Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


JK 34-moddasi 2-qismiga  ko‘ra, «Ilgari hukm qilingan jinoyatiga 

o‘xshash jinoyat sodir etgan, ushbu Kodeksda alohida ko‘rsatilgan 

hollarda esa, maxsus qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan 

shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat deb 

topiladi». 

Oddiy retsidivdan farqli ravishda xavfli retsidiv qonun chiqaruvchi 

tomonidan ba’zi jinoyat tarkiblari uchun baholanadigan belgi kabi 

ta’riflanadi. Xavfli retsidiv jinoyat Jinoyat kodeksi maxsus qismining 

ko‘pgina moddalarida jinoyatlarning baholanadigan belgilari sifatida 

nazarda tutiladi. Masalan, JK 97-moddasi 2-qismi «r» bandi, 104-moddasi 

3-qismi «b» bandi, 164-moddasi 3-qismi «a» bandi va boshqalar. Xavfli 

retsidiv jinoyat modda konstruksiyasida baholanadigan belgi sifatida 

nazarda tutilmagan bo‘lsa va shaxs tomonidan mazkur jinoyat takroran 

sodir etilgan bo‘lsa, shaxs bu jinoyati uchun sudlangan bo‘lib, mol-mulkni 

qasddan nobud qilish (JK 173-moddasi) jinoyatini sodir etgan hollarda 

uning qilmishi JK 56-moddasi 1-qismi «n» bandiga havola qilinib jazoni 

og‘irlashtiruvchi holat sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. 

Xavfli retsidiv holati dastlabki tergov organi tomonidan jinoyat ishida 

ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinayotganda ko‘rsatib 

o‘tilgan bo‘lishi lozim va keyinchalik bu sud hukmining tavsif qismida 

ham  o‘z aksini topishi kerak. Xavfli retsidiv jinoyatga nisbatan ham 

sudlanganlik olib tashlanishi va o‘chganligi hamda shaxs ilgari qasddan 

sodir etgan jinoyati uchun javobgarlik yoki jazodan ozod qilinishi kabi 

boshqa hollarda ham xavfli retsidiv jinoyat deb topish asoslarining olib 

369 

 


tashlanishi qoidalari qo‘llaniladi. Misol uchun, «agar muqaddam sodir 

etilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyati uchun sudlanganlik holati 

tugallangan yoki qonunda belgilangan tartibda olib tashlangan bo‘lsa, 

shuningdek, agar qotillik jinoyati sodir etilgan paytga kelib ilgarigi jinoyat 

uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari o‘tgan bo‘lsa, qilmish JK 97-

moddasi ikkinchi qismining «r» bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi 

mumkin emas»

1



o‘ta xavfli retsidiv jinoyat bir qancha jinoyat sodir etishning nisbatan 

eng og‘ir shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 



JK 34-moddasi 3-qismi shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topishning 

quyidagi asoslarini keltiradi: «besh yildan kam bo‘lmagan muddatga 

ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan qasddan 

yangi jinoyat sodir etish, ya’ni: 

a) ilgari o‘ta og‘ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun 

hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam bo‘lmagan 

muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan 

o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi; 

b) ilgari og‘ir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-

keyinligidan qat’i nazar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ularning har 

biriga besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish 

jazosi tayinlangan shaxsning og‘ir jinoyat sodir etishi o‘ta xavfli retsidiv 

jinoyat deb topiladi». 

Mazkur variantlarni bayon qilish barobarida, qonun chiqaruvchi 

jinoyatlarni sodir qilishda ayb shakliga to‘xtalmaydi. Biroq, JK 15-

moddasi mazmunidan kelib chiqadiki, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar faqat 

qasddan sodir qilinishi mumkin. Binobarin, jinoyatlarning ijtimoiy 

xavflilik darajasini belgilashda eng quyi chegara sifatida kamida besh yil 

ozodlikdan mahrum qilish jazosi namoyon bo‘ladi. Bu hol jinoyatlarning 

qonundagi tasnifiga to‘liq muvofiqdir. 

«Jinoyat kodeksi 34-moddasi uchinchi qismini qo‘llashda ozodlikdan 

mahrum qilish jazosiga sudlangan shaxs deganda, muqaddam sudning 

1

 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  2004  йил  24  сентябрдаги  «Қасддан  одам 



ўлдиришга  оид  ишлар  бўйича  суд  амалиёти  тўғрисида»ги  13-сонли  қарори,  21-банд,  3-хатбоши  //  Тўплам,  2-

жилд. – 199–200-б. 

370 

 

                                                           



qonuniy kuchga kirgan hukmiga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish 

tariqasidagi jazo tayinlangan shaxs tushunilib, bunda hukm ijroga 

qaratilganligining, shu jumladan, shaxs mazkur jazoni o‘tamaganligi 

(masalan, shaxsning jazoni o‘tashdan bo‘yin  tovlaganligi, jazo ijrosi JPK 

533-moddasiga muvofiq kechiktirilganligi)ning yoki qisman 

o‘taganligining (masalan, keyinchalik jazodan muddatidan ilgari shartli, 

amnistiya aktiga asosan, kasalligi oqibatida ozod qilinganligining, jazo 

yengilrog‘i bilan almashtirilganligining) ahamiyati yo‘q, hukm jazoni ijro 

etish  muddatlari  o‘tib  ketganligi  uchun  ijroga  qaratilmagan  holler  (JK 

69-moddasi) bundan mustasno. 

Shu munosabat bilan JK 34-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan belgilar 

mavjud bo‘lganda, sud ilgari shartli hukm qilingan yoxud hukm ijrosi 

kechiktirilgan shaxsni ham, agar bu shaxs tegishlicha sinov muddati yoki 

hukm ijrosi kechiktirilgan davr ichida yangi jinoyat sodir etsa, o‘ta xavfli 

retsidivist deb topishga haqli»

1



O‘ta xavfli retsidiv jinoyatning asosiy o‘ziga xos belgisi uning o‘ta 

xavfli retsidiv deb, faqat sud tomonidan topilishining 

mustahkamlanganligidir  (JK 34-moddasi 4-qismi). Bu qoida shundan 

dalolat beradiki, sudlar ijtimoiy xavflilik haqiqiy tabiati va darajasini 

aniqlashda ustunlikka ega bo‘ladi va sudyalar har bir muayyan vaziyatda 

ish holatlari va o‘ta xavfli retsidivist maqomini aniqlash uchun muhim 

ahamiyatga ega bo‘ladigan aybdor shaxsi haqidagi aniq ma’lumotlardan 

kelib chiqishlari lozim. 



JK 34-moddasi 4-qismi  shaxsni  o‘ta xavfli retsidivist deb topish 

to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning boshqa davlatlar 

sudlarining hukmlari bo‘yicha sudlanganligi ham hisobga olinishi 

mumkinligini ham qayd etadi. Bu shundan dalolat beradiki, shaxsni o‘ta 

xavfli  retsidivist deb topishda aybdor shaxsining tabiati haqidagi 

ma’lumotlar katta ahamiyatga egadir, chunki boshqa davlat sudining 

ayblov hukmi ham aybdor xulqining muayyan ijtimoiy qoralanishi, hukm 

qilinishini ifodalaydi. Lekin, boshqa davlatda sodir etilgan  jinoyat og‘ir 

1

 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2008 йил 15 майдаги «Бир неча жиноят содир 



этилганда  қилмишни  квалификация  қилишга  доир  масалалар  тўғрисида»ги  13-сонли  қарори,  

27-


банд // Тўплам, 2008 й., 3-сон. – 16-б. 

371 


 

                                                           



yoki  o‘ta og‘ir bo‘lishi bilan birga, aybdor besh yildan kam bo‘lmagan 

muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lishi kerak. 

Bundan tashqari, sudlar shaxsning boshqa davlat hududida sodir etgan 

jinoiy jazoga sazovor qilmishi va shu bilan bog‘liq uni aybdor deb topish 

milliy jinoyat qonunchiligiga muvofiq kelishi lozimligini ham nazarda 

tutishlari kerak. 

Qonun ilgari qasddan jinoyat sodir etgan muayyan shaxslarga nisbatan 

cheklashlarni mustahkamlaydi. Masalan, «shaxsni o‘ta xavfli  retsidivist 

deb topish haqidagi masalani hal etishda shuni nazarda tutish lozimki, JK 

34-moddasining oltinchi qismiga ko‘ra,  o‘n sakkiz yoshgacha sodir 

qilingan jinoyat uchun sudlanganlik shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb 

topishda hisobga olinmaydi. Shundan kelib chiqib, agar shaxs muqaddam 

bir necha jinoyat uchun sudlangan bo‘lib, ulardan ayrimlarini voyaga 

yetmagan yoshda sodir etgan bo‘lsa, faqat voyaga yetgan davrda sodir 

etilgan jinoyatlar uchun sudlanganlik e’tiborga olinishi lozim»

1



Bunda shuni inobatga olish zarurki, «yangidan bir necha jinoyat sodir 

etgan shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi masalani hal 

qilishda sud, jinoyatlar yoki hukmlar majmui bo‘yicha tayinlangan uzil-

kesil jazo muddatidan emas, balki sodir etilishi shaxsni o‘ta xavfli 

retsidivist deb topish uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyat uchun 

tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo muddatidan kelib 

chiqishi lozim»

2



JPK 466-moddasi 3-bandiga muvofiq, shaxs o‘ta xavfli retsidivist deb 

topilganligi  haqida hukmning kirish qismida ko‘rsatib  o‘tilishi shart. Shu 

yerda qonunda belgilangan tartibda o‘chmagan yoki olib tashlanmagan 

avvalgi sudlanganliklar ham qayd etilishi lozim. «JKning 77-moddasiga 

muvofiq, sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning 

olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor 

bo‘ladi. Shuning uchun u hukmning kirish va tavsif qismlarida 

1

 



Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  2006  йил  3  февралдаги  «Судлар  томонидан 

жиноят  учун  жазо  тайинлаш  амалиёти  тўғрисида»ги  1-сонли  қарори,  9-банд,  3-хатбоши  //  Тўплам,  2-жилд.  – 

228-

б. 


2

 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2008 йил 15 майдаги «Бир неча жиноят содир 



этилганда  қилмишни  квалификация  қилишга  доир  масалалар  тўғрисида»ги  13-сонли  қарори,  

25-


банд // Ўзбекистон Республикаси Олий судининг Ахборотномаси, 2008 й., 3-сон. – 16-б. 

372 


 

                                                           



ko‘rsatilmaydi»

1

. Shu asnoda, Oliy sud Plenumi tushuntiradiki, olib 



tashlangan yoki o‘chgan sudlanganlik hukmning tavsif qismida faqatgina u 

ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxsga koloniya turini 

tayinlash uchun ahamiyatga ega bo‘lgandagina ko‘rsatilishi mumkin. 

Hukmning tavsif qismida aybdorni o‘ta xavfli retsidivist deb topish 

to‘g‘risida asoslantirilgan xulosalar bo‘lishi kerak. Ayblov hukmining 

qaror qismida boshqa masalalardan tashqari yana sudlanuvchining o‘ta 

xavfli retsidivist deb topilganligi (basharti sud shunday qaror qabul qilgan 

bo‘lsa) to‘g‘risidagi qaror yoritilishi lozim. 

Yuqorida,  voyaga  yetmagan yoshda olingan, o‘chgan yoki olib 

tashlangan sudlanganlik yuzasidan cheklovlar, retsidiv jinoyatning eng 

xavfli turida tan olinganligi bois, ular nafaqat o‘ta xavfli retsidiv jinoyat, 

balki retsidiv jinoyatlarning boshqa turlariga ham tegishli bo‘lishi darkor. 

Sudning shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish vakolatini ko‘zda 

tutib, JK 34-moddasi  7-qismida jinoyat qonuni shuni tushuntiradiki, o‘ta 

xavfli retsidivist bilan bog‘liq jinoiy-huquqiy oqibatlar faqatgina 

keyinchalik jinoyat  sodir etish bilan tan olinadi. «Ushbu Kodeks maxsus 

qismining  o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun 

javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga 

qadar qonunda belgilangan tartibda o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan 

bo‘lsagina qo‘llaniladi» (JK 34-moddasi  7-qismi). Boshqacha aytganda, 

jinoyatni  o‘ta xavfli retsidiv sifatida kvalifikatsiya qilish uchun, ushbu 

retsidiv aniq qayd qilinishi shart, bu holat esa faqat shaxs sud tomonidan 

o‘ta xavfli retsidivist deb topilganidan so‘ng vujudga keladi. 

Sud tomonidan shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish bir qator 

huquqiy oqibatlarga olib keladi: 

–  o‘ta xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etganlik Maxsus 

qismning ko‘p moddalarida qonun chiqaruvchi tomonidan tasniflovchi 

yoki alohida kvalifikatsiya belgisi sifatida baholanadi; 

1

 

См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 2 мая 1997 г. № 2 «О судебном 



приговоре»  (с  изменениями  и  дополнениями,  внесенными  постановлениями  Пленума  Верховного  суда 

Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10, 19 декабря 2003 г. № 20 и 3 февраля 2006 г. № 5) // Сборник, 

Т.1. – С. 338. 

373 


 

                                                           



–  o‘ta xavfli retsidivist erkaklar ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi 

jazoni maxsus tartibli koloniyalarda, ayollar esa qattiq tartibli 

koloniyalarda o‘tashadi; 

–  o‘ta xavfli retsidivistlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi 

muddatining bir qismini turma qamog‘ida saqlash tarzida o‘tash 

tayinlanishi mumkin; 

–  ularga nisbatan jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etishni 

qo‘llashning bir qancha cheklashlari belgilanishi mumkin; 

–  ularga nisbatan shartli ravishda jazo tayinlash, jazo muddatidan 

ilgari shartli ozod etish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish mumkin 

emas; 

– o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan sudlanganlikni olib tashlashning 



alohida tartibi belgilanadi. Mazkur turdagi retsidiv JK 79-moddasi 2-

qismiga asosan, sudlanganlikni olib tashlanishi yo‘li bilan bekor qilinishi 

mumkin. 

Qonunda belgilangan tartibda oddiy, xavfli va o‘ta xavfli turlarga 

bo‘linishdan tashqari, jinoyat-huquqiy doktrinada sudlanganlik miqdori, 

sodir qilingan jinoyatlar xarakteri, ularning ijtimoiy xavflilik darajasiga 

ko‘ra, oddiy va murakkab, umumiy va maxsus, penitentsiar va o‘ta xavfli 

retsidiv jinoyatlar turlari ajratiladi. 



Oddiy retsidiv shaxs ikki bor sudlangan bo‘ladi. Murakkab retsidiv 

– bu o‘ziga xos, bir qanchalik retsidiv, bunda aybdor shaxs uch marotaba 

va undan ko‘proq sudlangan. 

Umumiy retsidiv  shunda namoyon bo‘ladiki, aybdorning «arxivi» 

turli xil jinoyatlardan tarkib topgan (bevosita va turdosh obyekti bo‘yicha 

tafovutga ega hamda ayb shakli turlicha bo‘lgan jinoyatlar). Misol uchun, 

bojxona qonunchiligini buzganlik uchun sudlanganligi bo‘la turib, shaxs 

o‘g‘rilik yoki bezorilik va hokazo jinoyatni sodir qiladi. Maxsus retsidiv 

bir-biriga yaqin yoki turdosh jinoyatlarni o‘z ichiga oladi (bir xil bevosita 

va turdosh obyektiga ega hamda ayb shakli bir bo‘lgan jinoyatlar). 

Masalan, shaxs bosqinchilik jinoyati uchun sudlangan bo‘lib, xuddi shu 

jinoyat yoxud o‘g‘rilik, firibgarlik jinoyatini sodir etadi. Umumiy 

retsidivga nisbatan murakkab retsidiv xavfliroq tusga egadir. 

374 

 


Penitentsiar retsidivda  ilgari ozodlikdan mahrum qilish jazosiga 

hukm qilingan shaxs, avvalgi jinoyat uchun sudlanganlik muddati 

davomida yangi jinoyat sodir qilib, yana ozodlikdan mahrum qilish 

jazosiga hukm qilinadi. Mazkur retsidiv turining nomi ham jazoni 

ozodlikdan mahrum qilish joylarida  o‘tash bilan bog‘liq. 

o‘ta xavfli retsidiv  tushunchasi jinoyat huquqida uning qonundagi 

ta’rifiga to‘la mos, ya’ni u, sud hukmiga asosan, o‘ta xavfli retsidivist deb 

topilgan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilgan paytda kuzatiladi. 

«Bir qancha jinoyat sodir etish»  

mavzusi yuzasidan yakuniy savollar 

1. Bir qancha jinoyat sodir etish deganda nima tushuniladi? Uning 

ahamiyati nimada? 

2. Bir qancha jinoyatlar sodir etishning qanday zaruriy belgilari 

mavjud? 

3. Qanday turdagi jinoiy qilmishlar bir qancha jinoyatlarni tashkil 

qiladi? 

4. Bir qancha jinoyatlarning yagona jinoyatdan farqi nimada? 

Davomli, uzoqqa cho‘zilgan va tarkibli jinoyatlar ostida nima tushuniladi? 

5. Amaldagi qonunchilikda bir qancha jinoyat sodir etishning qanday 

turlari mavjud? 

6. Takroran jinoyat sodir etish deganda nima tushuniladi? Bir qancha 

jinoyat sodir etishning mazkur turi bo‘yicha kvalifikatsiya qilishning 

qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor? 

7. Jinoyatlar majmui ostida nima tushuniladi? Uning qanday zaruriy 

belgilari mavjud? Jinoyatlar majmuining qanday turlarini bilasiz? 

8. Jinoyatlar majmuini takroriylikdan farqlab bering. 

9.Jinoyatlar real majmuining jinoyatlar ideal majmuidan tafovuti 

nimada? Qilmishni jinoyatlar ideal majmui bo‘yicha kvalifikatsiya 

qilishning  o‘ziga xos xususiyatlari nimada? Qonun tomonidan inobatga 

olingan jinoyatlar ideal majmui va qonunda inobatga olinmagan jinoyatlar 

ideal majmui nimada ifodalanadi? 

375 

 


10. Raqobatdagi normalar deganda nima tushuniladi? Uning bir 

qancha jinoyatlarni sodir etishdan qanday farqlari mavjud? U yoki bu 

turdagi raqobatdagi normalar mavjudligida kvalifikatsiya qilish qoidalari 

nimadan iborat? 

11. Retsidiv jinoyat ostida nima tushuniladi, uning asosiy belgilari 

nimada? Qilmishda jinoyatlar majmui va retsidiv birikishi mumkinmi? 

12. Amaldagi JKda retsidivning qanday turlari ajratiladi? Jinoyat-

huquqiy doktrinada retsidivning qaysi turlari mavjud? 

13. Retsidiv jinoyatni topishda qanday sudlanganlik turlari inobatga 

olinmaydi? 

14. Retsidivning takroriy jinoyat sodir etishdan farqi nimada? 

15. Xavfli retsidiv oddiy retsidivdan qanday farqlanadi? Qay holatda 

shaxs o‘ta xavfli retsidivist deb tan olinadi? 

16. Retsidiv jinoyat qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi? 



Qo‘shimcha adabiyotlar  

O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar  

Бытко  Ю.И.  Учение  о  рецидиве  преступлений  в  российском 

уголовном праве: история и современность. – Саратов: 1998. – 220 Б.  



Горелик  А.С.  Конкуренция  уголовно-правовых  норм.  – 

Красноярск: 1996. – 67 Б. 



Иногамова-Хегай Л.В. Конкуренция норм уголовного права. – М.: 

1999. – 


288 Б. 

Красиков  Ю.А.  Множественность  преступлений  (понятие,  виды, 

наказуемость). – М.: 1998. – 96 Б. 



Малков  В.П.,  Тимершин  Х.А.  Множественность  преступлений.  – 

Уфа.: УВШ МВД РФ, 1995. – 238 Б. 



Яковлев А.М. Совокупность преступлений. – М.: Госюриздат, 1964. 

119 Б. 



Ilmiy maqolalar  

Бикеев  И.  Актуальные  проблемы  ответственности  за 

множественность преступлений // Ж. Уголовное право.  2001.  № 4. – 

13–14-

б. 


376 

 


Бойко А. Верните неоднократность // Ж. Законность. 2006.  № 1. – 

12-


б. 

Бражник Ф. Множественность преступлений – отражение их со-

вокупной общественной опасности // Ж. Уголовное право.  2000.  № 

3. – 6–10-

б. 


Бриллиантов  А.В.  Множественность  преступлений  в  уголовном 

законе // Ж. Российский следователь. 2004.  № 2. – 11–13-б. 



Иногомова Л. Неоднократность и конкуренция норм. Некоторые 

спорные  вопросы  квалификации  преступлений  и  назначения 

наказания // Ж. Уголовное право. 2002. № 2. – 30–33-б. 

Спивак  С.  Понятие  совокупности  преступлений  и  ее  виды  //  Ж. 

Российская юстиция. 2005. № 5. – 44-б. 



Шнитенков  А.  Проблемы  квалификации  при  совокупности 

преступлений // Ж. Российская юстиция. 2005. № 2. – 68-б. 

 

 

 

377 


 

XII BOB. QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILADIGAN 

HOLATLAR  

1-§. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan  

holatlar tushunchasi 

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi u yoki bu qilmishning 

jinoiyligi masalasini hal etganda unda jinoyat tarkibining barcha belgilari

albatta, haqiqatda mavjudligi talabidan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, 

qilmishlar tashqi jihatdan (ya’ni, rasman) sodir etilishi uchun javobgarlik 

JK da ko‘zda tutilgan harakatlar yoki harakatsizlikka o‘xshagan bo‘lsa-da, 

haqiqatda jinoyat tarkibining barcha elementlariga ega bo‘lmasa, jinoyat 

deb  tan olinishi mumkin emas va kerak emas. Bunday holatlarda jinoiy 

javobgarlik istisno etiladi. 

JK 35-moddasida  qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar 

sifatida u yoki bu holatlarni tan olishning yo‘naltiruvchi asoslari belgilab 

beriladi, nafaqat huquqni qo‘llaydigan organlar uchun, balki qonun 

chiqaruvchilar uchun ham JK III bo‘limining biror-bir qoidalarini 

o‘zgartirish, to‘ldirish yoki bekor qilishda ularga amal qilish majburiy 

bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu qoidalar JK 3–10-moddalarida 

mustahkamlangan tamoyillarga, chunonchi, adolat va gumanizm 

tamoyillariga uning muntazam muvofiq amal qilishidan dalolat beradi.  



JK 35-moddasi 1-qismiga  muvofiq, «qilmishda ushbu Kodeksda 

nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin  u 

ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini 

istisno qiladigan holatlar deb topiladi». 

Qonunda ushbu belgilarning yo‘qligiga ishora qilish tasodifiy emas, 

balki JK 14-moddasining qoidalari bilan belgilab berilgan: «Jinoyat 

kodeksi bilan jazo qo‘llash tahdidi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli 

qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jinoyat deb topiladi». Shu tufayli hech 

bo‘lmasa bitta belgisining yo‘qligi sodir etilgan harakat yoki 

harakatsizlikni jinoyat soniga kiritishga imkon bermaydi, ya’ni shunday 

harakatning jinoiyligini istisno qiladi. Masalan, «jinoyatni istisno qiluvchi 

holatlar (masalan, kam ahamiyatli qilmishlar bo‘lgani uchun) ijtimoiy 

378 

 


xavfli bo‘lmasligi mumkin yoki huquqqa qarshi yo‘nalgan bo‘lmasligi 

mumkin (masalan, zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish 

sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish) yoki aybli harakat 

bo‘lmasligi mumkin (buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; 

kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq  bo‘lgan asosli tavakkalchilik,  

jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan 

qo‘rqitish natijasida), oxirgi ikkita holatda aybning mavjudligi JK 40-  va 

41-moddalariga muvofiq, jinoiyligi oldindan ayon bo‘lgan buyruq yoki 

boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs uchun yoki ularning 

tavakkalchiligi odamlarning halok bo‘lish xavfi, ekologiya halokati yoxud 

boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib 

qilingan bo‘lsa, ular jinoiy javobgarlikka tortiladi»

1



Shuni hisobga olish lozimki, JK 35-moddasi 1-qismi  hech bo‘lmasa 



bittasining yo‘qligi sodir etilgan qilmishning jinoiy emasligidan dalolat 

beradigan belgilarning barchasini to‘liq belgilab beradi. Shu tufayli ushbu 

normada ko‘rsatilmagan boshqa  elementlar biror-bir holatni qilmishning 

jinoiyligini istisno qiladigan holat sifatida tan olish uchun asos yaratib 

berishi mumkin emas. 

Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar masalasi umuman 

biror-bir qilmish uchun javobgarlik belgilanganda emas, faqat uni amalga 

oshirishning muayyan vaziyati tufayli boshqacha mazmun kasb etgan 

muayyan jinoyat sodir etilgan holatda yuzaga keladi. Shunday qilib, 

qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar ma’lum bir qilmishning 

xususiyatini aks ettirib, uning ijtimoiy foydali ekanligi, uning ma’naviy 

jihatdan va qonun tomonidan ma’qullanishi yoki uning mumkin 

ekanligidan dalolat beradi (qilmishning kam ahamiyatli bo‘lgan holatida). 

Bunday hollarda qilmish o‘z yuridik mohiyatiga ko‘ra faqat tashqi 

jihatidan JK da ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibining belgilariga o‘xshash 

bo‘ladi. 



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling