Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


xil jinoyatlar hisoblanadi. Masalan, nomusga tegish (JK 118-moddasi) va 

davlatga xiyonat qilish (JK 157-moddasi), firibgarlik (JK 168-moddasi) va 

bezorilik (JK 277-moddasi) har xil jinoyatlardandir. 

Bir qancha jinoyat sodir etishni bitta murakkab jinoyatlardan: 

davomli, uzoqqa cho‘zilgan va tarkibli jinoyatlardan ajrata bilish kerak. 

1

 



Данный  вывод,  в  частности,  следует  из  анализа  положений  постановления  Пленума  Верховного  суда 

Республики  Узбекистан  «О  практике  назначения  судами  уголовного  наказания»,  где  в  ч.6  п.49  указано,  что 

«при признании лица виновным в совершении тождественных деяний, предусмотренных разными частями 

одной  и той  же  статьи  Особенной  части  Уголовного  кодекса,  наказание  назначается  по  той  части  статьи, 

которой установлено более строгое наказание (статья 33 УК)» (см.: Постановление Пленума Верховного суда 

Республики  Узбекистан  от  3  февраля  2006  г.  №  1  «О  практике  назначения  судами  уголовного  наказания»  // 

Сборник, Т.2. – С. 505). 

347 

 

                                                           



Bir qancha jinoyat sodir etishga xos bo‘lgan xususiyat bir necha 

alohida jinoyatlardir. Tegishlicha alohida bir jinoyat bir qancha jinoyat 

sodir etishning tarkibiy elementidir. o‘zining  obyektiv belgilariga ko‘ra 

alohida jinoyatlar bir-biridan ancha farq qiladi. Yuridik adabiyotlarda 

ularni oddiy va murakkab jinoyatlarga bo‘lish qabul qilingan. 

Oddiy alohida jinoyatlar  uch turga bo‘linadi: bir oqibatni keltirib 

chiqaruvchi bir harakatli (harakatsizlikka ega) jinoyatlar; bir qilmishli va 

bir necha oqibatli jinoyatlar; ikki yoki undan ortiq qilmishli jinoyatlar; 

muqobil qilmishli jinoyatlar. 

Masalan, odam o‘ldirish oddiy alohida jinoyatga misol bo‘la oladi. 

Bunda bir qilmish bir oqibatni –  jabrlanuvchining  o‘limini keltirib 

chiqaradi. O‘g‘rilik ham shunday jinoyat hisoblanadi. Bunda bir qilmish – 

o‘zganing mulkini yashirincha talon-toroj qilish, bir oqibat – mulk egasiga 

mulkiy ziyon yetkazish mavjud. 

Oddiy alohida jinoyat oqibatlari tegishli tarkib doirasidan tashqarida 

bo‘lgan (formal tarkibli jinoyatlar) bir qilmishdan iborat bo‘lishi mumkin. 

O‘ldirish bilan qo‘rqitish yoki zo‘rlik ishlatish (JK 112-moddasi), yolg‘on 

guvohlik berish (JK 238-moddasi) shunga misol bo‘la oladi. 

Qonunda ko‘rsatilgan bir necha oqibatni keltirib chiqargan bir 

qilmishli jinoyatlarga misol JK 204-moddasining 1-qismi bo‘lishi mumkin, 

bunda bir harakat –  alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tartibini 

buzish va ikki oqibat – katta zarar yoki boshqa og‘ir oqibatlar ko‘rsatilgan. 

Ikki harakatli oddiy alohida jinoyatlarga mansab soxtakorligi (JK 209-

moddasi 1-qismi) misol bo‘la oladi. Bu yerda hujjatlarga soxta 

ma’lumotlar kiritish va ularni taqdim etish ushbu qilmishni sodir etishning 

variantlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 

Muqobil qilmishli oddiy alohida jinoyatlarga, qisman, mansabdor 

shaxsning sud yoki sudyaning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarorini 

qasddan bajarmasligi yoxud ularning bajarilishiga to‘sqinlik qilishi kiradi. 

Ushbu holatda jinoiy javobgarlikka tortish uchun ko‘rsatilgan 

harakatlardan hech bo‘lmaganda bittasining sodir etilishi yetarlidir 

(masalan, faqat mazkur sud hujjatlarining bajarilishga to‘sqinlik qilish). 

348 


 

Murakkab alohida jinoyatlarning turlari, yuqorida qayd etilganidek, 

davomli, uzoqqa cho‘zilgan va tarkibli jinoyatlardir. 

Davomli, uzoqqa cho‘zilgan va tarkibli jinoyatlar qonun 

chiqaruvchiga belgilarning har birini JKning muayyan moddasi yoki 

modda qismida tasvirlangan tarkibga birlashtirishga imkon beradigan 

obyektiv va subyekt  belgilarning mustahkam yuridik umumiyligi bilan 

tavsiflanadi

1



NOTA BENE ! 

Davomli jinoyat deganda, yagona maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan 

umumiy qasd doirasida birlashgan ikki va undan ortiq ijtimoiy xavfli 

harakatlar tushuniladi. 

 

Davomli jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, barcha 



jinoyatlarning  o‘zaro bog‘liqligi bir butunni tashkil qilishda namoyon 

bo‘ladigan barcha epizodlarning yagonaligidadir. Davomli jinoyatning 

alohida aktlari, ular mustaqil jinoyat xarakteriga ega bo‘lmasa, mustaqil 

kvalifikatsiya qilinmaydi; o‘zining yig‘indisida bir martalik jinoyat sifatida 

qaraladi. Masalan, o‘zini  o‘zi  o‘ldirish darajasiga yetkazish  (JK 103-

moddasi),  o‘zini  o‘zi  o‘ldirishga undash, ya’ni ko‘ndirish, aldash yoki 

boshqa yo‘l bilan o‘zga shaxsda o‘zini  o‘zi  o‘ldirish hissini uyg‘otish 

(103


1

-modda),  qiynash (JK 110-moddasi), bir-biriga tobe bo‘lmagan 

harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi  o‘zaro munosabatlarga oid ustav 

qoidalarini buzish (JK 285-moddasi) va hokazo. 

Shunday qilib, davomli jinoyat «bir qator aynan o‘xshash xatti-

harakatlar bilan turli vaqtlarda sodir etilgan bo‘lsa-da, biroq yagona qasd 

bilan qamrab olingan, obyekti  va sodir etish usuli, oqibatlari bir xilligi 

jihatidan o‘zaro o‘xshash» bo‘ladi

2



«Davomli jinoyat sodir etilishi davrida shaxs tomonidan boshqa 



jinoyat sodir etilgan bo‘lib, uning belgilari Jinoyat kodeksining davomli 

1

 



Уголовное  право  России.  Часть  Общая:  учеб.  для  вузов:  учеб.  для  студентов  вузов,  обучающихся  по 

специальности «Юриспруденция» / Отв. ред. проф. Л.Л. Кругликов. 2-е изд., перераб. и доп. – С. 326. 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2008 йил 15 майдаги «Бир неча жиноят содир 



этилганда қилмишни квалификация қилишга доир масалалар тўғрисида»ги 13-сонли қарори, 4-банд, 1-хатбоши 

// 


Ўзбекистон Республикаси Олий судининг Ахборотномаси, 2008 й., 3-сон. – 13-б.

 

349 



 

                                                           



jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi dispozitsiyasi bilan 

qamrab olinmasa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining davomli jinoyat 

uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi hamda boshqa jinoyat uchun 

javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari majmui bo‘yicha kvalifikatsiya 

qilinadi»

1



Alohida e’tiborga talon-toroj va mansabdorlik jinoyatlaridagi davomli 

jinoyatlarni takroran sodir etiladigan jinoyatlardan farqlash hollari 

molikdir. 

Davomli talon-toroj  –  bir qator o‘xshash harakatlardan iborat, 

aybdorning yagona qasdi bilan qamrab olingan va yig‘indisi bitta 

qilmishni tashkil etadigan o‘zganing mulkini noqonuniy o‘zlashtirish 

umumiy maqsadiga ega. 

Masalan, aybdor televizor o‘g‘irlash maqsadida har gal zavodning 

kirish darvozasidan bittadan detal olib chiqib ketadi. Navbatdagi shunday 

holda u ushlab olinganda qilmish talon-torojning takroriyligini 

bildirmaydi, chunki ellik marta bo‘lsa-da, bittadan detal olib chiqib ketish 

aybdorning yagona maqsadi –  televizor  o‘g‘irlash bilan qamrab olingan. 

«Davomli talon-toroj sodir etilgan hollarda aybdorning harakatlari talon-

toroj qilingan umumiy summani hisobga olgan holda tavsiflanishi zarur. 

Agar shaxsning harakatlari davomli jinoyat xususiyatiga ega 

bo‘lmasdan bir necha mustaqil epizodlardan, misol uchun, o‘g‘rilik, 

talonchilik, firibgarlik va boshqalardan iborat bo‘lsa, bu harakatlar talon-

toroj qilingan umumiy summadan kelib chiqqan holda tavsiflanishi 

mumkin emas. Bunday hollarda jinoyatni o‘zganing mulkini talon-toroj 

qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi Jinoyat kodeksi 

moddasining dispozitsiyasiga muvofiq, jumladan, takroriylik belgisi bilan 

tavsiflash lozim»

2



«Pora olish, pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilishni 



takroriylik belgisiga ko‘ra tavsiflash ushbu jinoyatning o‘zini ikki 

marotabadan kam bo‘lmagan miqdorda sodir etilishini va ulardan hech biri 

uchun shaxsning sudlanmaganligini hamda jinoiy javobgarlikka 

tortishning muddati o‘tib ketmaganligini taqozo etadi. 

1

 

Ўша жойда 78-79 б. 



2

 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  1998  йил  17  апрелдаги  «Иқтисодиёт 



соҳасидаги  жиноий  ишлар  бўйича  суд  амалиётида  юзага  келган  айрим  масалалар  тўғрисида»ги  11-сонли 

қарори, 5-банд, 2 ва 3-хатбошилари // Тўплам, 1-жилд. – 116-б. 

350 

 

                                                           



Mansabdor shaxsning bir vaqtning o‘zida bir necha shaxsdan poralarni 

olishi, basharti pora beruvchilarning har biri uchun alohida qilmish sodir 

etilsa, takroriy pora olish deb tavsiflanishi lozim»

1



NOTA BENE ! 

Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat  deganda, qonun bilan jinoiy jazo qo‘llash 

tahdidi bilan aybdorga yuklatilgan vazifalarning uzoq vaqt mobaynida 

bajarilmasligidan iborat qilmish tushuniladi va bir jinoyatning uzoqqa 

cho‘zilgan uzluksiz tarkibini tashkil qiladi  (JK 32-moddasi 4-qismi)

 

Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatning o‘ziga xos belgisi uning vaqtdagi 



tanaffuslar bilan sodir etiladigan davomli jinoyatlardan farqli ravishda 

muntazam davom etishidadir. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat tarkibini boshqa 

barcha jinoyat tarkiblari turlaridan ajratuvchi ikkinchi xususiyat –  bu 

muayyan harakatni amalga oshirish majburiyatining mavjudligidir. Ushbu 

murakkab bir martalik jinoyatning bu turi vazifalarni bajarmaslikning 

nihoyasiga yetishi paytidan tugallangan deb hisoblanadi, chunki uzoqqa 

cho‘zilgan tarkibli jinoyatlarning obyektiv tomoni qasdning yagonaligi va 

jinoiy qilmishning boshlang‘ich bosqichi va aybdorning keyingi 

harakatlari o‘rtasidagi ichki bog‘liqlik bilan qamrab olinadigan butun davr 

mobaynida amalga  oshiriladi. Muayyan vaqtda davom etuvchi yagona 

jinoyatni tashkil qiladigan vazifalarni uzoq vaqt bajarmaslik ham bitta 

umumiy qasdga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Qancha vaqt mobaynida amalga 

oshirilishidan qat’i nazar, bitta jinoyat sifatida, takroran sodir etilgan 

harakat yoki harakatsizlik aktlarini esa uzoqqa cho‘zilgan jinoyatni sodir 

etish bo‘yicha bitta qilmishning qatori sifatida ko‘rilishi kerak. Uzoqqa 

cho‘zilgan jinoyatlarga qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki 

portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish (JK 248-

moddasi), o‘zining biron-bir a’zosini mayib qilish yo‘li bilan yoki boshqa 

usulda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash (JK 290-moddasi), zo‘rlik ishlatib 

g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish (JK 138-moddasi) va 

boshqalar misol bo‘ladi. 

1

 



Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1999 йил 24 сентябрдаги «Порахўрлик ишлари 

бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги 19-сонли қарори, 8-банд, 1 ва 2-хатбошилари // Тўплам, 1-жилд. – 238-б. 

351 

 

                                                           



Muayyan harakatni bajarish va ish orqali jinoiy xulqni tuzatish 

majburiyati turli xil normativ-huquqiy aktlardan kelib chiqishi mumkin. 

Masalan, JK 122-moddasi  –  voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz 

shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, JK 123-moddasi  –  ota-

onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasining 64-, 66-moddalari qoidalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib 

chiqadi

1



Tarkibli jinoyatlar  o‘z ichiga ikki yoki undan ortiq bitta alohida 

jinoyatni tashkil etuvchi jinoyatlarni oladi. Murakkab alohida 

jinoyatlarning ushbu turi ajratib olib va subyekt  yo‘nalganligini hisobga 

olmay huquqiy baho berganda, JKning turli moddalarida nazarda tutilgan 

mustaqil qilmishlar sifatida ko‘rib chiqish mumkin bo‘lgan g‘ayrihuquqiy 

harakatlarni tarkibiy elementlar sifatida o‘z ichiga oladi. Biroq, tegishli 

jinoiy qilmish tuzilishida  bu harakatlar mustaqil ahamiyatga ega emas, 

alohida kvalifikatsiya qilinmaydi, balki ushbu jinoyatning tarkibi doirasiga 

kirib ketadi. Boshqacha qilib aytganda, ular bir qancha jinoyat sodir etish 

emas, bitta alohida jinoyat tarkibi doirasiga kirib ketadi. Masalan, bezorilik 

ko‘pincha jabrlanuvchini haqorat qilish, urish-do‘pposlash, badanga yengil 

shikast  yetkazish,  o‘zganing mulkiga qasddan shikast yetkazish  yoxud 

nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va h.k. lar bilan birga 

ro‘y beradi, biroq ko‘rsatib  o‘tilgan harakatlar mustaqil jinoiy-huquqiy 

baholanmaydi. Shaxsga,  fuqarolarning mulkiga nisbatan ko‘rsatilgan 

tajovuzlar bilan bog‘liq bezorilik harakatlari bezorilikning tarkibi bilan 

to‘la qamrab olinadi va JKning boshqa moddalari bilan qo‘shimcha 

kvalifikatsiya qilinmaydi1. Bu tajovuzlar (ikki yoki undan ortiq) ularning 

ichki birligi va organik aloqasi tufayli jinoyatning bir tarkibiga birlashadi. 

NOTA BENE !  

Tarkibli jinoyat  –  har biri alohida ajratilgan holda mustaqil jinoyat 

bo‘lgan, biroq ularning organik birligi tufayli JK Maxsus qismining 

moddalari bilan qamrab  olinadigan yagona jinoyatni tashkil etuvchi  

o‘zaro bog‘langan qilmishlardan iborat jinoyatdir. 

 

1

 



Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси, 64, 66-моддалар. 

352 


 

                                                           



Alohida tarkibli jinoyatga amalda ikkita ijtimoiy xavfli qilmish, ya’ni 

talonchilik (JK 166-moddasi) sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan 

o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq  talon-toroj qilishni va JK 104, 105, 

112-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat belgilariga mos tushishi mumkin 

bo‘lgan sog‘liq yoki hayot uchun xavfli bo‘lgan jismoniy zo‘rlik ishlatish 

yoki bunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishni birlashtirgan bosqinchilik 

(JK 164-moddasi) misol bo‘la oladi. Alohida tarkibli jinoyatlar sirasiga 

hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (JK 206-

moddasi), bezorilik (JK 277-moddasi)ni ham kiritish mumkin. 

2-§. Takroran jinoyat sodir etish  

Jinoyatni takroran sodir etish  –  bir xil, ba’zan esa bir turdagi 

jinoyatlardan iborat o‘ziga xos tuzilishga ega barqaror aloqalar tizimidir. 



NOTA BENE ! 

Jinoyat kodeksi Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, 

Kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa,  turli moddalarida nazarda 

tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, 

ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, takroran jinoyat 

sodir etish deb topiladi (JK 32-moddasi 1-qismi)

 

Takroran jinoyat sodir etishning bir qancha belgilari quyidagilardir: 



– shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatning sodir etilishi; 

– jinoyatning turli vaqtlarda sodir etilishi

–  aynan bir moddada, qismda, ba’zi hollarda esa, turli moddalarda 

nazarda tutilgan yangi jinoyatning sodir etilishi; 

–  shaxsning sodir etilgan jinoiy qilmishlaridan birortasi uchun ham 

sudlanmaganligi. 

Jinoyat qonuni ma’nosida takroran jinoyat sodir etish (umuman, bir 

qancha jinoyat sodir etish singari) bir shaxs tomonidan har biri jinoiy 

jazoga sazovor, jinoyat bo‘lmish ijtimoiy xavfli harakatlarni kamida ikki 

marta sodir etishni nazarda tutadi. Jinoyat kodeksi qator dispozitsiyalarida 

ma’muriy preyuditsiya nazarda tutilgan hollariga qaramay, harakatlardan 

353 


 

biri  o‘zida ma’muriy huquqbuzarlik, boshqasi jinoiy qilmish belgilarini 

aks ettiruvchi shaxs qilmishi takroran jinoyat sodir etish belgilari bo‘yicha 

kvalifikatsiya qilinishi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir. Masalan, 

«Jinoyat kodeksining 183-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka 

ma’muriy tartibda javobgarlikka tortilganidan keyin bir yil mobaynida 

monopoliyaga qarshi qonunlarni takroran buzgan shaxslar tortilishi 

lozim»

1

. Biroq, ma’muriy preyuditsiyaning mavjudligi jinoiy jazoga 



sazovor jinoyatlarning ham ma’muriy preyuditsiyasida takroran sodir 

etishni tan olish imkoni va zarurati sifatida qabul qilinishi mumkin emas. 



JK 32-moddasi 1-qismining  mazmunida qonun chiqaruvchi takroran 

jinoyat sodir etish deganda, aybdor tomonidan ham birinchi, ham keyingi 

hollarda jinoyat qonuni nuqtai nazaridan jinoyat deb topiladigan 

harakatlarni sodir etishini nazarda tutgani shubhasizdir. 

«Tamom bo‘lgan jinoyat ham, jazoga sazovor bo‘lgan jinoyatga 

tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, 

shuningdek, ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir 

etish deb topiladi» (JK 32-moddasi 1-qismi). Bunda shuni ham 

unutmaslik kerakki, «umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona 

maqsadga yo‘naltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga 

o‘xshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat bo‘lgan (davomli) jinoyat 

takroran sodir etilgan deb topilmaydi» (JK 32-moddasi 3-qismi). Xuddi 

shunday «vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo‘lib, 

bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa cho‘zilgan) jinoyat 

takroran sodir etilgan deb topilmaydi» (JK 32-moddasi 4-qismi)

Jinoyatlarning turli vaqtlarda  sodir etilishi (ketma-ket sodir etilishi) 

ularning bir-biridan vaqt bo‘yicha ajratilishi, ya’ni ularning har biri 

keyingisidan kichik bo‘lsa-da, muayyan vaqt oralig‘i bilan ajratilishini 

taqozo etadi. Vaqtdagi uzilish davomli bo‘lmasligi mumkin, biroq u har 

doim bir jinoyatni boshqasidan ajratish imkonini berishi lozim. Biroq, 

bunday vaqt oralig‘i sodir etilgan jinoyatlar o‘rtasida aybdorning huquqqa 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  1996  йил  15  мартдаги  «Савдо  соҳасидаги 



жиноятлар ва бошқа ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги ишлар бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 9-сонли қарори, 2-

банд, 3-хатбоши // Тўплам, 1-жилд. – 51-б.

 

354 


 

                                                           



xilof xulqi jinoyatga qarshi yo‘naltirilganligining barqarorlik darajasi va 

xavfliligini aks ettiruvchi o‘zaro ichki aloqasi va bog‘liqligi yo‘qotilishiga 

olib kelgan holatda davomli bo‘lishi mumkin emas. 

Shaxs tomonidan sodir etilgan birinchi (ilgarigi) va yangi (keyingi) 

jinoyat o‘rtasida o‘zaro aloqa va bog‘liqlik mazkur shaxs jamiyatga qarshi 

(jinoiy) xulqining davom etishi sifatida qarash imkonini beruvchi takroran 

jinoyat sodir etishda mavjud bo‘ladi. Mazkur aloqa qayd etilishining 

jinoiy-huquqiy usuli bo‘lib, ilgari sodir etilgan jinoyat uchun jinoiy 

javobgarlikka tortish muddatlari hisoblanadi. Oqibatda, ilgarigi va keyingi 

sodir etilgan jinoyat o‘rtasida oldingi jinoyatning jinoiy-huquqiy 

oqibatlarini bekor qilmaydigan muddatlargina o‘tishi mumkin. Ilgarigi va 

keyingi jinoyat o‘rtasida birinchi qilmishning jinoiy-huquqiy ahamiyatini 

bekor qiluvchi katta vaqt davri o‘tgan bo‘lsa, jinoyatlarning bunday 

birikuvi, takroran jinoyat sodir etish haqida so‘z yuritish imkonini 

bermaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, «agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi 

uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan bo‘lsa, jinoyat takroran 

sodir etilgan deb topilmaydi» (JK 32-moddasi 2-qismi).  

«Qasddan takroran yoki ilgari sodir etilgan jinoyat uchun 

sudlangandan so‘ng qasddan yangi jinoyat sodir etilishi, agar birinchi 

jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib  ketgan, 

sudlanganlik belgilangan tartibda tugallangan yoki olib tashlangan yoxud 

shaxs muqaddam sodir etgan jinoiy xatti-harakat uchun qonunda 

javobgarlik bekor qilingan bo‘lsa, shuningdek, JK 65, 66, 66

1

, 68, 69, 70, 



71, 76-moddalariga binoan shaxs ilgari sodir etgan jinoyati uchun jinoiy 

javobgarlikdan va jazodan ozod etilgan bo‘lsa, jazoni og‘irlashtiruvchi 

holat sifatida e’tirof etilishi mumkin emas»

1



Mohiyatan, jinoyatlarni turli vaqtlarda sodir etish subyektda jamiyatga 

qarshi qarashlar va motivlar barqarorligining guvohligi, aybdor shaxsining 

yuqori ijtimoiy xavfliligi ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Jinoyatlarni turli 

vaqtda sodir etish subyektning turli xil hayotiy vaziyatlarda bo‘lishi va 

1

 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  2006  йил  3  февралдаги  «Судлар  томонидан 



жиноят учун жазо тайинлаш амалиёти тўғрисида»ги 1-сонли қарори, 10-банд // Тўплам, 2-жилд. – 228-б. 

355 


 

                                                           



ijtimoiy normalar hamda jinoyat qonuniga muvofiq, xulq-atvor variantini 

tanlash real imkoniyatiga ega bo‘la turib, qonun bilan taqiqlangan xulq-

atvorni tanlashini ko‘rsatadi. Har bir muayyan vaziyatda tegishli xulq-

atvorni tanlashda shaxs huquqqa xilof variantlarni tanlar ekan, bu 

jamiyatga qarshi harakatlari qarashlarining barqarorligi, muayyan hayotiy 

pozitsiyasi uning yuqori ijtimoiy xavfliligidan dalolat beradi. 

Takroriylikda faqat jinoyatchi shaxsi emas, balki sodir etilgan 

qilmishning  o‘zi ham katta ijtimoiy xavf tug‘diradi. Takroriylikni tashkil 

etuvchi ikkinchi va keyingi jinoyatlar katta xavf tug‘diradi, chunki jinoyat 

huquqi tomonidan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga, ko‘p 

jabrlanuvchilarga katta ziyon yetkazadi. Bu holatni inobatga olgan holda, 

qonun chiqaruvchi takroranlikni ko‘p jinoyatlarning kvalifikatsiya 

qilinuvchi belgilariga kiritgan (masalan, JK 97-moddasi 2-qismi «r» bandi, 

118-moddasi 2-qismi «b» bandi, 135-moddasi 2-qismi «d» bandi va h.k.). 

Qoida tariqasida, takroran jinoyat sodir etish bir xil jinoyatlarni sodir 

etishni tashkil etadi; masalan, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof 

ravishda olish yoki o‘tkazish (JK 177-moddasi) mazkur jinoyatni yana bir 

bor sodir etilgan holdagina takroran sodir etilgan deb topiladi yoki Jinoyat 

kodeksi  maxsus qismi moddasining bir qismi bo‘yicha, agarda mazkur 

moddada mazkur jinoyatlarga jinoiy javobgarlik belgilagan bo‘lsa 

(masalan, JK 228-, 248-, 273-moddalari)

1



Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan alohida hollarda, jinoyatni takroran 

sodir etish nafaqat bir xil, balki bir turdagi yoki turli turdagi jinoyatlarning 

birikuvidan tashkil topadi. Masalan, nomusga tegishdan (JK 118-moddasi) 

so‘ng sodir etilgan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda 

qondirish (JK 119-moddasi) kabi bir turdagi jinoyatlarni aybdorning bu 

jinoyatlarning birortasi uchun ham sudlanmagan taqdirda takroran jinoyat 

sodir etish deb kvalifikatsiya qilish lozim. 

Bunga misol sifatida bir turdagi jinoyat tarkiblaridan darak beruvchi 

tarkiblar maxsus ko‘zda tutilgan mansabdorlik jinoyatlarini sodir etishni 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2008 йил 15 майдаги «Бир неча жиноят содир 



этилганда  қилмишни  квалификация  қилишга  доир  масалалар  тўғрисида»ги  13-сонли  қарори,  2-банд  // 

Ўзбекистон Республикаси Олий судининг Ахборотномаси, 2008 й., 3-сон. – 13-б.

 

356 


 

                                                           



keltirish mumkin. Masalan, JK 210-moddasi 2-qismi «a» bandi, 211-

moddasi 2-qismi «a» bandi, 212-moddasi 2-qismi «a» bandi, 213-moddasi 

3-qismi «a» bandi. 

Javobgarlik Jinoyat kodeksi  maxsus qismi moddalarida alohida 

nazarda tutilgan va mazkur tajovuz maxsus qism turli boblariga tegishli 

jinoyatlarni sodir etish har xil turdagi jinoyatlarni takroran sodir etish deb 

topiladi. Boshqacha qilib aytganda, keyingi ijtimoiy xavfli qilmish turli xil 

turdosh  obyektlarga tajovuz qiladi. Jinoyat kodeksida mazkur tarkiblar 

juda ko‘p, ularga quyidagilar kiradi: JK 104-moddasi 3-qismi «b» bandi, 

105-moddasi 2-qismi «k» bandi JK 97-moddasi bilan birgalikda; JK 128-

moddasi 2-qismi «b» bandi JK 118- va 119-moddalari bilan birgalikda; JK 

131-moddasi 4-qismi «b» bandi JK 135- va 137-moddalari bilan birgalikda 

va boshqalar. 

Shaxsning sodir etgan jinoyatlardan birortasi uchun ham sudlanganlik 

faktining yo‘qligi  –  takroran jinoyat sodir etishni jinoyatlar retsidividan 

farqlashga imkon beruvchi asosiy belgilardan biridir. Mazkur  belgining 

mazmuni shundan iboratki, takroran jinoyat sodir etishni tashkil qiluvchi 

har bir jinoyat jinoiy-huquqiy oqibatga ega bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, 

jinoyatni takroran sodir etish faqatgina aybdor shaxs jinoiy javobgarlikka 

tortilmagan yoki Jinoyat kodeksi umumiy qismi XII bobi qoidalari asosida 

jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan yoxud Jinoyat kodeksi umumiy qismi 

XIII bobida nazarda tutilgan holatlar asosida jazodan ozod etilgan 

hollardagina mavjud bo‘ladi. 

Sudlanganlik kabi jinoiy-huquqiy oqibat (uning aybdor shaxsdan olib 

tashlanmagan yoki o‘chmaganligi hollarida) faqat retsidivga, tabiiyki, bir 

qancha jinoyat sodir etishning mazkur shakliga tegishli shartlar mavjud 

bo‘lsa, tegishli bo‘ladi. 

Jinoyatni takroran sodir etish belgisi ko‘pgina moddalarda ijtimoiy 

xavfli qilmishning kvalifikatsiya belgisi bo‘lganligi sababli shaxs 

tomonidan sodir etilgan jinoyatlar mazkur holda Jinoyat kodeksi 

moddasining takroran jinoyatni sodir etish uchun jazoni nazarda tutuvchi 

tegishli qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Muayyan jinoyat tarkibi 

konstruksiyasida mazkur baholovchi belgi nazarda tutilmagan bo‘lsa, 

qilmish sud tomonidan JK 56-moddasi 1-qismi «n» bandi asosida jazoni 

og‘irlashtiruvchi holat sifatida hisobga olinadi. 

357 


 

Takroran jinoyatni sodir etish belgilari tugallangan va tugallanmagan 

jinoyatlarga ham, shuningdek, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarga 

ham tegishlidir. Qonunning mazkur qoidalaridan, tugallanmagan va 

ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar jinoiy jazoga sazovor xulq-atvor 

deb  topilar ekan, tegishli ravishda takroran jinoyatni sodir etish belgilari 

mavjudligida shaxs, Jinoyat kodeksining Maxsus qismi tegishli moddalari 

bo‘yicha Umumiy qism 25-moddasi (Tayyorgarlik yoki suiqasd) tegishli 

qismiga va takroran jinoyat sodir etish kvalifikatsiyasini nazarda tutuvchi 

Maxsus qism moddasi muayyan bandi va qismiga havola qilinib 

javobgarlikka tortiladi. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarga ham 

kvalifikatsiya qoidalari aybdorning roli va ishtirokchilik shakli 

ko‘rsatilgan holda qo‘llaniladi. 

Yuridik adabiyotda takroran jinoyatni sodir etishning ikki turi 

belgilangan: umumiy va maxsus. 



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling