Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Jinoyatning birgalikda sodir etilishini anglash


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


Jinoyatning birgalikda sodir etilishini anglash  ishtirokchi  o‘zining 

ma’lum jinoyat sodir etishga yo‘naltirilgan harakatiga kamida bitta boshqa 

293 

 


ishtirokchining harakati ham qo‘shilgani haqida xabardorligini bildiradi. 

Bajaruvchi boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etayotganligini 

anglamagan hamda mazkur shaxslar uning jinoiy niyatlarini bilmagan 

hollarda, ishtirokchilik istisno qilinadi. 

Har bir ishtirokchi tomonidan o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini 

va jinoyat tarkibi alomatlari bilan qamrab olingan boshqa ishtirokchilar 

harakatlarining ijtimoiy xavfliligini 

anglash, birgalikdagi jinoiy 

faoliyatning ijtimoiy xavfli oqibatlari yuzaga kelishini oldindan ko‘ra 

bilishni ham nazarda tutadi. 



Jinoyat ishtirokchilari harakatlarining o‘zaro muvofiqligi 

shaxslarning jinoyat sodir etishda niyatlar va xohish-istaklari  o‘zaro 

ifodalanganligida namoyon bo‘ladi. Muvofiqlik jinoyatni birgalikda sodir 

etishning  subyekt  ifodasini, ishtirokchilar o‘rtasidagi birdamlikni subyekt 

tomondan tavsiflaydigan zaruriy ruhiy-psixologik aloqani aks ettiradi. 

JK 

27-moddasida 

belgilanuvchi ishtirokchilik tushunchasida 

jinoyatda barcha ishtirokchilar harakatlari qasddan qilinganlik mazmuniga 

ko‘rsatma mavjud bo‘lib, bu ehtiyotsizlik tufayli sodir qilingan jinoyatda 

ishtirokchilik mumkinligini istisno etadi. 

Ishtirokchilar qasdining intellektual holati  o‘z qilmishlari ijtimoiy 

xavfliligi va bajaruvchi qilmishining ijtimoiy xavfliligini oldindan 

anglashni qamrab oladi. Jinoyat ishtirokchilarining ongida bajaruvchi 

qilmishlarining taxminiy ijtimoiy xavfli oqibatlari, bajaruvchi qilmishi 

bilan jinoiy oqibati o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlik rivoji ham umumiy 

chizgilar orqali qamrab olinadi.  

Ishtirokchilar qasdining intellektual holati nafaqat bajaruvchi 

qilmishining obyektiv tomoniga taalluqli, balki jinoyat obyekti va subyekti 

– jinoyat bajaruvchisiga mansub holatlarni ham anglash bilan tavsiflanadi. 

Ikki va undan ko‘proq shaxsning bitta jinoyat sodir etishdagi faoliyati 

birgalikdagi jinoyatga barcha ishtirokchilarning yagona, umumiy, har bir 

ishtirokchi ongi bilan qamrab olingan jinoyat obyektiga tajovuzi bilan 

shartlanadi.  

Jinoyat ishtirokchilari JK Maxsus qismida bayon etilgan, jinoyat 

subyektini (bajaruvchini) tavsiflovchi zaruriy alomatlarni anglashlari lozim 

294 


 

(masalan, mansabdor shaxs, harbiy xizmatchi va hokazo). Zero, jinoiy 

qasd bilan harakat qilayotgan shaxs, jinoyatni sodir etishda, JK da mavjud 

qoidalarga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan boshqa shaxslardan 

(ruhiy kasallardan yoki jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagan shaxslardan) 

jinoyatni bevosita bajaruvchilari sifatida foydalanib, bilvosita zarar 

yetkazgan holat, ishtirokchilikni tashkil etmaydi. 



Ishtirokchilikda qasdning irodaviy holati,  mazmuni  yagona jinoiy 

natija yuzaga kelishini istash yoki shunga ongli ravishda yo‘l qo‘yish bilan 

tavsiflanadi.  

Ishtirokchilarning motivlari va maqsadlari o‘zaro to‘g‘ri kelishi 

mumkin, biroq ular ,odatda, jinoyat kvalifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. 

Sud-tergov amaliyoti bunda faqat mukofot evaziga sodir etilgan g‘arazli 

qotillik ishtirokchilari uchun istisno qiladi. Qotillikning mukofot taklif 

etgan tashkilotchisi (dalolatchisi) harakatlari, u ish yuritgan motivlardan 

kelib chiqqan holda JK 28-moddasi va 97-moddasining tegishli qismi bilan 

kvalifikatsiyalanishi lozim. 

Jinoyat ishtirokchilari o‘rtasida  g‘arazli maqsadlarda qasddan odam 

o‘ldirish haqida oldindan kelishuv mavjud bo‘lmagan taqdirda 

bajaruvchining harakatlari JK 97-moddasi 2-qismining «i» bandi bo‘yicha 

kvalifikatsiyalanadi, jinoyatning boshqa ishtirokchilari harakatlari esa JK 

97-moddasining tegishli qismi  bo‘yicha, mazkur moddaning ikkinchi 

qismi «i» bandini istisno etgan holda kvalifikatsiya qilinadi

1



2-§. Jinoyat ishtirokchilarining turlari 



JK 28-moddasi 1-qismiga  muvofiq, bajaruvchilar bilan bir qatorda 

tashkilotchilar, dalolatchilar va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari 

deb tan olinadi. 

Jinoyat ishtirokchilarini alohida turlarga bo‘lish asosiga, ulardan har 

birining birgalikda amalga oshirilgan qilmishdagi funksional roli 

qo‘yilgan.  JK 28-moddasi  aytib  o‘tilgan ishtirokchilar turlari o‘rtasidagi 

farqni har bir ishtirokchining jinoyat tarkibi obyektiv tomonini 

1

 



См.:  Постановление  Пленума  Верховного  суда  Республики  Узбекистан  от  24  сентября  2004  г.  №  13  «О 

судебной практике по делам об умышленном убийстве» // Сборник, Т. 2. – С. 464. 

295 

 

                                                           



bajarishdagi harakatlarini tavsiflash bo‘yicha belgilaydi. Binobarin, 

ishtirokchilik turini belgilovchi asosiy mezonlardan biri, har bir 

ishtirokchining jinoyat sodir etishdagi ishtiroki xarakteri va darajasidir. 

Jinoyat sodir etishda shaxs ishtirokining xarakteri  har bir 

ishtirokchining funksional rolini belgilaydi. 

Uning jinoyatdagi ishtiroki darajasi esa, shaxsning o‘z rolini bajarish 

bo‘yicha harakatlari jadalligi haqida, uning hamjihatlikda sodir etiluvchi 

jinoyatga hissasi haqida tasavvur beradi. Masalan, odam o‘ldirishda 

yordamchilik shaxs jinoyat qurbonini qachon va qayerda poylash 

qulayroqligi xususida maslahat berganda yoxud bajaruvchining iltimosiga 

ko‘ra,  unga qotillik qurolini topib berishda, bajaruvchiga jinoyat joyidan 

tezda  g‘oyib bo‘lishi uchun transport vositasini topib berishda va 

hokazolarda ifodalanishi mumkin. Har ikki holatda ham yordamchining 

funksional  roli (ya’ni, ishtiroki xarakteri) bir xil, ammo ishtirok darajasi 

turlichadir. Bundan tashqari, aynan harakatlar tavsifi ishtirokchilarni 

turlarga ajratish imkonini beruvchi alomatlardir. Ishtirokchilar 

harakatlarining xarakteri qonun chiqaruvchi tomonidan «tashkil etdi», 

«rahbarlik qildi», «og‘dirdi», «yordamlashdi» kabi ifodalarda tavsiflanadi. 

Shu tariqa faqat jinoyatdagi ishtirokida, ya’ni yagona jinoyatning tashqi 

tomonini bajarishda har bir ishtirokchi, bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi 

va yordamchilar o‘rtasidagi tafovutni topish, demak  ular ayblanayotgan 

muayyan jinoyatlar tarkiblarini topish ham mumkin. 

Ishtirokchilikda sodir etiluvchi  jinoyatda bajaruvchi markaziy siymo 

hisoblanadi. Bajaruvchi o‘zining qatorida boshqa funksional  rolni 

bajaruvchi shaxslar –  tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi harakat 

qilgan hollardagina mavjuddir.  



NOTA BENE ! 

Jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud qonunga 

muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki 

boshqa vositalardan foydalanib jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi 

hisoblanadi (JK 28-moddasi 2-qismi). 

 

296 



 

Bajaruvchi yo‘qligi jinoyatda ishtirokchilikni istisno etadi. Uning 

xatti-harakati jinoyatning boshqa ishtirokchilari qilmishini yuridik 

baholashga ham ta’sir ko‘rsatadi. Muayyan jinoyat subyektini tavsiflovchi 

alomatlarga ega shaxsgina bajaruvchi deb tan olinishi mumkin, aks holda 

uning qilmishida jinoiy javobgarlikka jalb etishning zaruriy sharti mavjud 

bo‘lmaganligi bois, jinoyat tarkibi bo‘lmaydi. Bu nafaqat barcha 

subyektlarga xos umumiy belgilarga (muayyan yoshga yetish, aqli rasolik), 

balki maxsus subyektni tavsiflovchi alomatlarga ham daxldordir. Agar 

JKning Maxsus qismi moddasi, maxsus subyekt  mavjudligini talab etib, 

jinoiy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ushbu maxsus subyekt 

alomatlariga  ega bo‘lmasa (masalan, mansabdor shaxs, harbiy xizmatchi, 

tergovchi, sudya va hokazo bo‘lmasa), u holda shaxs mazkur jinoyat 

tarkibining  obyektiv tomoniga kiruvchi muayyan harakatlarni amalga 

oshirganda ham, jinoyatning bajaruvchisi deb tan olinishi mumkin emas. 



JK 28-moddasi 2-qismi  holatlaridan kelib chiqib, bajaruvchilikning 

bir necha muhim belgilarini ajratish mumkin: 

– jinoiy qasdni, ya’ni jinoyatni to‘liq yoki qisman bajarish; 

– jinoyatni bevosita sodir etish; 

– jinoyatni qonun kuchiga ko‘ra javobgarlikka tortilmaydigan boshqa 

shaxslardan yoki o‘zga vositalardan foydalanish orqali sodir etish 

(jinoyatni bilvosita sodir etish). 

Jinoyatni to‘liq sodir etish –  bu JK Maxsus qismi moddasi 

dispozitsiyasidagi ta’rifiga muvofiq qilmishni to‘liq hajmda bajarishdir. 

Mazkur holatda jinoyatda jinoyat tarkibining obyektiv tomoni to‘liq 

bajariladi. 



Jinoiy qasdni qisman bajarish jinoyatning obyektiv tomonini tashkil 

etib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holda tugallanmay qolgan yoki modda 

dispozitsiyasida (jinoyatlarning moddiy tarkiblarida) ko‘zda tutilgan jinoiy 

oqibatni yuzaga keltirmagan qilmishni sodir etishda ifodalanadi. 



Jinoyatni bevosita sodir etish shuni bildiradiki, shaxs muayyan 

jinoyat tarkibining obyektiv belgilarini qamrab oladigan qilmishni amalda 

sodir etadi. Bunda bajaruvchi yakka tartibda hamda boshqa shaxslar 

(birgalikda bajaruvchilar) bilan birga harakat qilishi mumkin. Keyingi 

297 

 


holatda birgalikda bajaruvchilar o‘rtasida rollar taqsimlangan bo‘lib, 

ularning har biri jinoiy qilmishning obyektiv tomonini qisman bajaradi. 

Masalan, bosqinchilik hujumini sodir etishda bir bajaruvchi jabrlanuvchi 

hayot yoki sog‘lig‘i uchun xavfli zo‘rlikni qo‘llaydi yoki shunday zo‘rlikni 

qo‘llash bilan tahdid qiladi, boshqasi esa jabrlanuvchining mol-mulkini 

egallaydi, bunda ikki  subyekt  ham jabrlanuvchi mol-mulkini talon-toroj 

qilish maqsadida harakat qilishadi. 

Birgalikda bajaruvchilik tushunchasi jinoiy qonunchilikda mavjud 

emas. Biroq jinoyatda shunday ishtirokchilik mavjudligi Oliy sud Plenumi 

tushuntirishlarida ishtirokchilik shakli

1

  hamda ishtirokchilik turi



2

  sifatida 

nazarda tutiladi. 

Jinoyatni bilvosita sodir etish shundan iboratki, bajaruvchi jinoyatni 

sodir etish uchun boshqa shaxsning jismoniy harakatlaridan foydalanadi. 

Tergov va sud jinoyatning obyektiv tomoni aqli norasoligi yoki 

tegishli 

yoshga yetmaganligi sababi bo‘yicha jinoiy javobgar 

bo‘lmaydigan shaxslar tomonidan bevosita amalga oshiriladigan holatlarga 

alohida e’tibor qaratishi lozim. Masalan, agar jinoyat muayyan qilmishi 

uchun jinoiy javobgarlik  yoshiga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilsa, 

uni jinoyat sodir etishga og‘dirgan shaxs mazkur jinoyat bajaruvchisi 

hisoblanadi, uning voyaga yetmaganga nisbatan harakatlari esa 

qo‘shimcha tarzda JK 127-moddasi 3-qismi bo‘yicha  voyaga yetmagan 

shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish sifatida kvalifikatsiya qilinishi 

shart. 

«Voyaga yetmaganlarning katta yoshdagilar ishtirokida sodir etgan 



jinoyatlari haqidagi ish ko‘rib chiqilayotganda katta yoshdagi shaxs va 

o‘smir  o‘rtasidagi  o‘zaro munosabatlarning xususiyatini sinchiklab 

aniqlash lozim, chunki ana shu ma’lumotlar katta kishining voyaga 

yetmagan shaxsni jinoyat yoki g‘ayriijtimoiy harakat sodir etishga jalb 

qilishdagi rolini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. 

1

 



«Действия лиц, совершивших угон транспортных средств в составе организованной группы, независимо от 

роли  каждого  участника,  должно  рассматриваться  как  соисполнительство» (см.:  Постановление  Пленума 

Верховного  суда  Республики  Узбекистан  от  20  декабря  1996  г.  №  37  «О  судебной  практике  об  угоне 

транспортных средств» // Сборник. Т. I. – С. 321). 

2

 

См.:  Постановление  Пленума  Верховного  суда  Республики  Узбекистан  от  3  февраля  2006  г.  №  1  «О 



практике назначения судами уголовного наказания» // Сборник. Т. 2. – С. 493. 

298 


 

                                                           



Sudlarga 18 yoshga to‘lgan va jinoyatni qasddan sodir etgan shaxs-

largina  voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb 

qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin ekanligi 

tushuntirilsin. Shuningdek, katta yoshdagi kishi o‘z harakatlari bilan 

voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb 

qilayotganini bilgani holda yoki shunday fikrga yo‘l qo‘yganini ham 

aniqlash lozim. Agarda katta yoshdagi kishi shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-

harakatlarga jalb qilsa-yu, uning voyaga yetmaganligini bilmasa yoki 

bilishi mumkin bo‘lmasa, bu holda JKning 127-moddasi bilan jinoiy 

javobgarlikka tortish mumkin emas»

1



Mazkur holatda, aqli noraso shaxs tomonidan boshqa shaxs 



ko‘rsatmalari asosida jinoyat sodir etilgani kabi, ko‘rsatma bergan shaxs 

harakatlari bajaruvchilik sifatida, amalda jinoyatni sodir etgan shaxs 

harakatlari esa, jinoyat quroli sifatida tavsiflanishi shart. 

Oxirgi zarurat holatida turgan boshqa shaxslarni majbur qilgan holda 

o‘z jinoiy maqsadiga erishgan shaxslarni ham jinoyatning bilvosita 

bajaruvchilari sifatida tan olish lozim. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, 

bayon etilgan vaziyatda bevosita «bajaruvchi»ga nisbatan uni o‘z irodasiga 

qarshi harakat qilishga majburlash maqsadida ruhiy yoki jismoniy majbur 

qilishdan foydalaniladi. Masalan, do‘kon kassiri to‘pponcha qaratilgani 

bois pullarni kassadan oladi va ularni jinoyatchiga beradi. 

Nihoyat, bilvosita jinoyat sodir etilishi aybsiz holda harakat qiladigan 

bevosita «bajaruvchi»da jinoyat tarkibining asosiy obyektiv  alomatlariga 

nisbatan xato mavjud bo‘lgan hamda bilvosita bajaruvchi shunday xatoni 

yuzaga keltirgan yoki atayin foydalangan hollarda ham uchraydi. Misol 

uchun, kontrabanda jinoyatchi samolyotda hech nimadan 

shubhalanmayotgan yo‘lovchidan boshqa shahardagi 

tanishiga 

«jo‘natma»ni yetkazishni iltimos qiladi, yoki, firibgar mashina o‘g‘risi o‘z 

avtomobili kalitini yo‘qotganligi bahonasida tasodifiy o‘tkinchidan 

transport vositasini harakatlantirishga yordam berishini so‘raydi. 

1

 

См.:  Постановление  Пленума  Верховного  суда  Республики  Узбекистан  от  15  сентября  2000  г.  №  21  «О 



судебной  практике  по  делам  о  преступлениях  несовершеннолетних»  (с  изменениями  и  дополнениями, 

внесенными постановлением Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10 и 3 

февраля 2006 г. № 5) // Сборник, Т.2. – С. 301. 

299 


 

                                                           



JK 28-moddasi 2-qismida  jinoyatni  sodir etishda bajaruvchi 

tomonidan «o‘zga vositalar»dan foydalanish haqida ham so‘z yuritiladi. 

Mazkur holatda gap, jinoyat quroli yoki vositasi sifatida foydalanish 

mumkin bo‘lgan, yuqori xavflilik manbai haqida boradi. Fuqarolik 

huquqida yuqori xavflilik manbai tomonidan yetkazilgan zarar uchun 

uning egasi javobgar hisoblanadi. Jinoyat qonunchiligida mazkur 

prinsipdan foydalanish mumkin emas, chunki javobgarlik jinoyatni sodir 

etgan shaxs zimmasida hisoblanadi. Shu munosabat bilan avtomobil egasi 

emas, avtomobilni bevosita boshqarib, bevosita o‘zga shaxsni urib 

yuborgan shaxs javobgar bo‘ladi. Yuqori xavflilik manbalaridan jinoyat 

sodir etish vositalari (yoki qurollari) sifatida foydalanish holatlari ham 

aynan shunday kvalifikatsiyalanishi shart. 

Bajaruvchi sodir etgan jinoyatining subyekt  tomoni  to‘g‘ri  yoki  egri 

qasd  bilan xarakterlanadi. Bajaruvchi boshqa ishtirokchilar bilan 

birgalikda  o‘zi sodir etayotgan harakatlarining ijtimoiy xavfli xarakterini 

anglaydi, ular uchun umumiy, yagona oqibat yuzaga kelishi mumkinligi 

yoki muqarrarligini oldindan ko‘ra biladi va shu  oqibatining yuzaga 

kelishini istaydi yoki ongli ravishda shunga yo‘l qo‘yadi. 

Jinoyat tashkilotchisi  –  jinoyat ishtirokchilari ichida eng xavfli 

kishidir. U, odatda, jinoyat tashabbuskori bo‘ladi, muayyan jinoyatni sodir 

etish «g‘oya»si unga tegishli bo‘ladi, shundan so‘ng u amalga oshirgan 

barcha  narsa (ishtirokchilarni izlab topish va birlashtirish, jinoyat sodir 

etish rejasini ishlab chiqish va ishtirokchilar harakatini uning ijrosiga 

yo‘naltirish, zaruriyatga ko‘ra ishtirokchilar harakatlarini 

muvofiqlashtirish hamda to‘g‘irlash  va h.k.) jinoiy qasdni bajarishga 

yo‘naltirilgan bo‘ladi. 

Shu  o‘rinda yodda tutish lozimki, jinoyatni sodir etishda tashabbus 

faqat tashkilotchiga tegishli bo‘lmasligi ham mumkin. G‘ayriijtimoiy 

kayfiyatdagi shaxslar guruhi mavjud muayyan sharoitlarda, jinoyat 

bajaruvchilaridan biri ham tashabbuskor bo‘lib, uning roli jinoyatni sodir 

etish haqida fikr bildirishda ifodalanadi. Sud amaliyotida shunday 

«tashabbus» namoyon bo‘lishiga, masalan, bir guruh shaxslar tomonidan 

bezorilik, nomusga tegish va hokazo jinoyatlarda duch kelish mumkin. 

300 


 

Jinoyat tashabbuskori dalolatchi bo‘lishi ham mumkin. Uning roli 

jinoyat bajaruvchisida yoki boshqa ishtirokchilarda jinoyat sodir etishga 

qasd tug‘dirishda mujassamlashadi. Dalolatchi undan nariga bormaydi. 

Agar u ishtirokchilarni birlashtirish, ularga jinoyat sodir etish rejasini 

tayyorlash uchun harakatlar qilsa, ishtirokchilar faoliyatiga rahbarlik qilsa, 

u tashkilotchiga aylanadi. 



NOTA BENE ! 

Jinoyatning tayyorlanishiga yoki sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs 



tashkilotchi deb tan olinadi (JK 28-moddasi 3-qismi). 

 

JK 28-moddasi 3-qismidagi  qoidalardan kelib chiqqan holda 

tashkilotchilik faoliyatining ikki turini ajratish mumkin: 

– jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishga rahbarlik qilish; 

– jinoyatni sodir etishga rahbarlik qilish. 

Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmani tashkil qilish yoxud unga 

rahbarlik qilishni ham tashkilotchilik faoliyatining turi deb tan olish lozim. 

Mazkur holatda tashkilotchi javobgarligi JK Maxsus qismi (242-modda) 

normalari bilan belgilanadi va binobarin, alohida turdagi jinoyatni tashkil 

etadi. Tashkilotchi rollar taqsimoti bilan ishtirokchilik doirasida harakat 

qilgan bo‘lsa, uning javobgarligi JK Umumiy qismida ko‘zda tutilgan 

asoslar bo‘yicha yuzaga keladi. 



Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishga rahbarlik qilish  jinoiy faoliyatga 

tayyorgarlikda, aynan: jinoyatni tashkillashtirishda, ishtirokchilarni 

yollashda, ularni jinoyat sodir etish qurollari va vositalari bilan 

ta’minlashda, jinoiy rejalarini ishlab chiqishda, ishtirokchilar o‘rtasida 

rollarni taqsimlashda va hokazolarda ifodalanadi. 

Mazkur bosqich oldindan kelishuv bilan qamrab olinadi, chunki 

buningsiz jinoyat sodir etishning tayyorgarlik bosqichiga rahbarlik qilish 

mumkin emas. Biroq bu ishtirokdagi jinoyat tashkilotchisi amalda 

 

uyushgan guruh tashkilotchisi va rahbariga aylanishini bildirmaydi. 



Uyushgan guruh uchun jinoiy faoliyatni amalga oshirishda barqarorlik va 

yaqqol ifodalangan jinoiy yo‘naltirilganlik xosdir. Mazkur holatda 

301 

 


oldindan kelishgan bir guruh shaxslar tomonidan jinoyat sodir etish 

ko‘rinishidagi ishtirokchilik shakli mavjud (Masalan, JK 135-moddasi 2-

qismi «e» bandi, 137-moddasi 1-qismi «v» bandi, 164-moddasi 2-qismi 

«b» bandi). 

Jinoyatni tashkil qilishning ikkinchi shakli shundan iboratki, 

tashkilotchi jinoyat tashabbuskori bo‘lmagani holda jinoiy qasd amalga 

oshirilishini ta’minlab, ishtirokchilar jinoiy faoliyatiga rahbarlikni amalga 

oshiradi. 



Jinoyatni sodir etishga rahbarlik qilish bevosita jinoyat sodir etilish 

vaqtida ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirib, tartibga solishni o‘zida 

ifoda etadi. Odatda, rahbarlik jinoyat sodir etish joyida amalga oshiriladi 

va bajaruvchi (bajaruvchilar) harakatini boshqarishdan iborat bo‘ladi. 

Biroq tajovuz joyida turmasdan, zarur ko‘rsatmalarni bajaruvchiga 

kommunikatsiya vositalari yordamida (telefon, ratsiya va boshq.) bergan 

shaxs ham jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilishi mumkin. 

Ishtirokchilikda muayyan jinoyatni sodir etishda tashkilotchi jinoyat 

tarkibining amalda bajarilishida qatnashgani yoki qatnashmaganligidan 

yoxud faqat jinoyatni bevosita bajaruvchilari jinoiy faoliyatining 

muvaffaqiyatiga sabab bo‘lgan harakatlarni sodir etishidan qat’i nazar, 

jinoiy faoliyat rahnamosi, rahbari sifatida jinoyatni bevosita sodir etishga 

rahbarlik qiladi. 

Jinoyat tashkilotchisi doimo to‘g‘ri qasd bilan harakat qiladi. U 

ishtirokchilar bajarishi shart bo‘lgan harakatlar mazmunini anglaydi, o‘z 

faoliyati natijasida jinoyat sodir etilishi mumkinligini oldindan ko‘ra biladi 

va shuni istaydi ham. Jinoyat tashkilotchisi o‘z qilmishi va boshqa 

ishtirokchilar qilmishlari ijtimoiy xavfli xarakterini anglaydi, ba’zi 

holatlarda guruh tarkibi haqida ma’lumotga ega (jinoyat sodir etishga 

tayyorgarlik qilishga rahbarlik holatida), butun guruh faoliyatining 

natijasida ijtimoiy xavfli oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligi yoki 

muqarrarligini oldindan ko‘ra biladi hamda ushbu oqibatlar yuzaga 

kelishini istaydi ham. 

Agar tashkilotchi jinoyatning tayyorlanishiga yoki sodir etilishiga 

rahbarlik qilgan bo‘lsa-da, biroq jinoyat tarkibining obyektiv tomoni 

302 


 

bajarilishida bevosita ishtirok etmasa, uning harakatlari JK 28-moddasi 3-

qismi  va JK Maxsus qismining jinoyat bajaruvchisi uchun javobgarlikni 

ko‘zda tutadigan tegishli modda bo‘yicha tasniflanadi. 



NOTA BENE ! 

Jinoyat sodir etishga qiziqtirgan, ya’ni qasddan boshqa shaxsda qonun 

bilan taqiqlangan muayyan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishga qat’iyat 

uyg‘otgan shaxs dalolatchi deb topiladi (JK 28-moddasi 4-qismi). 



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling