Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-§. Mastlik holatida jinoyat sodir etgan shaxslarning javobgarligi


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


4-§. Mastlik holatida jinoyat sodir etgan shaxslarning javobgarligi 

JK 19-moddasiga  ko‘ra, mastlik holatida yoki giyohvandlik 

vositalari,  ularning analoglari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga 

ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etgan shaxs 

javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb 

topish uchun asos bo‘lmaydi. 

Ko‘pgina ijtimoiy xavfli qilmishlar, ayniqsa, shaxsga qarshi jinoyatlar 

aynan mastlik holatida sodir etiladi. Nafaqat jinoyat subyektini jinoiy 

javobgarlikka tortish uchun, shuningdek,  patologik mastlikda (patologik 

mastlikni fiziologik (oddiy) mastlikdan farqlash kerak) sodir etilgan 

jinoyatda javobgarlik mavjud bo‘lmagan hollar uchun ham qonun 

chiqaruvchi kiritgan «alkogolli mastlik» tushunchasini ochib berish 

maqsadga muvofiq. 

JK 19-moddasida intellektual-irodaviy faoliyatga ta’sir qiluvchi 

alkogolli mastlik yoki narkotik moddalar, psixotrop va boshqa moddalar 

qabul qilganlik ta’siri ostida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs aqli 

noraso deb topilmasligi nazarda tutilgan. 

Odatda,  fiziologik mastlik asta-sekinlik bilan boshlanadi. Alkogol 

ichimliklar ichayotgan shaxs esa o‘zini shunday holatga zo‘rliksiz 

solayotganligini anglaydi va tushunadi. Shuning uchun, shaxs mastlik 

holatida jinoyat sodir etsa, uning aqli rasoligi jinoiy javobgarlikning 

obyektiv va subyekt  tomoni asosida istisno etilmaydi, qaysiki oddiy 

mastlikda hech qanday shart bilan olib tashlanmaydi. 

Fiziologik mastlik holatida obyektiv borliq va atrofni buzib qabul 

qilish holati bo‘lmaydi, faqat patologik mastlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri zid 

251 

 


bo‘lgan ruhiy faoliyatning vaqtincha buzilishi sodir bo‘ladi.  O‘z-o‘zidan 

fiziologik mastlikda organizmda bo‘ladigan tormozlanish jarayonlarining 

funksiyasi susaysa va shaxs harakatlarini boshqarish yo‘qolsa ham, biroq 

uning harakatlari va qilmishlari normal inson harakatlari kabi 

motivlashgan xususiyatga ega bo‘ladi. 

Shu bilan birga, jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi masalani hal qilishda 

intellektual irodaviy faoliyatga ta’sir qiluvchi alkogolli mastlik, 

shuningdek, narkotik moddalar, psixotrop va boshqa moddalarning ta’siri 

shaxs irodasiga qarshi zo‘rlik, ya’ni jismoniy majburlash natijasida bo‘lsa, 

unda ba’zi hollarda o‘sha shaxs harakatida ayb bo‘lmasa, jinoiy 

javobgarlikdan ozod qilinadi. 

Fiziologik mastlik, odatda, uchta darajaga bo‘linadi:  yengil,  o‘rta, 

og‘ir. 


Mastlikning  yengil  darajasiga  atrofni qabul qilishning pasayishi, 

intellektual faoliyat sohasining buzilishi, diqqatning buzilishi, reaksiya va 

fikrlash jarayonining sekinlashuvi, shuningdek, kayfiyatdagi 

muvozanatning yo‘qolishi va buzilishlar xos.  



Mastlikning  o‘rta darajasida  qoidaga ko‘ra, diqqat tez buziladi, 

qabul qilishning aniqligi yo‘qoladi va fikrlash jarayoni sustlashadi. Bu 

darajadagi mast holatda bo‘lgan shaxslar ko‘pincha jahldor va agressiv 

bo‘ladilarki, bu hol urushishga, janjal va jinoyat sodir etishga olib keladi. 

Mastlikning og‘ir darajasida bosh miya funksiyasining jiddiyroq buzilishi 

kuzatiladi. Bunday holatda shaxsning ongli harakat qilishi va fikrlash 

qobiliyati yo‘qoladi, agressiv buzg‘unchi qilmishlarga  moyillik paydo 

bo‘ladi.  



Mastlikning og‘ir darajasi mastning har xil joylarda chuqur uyquga 

ketishi bilan bog‘liq klinik suratda kuzatiladi. Mastlik haqida eslash 

qoidaga ko‘ra, qism xususiyatiga ega bo‘ladi. 

Bundan, fiziologik mastlikning istalgan darajasida bo‘lgan shaxs 

jinoyat  subyekti  bo‘ladi va jinoiy javobgarlikdan ozod etilmaydi, chunki 

uning harakatlarida aqli norasolikning ham tibbiy, ham yuridik mezonlari 

bo‘lmaydi, lekin shaxsning patologik mastlik holatidagi kabi kasallik 

holati hisoblanmagan ruhiy jarayonlari buziladi. 

252 

 


Bila turib ko‘p miqdorda alkogol ichish natijasida yuzaga keladigan 

qisqa muddatli ruhiy buzilishlarni ifodalaydigan fiziologik mastlik holatini 



patologik mastlik holatidan ajrata bilish lozim. Psixiatriyada patologik 

mastlik holati o‘tkir qisqa muddatli o‘tadigan ruhiy buzilishlar guruhiga 

kiradi. U alkogolni nafaqat ko‘p, balki kam iste’mol qilganda ham kelib 

chiqadi. Bu holat uchun ongning to‘satdan  o‘zgarishi xos hisoblanadi. 

Patologik mastlikning klinik suratida, qoidaga ko‘ra, ongning g‘ira-shiralik 

belgilari va gallyutsinatorlik alahsirash hayajonlari birlashadi, natijada, 

atrofni buzib qabul qilish kelib chiqadi. 

Patologik mastlik holatida sodir etiladigan jinoiy harakatlar e’tiborga 

molik qandaydir hodisaga nisbatan reaksiya  hisoblanmaydi. Patologik 

mastlik qanday to‘satdan boshlansa, shunday tugaydi. Ba’zida, u 

ko‘pincha uyquga ko‘chadi, qaysiki, undan so‘ng to‘liq amneziya 

boshladi, ammo bo‘lib o‘tgan voqealar haqida ba’zi narsalar esda qoladi. 

Patologik mastlik holatida bo‘lgan shaxsning bunday o‘zini tutishi, 

avvalo, shu shaxs mavjud bo‘lgan atrofni buzib qabul qilishi, maqsadsiz va 

agressiv harakatlari bilan tushuntiriladi. Sud-psixiatriya amaliyotida 

shunga e’tibor qilinadiki, patologik mastlik qisqa muddatli psixoz sifatida 

ko‘riladi, agarda, tibbiy va yuridik mezonlarning majmui mavjud bo‘lsa, 

bu holatda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs aqli noraso deb 

topiladi.  O‘z-o‘zidan, fiziologik mastlik holatida ijtimoiy xavfli qilmish 

sodir etgan shaxs aqli raso deb topilgani tufayli, jinoyat subyekti bo‘lsa va 

jinoiy javobgarlikka tortilsa, patologik mastlik holatida esa sud aqli 

norasolikni  o‘rnatsa, ushbu shaxsga nisbatan jinoiy javobgarlik istisno 

etiladi. 

Shu bilan birga, qisqa muddatli ruhiy buzilishdan umuman farq 

qiladigan og‘ir darajali fiziologik mastlikni patologik mastlikdan ajrata 

bilish lozim. Bu holat mastlik holatida turli xil jinoyatlarni sodir etgan 

shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish yoki patologik mastlikdagi aqli 

norasolik to‘g‘risida so‘z borganda esa undan ozod qilish masalasini hal 

qilishda muhim ahamiyatga ega. 

JK 19-moddasi mazmunidan mastlik deganda, nafaqat, alkogol 

iste’mol qilishdan, balki intellektual-irodaviy faoliyatga ta’sir qiluvchi, 

253 


 

giyohvand, psixotrop va boshqa moddalar qabul qilishdan kelib chiqqan 

holat tushuniladi. Mastlikning keyingi turlari jinoyat qonunchiligi uchun 

yangilik hisoblanadi va tibbiy nuqtai nazardan, alkogolli mastlikdan 

sezilarli farqqa ega. JK 19-moddasiga binoan, giyohvand mastlik holatida 

ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs, agar u jinoyat subyekti 

hisoblansa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilmaydi. 



Giyohvand  mastlik  holati dori shaklidagi yoki dori shaklida 

bo‘lmagan  giyohvand  moddalarni qabul qilish yoki ularning organizmga 

ta’siri natijasida kelib chiqadi. Bunday mastlik tabletkalar, kukunni qabul 

qilish, inyeksiya, kukunni burni orqali tortish, giyohvand  moddalarni 

chekish bilan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda 

qabul qilingan «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar 

to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, 

giyohvand 

vositalar 

deganda, 

giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston 

Respublikasida nazoratga olingan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy 

moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan preparat va o‘simliklar 

tushuniladi

1

. Berilgan ro‘yxatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan 



o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi va nashr etiladi. 

O‘z navbatida, giyohvand  dori vositalaridan davolash maqsadlarida 

foydalaniladi va kasal fuqarolarga shifokor ko‘rsatmasi asosida individual 

tartibda beriladi. Davolash maqsadlarida foydalaniladigan bu giyohvand 

moddalar  O‘zbekiston Respublikasida oboroti cheklangan giyohvand 

moddalarning ikkinchi ro‘yxatiga kiritilgan. 

Giyohvand  mastlik alkogolli mastlikdan farqli ravishda o‘ziga 

xosliklarga ega va tashqi ko‘rinishiga ko‘ra eyforik sifatida aniqlanishi 

mumkin. U, shuningdek, holsizlik va uyqusizlik, ko‘pincha yuz 

ifodasining ma’nosizligi, palapartish va noaniq nutq bilan tavsiflanadi. 

O‘zini tutish surati alkogolli mastlik holatida bo‘lgan shaxsning o‘zini 

tutishini eslatadi va o‘xshaydi, faqat alkogolning hidi bo‘lmaydi. 

Subyektning  o‘zi holsiz, kamharakat va qat’iyatsiz bo‘lib qoladi. 

1

 



Қаранг:  Ўзбекистон  Республикасининг  1999  йил  19  августдаги  «Гиёҳвандлик  воситалари  ва  психотроп 

моддалар  тўғрисида»ги  813–I-сон  Қонуни,  3-модда  //  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисининг 

Ахборотномаси, 1999 й., 9-сон, 210-модда. 

254 


 

                                                           



Ko‘pincha  giyohvand  mastlik gallyutsinatorlik hayajonlari bilan 

kuzatiladi. 

Ta’kidlash joizki, bu holatda alkogolli mastlik kabi o‘z harakatlarini 

anglash va boshqarish saqlab qolinadi. Shunga qaramay, bunday holatda 

shaxs atrofdagilar uchun xavfli bo‘ladi va biron-bir jinoyat sodir etishi 

mumkin. 


Shuni ta’kidlash kerakki, giyohvand  moddani  ularning analoglarini 

notibbiy usulda va ko‘p qabul qilish giyohvandlik deb nomlangan kasallik 

xususiyatini oladi. Kasallik sifatida giyohvandlikning  o‘ziga xosligi, 

giyohvand moddalar, ularning analoglarini qabul qilishga doimiy moyillik, 

shuningdek, alkogolizm kabi ularga ruhiy va jismoniy bog‘liqlik, shaxs 

ruhiyatida chuqur o‘zgarishlar va organizm funksiyalarining ishdan 

chiqishiga olib keladi. Bunda giyohvandlikning o‘ziga xosligi uni nafaqat 

kasallik sifatida, balki shaxs va jamiyatga katta zarar yetkazadigan 

muammo sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi. 

Giyohvandlik tibbiy aralashuvni talab etadigan kasallikni aks ettiradi, 

giyohvand  moddalar, ularning analoglarini ko‘p iste’mol qiladigan va 

jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan esa jinoiy jazo bilan birgalikda sud JK 

91-moddasi 2-qismi asosida giyohvandlikdan majburiy davolash 

ko‘rinishidagi tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashi mumkin. 

Shu bilan birga, JK 19-moddasi  nafaqat alkogolli va giyohvand 

mastlik holatida jinoyat sodir etganlik uchun, balki psixotrop va boshqa 

moddalarning inson organizmiga, to‘g‘rirog‘i aql-irodasiga ta’siri va kelib 

chiqqan holatga nisbatan ham jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. 



Psixotrop moddalar  –  psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va 

O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik 

va tabiiy moddalar. 

Aql-irodaga ta’sir qiluvchi boshqa vositalarga  giyohvandlik 

vositalari va psixotrop moddalarning analoglari taalluqli. 



Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning analoglari  – 

kimyoviy tuzilishi va xossalariga ko‘ra  giyohvandlik vositalari va 

255 

 


psixotrop moddalarga o‘xshash, ular singari ruhiyatga faol ta’sir etuvchi, 

kelib chiqishi sintetik va tabiiy moddalar

1



Tibbiy vositalar (dorilar)ga kirmaydigan aql-irodaga ta’sir qiluvchi 



moddalarning katta guruhini, xususan, aql-irodaga ta’sir qiluvchi xo‘jalik, 

uy-ro‘zg‘or uchun mo‘ljallangan vositalar, zaharli modda va turli xil 

laklar, bo‘yoqlar, yelimlar va shunga o‘xshash moddalar tashkil etadi. 

Sanab  o‘tilgan moddalar nafas olinganda aql-irodaga ta’sir etadi va 

o‘zidan ketish holatini keltirib chiqaradi. Bunda bu holatga nafaqat turli 

birikmalarni, atsetonni, benzinni, dvigateli ishlayotgan avtomobil gazini, 

«Moment»  yelimini, sanoatda ishlatiladigan turli suyuqliklarni va boshqa 

kimyoviy birikmalarni nafas olish, balki dori vositalarini spirtli ichimliklar 

bilan qabul qilish ham keltirib chiqaradi. Oxirgi holatda so‘z mastlik 

holatini  kuchaytirish uchun qabul qilinadigan aralashmalar to‘g‘risida 

boradi, masalan, alkogol bilan dimedrol, barbiturat-alkogolli aralashma, 

klofelin. 

Ta’kidlash joizki, spirtli ichimliklarni ko‘p ichish alkogolizmga olib 

kelishi singari giyohvand  moddalar  giyohvandlikka, mast qiladigan 

moddalarni tez-tez ishlatish toksikomaniyaga olib keladi. O‘z-o‘zidan, 

toksikomaniya  o‘rganishni keltirib chiqaradigan narkotik modda 

bo‘lmagan vostalarni ko‘p iste’mol qilish orqasidan kelib chiqadigan 

kasallikni aks ettiradi. 

Aybdor shaxs tomonidan o‘zida bo‘lmaslik holatida sodir etilgan 

jinoyat fiziologik va giyohvandlik ta’sirida bo‘lgan shaxsdek 

javobgarlikdan ozod etmaydi. Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 56-

moddasi 1-qismi «o» bandiga asosan, aql-irodaga ta’sir qiluvchi alkogolli 

mastlik yoki giyohvand  modda,  ularning analoglari, psixotrop moddalar 

ta’sirida jinoyat sodir etish jazoni og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi. Shu 

bilan birga, sud amaliyotida sudning jinoyat xususiyatidan kelib chiqib, 

og‘irlashtiruvchi  holatlarni tan olmaslik huquqi ko‘pincha e’tiborga 

olinmaydi. 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикасининг  1999  йил  19  августдаги  «Гиёҳвандлик  воситалари  ва  психотроп 



моддалар  тўғрисида»ги  813–I-сон  Қонуни,  3-модда  //  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисининг 

Ахборотномаси, 1999 й., 9-сон, 210-модда. 

 

256 


 

                                                           



5-§. Jinoyatning maxsus subyekti 

Jinoyat maxsus subyekti  belgilarini  o‘rnatish huquqni qo‘llash 

amaliyotida jinoyatni kvalifikatsiya qilishning shartlaridan biri 

hisoblanadi. 

Jinoyat 

subyektining umumiy belgilari JK Maxsus qismi 

moddalarining dispozitsiyalarida nazarda tutilmagan. Maxsus subyekt 

belgilari modda dispozitsiyalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi yoki uni 

sharhlash yo‘li bilan aniqlanadi, alohida hollarda u maxsus normalarda 

ko‘rsatiladi. Masalan, JKning sakkizinchi bo‘limida mansabdor shaxs yoki 

mas’ul shaxs tushunchalari berilgan. Ba’zi hollarda ushbu belgilar asosiy 

tarkibli jinoyatlarda (mansabdorlik jinoyatlarida mansabdor shaxsning 

belgilari), kvalifikatsion jinoyatlarda (o‘ta xavfli retsidivistning belgilari) 

ko‘rsatiladi, boshqa hollarda jazoni yengillashtiruvchi  holat bo‘lib keladi 

(masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqning ona tomonidan o‘ldirilishi). 

NOTA BENE ! 

Jinoyatning maxsus subyekti  –  jinoyat  subyekti  zaruriy belgilaridan 

tashqari yana Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalarida belgilangan va 

shu jinoyatlar uchun zaruriy belgi bo‘lgan qo‘shimcha belgilari ham 

mavjud bo‘lgan subyektdir. 

 

Maxsus  subyekt  belgilarining mavjud emasligi ushbu belgilar 



ifodalangan jinoyat uchun garchi jinoyat subyekti  umumiy belgilari 

mavjud bo‘lsa ham, javobgarlikni istisno etadi. Bu ba’zi hollarda umuman 

jinoyatni istisno etadi, boshqa hollarda javobgarlik boshqa modda bilan 

belgilanadi. Masalan, harbiy yoki davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan 

hujjatlarni yo‘qotish ushbu hujjatlarni saqlash majburiyati yuklanmagan 

boshqa shaxs tomonidan sodir etilsa, JK 163-moddasidagi jinoyat tarkibi 

mavjud bo‘lmaydi. Shuningdek, boshqa davlat foydasiga josuslik qilish 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan amalga oshirilganda JK 

160-moddasi bilan emas, balki davlatga xoinlik sifatida JK 157-moddasi 

bilan kvalifikatsiya qilinadi. 

257 

 


O‘zining tarkibiga ko‘ra maxsus subyekt  belgilari xilma-xildir. Ular 

shaxsning turli xil xususiyatlariga taalluqli bo‘lishi mumkin.  

Maxsus  subyektlarni quyidagi mezonlarga qarab guruhlarga 

ajratishimiz mumkin. 



Huquqiy maqomiga ko‘ra: 

–  fuqaroviy holatiga qarab: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, 

fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va xorijiy davlat fuqarosi (JK 157-, 160-  va 

224-moddalari); 

–  jinoyat protsessi ishtirokchilari: ayblanuvchi, gumonlanuvchi, 

guvoh, tarjimon, ekspert va boshqalar (JK 237-, 238-, 240-moddalari); 

–  harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatga majburlar (JK 279–302-

moddalari). 



Demografik belgilariga qarab: 

– jinsiga qarab: erkak (JK 120-moddasi); 

–  yoshiga qarab –  voyaga yetmagan (JK 127-moddasi yoki 131-

moddasi 2-qismi); 

–  oilaviy, qarindoshlik aloqalariga qarab –  ota-ona, ularning o‘rnini 

bosuvchilar yoki farzandlar (JK 122- va 123-moddalari). 



Mansabdorlik holatiga qarab:  

– mansabdor shaxs (JK 144-, 146-, 205–212-moddalari); 

 

–  huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari: surishtiruvchi, 



tergovchi, prokuror, sudya (JK 230-, 231-, 234-, 235-moddalari); 

–  ofitserlar, havo kemasi komandirlari va boshqalar (JK 287-, 288-, 

289-moddalari). 

Kasbiy majburiyatiga  qarab: vrach yoki boshqa tibbiyot yoki 

farmatsevtika sohasi xodimlari (JK 114-moddasi va boshqalar). 



Jabrlanuvchiga nisbatan yuqoriroq holatda bo‘lgan shaxs: 

jabrlanuvchining boshlig‘i (JK 121-moddasi). 



Jinoyat sodir qilayotgan shaxsning jinoyat bilan maxsus 

holatdaligi:  jazoni  o‘tash joylaridagi mahkum, oldin sudlangan shaxs, 

og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlar (JK 220–222-moddalari); 



Jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun boshqa zarur 

mezonlarga  qarab,sog‘lig‘iga qarab –  shaxsda OITS-infeksiyasining 

mavjudligi (JK 113-moddasi). 

258 

 


6-§. Jinoyat subyekti va jinoyatchining shaxsi 

Jinoyatning umumiy va maxsus subyektining ajralmas qismi 

hisoblangan umumiy va maxsus belgilaridan tashqari yana sud-tergov 

amaliyotida belgilanishi shart bo‘lgan belgilar ham mavjud. Ularga 

ayblanuvchi shaxsi, huquqiy maqomi (sudlanganlik va uning huquqiy 

oqibati sifatida retsidivlikning ma’lum turi), sodir qilingan jinoyatda har 

bir ayblanuvchi xulqining obyektiv xususiyati (tashkilotchi, dalolatchi, 

bajaruvchi va h.k.) kabilar kiradi. 

Shuni ta’kidlash kerakki, jinoyat huquqi va kriminologiyada bir 

qarashda  o‘xshash bo‘lgan, lekin mazmun va mohiyatiga ko‘ra har xil 

bo‘lgan jinoyat subyekti  va jinoyatchi shaxsi tushunchalari  o‘rtasidagi 

munosabatlar shubhasiz muhokama qilinadi

1



Jinoyat  subyekti  tushunchasini aybdorning shaxsi tushunchalaridan 



ajrata bilish lozim. Ularning har ikkisi ham bir odamni ifodalaydi. Ammo 

ularning huquqiy ahamiyati har xil. 

Jinoyat  subyekti  tushunchasi jinoyat-huquqiy kategoriya bo‘lib, 

jinoyatchi shaxs tushunchasiga nisbatan konkretroq va shu bilan birga 

jinoiy javobgarlikka tortish sharti sifatida bir qator qonunchilik belgilariga 

ega. Aybdor shaxsi – ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning barcha 

ijtimoiy ahamiyatli xususiyatlaridir. Bu jinoyat huquqida jinoiy 

javobgarlikning individuallashtirish funksiyasini bajaruvchi ijtimoiy 

ahamiyatli tushunchadir. Kriminologiya predmetining muhim tarkibiy 

qismi bo‘lgan jinoyatchi shaxs muammosi  jinoyat-huquqiy ahamiyatga 

ham ega. Jinoyat subyekti belgilarining mavjudligi jinoyatchini aybdor deb 

topish uchun yetarli  va jinoiy javobgarlik asosi hisoblanadi. Biroq jazoni 

individuallashtirish uchun hamda jinoiy javobgarlik va jazodan ozod 

qilishda jinoyatchining shaxsi e’tiborga olinishi zarur. Jazo tayinlashning 

umumiy asosi sifatida jinoyatchining shaxsini ham hisobga olish mumkin. 

Jinoyatchi shaxsining bir qator xususiyatlari jazoni yengillashtiruvchi  va 

og‘irlashtiruvchi holatlarda ham o‘z ifodasini topgan. Jinoyatchi shaxsini 

hisobga olish yengilroq jazo tayinlash va shartli hukm qilishda ham o‘z 

1

 

Хотя  некоторые  авторы  предлагали  их  отождествлять  (См.:  Карпец  И.И.  Проблемы  преступности.  –  М.: 



1969. – 

С. 102). 

259 

 

                                                           



aksini topgan. Bundan tashqari, jinoyatchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar 

ijtimoiy xavfliligi yo‘qolganligi munosabati bilan yoki chin ko‘ngildan 

pushaymonligi munosabati bilan javobgarlik va jazodan ozod qilishda, 

jazoni  o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni 

yengilrog‘i bilan almashtirishda hal qiluvchi muhim ahamiyatga ega. 

Shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddatini belgilashda 

jinoyatchi shaxsning jinsi va yoshini hisobga olish jinoyat-huquqiy 

ahamiyatga ega. 

Ya’ni, jinoyat tarkibi doirasidan tashqarida bo‘lgan jinoyatchi shaxs 

xususiyatlari jazoni individuallashtirishda va javobgarlik hamda jazodan 

ozod qilishda yuridik ahamiyatga ega. 

NOTA BENE ! 

Jinoyat huquqida jinoyatchining shaxsi  –  jinoyat sodir qilgan 

shaxsning uni jinoyat-huquqiy vositalar yordamida tuzatish 

imkoniyatlarida ifodalanuvchi ijtimoiy ahamiyatli xususiyatlar yig‘indisi. 

 

Jinoyatchining shaxsi qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan 



chiqarilgan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganidan boshlab, to jazoni 

o‘tab bo‘lganidan keyingi sudlanganlik holatining tugashi va olib 

tashlanguniga qadar hisobga olinadi. 

«Jinoyat subyekti»  

mavzusi yuzasidan yakuniy savollar 

1. Jinoyat subyekti nima? 

2.Jinoyat tarkibining elementi sifatida jinoyat subyektining ahamiyati 

nimadan iborat? Subyektning qaysi belgilari zaruriy bo‘ladi? 

3. Yuridik shaxs jinoyat subyekti bo‘lishi mumkinmi? 

4.  Umumiy qoida bo‘yicha jinoiy javobgarlik qaysi yoshdan yuzaga 

keladi? Bir qator jinoyatlar uchun 13 va 14 yoshdan javobgarlik o‘rnatish 

haqidagi qonun chiqaruvchining qarori nimadan kelib chiqadi? 

5. Qaysi paytdan boshlab shaxs jinoiy javobgarlik kelib chiquvchi 

yoshga to‘lgan deb hisoblanadi? 

260 

 


6. Jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxsning yoshini 

tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qligi tufayli uning yoshi noma’lum bo‘lgan 

hollarda mazkur shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi qanday hal 

qilinadi? 

7. Jinoiy javobgarlik kelib chiquvchi yoshning eng yuqori chegarasi 

mavjudmi? 

8. Jinoyat sodir etgan shaxsning aqli rasoligi mezonlarini aytib o‘ting. 

Aqli rasolikning yuridik mezoni mavjudligini tasdiqlash uchun uning 

ikkala belgisining (intellektual va irodaviy) mavjudligi shartmi? 

9. Aqli norasolikning yuridik (psixologik) mezoni nimadan iborat? 

Uni nima ta’riflaydi? 

10. Aqli norasolik tibbiy mezonining mazmuni nimada? Yuridik 

mezon bilan u qanday munosabatda bo‘ladi? 

11. Shaxs ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganidan keyin ruhiy 

kasallikka duch kelib, aqli noraso bo‘lgan hollarda jinoyat tarkibi 

mavjudmi? 

12. Nimaga alkogolli mastlikning har qanday darajasi sodir etilgan 

qilmish uchun jinoiy javobgarlikni istisno etmaydi? 

13. Mastlikning qanday turi aqli rasolikni istisno etadi va jinoiy 

javobgarlikka olib kelmaydi? 

14. Maxsus subyektning belgilarini aytib bering. Ularning ahamiyati 

nimadan iborat? 

15. «Jinoyat subyekti» va «jinoyatchining shaxsi» tushunchalari bir-

biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi? Jinoyat  huquqida jinoyatchining 

shaxsi deganda nima tushuniladi? 


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling