Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


JK 35-moddasining 2-qismida  muayyan qilmishda mavjud bo‘lgan 

holda uning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning ro‘yxati keltirilgan: 

«kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy 

1

 



Уголовное право. Общая часть: Учебник / А.С. Якубов, Р. Кабулов и др. – С. 345 

379 


 

                                                           



xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish; 

buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik 

faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik va jismoniy yoki ruhiy 

majburlash  yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish 

natijasida». 

Ushbu ro‘yxat to‘liq qamrab oluvchi bo‘lib, shu tufayli unda 

ko‘rsatilmagan boshqa holatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan 

holatlar deb tan olinishi mumkin emas. Shu sababli, masalan, mavjudligi 

bilan qilmishning jinoiyligi belgilanadigan voqealar yoki harakatlar yoki 

harakatsizlik yoki uning boshqa manbalarda istisno etilishi asoslanadigan 

holatlar shunday qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holat deb tan 

olinmaydi. 

Shuni  qayd etish lozimki, qonun nafaqat qilmishning jinoiyligini 

istisno qiladigan holatlarni mustahkamlab qolmasdan, balki ularning 

qonuniyligi shartlarini ham belgilab beradi, ularga JK III bo‘limining 36, 

37, 38, 39, 40-moddalari bag‘ishlangan. Ushbu shartlarga mos kelmaslik 

muayyan harakatlarni ko‘rib chiqilayotgan holatlarning birortasiga 

kiritilishiga imkon bermaydi. 

JKda qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning 

mustahkamlanishi, bir tomondan, jinoiy-repressiv choralar qo‘llanishining 

kamayishiga, boshqa tomondan, fuqarolarning huquqiy faolligi oshishiga 

olib keladi. Ushbu holatlar fuqarolarning jinoyatchilikka qarshi kurashda 

ishtirok etishining eng muhim shakli bo‘lib, u insonlarning ongli irodaviy 

faol harakatlarida amalga oshiriladi. Shunday qilib, ushbu institutning 

me’yorlari pirovardida JK vazifalarining hal etilishiga qaratilgan. 

2-§. Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi  

Vatanimizdagi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari uchun an’anaviy 

bo‘lgan shaxsning kam ahamiyatli qilmish sodir etgan holda uni jinoiy 

javobgarlikka tortilishini istisno qiladigan qoidalar JK 36-moddasida aks 

ettirilgan, uning qoidalariga ko‘ra, «garchi ushbu Kodeksda jinoyat sifatida 

nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud bo‘lsa-da,  o‘zining kam 

380 

 


ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik 

jinoyat deb topilmaydi». 



NOTA BENE ! 

Qilmishning kam ahamiyatli  bo‘lishi qilmish biror-bir jinoyatning 

barcha alomatlariga ega ekanligi, birinchi navbatda,  shaxsning aybdorligi 

va jinoiy huquqqa qarshi ekanligini bildiradi, lekin bunday qilmishning 

mohiyat tomoni jinoyat deb tan olish uchun unga qo‘yiladigan talablarga 

javob bermasligi, ya’ni buzilishi ijtimoiy xavfli qilmish deb qaraladigan 

chegaralardan tashqari yotadi, bu esa uning jazolanishini istisno etadi. 

 

Jinoyat tarkibining moddiy belgisi jihatidan kam ahamiyatli qilmish 



uni jinoyat deb tan olish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy xavf darajasiga 

yetmaydi (masalan, yozish ruchkasini, daftarni yoki birovning bog‘idan 

olmani yashirin o‘g‘irlash). Bunday qilmish yuzasidan jinoiy ish 

qo‘zg‘atilmaydi, qo‘zg‘atilgan ish esa JK 36-moddasiga  tayangan holda 

JPK 83-moddasining 2-qismiga muvofiq tugatilishi lozim. 

Kam ahamiyatli qilmishning xususiyati  shuki, u qilmishning 

jinoiyligini istisno qiladigan boshqa holatlardan farqli ravishda ijtimoiy 

foydali va ma’naviy jihatdan hamda qonun tomonidan ma’qullanishi 

mumkin emas. 

Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi masalasi u tergov va sud 

organlari tomonidan har bir muayyan holat yuzasidan hal etilishida 

ifodalanadi. Huquqni muhofaza qilish organlari sodir etilgan qilmish kam 

ahamiyatli ekanligi belgisiga ega ekanligi yoki ega emasligini uning 

xarakteri va ijtimoiy xavfliligining darajasini hisobga olish asosida 

aniqlaydilar. Qilmishni kam ahamiyatli deb tan olish muayyan jinoiy 

qilmish sodir etilgan barcha holatlarning jamuljamligini tahlil qilishga 

asoslanishi lozim (aybning shakli, jinoyatni sodir etish usuli, motiv, 

sharoitlari va bosqichi, yuzaga kelgan oqibatlarning og‘irligi, jinoyatdagi 

sheriklardan har biri ishtirok etishining darajasi, xarakteri va hokazo). 

Xususan, agar aybdor shaxs jabrlanuvchini o‘ldirishga qaratilgan 

harakatlarni sodir etgan bo‘lsa, lekin amalda unga hech qanday zarar 

381 


 

yetkazilmagan  bo‘lsa, sodir etilgan qilmish odam o‘ldirishga qasd qilish 

deb malakalanishi lozim va kam ahamiyatli deb qaralishi mumkin emas. 

Xuddi shu holatda, agar jabrlanuvchini qo‘rqitmoqchi bo‘lib, aybdor shaxs 

shunday bir qilmishni sodir etgan bo‘lsa va uning oqibatida jabrlanuvchiga 

og‘ir tan jarohatlari (ruhiy shikastlanish) yetkazilgan bo‘lsa, bu qilmish 

ham kam ahamiyatli deb tan olinishi mumkin emas, chunki kam 

ahamiyatli bo‘lishining tegishlicha obyektiv elementi mavjud emas, 

subyekt belgisi mavjud bo‘lsa ham. 

Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi masalasini hal etishga aybdor 

shaxsini tavsiflovchi xususiyatlar ta’sir etmaydi. Faqat qilmishning o‘z 

xususiyatlarigina bunday qaror qabul qilishda hisobga olinishi kerak, 

aybdor shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqat jazoning turi va miqdorini 

belgilash uchungina, ya’ni shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining 

moddiy va rasmiy belgilari aniqlanganidan keyingina muhim ahamiyatga 

ega bo‘ladi.  

Bir qator hollarda jinoiy qonunchilik ma’lum miqdorda (ancha, ko‘p 

miqdorda va juda ko‘p miqdorda) zarar yetkazilishini jinoyatning majburiy 

belgisi deb tan olishini qayd etish lozim. Bunday hollarda kam ahamiyatli 

zarar  yetkazilishi sodir etilgan qilmish hatto,  rasman jinoyat belgilariga 

mos kelmasligini ko‘rsatadi. Jinoiy ish bunday hollarda JK 36-moddasi 

bo‘yicha kam ahamiyatli ekanligi yuzasidan emas, balki JK 36-

moddasiga  havola etmagan holda JPKning 83-moddasi 2-bandi bo‘yicha 

jinoyat tarkibining mavjud emasligi tufayli tugatilishi lozim bo‘ladi. 

Masalan, JKning 173-moddasi faqat ancha miqdorda sodir etilgan 

o‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki buzish uchun jinoiy 

javobgarlikni ko‘zda tutadi. Shuning uchun bu jinoyatni sodir etish 

oqibatida ancha miqdordagi zarardan kamroq zarar yetkazilgan bo‘lsa, 

qilmish hatto rasman JKning 173-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyat 

belgilariga mos kelmaydi. Bunday qilmish yuzasidan jinoiy ish 

qo‘zg‘atilmaydi, qo‘zg‘atilgan ish esa qilmishning kam ahamiyatli ekanligi 

tufayli emas, jinoyat tarkibining yo‘qligi sababli tugatilishi lozim, chunki 

uning majburiy belgisi – ancha miqdordagi zarar mavjud bo‘lmaydi. 

382 


 

3-§. Zaruriy mudofaa  

Zaruriy mudofaa  har bir kishiga tug‘ilishidan xos bo‘lgan, umumiy 

ko‘rinishida  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida 

mustahkamlangan uning sha’ni, qadr-qimmati, hayoti va sog‘lig‘iga 

tajovuz qilishdan himoyalanish huquqidan kelib chiqadi

1

. Ko‘rib 



chiqilayotgan jinoiy-huquqiy institutning ijtimoiy foydali maqsadi – huquq 

bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarni himoya qilish aynan shunda 

namoyon bo‘ladi. 

Zaruriy mudofaa ijtimoiy xavfli va huquqqa qarshi bo‘lgan 

tajovuzlardan  –  jinoyatlardan himoya qilishning usullaridan biri bo‘lib, 

uning oqibatida tajovuzchi shaxsga zarar yetkaziladi, bu esa uning jinoiy 

qilmish bilan tashqi jihatdan o‘xshashligini belgilab beradi. Ayni paytda, 

zaruriy mudofaa fuqarolarning ijtimoiy foydali faoliyati bo‘ladi, chunki u 

majburan tusga ega bo‘lib, jinoiy harakatlarning oldini olish va unga chek 

qo‘yishga qaratilgan. Aynan ushbu ko‘rsatilgan sabablar tufayli qonun 

«zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya’ni mudofaalanuvchi yoxud 

boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat 

manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan 

holda himoya qilish chog‘ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa 

1

 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси:  Ўн  иккинчи  чақириқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 



Кенгашининг  ўн  биринчи  сессиясида  1992  йил  8  декабрда  қабул  қилинган.  (2002  йил  27  январда  ўтказилган 

умумхалқ  референдуми  натижаларига  кўра  ҳамда  унинг  асосида  Ўзбекистон  Республикасининг  2003  йил  24 

апрелда  қабул  қилинган  Қонунига  мувофиқ  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  XVIII,  XIX,  XX, 

XXIII  бобларига  ўзгартиришлар  ва  қўшимчалар  қиритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2007  йил  11 

апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  89-моддасига,  93-

моддасининг  15-бандига,  102-моддасининг  иккинчи  қисмига  тузатишлар  киритилган.  Ўзбекистон 

Республикасининг  2008  йил  25  декабрда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 

йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 

иккинчи  қисмига  тузатиш  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2014  йил  16  апрелда  қабул  қилинган 

Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 

қўшимчалар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  6  апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  80-моддасининг  4-бандига,  81-моддасининг  еттинчи  қисмига, 

83-


моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-

моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 

Республикасининг  2017  йил  31  майда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-

моддаларига  ўзгартишлар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  29  августда  қабул  қилинган 

қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 

Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 12 б. 

383 


 

                                                           



chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi» deb 

belgilaydi (JK 37-moddasi 1-qismi)



NOTA BENE ! 

Zaruriy mudofaa –  bu ijtimoiy xavfli bo‘lgan tajovuzdan qonuniy 

himoya qilish bo‘lib, tajovuzchiga noilojlikdan zarar yetkazish  orqali 

amalga oshiriladi hamda tajovuzning xarakteriga va ijtimoiy xavfliligi 

darajasiga mos keladi. 

 

Shuni ta’kidlash lozimki, JK himoya qilish obyektlari sifatida shaxsni



uning huquqlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘rsatadi. Bunda JK 2-

moddasining qoidalaridan farqli ravishda, ushbu obyektlar umumiy 

ahamiyatga ega bo‘ladi hamda Kodeks tomonidan jazo tahdidi ostida 

himoya qilinadigan barcha ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi. 

Xususan, atrof tabiiy muhitning, mulkning saqlanishini ta’minlash, 

insoniyat tinchligi va xavfsizligi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan 

munosabatlarni shunday munosabatlar deb tan olish kerak. JK 37-

moddasi 1-qismida sanab o‘tilgan zaruriy mudofaada himoya qilinadigan 

obyektlar umuman olganda JKning himoyasi ostida bo‘lgan 

munosabatlarning yagona formulasini ta’riflashi lozim: shaxs –  jamiyat  – 

davlat, bu yuridik texnikaning xususiyatlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lib, 

rasmiy jihatdan boshqacha bo‘lgan munosabatlarni himoya qilishga 

qaratilgan harakatlarni zaruriy mudofaa deb tan olishga ta’sir etmaydi. 

«Zaruriy mudofaa to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash davlat mulki, jamoat 

tartibi, boshqa fuqarolarning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, manfaatlarini 

tajovuzdan qo‘riqlashga ham oiddir»

1



Zaruriy mudofaada himoya qilish shaxsning tajovuzchiga ma’lum 

zarar  yetkazuvchi faol harakatlarida ifodalanganligi tufayli, qonun ushbu 

mudofaa mos kelishi lozim bo‘lgan ma’lum shartlarni ko‘rsatadi. 

Mudofaaning ushbu qonun shartlariga mos kelmasligi undan chetga 

chiqish bo‘lib, u ijtimoiy xavfli bo‘lganligi tufayli jinoyat deb tan olinadi. 

1

  



384 

 

                                                           



Vatanimizdagi jinoiy huquq nazariyasi va sud amaliyotida ishlab 

chiqilgan zaruriy mudofaa qonuniy bo‘lishining shartlari jamlangan holda, 



JK 37-moddasida  mustahkamlangan ushbu shartlar mavjudligi zaruriy 

mudofaa holatidan dalolat beruvchi ikkita elementga: tajovuzga va undan 

himoyalanishga daxldor bo‘ladi. Bunda faqat ushbu shartlarga to‘la 

muvofiq kelishi shaxsning harakatlarini zaruriy mudofaa sifatida 

malakalashga imkon berishi ko‘zda tutiladi. 

Tajovuzga oid bo‘lgan zaruriy mudofaa shartlari, umuman 

olganda, mavjudligi shaxsga zaruriy mudofaa qoidalari bo‘yicha  o‘zini 

himoya qilishga imkon beradigan holatlarni aniqlashga qaratilgan. Ushbu 

shartlar tajovuzni zaruriy mudofaaning mustaqil elementi sifatida bir necha 

jihatidan tavsiflaydi, ya’ni: tajovuzning turi, uning xarakteri, mavjudligi va 

haqiqiyligi. Faqat unga qarshi himoyalanish amalga oshirilgan tajovuz 

barcha talab etiladigan shartlarga javob bergan holdagina u zaruriy 

mudofaa uchun asos deb tan olinishi mumkin, aks holda jinoiy 

qonunchilikning qaralayotgan instituti qo‘llanilishi mumkin emas. 

Zaruriy mudofaaning qonuniy bo‘lishining tajovuzga oid birinchi 

sharti sifatida tajovuzning ijtimoiy xavfli va huquqqa qarshi bo‘lishi tan 

olinadi.  

«Jinoyat kodeksining maxsus qismida nazarda tutilgan harakatlar uni 

sodir etgan shaxsning javobgarlikka tortilganligi yoki ruhiy kasallik 

tufayli, jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lmaganligi sababli va boshqa 

asoslarga ko‘ra, javobgarlikdan ozod qilinganligidan qat’i nazar, Jinoyat 

kodeksining 37-moddasi doirasida himoyalanishiga asos beruvchi ijtimoiy 

xavfli tajovuz  deb hisoblanadi»

1

. Bunda huquqqa qarshi bo‘lishining 



alomati faqat tajovuzning obyektiv tomoniga tegishli bo‘ladi, ya’ni JK 

tegishli moddasining dispozitsiyasida ta’riflangan qilmishning o‘zi 

huquqqa qarshi deb tan olinadi, jinoyat subyektining tavsifi esa, JK 37-

moddasi jihatidan u yoki bu qilmishning huquqqa qarshi  deb tan 

olinishiga ta’sir etmaydi.  Shunday qilib, zaruriy mudofaa aqli noraso 

bo‘lgan, kichik yoshli shaxslarning qilmishlariga qarshi, shuningdek, 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  1996  йил  20  декабрдаги  «Ижтимоий  хавфли 



тажовузлардан  зарурий  мудофаа  ҳуқуқини  таъминловчи  қонунларнинг  судлар  томонидан  қўлланилиши 

ҳақида»ги 39-сонли қарори, 1-банд // Тўплам, 1-жилд. – 77-б.

 

385 


 

                                                           



amalda xato mavjud bo‘lgan holda harakat qiluvchi shaxslarning 

qilmishlariga qarshi amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi, ya’ni ularga xos 

bo‘lgan xususiyatlari tufayli o‘zlari sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishlari 

uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan, lekin ular sodir etgan 

harakatlar huquqqa qarshi xususiyatlarga ega bo‘lgan holda mumkin 

bo‘ladi.  

Aslida har qanday ijtimoiy xavfli tajovuzdan  –  jinoyatdan zaruriy 

mudofaa mumkin bo‘ladi. Lekin, shunga qaramay, har qanday jinoyat ham 

zaruriy mudofaa harakati uchun qonuniy shart bo‘lavermaydi. 

Tergov va sud organlari har bir muayyan holatda sodir etilgan qilmish 

zaruriy mudofaa holatini belgilab berish-bermasligi masalasini hal etishga 

individual yondashishi kerak. 

Eng avvalo, tajovuzchiga zarar yetkazish  orqali himoya qilinadigan 

qilmish himoya qilinadigan munosabatlarga shu ondagi va boshqacha 

oldini olib bo‘lmaydigan zarar yetkazilishi bilan  tajovuz qilishi lozim va 

faqat tajovuzchiga jismoniy ta’sir etish bilangina uning oldini olish 

mumkin bo‘lishi lozim. Sud amaliyoti ko‘rsatishicha, bunday harakatlarga, 

asosan, shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar, 

bezorilik,  hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va boshqa jinoyatlar, 

ya’ni zo‘rlik ishlatish bilan kechadigan, agressiv va buzg‘unchilik 

xarakteriga ega bo‘lgan jinoyatlar kiradi. 

Ayni paytda, bir qator huquqqa qarshi tajovuzlar mavjudki, ular shu 

ondagi va boshqacha oldini olib bo‘lmaydigan zarar yetkazilishi bilan 

tajovuz qilmaydi yoki ularning sodir etilishidan zarar zo‘rlik harakatlari 

bilan oldi olinishi lozim bo‘lmaydi. Bunday jinoyatlar sifatida, masalan, 

mehnat huquqini buzish, tuhmat, pora berish va boshqalar tan olinadi. Shu 

sababli bunday qilmish sodir etilishiga chek qo‘yish maqsadida 

tajovuzchiga zarar yetkazish zaruriy mudofaa deb qaralishi mumkin emas, 

zarar yetkazgan shaxs esa umumiy asoslarda javobgarlikka tortilishi lozim 

bo‘ladi. 

Bundan tashqari,  zaruriy mudofaa doirasida unga javoban zarar 

yetkazishga huquq beradigan ijtimoiy xavfli tajovuz faqat hujum 

qiluvchining qasddan faol xulqida (harakatida) ifodalanishi mumkin. 

386 


 

Ya’ni, ehtiyotsizlik orqali jinoyat sodir etilishida, shuningdek, 

harakatsizlik (biror-bir vazifani bajarmaslik) yo‘li bilan jinoyat sodir 

etilishida zaruriy mudofaa huquqi mavjud emas. 

Shuni ta’kidlash lozimki, qonun faqat JK bilan taqiqlangan 

tajovuzlardan zaruriy mudofaa qilish huquqini tan oladi. Shu sababli, hatto 

ijtimoiy xavfli bo‘lganda ham shaxs qonun bilan taqiqlanmagan noqonuniy 

harakatlar sodir etgan holda unga zarar yetkazish  mumkin emas. Bu 

mazkur institutning qo‘llanishida yaxlitlikka yordam beradi, shuningdek, 

jinoiy qonunchilikning adolat va insonparvarlik tamoyillarining amalga 

oshirilgani bo‘ladi. Ushbu masalani boshqacha hal etish zaruriy mudofaa 

holatlarining asossiz kengaytirilishiga olib kelgan bo‘lar edi. 

Xuddi shuningdek, rasman tarkibida sodir etilishi uchun JK da 

javobgarlik ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibining alomatlari bo‘lgan, lekin 

aslida jinoiy bo‘lmagan qilmishlar huquqqa qarshi qilmish sifatida 

qaralishi mumkin emas. Xususan, kam ahamiyatli ekanligi, oxirgi zarurat 

va hokazolar tufayli qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar 

bo‘lganda bu qilmishlar jinoiy bo‘lmaydi. Bunday qilmishlarga qarshi 

mudofaa qilgan shaxslarning harakatlari umumiy asoslarda ularga ushbu 

harakatlarning xarakteri avvaldan ma’lum bo‘lishi sharti bilan ijtimoiy 

xavfli bo‘lgan jinoiy harakatlar, ya’ni jinoiy javobgarlikka tortiladigan 

harakatlar deb qaralishi lozim. 

Zaruriy mudofaa yuzasidan ishlarni tergov qilishda va hal etishda

shuningdek, ba’zi holatlarda mansabdor shaxslar tashqi jihatdan huquqqa 

qarshi holatlarga o‘xshash bo‘lgan, lekin aslida shunday bo‘lmagan 

harakatlarni amalga oshirishga vakolatli bo‘ladi. Bunday harakatlar, 

masalan, maxsus vositani qo‘llash, qurolni ishlatish holatlari va hokazolar 

bo‘ladi. Bunday holatlarda mansabdor shaxsning harakatlari qonunchilik 

talablariga mosligi yoki, aksincha, huquqqa qarshi ekanligidan rasmiy 



mezon deyiladigan mezon dalolat beradi. Ushbu mezon shundan iboratki, 

barcha mansabdor shaxslarning harakatlari nafaqat mohiyati yuzasidan, 

balki rasmiy jihatidan ham qonuniy bo‘lishi lozim, ya’ni faqat qonun bilan 

belgilangan  shakliga amal qilingan holdagina amalga oshirilishi mumkin. 

Shu munosabatda mansabdor shaxslarning rasmiy ravishda noqonuniy 

387 


 

bo‘lgan va aslida huquqqa qarshi bo‘lgan harakatlariga qarshigina zaruriy 

mudofaaga yo‘l qo‘yilishi mumkin . 

Zaruriy mudofaa qonuniyligining ikkinchi sharti –  tajovuz mavjud 

bo‘lishidir.  



Tajovuz mavjudligi deb, obyektiv ravishda shu ondagi va boshqacha 

oldini olib bo‘lmaydigan holda ijtimoiy xavf yetkazishi mumkin bo‘lgan 

qilmish sifatida tavsiflaydigan belgilarning jamuljamligi tushuniladi.  

Huquqqa qarshi qilmish mavjudligi quyidagi hollarda aniqlanadi: 

– shu ondagi zarar yetkazishning haqiqiy xavfi mavjud bo‘lganda; 

– zarar yetkazilayotgan paytda. 

Huquqqa qarshi tajovuzning mavjudligi va uni amalga oshirishning 

haqiqiy xavfi bo‘lganda shaxsning mudofaa qilinadigan manfaatga shu 

ondagi va boshqacha oldini olib bo‘lmaydigan zarar yetkazilishining 

haqiqiy xavfi yuzaga kelgan holdayoq tajovuzchi shaxsga zarar yetkazish 

huquqini ko‘zda tutadi. Bu holda shaxs tajovuzning o‘zi yuzaga 

kelishining oldini olishga qaratilgan zaruriy mudofaaning preventiv (oldini 

oluvchi) choralarini amalga oshiradi. Shunday qilib, mudofaalanuvchi 

huquqqa qarshi harakatning yoki harakatsizlikning amalda oshirila 

boshlanishini, albatta, kutib o‘tirishi shart emas, chunki bu ba’zi holatlarda 

qonun bilan himoya qilinadigan obyektga zarar yetkazilishi xavfi ostiga 

qo‘yishi mumkin, fuqarolar tomonidan ushbu talabning bajarilishi esa 

og‘ir va qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lar edi. 

Huquqqa qarshi tajovuzning va uni amalga oshirishning haqiqiy xavfi 

mavjudligi masalasi tergov va sud organlari tomonidan haqiqiy 

ma’lumotlarga asoslangan holda mudofaalanuvchining subyekt 

tasavvurlaridan kelib chiqib hal etilishi lozim. Boshqacha aytganda, 

zaruriy mudofaani amalga oshiruvchi shaxsning huquqqa qarshi 

tajovuzining va uni amalga oshirishining haqiqiy xavfi mavjudligi 

to‘g‘risidagi  subyekt  tasavvuri amaliy vaziyatga, tajovuz qiluvchining 

haqiqiy harakatlariga asoslangan bo‘lishi lozim. Xususan, ular so‘zlar, 

imo-ishoralar bilan muayyan tahdid qilish, qurolni namoyish etish va 

boshqa qo‘rqitish usullari bo‘lishi mumkin. 

388 

 


Zarar  yetkazishning haqiqiy xavfi tug‘ilmagan, ya’ni tajovuz mavjud 

bo‘lmagan hollarda, shuningdek, zaruriy mudofaa holati ham yo‘qligini 

ko‘zda tutish lozim. Shu sababli bunday holda taxmin etilgan tajovuzchiga 

zarar yetkazish umumiy asoslarda jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim. 

Huquqqa qarshi tajovuzning uni amalga oshirish davrida (ya’ni, zarar 

yetkazilayotgan vaqtda) mavjudligi so‘zsiz bo‘ladi, bu davr tajovuzning 

amalda davom etish davridir. Shu munosabatda jinoiy qilmishning aslida 

boshlanishi va tugashi masalalari alohida e’tiborga molik bo‘ladi. 



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling