Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


Obyektiv jihatidan 

mudofaa chegarasidan chetga chiqish 

himoyalanishning tajovuz xarakteriga va xavfiga ochiq-oydin butunlay 

muvofiq kelmasligidan iborat. Bunda tajovuzchiga juda katta zarar, jinoiy 

398 

 


harakatni amalga oshirishdan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararga 

nisbatan ancha og‘irroq zarar yetkaziladi. Bunday hollarda, himoya qilish 

zaruriy bo‘lmaydi va muvofiq bo‘lmaydi. Bunday himoya qilish so‘zsiz 

holda tajovuzning xarakteri bilan ham, xavfi bilan ham, u sodir bo‘lgan 

haqiqiy vaziyat bilan ham keltirib chiqarilmagan mudofaa vositalari va 

usullarini qo‘llash oqibati bo‘lishi mumkin.  

Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish faqat qat’iy belgilangan 

holatda  –  zaruriy mudofaa holatida bo‘lishi mumkin, bu esa muayyan 

qilmishda zaruriy mudofaa qonuniyligining barcha shartlari mavjud 

bo‘lishini talab etadi. Ayni paytda, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga 

chiqish shaxs xayoliy tajovuzdan himoya qilishni amalga oshirgan hollarda 

–  xayoliy mudofaa holatlarida ham yuzaga kelishi mumkin. Jumladan, 

xayoliy mudofaada shaxsning harakatlari bilan tegishli haqiqiy tajovuz 

sharoitida yo‘l qo‘yiladigan zararning chegarasidan ochiq-oydin chetga 

chiqadigan zarar yetkazilgan bo‘lsa, ular zaruriy mudofaa chegarasidan 

chetga chiqish deb malakalanishi lozim.  



Subyekt  jihatidan  zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish 

aybning qasddan bo‘lgan turiga kiradi. «Tajovuzchiga uning hujumini 

qaytarish vaqtida ehtiyotsizlik bilan yetkazilgan zarar jinoiy javobgarlikni 

keltirib chiqarmaydi»

1



Ayni paytda yuzaga kelgan jinoiy oqibatlar yuzasidan mudofaa-



lanuvchida faqat o‘ziga ishonish yoki ehtiyotsizlik tariqasidagi aybning 

ehtiyotsiz turi bo‘lishi mumkin, qasd esa zaruriy mudofaa chegarasidan 

chetga chiqishdan iborat bo‘lgan qilmishning o‘zida mavjud bo‘ladi. 

Masalan, «zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga 

og‘ir tan jarohati yetkazilganlik tajovuzchining o‘limiga olib kelsa, 

himoyalanuvchining aybi tajovuzchining o‘limiga nisbatan ehtiyotsizlik 

oqibatida yuz bergan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 107-moddasi bilan 

tavsiflanishi  kerak»

2

. Yuzaga kelgan oqibatlarga nisbatan faqat aybning 



qasddan bo‘lgan shakli mavjud bo‘lishiga asoslangan ushbu masalani 

1

 



Ўша жойда. 

2

 



Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  1996  йил  20  декабрдаги  «Ижтимоий  хавфли 

тажовузлардан  зарурий  мудофаа  ҳуқуқини  таъминловчи  қонунларнинг  судлар  томонидан  қўлланилиши 

ҳақида»ги 39-сонли қарори, 7-банд. 

399 


 

                                                           



boshqacha hal etish jinoiy javobgarlik chegarasini asossiz toraytirib, JK 

vazifalari hal etilishiga yordam bermaydi. Agar zaruriy mudofaa 

chegarasidan chetga chiqishda mudofaalanuvchi jinoiy oqibatlar yuzaga 

kelishi mumkinligini anglab yetgan va ularning yuzaga kelishini istagan 

yoki ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, uning harakatlari tegishlicha 

qasddan sodir etilgan mustaqil jinoyat deb malakalanishi lozim. Bunda 

zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish alomatiga ko‘ra malakalash 

talab etilmaydi, lekin bu holat sud tomonidan,  albatta,  yengillashtiruvchi 

holat sifatida hisobga olinishi lozim.  

Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishda subyekt  tomonning 

majburiy elementi mudofaalanuvchi o‘z oldiga qo‘ygan  o‘ziga xos 

maqsad, ya’ni huquq bilan himoyalanadigan manfaatga tajovuzdan 

himoya qilish, bunday tajovuzga javob berish bo‘ladi. Bu maqsadning 

yo‘qligi mudofaalanuvchining harakatlarini zaruriy mudofaa chegarasidan 

chetga chiqish bilan sodir etilgan deb malakalashga imkon bermaydi.  

Agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishning oqibatida 

tajovuzchining  o‘limi yuz bersa yoki unga og‘ir tan jarohati yetkazilsa, u 

holda mudofaalanuvchi mos holda JK 100-  va 107-moddalari bo‘yicha 

jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim. JK ning ushbu moddalari bo‘yicha 

zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishda malakalash, shuningdek, u 

yoki bu jinoyatning malakalovchi alomatlari mavjud bo‘lganda ham 

o‘tkazilishi lozimligini unutmaslik lozim. Jumladan, «zaruriy mudofaa 

chegarasidan   chiqib   odam   o‘ldirish   Jinoyat   kodeksi  97 - moddasi  

2-qismining «a, b, d, j, r, s» bandlarida ko‘rsatilgan holatlarda sodir etilgan 

hollarda ham Jinoyat kodeksining 100-moddasi bilan tavsiflanishi lozim»

1

  

va JK 107-moddasi bo‘yicha ham shunday malakalanish o‘tkazilishi kerak. 



Tergov va sud organlari, shuningdek, «zaruriy mudofaa chegarasidan 

chiqib, sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish, qasddan og‘ir yoki o‘rtacha 

og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlarini kuchli hayajonlanish holatida yuz 

bergan odam o‘ldirish, og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohatlari yetkazish 

jinoyatlaridan farq qila bilishlari kerak. Bu yerda shuni nazarda tutish 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  1996  йил  20  декабрдаги  «Ижтимоий  хавфли 



тажовузлардан  зарурий  мудофаа  ҳуқуқини  таъминловчи  қонунларнинг  судлар  томонидан  қўлланилиши 

ҳақида»ги 39-сонли қарори, 9-банд. – 79-б.

 

400 


 

                                                           



kerakki, kuchli ruhiy hayajonlanish oqibatida sodir etilgan jinoyatlarda 

jabrlanuvchiga zarar yetkazish  himoyalanish maqsadida bo‘lmaydi, 

demak, zaruriy mudofaa holatida ham yuz bermaydi. Bundan tashqari, 

jabrlanuvchining xatti-harakatlari tufayli to‘satdan yuz bergan ruhiy 

hayajonlanish jinoyatlari (Jinoyat kodeksining 98-, 106-moddalari) xuddi 

shunday hayajonlanish ta’siri ostida vujudga keladi, zaruriy mudofaa 

chegarasidan chiqib sodir etilgan jinoyatlar uchun esa bunday belgi 

bo‘lishi shart emas. 

Agar himoyalanuvchi to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish 

oqibatida zaruriy mudofaa chegarasidan chiqsa, ayblanuvchining harakati 

Jinoyat kodeksining 100- yoki 107-moddalari bilan tavsiflanishi kerak»

1



Shaxsning harakatlarida zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish 

malakalanganda huquqni muhofaza qilish organlari faqat umumiy 

ifodalash bilan cheklanmasligi lozim. Zaruriy mudofaa chegarasidan 

chetga chiqish mavjudligi to‘g‘risidagi xulosa ishning muayyan holatlariga 

asoslanishi lozim, bunda «himoyaning hujum xarakteri va xavflilik 

darajasiga butunlay nomuvofiq ekanligini anglatuvchi»

2

  xulosa,  albatta, 



ko‘rsatilishi lozim. 

Zaruriy mudofaa huquqining subyekti unga qarshi tajovuz qilingan 

yoki boshqa shaxslarga, jamiyat yoki davlatga qarshi qaratilgan tajovuzga 

mustaqil javob beruvchi istalgan jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Bunda 

ushbu subyektning layoqati ahamiyatga ega emas. Shuningdek, shaxsning 

lavozim va jamoat maqomi ham ahamiyatga ega bo‘lmaydi; zaruriy 

mudofaa huquqi har bir insonga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi va u 

ham oddiy fuqaro tomonidan, ham chet el fuqarosi, mansabdor shaxs, 

jamoat arbobi va boshqalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 



Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishning subyektlari 

faqat tegishli jinoyatning subyektlari bo‘lgan shaxslar bo‘lishi mumkin. 

Jumladan, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishda o‘lim yoki og‘ir 

tan jarohati yetkazilishi uchun faqat 16 yoshga  yetgan aqli raso 

shaxslargina javobgarlikka tortilishi mumkin. 

Ўша жойда, 8-банд. – 78–79-б.



 

2

 



Ўша жойда, 11-банд. – 79-б. 

401 


 

                                                           



Zaruriy mudofaa huquqi har bir insonning mutlaqo shaxsiy, ma’naviy 

huquqi bo‘lib, shaxs, jamiyat yoki davlatning manfaatlariga ijtimoiy xavfli 

tajovuz sodir etilishi oqibatida yuzaga keladi. Shuning uchun har bir inson 

o‘zining zaruriy mudofaa huquqidan foydalanish-foydalanmasligini  o‘zi 

mustaqil hal etadi. Bunda ushbu huquqdan foydalanish biror-bir tashqi 

holatlarga, xususan, «boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga 

yordam so‘rab murojaat qilish yoxud tajovuzdan o‘zga yo‘sinda qutulish 

imkoniyati   bor - yo‘qligidan   qat’i   nazar»   bog‘liq   bo‘lmaydi  (JK  



37-moddasi 3-qismi). «Tajovuzga uchragan shaxs, undan qochib qutulish, 

boshqa fuqarolarga va hokimiyat vakillariga yordam so‘rab murojaat qilish 

yoki boshqa usullar bilan tajovuzdan saqlanish imkoniyatiga ega bo‘lsa, 

bunday holda tajovuzga qarshi aktiv ravishda mudofaalanish huquqiga ega 

bo‘lmaydilar»

1

  degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri. 



Shaxslarning ma’lum bir toifasi uchun zaruriy mudofaani amalga 

oshirish huquqi ma’naviy kategoriyalar sohasidan huquqiy belgilanish 

sohasiga o‘tishi, ya’ni huquqiy burchi bo‘lishini ta’kidlash lozim. Bunday 

shaxslar sirasiga militsiya xodimlari, ichki ishlar organlari boshqa 

bo‘linmalarining xodimlari, harbiy xizmatchilar, Davlat xavfsizlik xizmati 

xodimlari, inkassatorlar va boshqalar kiradi. Ushbu shaxslar tomonidan 

zaruriy mudofaani amalga oshirish ularning xizmat burchi bo‘ladi. 

4-§. Oxirgi zarurat  

Oxirgi zarurat  zaruriy mudofaa bilan bir qatorda qilmishning 

jinoiyligini istisno qiladigan eng ko‘p tarqalgan holatlarga kiradi. Lekin 

zaruriy mudofaadan farqli ravishda oxirgi zarurat huquqqa qarshi 

tajovuzning oldini olish bo‘lmaydi, balki huquq bilan muhofaza 

qilinadigan manfaatlar to‘qnashuvida ziddiyatlarni hal etishning huquqiy 

mexanizmi bo‘ladi. Oxirgi zarurat holatida bo‘lgan shaxs tanlashi lozim: 

yoki tahdid solayotgan xavfga yo‘l qo‘yish yoki boshqa qonuniy 

manfaatlarga zarar yetkazish  bilan ularni buzish orqali bu xavfni bartaraf 

etish. Oxirgi holda shaxsning qilmishi rasman jinoyatdan farq qilmasligi 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  1996  йил  20  декабрдаги  «Ижтимоий  хавфли 



тажовузлардан  зарурий  мудофаа  ҳуқуқини  таъминловчи  қонунларнинг  судлар  томонидан  қўлланилиши 

ҳақида»ги 39-сонли қарори, муқаддима, 3-хатбоши // Тўплам, 1-жилд. – 76-б.

 

402 


 

                                                           



mumkin, lekin uning ma’lum shartlarga muvofiq bo‘lgan holatida u 

ijtimoiy foydali va qonuniy deb tan olinadi. 



NOTA BENE !  

Oxirgi zarurat  –  bu qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holat 

bo‘lib, unda ushbu shaxsning yoki boshqa fuqarolarning hayoti yoki 

huquqlariga, jamiyat va davlatning qonuni bilan himoyalanadigan 

manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni bartaraf etish uchun boshqa 

huquqlarga va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkaziladi, 

tahdid solayotgan xavf boshqa vositalar bilan bartaraf etilmaydigan 

bo‘lganligi va yetkazilgan zarar oldi olingan zarardan kamroq bo‘lishi 

sharti bilan. 

 

Oxirgi zarurat qonuniy bo‘lishining  JK 38-moddasi 1-qismida 



ko‘rsatilgan shartlari ikkita guruhga bo‘linadi, ulardan biri tahdid soluvchi 

xavfga oid talablarni belgilaydi, ikkinchisi esa xavfni bartaraf etish 

qilmishining qonuniyligiga oid talablarni belgilaydi.  

Tahdid soluvchi xavfga oid talablar,  birinchi navbatda, boshqa 

huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar 

yetkazilishining qonuniy asosi sifatida huquq bilan qo‘riqlanadigan 

manfaatlarga zarar yetkazilishi tahdidining yuzaga kelishini belgilab 

beruvchi holatlarga yaxlit ta’rif berishi lozim. Faqat ushbu holatlar barcha 

kerakli shartlarga javob bergan holdagina shaxs oxirgi zarurat huquqini 

amalga oshirishi mumkin, aks holda uning harakatlari umumiy asoslarda 

mustaqil jinoyat sifatida malakalanishi lozim. Ushbu shartlar aytib o‘tilgan 

holatlarni ularning ijtimoiy xavfli ekanligi, mavjudligi va haqiqiyligi 

jihatidan ta’riflaydi. 



Ijtimoiy xavflilik  ularga xos bo‘lgan xususiyatlar tufayli, holatlar 

yoki xavf manbalari aynan jinoiy qonunchilik himoyasi ostida bo‘lgan, 

ijtimoiy ahamiyatli bo‘lgan  obyektlarga tahdid yuzaga kelishini belgilab 

beradi. Shunday obyektlar sifatida JK oxirgi zarurat holatida qilmishni 

amalga oshirgan shaxs, boshqa shaxslarning shaxsi yoki huquqlari, jamiyat 

va davlat manfaatlarini ko‘rsatadi. Atrof muhitga, mulkka, boshqaruv 

403 

 


tartibiga zarar yetkazish  bilan tahdid soluvchi holatlar ijtimoiy xavfli va 

oxirgi zarurat holatiga olib keladigan deb tan olinadi.  

Shuni hisobga olish lozimki, oxirgi zarurat holatida tahdid soluvchi 

xavfni belgilab beruvchi holatlar faqat ijtimoiy xavfli bo‘lishi lozim, 

zaruriy mudofaadan farqli ravishda Bu yerda jinoyatning huquqqa qarshi 

bo‘lishining belgisi talab etilmaydi. Bu shart nafaqat boshqa kishilarning 

tajovuz qilishi, balki: tabiat kuchlarining ta’siri (tabiiy ofatlar, ob-havo 

sharoitlari va hokazolar), inson organizmining fiziologik va patologik 

jarayonlari (oriqlashuv, suvsizlashuv, kasallik va boshqalar); yuqori xavf 

manbalari; hayvonlarning harakati; mashinalar va mexanizmlarning 

nosozligi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, aybsiz 

qilmishlar ham xavf manbai deb tan olinishi mumkin. 

Keyinchalik oxirgi zaruratni amalga oshiruvchi shaxsning harakatlari 

ham xavf manbai bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda tergov va sud 

organlari  obyektiv ravishda ijtimoiy xavfli oqibatlarga olib kelgan 

qilmishni amalga oshirishning subyekt  tomoniga e’tibor berishi lozim. 

Jumladan, ushbu qilmish shaxs tomonidan qasddan, o‘zi uchun yoki 

boshqa shaxs uchun yoki boshqa ijtimoiy manfaat uchun xavfli holatni 

yuzaga keltirib, keyin biror-bir jinoiy qilmishni sodir etgan holda oxirgi 

zaruratga havola etish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, uning harakatlari 

umumiy asoslarda oddiy jinoyat sifatida malakalanishi lozim. Bunday 

harakatlar oxirgi zarurat provokatsiyasi deyiladi. Bunday holda jinoyat 

qasdi nafaqat birlamchi qilmishni, balki shaxs o‘zining g‘arazli maqsadida 

foydalanmoqchi bo‘lgan keyingi oxirgi zaruratni qamrab olishi lozim. Bu 

sababdan, agar shaxs avval qasddan jinoyatni sodir etsa, keyin esa jinoyat 

ijtimoiy xavfli oqibatlarining oldini olish uchun uning ongida qamrab 

olinmagan yana bir ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etsa, ikkinchi qilmishi 

oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb qaralishi lozim. Masalan, agar 

shaxs boshqa kishiga qasddan og‘ir tan jarohatini yetkazgan bo‘lsa, keyin 

esa uning hayotini saqlab qolish uchun avtomobilni olib qochib ketsa

keyingi qilmishi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb malakalanishi va 

javobgarlikka tortilmasligi lozim. 

404 

 


Birlamchi qilmishni shaxs ehtiyotsizlik orqasidan yoki umuman 

aybsiz sodir etgan holda, unda birlamchi qilmish tufayli yuzaga keltirilgan 

kattaroq zararning oldini olish uchun keyinchalik kamroq zararni yetkazish 

doimo oxirgi zarurat qoidalariga ko‘ra malakalanishi lozim. Birlamchi 

qilmish esa mustaqil huquqiy baholanishi kerak. 

Oxirgi zaruratda xavf manbai deb, fuqarolar va mansabdor shaxs-

larning ma’lum qonuniy harakatlari (harakatsizligi) ham tan olinishi 

mumkin. Jumladan, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar 

sifatida: zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, jinoyatchini ushlash va boshqalar 

mavjud bo‘lganda sodir etilgan harakatni (harakatsizlikni) tan olish lozim. 

So‘zsiz ravishda, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishda, 

buyruqni bajarishda sodir etilgan qilmishlar va hokazolar xavf manbai deb 

tan olinishi lozim. Bunday harakatlarga qarshi oxirgi zarurat doimo 

mumkin va qonuniy bo‘ladi. 



Xavfning mavjudligi  qonun bilan qo‘riqlanadigan  obyektlarga shu 

ondagi va oldini olib bo‘lmaydigan zarar yetkazilishining haqiqiy tahdidi 

mavjudligini yoki shunday zarar yetkazilib, hali yuzaga kelmaganligini 

bildiradi

1

. Ma’lum sharoitlarda mumkin bo‘lgan yoki o‘tib ketgan yoki 



bartaraf etilgan xavf mavjud deb tan olinmaydi va oxirgi zarurat holatini 

yuzaga keltirmaydi. Bunday holda zarar yetkazish  oxirgi zarurat holatida 

sodir etilgan deb qaralishi mumkin emas, balki umumiy asoslarda mustaqil 

huquqiy baholanishi lozim. 

Xavf uzoq davom etadigan bo‘lishi mumkin, masalan, sel oqishining 

tahdidi, avariyali holatdagi inshoot qulab tushishi xavfi va hokazo, shuning 

uchun oxirgi zaruratni qo‘llash asosi qonun bilan qo‘riqlanadigan 

manfaatlarga haqiqatda xavf solingan butun davr mobaynida mavjud 

bo‘ladi. Xavf holatining tugashi oxirgi zaruratni qo‘llash uchun asos 

yo‘qolishini bildiradi

2



1



 

В  соответствии  с  УК  Республики  Узбекистан,  наличность  опасности  понимается  как  близость  ее 

наступления.  «При  оценке  правомерности  деяния,  совершенного  в  состоянии  крайней  необходимости, 

учитываются  характер  и  степень  предотвращаемой  опасности,  реальность  и  близость  ее  наступления, 

фактическая  возможность  лица  по  ее  предотвращению,  его  душевное  состояние  в  сложившейся  ситуации  и 

другие обстоятельства дела» (ч. 4 ст. 38). 

2

 

Уголовное  право  России.  Часть  Общая:  учеб.  для  вузов:  учеб.  для  студентов  вузов,  обучающихся  по 



специальности «Юриспруденция» / Отв. ред. проф. Л.Л. Кругликов. 2-е изд., перераб. и доп. – С. 308. 

405 


 

                                                           



Oxirgi zaruratdagi xavf mos keladigan zaruriy sharti uning haqiqiyligi 

bo‘lishi lozim, ya’ni u obyektiv ravishda, amalda mavjud bo‘lishi kerak. 

Xavf haqiqiy bo‘lmagan, lekin faqat subyektning uning mavjudligi 

haqidagi xato tasavvuridan iborat bo‘lgan holda esa uni bartaraf etishga 

qaratilgan shaxsning qilmishi xayoliy oxirgi zarurat holatida sodir etilgan 

deb qaralishi lozim, bunday holatlarda javobgarlik masalasi amaldagi xato 

to‘g‘risidagi qoidalarga ko‘ra hal etiladi. 

Jumladan, shaxsning harakati shaxs o‘z taxminining xatoligini anglab 

yetmagan va sodir bo‘lgan voqeaning butun vaziyatidan kelib chiqib, 

anglab yetishi kerak bo‘lmasligi sharti bilan oxirgi zarurat holatida sodir 



etilgan deb qaralishi lozim. Va agar shaxs o‘z taxmini xato ekanligini ish 

holatlariga ko‘ra  anglab yetishi lozim va mumkin bo‘lsa-da,  anglab 

yetmagan bo‘lsa,  ehtiyotsizlik orqasidan jinoyat  sifatida malakalanadi. 

Umuman olganda, oxirgi zaruratda xavfning xayoliy bo‘lishining sodir 

etilgan qilmish malakalanishiga ta’sir etishi zaruriy mudofaadagi kabi 

ta’siriga o‘xshash bo‘ladi. 

(«Xayoliy mudofaa» tushunchasi haqida mazkur bobning «Zaruriy 

mudofaa» deb nomlanuvchi 3-§ da batafsil tushuntirilgan.) 



Tahdid solayotgan xavfni bartaraf etishga qaratilgan qilmishning 

qonuniyligi uning nazariya va amaliyotda ishlab chiqilgan hamda JK 38-

moddasi 1-qismida  mustahkamlangan ma’lum mezonlarga muvofiq 

bo‘lishini talab etadi. Ushbu mezonlar qilmishni uning ijtimoiy foydali 

maqsadi, aynan shunday qilmishni amalga oshirish majburiyligi (xavfni 

boshqa vositalar bilan bartaraf etish mumkin emasligi), uning uchinchi 

shaxslar huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazishga qaratilganligi, 

yetkazilgan zarar hamda oldi olingan zararning muvofiq bo‘lishi jihatidan 

ta’riflaydi. Bundan tashqari, bunday qilmishga alohida o‘ziga xos talab 

sifatida qonun oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqmaslikni ajratib 

ko‘rsatadi. Faqat qilmishning barcha belgilangan shartlarga muvofiq 

kelishi uni oxirgi zarurat holatida sodir etilgan, ya’ni jinoiy bo‘lmagan va 

jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan deb tan olishga imkon beradi. 

Oxirgi zaruratda qilmish qonun bilan qo‘riqlanadigan  obyektlarga 

zarar yetkazish xavfini bartaraf etishga qaratiladi, ya’ni u ijtimoiy foydali 

406 


 

bo‘lib,  ijtimoiy foydali  manfaatga erishish maqsadiga xizmat qiladi. 

Bunda jinoiy qonun huquq bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarni himoya 

qilishga qaratilgan barcha qilmishlarni emas, balki qonun bilan 

qo‘riqlanadigan huquqlar va manfaatlarga tahdid soluvchi xavfni bartaraf 

etishga qaratilgan qilmishlarni ijtimoiy foydali deb tan oladi. Boshqa 

manfaatlarni himoya qilish ijtimoiy foydali deb tan olinmaydi va shuning 

uchun oxirgi zarurat deb qaralishi mumkin emas.  

Qilmishning majburiyligi (xavfni boshqa vositalar bilan bartaraf 

etib bo‘lmasligi)  yuzaga kelgan sharoitda huquq bilan qo‘riqlanadigan 

manfaatlarga zarar yetkazish  xavfni bartaraf etishning yagona mumkin 

bo‘lgan, oxirgi usuli ekanligini bildiradi (jinoiy huquq ko‘rib chiqilgan 

institutining nomlanishi ham shundan kelib chiqadi). Boshqacha aytganda, 

jinoyat qonuni himoyasi ostida bo‘lgan huquqlar va manfaatlarga zarar 

yetkazilishi xavfi yuzaga kelganda shaxs qonuniy harakatlar bilan 

zararning oldini olishga intilishi va faqat tahdid soluvchi xavfni bartaraf 

etish mumkin bo‘lmagan holdagina bir manfaatni boshqasi uchun 

majburan qurbon qilishi kerak, chunki xavfni bartaraf etishning boshqa 

vositalari yo‘q yoki yetarli  bo‘lmaydi. Shunday qilib, shaxs, eng avvalo, 

huquq bilan qo‘riqlanadigan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga va 

faqat bu mumkin bo‘lmaganda ularning kamroq ahamiyatli bo‘lganiga 

zarar  yetkazilishiga intilishi lozim. Ushbu masalani shunday hal etish 

oxirgi zaruratda jinoyat qonuni bilan teng ravishda himoya qilinadigan 

obyektlar to‘qnashuvi tufayli kelib chiqadi. 

Xavfni boshqa huquq bilan qo‘riqlanadigan manfaatga zarar 

yetkazmay bartaraf etish imkoniyati harakatlarning qonuniyligini istisno 

etadi; ushbu institutning zaruriy mudofaadan farqi ham shundan iborat, u 

boshqa imkoniyat bo‘lganda ham zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yadi. 

Bunday holatlarda sodir etilgan qilmish umumiy asoslarda malakalanishi 

lozim. Bunda tergov va sud organlari qilmishning subyekt  tomoniga 

e’tibor berishi lozim, ya’ni agar shaxs huquq bilan qo‘riqlanadigan 

manfaatlarga zarar yetkazmagan holda xavfni bartaraf etishning boshqa 

imkoni mavjudligini anglab yetgan yoki ish holatlariga ko‘ra  anglab 

yetishi lozim bo‘lgan holda uning harakatlari tegishli qasddan yoki 

407 


 

ehtiyotsiz jinoyat sifatida malakalanishi lozim. Agar shaxs unda zarar 

yetkazilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa qilmishlarni amalga oshirish 

imkoni mavjudligini anglab yetmagan va ish holatlariga ko‘ra  anglab 

yetishi mumkin bo‘lmagan holda bu qilmishni oxirgi zarurat qoidalariga 

ko‘ra malakalash lozim. 

Shuni ta’kidlash lozimki, qilmishni oxirgi zaruratda amalga oshirish 

majburiyligi uning shu vaziyatda yagonaligini bildirmaydi, ya’ni aynan 

shu qilmish yagona bo‘lishi lozimligi talab etilmaydi. Qilmishning 

majburiyligi faqat zarar yetkazish  majburiyligi bo‘lib, lekin uni yetkazish 

usullari majburiy bo‘lmaydi. 

Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan harakat alomatlariga mos 

keluvchi qilmishni sodir etish faqat uchinchi shaxslarning huquqlari va 



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling