Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


6-§. Jinoyatga daxldorlik 

NOTA BENE ! 

Jinoyatga daxldorlik  –  bu jinoiy daxldorlikning jinoyat haqida 

oldindan va’da bermagan holda xabar qilmaslik, oldindan va’da bermagan 

holda jinoyatchini yashirganlik va oldindan va’da bermagan holda 

jinoyatga yo‘l qo‘yganlikda  ifodalanuvchi bajaruvchining qilmishi bilan 

sababiy bog‘lanishda bo‘lmagan shaklidir. 

 

Daxldorlik ishtirokchilikdan shu bilan farqlanadiki, bunda jinoyatga 



daxldor shaxslar sodir etilgan jinoyatga muayyan munosabatda daxldor 

bo‘lsalar-da, u bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lmaydilar, jinoiy natijaning 

kelib chiqishiga ko‘maklashmaydilar. 

Jinoyatga daxldorlik jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradigan va 

jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan bo‘lishi mumkin. Jinoiy 

javobgarlikni keltirib chiqaradiganlarga oldindan va’da bermagan holda 

jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila 

turib, oldindan va’da bermagan holda hokimiyat organlariga xabar 

336 

 


qilmaslik yoxud jinoyat sodir qilishga yo‘l qo‘yib berish

1

  (JK 205-, 208-



moddalari va boshqalar), oldindan va’da bermagan holda xabar qilmaslik 

va oldindan va’da bermagan holda yashirganlik, agar mazkur holatlar o‘ta 

og‘ir va og‘ir jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lsa (JK 241-moddasi), kabilarni 

aytish mumkin. 

Jinoyatga daxldorlikning ijtimoiy xavfliligi shundan iboratki, u 

huquqni muhofaza etish organlariga o‘z faoliyatini, xususan, jinoyat sodir 

etishning oldini olish faoliyatini samarali amalga oshirishga to‘sqinlik 

qiladi. Jinoyat haqida xabar qilmaslik, jinoyatni yashirish singari, 

jinoyatchilarda yoki jinoyat sodir etish niyatida bo‘lgan shaxslarda jazosiz 

qolish hissini vujudga keltiradi, ongda salbiy tasavvurni shakllantiradi

muayyan hollarda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan aybdor 

shaxslarning javobgarlikdan va jazodan qutulib qolishiga yordam beradi. 



JK 31-moddasi 1-qismi  tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki 

sodir etilgan jinoyat haqida  oldindan va’da bermagan holda xabar 



qilmaslik shaklini ko‘rib chiqadi. 

Oldindan va’da qilinmagan xabar bermaslikning obyektiv tomoni 

harakatsizlikdan, ya’ni og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatga tayyorgarlik 

ko‘rilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi 

haqida aniq bila turib xabar bermaslikdan iborat passiv xulq-atvorda 

ifodalanadi. 

Ko‘p hollarda, jinoyat haqida xabar berish, avvalambor, fuqaroviy 

burch bo‘lganligi sababli xabar qilmaslik axloqiy nuqtai nazardan ko‘rib 

chiqilishi lozim. Biroq ba’zi hollarda, ayniqsa, qonun chiqaruvchi 

tomonidan eng xavfli deb belgilangan hollarda (ular tajovuzning ijtimoiy 

xavflilik darajasida ifodalanadi) Jinoyat kodeksining 241-moddasi 

mazmunida jinoiy jazoga sazovor qilmish sifatida ko‘rib chiqilishi lozim. 



Tayyorlanayotgan jinoyat  –  jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishda 

ifodalanadigan tugallanmagan jinoyat bosqichidir. U jinoyat sodir etish 

sharoitlarini yaratish, jinoyat sodir etish rejalarining ishlab chiqilishi, 

ishtirokchilarning qidirib topilishiga qaratilgan harakatlarda va ijtimoiy 

1

 

Надо  сказать,  что  такая  форма  прикосновенности  к  преступлению  как  попустительство  в  УК  не 



предусмотрена  (ст.  31),  однако  она  выделяется  в  теории  уголовного  права,  в  связи  с  чем,  ее  отдельное 

рассмотрение представляется целесообразным. 

337 

 

                                                           



xavfli qilmish sodir etishga bo‘lgan boshqa shu kabi tayyorgarlik 

harakatlarida ifodalanadi. Bundan tashqari, jinoyatga tayyorgarlik zarur 

qurolga ega bo‘lish, atrofni o‘rganish, ishtirokchilarni qidirish va 

hokazolarda ifodalanishi mumkin. 

(Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish haqida batafsilroq mazkur 

tom IX bobining «Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik» deb nomlanuvchi 2-§ 

ga qarang.) 

Sodir etilayotgan jinoyat – suiqasdda ifodalanadigan tugallanmagan 

jinoyat bosqichidir. Amaliyotda har xil maxsus akt jinoiy jazoga sazovor 

qilmishni tashkil etadigan, ammo umuman olganda tugallangan jinoyat 

tarkibini tashkil etmaydigan davomli jinoyatlar ham uchraydi. Bu kabilar 

ham sodir etilayotgan jinoyat deb topilishi lozim. 

(Jinoyat sodir etishga suiqasd haqida batafsilroq mazkur tom IX 

bobining «Jinoyat sodir etishga suiqasd» deb nomlanuvchi 3-§ ga qarang.) 

Sodir etilgan jinoyat jinoyat tarkiblari formal va moddiy 

konstruksiyalaridan kelib chiqib, tugallangan jinoyatdir. U JK Maxsus 

qismi aniq moddalari konstruksiyalari bo‘yicha tugallangan jinoyat 

tarkibini tashkil qiladigan harakatlarda o‘z ifodasini topadi. 

Xabar bermaslikni tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilayotgan yoki 

sodir etilgan jinoyat haqida aniq bila turib aybdorning huquqni muhofaza 

qilish organlari: surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sudlarga 

ma’lum qilmaganligida qayd etish mumkin. Mazkur organlarni xabardor 

qilishlik og‘zaki yoki yozma; shaxsan yoki boshqa shaxslar yordamida; 

ma’lumot kim tomonidan berilayotganligini ko‘rsatib yoki anonim tarzda 

va hokazo ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin, bunda ma’lumot berish 

shakli va turi ahamiyatga ega emas. Bundan tashqari, huquqni muhofaza 

qiluvchi organlarga berilayotgan ma’lum bo‘lgan tayyorlanayotgan 

jinoyat, sodir etilayotgan jinoyat yoki sodir etilgan jinoyatlar haqidagi 

ma’lumotlar to‘liq va o‘z vaqtida yetkazilishi darkor. Ya’ni, shaxs jinoyat 

bilan bog‘liq unga ma’lum bo‘lgan barcha ma’lumotlarni juda tez vaqt 

ichida xabar berishi shart. 

Tugallanmagan yoki tugallangan jinoyat haqida xabar bermaslik 

jinoyat faktining mavjudligi uchun asosiy shartlardan biri –  aybdor shaxs 

xabardorligining haqiqiyligidir. 

338 

 


Jinoyatchi xabardorligining haqiqiyligi shuni anglatadiki, unga ayon 

bo‘lgan faktlar, boshqa shaxs yoki shaxslar tomonidan sodir etilayotgan 

qilmishning jinoyatligi unda hech qanday shubha-gumon uyg‘otmaydi. 

Bunda,  aybdor shaxs shuni tushunib yetishi kerakki, tayyorlanayotgan 

jinoyat, sodir etilayotgan jinoyat yoki sodir etilgan jinoyatlar o‘zining 

xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra og‘ir va o‘ta og‘ir 

jinoyatlar kategoriyasiga kiradi. 

Subyekt  tomondan  aybdor tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir 

etilayotgan yoki sodir etilgan jinoyatni aniq bila turib xabar 

bermayotganligini biladi, o‘z harakatlari xarakterini anglaydi, bu 

harakatlar oqibatini oldindan ko‘ra biladi hamda istaydi yoxud shunga 

ongli ravishda  yo‘l qo‘yadi. Bunda motiv va maqsad jinoiy-huquqiy 

ahamiyatga ega emas. 



JK 31-moddasi 2-qismi  daxldorlikning oldindan va’da bermagan 

holda yashirganlik shaklini belgilaydi. Uning ijtimoiy xavfliligi jinoyatni 

fosh etishda qiyinchiliklar tug‘dirishidadir. 

Oldindan va’da bermagan holda jinoyatni yashirganlik  –  jinoyat 

tugallanishigacha bajaruvchiga va’da berilmagan yashirishdir. U jinoyat 

bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lmaydi, shu holat bilan oldindan va’da 

bergan holda yashirish shaklidagi yordamchilikdan farq qiladi. 

Oldindan va’da bermasdan jinoyatni yashirish obyektiv tomondan 

aynan harakatlarda, ya’ni jinoyatchiga jismoniy ko‘mak berish, u 

yashirinishi mumkin bo‘lgan turar joyni taqdim etish orqali uni odil sudlov 

organlaridan yashirish, uni qalbaki yoki o‘zga shaxslarga tegishli hujjatlar 

bilan ta’minlashda ifodalanadi. 

(Jinoyatchini, jinoyat vositalari va qurollari, jinoyat izlari, jinoiy yo‘l 

bilan topilgan narsalarni yashirish tushunchasi haqida batafsilroq mazkur 

bobning «Jinoyat ishtirokchilarining turlari» deb nomlanuvchi 2-§ ga 

qarang.) 

Jinoyatda yordamchilikdan farqliroq, uni yashirganlik jinoyatga 

daxldorlikning shakli sifatida shundan kelib chiqadiki, yashirishga rozilik 

jinoyat tugallanganidan keyin beriladi va shuning uchun u jinoyat bilan 

sababiy-oqibat bog‘liqlikda bo‘lmaydi. Oldindan va’da bermagan holda 

339 


 

yashirishni uning obyektiv tomoniga kiradigan harakatlardan biri 

bajarilgan paytdan boshlab tugallangan deb hisoblash lozim. 

Oldindan va’da qilmagan holda jinoiy yo‘l bilan topilganligi aniq 

ayon bo‘lgan mulkni olish oldindan va’da bermagan holda yashirish deb 

qaralishi mumkin emas, chunki bu qilmish JK 171-moddasida javobgarlik 

belgilangan jinoyatning mustaqil tarkibini tashkil qiladi. 

Yashirish  subyekt  tomondan  faqat  to‘g‘ri qasd  bilan amalga 

oshiriladi. Yashiruvchi, birinchidan, o‘ta og‘ir yoki og‘ir jinoyatni 

yashirayotganligini, ikkinchidan, o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini 

anglaydi. Shaxs jinoyatni yashirganlik uchun faqat o‘zi bilgan jinoyat 

uchungina javobgarlikka tortilishi mumkin. Jinoyatni yashirish 

jinoyatining tarkibi formal bo‘lganligi sababli aybdor o‘zi amalga 

oshirayotgan harakatlarning sodir etilishini xohlaydi. 

Faqat 16 yoshga yetgan shaxslar oldindan va’da bermagan holda 

jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun 

javobgarlikka tortiladilar. Bunda JK 31-moddasi 3-qismiga  ko‘ra, 

oldindan va’da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki 

jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki 

sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi. JK Maxsus 

qismining sakkizinchi bo‘limida izohlanishicha, yaqin qarindoshlarga 

qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, 

aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan, farzandlikka 

olinganlar, nevaralar, shuningdek, er-xotinning ota-onasi, aka-uka va opa-

singillari kiradi. 

Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat haqida xabar bermaganlik va uni 

yashirganlik bilan birga, jinoyatga daxldorlikning JK Umumiy qismida 

nazarda tutilmagan uchinchi shakli –  jinoyatga yo‘l qo‘yib berish ham 

ajratib ko‘rsatiladi.  



Oldindan va’da bermagan holda yo‘l qo‘yib berish  jinoyatga 

to‘sqinlik qilishi shart bo‘lgan va bunga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan 

shaxsning jinoyat sodir etilishga to‘sqinlik  qilmaganligidan iboratdir. 

Oldindan va’da qilingan holda jinoyatga yo‘l qo‘yib berish yordamchilik 

ko‘rinishida jinoyatda ishtirokchilikni tashkil qiladi.  

340 


 

Jinoyatga yo‘l qo‘yib berish obyektiv tomondan  biror shaxs 

zimmasida xizmat yoki mansab holatiga ko‘ra, qonun to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

ko‘rsatgan bo‘lishiga qaramay, harakatsizlik, tayyorlanayotgan jinoyatni 

bartaraf etish, sodir etilayotgan jinoyatning oldini olish yoki jinoyat sodir 

etgan shaxsning kelgusi jinoiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish choralarini 

ko‘rmaslikda namoyon bo‘ladi. 

Yo‘l qo‘yib berish subyekt tomondan to‘g‘ri qasd bilan tavsiflanadi. 

Aybdor o‘z passiv xulq-atvorining (harakat qilishning real imkoni bo‘lgani 

holda) ijtimoiy xavfini tushunadi va shuni xohlaydi. 

Aytish lozimki, oldindan va’da bermay jinoyatga yo‘l qo‘yib berish 

xavf ostida qoldirish (JK 117-moddasi), mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz 

munosabatda bo‘lish (JK 172-moddasi), hokimiyat yoki mansab vakolatini 

suiiste’mol qilish (JK 205-moddasi), hokimiyat harakatsizligi (JK 208-

moddasi) kabi jinoyatlarning alohida tarkibi sifatida nazarda tutilgan. 



«Jinoyatda ishtirokchilik»  

mavzusi yuzasidan yakuniy savollar 

1. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatning yuqoriroq ijtimoiy 

xavfliligi nimada? 

2. Ishtirokchilikning obyektiv belgilari nimalardan iborat? 

3. Ishtirokchilikning subyekt belgilari nimalardan iborat? 

4. Javobgarlik kelib chiqadigan yoshga to‘lmagan, aqli noraso yoki 

aybsiz holda harakat qilgan shaxs bilan ishtirokchilik vujudga kelishi 

mumkinmi? 

5. Jinoyat ishtirokchilarining  qanday turlari mavjud? Jinoyat 

ishtirokchilarining qanday turi eng xavfli ko‘rinadi va nima uchun? 

6. Jinoyatni bilvosita sodir etish nima? 

7. Boshqa shaxsning jinoyatni sodir etish maqsadini qo‘llab-

quvvatlagan shaxs dalolatchi deb topiladimi? 

8. Dalolatchilik intellektual yordamchilikdan nima bilan farqlanadi? 

9. Jinoyat sodir etilishini kuzatgan va uning oldini olish bo‘yicha hech 

qanday choralarni ko‘rmagan shaxs yordamchi deb topilishi mumkinmi? 

341 

 


10. Ishtirokchilikning qanday turlari va shakllari ajratiladi? Amaldagi 

qonunchilikka muvofiq ishtirokchilikni shakllarga tasniflashning qanday 

mezonlari bor? 

11. Birgalikdagi bajaruvchilik nima? Rollar taqsimoti bilan 

ishtirokchilik nima? 

12. Birgalikdagi bajaruvchilik (oddiy ishtirokchilik) va rollar 

taqsimoti bilan ishtirokchilik (murakkab ishtirokchilik) mavjudligida 

ishtirokchilarning xatti-harakatlarini kvalifikatsiya qilish qoidalari qanday? 

13. Jinoyat sodir etishda oddiy ishtirokchilik deganda nima 

tushuniladi? Bunda kvalifikatsiya qilishning qoidalari qanday? 

14. Murakkab ishtirokchilik nima? Uning jinoyat-huquqiy ahamiyati 

nimada? 


15. Uyushgan guruh deganda nima tushuniladi? 

16. Jinoiy uyushma deganda nima tushuniladi? 

17. Bir guruh shaxslar deganda nima tushuniladi? Agar ikkinchi 

jinoyat ishtirokchisi  aqli noraso shaxs bo‘lgan bo‘lsa, guruh mavjud 

bo‘ladimi? 

18. Uyushgan guruh va jinoiy uyushma o‘rtasidagi hamda uyushgan 

guruh va oldindan til biriktirgan bir guruh shaxslar o‘rtasidagi farq 

nimadan iborat? 

19. Jinoyat ishtirokchilarining javobgarligi asoslari va doirasini 

ta’riflab bering. 

20. Bajaruvchi eksessi nima, uning qanday turlari mavjud? 

21. Muvaffaqiyatsiz ishtirokchilik deganda nima tushuniladi? 

Muvaffaqiyatsiz ishtirokchilikda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchining 

xatti-harakatlarini kvalifikatsiya qilish qoidalari qanday? 

22. Jinoyat ishtirokchilari jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytishining 

o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering. 

23. Maxsus subyektli jinoyatlarda ishtirokchilik uchun 

javobgarlikning o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat? 

24. Jinoyatga daxldorlik nima? Jinoyatga daxldorlik va ishtirokchilik 

o‘rtasidagi farq nimada? 

342 

 


25. Jinoyatga daxldorlikning qanday turlari mavjud, ularning jinoyat-

huquqiy ahamiyati nimadan iborat? 



Qo‘shimcha adabiyotlar 

O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar 

Абдумажидов  Г.А.,  Абдурасулова  К.Р.  Правовой  анализ 

организованной  преступности  и  наркомании  //  Ж.  Научные  Труды 

Академии  финансовой  полиции.  Вып.2.  –  Алматы.:  Жеты  жаргы. 

2001. – 144–147-

б. 

Галиакбаров  Р.Р.  Борьба  с  групповыми  преступлениями. 

Вопросы  квалификации.  –  Кубань:  Кубанский  государственный 

аграрный университет, 2000. – 200 Б. 

Козлов  А.П.  Соучастие:  традиции  и  реальность.  –  СПб.: 

«Юридический центр Пресс», 2001. – 362 Б. 



Топильская  Е.В.  Организованная  преступность.  –  СПб.: 

«Юридический центр Пресс».  1999. – 256 Б. 



Ilmiy maqolalar 

Зуфаров Р.А. Институт соучастия в уголовном праве зарубежных 

стран  //  Иштирокчиликда  содир  этиладиган  жиноятларга  қарши 

курашнинг  миллий  тажрибаси:  бугунги  ҳолати  ва  қонунчиликни 

такомиллаштириш 

истиқболлари. 

Республика 

илмий-амалий 

конференция  материаллари  тўплами  (2016  йил  25  апрель).  –  Т.: 

Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2016. – Б. 45-54. 

Ниёзова С.С. Бир гуруҳ шахслар томонидан жинсий жиноятларни 

содир 


этганлик 

учун 


жавобгарлик 

масалалари 

ҳамда 

жабрланувчининг  хулқ-атворига  доир  айрим  мулоҳазалар  // 



Иштирокчиликда  содир  этиладиган  жиноятларга  қарши  курашнинг 

миллий 


тажрибаси: 

бугунги 


ҳолати 

ва 


қонунчиликни 

такомиллаштириш 

истиқболлари. 

Республика 

илмий-амалий 

конференция  материаллари  тўплами  (2016  йил  25  апрель).  –  Т.: 

Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2016. – Б. 134-143. 

343 


 

Рустамбаев  А.М.  Общие  черты  и  различия  уголовно-правовых 

признаков групповой и организованной преступности // Ж. Давлат ва 

ҳуқуқ.  2005. № 5 (27). – 39-43-б. 

Рустамбаев А.М. Типичные недостатки практики привлечения к 

уголовной  ответственности  лидеров,  организаторов  преступных 

группировок // Вестник ТГЮИ, 2-ой выпуск.  2006. – 55–58-б. 

Соттиев И.А., Якубов А.С. Критерии классификации и уголовно-

правовое  значение  «простейших»  форм  соучастия  //  Конституция  – 

ҳуқуқий давлат қуришнинг асоси. – Т.: 1996. – 163–166-б. 

Щепельков  В.Ф.  Определение  вида  соучастников  в 

преступлениях  со  специальным  субъектом  //  Ж.  Российский 

следователь.  2003.  № 7. – 36–38-б. 

Эрматов  Ғ.О.  Бир  груҳ  шахслар  томонидан  талончилик 

қилганлик  учун  жавобгарлик  //  Иштирокчиликда  содир  этиладиган 

жиноятларга қарши курашнинг миллий тажрибаси: бугунги ҳолати ва 

қонунчиликни  такомиллаштириш  истиқболлари.  Республика  илмий-

амалий  конференция  материаллари  тўплами  (2016  йил  25  апрель). – 

Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2016. – Б. 143-150. 



Якубов 

А.С. 

Уголовно-правовые 

основы 

борьбы 


с 

организованными  формами  преступной  деятельности  в  Республике 

Узбекистан // Ж. Маяк Востока.  1995. № 2. – 55–58-б.  

  

 

344 


 

XI BOB. BIR QANCHA JINOYAT SODIR ETISH  

1-§. Bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasi va turlari 

Bir shaxs tomonidan bir vaqtning o‘zida yoki turli vaqtda bir qancha 

jinoyatlarni sodir etilishi tergov-sud amaliyotida ko‘p uchraydigan 

hodisadir. Jinoyat huquqida bu hodisa bir qancha jinoyat sodir etish deb 

nomlanadi. 

Bir qancha jinoyat sodir etish  huquqiy nuqtai nazardan tegishli 

huquqiy oqibatlarga olib keluvchi jinoyatning muayyan shakllarini aks 

ettiruvchi jinoiy-huquqiy atama sifatida tavsiflanishi lozim. 

NOTA BENE ! 

Bir qancha jinoyat sodir etish  –  bir shaxs tomonidan bir vaqtning 

o‘zida yoki ketma-ket tamomlangan yoki tamomlanmagan bo‘lishidan, 

shaxsan o‘zi yoki ishtirokchilikda sodir etilgan yoki etilmagan bo‘lishidan 

qat’i nazar, ushbu jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy-huquqiy 

oqibatlar mavjudlik sharti bo‘lganda, ikki yoki undan ortiq har biri 

jinoyatlarning mustaqil tarkibini tashkil etuvchi jinoiy qilmish sodir 

etishdan iboratdir. 

 

Quyidagi belgilar bir qancha jinoyat sodir etishga xosdir: 



–  JK Maxsus qismining aynan bir moddasida, turli moddalarida yoki 

moddaning turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning shaxs 

tomonidan sodir etilishi; 

–  bir qancha jinoyatni tashkil etuvchi qilmishlarning har biri alohida 

jinoyat bo‘lishi; 

–  shunday jinoiy qilmishlarni sodir etish faktidan kelib chiqadigan 

jinoiy-huquqiy oqibatlarning mavjudligi (jinoyatlar bo‘yicha sudlanganlik 

tugallangan yoki olib tashlangan bo‘lsa yoxud ular uchun jinoiy 

javobgarlik kelib chiqishi istisno qilinadigan bo‘lsa, bu bir qancha jinoyat 

sodir etishni tashkil qilmaydi). 

Aybdorning biri JK 14-moddasiga muvofiq, jinoyat deb 

hisoblanmaydigan va ma’muriy yoki intizomiy huquqbuzarlik sifatida 

345 

 


yoxud axloqqa xilof harakat sifatida kvalifikatsiya qilinadigan, ikkinchisi 

esa jinoyat bo‘lib hisoblanadigan qilmishlari takroran jinoyat sodir etishni 

tashkil etmaydi. Masalan, mayda bezorilik (MJtK 183-moddasida ko‘zda 

tutilgan) va bezorilik (JK 277-moddasi) takroran jinoyat sodir etish (shu 

jumladan, bir qancha jinoyat sodir etish)ni tashkil etmaydi. 

Bir qancha jinoyat sodir etish aybdor shaxsining ham (shaxsning 

jinoyatlar sodir etishga, ko‘pincha professional jinoiy faoliyat bilan 

shug‘ullanishga ko‘proq moyilligini namoyon qiladi), umuman sodir 

etilgan qilmishning ham (natijada jinoyat huquqi tomonidan 

qo‘riqlanadigan munosabatlarning kengroq doirasi zarar ko‘radi, 

jamiyatning boshqa beqaror a’zolarida jazolanmay qolish mumkin degan 

xomhayol uyg‘otadi, jinoyatlar buzilishi va dinamikasida keng tarqalgan 

hodisaga aylanadi) ijtimoiy xavfliligi kattaroq ekanligidan dalolat beradi. 

Bu JK Maxsus qismining ko‘p normalarida aks etgan bo‘lib, bu moddalar 

sanksiyalarida bir qancha jinoyat sodir etishning turli ko‘rinishlari 

(shakllari) uchun ko‘proq javobgarlik nazarda tutilgan.  

Bir qancha jinoyat sodir etishning yuridik mazmuni shundan iboratki, 

u jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazadi, jazo 

tayinlashning maxsus qoidalarini (bir necha marta sodir etilganda jazo 

tayinlash va bir necha hukm bo‘yicha jazo tayinlash) keltirib chiqaradi, 

javobgarlik va jazodan ozod qilish masalalarini hal qilishga, xususan, 

yarashuvga (JK 661-moddasi), shartli hukm qilish (JK 72-moddasi), jazoni 

o‘tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish (JK 73-

moddasi)ga ta’sir ko‘rsatadi.  

JKning Umumiy qismida bir qancha jinoyat sodir etishning uchta 

ko‘rinishi (shakli) ajratib ko‘rsatiladi: takroran jinoyat sodir etish, 

jinoyatlar majmui, retsidiv jinoyat. Bunda mazkur ko‘rinishlarning  tasnifi 

va nisbati to‘g‘risida yuridik adabiyotlarda turli nuqtai nazarlar mavjud. 

Biroq ularni tadqiq etish mazkur ishimiz doirasidan chetga chiqib ketgan 

bo‘lar edi. Ta’kidlab o‘tamizki, biz qonun chiqaruvchi tomonidan JKning 

VIII bobida taklif etilgan tasniflashga qo‘shilamiz. Bunday tasniflash 

qoidalariga binoan, bir qancha jinoyat sodir etish shakllari takroran jinoyat 

sodir etish, jinoyatlar majmui, retsidiv jinoyat hisoblanadi. Jinoyat huquqi 

346 


 

tegishli huquqiy oqibatlarni, ya’ni jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, jazo 

tayinlash xususiyatlari, javobgarlik va jazodan ozod qilish xususiyatlarini 

aynan shu huquqiy tushunchalar bilan bog‘laydi. 

Bir qancha jinoyat sodir etish turlarining shakllanishiga jinoyatlarning 

bir xil, turdosh va har xil turlari birlashib ketishi ta’sir o‘tkazadi. 

Asosiy yoki kvalifikatsiya qilinuvchi muhim yuridik belgilari 

bo‘yicha to‘la mos tushadigan jinoyatlar bir xil jinoyatlar  deb tan 

olinadi


1

. Masalan, qasddan odam o‘ldirish va o‘ta shafqatsizlik bilan sodir 

etilgan xuddi shunday odam o‘ldirishni bir xil jinoyat deb topish lozim. 

Qilmishning kvalifikatsiya qilinishga ta’sir etadigan ikkinchi yo‘l bilan 

alohida usulda odam o‘ldirish bu jinoyatlarning bir xil ekanligini 

o‘zgartirmaydi, chunki har ikkala holatda ham jinoyat sodir etish usuli 

(boshqa odamni hayotdan mahrum qilish), shuningdek, qilmishning 

boshqa muhim yuridik belgilari (tajovuz obyekti, ayb shakli, subyektning 

belgilari) bir xildir.  

Tajovuz  obyekti, ayb shakllari bo‘yicha  o‘xshash, lekin qilmishning 

obyektiv tomoni belgilari, uning motivlari va maqsadlariga ko‘ra 

farqlanadigan jinoyatlar turdosh jinoyatlar hisoblanadi. Masalan, 

nomusga tegish (JK 118-moddasi) bilan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib, 

g‘ayritabiiy usulda qondirish (JK 119-moddasi), talonchilik (JK 166-

moddasi) bilan o‘g‘rilik (JK 169-moddasi) turdosh jinoyatlardir. 

Muhim yuridik belgilari bo‘yicha to‘la farq qiladigan jinoyatlar har 



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling