Fuqaro muhofazasi tashkillashtirishda xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvining ahamiyati


Download 40.5 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1170279
Bog'liq
FUQARO MUHOFAZASI TASHKILLASHTIRISHDA XALQARO HAMKORLIK VA TAJRIBA ALMASHINUVINING AHAMIYATI


FUQARO MUHOFAZASI TASHKILLASHTIRISHDA XALQARO HAMKORLIK VA TAJRIBA ALMASHINUVINING AHAMIYATI


Salimov Sh.M., Rasulova M.E.
O’zbekiton Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy – texnik instituti


Annotatsiya. Jamiyat va tabiat asosi, uni o‘z faoliyati bilan rivojlantiruvchi va boshqaruvchi inson ekanligini e’tiborga olib, uning kundalik hayot faoliyatini yaxshilash, e’zozlash – taraqqiyot yo‘lidagi muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan fuqarolarimizning hayot sharoitini yaxshilash, ularni turli ta’sirlardan saqlash, har qanday holatda ham ehtiyot etib, muhofaza etish asosiy ezgu maqsad qilib olingan. Bunda xalqaro hamkorlik va doimiy tajriba almashib borish fuqaro muhofazasi tashkillashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasi o‘z ichiga insonning jamiyatda ishlab chiqarishda, yashashida, faoliyat olib borishida muhitning xavfsiz bo‘lishi, tabiiy va texnogen xususiyatli vaziyatlardan saqlanishi, urush va terrorizm xurujidan himoyalanishi, tabiat va odamzot uyg‘unligini saqlashi, umuman olganda, insonning shu zamindagi hayotining xavfsizligini ta’minlash tushuniladi.


Jamiyat, texnika, texnologiya va dunyo sivilizatsiyasining taraqqiyotiga qaramasdan dunyo borgan sari halokatlar xavfiga nisbatan zaif bo‘lib bormoqda. Halokatlar soni esa yildan yilga oshib bormoqda. Oxirgi 10 yillikda ayrim mamlakatlar tabiiy ofatlar tufayli o‘zlarining milliy daromadlarining 5 % ni yuqotdilar. 1998 yili 50 ming odam tabiiy ofatlar va avariyalar qurboni bo‘ldi, iqtisodiy zarar, 93 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi. Bunday vaziyatda xavfni baholash, yirik halokatlarni oldini olish, xabar berish va axborotlarni aholiga yetkazish, aholini avariya va tabiiy ofatlardan muhofaza qilish sohasida aholi tayyorgarligi ta’limi hayotiy zarurat bo‘lib qolmoqda.
Halokatlarda xalqaro hamkorlik turli mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama sharnomalar tuzish yuli bilan olib boriladi. Masalan Germaniya bilan Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksenburg, Daniya, Avstriya va Shveysariya mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro yordam to‘g‘risida ikki tomonlama halqaro shartnomalar tuzilgan.
1931 yilda Fransiyada tashkil etilgan Jeneva zonalari assotsiatsiyasi (urush davrida fuqarolarni tegishli toifalari uchun neytral zona ajratish uchun) 1958 yilda Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkilotiga (ICDO) aylantirildi. U FM milliy tashkilotlari o‘rtasida tadqiqotlar o‘tkazish va ko‘maklashish, FVni oldini olish, tayyor turish va harakat qilishlari urinishlarini muvofiqlashtirish, tajriba almashishni tashkil etish xuquqiga egadir. Tashkilotga a’zo davlatlar vakillari tashkilotning 1972 yili 1 martdan kuchga kirgan Nizomiga kura unga xalqaro xukumatlar aro tashkilot maqomini berdilar.
1973 yildan boshlab Bryusselda axolini FVda shay turishiga tayyorlash bo‘yicha Butunjaxon sog‘liqni saqlash markazi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Uning asosiy vazifasi «Ofatlar epidemiyasi»ni o‘rganish buyicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, xalokatlar tibbiyoti ehtiyojlari uchun axborotlar tizimini ishlab chiqish, sog‘liqni saqlash xodimlarining katta va o‘rta zvenolarini tayyorlashdan iborat. Hozirgi vaqtda Markaz ilmiy-amaliy izlanishlar, kadrlar tayyorlash kurslarini tashkil etish va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni baholash masalalari bilan shug‘ullanmoqda.
AQShda 80 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab atrof muhit agentligi kimyoviy avariyalarda tez ishga kirishuvchi tizimlar tashkil etish ustida ishlamoqda. Yevropada esa 1987 yili BMGning Atrof muhit muhofazasi komissiyasi APELL (mahalliy darajada FVdan ogoh bo‘lish va tayyor turish) loyihasini amalga oshira boshladi.
Yevropa mamlakatlarning «tez ishga kirishuvchi» kuchlari tizimiga harakatdagi brigadalar, otryadlar kiradi. Ular ko‘p tarmoqli kasalxonalar negizida tashkil etiladi va ularni faoliyati dastlabki razvedka ishlarini o‘tkazishdan boshlanadi. Tizimni tibbiy brigadalari harakat joyiga yetib kegach, shikastlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatadilar, jabrlanganlik darajasiga ko‘ra shikastlanganlarni guruhlarga ajratadilar, ularning evakuatsiyaga tayyorlaydilar va transportda tashish vaqtida tibbiy ta’minotni amalga oshiradilar.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda FVlar oqibatlarini tugatish ishlarini tashkil etishda davlat va nodavlat tizimlari qatnashadilar. Ularning asosiy vazifasi FVlarning oldini olish buyicha tadbirlar o‘tkazish, halokatlarda axoliga samarali yordam ko‘rsatishdir. Yevropadagi nodavlat tashkilot sifatida MSF (tibbiyot chegarasiz) tashkiloti Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Shveysariya, Ispaniya va Lyuksenburgni birlashtiradi. MSFga kiruvchi tibbiy xodimlar (ko‘ngillilar) yagona talablar asosida ishlaydilar va xozirgi paytda ular dunyoning 30dan ortik mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
1999 yil 29 aprelda Gresiya, Rossiya va Shveysariya vakillaridan iborat guruh rahbarligida xalaqro «Fokus» insonparvarlik tashkilotini tashkil etildi. 5 iyunda ular safiga Avstriya ham qo‘shildi. «Fokus»ning asosiy vazifasi Yugoslaviyada, Chernogoriyada jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, ekologiya, iqtisodiyot sohasidagi harbiy kelishmovchilik oqibatlarini baholash, kelishmovchilik ro‘y bergan joylarga insonparvarlik tashkilotlarini qaytarish uchun sharoit yaratish, insonparvarlik tashabbuslari bilan kelishmovchilikni tinch hal etish yechimlarini izlashdan iborat. «Fokus»ni muvofiqlashtiruvchi markazi Bern (Shveysariyada)da joylashgan bo‘lib u Trast fondiga va Belgrad, Podgoritsa,, Skope, Sofiya shaharlarida joylashgan omborlarga ega.
Germaniyada Yevropada bo‘lishi mumkin bo‘lgan radiatsiya avariyasini oldini olish, qo‘llashini kamaytirish, hududiy tarqalishi va tavsiflari, vaziyat rivojini bashoratlash va bunday avariyalar oqibatlarini tugatish ishlarini rejalashtirish va tashkil etishga mo‘ljallangan PODOS tizimini 4-chi navbatini ishga tushirish ustida ish olib borilmoqda. Loyihani ishlab chiqishda 16 ta Yevropa mamlakatlari ishtirok etdilar. O‘zbekiston Respublikasida FVV tashkil etilgandan so‘ng aholini va hududlarni FVdan muhofaza qilish sohasida xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlik amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda kelib AQSH, Germaniya, Italiya, Shvesariya, Shvesiya, Belgiya va MDX mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorlik qilib kelinmoqda.
Turli mamlakatlarda FVdan muhofaza qilinishi o‘zlariga yarasha xususiyatlari mavjud. Masalan AQSH, Buyuk Britaniya va Kanadada aholi FM tuzilmalarida xizmat qilishga ko‘ngilli ravishda jalb qilinadi.
Mutaxassislar va aholini tayyorlanishni tashkil etishdagi o‘ziga xos xususiyatlardan biri turli mamlakatlarda turli o‘quv mashqlari o‘tkazilishdir.
Masalan, NATO doirasida har yili boshqaruv organlari, kuch va vositalari, jamoa tashikilotlari va aholining barcha toifalarini jalb qilgan holda maxsus o‘quv mashqlar o‘tkaziladi. Shveysariyada bunday o‘quv mashqlari yilida kamida 3 marta o‘tkaziladi. Yaponiyada 1971 yildan boshlab har yili 1 sentyabr kuni zilziladan muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkaziladi.
FVdan aholini va hududlarni muhofaza qilish tizimining tajribasi xorijiy mamlakatlarga tegishli iqtisodiy mexanizmni shakllantirishga imkon bergan. Bular qator mamlakatlar qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan xavfsizlik me’yorlariga amal qilmaganlik uchun korxonalar va mansabdor shaxslarga jazolash belgilanishi hisoblanadi.
Masalan, AQSH da 1977 yilda qabul qilingan qonunga ko‘ra bilib turib standart talablarini buzganlik uchun 25000 dollar jarima solinadi yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Buyuk Britaniyada ishchilarning hayoti va sog‘lig‘iga ataylab xavf solganligi moddiy jarima va 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish chorasi qo‘llaniladi. Iqtisodiy mexanizmning yana bir richagi sug‘urta hisoblanadi. Sug‘urta majburan yoki ko‘ngilli ravishda amalga oshiriladi.


Фойдаланилган адабиётлар
1. 2019 йилда мамлакатимизни ривожлантиришнинг энг муҳим устувор вазифалари тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президентининг Парламентга Мурожаатномаси.
2. “Қуролли Кучларимиз – мамлакатимиз барқарорлиги ва тараққиётининг мустаҳкам кафолатидир” Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Хавфсизлик кенгашининг кенгайтирилган таркибдаги мажлисидаги нутқи.
3. Занько Н.Г., Малаян К.Р., Русак О.Н. Безопасность жизнедеятельности: Учебник. 13-е изд., испр. /Под ред. О. Н. Русака. — СПб.: Издательство «Лань», 2010. —672 с.: ил. — (Учебники для вузов. Специальная литература).
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling