Mavzu : Kirish. Harakat tarkibining ekspluatatsiyaviy xususiyatlari
Download 320.29 Kb.
|
Maruza - 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Harakat tarkibining konstruktsiyasi va ekspluatatsiya xususiyatlari.
- ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
“AVTOMOBILLAR VA TRAKTORLARNI SINASH ASOSLARI, EKSPLUATATSIYASI VA SERVISI” fani o’qituvchisi : Qadirov I.R. Mavzu : Kirish. Harakat tarkibining ekspluatatsiyaviy xususiyatlariReja :1. Umumiy ma’lumotlar, tushuncha va ta’riflar.2. Ekspluatatsiya xususiyatlarining sinflanishi.3. Harakat tarkibining konstruktsiyasi va ekspluatatsiya xususiyatlari.4. Harakat tarkibini ekspluatatsiya qilish sharoitlari.Umumiy ma`lumotlar. Harakat tarkibining asosi hisoblangan avtomobilning vazifasi yuk va yo`lovchilar tashish jarayonini iqtisodiy, ekologik va xavfsizlik nuqtai nazardan samarali ta`minlanishdan iboratdir. Buning uchun birinchi galda avtomobilning texnik jihatdan sifatli va foydali bo`lishi talab etiladi. Harakat tarkibining asosini avtomobil tashkil qiladi. Avtomobil – quruqlikda harakatlanuvchi transport vositasi bo’lib, mustaqil energiya manbaiga ega dvigatel bilan jixozlangan va yuqori qulaylik va xavfsizlikga ega bo’lgan holda yuk va yo’lovchilarni tashish yoki o’ziga o’rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajaradigan transport vositasidir. Avtomobilning sifati - uning vazifasiga bog`liq holda ma`lum ekspluatatsiyaviy talablarni qondirishga yaroqliligini ta`minlovchi xususiyatlar yig`indisidir. Avtomobilning foydaliligi esa umumiy tannarx va sarf xarajatning past bo`lib, tashishdagi mehnat unumdorligining yuqori bo`lishi bilan baholanadi. Ekspluatatsiya xususiyatlarining sinflanishi. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi transport harakat qonunlari va ekspluatatsion xususiyatlarini o`rganuvchi fan bo`lib nazariy mexanika, mashina va mexanizm nazariyasi, materiallar qarshiligi kabi fanlarga asoslangan. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi uni ishlatish davrida avtomobildan effektiv foydalanish usullarini va konstruktsiyasining ekspluatatsion talablarini qanoatlantirish darajasini harakterlab beradi. Ekspluatatsiyaviy xususiyatlar – bu avtomobilning haqiqiy ish sharoitlariga moslashish darajasini bildiradi hamda ulardan foydalanish qulayligi va samaradorligini aniqlaydi. Harakat tarkibining, ya`ni avtomobilning ekspluatatsiyaviy xususiyatlarini asosan ikkita guruhga ajratiladi: 1) harakat bilan bog`liq xususiyatlar; 2) turg`un, ya`ni harakatga bog`liq bo`lmagan xususiyatlar. Ekspluatatsiya xususiyatlarining sinflanishi. Tormozlanish xususiyati Tortish tezlik xususiyati Boshqariluvchanlik xususiyati Yonilg’i tejamkorligi xususiyati Zararsizlik xususiyati O’tuvchanlik xususiyati Yurish ravonligi xususiyati Manyovr qilish xususiyati Turg’unlik xususiyati Xavfsizlik xususiyati Asosiy ekspluatatsiyaviy xususiyatlar. Avtomobilning dinamikligi Avtomobilning itoatkorligi Avtomobilning foydaliligi Avtomobilning yo’llarga moslashuvchanligi 1.1-rasm. Asosiy ekspluatatsiyaviy xususiyatlar tarmog’i Harakat tarkibining konstruktsiyasi va ekspluatatsiya xususiyatlari Harakat tarkibining harakatlanishini ta`minlaydigan ekspluatatsiyaviy xususiyatlar avtomobillar, ularning tizim va mexanizmlarining texnik holati va konstruktiv tuzilishi bilan chambarchas bog`liqdir. Ma`lumki, texnik taraqqiyot, fan, texnika va ishlab chiqarishning o`zaro uzviy bog`liqligi bilan belgilanadi. Demak, harakat tarkibining nazariy masalalarini hal etish orqali quyidagilarga erishiladi: 1) avtomobillarning haqiqiy ekspluatatsiya hususiyatlariga ob`yektiv baho beriladi; 2) yangi avtomobil konstruktsiyasini loyihalash uchun texnik talablar ishlab chiqiladi; 3) avtomobillarning eksperimental namunalari bilan sinovlar o`tkazishda ilmiy asoslangan mezonlar aniqlanadi; 4) avtomobillarning mehnat unumdorligini aniqlovchi xususiyat va ko`rsatkichlar uchun davlat andozalari ishlab chiqiladi. 1.2 –rasmdan ko`rinadiki, harakat tarkibining besh guruhdan iborat agregat va mexanizmlari ekspluatatsiyaviy xususiyatlarning o`zgarishiga turlicha ta`sir etadi. Harakat tarkibini ekspluatatsiya qilish sharoitlari. Harakat tarkibi «avtomobil – haydovchi – piyoda – yo`l - muhit» tizimining asosiy bo`g`ini hisoblanib, uning ekspluatatsiya xususiyatlari shu tizimga kiruvchi har bir tashkil etuvchiga bog`liq bo`ladi. Demak, avtomobillarni qo`llash samaradorligi va sifatini baholovchi ma`lum bir xususiyatning ta`sirchanligi ekspluatatsiya sharoitlariga bog`liq bo`ladi. Harakat tarkibining ekspluatatsiya sharoitlari deb turli xil tashqi omillar ta`sirida amalga oshiriladigan tashish jarayoni qabul qilinadi. Ekspluatatsiya sharoitlari uch guruhga ajratiladi: 1) yo`l sharoitlari; 2) transport sharoitlari; 3) tabiiy iqlim sharoitlari. Yo`l sharoitlari –yo`lning bo`ylama va ko`ndalang elementlari; joy relefi; yo`l qoplamasining turi va tekisligi; harakat jadalligi; harakatga to`siqlar; yo`l holatining bir xilligi; harakatlanish rejimi. Yo`l sharoitlari agregat va detallarning ishiga ta`sir etadi, bunda texnik holat parametrlarining o`zgarish jadalligi tezlanishi yoki sekinlanishi mumkin. Ular transport vositasining ish tartibotini belgilaydi, bu esa ishonchlilikka ta`sir etadi. ETIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 320.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling