Dirijyorlik harakatlarining asosiy tamoyillari; erkinlilik, sxema aniqligi, tejamliligi, qiyofaning ifodaliligi. Turli nyuanslarda dirijyorlik qilish. Reja


Download 31.09 Kb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi31.09 Kb.
#1158979
1   2   3   4
Bog'liq
Dirijyorlik harakatlarining asosiy tamoyillari; erkinlilik, sxema aniqligi, tejamliligi, qiyofaning ifodaliligi. Turli nyuanslarda dirijyorlik qilish.

Chap va ong qo’l vazifalari.
Ong qo’l vazifalari.
Dirijorlikda boshqaruv vazifasini bajaruvchi о‘ng qо‘l avvalo taktlash, yani vazn qismlarini kо‘rsatish, asarning vazn tuzilishini namoyon qilishga mо‘ljallangan. Shu bilan birga u cholg‘ular yoki ovozlar ijrosiga navbat beradi, aksentlar, fermatalar, sinkopalarni belgilaydi, tempni aniqlaydi, harakat harakterini, dinamikasini aks ettiradi. Bundan kо‘rinib turibdiki о‘ng qо‘l mexanik ravishda emas, balki ijro etilayotgan musiqaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishlaydi. О‘ng qо‘l — yetakchi, ishonchli, tashabbuskor, «qat’iyatli» qо‘ldir. Va nihoyat, hammaning diqqat markazida bо‘lgan, dirijorning ritmik kо‘rsatmalarini aks ettiruvchi tayoqcha ham aynan о‘ng qо‘lda bо‘ladi. Demak, chap qо‘l taktni belgilashda muhim о‘rin tutmasligi о‘z-о‘zidan ayon bо‘ladi. Zamonaviy dirijorlik texnikasi har ikkala qо‘llar harakati bilan belgilanishidek eskirgan va foydasiz odatdan allaqachon voz kechgan. Igor Markevichning qayd qilishicha, parallel ravishda takt belgilash bamisoli pianinochi bir xil balandlikdagi faqat unison ohangdoshligini chalishni bilganidek ma’nisizdir
Chap qo’l vazifalari
Chap qo‘l cholg‘ular, ovozlar, orkestr guruhlariga, xor va yakkaxon partiyalarni ijroga yo‘llovchidir. U ijroning dinamik qirralarini ifoda etadi. Bundan tashqari, asosan chap qo‘l yordamida musiqiy bayon ajratiladi, jumlalar ayricha ko‘rsatib o‘tiladi, jarangdorlik, alohida pauzalar ifodalanadi, musiqiy shakl uyg‘unlik, faktura o‘zgarishi ko‘rsatib boriladi. Yuqorida aytilganlar o‘ng qo‘l yoki har ikkala qo‘l bilan bir vaqtning o‘zida bajarib bo‘lmaydi degani emas. Biz faqat dirijyor qo‘llashi mumkin bo‘lgan harakatlar va ularning xilma-xilligini ta’kidlab, ular erkinligi va muvofiqligi haqida, ayni vaziyatda esa — qo‘llar
mustaqilligi to‘g‘risidagi masalani olg‘a surayapmiz. Dirijyor qo‘llari bir-biriga bog‘liq bo‘lsada, mutlaqo erkin vaziyatni tutish lozim. Bir qo‘lni ikkinchisi harakatlarini qaytarishi, bu harakatlar boy emasligini ko‘rsatadi, dirijyordagi bir xillik yo‘lini ifodalaydi. Bu albatta, simmetrik harakatlarni qo‘llashdan voz kechish kerak degani emas, — ko‘p hollarda ulardan qochishning o‘zi qiyin. Masalan, orkestr qudratli va tantanavor yangragan chog‘da uning harakterini yorqin ifoda etish uchun dirijyorning qo‘llari o‘z-o‘zidan holatga kirib, bir xil harakatlar bilan biri ikkinchisini qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq simmetrik harakatlarni uzoq vaqt qo‘llash harakatning kambag‘allashuviga, dirijyorlikni bir xillikka olib keladi va ijro etilayotgan musiqaning emotsional mohiyati va unda dirijyorning ijodiy xis tuyg‘usi va maqsadini ifodalashga keng imkoniyat maydonini yaratib berolmaydi.
O‘ng va chap qo‘l o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, taktni belgilashni o‘ng qo‘l bajaradi, qolgan vazifalarni esa o‘ng va chap qo‘l birga bajarmog‘i kerak. Vazifalarni bu tarzda to‘g‘ri taqsimlash dirijyorga asarning barcha qirralarini to‘laligicha ochib berishga imkon yaratadi. Shu bilan birga har ikkala qo‘l harakati qat’iy muvofiqlashtirilgan va ularning vazifalari xilma-xil bo‘lsa ham va yagona maqsad — musiqani barcha detallari bilan imkon qadar to‘liqroq ijro etishga qaratilgan bo‘lishi shart.
Agar dirijyor chapaqay bo‘lsa, unda chap va o‘ng qo‘l vazifalarni almashtirish mumkin, chunki bunday dirijyor asosiy ritmni chap qo‘l bilan (uning uchun yetakchi qo‘l) olib borishi, dinamika va qolgan xususiyatlarni esa o‘ng qo‘li bilan bemalol ko‘rsatishi mumkin. Orkestr va musiqa uchun buning farqi yo‘q. Shunday qilib, quyidagicha yakuniy fikrga kelish mumkinligiga amin bo‘ldik: O‘ng qo‘l taktni boshlaydi, yani musiqaning asosiy ritmi va vaznini, uning dinamikasi va xarakterini boshqarib boradi. Chap qo‘l zimmasiga esa musiqa dinamikasi va xarakterini belgilash, alohida ovozlar yoki orkestr guruhlari, xor, yakkaxonlarni ijroga o‘tishini ko‘rsatish vazifasi yuklatiladi: Bu ayniqsa opera va musiqiy teatrga taalluqli holatdir. Chap qo‘l musiqiy ijro detallarini ko‘rsatadi, dirijyorning xissiy — badiiy jihatlarini ifoda etishiga xizmat qiladi. Istalgan harakatlar
erkinligiga va ularni muvofiqligiga, qo‘llarning mustaqilligiga qanday erishish mumkin?
Bu maqsadga erishishning dastlabki bosqichi vaznga xos sxemalarni o‘zlashtirishdan iborat. Ko‘p holda ushbu sxemalar bilan tanishuvda ikkala qo‘l ishlatiladi. Bunda talabada har ikkala qo‘lni simmetrik tarzda harakatlantirish odati shakllanadi va bu keyinchalik qo‘l harakatlarini erkinligiga erishishni qiyinlashtiradi. Keyinchalik voz kechish lozim bo‘ladigan harakatlarga o‘rganishdan nima foyda? Chap qo‘l o‘ng qo‘lni takrorlashga yoki takt belgilashga tayyor bo‘ladi, ammo o‘rganuvchining vazifasi aynan shundan qochishni tushunishidadir.
Asosiy tushunchalar:forte, piano, harakat, dirijorlik, imo-ishora, qo’llar erkinligi, yuz ifodai, gavda holati, qo’llar holati, qisqa, sekin, yumshoq, bosh ifodasi, kaft erkinligi, barmoqlar holati, bilaklar holati, oyoqlardagi holat, o’n qo’l, chap qo’l, qo’llar vazifalari.


Download 31.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling