmaganligidan qat’i nazar, tashkil 

etilishining dastlabki bosqichidanoq jinoiy jazoga tortilishini 

mustahkamlaydi. Bunda jinoiy uyushgan guruhni qurollangan deb topish 

uchun, uning hatto bir a’zosida qurol (o‘qotar, sovuq) mavjudligi kifoya 

qiladi. Jinoiy jazoga sazovor bo‘lish uchun, shunday qurolli uyushgan 

guruhni tuzishning o‘zi  yetarli, ya’ni uyushgan qurolli guruh tuzilgan, 

unga rahbarlik qilish yoxud a’zo bo‘lishga rozilik berilgan paytdan 

boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi. Uyushgan qurolli guruh 

tomonidan amalga oshirilgan konkret jinoyatlarni JK 242-moddasi 2-qismi 

bo‘yicha JK Maxsus qismining tegishli moddalari jami bilan kvalifikatsiya 

qilish lozim. 

323 


 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling