Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


manfaatlariga zarar yetkazishi lozim


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


manfaatlariga zarar yetkazishi lozim. 

Uchinchi shaxslar  deb, oxirgi zaruratda bartaraf etiladigan xavfni 

yuzaga keltirish bilan bog‘liq bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslar, 

umuman davlat va jamiyat tushuniladi.  

U yoki bu shaxsni, jamiyat yoki davlatni JK 38-moddasi  ma’nosida 

uchinchi shaxs deb tan olish uchun yuzaga kelgan xavfga daxlsizligini ham 

subyekt, ham obyektiv alomati sifatida aniqlash lozim bo‘ladi. Jumladan, 

obyektiv elementi tegishli shaxs, jamiyat yoki davlat faoliyati amalda 

oxirgi zaruratda bartaraf etiladigan xavfga olib kelmaganligini ko‘zda 

tutadi.  Subyekt  tomonidan esa, uchinchi shaxslarning huquqlari va 

manfaatlariga yetkazilgan zarar deb tan olish uchun oxirgi zarurat holatida 

harakat qilgan shaxs ushbu shaxslarning bartaraf etilayotgan xavfga daxli 

yo‘qligini  anglab yetishi va ularga zarar yetkazishni istaganligi holatini 

aniqlash kerak bo‘ladi. 

Oxirgi zarurat holati qonuniyligining majburiy sharti yetkazilgan 



zarar oldi olingan zarardan kamroq bo‘lishi  talabidir.  Yetkaziladigan 

zarar va bartaraf etilgan xavf muvofiqligining ushbu talabi oxirgi zaruratda 

zarar tajovuzchining o‘ziga emas, uchinchi shaxslarning qonun bilan 

qo‘riqlanadigan huquqlari va manfaatlariga yetkazilishi tufayli kelib 

chiqadi. 

408 


 

Teng zarar, shuningdek, kattaroq zarar yetkazilishi muvofiqlik 

shartining buzilishi bo‘ladi. Ayni paytda ushbu shart subyektning mumkin 

bo‘lganlaridan eng kam zarar yetkazish  majburiyatini bildirmaydi. 

Shuning uchun, agar xavfni bartaraf etish uchun shaxsning bartaraf 

etiladigan xavfga qaraganda kamroq zarar yetkazadigan bir necha usullari 

mavjud bo‘lsa, u holda shaxs ulardan istalgan usulni qo‘llashga haqli 

bo‘ladi va uning harakatlari oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb 

qaralishi lozim. Bunda sodir etilgan qilmishni malakalashga ushbu 

usullardan birortasi boshqalariga qaraganda kamroq zararga olib kelishi 

ta’sir etmaydi. Bu holda faqat yetkazilgan zarar oldi olingan zarardan 

kamroqligi ahamiyatli bo‘ladi. 

Yetkazilgan va oldi olingan zararning muvofiqligi zarar yetkazilgan 

va  yetkazilmagan ne’matlar va manfaatlarning muvofiqligini bildiradi. 

Ushbu zarar turlarining sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini qiyoslashda asos 

qilib olish mumkin bo‘lgan usul mavjud emas. Qaysi ne’mat qimmatli 

ekanligi, qaysi zarar kamroq bo‘lishi masalasi har bir muayyan holda 

ishning aniq holatlariga bog‘liq holda hal etiladi. Bunda zarar yetkazilishi 

oldi olingan buzilgan ne’matning muhimligi, tahdid solgan xavf turi, xavf 

bartaraf etilmagan  holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar va 

hokazolar hisobga olinadi. 

Tergov va sud organlari yetkazilgan va bartaraf etilgan zararning sifat-

miqdor muvofiqligi tamoyiliga tayanishi kerak, jumladan: 

–  yetkazilgan zarar bartaraf etilgan xavfdan boshqacha bo‘lgan 

holda. Bu vaziyatda tergov va sud organlari yetkazilgan zarar xususiyatiga 

ko‘ra bartaraf etiladigan xavfga qaraganda kamroq bo‘lishiga e’tibor 

berishi kerak (masalan, hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida 

mulkiy zarar yetkazilishi, insoniyatga qarshi jinoyatning oldini olish 

maqsadida hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish va hokazo); 

–  sifat jihatidan bir xil, ya’ni ayni bir xil ijtimoiy munosabatlarga 

qarshi yo‘nalgan  zarar  yetkazilgan holda. Bunday holat yuz berganda 

oldi olingan zarar faqat miqdor jihatidan u oldi olingan zararga qaraganda 

kamroq bo‘lishi sharti bilan kamroq deb tan olinishi lozim (masalan, ikki 

409 


 

va undan ortiq shaxslarga og‘irligi shu kabi tan jarohati yetkazilishining 

oldini olish maqsadida og‘ir tan jarohatini yetkazish va hokazo); 

–  bartaraf etilgan xavfdan sifati va darajasi farqlanadigan zarar 

yetkazilgan holda, ayniqsa boshqa obyektlarning ko‘proq sonini qutqarish 

maqsadida JK himoya qiladigan imtiyozli obyektlarning kamroq soniga 

zarar  yetkazilishi (masalan, bir nechta kishilarga og‘ir tan jarohatlari 

yetkazilishining oldini olish uchun bir kishini o‘ldirish) bunday holda 

oxirgi zarurat zarar yetkaziladigan va bartaraf etiladigan JK himoya 

qiladigan  obyektlarning xarakteri o‘rtasida keskin nomuvofiqlik 

bo‘lmagan holda qonuniy deb tan olinishi kerak. Bu holda yetkazilgan 

zarar va oldi olingan zararga nisbatan ahamiyati masalasini hal etish 

ko‘proq ishning muayyan holatlariga bog‘liq bo‘ladi: xavf bo‘lgan va zarar 

yetkazilgan  obyektlarning individual xususiyatlari, tahdid solgan va 

yetkazilgan zararning haqiqiy miqdori va boshqalar. Xuddi shunday tarzda 

bir yoki bir necha katta ahamiyatli ne’matlarni kam ahamiyatli ko‘proq 

ne’matlarga zarar yetkazilishi holatida himoya qilish masalasi hal etilishi 

kerak (masalan,  o‘z mulkini o‘zganing mulkiga, jamoat tartibiga, 

boshqaruv tartibiga zarar yetkazish orqali himoya qilish va hokazo). 

Oxirgi zarurat qonuniyligining mustaqil sharti sifatida qonun 



shaxsning oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqmasligi  shartini 

ko‘rsatadi (JK 38-moddasi 2-qismi)

«Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin bo‘lsa 

yoki keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan 

qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar yetkazish  oxirgi 

zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topiladi» (JK 38-moddasi 3-



qismi)

Shuni qayd etish lozimki, bu shartlardan hech bo‘lmasa bittasi 

bo‘lmaganda oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb hisoblanadi: 

qilmish majburiyligi yoki yetkazilgan  zarar muvofiqligi va ularning 

jamuljamligi bu holda talab etilmaydi. Ayni paytda oxirgi zarurat 

chegarasidan chetga chiqish faqat shunday zarurat bo‘lganda mumkin 

bo‘ladi, shuning uchun qilmishni oxirgi zarurat chegarasidan chetga 

chiqishda sodir etilgan deb tan olish uchun tergov va sud organlari oxirgi 

410 

 


zarurat holati mavjudligini, ya’ni majburiyligi yoki muvofiqligidan 

tashqari barcha avval sharhlangan shartlar mavjudligini aniqlashi lozim. 

Shaxs qilmishini oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqishda sodir 

etilgan deb malakalash uchun tergov va sud organlari subyekt tomonining 

shakliga alohida e’tibor berishi kerak, u qilmishni baholashga hal etuvchi 

ta’sir ko‘rsatadi. Bunda tahdid solgan xavf keltirib chiqargan kuchli ruhiy 

hayajon holatida shaxs har doim ham oxirgi zarurat chegarasini to‘g‘ri 

aniqlab va belgilab ololmaydi. Shu sababli, oxirgi zarurat chegarasidan 

chetga chiqishni aniqlaganda tergov va sud organlari har bir muayyan 

holatga individual yondashishi kerak. 

Qilmish majburiyligi mavjud emasligi  alomatiga ko‘ra oxirgi zarurat 

chegarasidan chetga chiqishga qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi ayb xos 

bo‘ladi, ya’ni shaxs xavfni zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan usulda 

bartaraf etish imkonini anglab yetgan yoki ish holatlariga ko‘ra  anglab 

yetishi lozim bo‘lgan holat bo‘ladi. Bu holda sodir etilgan qilmish JK 55-

moddasining 1-qismi «e» bandiga havola etgan holda tegishli qasddan 

yoki ehtiyotsizlik orqasidan jinoyat deb, ya’ni oxirgi zarurat chegarasidan 

chetga chiqish bilan sodir etilgan jinoyat deb malakalanishi kerak.  

Agar oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish oldi olingan zarardan 

kattaroq zarar yetkazilishida ifodalansa, oxirgi zarurat chegarasidan chetga 

chiqish uchun javobgarlik faqat qilmish jinoiy ehtiyotsizlik shaklida sodir 

etilgan holda yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, aybdor shaxs u oldi 

olinayotgan zararga qaraganda kattaroq yoki teng zarar 

yetkazilayotganligini ish holatlariga ko‘ra anglashi lozim bo‘lsa-da, anglab 

yetmaydi. Shu holda kattaroq zararni yetkazish  qasdi aniqlansa (masalan, 

jabrlanuvchiga og‘ir tan jarohatini yetkazishga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni 

o‘ldirish), sodir etilgan qilmish tegishli qasddan jinoyat deb malakalanishi 

lozim, bunda oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish bo‘lmaydi. 

Oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqishda subyekt  tomonning 

majburiy elementi ijtimoiy foydali maqsadi  bo‘ladi: kattaroq zarar 

yetkazishni kamroq zarar yetkazish  orqali bartaraf etish. Oxirgi zarurat 

qonuniyligining umumiy sharti bo‘lgan holda ushbu shart oxirgi zarurat 

411 

 


chegarasidan chetga chiqishda sodir etilgan qilmish sifatida baholashda 

alohida ahamiyat kasb etadi.  

JK da oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqishda sodir etilgan 

maxsus jinoyat tarkiblari yo‘qligini qayd etish lozim. Shuning uchun 

bunday qilmishlarni tegishli qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan jinoyat 

uchun javobgarlikni ko‘zda tutgan moddalar bo‘yicha malakalab, u oxirgi 

zarurat chegarasidan chetga chiqishda sodir etilganligini ko‘rsatish kerak, 

bu esa qonun tomonidan  yengillashtiruvchi  holat sifatida hisobga olinadi 

(JK 55-moddasi 1-qismi «e» bandi). 

Oxirgi zarurat huquqi har bir insonga uning yoshi, layoqati, ijtimoiy 

maqomi va boshqa omillaridan qat’i nazar tegishli bo‘ladi  –  qonunda bu 

jihatdan biror-bir cheklash mavjud emas. Har kim ushbu subyekt 

huquqidan ushbu ne’matlarni o‘z kuchi bilan himoya qilish uchun 

foydalanishi mumkin, lekin uni amalga oshirmasligi ham mumkin. Ayni 

paytda ba’zi shaxslar uchun xavfni bartaraf qilish kasbiy va xizmat burchi 

bo‘ladi,  masalan, ichki ishlar organlari, davlat xavfsizlik xizmati, yong‘in 

xavfsizligi xizmati xodimlari va hokazo. Bu shaxslarga ularning xizmat 

yoki kasbiy vazifalarini bajarganida oxirgi zarurat qoidalari taalluqli 

bo‘lmaydi, ya’ni ular oxirgi zarurat tufayli, ya’ni bu holda ularning 

huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazilishi mumkinligi tufayli xavfni 

bartaraf qilishdan bosh torta olmaydi, lekin xavfni bartaraf qilishda ichki 

ishlar organlari, davlat xavfsizlik xizmati, yong‘in xavfsizligi xizmati 

xodimlari va boshqalar uchinchi shaxslar huquqlari va manfaatlariga zarar 

yetkazish kerak bo‘lgan vaziyatga duch kelishi mumkin (masalan, yong‘in 

ichagini tortib o‘tkazish uchun avtomashina oynasini sindirish), bu holda 

ularning harakatlari qaralayotgan moddaning qoidalariga muvofiq 

baholanishi lozim. 

Ayni paytda oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish subyektlari 

deb, tegishli jinoyat uchun jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan va bunday 

jinoyat  subyektining barcha kerakli alomatlariga ega bo‘lgan layoqatli 

jismoniy shaxslar tan olinishi mumkin. 

Sud-tergov amaliyotida, ko‘pincha, u yoki bu qilmishni zaruriy 

mudofaa holatida sodir etilgan deb malakalashda ma’lum qiyinchiliklar 

412 


 

kelib chiqadi. Ayni paytda to‘g‘ri malakalash yetkazilgan zararning 

chegarasini aniqlashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, jinoiy javobgarlikka 

tortilayotgan shaxsning huquqiy maqomiga bevosita ta’sir etadi. Bundan 

tashqari, sodir etilgan qilmishning to‘g‘ri malakalanishi JK vazifalariga 

erishish, huquqni muhofaza qilish organlarining obro‘si va mavqei 

ortishiga xizmat qiladi. 

Shu sababli tergov va sud organlari zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat 

farqlariga e’tibor berishi lozim: 

–  zaruriy mudofaada shaxs qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlari va 

manfaatlarini  huquqqa qarshi tajovuzdan himoya qiladi. Oxirgi zaruratda 

esa, shaxsning harakatlari faqat huquqqa qarshi tajovuzgina emas, xavf 

yuzaga kelishining vaziyati, turli manbalari bilan belgilab beriladi 

(masalan, tabiat kuchlari, fiziologik va patologik jarayonlar, mexanizmlar 

nosozligi va hokazo); 

–  oxirgi zarurat holatida qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlar va 

manfaatlarga zarar yetkazish  tahdid solgan xavfni bartaraf etishning 

yagona, oxirgi vositasi bo‘ladi. Zaruriy mudofaada himoya vositalari 

mudofaalanuvchi tomonidan tanlanadi va tajovuzning xarakteri va xavfi 

darajasiga mos kelishi kerak, bu zarar yetkazishni istisno etmaydi. Zaruriy 

mudofaada himoya qilish tajovuzdan qochish mumkin bo‘lganda ham 

qonuniy bo‘ladi; 

–  zarar  yetkazilishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasi turlicha. 

Jumladan, zaruriy mudofaada zarar faqat (haqiqiy yoki xayoliy) 

tajovuzchiga  yetkaziladi, oxirgi zaruratda esa faqat uchinchi shaxslar 

manfaatlariga, ya’ni xavfni bartaraf etuvchi shaxs tomonidan shu xavfga 

daxlsiz deb idrok etilganlarning manfaatlariga yetkaziladi; 

–  zaruriy mudofaa holatida zararning muvofiqligi yetkazilgan zarar 

oldi olingan zarardan kamroq bo‘lishini talab etmaydi –  u kamroq, teng 

yoki ko‘proq bo‘lishi mumkin. Oxirgi zaruratda zarar yetkazilgan holda u, 

albatta, oldi olingan zarardan kamroq bo‘lishi kerak; 

–  zaruriy mudofaada himoya qilish faqat faol harakatda ifodalanadi, 

oxirgi zaruratda xavfni bartaraf etish ham harakat, ham harakatsizlik orqali 

amalga oshirilishi mumkin. 

413 


 

5-§. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida  

zarar yetkazish 

Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash  odil sudlov 

manfaatlarini ta’minlashning eng muhim elementlaridan biridir, chunki u 

keyingi jinoiy faoliyatga chek qo‘yish, qochish yoxud dalil-isbotlarni 

yashirish yoki yo‘q qilishning oldini olishga qaratiladi (JPK 220-

moddasining 1-qismi). Bundan tashqari, shaxsni ushlash JK vazifalarini, 

uning tamoyillarini amalga oshirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Aynan shuning uchun jinoiy qonunchilik va sud-tergov amaliyoti bu 

institutni hatto uni amalga oshirish natijasida ijtimoiy xavfli qilmishni 

sodir etgan shaxsning huquqlari va manfaatlariga ma’lum zarar 

yetkazilgan holda ham ijtimoiy foydali deb qaraydi. Bu hollarda ushlash 

tashqi jihatdan jinoyatdan  farq qilmasligi mumkin, lekin aslida u bunday 

emas. Shu munosabatda ushlovchi shaxsning harakatlarini to‘g‘ri 

malakalash uchun uning harakatlari JK 39-moddasida  mustahkamlangan 

ushlashda zarar yetkazish  qonuniyligi shartlariga muvofiq kelishi talab 

etiladi. 

NOTA BENE ! 

Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni  hokimiyat idoralariga 

topshirish maqsadida ushlash paytida zarar yetkazish, bunda ushlash 

vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan shaxsning 

xavflilik darajasiga, shuningdek, ushlash sharoitiga mos kelishiga amal 

qilingan bo‘lsa, jinoyat bo‘lmaydi. 

 

Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash paytida zarar 

yetkazish  qonuniyligi shartlari, bir tomondan, ushlash huquqini amalga 

oshirish, ikkinchi tomondan, noqonuniy harakatlar va sudsiz jazolash 

imkonini istisno qilishga imkon beradi. Ushbu shartlar sharhlanayotgan 

institut ikkita elementiga: ushlashga va ushlashda yetkaziladigan zararga 

taalluqli bo‘ladi, ularning har birining alohida va birgalikda qonuniyligini 

aniqlaydi va ushlash jarayonida zarar yetkazish qonuniyligini ko‘rsatadi. 

414 

 


Ushlash qonuniyligi shartlari  mavjudligi qonunchilik tomonidan 

qisqa muddatli erkinlikdan mahrum etish huquqi uchun yetarli  va kerakli 

asos deb tan olinadigan holatlarning yaxlit ta’rifini beradi. Bu holatlar 

ushbu institutning amalda barcha muhim jihatlarini, ya’ni ushlash asosi va 

subyekti, uni amalga oshirishning usullari va vositalari; ushlash maqsadi 

va uning bajarilishi mumkin bo‘lgan vaqti. Faqat bajariladigan qisqa 

muddatli ozodlikdan mahrum etish harakatining barcha belgilangan 

shartlarga muvofiqligi uni qonuniy harakat sifatida malakalashga imkon 

beradi. 

Ushlangan shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi 

ushlash huquqini amalga oshirish uchun asos bo‘ladi, qonunda bu bevosita 

ko‘rsatilgan  (JK 39-moddasi 1-qismi). Ushlash huquqi istalgan (odatda 

zo‘rlik ishlatib sodir etilgan) jinoyatni sodir etish paytidan boshlab yuzaga 

keladi. Ijtimoiy xavfli qilmish sifatida, shuningdek, tugallanmagan jinoyat 

holatlari (jinoyatga suiqasd va jinoyatga tayyorgarlik) tan olinishi lozim. 

Bundan tashqari, ijrochilik, yordamchilik, dalolatchilik, undan ham 

tashkilotchilik shaklidagi jinoyatda ishtirok etish shaklida amalga 

oshiriladigan harakatlarning (harakatsizlikning) ijtimoiy xavfi ochiq 

ko‘rinadi. 

Ushlash huquqini amalga oshirish asosi deb tan olish uchun sodir 

etiladigan qilmishning ijtimoiy xavfining darajasi ahamiyatli emas. Ayni 

paytda, sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligi darajasi shaxsni 

hokimiyat organlariga yetkazish  zaruratiga, ushbu shaxsga zarar 

yetkazishga, ushlashning tegishli usullari va vositalarini qo‘llashga ta’sir 

ko‘rsatadi. 

Shaxsni jinoyat bo‘lmagan ma’muriy huquqbuzarlik, intizomiy 

qilmishni sodir etgani uchun ushlash mumkin emasligini qayd etish lozim. 

Xuddi shunday, jinoiy qasdini aniqlagan holda ham ushlash mumkin emas, 

chunki shaxs hali hech qanday ijtimoiy xavfli qilmishlarni sodir etmagan. 

«Sof qasdini» aniqlash jinoiy javobgarlikni, demakki, ushlash huquqini 

istisno etadi. 

JK 39-moddasi  ma’nosidagi  ushlash  faqat uning jinoiy-protsessual 

ma’nosida, ya’ni JPK 221-moddasi qoidalariga ko‘ra, shaxs ijtimoiy xavfli 

415 

 


qilmish sodir etgan deb o‘ylashga asos bo‘lgan holda namoyon bo‘ladi, bu 

esa quyidagilar bilan tasdiqlanishi lozim: 

– shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga 

tushsa; 


–  jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir 

etgan shaxs tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatsalar; 

–  uning  o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan 

jinoyatning yaqqol izlari topilsa; 

–  shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo‘ladigan 

ma’lumotlar mavjud bo‘lib, u qochmoqchi bo‘lsa yoki doimiy yashaydigan 

joyi yo‘q yoxud shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa. 

Ushlanishi mumkin bo‘lgan shaxs faqat jinoyat sodir etgan hamda 

ushlashdan immuniteti bo‘lmagan shaxslargina bo‘lishi mumkinligini 

ta’kidlash lozim. Xususan, deputatlar, sudyalar va prokurorlar, 

shuningdek, diplomatik yoki boshqa daxlsizlikka ega bo‘lgan shaxslar 

ushlanishi mumkin emas, ular jinoyatni sodir etish paytida yoki uni sodir 

etganidan keyin darhol ushlangan holatlar bundan istisno (JPK 4-moddasi 

2-qismi, 221-moddasi). Lekin bunday ushlash faqat ularning shaxsini 

aniqlash: ularni taqdim etuvchilar u yoki bu turdagi daxlsizlikka ega 

ekanligini ko‘rsatuvchi diplomatik yoki konsullik kartochkasini, xizmat 

guvohnomasi yoki boshqa hujjatlarni taqdim etishgacha davom etadi. 

Shaxsni ushlash subyekti etib tan olishga faqat uning jinoiy qilmishni 

sodir etishi holati ta’sir etadi, bunda uning yoshi, aqli rasoligi, ijtimoiy 

maqomi va qilmishga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlari e’tiborga 

olinmaydi. 

JPK 83-moddasi va 84-moddasining 1-qismiga muvofiq, ijtimoiy 

xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqi jinoiy ish bo‘yicha ish 

yurituvga to‘sqinlik qiluvchi quyidagi holatlar bo‘lganda yo‘qoladi: 

–  jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va uning yuzasidan tergov yoki sud 

muhokamasi o‘tkazilib jinoyat voqeasi mavjud emasligi aniqlangan; 

– jinoyat tarkibi mavjud emas; 

– shaxsning jinoyatni sodir etishga daxli yo‘q; 

416 

 


–  sodir etilgan jinoyat yoki shaxs amnistiya akti ta’sir doirasiga 

tushadi; 

–  shaxsga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori (ajrimi) 

yoki vakolatli mansabdor shaxsning ishni qo‘zg‘atishni rad etish yoki 

ushbu ayblov yuzasidan uni tugatish to‘g‘risidagi bekor qilinmagan qarori 

mavjud; 


–  JPK 325-moddasida ko‘zda tutilmagan holatlardan tashqari, ish 

faqat jabrlanuvchining shikoyati bo‘yicha qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘lsa, 

jabrlanuvchining shikoyati bo‘lmagan holda; 

–  shaxs ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtiga kelib jinoiy 

javobgarlikka tortiladigan yoshga yetmaganligi. 

Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni qisqa muddatli 

ozodlikdan mahrum etish harakatlari faqat ular qonunda ushbu shaxsni 

hokimiyat vakillariga topshirish  deb ko‘rsatilgan qonuniy maqsadga 

qaratilganligida ushlash deb tan olinishi mumkin. Xuddi shu holatda, agar 

ushlashdan boshqacha maqsad ko‘zlangan bo‘lsa, u qonuniy deb qaralishi 

mumkin emas. Masalan, sudsiz o‘zboshimcha jazolash maqsadida amalga 

oshirilgan qisqa muddatli ozodlikdan  mahrum qilish ham noqonuniy deb 

tan olinadi.  

Tergov va sud organlari subyektning jinoiy qilmishni sodir etgan 

shaxsni ushlash harakatlarining maqsadini aniqlashga alohida e’tibor 

berishi lozim, u ushlashning qisqa muddatli bo‘lishi hamda ushlayotgan 

shaxsning ushlangan shaxsni darhol hokimiyat organlariga yetkazish 

zarurligini  anglab yetishi kabi jihatlardan kelib chiqib, aniqlanishini 

ko‘zda tutadi. Bunda ushlashning qisqa muddatli bo‘lishi va uning 

zarurligi har bir muayyan holatda ishning barcha holatlarini birgalikda 

hisobga olgan holda aniqlanadi (ushlash vaziyati, hokimiyat organining 

yaqinligi, ushlovchi shaxsning ushlangan shaxsni ushbu organlarga 

yetkazish imkoniyati, sodir etilgan qilmishning xavfli ekanligi va hokazo). 

Muayyan ishning holatlari ushlovchi shaxs tomonidan biror-bir mezon 

buzilganligidan dalolat bersa (masalan, ozodlikdan mahrum qilish asossiz 

uzoq davom etgan yoki avval ushlangan shaxs ozodlikda qonuniy 

bo‘lganligi shaxsga ma’lum bo‘lgan – tegishli ehtiyot chorasi tanlanganda 

417 

 


yoki jinoiy javobgarlikka tortish muddati tugaganda yoki ozodikdan 

mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanganda) tergov va sud 

organlari ushbu shaxsning qasdi yo‘naltirilganligi masalasini muhokama 

qilib, kerakli belgilari mavjud bo‘lganda uni tegishli jinoyat sodir etganligi 

uchun javobgarlikka tortishi lozim. 

Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda ushlovchi faqat 

uni hokimiyat organlariga berish maqsadini ko‘zlashi lozim. Bunday 

qonun aynan qaysi hokimiyat organlari haqida gap ketayotganligini 

aniqlamaydi. Shuning uchun ham jinoiy qilmishni sodir etgan shaxsni 

huquqni muhofaza qilish organlariga, ijroiya, qonun chiqaruvchi yoki sud 

hokimiyati organlari, tegishli muassasa, korxona ma’muriyatiga topshirish 

maqsadlari qonuniy deb tan olinishi lozim (masalan, tashkilot direktoriga, 

korxona rahbariga topshirish va hokazo). Ushlangan shaxsni ushbu 

tuzilmalarga yoki mansabdor shaxslarga yetkazish  maqsadini qo‘ygan 

holda ushlovchi shaxs ushlangan shaxsning tegishli hokimiyat organlariga 

yetkazilishini anglab yetadi. 

Ushlangan shaxsni tegishli hokimiyat vakillariga topshirish ham 

(masalan, ichki ishlar organlari xodimlariga, DXX vakillariga va hokazo) 

uni hokimiyat organlariga topshirish sifatida tan olinishi kerakligini qayd 

etish lozim. Ayni paytda, ushlangan shaxsni nokonstitutsiyaviy organlarga 

topshirish maqsadi qonuniy deb qaralishi mumkin emas. 

Maqsadi belgisiga ko‘ra, ushlash qonuniyligini tan olish uchun tergov 

va sud  organlari faqat ushlovchi shaxsning harakatlari tegishli 

yo‘naltirilganligini aniqlashi lozim. Bunda jinoiy qilmishni sodir etgan 

shaxsni hokimiyat organlariga topshirish sifatida amaliy natijasiga erishish 

talab etilmaydi (masalan, ko‘rilgan choralarga qaramay, ushlangan shaxs 

qochib ketgan, yashiringan hollarda va hokazo). Fuqaroda ushbu 

ko‘rsatilgan maqsadning bo‘lishi ham ko‘rib chiqilgan harakatlarga 

qonuniylik beradi, natijasi emas. 

Ushlashning barcha holatlarini puxta baholash ushlanayotgan shaxsga 

qonuniy tarzda zarar yetkazishdan uni o‘zboshimcha jazolashni to‘g‘ri 

ajratish uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsga 

zarar  yetkazishning haqiqiy maqsadlarini muayyan ishning barcha 

418 


 

holatlarini, jumladan, ushlovchi shaxsning faoliyati motivlari, ushlashning 

tanlangan usullari va vositalari, vaziyati, yetkazilgan zararning xarakteri va 

og‘irligi, shuningdek, qasdining qaratilganligidan dalolat beruvchi boshqa 

barcha holatlarni tahlil qilish asosida aniqlash lozim. 

Ushlash qonuniyligining mustaqil sharti faqat ushlashning muayyan 


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling