Dirijyorlik harakatlarining asosiy tamoyillari; erkinlilik, sxema aniqligi, tejamliligi, qiyofaning ifodaliligi. Turli nyuanslarda dirijyorlik qilish. Reja
Download 31.09 Kb.
|
Dirijyorlik harakatlarining asosiy tamoyillari; erkinlilik, sxema aniqligi, tejamliligi, qiyofaning ifodaliligi. Turli nyuanslarda dirijyorlik qilish.
Dirijyorlik harakatlarining asosiy tamoyillari; erkinlilik, sxema aniqligi, tejamliligi, qiyofaning ifodaliligi. Turli nyuanslarda dirijyorlik qilish. Reja: Dirijyorlik harakatlarining asosiy tamoyillari; erkinlilik. Dirijyorlik harakatlarining asosiy tamoyillari sxema aniqligi, tejamliligi, qiyofaning ifodaliligi. Dirijorning bosh holati xor jamoasiga qaratilgan bo’lishi, xor va orkestr Chap va ong qo’l vazifalari. Ong qo’l vazifalari. Dirijorning qо‘llariga qо‘yiladigan asosiy talab — ularning tо‘la erkinligi, yani tanaga bо‘ysunmasligi va mushaklarning bо‘sh qо‘yilishidir. Erkinlik dirijorga musiqani oson ifoda etish imkonini beradi. Qо‘llarni erkin tutmaslik esa orkestrga о‘z niyatlarini tо‘liq va aniq yetkazishga halal beradi. Bunday qо‘llar egiluvchan va plastik bо‘lmaydi, ular musiqani ifoda etishga ojizlik qiladi. Ular hatto nigohni ham charchatib qо‘yadi, eng asosiysi — erkin bо‘lmagan qо‘llarning harakatlari tushunarsiz bо‘lib, bu orkestr ishiga yordam о‘rniga, halal beradi. Odatda bunday qо‘llarning tirsaklari ikki tomonga kerilib, tepaga kо‘tarilgan bо‘ladi. О‘z qо‘l harakatlarining samarasiz ekanini sezgan bunday Dirijor qо‘llariga «yordam berish» uchun yana tanasi, boshini ishga solib, keraksiz harakatlarni kо‘paytiraveradi. Sinxron (parallеl – qo‘llardagi bir xil harakat) ravishdagi harakatlar, dirijorning tеxnik imkoniyatlarini chеgaralanganligidan darak bеradi. Sinxron harakatlar qoida bo‘yicha, orkеsrning umumiy ijrosini baland nuqtalarini (tutti) va asarning avj ijrolarini ko‘rsatishda qo‘llaniladi. Qo‘llarning vazifalarini aniq bеlgilab olish va uni tajribada qo‘llash, avvalo, har bir dirijorning o‘z qobiliyati va asarning xaraktеridan kеlib chiqadi. Musiqada bеrilgan biror aniq holatga ko‘ra, o‘ng va chap qo‘l harakatlari o‘z vazifalarini almashtirishi mumkin. Yani, chap qo‘l aniq harkatlar bilan ansambl ijrosini ushlab tursa, o‘ng qo‘l ifodali harakatlar bilan ijrochilarni ruhlantiradi. Masalan: dirijorning chap tomonida o‘tirgan guruhlarda aniq ritmik ijro yoki biror yangi ohangning qo‘shilishi natijasida chap qo‘l o‘ng qo‘lning vazifasini bajarishga to‘g‘ri kеladi. Bu vaqtda o‘ng qo‘l o‘z ijro yo‘nalishini o‘zgartirib, chap qo‘lga yordam bеrgan holda, mustaqil harakatlarini davom ettiradi. Xuddi shuningdek, kimtinib ishlaydigan dirijor о‘zi ijro etayotgan konsert yoki spektakl «yuki»ni kо‘tara olmaydi. Shu bois о‘z faoliyatini endi boshlayotgan dirijorlar bilan takt mashqlarini о‘rganishni va qо‘llarni «erkinlashtirish» ishidan boshlaganlari ma’qul. Bugun qо‘llar — dirijor apparatining asosiy va eng muhim qismi ekanligini unutmaslik kerak. Qо‘llarning turli holatlari — harakatlari erkinlik, qulaylik, tabiiylik va muhimi ijroga tо‘g‘ri kelish kabi talablarga javob berishi kerak. Ma’lumki, qо‘l kaft, bilak va yelkadan iborat. Dirijorlik qilishda qо‘lning eng harakatchan va ifodali qismi bо‘lgan kaft (kist) eng muhim rol о‘ynaydi. Kaft bilan organik ravishda bog‘langan bilak va yelka yordamchi qismlar bо‘lib, harakatda faqat kaftning holatlari uchun xizmat qiladi. Aksariyat hollarda qо‘l qismlari о‘z holatlarida shunchalik о‘zaro bog‘liqki, kaftning eng kichik harakati ham bilak va yelka mushaklari ishtirokini taqozo etadi. Masalan yengil staccato dan pianissimo ga о‘tish. Dirijorlik qilishda kaftni pastga qaratib tutish — uning eng qulay holatidir. Bunda kaft bо‘shashgan ham qisilgan ham, ortiqcha kо‘tarilgan ham bо‘lmasdan hamisha oldinga yо‘naltirilgan bо‘lishi lozim. Barmoqlarni tabiiy ravishda biroz dumaloqroq shaklda bо‘lishi buning barobarida ularning erkin holati butun kaftning yetarli darajada erkinligidan dalolat beradi. Kaftning harakatchanligi, elastikligi va yetarli darajada erkinligi mushaklarning har qanday tez harakatga tayyor turishi bilan muvofiq bо‘lmog‘i kerak. Kaftning bu jihati dirijorga qо‘l harakati orqali ijroning eng nozik tomonlarini ifoda etish imkonini beradi. Aynan kaft harakatlari dirijor qо‘l harakatlariga asosiy dinamik, emotsional kо‘rinish beradi. Kaft erkinligini о‘rganishning dastlabki davridanoq alohida nazorat qilib turish kerak. Shunga tayanib, avval boshidanoq, darhol tayoqcha bilan dirijorlik qilishga о‘tish maslahat berilmaydi, chunki bu kaft mushaklarining zо‘riqishiga sabab bо‘lishi mumkin. Dirijorlik qilish paytida qо‘l holati о‘zgarishsiz qolmaydi. Ularning joylashuv balandligi, chо‘zilish darajasi doimo о‘zgarib turadi. Bu kо‘p sabablarga bog‘liq. Jumladan, orkestr jarangdorligi dinamikasiga, u yoki bu epizod fakturasiga, muayyan cholg‘u yoki guruhlarning ijroga kirishishini kо‘rsatishga, asar janriga, uslubiga, masshtabiga, qolaversa, orkestr tarkibining kattaligiga, xor, yakkaxonlar soniga, shu bilan birga orkestr yamasi teatrlarda (orkestr joylashadigan chuqurlik) yoki estrada sahnasida dirijorlik qilinishiga bog‘liq bо‘lishi mumkin. Bularning barchasi dirijor qо‘llari holatida aks etadi. Download 31.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling