Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoiy uyushmaning tarkibiy bo‘g‘ini
- 4-§. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik asoslari va doirasi JK 16-moddasi 2-qismiga
- 5-§. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlikning maxsus masalalari
- Bajaruvchi eksessi
- Sifat ko‘rsatkichli eksessda
- Miqdor ko‘rsatkichli eksessda
- JK 241-moddasi 2-qismida
Jinoiy uyushma ishtirokchilik barcha shakllari ichida eng xavflisidir. Jinoiy uyushmaning xavfliligi u tomonidan sodir etiladigan jinoyatning xususiyati va og‘irlik darajasi bilan belgilanadi.
Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi
Jinoiy uyushma yoki uyushgan guruh birlashmasi ikki shaxsdan iborat bo‘lishi mumkin emas, u ishtirokchilarning ko‘proq sonini talab etadi. Jinoiy uyushma a’zolari ko‘pchilikni tashkil qilib, ular o‘rtasida, qoida tariqasida, jinoiy maqsadga erishish uchun ma’lum bilimlardan foydalanishga oid vazifalar taqsimlanishi mumkin. Jinoiy uyushma asosiy belgilaridan biri uning tarkibiy bo‘g‘inining ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhlardan iborat bo‘lishidir. Jinoiy uyushmaning tarkibiy bo‘g‘ini deganda, rahbar bilan birgalikda ikki yoki undan ortiq shaxsdan iborat, jinoiy uyushmaning maqsadlaridan kelib chiqib muayyan yo‘nalishda faoliyat yuritadigan guruh tushuniladi. Bu kabi faoliyat, masalan, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulk yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarning o‘tkazish joylarini izlab topish; jinoiy uyushmani transport vositalari yoki boshqa texnik vositalar bilan ta’minlash; davlat organlari mansabdor shaxslari, tijorat va shu kabi boshqa tashkilotlarning vakillari bilan jinoiy uyushmani va sodir etiladigan jinoyatlarni jazodan ozod qilish maqsadida aloqalar o‘rnatish; jinoiy yo‘l bilan topilgan pullar va boshqa mol-mulkni yashirish; jinoiy uyushma a’zolari, jinoyat sodir etish vosita va qurollari, jinoyat izlari va jinoiy yo‘l bilan topilgan narsalarni yashirishga sharoit yaratish kabilar bo‘lishi mumkin. Boshqa guruhlardan alohida holda mustaqil jinoyat sodir etuvchi bu kabi guruhlarni jinoiy uyushma deb topish uchun har bir guruh jinoiy uyushma maqsadini amalga oshirish uchun alohida-alohida harakat qilishi kerak. Buni aniqlash uchun barcha guruhlar faoliyati yagona tashkiliy 324
boshqaruv asosida boshqarilganligiga e’tibor berish lozim. Yagona tashkiliy boshqaruv, bitta tashkilotchidan, shuningdek, bir guruh tashkilotchilar, «jinoiy obro‘li odamlar»dan iborat bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, kvalifikatsiya qilishda shunga e’tibor qaratish lozimki, jinoiy uyushmaning alohida a’zolari mazkur jinoiy tashkilotning ichida harakat qilayotganligini anglamasliklari mumkin. Bu holatlar jinoiy uyushmaning mazmun va mohiyatiga hech bir tarzda ta’sir etmaydi va mazkur shaxs jinoiy uyushma tarkibida sodir etgan jinoyatlari uchun javobgarlikka tortiladi. Jinoiy uyushmaning barqarorligi va uyushganligi nisbatan davomli jinoiy faoliyatni va uyushma qatnashchilari sodir etishga intiladigan jinoyatlarning og‘irligini keltirib chiqaradi. Jinoiy uyushma ishtirokchilikning boshqa shakllaridan yuqori darajada uyushganligi, barqarorligi, texnik vositalari bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra, a’zolarning birgalikdagi keskin harakati kabilar bilan farq qiladi. Tashkil etiladigan jinoiy uyushma sodir etmoqchi bo‘lgan jinoyatlarning xavfliligini inobatga olib, qonun chiqaruvchi jinoiy uyushmaning o‘zini va undagi ishtirokchilarni JK 242-moddasi belgilari bo‘yicha mustaqil jinoyatlarga kiritadi va shu bilan jinoiy uyushmaning amalda jinoyat sodir etganligi yoki etmaganligidan qat’i nazar, tashkil etilishining dastlabki bosqichidanoq jinoiy jazoga tortilishini mustahkamlaydi. Ishtirokchilik shakllarini aniqlash hamda mos ravishda har bir ishtirokchining rolini, uning maqomini belgilash, ishtirokchilikda sodir qilingan jinoyatlar uchun javobgarlik masalasini hal qilishda ishtirokchilar o‘rtasidagi subyekt munosabatlar, xarakteri va barqarorligini, o‘zaro muvofiqlik darajasi, ishtirokchilarning tashkiliy tuzilishi hamda boshqa zarur belgilarni batafsil aniqlash muhim. 4-§. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik asoslari va doirasi JK 16-moddasi 2-qismiga muvofiq, jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish jinoiy javobgarlikka 325
tortish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Mazkur qoida bir shaxs tomonidan sodir etiladigan jinoyatga ham, ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarga ham birdek taalluqlidir. Shu sababli, ishtirokchilik jinoiy javobgarlikning qo‘shimcha asoslarini vujudga keltirmaydi. Barcha ishtirokchilar jinoiy javobgarlikka yagona asos bo‘yicha tortiladi, ya’ni ularning qilmishi, qoida tariqasida, JK Maxsus qismining bir moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Bunda har bir ishtirokchi o‘zi sodir etgan qilmishi uchun mustaqil javob beradi va individual ravishda javobgarlikka tortiladi. Jinoyat huquqining eng ustuvor tamoyillaridan biri, aybli javobgarlik prinsipiga asosan, jinoyat ishtirokchilari faqat jinoiy qasdi doirasida javobgar bo‘lishi mumkin. Zotan, JK 30-moddasi 3-qismiga muvofiq, «Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir etgan shaxs javobgar bo‘ladi». Qonun, konkret ishtirokchining jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmishlar uchun jamoaviy javobgarlikni istisno etadi. Bunda har bir ishtirokchi o‘zi sodir etgan qilmishi uchun mustaqil javob beradi va individual ravishda javobgarlikka tortiladi. Ishtirokchilarning javobgarlik asoslari haqida so‘z yurita turib, birinchi navbatda, shuni inobatga olish lozimki, birgalikda jinoyat sodir qilish (birgalikda jinoiy faoliyat olib borish) uchun javobgarlik bajaruvchining (birgalikda bajaruvchining) jinoiy harakatlarini aniq ko‘rsatib o‘tgan JK Maxsus qismi normalari hamda jinoyatni ishtirokchilikda amalga oshirgan shaxslar faoliyatini tavsiflovchi JK Umumiy qismining tegishli normalari (27–30-moddalar)ni qo‘llagan holda belgilanadi. Har bir ishtirokchi, ishtirokchilikda sodir qilingan jinoyatda qanday harakatlar bajarganidan qat’i nazar, jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim, chunki u qonun tomonidan qo‘riqlanayotgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tajovuz qiladi, uning shaxsiy harakatlari esa ijtimoiy xavfli xarakterga egadir 1 . Binobarin, JK 30-moddasi 1-qismiga muvofiq, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus qismining bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‘yicha 1
Курс уголовного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов. Под ред. д.ю.н., проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 441. 326
javobgarlikka tortiladilar. Bu o‘rinda birgalikda jinoyat sodir etgan shaxslarning javobgarligi qilmishni sodir qilishdagi ishtirokining xarakteri va darajasi bilan belgilanadi. Jinoyat sodir etilishida shaxs ishtirokining darajasi va xarakteri esa, o‘z navbatida, tegishli shaxs ijtimoiy xavfliligi darajasini belgilaydi. Jinoyatdagi ishtirok xususiyati aybdorning ishtirokchilikda sodir qilingan jinoyatdagi funksional rolini aniqlaydi. Xususan, agar ishtirokchi jinoiy qilmishning obyektiv tomonini to‘liq yoki qisman bajarsa, u bajaruvchi yoki muvofiq ravishda birgalikda bajaruvchi deb tan olinib, uning harakatlari, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, faqat JK Maxsus qismi tegishli moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Agar ishtirokchi bajaruvchiga (bajaruvchilarga) ko‘mak bergan holda tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi rolini bajargan bo‘lsa, uning harakatlari, bajaruvchi (bajaruvchilar) qilmishini qamrab oluvchi modda bilan kvalifikatsiya qilinib, JK 28-moddasining tegishli qismiga ham havola qilinadi
1 . Bunda ishtirokchi tomonidan tanlangan rol uning xatti- harakatlarining ijtimoiy xavfliligi darajasini belgilaydi. Shu bilan birga, funksional vazifaning bir xilligida har bir ishtirokchi harakatlarining takroriyligi darajasi, irodaning jinoyatni tashkillashtirishga yo‘naltirilganligi (qaratilganligi), bajaruvchini ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishga qiziqtirish yoki unga bunda yordam berish turlicha bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, ishtirokchilar harakatlarini kvalifikatsiya qilishda hamda ularga jazo tayinlashda birgalikdagi jinoiy faoliyatga amalda kiritgan ulushi inobatga olinishi zarur. Umumiy qoidaga ko‘ra, jinoyatning barcha ishtirokchilari JK Maxsus qismining bitta moddasi, bitta qismi (bandi) bo‘yicha javobgar bo‘lishadi. Shu bilan birga, ishtirokchilar ayblanayotgan jinoyatlar JK moddasining turli qismlarida (turli bandlarida), turli moddalarida, hattoki, turli boblari va bo‘limlarida nazarda tutilishi mumkin. Bu ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatni hamda ishtirokchining o‘zini tavsiflovchi turli xil obyektiv va subyekt belgilarni hisobga olish bilan bog‘liqdir. 1
Такой подход к юридической оценке сложного вида соучастия обусловлен тем, что описание объективной стороны конкретного состава преступления рассчитано именно на индивидуальные действия субъекта.
327
Jumladan, ijtimoiy xavfli qilmishni, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini tavsiflovchi obyektiv belgilar boshqa ishtirokchilarning qasdi bilan qamrab olingan bo‘lsa, javobgarlik ularning zimmasiga yuklatilishi mumkin. Masalan, o‘zga shaxsning mulkini uy-joyiga kirib o‘g‘irlashga qiziqtirishda dalolatchi hamda bajaruvchiga o‘g‘rilikning aynan shu yo‘l bilan sodir etilishi ma’lum bo‘lsa, mazkur baholovchi belgi har ikkala ishtirokchini ayblashga asos bo‘ladi. Obyektiv belgilar jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektning ma’lum bir individual belgilariga taalluqli bo‘lishi mumkin. Masalan, agar kichik yoshdagi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tegishda jinoyat bajaruvchisi jabrlanuvchi o‘n to‘rt yoshga yetmaganligini bilmaganida, biroq bu haqda jabrlanuvchi o‘n olti yoshda deb bajaruvchiga xabar qilgan jinoyat tashkilotchisiga ma’lum bo‘lganida, bajaruvchi o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish jinoyati uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Yoki, masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hayotiga tajovuz qilish jinoyati (JK 158-moddasi 1-qismi) faqat, jabrlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ekanligi ma’lum bo‘lgan sharoitda sodir qilinishi mumkin. Agar ishtirokchilardan biri, boshqa shaxslar bilan birgalikda harakat qilgan holda, ko‘rsatilgan vaziyatni anglamasa, uning harakatlari boshqa ishtirokchilardan farqli, JK 158-moddasi 1-qismi bo‘yicha emas, JK 97-moddasi bo‘yicha qasddan odam o‘ldirish deb kvalifikatsiya qilinishi shart. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar tarkibi subyekt tomonining aqliy (intellektual) elementi jinoyat ishtirokchilari o‘z qilmishlarining, birgalikdagi harakatlarining ijtimoiy xavfliligini anglashi, irodaviy elementi esa, jinoiy natijaga erishish niyati yoki birgalikdagi xatti- harakatlarini birlashtirish orqali bu natijaga erishilishiga ongli yo‘l qo‘yishda ifodalanadigan qasd bilan belgilanadi. Biroq, shuni yana bir bor ta’kidlab o‘tamizki, sud-tergov amaliyotida moddiy mukofot evaziga (yollanma tarzda) odam o‘ldirish holatidagi ishtirokchilarning harakatlarini yuridik baholashda alohida yondashuv ishlab chiqilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tushuntirishlariga muvofiq, «Qotillik uchun haq va’da qilgan tashkilotchi (buyurtmachi)ning 328
harakatlari u qaysi sabablarga ko‘ra shunday qilganligidan kelib chiqib, Jinoyat kodeksining 28, 97-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i kerak» 1 . Masalan, agar qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir etilganda yordamchi bajaruvchining jabrlanuvchi bilan yomon munosabatda bo‘lganligi sababli «oddiy» qasddan odam o‘ldirish (JK 97- moddasi 1-qismi) sodir etilgan bo‘lsa-yu, keyinchalik jabrlanuvchiga nisbatan hech qanday nafrat bo‘lmaganligi va bajaruvchi tamagirlik niyatida qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganligi aniqlansa, yordamchi bajaruvchi tomonidan sodir etilgan jinoyat kvalifikatsiya belgili emas, balki oddiy qasddan odam o‘ldirish jinoyati uchun javobgarlikka tortiladi. Agar obyektiv yoxud subyekt belgilar qaysidir ishtirokchi shaxsi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu belgi haqida boshqa ishtirokchilar bilish-bilmasligidan qat’i nazar, shu shaxsni ayblashga asos bo‘ladi. Masalan, o‘g‘rilikni takroran sodir etishda takroriylik belgisi jinoyatni takroran sodir etgan shaxsga tegishli bo‘ladi, ishtirokchilarning birida retsidiv bo‘lishi esa aynan mana shu ishtirokchiga nisbatan retsidivning tan olinishini anglatadi. Ishtirokchilarning jazosini individuallashtirishda ham xuddi shu qoida amal qiladi. Ishtirokchilardan birining shaxsiga mansub yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar faqat shu ishtirokchiga jazo tayinlashda hisobga olinadi. Bajaruvchining qilmishi jinoyat barcha ishtirokchilarining harakatlari natijasi bo‘lganligi sababli bu ishtirokchilar muayyan tarzda bajaruvchining qilmishlari bilan bog‘langandir. Bu bog‘lanish tashkilotchi yoki dalolatchi tomonidan ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibi obyektiv tomoni ular jinoiy qasdga undagan shaxs tomonidan amalga oshirilishi bilan to‘ldiriladi. Shu bilan birga tashkilotchisi, dalolatchisi bilan ular tomonidan tashkil etilgan bajaruvchi faoliyati sababiy bog‘lanish jinoiy- huquqiy ma’nodagi oqibat bo‘lib keluvchi bu faoliyatning natijasi yuzaga kelishigacha davom etadi. Shu sababli, ishtirokchi harakatlaridagi 1
ўлдиришга оид ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги 13-сонли қарори, 14-банд, 2-хатбоши // Тўплам, 2- жилд. – 197-б. 329
tugallangan jinoyat tarkibi bajaruvchi tomonidan muayyan jinoyat tarkibining obyektiv tomoni barcha majburiy belgilarining amalga oshirilishida bo‘ladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda bajaruvchining xatti-harakatlari (harakatsizligi) natijasida qonunda nazarda tutilgan oqibatlarning yuzaga kelishi yetarli hisoblanadi. Formal tarkibli jinoyatlarda bajaruvchi qonun bilan taqiqlangan qilmishni sodir etishi lozim. Faqat shu holdagina tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchilarning harakatlari tugallangan deb baholanishi kerak. Agar bajaruvchi u yoki bu sabablarga ko‘ra, o‘z qilmishini oxiriga yetkazmagan bo‘lsa, javobgarlik jinoyatga suiqasd qilish yoki jinoyat sodir etishga tayyorgarlik uchungina yuzaga keladi. Xuddi shunday tarzda boshqa ishtirokchilarning harakatlarini ham kvalifikatsiya qilish lozim: ular suiqasdni tashkillashtirganlari yoki jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlari uchun, suiqasdga yoki jinoyatga tayyorgarlikka qiziqtirganlari uchun, va nihoyat, jinoyatga suiqasd yoki tayyorgarlikka yordam berganliklari uchun javobgarlikka tortiladi. Ishtirokchilar boshlab bergan sababiy qatorni davom ettiruvchi bajaruvchi faoliyati ularning qasdi bilan qamrab olingan natijada ayblash hajmini belgilab beradi. Bajaruvchi jinoyat rivojlanishining muayyan bosqichida jinoyatga suiqasd qilish yoki tayyorgarlik ko‘rish bosqichida to‘xtagan hollarda yuzaga kelmagan natijada ishtirokchilarni ayblash mumkin emas. Ular bajaruvchi sodir etgan qilmish uchungina javobgarlikka tortilishlari mumkin. Jinoyat ishtirokchilari harakatlarining kvalifikatsiyasi, shuningdek, ishtirokchilik shakliga bog‘liq bo‘ladi va maxsus belgilar bilan ifodalanadi. Jumladan, JKda qayd etiladiki, oldindan til biriktirgan guruh, jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda a’zolari tayyorgarlik ko‘rilishi yoki sodir etilishida o‘zlari qatnashgan barcha jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar (JK 30-moddasi 2-qismi); uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki ularga rahbarlik qilgan shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan barcha jinoyatlar uchun, basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan bo‘lsa, javobgarlikka tortiladilar (JK 30-moddasi 3-qismi). 330
Birinchi holatda oldindan til biriktirgan guruh tarkibida jinoyat sodir etgan ishtirokchilar harakatlari JK 28-moddasini qo‘llamasdan kvalifikatsiya qilinadi, chunki ularning barchasi birgalikdagi bajaruvchilar deb tan olinadilar. Oxirgi holatda qonun chiqaruvchi uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkilotchisi va rahbarlariga mazkur jinoiy tuzilmalar a’zolari yoki ularning manfaatlarida harakat qilgan boshqa shaxslar sodir etgan barcha jinoyatlar uchun javobgar ekanligini belgilaydi. Shu bilan birga, sodir qilingan jinoyatlar uyushgan guruh, jinoiy uyushma yoki uning strukturaviy bo‘g‘inlari tashkilotchilari va rahbarlari qasdi bilan qamrab olingan bo‘lishi, guruh ishtirokchilari esa mazkur jinoyatlarga tayyorgarlik ko‘rishda bevosita ishtirok etishgan bo‘lishi shart, ushbu jinoyatlar sodir etilishida keyingi ishtiroki yoxud ishtirok etmaganligi ahamiyati yo‘q. Agar uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning bironta a’zosi tomonidan sodir qilingan qilmish ko‘rsatilgan jinoiy tuzilmalar tashkilotchisi (rahbari) qasdi bilan qamrab olinmagan va sababiy jihatdan bog‘lanmagan bo‘lsa, bajaruvchi eksessi holati yuzaga keladi.
Jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikning maxsus masalalari ishtirokchilar harakatlarini kvalifikatsiya qilish uchun muhim ahamiyatga ega holatlar, xususan, bajaruvchining eksessi, ishtirokchilarning jinoyatdan ixtiyoriy qaytishi, maxsus subyekt va shunga o‘xshash holatlar bilan bog‘liq. Bajaruvchi eksessi tushunchasining (lotincha excessus – chekinish, og‘ish, bo‘yin tovlash) qonuniy mustahkamlanishi JK 30-moddasi 4- qismida ifodalangan bo‘lib, unda boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir etgan shaxs javobgar bo‘lishi belgilanadi. Bajaruvchi eksessi JKda nazarda tutilgan har qanday ishtirokchilik shaklida bo‘lishi mumkin, bunda bajaruvchining boshqa ishtirokchilar bilan oldindan kelishilmagan mustaqil harakatlari yuridik ahamiyat kasb 331
etishi shart. Masalan, odam o‘ldirish jinoyati oldindan kelishib olinganidek kech oqshomda emas, kunduzi sodir etilgan yoxud o‘qotar emas, sovuq qurol yordamida sodir etilgan bo‘lsa, eksess holati mavjud bo‘lmaydi, zero, mazkur shart-sharoitlarning amalga oshirilgan ish kvalifikatsiyasiga hech qanday ta’siri yo‘q. Eksessda ishtirokchilarning birgalikdagi jinoiy faoliyati yuzasidan obyektiv asoslar (ishtirokchilar harakatlari bilan sodir qilingan jinoyat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish), subyekt asoslar (bajaruvchilar o‘rtasidagi subyekt aloqalar) mavjud bo‘lmaydi, bu esa qolgan ishtirokchilarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish imkonini beradi. Eksess bajaruvchi sifat va miqdor belgilariga ko‘ra, bajaruvchi harakatlari umumiy jinoiy niyatdan qanchalik chetga chiqishi xarakteriga bog‘liqdir. Sifat ko‘rsatkichli eksessda bajaruvchining harakatlari boshqa ishtirokchilar bilan kelishib olingan jinoyatlar bilan bir qatorda yana bir yoki bir necha jinoyat sodir etishni zimmasiga oladi. Masalan, talonchilik sodir etish uchun til biriktirishda ishtirokchilardan biri o‘zganing mulkini talon-toroj qilgandan so‘ng qasddan jabrlanuvchini o‘ldiradi yoki qonunga xilof ravishda giyohvand va psixotrop moddalarni egallab oladi. Bu holda, bajaruvchi sodir qilingan jinoyatlar jami bo‘yicha yoxud amalda sodir qilingan jinoyati va birgalikda qasd qilgan jinoyatga tayyorgarlik uchun javobgarlikka tortilishi ham mumkin. Bunda, boshqa ishtirokchilar faqat birgalikda qasd qilgan jinoyat yoki unga tayyorgarlik ko‘rish uchun javobgarlikka tortiladilar.
jinoiy niyati bilan qamrab olingan jinoyatni sodir qiladi, lekin uning oqibati boshqa ishtirokchilar o‘ylaganidan ko‘ra og‘irroq bo‘ladi (masalan, o‘rtacha og‘ir tan jarohatlari o‘rniga – og‘ir tan jarohatlari, talonchilik o‘rniga – bosqinchilik) yoki oldindan til biriktirilgan jinoyatning kvalifikatsiyali turini sodir etadi (oddiy odam o‘ldirish o‘rniga – o‘ta shafqatsizlik bilan). Bajaruvchi eksessining mazkur turida boshqa ishtirokchilar o‘zlarining niyati bilan qamrab olingan tugallangan jinoyat uchun yoki tugallanmagan jinoyat (tayyorgarlik ko‘rish yoxud suiqasd) uchun javobgarlikka tortilishadi. 332
Jinoyat huquqi nazariyasida «muvaffaqiyatsiz ishtirokchilik» tushunchasiga doimo alohida urg‘u berilib, keng ma’noda u natijasiz (samarasiz) jinoiy tashkilotchilik, dalolatchilik yoki yordamchilik faoliyati sifatida tushunilgan, zero, bu holatda bajaruvchi jinoyat sodir qilishga umuman niyat qilmagan yoki jinoyat sodir qilishdan ixtiyoriy qaytgan bo‘ladi
1 . Mazkur holatlarda bajaruvchi umuman javobgarlikka tortilishi mumkin emas, jinoyatning boshqa ishtirokchilari esa ishtirokchilikda jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish uchun (bajaruvchi jinoyatdan qaysi bosqichda bosh tortganiga bog‘liq) jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Bajaruvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, ishtirokchilar jinoiy qasdini oxirigacha yetkazmagan bo‘lsa (masalan, jinoiy faoliyatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki boshqa shaxslar tomonidan chek qo‘yilgan), uning harakatlari tugallanmagan jinoyat to‘g‘risidagi normalar asosida (25-moddaga havola qilib) kvalifikatsiya qilinadi, boshqa barcha ishtirokchilarning harakatlari esa JK 25–28-moddalari va JK Maxsus qismi tegishli moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Umuman, ishtirokchilikda jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish huquqiga nafaqat bajaruvchi, balki boshqa harakatdagi shaxslar ham ega. Ixtiyoriy qaytish istalgan ishtirokchida, ishtirokchilikning har qanday shaklida, jinoyatni bajarishning har qanday bosqichida, biroq jinoiy oqibat yuzaga kelgan paytga qadar amalga oshirilishi mumkin. Bunda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchining ixtiyoriy qaytishiga nisbatan qonun qattiqroq talablar belgilaydi. Jumladan, JK 30-moddasi 5-qismiga muvofiq, «Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytib, jinoyatning oldini olish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni o‘z vaqtida ko‘rganligi jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikni istisno qiladi». Mazkur qoidadan aniq-ravshan ma’lum bo‘ladiki, tashkilotchining, dalolatchining yoki yordamchining ixtiyoriy rad etishi faqat faol bo‘lishi, ya’ni tayyorlanayotgan jinoyatning bartaraf 1
между его деяниями и деяниями других соучастников, в силу чего намерения последних остаются нереализованными, несмотря на все их усилия. 333
etilishini ta’minlovchi harakatlarda ifodalanishi darkor. Hokimiyat organlariga vaqtida xabar berishdan tashqari yana tashkilotchi yoki dalolatchi bajaruvchiga jinoyat sodir etmaslikka, yordamchini bajaruvchiga ko‘maklashmaslikka ko‘ndirishda, tajovuz qaratilgan shaxsni o‘z vaqtida ogohlantirishda ifodalanadigan boshqa choralar ham ko‘rilishi lozim. Bunda jinoyat tashkilotchisi yoki dalolatchining bajaruvchini ko‘ndirish turidagi ixtiyoriy qaytishi moddiy tarkibli jinoyatda jinoiy natijaning oldini olish, formal tarkibli jinoyatlarda esa, butun obyektiv tomonning amalga oshirilishining oldini olishi lozimligi sharti bilangina bo‘lishi mumkin. Aks holda, tashkilotchi va dalolatchi sodir etilgan qilmish uchun javobgarlikka tortiladi, ularning jinoyatning oldini olishga qaratilgan harakatlari esa sud tomonidan jazo tayinlash vaqtida yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin. Yordamchi o‘zining harakatsizligi bilan jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni ifodalashi mumkin. Biroq yordamchi bunday xulq- atvorini baholashda muayyan vaziyatdan kelib chiqishi lozim, ya’ni yordamchining harakatsizligi jinoyatda ishtirokchilikdan ixtiyoriy qaytish sifatida, agar bu harakatsizlik u bajarishi lozim bo‘lgan harakatlarni amalga oshirmasligida ifodalangan bo‘lsa, masalan, bajaruvchiga seyf kalitini taqdim etishga va’da berib, so‘zining ustidan chiqmagan bo‘lsa, tan olinishi mumkin. Bu vaziyatda, agar bajaruvchi jinoyat sodir etishga qaror qilsa, uning harakatlari yordamchining harakatlari bilan sababiy bog‘liqlikda bo‘lmaydi. Shu bilan birga, yordamchining ixtiyoriy qaytishini yordamchilikning turidan kelib chiqib alohida ajratilgan holda ko‘rib chiqish lozim. (Ruhiy) aqliy yordamchining ixtiyoriy qaytishi bajaruvchiga yordam berishga, ko‘maklashishga qaratilgan o‘zining barcha harakatlarini to‘liq neytrallashtirishida ifodalanishi lozim. Gap shundaki, yordamchining maslahat va ko‘rsatmalari ularning bajaruvchiga ma’lum qilinganidan so‘ng oxirgisi tomonidan yordamchining irodasidan qat’i nazar, ishlatilishi mumkin, bu esa yordamchi harakatlari va bajaruvchi sodir etgan jinoyat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni keltirib chiqaradi. Ixtiyoriy qaytish majburiy element sifatida jinoiy natijaning yuz bermasligini taqozo 334
etganligi sababli, yordamchining ixtiyoriy qaytishi haqida, faqat u o‘z harakatlari oqibatlarini to‘liq bartaraf etganidan so‘nggina namoyon bo‘lishi mumkin. Agar yordamchining mazkur intilishlari natijasiz yakunlansa, jinoyat sodir etilsa, uning harakatlari ixtiyoriy qaytish sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Mazkur masala jismoniy yordamchilikda bir oz boshqacha hal qilinadi. Bunday hollarda, ko‘pincha jinoyat sodir etilishini yengillashtirishi lozim bo‘lgan jinoyat quroli va vositalarini taqdim etmaslikda, shuningdek, jinoyat sodir etilishiga to‘siqlarni bartaraf etmaslikda, agar bu to‘siqlarni bartaraf etish tashabbusi yordamchining o‘zidan chiqqan bo‘lsa, ifodalanadigan yordamchining passiv xulq-atvori yetarli bo‘ladi. Agar birgalikdagi bajaruvchi boshqa bajaruvchilar tomonidan jinoyat sodir etilishiga ko‘maklashuvchi yoki uni osonlashtiruvchi harakatlarni sodir etishni boshlamagan bo‘lsa, ixtiyoriy qaytish uning passiv xulqida, ya’ni birgalikdagi bajaruvchilikni tashkil etuvchi harakatlardan o‘zini saqlashda ifodalanishi zarur. Bunday hollarda shaxsning jinoiy javobgarligi istisno etiladi, biroq u JK 241-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan shartlarning mavjudligida jinoyat haqida xabar bermaganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Agar bajaruvchi jinoyatni oxirigacha yetkazishdan bosh tortsa yoki o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda bajara olmasa va harakatni sodir etsa, ishtirokchilarning harakatini kvalifikatsiya qilish qiyinlashadi. Bunday holda tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi tashkilotchilik, dalolatchilik, yordamchilikka suiqasd qilganlik uchun javobgar bo‘ladilar. Maxsus subyektli jinoyatlarda ishtirokchilikni kvalifikatsiya qilish masalasi ham alohida ko‘rib chiqishni talab etadi. Afsuski, ushbu masala hali to‘liq hal qilinmagan. Shuning uchun mazkur vaziyatda O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-huquqiy doktrinasi va sud-tergov amaliyotiga tayanish darkor. Ularni tahlil qilishdan shu narsa kelib chiqadiki, maxsus subyekt belgilariga mos kelmaydigan shaxslar tegishli jinoyatni bevosita bajaruvchilar ham, birgalikda bajaruvchilar ham bo‘lishlari mumkin emas, ularning maxsus subyektli jinoyatni sodir etishdagi ishtiroki faqat 335
tashkilotchilik faoliyatida, dalolatchilik yoki yordamchilikda namoyon bo‘lishi mumkin. Xususan, agar JK Maxsus qismining tegishli moddasida maxsus ko‘rsatilgan jinoyat subyekti bo‘lmagan shaxs bevosita ushbu jinoyatni sodir etgan bo‘lsa, ya’ni amalda to‘liq yoki qisman uning obyektiv tomonini bajargan bo‘lsa, bu shaxs mazkur jinoyat uchun JK 28- moddasining tegishli qismiga havola qilingan holda jinoiy javobgarlikka tortilishi shart. Shuni nazarda tutish kerakki, maxsus subyektli jinoyatda ishtirokchilik vaziyatini shaxs jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagan yoki aqli noraso bo‘lgan holatlardan ajrata bilish zarur. Ko‘rsatilgan ikki holatda ishtirokchilik haqida emas, balki bilvosita (vositachi) bajaruvchilik haqida gap ketadi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling